1000 ichida va koʻp xonali nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish metodikasi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

3

File size

Fayl hajmi

135,1 KB


1000 ichida va koʻp xonali nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish
metodikasi.
Mashgʻulot maqsadi: Talabalarning boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun
sonlarni yuz, ming ichida nomerlashga o‘rgatish metodikasi  boʻyicha olgan
bilim,  ko‘nikma,  malaka  va  kompetensiyalarini  mustahkamlash,  mavzu
yuzasidan o‘rganilgan malaka talablarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish. 
Mashgʻulot  materiallari:  “Boshlangʻich  sinflarda  matemalika  o‘qitish
metodikasi”  darsligi,  1-2-3-4-sinf  matematika  darsligi,  tarqatma  materiallar,
AKT va boshqalar. 
Tayanch tushunchalar: nomerlash, tayyorgarlik davri, yuzlik konsentri,
minglik,  bilim,  ko‘nikma,  malaka,  kompetensiya,  bosqich,  didaktik  o‘yin,
matematik diktant, og‘zaki, yozma, usul, hisoblash, ketma-ketlik. 
Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 
1.  Boshlang‘ich  sinflarda  nomanfiy  butun  sonlarni  yuz  ichida  nomerlashga
o‘rgatish metodikasi. 
2. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida nomerlashga
o‘rgatish metodikasi. 
3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar.
Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida nomerlashga
o‘rgatish  metodikasi.  Uch  xonali  sonlarni  raqamlash.  1000  ichida  sonlarni
raqamlashni oʻrganish natijasida oʻquvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va
koʻnikmalarni egallab olishlari kerak: 1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish,
sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil boʻlishini, har bir
berilgan son bevosita oʻzidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va
oʻzidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishi; 2. Har
bir sonning sonlar qatoridagi oʻrnini bilishi; 3. Raqamlarning oʻrin qiymatini
bilgan holda sonlarni oʻqishi va yoza olishi; 4. Sonlarning xona tarkiblarini
Logotip
1000 ichida va koʻp xonali nomanfiy butun sonlarni nomerlashga oʻrgatish metodikasi. Mashgʻulot maqsadi: Talabalarning boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni yuz, ming ichida nomerlashga o‘rgatish metodikasi boʻyicha olgan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini mustahkamlash, mavzu yuzasidan o‘rganilgan malaka talablarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish. Mashgʻulot materiallari: “Boshlangʻich sinflarda matemalika o‘qitish metodikasi” darsligi, 1-2-3-4-sinf matematika darsligi, tarqatma materiallar, AKT va boshqalar. Tayanch tushunchalar: nomerlash, tayyorgarlik davri, yuzlik konsentri, minglik, bilim, ko‘nikma, malaka, kompetensiya, bosqich, didaktik o‘yin, matematik diktant, og‘zaki, yozma, usul, hisoblash, ketma-ketlik. Amaliy ishlash uchun topshiriqlar: 1. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni yuz ichida nomerlashga o‘rgatish metodikasi. 2. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida nomerlashga o‘rgatish metodikasi. 3. Mavzuga doir didaktik topshiriqlar. Boshlang‘ich sinflarda nomanfiy butun sonlarni ming ichida nomerlashga o‘rgatish metodikasi. Uch xonali sonlarni raqamlash. 1000 ichida sonlarni raqamlashni oʻrganish natijasida oʻquvchilar quyidagi bilimlar, malakalar va koʻnikmalarni egallab olishlari kerak: 1. 1000 ichida sonlarning nomlarini bilish, sonlar qatoridagi har bir navbatdagi sonning qanday hosil boʻlishini, har bir berilgan son bevosita oʻzidan oldin keladigan sondan qancha kattaligini va oʻzidan bevosita keyin keladigan sondan qancha kichikligini tushunishi; 2. Har bir sonning sonlar qatoridagi oʻrnini bilishi; 3. Raqamlarning oʻrin qiymatini bilgan holda sonlarni oʻqishi va yoza olishi; 4. Sonlarning xona tarkiblarini
bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan oʻrinlari
boʻyicha taqqoslay olish 5. Sonni uning xona qoʻshiluvchilarining yigʻindisi
bilan almashtira olishi; 6. Sonlarning natural ketma-ketligi va oʻnli tarkibini
bilganlik  asosida  sonlarni  qoʻshishi  va  ayira  olishi;  7.  “Uch  xonali  son”,
“uchinchi xona birliklari” atamalarini bilishi lozim.
1000 ichida sonlarni raqamlashni oʻrganishda oʻqituvchining asosiy vazifasi
oʻquvchilarni  quyidagilarga  oʻrgatishdan  iborat:  1.  Ming  ichida  sonlarni
nomerlashni oʻrganishda tayyorlash ishi. 2. Ming bilan tanishtirish. 3. Og‘zaki
nomerlash. 4. Yozma nomerlash. 1000 ichida sonlarni nomerlshni o‘rganishga
tayyorgarlik ishini “Ming” bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga
muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning
xosil  bo‘lishi  prinsiplarini  va  ikki  xonali  sonlarni  yozishni  tushunishga
asoslanadi,  shuning  uchun  birinchi  yuzlik  sonlarini  nomerlashni  oldindan
takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1-2 tadan
topshiriq kiritish lozim: 1. Xona birliklarini taqqoslah: o‘nlikda nechta bir bor?
Yuzlikda nechta o‘n bor? O‘n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o‘ndan
necha marta katta? va hokazo. 2. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi: 4 o‘nl. va 6
birl.; 8 o‘nl. 5 birlikdan iborat son ayting va hokazo. 3. 1-100 sonlarining natural
ketma ketligi: 10 (20, 30 va hakozo) sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7
tadan, 10 tadan) qo‘shing; sonlar qatorini davom ettiring 47, 48, 49….; sonlar
qatorida 9 (99) qo‘shnilarini ayting, bu sonlar qanday hosil bo‘ladi? Birinchi
yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni
ham bajarish mumkin. a) sanashni davom ettiring: 66, 67,……,…; 70, 80, 90,
…,..96, 98, b) 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyinchi? 234
sonidan keyin-chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldinchi?
346  sonidan  oldinchi?  52  sonining  qo‘shnilarini  ayting;  152  sonining
qo‘shnilarini, 452 sonining qo‘shnilarini ayting?
Logotip
bilganlikdan foydalanib, ikkita sonni ularning sonlar qatoridagi olgan oʻrinlari boʻyicha taqqoslay olish 5. Sonni uning xona qoʻshiluvchilarining yigʻindisi bilan almashtira olishi; 6. Sonlarning natural ketma-ketligi va oʻnli tarkibini bilganlik asosida sonlarni qoʻshishi va ayira olishi; 7. “Uch xonali son”, “uchinchi xona birliklari” atamalarini bilishi lozim. 1000 ichida sonlarni raqamlashni oʻrganishda oʻqituvchining asosiy vazifasi oʻquvchilarni quyidagilarga oʻrgatishdan iborat: 1. Ming ichida sonlarni nomerlashni oʻrganishda tayyorlash ishi. 2. Ming bilan tanishtirish. 3. Og‘zaki nomerlash. 4. Yozma nomerlash. 1000 ichida sonlarni nomerlshni o‘rganishga tayyorgarlik ishini “Ming” bo‘limiga o‘tmasdan ancha oldin boshlash maqsadga muvofiqdir. Uch xonali sonlarni nomerlashni o‘zlashtirish ikki xonali sonlarning xosil bo‘lishi prinsiplarini va ikki xonali sonlarni yozishni tushunishga asoslanadi, shuning uchun birinchi yuzlik sonlarini nomerlashni oldindan takrorlash kerak, bunda og‘zaki mashqlarga quyidagicha mazmundagi 1-2 tadan topshiriq kiritish lozim: 1. Xona birliklarini taqqoslah: o‘nlikda nechta bir bor? Yuzlikda nechta o‘n bor? O‘n soni birdan necha marta katta? Yuz soni o‘ndan necha marta katta? va hokazo. 2. Ikki xonali sonlarning o‘nli tarkibi: 4 o‘nl. va 6 birl.; 8 o‘nl. 5 birlikdan iborat son ayting va hokazo. 3. 1-100 sonlarining natural ketma ketligi: 10 (20, 30 va hakozo) sonidan boshlab 1 tadan (3 tadan, 5 tadan, 7 tadan, 10 tadan) qo‘shing; sonlar qatorini davom ettiring 47, 48, 49….; sonlar qatorida 9 (99) qo‘shnilarini ayting, bu sonlar qanday hosil bo‘ladi? Birinchi yuzlik chegarasidan chiqadigan sonlarni aytish bo‘yicha quyidagicha mashqlarni ham bajarish mumkin. a) sanashni davom ettiring: 66, 67,……,…; 70, 80, 90, …,..96, 98, b) 34 dan keyin qanday son keladi? 134 sonidan keyinchi? 234 sonidan keyin-chi? 46 sonidan oldin qanday son turadi? 146 sonidan oldinchi? 346 sonidan oldinchi? 52 sonining qo‘shnilarini ayting; 152 sonining qo‘shnilarini, 452 sonining qo‘shnilarini ayting?