1917-1991 YILLARDA O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
Yuklangan vaqt
2024-08-26
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
20
Faytl hajmi
57,0 KB
1917-1991 YILLARDA O‘ZBEKISTONDA TA’LIM TIZIMI VA
PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI
Reja:
1.Turkiston o‘lkasida ta’lim siyosati (1917-1924 yy).
2.1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani va 1945-1991 yillarda
O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
3.1945-1991 yillarda hunar-texnika va oliy ta’lim tizimi. Siddiq Rajabov hayoti
va faoliyati.
1.Turkiston o‘lkasida ta’lim siyosati (1917-1924 yy).
Turkiston o‘lkasida milliy demokratiya vakillari, mashhur ma’rifatparvar
ziyolilar tomonidan yangi usuldagi maktablarning keng tarmog‘ini yaratish, maktab-
maorif borasida zudlik bilan islohotlarni amalga oshirish yuzasidan bir qator takliflar
ilgari surildi.
Ammo O‘zbekiston xududida ma’naviyat va madaniyat 1917 yildan boshlab
murakkab vaziyatni boshdan kechirdi, jiddiy to‘siqlar va buzg‘unchiliklarga
uchradi. Turkistonni qizil imperiya mustamlakasiga aylantirishga kirishgan
bolsheviklar siyosati va amaliyotini xalq ommasi, milliy ziyolilar qabul qilmadilar.
Milliy ziyolilar va arboblarning faoliyati keng tus oldi, chuqur ijtimoiy-
madaniy mazmun kasb yetdi. Jadid ziyolilar, ijod ahli bo‘lmish Munavvar Qori,
Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Sadriddin Ayniy, Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy,
Abdulla Avloniy, Hamza, G‘ozi Yunus, Xurshid va boshqalar bilan bir qatorda XX
asr bo‘sag‘asida tug‘ilgan iste’dodli yoshlar Mashriq Yunusov (Elbek), Naim Said,
Rafiq Mo‘min, Mahmud Xodiev (Botu), Baxrom Xaydariy va boshqa qator ziyolilar
madaniyat, maorif soxalarida jonbozlik qildilar, ijtimoiy yo‘naltirilgan ijod bilan
shug‘ullandilar.
Milliy madaniyatimizning yeng qadimgi va yirik markazi bo‘lgan
Samarqandda mashxur ma’rifatparvarlar Maxmudxo‘ja Bexbudiy, Abdurauf Fitrat,
Akobir Shomansurzoda, Said Axmad (Vasliy), Saidaxmadxo‘ja Siddiqiy,
Mardonquli Shomuhammadzoda zudlik bilan maktab islohotini amalga oshirish fikri
bilan maydonga chiqdilar. Ular 1917 yil aprel oyidan boshlab chiqayotgan
“Hurriyat” gazetasi sahifalarida yangi usuldagi maktablarning keng tarmoqlarini
yaratish zarurligi hakidagi fikrni ilgari surdilar. “Anjumani maorif” jamiyatining
mablag‘lariga “Rushdiya” maktabi ochildi, unda bepul o‘qitilar yedi. Abdurauf
Fitrat bilan Kamol Shams bu maktabda o‘quvchilarga islom diniy ta’limotini, islom
tarixini, musulmon huquqini, turk, arab va fors tillarini, arifmetika, geometriya,
geografiya, tabiashunoslik, tarixni o‘kitar yedilar. Yoz faslida Samarqandning
o‘zida tanikli ma’rifatparvar, shoir va dramaturg Hoji Muin Shukrullo “Tarbiyat”
maktabini ochdi.
1918 yilning yozida Samarqandda “Musulmon o‘qituvchilari uchun pedagogik
kurslar” ochildi. O‘sha yilning kuzida Toshkentda Toshkent uezdining tub yerli
axolisi uchun maktab o‘qituvchilari kurslari ochildi. 1918 yil 9 aprelda Munavvar
qori uyida to‘plangan jadidlar Turkiston Xalq dorilfununining musulmon bo‘limini
tashkil yetish maqsadida 9 kishidan iborat tashkilot komissiyasini tuzadi. Ular 22
kun ichida musulmon bo‘limi dasturlarini tuzadilar. Dorilfununning musulmon
bo‘limi xam O‘rus bo‘limi kabi uch bosqichdan iborat bo‘lishi belgilandi: yuqori
bosqich — dorilmuallimin (o‘qituvchilar kursi, keyinroq oliy o‘quv yurti) o‘rta
bosqich — boshlang‘ich maktablarni o‘z ichiga olar yedi. Xalq dorilfununi
tarkibining bu shaklda bo‘lishi sharoitning o‘zidan kelib chiqqan xolda zamonaviy
bilim va savodxonlikka yextiyojdan tug‘ilgandi. O‘sha yilning 3 mayida
dorilfunununning
Musulmon
bo‘limi
raxbariyatiga
saylov
bo‘lib,
unda
Munavvarqori rais (rektor), Iso To‘xtaboev birinchi muovin, Burxon Habib ikkinchi
muovin, Abdusamid qori Ziyobov xazinador, Muxtor Bakir sarkotib bo‘lib saylandi.
13 may (yakshanba) kuni Toshkentning yeski shaxar qismida Vikula Morozovning
sobiq do‘koni binosi (hozirgi o‘zbek yosh tomoshabinlar teatri)da musulmon aholi
uchun “Xalq dorilfununi” ochiladi. Bu bo‘lim tez orada o‘ziga xos yirik bilim
maskaniga aylandi. Dastlab 9 ta boshlang‘ich maktab ochish mo‘ljallangan bo‘lsa-
da, axoli yehtiyojiga ko‘ra, ularning soni 24taga yetdi. Dorilfununning musulmon
bo‘limi 15 demokratik tashkilot vakillari uyushgan 45 kishilik kengash tomonidan
boshqariladi. Undaga muallimlar soni 18 nafarga yetadi.
1918 yil 2 iyun kuni sobiq seminariya binosida dorilfununining o‘zbeklar
uchun maxsus o‘qituvchilar tayyorlovchi bo‘limi – “Dorilmuallimin” ochildi. Unda
Fitrat ona tilidan: Kamol Shams arifmetika va geometriyadan, Haydar Shavqiy
gigiena, gimnastika va nemis tilidan, Rahimboev arifmetikadan, Abdurahmon
Ismoilzoda san’atdan, Rizaev madaniyat tarixi va siyosiy iqtisoddan, Munavvarqori
ona tilidan dars berishadi. Bu bo‘limning ochilish marosimida Munavvarqori nutq
so‘zlab, inson ma’rifatli bo‘lib, ko‘zi ochilmaguncha vijdoni uyg‘onmasligini,
vijdon uyg‘onmasa na o‘zini, na xalqni yerkin muhofaza qila olmasligani, bu
imonsizlik yekanini mutafakkirona noziklik bilan ifoda yetadi.
Munavvar Qori ovro‘pacha usuldagi bunday xalq dorilfununi tashkil yetish
bilan bir qatorda, mavjud madrasalarni isloh qilish va ularda dunyoviy fanlar o‘qitib,
milliy ziyolilar tayyorlash g‘oyasini xam ilgari suradi. Bu qarashlarini – u 1923 yil
iyunda Toshkentda bo‘lib o‘tgan xalq maorifi mudirlari qurultoyidagi ma’ruzasida
bayon yetgan, 1923 yilda bu yangi usulda 30dan ortiq madrasa va yeski maktablarda
talabalar o‘qitilganligi ma’lum.
Munavvarqori 1922 yildan Turkiston maorif noziri, keyin yesa Toshkentning
yeski shaxar maorif bo‘limi muboshiri (inspektori) bo‘lib ishladi, o‘sha yili 23-25
martda bo‘lib o‘tgan II Umumturkiston maorif xodimlari qurultoyida ishtirok yetib,
maktab bo‘limiga a’zolikka saylandi. Keyinchalik Alisher Navoiy nomli ta’lim-
tarbiya bilim yurtida va turli maktablarda o‘zbek tili va adabiyotidan dars berdi.
Do‘stlari va shogirdlari Qayum Ramazon va Shorasul Zunnun bilan hamkorlikda
uch bo‘limdan iborat “O‘zbekcha til saboqlari” kitobini (1925 yil) nashr yettirdi.
Xalq ta’limining iste’dodli tashkilotchilari Abduqodir Shakuriy, Ismatulla
Raxmatullaev, Isxoqxon Ibrat, O. Dadaxujaev, Abdulla Mustaqov, Xodi Fayziev,
Ashurali Zoxiriy, Sobirjon Raximov, Shokirjon Raimiy, Qori Niyoziy, Sayd Rizo
Alizoda, To‘xtanazar Shermuhamedov, Rafiq Mo‘min va boshqalar katta pedagogik
ish olib bordilar. Maktablar soni o‘sdi. 1918 yil boshida 330 taga, 1920 yilda
Farg‘ona, Sirdaryo, Samarqand viloyatlarida 1405 taga yetdi. Tashkil bo‘lgan
maktablar, ayniqsa, qishlok joylarida va tumanlarda asosan 1-2 boshlang‘ich
sinflardan iborat yedi. Keyinchalik yuqori sinflar paydo bo‘lib bordi. Bunday
tartibotdagi qizlar maktablari ham Toshkentda, Andijonda, Qo‘qonda va boshqa
joylarda birin-ketin ochildi. Ayol muallimlar Solixaxon Muhammadjonova,
Muharrama Qodirova, Gulso‘m Kopaeva, Fotima Burnasheva, Zebiniso Razzoqova,
Zaynab Sadriddinova, Maryam Sharipova va boshqalar ta’lim-tarbiya ishlarini olib
borganlar.
Keng doiradagi bilimdon ziyolilar qator maktablar faoliyatini namunali
darajaga ko‘tardilar. 20-yillar boshida Samarqandda Abdulqodir Shakuriy (1875-
1943) mudirlik qilgan maktab, 1922 yilda Farg‘ona shahrida Xusanxon Niyoziy
boshchiligida ochilgan ikkinchi bosqich maktab, qator boshqa maktablar shular
jumlasidan yedi.
Milliy, jadid maktablari uchun darsliklar, o‘qish kitoblarini ziyolilarimiz asr
boshidan yozib chiqarib keldilar. 1917 yildan maktablar sonining o‘sishi, maorif
ijtimoiy darajasining ko‘tarilishi darsliklarga talabni oshirdi. Pedagog, olim, davlat
arbobi Abdulla Avloniy 1917 yilda “Turkiy guliston yoxud axloq” asarini qayta
nashr qildi, shuningdek “Maktab gulistoni” o‘qish kitobini, ikki jildlik “Adabiyot
yoxud milliy she’rlar” kitoblarini yaratdi va chop yetdi. 1920 yildan Toshkentdagi
o‘lka bilim yurtida, so‘ngra o‘zbek xotin-qizlar bilim yurtida mudirlik kladi.
Fitrat
1917
yilda
«O‘quv»
kitobini,
1919
yilda
Sh.Raximiy
va
Q.Ramazon bilan birga «Ona tili» darsligini, so‘ngra «Imlo masalalari» kitobini
yozib chiqardi. 1917 yildayoq Sayd Rizo Alizoda birinchi sinflar uchun «Birinchi
yil» o‘qish dasturini ishlab chiqdi. Shokirjon Raximiy 1919 yilda birinchi alifbo –
“Sovg‘a”, 1922 yilda «O‘zbek alifbosi» darsliklari va boshqa o‘quv qo‘llanmalarini
chiqardi. 1918 yildan u Toshkentda maktab mudiri bo‘lgan.
Buxoro va Xorazm respublikalarida ham maktablar, ta’limtarbiya maskanlari
ochildi. Aholining bolalarni o‘qitishga, ilm-ma’rifatga ishtiyoki kuchayib borgan,
bunday talablar katta yig‘inlarda yangragan. Ammo xo‘jalikning parokandaligi,
sun’iy to‘siqlar oqibatida 20-yillar boshida maktablar soni qisqardi, darsliklar
yozish, nashr qilish to‘xtadi. 1922 yilga kelib Turkistonda bolalarning 25 foizi
maktablarga jalb qilingan yedi. Buxoro respublikasida 1921 yilda 175 ta yangi
maktab, 11 ming o‘quvchi bor yedi. Lekin 1924 yil o‘rtalariga kelib maktablar 69,
o‘quvchilar 3563 tani tashkil qildi. Xorazmda 40 ta umumta’lim maktablari va
internatlarda 2600 bola ta’lim-tarbiya oldi. O‘zbekiston Respublikasi tashkil
bo‘lganida turli bosqichdagi 1500 ta maktab bo‘lib, ularda 116 ming o‘quvchi o‘qir
yedi.
7.2. 1924-1945 yillarda ta’lim va pedagogika fani va 1945-1991 yillarda
O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji.
Tashkil bulayotgan maorif tizimi, boshqa soxalar uchun o‘qituvchilar,
mutaxassislar tayyorlash choralari ko‘rildi. Toshkentning Yangi shaharida 1918
yilda Turkiston davlat universiteti, sharqshunoslik instituti, konservatoriya,
texnikumlar ochildi. 1920 yilda universitetga Rossiyadan pedagog-professorlar,
kitoblar, o‘quv qurollari yetkazib kelindi. Bu maskanlar inqilobiy sinfiylik tamoyili
bilan ishladi. Universitetning tayyorlov-ishchilar fakulteti (rabfak)da kambag‘al
tabaqaga mansub kishilar o‘qigan. Erli xalqlar vakillari ularga kam katnagan.
Toshkentning Eski shaharida, Qo‘qon va boshqa shaharlarda muallimlar
tayyorlash kurslari, 1920 yildan 7 ta dorilmuallimin (inpros), bir nechta bilim
yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. 1925 yilga kelib O‘zbekiston qishloqlarida 2748
muallimlar ishlab turgan yoki 3-4 marta o‘sgan.
1924 yilda Qo‘qon bilim yurtini 13 ta yigit-qizlar bitirib chiqdi. Unda
keyinchalik O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenta Qori-Niyoziy
dars berdi, bitirganlardan akademiklar, yirik fan va madaniyat arboblari yetishib
chiqdi.
Chet mamlakatlar bilan madaniy aloqalar, yoshlarning o‘qib kelishlari XX asr
boshlaridan kengayib bordi va keyinchalik ham davom yetdi. Buxoro respublikasi
hukumati tashabbus ko‘rsatib, bu ishga tashkiliy tus berdi. 1922 yilda Turkiston,
Buxoro va Xorazmdan 70 ga yaqin yoshlar Germaniyaga o‘qishga junatildi. Buxoro
respublikasi hukumati Berlinda yotoqxona uchun bino sotib oldi, o‘quvchilarni
moddiy ta’minlab turdi, ularning axvoli, o‘qishlaridan ogoh bo‘ldi. Yoshlarimiz
Germaniyaning turli o‘quv yurtlarida muvaffaqiyat bilan o‘qidilar, mutaxassislar
bo‘lib yetishdilar. Afsuski, o‘z ona yurtiga qaytgan yigit-qizlarimiz mustabidlik
qatag‘oniga uchradi.
1924-1945 yillardata’limva pedagogika fani. Ma’lumki, 1924 yilda amalga
oshirilgan milliy davlat chegaralanishi natijasida mintaqa kartasi qaytadan tuzildi.
Shuni ta’kidlash lozimki, 20-30 yillardagi juda murakkab, siyosiy ijtimoiy va
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar respublikaning milliy madaniyatiga har hil tarzda ta’sir
o‘tkazdi, barcha sohadagi o‘zgarishlarni qarama-qarshi tusga kiritdi va respublika
taraqqiyotining asosiy tendensiyalari xamda yo‘nalishlarini uzoq yillarga belgilab
berdi.
Respublika sharoitlarida madaniy taraqqiyotning zamonaviy rivojlangan
darajasiga o‘tish xaddan tashqari katta qiyinchiliklarni yengish bilan bog‘liq bo‘lib,
keskin mafkuraviy kurash bilan birgalikda davom yetib bordi. Shunday bo‘lsada,
madaniyatni yangidan qurish jarayonlari tobora ustuvor tus oldi. Buning sabablari
avvalo o‘zbek xalqining azaldan bilimga intilishi, madaniy merosni qadrlashida
ko‘rinadi. Bundan tashqari oktyabr to‘ntarishidan avval madaniy ishlar olib borgan
jadid deb atalmish ziyolilar xalqqa yordam berish uchun maorif sohasi, maktablarda
ishlab, o‘z faoliyatlarini davom yettirdilar. Bu jarayonlar avvalo darslar ona tilida
olib boriladigan I (besh yillik ta’lim) va II (turt yillik ta’lim) bosqich maktablarni va
ularni darsliklar, o‘quv qurollari bilan ta’minlash, maorif institutlari, o‘qituvchilarni
tayyorlash kurslari va boshqalarni tashkil yetishdan iborat bo‘ldi.
1924-25 o‘quv yilida respublika byudjetining 24 foizi xalq maorifi uchun
ajratildi. Bu maktab qurilishini tezlashtirishga imkon berdi. I va II bosqichdagi
umumta’lim maktablarining soni 1928-29 o‘quv yiliga kelib deyarli 2,5 mingtaga
yetdi.
Shu bilan bir vaqtda katta yoshli aholi o‘rtasida savodsizlikni tugatish
yuzasidan keng miqyosda kampaniya avj oldirildi. 1921-22 o‘quv yilidayoq
respublikaning ko‘pgina shaharlari va qishloq joylarida mingdan ortiq savod
maktablari, savodsizlikni tugatish kurslari va tarmoqlari faoliyat ko‘rsatdi, ularda 50
ming kishi xat-savod chiqardi. Savodsizlikni tugatish ishi tiklash davrining dastlabki
yillarida kiyinchiliklarga duch keldi: o‘qituvchilar, maktab binolari, asbob-jixozlar,
o‘quv qo‘llanmalari, pul mablag‘lari yetishmas yedi. Biroq bu soha, garchi
qiyinchilik bilan bo‘lsada, izga tusha boshladi, katta yoshli kishilarni o‘qitish shakl
va usullari takomillashtirildi, savod maktablari tarmog‘i birmuncha kengaytirildi,
savodsizlikni tugatuvchi mahalliy o‘qituvchilar soni oshdi. Bu dastlabki yutuqlar
keyingi yillarda savodxonlikni oshirish yuzasidan avj olgan umumxalq harakatining
debochasi bo‘ldi.
Hamza Xakimzoda Niyoziy, T.Shermuhamedov, T.N.Qori Niyoziy, Ergash
Komilov, Abdulqodir Nabixo‘jaev, Rozi Nazarov, Muharrama Qodirova, Zebuniso
Polvonova, P.Qayumov, K.Abdurashidov va boshqalar yangi maktab yaratish, uni
rivojlantirish uchun faol kurashdilar hamda dastlabki o‘qituvchilardan bo‘lib
qoldilar.
Shu yillarda Markaz siyosiy rahbariyati sovet tuzumiga sodiq bo‘lgan pedagog
kadrlarni ko‘p miqdorda, tezkorlik bilan taerlab, ular orqali aholini, ayniqsa, yosh
avlodni kommunistik g‘oyalar asosida tarbiyalash maqsadida qarorlar va rejalar
ishlab chiqdi. Ularni og‘ishmay amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni ayamadi,
bor ma’rifatchilarni hamda partiya, sovet, jamoat tashkilotlarining kuch-quvvatini
safarbar qildi.
Maktablarning pedagogik kadrlarga bo‘lgan yehtiyojlarini qondirish uchun
pedagogika o‘quv yurtlarining keng tarmogi yaratildi: texnikumlar, maorif
institutlari, o‘quv yurtlari ochildi. Ularda jadal sur’atlar bilan ommaviy miqyosda
yangi o‘qituvchi kadrlar yetishtirib chiqarildi. 20-yillarning oxirlariga kelib ularning
soni respublikada deyarli 5,5 mingtaga yetib qoldi. Xalq maorifi rivojlanib bordi.
Xalqning bilimga bo‘lgan intilishi kun-sayin kuchayib borishi natijasida
umumiy savodxonlik o‘sdi, bu narsa millatning ma’naviy imkoniyatlari
yuksalishiga, ijodiy faoliyati ortib borishiga yordam berdi.
Shunday bo‘lsada, bu jarayonlar partiyaning madaniy sohada zo‘rlik ko‘rsatishi
tufayli mushkulliklarga uchradi. Xalq maorifida bu narsa avvaliga milliy ta’lim
shakllari yoyiladigan sohalarni cheklab qo‘yish, keyinchalik yesa ularni butunlay
yo‘q qilib yuborishda o‘z aksini topdi. Chunonchi, 20-yillarning boshlarida sovet
maktablari bilan birgalikda yeski usul maktablari, diniy tashkilotlar tomonidan
ta’minlab boriladigan vaqf maktablari va madrasalari ham ishlab turar yedi. 1925
yilda O‘zbekistonda 97 ta vaqf maktablari va 1,5 mingdan ortiq yeski maktablar
bo‘lib, ulardan 250 tasi yashirin holda ish olib borgan. Lekin sovet hokimiyatining
insonparvarlikka zid siyosati natijasida ular 1928 yilga kelib o‘z faoliyatini amalda
tugatdilar.
Xalq ma’rifatining yuksalishi yo‘lida hamon g‘ov bo‘lib turgan muammo
aholining savodxonligini oshirish bo‘lib, savodsizlikka barham berish davr talabi
yedi. Bu maqsadda ko‘plab yangi savod maktablari va kurslar ochildi. Minglab aholi
savodli bo‘ldi. Shuni aytish joizki, 1930 yili umumiy boshlangich ta’limning joriy
yetilishi savodsizlik ko‘lamlarini qisqartirishga yordam berdi. Ajratilgan mablag‘lar
maktablar
maydonini
ancha
kengaytirishga,
ularning
moddiy
bazasini
mustahkamlashga imkon berdi. Umumiy ta’limni amalga oshirish uchun
o‘qituvchilar, talabalar, ilm-fan xodimlari, yoshlar jamoalarining katta armiyasi
safarbar yetildi. 30-yillarning oxirlarida umumiy yetti yillik ta’limni amalga
oshirishga kirishildi.
1940 yili respublikada barcha turdagi 5,5 mingdan ortiq umumta’lim
maktablari ishlab turdi, ularda 1,3 mln.ga yaqin bolalar o‘qidi. Biroq bu davrda
maktab yoshidagi hamma bolalarni ham, ayniqsa, qishloq joylarida o‘qishga jalb
qilishning imkoni bo‘lmadi: maktab binolari, uskuna-jihozlar, o‘qituvchilar
yetishmas yedi va hokazo. Maktab ta’limi turli sohadagi bilimlarni yegallab olgan,
jamoat hayotiga faol qo‘shilib keta oladigan, oliy o‘quv yurtlari va texnikumlarga
kirib o‘qiy oladigan savodxon yoshlarni yetishtirib chiqarishni ko‘paytirishga imkon
bera oladigan jiddiy islohotga muhtoj yedi.
Afsuski, xalq ta’limiga buyruqbozlik nuktai nazaridan turib, yekstensiv
ravishda yondashish kuchayib bordi. Buning natijasida sifat muammolari chetga
surilib, miqdor ko‘rsatkichlari birinchi o‘ringa o‘tdi. Ahvolni xo‘jakursinga
yaxshilash orqasidan quvish jamiyatning madaniy holatiga yomon ta’sir o‘tkazdi
hamda oliy va o‘rta maktabga sezilarli darajada zarar yetkazdi.
Respublika taraqqiyotining manfaatlari xalq xo‘jaligi va madaniyatining turli
sohalari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni tezlashtirishni talab qilar
yedi. Tabiiyki, buni markaziy hukumat tushunardi, lekin unga O‘zbekistonning xalq
xo‘jaligi barcha tarmoqlarida sotsializm, marksizm-leninizm g‘oyalari bilan
sug‘orilgan itoatguy yuqori malakali mutaxassis kadrlar kerak yedi, Shuning uchun
oliy o‘quv yurtlarining ta’lim-tarbiya dasturlari, o‘quv rejalari, qo‘llanmalari va
hokazolari avvalo kommunizm prinsiplariga asoslangan bo‘lib, mutaxassislarni
4-5 yil muddat davomida partiya, sovet davlatiga sadoqatli bo‘lish bilan birga
sinfiylik ruhida tarbiyalashga qaratilgan yedi.
20-yillarning ikkinchi yarmida o‘rta maxsus va oliy ma’lumotli kadrlar
tayyorlaydigan turli o‘quv yurtlari ochildi. Davlat sinfiy tamoyilga amal qilib, bu
o‘quv yurtlariga ishchi va dehqonlarning kirishi uchun sharoitlarni ta’minlab berdi.
Boshqa toifadagi odamlar bu o‘quv yurtlariga kira olmas yedi. Oliy o‘quv yutlarida
o‘qish uchun zarur bo‘lgan umumiy ma’lumotni qisqa muddat ichida olish
maqsadida ishchi fakultetlari tarmogi yaratildi. Shu tufayli 20-yillarning oxiridayoq
respublikadagi oliy o‘quv yurtlarida asosan ishchi va dehqonlardan iborat 4 ming
nafarga yaqin talabalar o‘qir yedi.
Mutaxassislar
tayyorlashda
RSFSR
va
boshqa
respublikalar
ham
O‘zbekistonga yordam berdilar. 1927 yili faqatgina Rossiya Federatsiyasidagi oliy
va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida O‘zbekistondan kelgan 300ga yaqin talabalar
ta’lim oldi.
O‘rta Osiyodagi birinchi oliy o‘quv yurti – 1918 yili ochilgan Turkiston davlat
universiteti – bu vaqtga kelib oliy ta’limning yeng yirik markaziga aylandi.
Universitet mutaxassislar yetishtirib chiqarish sur’atlarini yildan-yilga oshirib bordi:
uni bitirib chiqgan kishilar soni 1928 yilga kelib 5 baravar ko‘paydi. Ammo ular
orasida mahalliy xalq namoyandalari hamon kam sonni tashkil yetardi.
Sanoat korxonalarining ishga tushirilishi, kolxozlar va sovxozlar tuzilishi,
yangi-yangi idoralarning paydo bo‘lishi tegishli mutaxassislarga bo‘lgan talabni
kuchaytirdi. Institutlar va texnikumlarga mutaxassislar yetishtirib chiqarishni
miqdor jihatidan ko‘paytirish vazifasi yuklandi, buning natijasida o‘qish muddatlari
ancha qisqartirildi. Mavjud institutlar va texnikumlarning bazalarida yangi o‘quv
yurtlari, jumladan, paxtachilik-irrigatsiya, politexnika, qishloq xo‘jaligi, kon
qidirish, zooveterinariya, avtomobil yo‘llari, to‘qimachilik transport, tibbiyot
institutlari va boshqa institutlar ochildi. Pedagogik akademiya bazasida 1933 yili
Samarqandda O‘zbekiston davlat universiteti (hozirgi SamDU) barpo yetildi. 30-
yillarning oxirlarida respublikada 44 ming talaba o‘qiydigan 30 ta oliy o‘quv yurtlari
va 98 ta texnikumlar ishlab turdi. Institut va texnikumlarni bitirib chiquvchilarning
soni bir necha baravar ko‘paydi. Bu yangi mutaxassislar xalq xo‘jaligi safiga kelib
qo‘shildi. Mutaxassis kadrlar tayyorlashda asosan ularning soni ko‘paytirildi,
sifatiga yesa ye’tibor berilmadi. Institut va texnikumlarda mahalliy millat vakillari
kam yedi. Yuqori malakali o‘zbek professor-o‘qituvchilari va o‘zbek tilidagi
darsliklarni tayyorlashga harakat qilinmasdi.
20-30-yillarda xotin-qizlarning savodini chiqarishga katta ye’tibor berildi,
ayollarning savodsizligini tugatish bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilindi.
1926 yilda respublikadagi 82 ta savodsizlikni bitirish maktablarida 2700 xotin-qiz
o‘qigan bo‘lsa, 1936 yilda 186 ming ayol savodini chiqargan.
Kasb-hunar ta’limi tarmoqlariga xotin-qizlar keng jalb qilindi. Dastlab ayollar
orasidan savodsizlikni bitirish kurslari o‘qituvchilari, bog‘cha, yasli tarbiyachilari,
maktab o‘qituvchilari tayyorlandi. Masalan, 1928 yilda Samarqand pedagogika
kursida 73 nafar ayol o‘qigan. 1929 yilda o‘ndan ortiq xotin-qizlar pedagogika va
meditsina texnikumlari mavjud yedi. 1932 yilda respublika oliy o‘quv yurtlaridagi
talabalarning 20 foizini o‘zbek xotin-qizlari tashkil qilgan. 30-yillarda xalq
xo‘jaligining barcha tarmoqlarida xotin-qizlardan yetishib chiqqan mutaxassislar
ishlay boshladi.
Urushning suronli yillarida respublika oliy o‘quv yurtlari va texnikumlar o‘z
faoliyatlarini davom yettirdilar. Katta qiyinchiliklarga qaramay, ular sanoat, qishloq
xo‘jaligi, maorif, tabobat va boshqa sohalar bo‘yicha malakali mutaxassislar
tayyorlab beradigan chinakam manba bo‘lib qoldi. 1943 yidda respublikada 41 oliy
o‘quv yurti (ularnng 12 tasi ko‘chirib kelingan) va 52 o‘rta maxsus bilim yurtlari
faoliyat ko‘rsatdi. Urush yillari davomida ularda 20 mingdan ziyod oliy va o‘rta
maxsus ma’lumotli mutaxassislar yetishtirildiki, bu xalq xo‘jaligini yuqori malakali
kadrlar bilan ta’minlash imkonini berdi. Ular o‘z navbatida samarali mehnat qilib,
fashizmni tor-mor keltirish ishiga munosib hissa qo‘shdilar. Pedagogik kadrlar
tayyorlashga alohida ye’tibor berildi, chunki urush davri sharoitlarida ularga
yehtiyoj ayniqsa sezilarli yedi. Urush yillari O‘zbekistonda barcha turdagi qo‘shinlar
uchun zobit kadr va mutaxassislar ham tayyorlandi. Toshkeshtga piyodalar bilim
yurti ham ko‘chirib keltirilib, respublikamizda joylashtirilgan bir necha harbiy bilim
yurtlari, oliy o‘uv yurtlarining harbiy fakultetlarida, o‘nlab turli kurslarda kadrlar
tayyorlandi.
yillarda O‘zbekistonda ta’lim tizimi va pedagogika fani rivoji. Respublika
aholisi madaniyatining o‘sishida ta’lim nihoyatda muhim ahamiyat kasb yetadi.
Ta’lim inson shaxsini har tomonlama rivojlantirish, qobiliyatini yuzaga chiqarish,
ijtimoiy va shaxsiy manfaatlarning bir-biriga payvasta bo‘lib qo‘shilishiga yordam
beradi. Ilmiy-texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning yeng muhim
vazifalarini hal qilish aholining bilim darajasiga bog‘liq.
O‘zbekistonda urushdan keyingi yillarda o‘zbek xalqining sa’y-harakatlari
bilan ta’lim sohasida ma’lum yutuqlarga yerishildi. 1940-41 o‘quv yilidan 1970-71
o‘quv yiligacha bo‘lgan davrda umumta’lim maktablaridagi o‘qituvchilar soni 2,5
baravar ortdi. Shunga yarasha umumta’lim maktablari tarmog‘i ham kengayib bordi.
Biroq
iqtisodiyotdagi
qiyinchiliklar,
ma’naviy
va
madaniy
sohani
rivojlantirishdagi nuqsonlar ta’limga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Jumladan, ko‘pgina
maktablar, ayniqsa, qishloq joylarda namunaviy loyihalarsiz qurildi, ko‘pgina chala
ishlari bilan foydalanishga topshirildi. Qishloq maktablarining 75 foizga
yaqini vodoprovod, kanalizatsiyaga, yarmidan ortig‘i markazdan turib isitish
moslamalariga yega yemas yedi.
Respublikadagi talay maktablar zarur jihoz, mebel, asbob-uskunalar bilan
yaxshi ta’minlanmasdi. Buning sababi xalq ta’limiga qoldiq prinsipi asosida
mablag‘ ajratilishida ko‘rinardi. Fan, madaniyat va xalq ta’limiga sarf-harajatlar
byudjet mablag‘ining atigi 2,7 foizini tashkil yetardi.
O‘zbekiston SSR Oliy Sovetining 1957 yil 1 oktyabrdagi sessiyasida
“O‘zbekiston SSRda majburiy yetti yillik ta’limni to‘liq amalga oshirish
to‘g‘risida”gi
qonunning
qabul
qilinishi
maktablarda
ta’lim
tizimini
takomillashtirishga qaratilgan dastlabki qadam bo‘ldi.
Yangi Qonunga ko‘ra umumta’lim maktabi hamma uchun majburiy bo‘lgan
kamchiliklar barham topmadi. Aksincha, maktab xaqiqiy hayotdan ajralib qoldi,
o‘quvchilarga berilayotgan bilimlar fan-texnika taraqqiyoti darajasiga to‘g‘ri
kelmasdi. Shuning uchun xam 1959 yil martda O‘zbekiston Oliy Soveti “Maktab
xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish to‘g‘risida” yangi qonun qabul qildi.
Ammo, sovet mustabid tuzumiga xos bo‘lgan boshlangan ishni oxiriga yetkazmaslik
odati bu gal ham muammoni hal qilish yo‘lida to‘g‘anoq bo‘lib xizmat qildi,
oqibatda xalq ta’limida ahvol o‘zgarmadi.
O‘zbekistonda maktabning turmush bilan bog‘lanishini mustahkamlash
to‘g‘risidagi 1959 yilda respublika hukumati qabul qilgan qonunga asosan o‘qishni
ishlab chiqarish bilan qo‘shib olib borish talab yetildi. Ushbu munosabat bildn o‘n
yillik o‘rta maktablar qayta tashkil yetilib, o‘n bir yillik o‘rta maktablarga
aylantirildi, ularda o‘quvchilar fan asoslari bilan birga ishlab chiqarish kasblarini
ham o‘rgana boshladilar, O‘quvchilarga kasb ta’limi berishga yuzlab korxonalar,
xo‘jaliklar jalb qilindi, maktablarda minglab o‘quv kabinetlari, laboratoriyalar,
ustaxonalar, o‘quv-tajriba, yer uchastkalari tashkil yetildi. Shunga qaramay, ishlab
chiqarish ta’limini maktablarda joriy qilish katta kiyinchiliklarga duch keldi.
Korxonalar, xo‘jaliklar bu ishga tayyor yemas yedilar. Maktablarda ustaxonalarni
zarur asbob-uskuna bilan jihozlashga mablar yo‘q yedi. Mehnat ta’limi
o‘qituvchilari yetishmasdi. Buning oqibatida islohot kutilgan natijani bermadi va
majburiy kasb o‘rganish bekor qilindi.
Bu davrda respublika maktablari o‘qituvchi kadrlar bilan son jihatidan
yetarlicha ta’minlandi. Biroq oliy ma’lumotli pedagog kadrlar 60-yillarda
respublikadagi barcha o‘qituvchilarning uchdan bir qismini tashkil qilardi, xolos.
Ayniqsa, qishloqlarda ahvol og‘ir yedi. Qishloq maktablarida fizika, matematika,
rus tili va chet tili o‘qituvchilari yetishmasdi. Aksariyat hollarda o‘qituvchilar o‘z
mutaxassisligiga kirmagan fanlardan dars berardilar.
Sovetlar davrida maktablarning o‘quv-tarbiya ishlarida katta nuqsonlar mavjud
yedi. O‘zbek tiliga davlat maqomi berilmaganligi, davlat idoralarida ish yuritish
asosan rus tilida olib borilganligi tufayli maktablarda ona tili chuqur o‘rgatilmasdi.
Ona tilini o‘rganishga ajratilgan dars soatlari rus tiliga ajratilgan dars soatlarining
yarmini ham tashkil qilmas yedi. Yoshlar maktabni o‘zbek adabiy tilining yozma va
og‘zaki shakllarini puxta o‘zlashtirmay, bitirib chiqib ketardilar. Shuningdek,
O‘zbekiston tarixi va ma’naviy madaniyati ham maktabda deyarli o‘rgatilmas yedi.
Sovetlar davrida “SSSR tarixi” deb nomlangan, aslida Rossiya tarixidan iborat fan
o‘qitilardi. Unga ilova sifatida “O‘zbekiston SSR tarixi” bir necha soatgina o‘qitilar,
ko‘p hollarda bu kurs o‘tilmay qolib ketardi.
Maktablarda iqtidorli bolalarni o‘qitishga ye’tibor berilmas yedi. Maktab
bolalari qalbida ona-Vatan tuyg‘usi, ulug‘ allomalarimiz va ular qoldirgan ma’naviy
meros, o‘z ona tili, urf-odatlari bilan faxrlanish hissi shakllantirilmasdi.
Maktablarda ayniqsa, ijtimoiy fanlarni o‘qitish o‘ta siyosatlashtirildi. Ko‘zdan
kechirilayotgan davrda maorif sohasida yerishilgan yutuqlar bilan bir qatorda,
yoshlarni milliy an’analar va ma’naviy madaniyat manbalaridan uzoqlashtirish
an’anasi ko‘zga tashlanib bordi. Ta’lim va tarbiya ishlariga partiyaviylik va sinfiylik
prinsiplari asosida yondashish yoshlarning umumbashariy, milliy-madaniy
qadriyatlarni, urf-odatlarni o‘rganishiga to‘sqinlik qildi.
70-yillarga kelib respublikamizda ijtimoiy sohada ro‘y bergan kamchilik va
muammolar ta’limga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Shunday bo‘lsada, bu borada katta
qadam tashlandi. O‘zbekiston yalpi savodxonlar respublikasiga aylandi.
Umumta’lim maktablarida o‘quvchilar soni va shunga yarasha maktablar soni ham
yildan-yilga ortib bordi, ularning soni 1985 yilga kelib 7000 dan ortiqni tashkil yetdi.
Jamiyatdagi turg‘unlik holatlari, ijtimoiy turmush sharoitining yomonlashuvi,
iqtisodiyotdagi kiyinchiliklar, ma’naviy va madaniy soha muammolari maorif
tizimiga ham jiddiy ta’sir o‘tkazdi. Umumta’lim maktablarining ahvoli
yomonlashdi. Ayniqsa, 70-yillarda va 80-yillarning boshlarida respublikamiz
turmushining boshqa sohalarida bo‘lgani kabi, xalq maorifi ishiga ham
dabdababozlik, haqiqatni bo‘yab ko‘rsatish hollari salbiy ta’sir qildi. Yaqin
o‘tmishda keng yoyilgan ijtimoiy adolat prinsiplarining buzilishi, dinimiz, milliy
g‘ururimizning kamsitilishi yosh avlod tarbiyasiga ma’naviy zarar yetkazdi.
Ularning aksariyat qismida mudroqlik, hafsalasizlik, loqaydlik kayfiyatlari ko‘proq
kuzatildi.
Yoshlarning zamonaviy texnologiyani yetarli o‘zlashtirib olmaganliklari
sanoat, qishloq xo‘jaligi, fan va madaniyatni yanada taraqqiy yettirishga xalaqit
berardi. Bunga asosiy sabab maorifning keng tarmoqli tizimi vujudga
keltirilmaganligi, o‘qish-o‘qitishda sifat o‘zgarishining ro‘y bermaganligida yedi.
Masalan, 1980-81 o‘quv yilida respublikamizda mavjud 7000dan ortiq umumta’lim
maktablarining 60 foizi nobop binolarda joylashgan, 700 tasi avariya holatida yedi.
Ayniqsa, qishloq maktablarida ahvol og‘ir bo‘ldi. Ularning 75 foizga yaqini
vodoprovod va kanalizatsiyaga, yarmidan ko‘prori markaziy isitish moslamalariga,
oshxona va sport zallariga yega yemas yedi. Joy tanqisdigi sababli 5800 ta maktabda
o‘qish ikki smenada olib borilardi. Madaniy-ma’rifiy soha uchun resurslarni
taqsimlash «qoldiq» prinsipida amalga oshirilganligidan maktablar uchun bino
yetishmasdi, ular jihozlar, yangi asbob-uskunalar bilan sust ta’minlangan yedi. Bu
soha uzoq yillar davomida diqqat-ye’tibordan chetda qolib keldi, hayotimizning
yeng ortda qolgan sohalaridan biriga aylandi. Fan, madaniyat va xalq ta’limiga
qilinadigan sarf-xarajatlarni qo‘shib hisoblaganda ular byudjet mablag‘darining 2,7
foizidan ortmas yedi. Respublikamiz xalq ta’limi oldida turgan asosiy ta’lim-tarbiya
ishlari ko‘p tomondan o‘qituvchi kadrlar sifatiga bog‘liq yedi. 80-yillarning
o‘rtalariga
kelganda
shaharlardagi
kunduzgi
umumta’lim
maktablaridagi
o‘qituvchilarning 80 foizga yaqini oliy ma’lumotli yedi. Qishloqlarda axvol
birmuncha yomonroq bo‘ldi, ularda ma’lumotli pedagoglar yetishmas yedi.
Pedagoglar yetishmasligidan bir soha o‘qituvchisi boshqa fandan ham dars berishga
majbur yedi. Bunday hol o‘quvchilar bilimlari sifatiga salbiy ta’sir o‘tkazdi.
O‘quvchilarning 3-4 oylab qishloq xo‘jalik ishlariga jalb yetilishi ta’lim
saviyasining pasayib ketishiga, bilimlarning sifati qoniqarsiz ahvolga tushib
qolishiga olib keldi.
1985-1990 yillar xalq ta’limi tizimida ayrim siljishlar ruy berdi. Ammo bu
davrda ta’lim va tarbiya sohasidagi ziddiyatli holatlar yanada keskinlashdi. Maktab,
o‘rta maxsus va oliy ta’limda rivojlanishning yekstensiv yo‘li o‘z imkoniyatlaridan
to‘liq foydalanib bo‘ldi. O‘qituvchi va talabalarning ijtimoiy faolligi ortgani sari
sovet ta’lim tizimining chirishi kuchaya bordi.
80-yillarning o‘rtalaridan boshlangan xalq maorifidagi islohotlar mavjud
muammolarni xalq ko‘zidan yashirishga o‘rinishdan bo‘lak narsa yemasdi.
Islohotdan ko‘zlangan maqsad «sovet tizimi»ni yuqori darajaga ko‘tarish,
mutaxassis va o‘quvchilar bilim saviyasini oshirish, ta’limni demokratlashtirishdan
iborat yedi. Biroq mazkur maqsadga sovet mafkurasi va u olib borayotgan
kommunistik yondashuv asosida yerishish mumkin yemasdi. 80-yillarning
o‘rtalaridan boshlangan islohotlar moddiy jihatdan ta’minlanmaganligi uchun ham
oxiriga yetmadi.
Chunonchi, 1985-1990 yillarda O‘zbekistonda 3693 ming o‘quvchiga
mo‘ljallangan yangi o‘quv yurtlari talab qilingan holda, Markazning topshirig‘i
bilan bu raqam 920 ming o‘ringa tushirildi. Respublika qishloqlaridagi
maktablarning 80 foizi yesa moslashtirilmagan binolarda joylashgan yedi.
1985 yilda respublika maktablarida o‘quvchilar soni 2684 mingga yetdi. Bu
raqam 1990 yilga kelib 245 mingga kamaydi. Buning boisi o‘qituvchilarni ijtimoiy
himoyalash, ularning obro‘sini orttirishda davlat rasmiy siyosatidagi xato va
kamchiliklarda yedi. 1985-1990 yillarda respublikadagi 14 pedagogika instituti va
38 o‘rta maxsus bilim yurtlarida yiliga o‘rtacha 17 mingdan yosh o‘qituvchilar
tayyorlangani xolda, maktabda faoliyat ko‘rsatuvchilar sonining muttasil kamayishi
ta’lim tizimi va hukmron mafkuradagi jiddiy cheklanganlik oqibatida yuz berdi.
7.3. 1945-1991 yillarda hunar-texnika va oliy ta’lim tizimi. Siddiq Rajabov
hayoti va faoliyati
1945-1991 yillarda hunar-texnika va oliy ta’lim tizimi. Urushdan keyingi
yillarda O‘zbekiston sanoati uchun malakali ishchi kadrlar hunar-texnika bilim
yurtlarida va bevosita ishlab chiqarish jarayonida yakka tartibda hunar kurslarida
tayyorlandi. Respublikadagi xunar maktablari, temir yo‘l, binokorlik o‘quv yurtlari,
yirik korxonalar qoshidagi fabrika-zavod ta’limi (FZO) maktablari sanoatni ri-
vojlantirishga katta hissa qo‘shdi. 1940-1955 yillarda xalq xo‘jaligi uchun jami 143
ming malakali ishchilar tayyorlab berildi. Ishchi kadrlarga yehtiyoj yildan-yilga
ortib bordi. Malakali kadrlar tayyorlash ham o‘sib bordi. 1966-1970 yillarda hunar-
texnika o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligiga 172 ming nafar ishchilarni tayyorlab berdi.
Shu bilan birga, respublika hunar-texnika ta’limida katta kamchiliklar mavjud
yedi. O‘quv yurtlarida o‘zbeklar va boshqa tub aholi vakillari, xotin-qizlar soni kam
yedi. Korxonalarda turar joy va zarur maishiy sharoitlarning yo‘qligidan yosh
ishchilarning ko‘pchiligi ishlab chiqarishda o‘rnashib qolmasdi. 1962 yilda oziq-
ovqat, yengil, trikotaj, gaz va neft sanoatidagi o‘zbek va boshqa yerli aholidan
bo‘lgan ishchi va xizmatchilar soni 30 foizdan sal ortiqni tashkil qilardi.
Mashinasozlik, metall ishlash sanoati va og‘ir sanoatning boshqa sohalarida o‘zbek
va mahalliy millat vakillari soni juda oz yedi. 1963 yili Toshkent asbobsozlik
zavodidagi ishchi va xizmatchilar orasida o‘zbeklar va boshqa tub millat vakillari
ulushi 20 foizni tashkil yetdi.
Sanoatni rivojlantirishning muhim omillaridan biri muxandis-texnik kadrlar
yedi. Oliy va o‘rta maxsus bilim yurtlari tayyorlovchi malakali mutaxassislar soni
ortib bordi. 1960-1970 yillarda sanoat, qurilish, transport va aloqa sohalari bo‘yicha
oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridagi talabalar soni 20 mingdan 63 mingga, ya’ni
3 baravardan ziyod ko‘paydi.
Oliy maktabning asosiy vazifasi xalq xo‘jaligi va madaniyatning barcha
tarmoqlari uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlab berishdan iborat.
Urushdan keyingi yillarda respublika oliy o‘quv yurtlari Markaz ko‘rsatmasi,
dasturlari asosida o‘quv-tarbiya ishlarini olib bordi. Bu davrda oliy maktabda
mutaxassis kadrlar tayyorlash son jixatdan o‘sdi, lekin ularning sifati talab
darajasida bo‘lmay keldi.
Talabalar doirasi ancha kengaydi. 1960-61 o‘quv yilida O‘zbekiston oliy
maktablarida 100 ming nafar talaba ta’lim olgan bo‘lsa, 1970-71 o‘quv yilida
ularning soni 230 mingga yetdi. Bu davr ichida oliy maktab respublika xalq xo‘jaligi
uchun yetkazib bergan diplomli mutaxassislar soni 2, 5 baravar ortgan.
Oliy o‘quv yurtlari soni 1940 yildagi 30 tadan 1970 yilda 38 taga ko‘paydi.
Xalq xo‘jaligining rivojlanishi yangi oliy o‘quv yurtlarini ochishni talab qildi.
Urushdan keyingi yillarda Toshkent yelektrotexnik aloqa institut, Toshkent
avtomobil yo‘llari instituti, Andijon paxtachilik instituti, Andijon tibbiyot instituti,
Andijon tillar pedagogika instituti, Buxoro oziq-ovqat va yengil sanoat texnologiya
instituti, Farg‘ona politexnika instituti va boshqa oliy o‘quv yurtlari malakali
kadrlarga bo‘lgan talabni kondirdi. Maorif, sanoat, qurilish, transport, iqtisodiyot,
qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash, san’at va boshqa soxalarda mutaxassis kadrlar
tayyorlandi.
Oliy o‘quv yurtlaridagi professor va o‘qituvchilar soni ham yildan-yilga oshib
bordi. Oliy maktablarda 1958 yili 5 ming ilmiy-pedagog xodim ishlagan bo‘lsa,
1965 yilda bu son 8 mingtaga yetdi. Oliy o‘quv yurtlari olimlari O‘zbekiston Fanlar
akademiyasi tizimidagi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan ijodiy hamkorlikda fan,
iqtisodiyot va madaniyat taraqqiyoti uchun katta ahamiyatga yega bo‘lgan talay
ilmiy ishlar, salmoqli asarlar yaratdilar.
Biroq oliy maktab ham totalitar tartibot ta’siridan chetda qolmadi. Buning
natijasida oliy maktabda qator salbiy hodisalar ruy berdi. Miqdoriy, yalpi
ko‘rsatkichlar ketidan quvish, xalq xo‘jaligi talab-yehtiyojlariga mos kelmaydigan
mutaxassisliklar bo‘yicha o‘qitish shular jumlasidandir. Oliy maktabning moddiy-
texnik bazasi ham juda zaif bo‘lib qoldi.
Respublika oliy o‘quv yurtlarida sirtqi va kechki ta’lim keng rivojlandi.
Ayniqsa, 1959 yilgi maktabning hayot bilan bog‘liqligini mustahkamlash
to‘g‘risidagi
qonun
asosida
ta’limning
bu
shakllari
yanada
kengaydi.
Respublikaning barcha institutlarida sirtqi va kechki bo‘limlar ochildi.
1940 yilda sirtqi va kechki ta’lim tizimida o‘qiyotgan talabalar respublika oliy
o‘quv yurtlaridagi jami, talabalarning 20 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 1966
yilda ularning salmog‘i 62 foizga yetdi. O‘sha vaqtda sirtqi va kechki bo‘limlardagi
talabalarning soni jihatidan mamlakatimiz birinchi o‘rinda deb maqtanish rasm
bo‘ldi. Lekin bu aslida achinarli hol yeli. Sirtqi va kechki bo‘limlarda ta’lim olgan
talabalar ixtisosliklari bo‘yicha yetarli nazariy bilimga yega bo‘lmasdilar. Ular
ko‘proq bilim olish uchun yemas, diplom uchun o‘qirdilar. Bu yillarda oliy o‘quv
yurtlari va ular tayyorlagan mutaxassislar soni ko‘paydi, biroq sifati pasaydi.
Respublika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ishlari mafkuralashtirib
yuborilganligi sababli kunduzgi bo‘limlarda o‘qigan talabalarning ko‘p vaqti
mutlaqo keraksiz bo‘lgan ilmiy kommunizm, KPSS tarixi, siyosiy iqtisod,
markscha-lenincha falsafa, ilmiy ateizm kabi «fanlar»ni o‘rganishga sarflanar yedi.
Bu hol talabalarning asosiy ixtisosligi bo‘yicha fanlarni chuqur, o‘zlashtirishiga
xalaqit berardi.
Oliy maktablarda milliy kadrlar tayyorlash talab darajasida yemas yedi. Ko‘p
fanlardan, ayniqsa, tabiiy fanlardan darsliklar rus tilida chiqarilgandi. Ularni o‘zbek
tiliga tarjima qilishga ongli ravishda ye’tibor berilmasdi. O‘zbek talabalari rus
tilidagi darslik va qo‘llanmalardan foydalanishga majbur yedilar. Ayniqsa,
qishloqlardan kelgan, rus tilini bilmaydigan talabalar qiynalardilar. Ular ko‘pincha
rus tilida o‘qitiladigan fanlarni o‘zlashtira olmay, o‘qishni tashlab ketishga majbur
bo‘lardilar. Bir amallab institutni bitirib chiqqan mutaxassislarning bilim darajalari
past bo‘lardi. Institutlarda o‘zbek guruhlarida rus tilida dars o‘tish Markazning
O‘zbekistonda olib borgan ruslashtirish siyosati natijasi yedi.
70-yillarga kelib respublikamizda Respublikaning oliy va o‘rta maxsus o‘quv
yurtlari xalq xo‘jaligi va madaniyat talablariga javob beradigan mutaxassislar
tayyorlashda muayyan natijalarni qo‘lga kiritdilar. Yildan-yilga talabalar soni ortib
bordi. 1971-1975 yillarda oliy o‘quv yurtlarini tug‘allagan diplomli 182 ming nafar
mutaxassis kadrlar respublika xalq xo‘jaligiga yetkazib berildi. Oliy o‘quv
yurtlarining soni 1985 yilda 42 taga yetdi.
80-yillarning o‘rtalarida respublika o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida 282 ming
nafar o‘quvchi ta’lim oldi. Bu har yili necha o‘n minglab malakali mutaxassislar
bilan respublika xalq xo‘jaligini ta’minlashga imkon berdi.Xalq xo‘jaligining
boshqa sohalari uchun ham ko‘plab mutaxassislar tayyorlandi. Masalan, 1970 yilda
oliy maktabni bitirganlar soni 334 mingni tashkil yetgan bo‘lsa, bu raqam 1990 yilga
kelib 508 mingga yetdi. Biroq bular faqat son ko‘rsatkichlari yedi, xolos.
Mutaxassislar saviyasi nuqtai nazaridan mamlakat boshqa davlatlardan ortda qolib
kelardi.
Siddiq Rajabov hayoti va faoliyati hamda uning pedagogika fani rivojiga
qo‘shgan hissasi. Siddiq Rajabov 1910 yili 1-aprelda Qozog‘iston
Respublikasining Avliyoota (hozirgi Taroz) shahrida tavallud topdi. U shu
shaharda to‘liqsiz o‘rta maktabni tugatib, 1926 yili Farg‘ona pedagogika
texnikumiga o‘qishga kiradi.Texnikumni 1930 yili tugatadi. Shu oraliqda, 1928-29
yillarda Qashqadaryoning G‘uzor tumanidagi olis bir qishlog‘ida ochilgan
maktabda o‘qituvchilik qiladi. 1930 yili Farg‘ona pedagogika institutiga o‘qishga
kiradi. Institutni tugatgach, 1934-37 yillarda O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-
tadqiqot instituti aspiranturasida o‘qiydi. 1935 yili yangidan ochilgan Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika insitutining pedagogika kafedrasiga
o‘qituvchi qilib ishga qabul qilinadi. Urush yillarida “Qizil O‘zbekiston”
gazetasining ma’sul kotibi bo‘lib ishlaydi.
Siddiq Rajabov 1947-1963 yillarda Nizomiy nomidagi TDPIning pedagogika
kafedrasi mudiri lavozimida, 1960-1966 yillarda yesa O‘zbekiston pedagogika
fanlari ilmiy-tadqiqot institutining direktori lavozimida ishlaydi. 1966 yili Nizomiy
nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutiga ishga qaytadi va shu institutning
umumiy pedagogika kafedrasiga 1990 yilgacha mudirlik qiladi.
S.Rajabov XIX asr va XX asr boshlarida Buxoroda maktab va maorif
taraqqiyoti bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib borib, 1941 yili nomzodlik
dissertatsiyasini himoya qildi. Siddiq Rajabov pedagogika fanlari bo‘yicha
nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan birinchi o‘zbek olimidir. 1917-1957
yillardagi O‘zbekiston maktablari tarixini o‘rgangan olim, shu mavzuga
bag‘ishlangan doktorlik dissertatsiyasini Moskvada himoya qildi va 1958 yili
birinchilardan bo‘lib pedagogika fanlari doktori ilmiy darajasini oldi.
Olimning qalamidan chiqqan ilmiy maqolalarda yoshlarni insoniylikka,
mehnatga, vatanparvarlikka tarbiyalash mavzusi keng o‘rin oldi. Pedagog-olim
birqancha risolalarida K.D.Ushinskiy, L.N.Tolstoy, N.K.Krupskaya,
A.S.Makarenko va H.H.Niyoziylarning pedagogik qarashlari va faoliyatlarini
yoritib berdi. 1960 yili unga professor ilmiy unvoni berildi.
1968 yili professor Siddiq Rajabov Pedagogika fanlari akademiyasining
akademigi bo‘lib saylandi. S.Rajabov pedagogika sohasi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi tarixidagi yagona akademikdir.
Akademik Rajabov Sharq donishmandlarining pedagogik merosini o‘qib-
o‘rganish va keng ommaga tanitishda juda katta ishlarni amalga oshirdi. Ayniqsa,
o‘zi boshi-qoshida yurib, 1986 yili rus tilida “O‘zbek pedagogik fikrlar
antologiyasi” kitobini Moskvaning “Pedagogika” nashriyotida chop yettirishi
O‘zbekiston fanida juda katta yutuq bo‘ldi. Hamdo‘stlik davlatlaridan
birnechtasigina bunday salmoqli pedagogik asarni chop yettira olganini hisobga
olsak, Siddiq Rajabov pedagogika fani tarixini beqiyos manbalar bilan to‘ldirgan
juda katta vatanparvar olimdir.
Olimning yana bir katta mehnati YA.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika”
asarini rus tilidan o‘zbek tiliga tarijima qilishni tashkil yetishi bo‘ldi.
S.Rajabovning mas’ul muharriligida professor Malla Ochilov bu kitobni tarjima
qilib, 1975 yili nashr yettiridi.
Siddiq Rajabov butun umri davomida pedagogika fanining rivojlanishiga
xizmat qildi. Olimning O‘zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo‘shgan
yeng katta hissasi, bu albatta, pedagogika oliygohlari talabalari uchun
“Pedagogika” darsligini chop yettirishi bo‘ldi. Olim darslikning redaksiyasini
boshqardi, birnechta qismlarini o‘zi yozdi, 1962, 1966 va 1981 yillarda qayta-
qayta to‘ldirib, nashr yettirdi.
O‘zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida olim yosh tadqiqotchilarga
hamisha yordam berib keldi. S.Rajabov o‘zoq yillar davomida pedagogika fanlari
bo‘yicha ilmiy daraja beradigan ixtisoslashtirilgan Kengashni boshqarib, nafaqat
O‘zbekiston, balki Markaziy Osiyo davlatlari uchun ham olimlar tayyorlab
berishda juda katta xizmat qildi. Akademik Rajabov 7 nafar fan doktori, 130 nafar
fan nomzodini tayyorladi.
O‘zbekistonda pedagogika fanining rivojlanishiga qo‘shgan juda katta xizmati
uchun S.Rajabovga 1964 yilda“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan
arbobi” unvoni berildi. Birqancha orden va medallar bilan taqdirlandi.
Mustaqil O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar. Bugungi
kunda, umumiy ye’tirofga ko‘ra, XXI asr globallashuv va chegaralarning barham
topish davri, axborot-kommunikasiya texnologiyalari va internet asri, jahon
maydonida va dunyo bozorida tobora kuchayib borayotgan raqobat asriga aylanib
borayotganini isbotlab berishga hojat yo‘q, albatta.
Bunday sharoitda inson kapitaliga yo‘naltirilayotgan investitsiya va
qo‘yilmalarning o‘sishini, hozirgi zamonda demokratik taraqqiyot, modernizatsiya
va yangilanish borasida belgilangan maqsadlarga yerishishda yeng muhim qadriyat
va hal qiluvchi kuch bo‘lgan bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash
vazifasini doimo o‘zining asosiy ustuvor yo‘nalishlari qatoriga qo‘yadigan
davlatgina o‘zini namoyon yeta olishi mumkin.