1917-YIL SIYOSIY JARAYONLARIDA TURKISTON. TURKISTON MUXTORIYATI MILLIY DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING DASTLABKI TAJRIBASI. (1. Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi, uning Turkistonga ta’siri)

Yuklangan vaqt

2024-04-20

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

32,4 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
 
 
1917-YIL SIYOSIY JARAYONLARIDA TURKISTON. TURKISTON 
MUXTORIYATI MILLIY DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING 
DASTLABKI TAJRIBASI. 
 
Reja:  
1. Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi, uning Turkistonga 
ta’siri. 
2. Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.  
3. Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi. 
4. Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, 
harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz 1917-YIL SIYOSIY JARAYONLARIDA TURKISTON. TURKISTON MUXTORIYATI MILLIY DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING DASTLABKI TAJRIBASI. Reja: 1. Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi, uning Turkistonga ta’siri. 2. Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi. 3. Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi. 4. Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari. Ilmiybaza.uz 
 
 
 
1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilob g’alaba qozonib, 
Rossiya imperatori Nikolay II taxtdan ag’darib tashlandi. Bu inqilob Turkiston 
o’lkasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Xususan, Turkiston jadidlari, ziyolilari va islom 
ulamolarining tashabbuslari bilan 1917 yil martida “Sho’roi Islomiya”, 1917 yil 
iyunida “ Sho’roi Ulamo”, 1917 yiliyulida “Turk Adami Markaziyati” (“Turk 
federalistlari partiyasi”), 1917yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy 
partiyalar tuzildi.1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan 
N.N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti tuzildi.Ammo, 
1917 yilning aprel va sentyabr oylarida bo’lib o’tgan Butunturkiston 
musulmonlarining I va II qurultoylari Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g’oyasini 
ilgari surib, hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga 
qarshi chiqdi. 1917 yil 20 sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va 
Qozog’iston musulmonlarining qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o’lkasining 
siyosiy tuzumini belgilash edi. O’sha davrdagi manba tili bilan aytganda 
“Qurultoy... Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi”. Qurultoy 
muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni quyib, parlament 
respublikasi asosida tuzilajak bo’lg’usi davlat tuzumining bosh tamoyil va 
me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga oshmadi. 1917 yil 25 
oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar 
(kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag’darib tashlab, hokimiyatni 
zo’ravonlik bilan egalladilar. Toshkent shahrida 28 oktyabrda boshlangan qurolli 
to’qnashuvlar 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasini qamoqqa 
olish bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni qo’lga 
olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar esa bu holga qat’iy 
norozilik bildirdilar. 1917 yil 13-17noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan shahar 
o’z-o’zini boshqarish tashkilotlarining Turkiston o’lka s’ezdi qatnashchilari 
hokimiyatni to’laligicha bolsheviklar qo’liga o’tishiga keskin qarshilik ko’rsatishdi. 
S’ezd hokimiyat masalasiga oid quyidagi rezolyutsiyani qabul qildi: “ Turkistonda 
Ilmiybaza.uz 1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilob g’alaba qozonib, Rossiya imperatori Nikolay II taxtdan ag’darib tashlandi. Bu inqilob Turkiston o’lkasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Xususan, Turkiston jadidlari, ziyolilari va islom ulamolarining tashabbuslari bilan 1917 yil martida “Sho’roi Islomiya”, 1917 yil iyunida “ Sho’roi Ulamo”, 1917 yiliyulida “Turk Adami Markaziyati” (“Turk federalistlari partiyasi”), 1917yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy partiyalar tuzildi.1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan N.N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti tuzildi.Ammo, 1917 yilning aprel va sentyabr oylarida bo’lib o’tgan Butunturkiston musulmonlarining I va II qurultoylari Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g’oyasini ilgari surib, hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga qarshi chiqdi. 1917 yil 20 sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va Qozog’iston musulmonlarining qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o’lkasining siyosiy tuzumini belgilash edi. O’sha davrdagi manba tili bilan aytganda “Qurultoy... Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi”. Qurultoy muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni quyib, parlament respublikasi asosida tuzilajak bo’lg’usi davlat tuzumining bosh tamoyil va me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga oshmadi. 1917 yil 25 oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar (kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag’darib tashlab, hokimiyatni zo’ravonlik bilan egalladilar. Toshkent shahrida 28 oktyabrda boshlangan qurolli to’qnashuvlar 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasini qamoqqa olish bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni qo’lga olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar esa bu holga qat’iy norozilik bildirdilar. 1917 yil 13-17noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan shahar o’z-o’zini boshqarish tashkilotlarining Turkiston o’lka s’ezdi qatnashchilari hokimiyatni to’laligicha bolsheviklar qo’liga o’tishiga keskin qarshilik ko’rsatishdi. S’ezd hokimiyat masalasiga oid quyidagi rezolyutsiyani qabul qildi: “ Turkistonda Ilmiybaza.uz 
hokimiyatni ishchi, dehqon va soldat deputatlari qo’liga o’tishi bilan hokimiyat 
masalasidagi munozara shunday xulosaga keldi: 
 1.Rossiya inqilobi ko’targan xalqning ozodligi, tengligi, do’stligi shiorlari 
ostida Turkiston aholisining 98 foizini tashkil etuvchi, 10 mln. sonli musulmon 
aholisi milliy-madaniy o’z-o’zini boshqarishning barcha huquqlariga ega; 
2.Musulmonlarining o’z taqdirini o’zi belgilash va umuminsoniy taraqqiyotiga 
bo’lgan qiziqishi Qur’on va Shariat qonunlaridan o’zgacha bo’lishi mumkin emas. 
Musulmonlar inqilob natijasida qo’lga kiritgan huquqlarni amalga oshirar ekan 
Rossiyadagi siyosiy partiyalarning birontasi tarkibida faoliyat ko’rsatishi va 
ularning partiyaviy kurashlarida qatnashishi mumkin emas. Lekin, Rossiya 
fuqarolari bilan umumiy jamiyat manfaatlarini hisobga olib mamalakatni Ta’sis 
majlisiga olib boruvchi hokimiyatni qo’llab-quvvatlashi maqsadga muvofiqdir; 
3.Butun Rossiya doirasida hokimiyat qanday tuzilishidan qat’iy nazar 
musulmonlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlarini mahalliy sharoitni yaxshi 
bilgan, musulmonlarning urf-odatlari va yashash sharoitlari bilan yaxshi tanish 
bo’lgan, xalqning hohish irodasiga ko’ra yangicha hayot tartiblarini joriy qila 
oladigan kishilardan iborat mahalliy hokimiyat orqali amalga oshirishlari mumkin. 
Shuning uchun mahalliy hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan, 
ma’lum miqdorda boshqa siyosiy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatuvchi, lekin 
musulmonlarga xayrixoh bo’lgan vakillardan tashkil topishi kerak; 
4.Hokimiyatni mahalliy aholi manfaatlari uchun tasodifiy va begona bo’lgan 
harbiylar, ishchilar va dehqon(krestyan)larning mayda guruhlari qo’lidagina 
to’planib qolishi demokratik printsiplarga mos emas va mahalliy aholini o’z 
taqdirini o’zi belgilash yo’lidagi erkin harakatlariga kafolat bera olmaydi. 
2.Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.  
1917 yil 15-22 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan O’lka ishchi, 
soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s’ezdida 15 kishidan iborat hukumat- 
.Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 ta o’rin so’l eserlarga, 7 
ta o’rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berilib, hukumat tarkibiga tub aholi 
vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi. XKS raisi lavozimini F.Kolesov egalladi. 
Ilmiybaza.uz hokimiyatni ishchi, dehqon va soldat deputatlari qo’liga o’tishi bilan hokimiyat masalasidagi munozara shunday xulosaga keldi: 1.Rossiya inqilobi ko’targan xalqning ozodligi, tengligi, do’stligi shiorlari ostida Turkiston aholisining 98 foizini tashkil etuvchi, 10 mln. sonli musulmon aholisi milliy-madaniy o’z-o’zini boshqarishning barcha huquqlariga ega; 2.Musulmonlarining o’z taqdirini o’zi belgilash va umuminsoniy taraqqiyotiga bo’lgan qiziqishi Qur’on va Shariat qonunlaridan o’zgacha bo’lishi mumkin emas. Musulmonlar inqilob natijasida qo’lga kiritgan huquqlarni amalga oshirar ekan Rossiyadagi siyosiy partiyalarning birontasi tarkibida faoliyat ko’rsatishi va ularning partiyaviy kurashlarida qatnashishi mumkin emas. Lekin, Rossiya fuqarolari bilan umumiy jamiyat manfaatlarini hisobga olib mamalakatni Ta’sis majlisiga olib boruvchi hokimiyatni qo’llab-quvvatlashi maqsadga muvofiqdir; 3.Butun Rossiya doirasida hokimiyat qanday tuzilishidan qat’iy nazar musulmonlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlarini mahalliy sharoitni yaxshi bilgan, musulmonlarning urf-odatlari va yashash sharoitlari bilan yaxshi tanish bo’lgan, xalqning hohish irodasiga ko’ra yangicha hayot tartiblarini joriy qila oladigan kishilardan iborat mahalliy hokimiyat orqali amalga oshirishlari mumkin. Shuning uchun mahalliy hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan, ma’lum miqdorda boshqa siyosiy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatuvchi, lekin musulmonlarga xayrixoh bo’lgan vakillardan tashkil topishi kerak; 4.Hokimiyatni mahalliy aholi manfaatlari uchun tasodifiy va begona bo’lgan harbiylar, ishchilar va dehqon(krestyan)larning mayda guruhlari qo’lidagina to’planib qolishi demokratik printsiplarga mos emas va mahalliy aholini o’z taqdirini o’zi belgilash yo’lidagi erkin harakatlariga kafolat bera olmaydi. 2.Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi. 1917 yil 15-22 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan O’lka ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s’ezdida 15 kishidan iborat hukumat- .Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 ta o’rin so’l eserlarga, 7 ta o’rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berilib, hukumat tarkibiga tub aholi vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi. XKS raisi lavozimini F.Kolesov egalladi. Ilmiybaza.uz 
Turkistonda hokimiyat bolsheviklar qo’liga o’tishi bilan o’lkada Muvaqqat 
hukumatning barcha bo’g’inlari tugatilib, o’rniga avvalo jazo organlari va sovet 
boshqaruv tizimi o’rnatildi. 
Turkiston XKS 1917 yil 28 noyabrda o’lkada qizil gvardiya bo’linmalarini 
tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo’linmalar Sovet tuzumi va bolsheviklarga 
qarshi ko’tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok etdi. 
Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o’z qarori bilan “Sho’roi Islomiya” va boshqa 
mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari 
keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo’shildilar, ayrimlari istiqlolchilik 
harakatiga g’oyaviy rahnamolik qildilar. “Sho’roi Ulamo” tashkilotining Toshkent 
sho’basi faqat 1918 yil 13 mayda yopib qo’yildi. Turkiston o’lkasi XKS o’zining 
tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan tubdan farqlanuvchi hukumat edi. 
Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o’lkadagi boshqaruv ishlarini 
butunlay qamrab olgan bo’lib, boshqaruv tizimining farqli tomoni shunda ediki, 
Turkiston XKS tashkil topgan paytdayoq Rossiyadagi Markaziy hukumatni tan oldi. 
Chunonchi, Turkiston XKS raisi F.Kolesov Petrograddagi XKS nomiga yuborgan 
telegrammada quyidagicha ta’kidlagan edi: “Komissarlar Soveti o’z oldiga sizning 
hamma dekretlaringizni amalga oshirish vazifasini qo’ydi...Bizning to’la-to’kis 
qo’llab quvvatlashimizni hisobga olishingizni so’raymiz”. 
Tadqiqotchilarning (Q.Rajabov, M. Haydarov) fikricha, Turkiston o’lkasi 
yangi hukumati o’sha kunning o’zida (1917y. 23 noyabr-E.B.) aholiga qilgan 
murojaatida ham o’zining asl maqsadlarini yashirib o’tirmadi. Murojaatda ham 
telegrammada bo’lgani kabi quyidagilarga alohida urg’u berilgan edi: “Xalq 
Komissarlari Soveti markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og’ishmay amalga 
oshiradi va o’z faoliyatida s’ezdning ...qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni 
bajarish yo’lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko’rish 
bilan kutib olinadi”. Tadqiqotchilar to’g’ri ta’kidlaganlaridek, Turkiston XKS o’z 
faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, 
Turkiston o’lkasida sovet hokimiyatini mustahkamlashga qattiq va astoydil kirishdi. 
Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif 
Ilmiybaza.uz Turkistonda hokimiyat bolsheviklar qo’liga o’tishi bilan o’lkada Muvaqqat hukumatning barcha bo’g’inlari tugatilib, o’rniga avvalo jazo organlari va sovet boshqaruv tizimi o’rnatildi. Turkiston XKS 1917 yil 28 noyabrda o’lkada qizil gvardiya bo’linmalarini tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo’linmalar Sovet tuzumi va bolsheviklarga qarshi ko’tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok etdi. Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o’z qarori bilan “Sho’roi Islomiya” va boshqa mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo’shildilar, ayrimlari istiqlolchilik harakatiga g’oyaviy rahnamolik qildilar. “Sho’roi Ulamo” tashkilotining Toshkent sho’basi faqat 1918 yil 13 mayda yopib qo’yildi. Turkiston o’lkasi XKS o’zining tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan tubdan farqlanuvchi hukumat edi. Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o’lkadagi boshqaruv ishlarini butunlay qamrab olgan bo’lib, boshqaruv tizimining farqli tomoni shunda ediki, Turkiston XKS tashkil topgan paytdayoq Rossiyadagi Markaziy hukumatni tan oldi. Chunonchi, Turkiston XKS raisi F.Kolesov Petrograddagi XKS nomiga yuborgan telegrammada quyidagicha ta’kidlagan edi: “Komissarlar Soveti o’z oldiga sizning hamma dekretlaringizni amalga oshirish vazifasini qo’ydi...Bizning to’la-to’kis qo’llab quvvatlashimizni hisobga olishingizni so’raymiz”. Tadqiqotchilarning (Q.Rajabov, M. Haydarov) fikricha, Turkiston o’lkasi yangi hukumati o’sha kunning o’zida (1917y. 23 noyabr-E.B.) aholiga qilgan murojaatida ham o’zining asl maqsadlarini yashirib o’tirmadi. Murojaatda ham telegrammada bo’lgani kabi quyidagilarga alohida urg’u berilgan edi: “Xalq Komissarlari Soveti markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og’ishmay amalga oshiradi va o’z faoliyatida s’ezdning ...qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni bajarish yo’lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko’rish bilan kutib olinadi”. Tadqiqotchilar to’g’ri ta’kidlaganlaridek, Turkiston XKS o’z faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga, Turkiston o’lkasida sovet hokimiyatini mustahkamlashga qattiq va astoydil kirishdi. Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif Ilmiybaza.uz 
qilindi. O’lka komissarligi tarkibida bo’lgan va boshqaruvda asosiy rol o’ynaydigan 
harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta,telegraf va temir yo’llar boshqaruvi 
masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralarga berib qo’yilishi oqibatida 
Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas’ul 
xodimlar, turli komissiya va tashkilotlar o’z siyosatlarini qo’g’irchoq organga 
aylangan o’lka XKS orqali yuritdilar. 
Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo’lida 
bo’lib qolishi o’lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo’lgan 
ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar 
hukumati chekka o’lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi 
avtonomiya” o’rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun 
Moskvadan ko’plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo’natildi. Jumladan, 
P.A. Kobozev O’rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918 yil 
20aprel-1may kunlari Toshkentda Turkiston o’lkasi Sovetlarining V s’ezdi bo’lib 
o’tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo’yicha tanlab olingan 
251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’ezd kun tartibidagi 
asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya 
yaratish bo’ldi. 
S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko’rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda 
“Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida 
Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning 
hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari 
va ularning sovet Rossiyasi bilan o’zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu 
Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, 
Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o’lkasining geografik chegaralaridagi butun 
hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon 
qilindi. 
“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o’z xatti-
harakatlarini 
Rossiya 
Sovet 
Federatsiyasi 
markaziy 
hukumati 
bilan 
muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o’zaro 
Ilmiybaza.uz qilindi. O’lka komissarligi tarkibida bo’lgan va boshqaruvda asosiy rol o’ynaydigan harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta,telegraf va temir yo’llar boshqaruvi masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralarga berib qo’yilishi oqibatida Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas’ul xodimlar, turli komissiya va tashkilotlar o’z siyosatlarini qo’g’irchoq organga aylangan o’lka XKS orqali yuritdilar. Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo’lida bo’lib qolishi o’lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo’lgan ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar hukumati chekka o’lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi avtonomiya” o’rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun Moskvadan ko’plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo’natildi. Jumladan, P.A. Kobozev O’rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918 yil 20aprel-1may kunlari Toshkentda Turkiston o’lkasi Sovetlarining V s’ezdi bo’lib o’tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo’yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’ezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo’ldi. S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko’rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda “Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o’zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq, Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o’lkasining geografik chegaralaridagi butun hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon qilindi. “Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o’z xatti- harakatlarini Rossiya Sovet Federatsiyasi markaziy hukumati bilan muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o’zaro Ilmiybaza.uz 
munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va 
Moskvaga yuborishga qaror qilindi. 
S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi -Markaziy Ijroiya 
Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar, 
yarmi so’l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig’idagi 
davrda o’lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo’ldi. 
Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari 
P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS 
tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so’l eser) kiritildi. Mahalliy millat 
vakillaridan to’rt kishi – S.Jo’raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va S.Azimboevlar 
Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo’jaev sog’liqni saqlash xalq komissari 
sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar. 
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati 
hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat 
ko’rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo’ldi. 
Milliy kommunistlar o’lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa 
boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 
1919 yil martda tuzilgan o’lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga 
ega bo’ldi. Chunonchi, Qayg’usiz Otaboev, Yusuf Aliev, Abdulla Rahimboev, 
Sanjar Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko’plab milliy 
rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar. 
3. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi. 
1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo’qonda yuz bergan voqealar 
Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo’ldi. Qo’qon 
shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o’lka musulmonlarining 
favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan 
Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo’lib 
ishtirok etdilar.Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday 
deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi 
da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini 
Ilmiybaza.uz munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va Moskvaga yuborishga qaror qilindi. S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi -Markaziy Ijroiya Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar, yarmi so’l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig’idagi davrda o’lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo’ldi. Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so’l eser) kiritildi. Mahalliy millat vakillaridan to’rt kishi – S.Jo’raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va S.Azimboevlar Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo’jaev sog’liqni saqlash xalq komissari sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar. Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat ko’rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo’ldi. Milliy kommunistlar o’lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida 1919 yil martda tuzilgan o’lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Chunonchi, Qayg’usiz Otaboev, Yusuf Aliev, Abdulla Rahimboev, Sanjar Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko’plab milliy rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar. 3. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi. 1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo’qonda yuz bergan voqealar Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo’ldi. Qo’qon shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o’lka musulmonlarining favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo’lib ishtirok etdilar.Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini Ilmiybaza.uz 
namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy 
jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”. 28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi 
aniqlanib “ Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis s’ezdi 
chaqirilgunga qadar hokimiyat to’la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va 
Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo’lida bo’lishi haqida qaror qabul qilindi. 
Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo’ldi. Qurultoy 
jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston 
Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol 
ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo’ldilar: 
1.Muhammadjon Tinishboev –Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq 
Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, 
temir yo’l muhandisi. 
2.Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) –Bosh vazir o’rinbosari, 
Butunrossiya 
Musulmonlari 
Kengashi 
Markaziy 
qo’mitasining 
a’zosi, 
huquqshunos. 
3.Mustafo Cho’qay-tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston 
komitetining a’zosi, Turkiston o’lka Musulmonlar Sho’rosining raisi, 
huquqshunos. 
4.Ubaydulla Xo’jaev (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev) –harbiy vazir, 
Butunrossiya 
Musulmonlar 
kengashi 
Markaziy 
qo’mitasining 
a’zosi, 
huquqshunos. 
5.Hidoyatbek Yurg’uli (Yurali) Agaev –er va suv boyliklari vaziri, agronom. 
6.Obidjon Mahmudov –oziq-ovqat vaziri, Qo’qon shahri dumasining rais 
o’rinbosari, jamoat arbobi 
7.Abdurahmon O’rozaev –ichki ishlar vazirining o’rinbosari,huquqshunos. 
8.Solomon Abramovich Gertsfeld –moliya vaziri, huquqshunos. Muvaqqat 
hukumat tarkibiga kirishi lozim bo’lgan qolgan 4 o’rin yevropalik aholi vakillari 
orasidan nomzodlar ko’rsatilishi uchun ularga ajratildi. 
Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati 
a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu 
Ilmiybaza.uz namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”. 28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi aniqlanib “ Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis s’ezdi chaqirilgunga qadar hokimiyat to’la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo’lida bo’lishi haqida qaror qabul qilindi. Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo’ldi. Qurultoy jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo’ldilar: 1.Muhammadjon Tinishboev –Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, temir yo’l muhandisi. 2.Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) –Bosh vazir o’rinbosari, Butunrossiya Musulmonlari Kengashi Markaziy qo’mitasining a’zosi, huquqshunos. 3.Mustafo Cho’qay-tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi, Turkiston o’lka Musulmonlar Sho’rosining raisi, huquqshunos. 4.Ubaydulla Xo’jaev (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev) –harbiy vazir, Butunrossiya Musulmonlar kengashi Markaziy qo’mitasining a’zosi, huquqshunos. 5.Hidoyatbek Yurg’uli (Yurali) Agaev –er va suv boyliklari vaziri, agronom. 6.Obidjon Mahmudov –oziq-ovqat vaziri, Qo’qon shahri dumasining rais o’rinbosari, jamoat arbobi 7.Abdurahmon O’rozaev –ichki ishlar vazirining o’rinbosari,huquqshunos. 8.Solomon Abramovich Gertsfeld –moliya vaziri, huquqshunos. Muvaqqat hukumat tarkibiga kirishi lozim bo’lgan qolgan 4 o’rin yevropalik aholi vakillari orasidan nomzodlar ko’rsatilishi uchun ularga ajratildi. Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu Ilmiybaza.uz 
Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va 
siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. 
Shuningdek, Turkiston Muxtoriyati hukumatining Milliy davlatchilikning qaror 
topishini jo’shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma’rifatparvarlar, diniy, 
jamoat va siyosat arboblari birin-ketin chiqishlar qilib, Muxtoriyatni tabrikladilar. 
O’sha paytda chop etiladigan “Ulug’ Turkiston” gazetasi sahifalari Qo’qon, 
Samarqand, Toshkent, Kaspiyorti viloyatidan Turkiston Muxtoriyatini qo’llab-
quvvatlovchi xabarlar bilan to’lib toshgan edi. Yangi hukumat faoliyati faqat 
Qo’qonda yoki Farg’ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida 
yashayotgan tub yer aholisi tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanganligi bois, 
Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq orasida katta e’tibor 
qozondi. Shuning uchun ham ma’rifatparvar Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan tunni 
“Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. 
Xalq ommasining qizg’in qo’llab-quvvatlashidan ilhomlangan Muxtor 
hukumat vakillari jadal faoliyat boshladilar. Dastlabki kunlardan boshlab Millat 
majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qilinib, yangi hukumat davlat 
Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. Bir nechta 
hukumat gazetalari o’zbek, qozoq va rus tillarida nashr etila boshlandi. Shuningdek, 
hukumat milliy qo’shinni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratdi. Harbiy vazir 
Ubaydulla Xo’jaev ishtirokida o’tkazilgan ko’rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 
nafarga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda Ergash qo’rboshi rahbarlik qilgan ikki 
mingga yaqin mirshablar ham bor edi. Yangi hukumat iqtisodiy sohada 30 million 
so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga quydi. Chunki gazetalarni nashr 
qilish, muxtoriyat qo’shinlarining ta’minoti hamda hukumatning ichki harajatlari 
uchun mablag’ zarur edi. Shuningdek, yangi hukumat a’zolari ochlik girdobida 
qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g’alla keltirish muammosini hal qilish 
uchun ham amaliy qadamlar tashladi. 
Ammo, umumxalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan Turkiston Muxtoriyati 
bolsheviklar tomonidan ma’qullanmadi. 1917 yil 13 dekabrda Toshkentning eski 
shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o’tkazdilar. 
Ilmiybaza.uz Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi. Shuningdek, Turkiston Muxtoriyati hukumatining Milliy davlatchilikning qaror topishini jo’shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma’rifatparvarlar, diniy, jamoat va siyosat arboblari birin-ketin chiqishlar qilib, Muxtoriyatni tabrikladilar. O’sha paytda chop etiladigan “Ulug’ Turkiston” gazetasi sahifalari Qo’qon, Samarqand, Toshkent, Kaspiyorti viloyatidan Turkiston Muxtoriyatini qo’llab- quvvatlovchi xabarlar bilan to’lib toshgan edi. Yangi hukumat faoliyati faqat Qo’qonda yoki Farg’ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida yashayotgan tub yer aholisi tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanganligi bois, Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq orasida katta e’tibor qozondi. Shuning uchun ham ma’rifatparvar Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan tunni “Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi. Xalq ommasining qizg’in qo’llab-quvvatlashidan ilhomlangan Muxtor hukumat vakillari jadal faoliyat boshladilar. Dastlabki kunlardan boshlab Millat majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qilinib, yangi hukumat davlat Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. Bir nechta hukumat gazetalari o’zbek, qozoq va rus tillarida nashr etila boshlandi. Shuningdek, hukumat milliy qo’shinni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratdi. Harbiy vazir Ubaydulla Xo’jaev ishtirokida o’tkazilgan ko’rik-parad vaqtida askarlar soni 2000 nafarga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda Ergash qo’rboshi rahbarlik qilgan ikki mingga yaqin mirshablar ham bor edi. Yangi hukumat iqtisodiy sohada 30 million so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga quydi. Chunki gazetalarni nashr qilish, muxtoriyat qo’shinlarining ta’minoti hamda hukumatning ichki harajatlari uchun mablag’ zarur edi. Shuningdek, yangi hukumat a’zolari ochlik girdobida qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g’alla keltirish muammosini hal qilish uchun ham amaliy qadamlar tashladi. Ammo, umumxalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan Turkiston Muxtoriyati bolsheviklar tomonidan ma’qullanmadi. 1917 yil 13 dekabrda Toshkentning eski shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o’tkazdilar. Ilmiybaza.uz 
Toshkent shahar sovetidagi bolsheviklar esa, shaharda qurolli kuch bilan tartib 
o’rnatishga buyruq berdilar. Natijada tinch namoyish qatnashchilari o’qqa tutilib, 16 
kishi halok bo’ldi.Shunga qaramasdan, Muxtoriyat hukumatini qo’llab-quvvatlash 
davom etaverdi. Xususan, 1917 yil 26-30 dekabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib 
o’tgan musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari I favqulodda qurultoyining 
ham asosiy masalasi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasi edi. Butun 
Turkiston o’lkasidan 200 yaqin vakillar qatnashgan ushbu qurultoy 30 dekabrda 
Turkiston muxtoriyati hukumatini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston 
o’lkasi Xalq komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish haqida qabul qilgan 
deklaratsiyasida quyidagi fikrlar bor edi:“Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari 
Soveti barcha aholi ayniqsa, musulmonlar hohish-istaklarining ifodachisi emasligi; 
Turkiston o’lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e’lon qilinganida 
ifodalanganligi; Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning 
qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida 
to’ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e’tiborga olib, Musulmon 
ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga 
hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga topshirilsin 
deb istak bildiradi”. 
Ta’kidlash 
lozimki, 
yangi 
davlatchilik 
barcha 
milliy 
guruhlarning 
mutanosibligi printsiplari, umumdemokratik va milliy qadriyatlarning o’zaro 
uyg’unligi asosida barpo etilgan edi. Yuqorida qayd etilganidek, Turkiston 
Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati aholini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj 
mahsulotlari bilan ta’minlash, o’z moliyaviy jamg’armasini yaratish, turli-tuman 
siyosiy partiyalar va harakatlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish vazifalarini 
hal qilish yuzasidan qizg’in harakatlarni amalga oshira boshlagan edi. Sovet 
hokimiyatidan farqli o’laroq, Turkiston Muxtoriyati hukumati qonuniy asosda 
tashkil etilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi va 
demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Shuning uchun 
ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o’z taqdirini o’zi belgilagan xalq 
respublikasi edi. 
Ilmiybaza.uz Toshkent shahar sovetidagi bolsheviklar esa, shaharda qurolli kuch bilan tartib o’rnatishga buyruq berdilar. Natijada tinch namoyish qatnashchilari o’qqa tutilib, 16 kishi halok bo’ldi.Shunga qaramasdan, Muxtoriyat hukumatini qo’llab-quvvatlash davom etaverdi. Xususan, 1917 yil 26-30 dekabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib o’tgan musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari I favqulodda qurultoyining ham asosiy masalasi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasi edi. Butun Turkiston o’lkasidan 200 yaqin vakillar qatnashgan ushbu qurultoy 30 dekabrda Turkiston muxtoriyati hukumatini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston o’lkasi Xalq komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish haqida qabul qilgan deklaratsiyasida quyidagi fikrlar bor edi:“Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti barcha aholi ayniqsa, musulmonlar hohish-istaklarining ifodachisi emasligi; Turkiston o’lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e’lon qilinganida ifodalanganligi; Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida to’ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e’tiborga olib, Musulmon ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga topshirilsin deb istak bildiradi”. Ta’kidlash lozimki, yangi davlatchilik barcha milliy guruhlarning mutanosibligi printsiplari, umumdemokratik va milliy qadriyatlarning o’zaro uyg’unligi asosida barpo etilgan edi. Yuqorida qayd etilganidek, Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati aholini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari bilan ta’minlash, o’z moliyaviy jamg’armasini yaratish, turli-tuman siyosiy partiyalar va harakatlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish vazifalarini hal qilish yuzasidan qizg’in harakatlarni amalga oshira boshlagan edi. Sovet hokimiyatidan farqli o’laroq, Turkiston Muxtoriyati hukumati qonuniy asosda tashkil etilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi va demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Shuning uchun ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o’z taqdirini o’zi belgilagan xalq respublikasi edi. Ilmiybaza.uz 
Ammo, o’lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb 
qaradilar. 1918 yil 19-26 yanvar kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston o’lkasi 
ishchi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV s’ezdida Muxtoriyatga 
butunlay salbiy munosabat bildirildi. Ushbu s’ezd Turkiston Muxtoriyati hukumati 
va uning a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. S’ezd bolsheviklar 
fraktsiyasining Turkiston Muxtoriyati to’g’risidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. 
Ushbu rezolyutsiyada Turkiston qonuniy hukumati munofiqlarcha “qoraguruhchilar 
to’dasi” deb ataldi. Bu ham yetmagandek, bu s’ezd bolsheviklarning tazyiqi ostida 
qonuniy kuchga ega bo’lgan, tub yerli aholi manfaatlarining himoyachisi bo’lib 
maydonga chiqqan o’lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat- Turkiston 
Muxtoriyati ustidan shafqatsiz hukm chiqardi. 
1918 yil 30 yanvarda Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun 
harbiy harakatlar boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan 
tashqari armanlarning “Dashnoqtsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan beshafqat 
qurolli drujinalaridan ham keng foydalandilar. 31 yanvar kunning ikkinchi yarmida 
boshlangan janglar bir necha kun davom etdi. Qon to’qilishini oldini olish 
maqsadida muzokaralar olib borish harakatlari natija bermadi. 1918 yil 19 fevralda 
Qo’qon shahrida faoliyat ko’rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati 
bolsheviklaring qonli hujumlari natijasida ag’darib tashlandi. Hukumat boshlig’i 
Mustafo Cho’qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo’ldi. Vazirlarning 
ayrimlari halok bo’ldi, ayrimlari qo’lga olindi. Dahshatli janglar va talon-tarojlar 
natijasida 10000 qo’qonlik o’ldirildi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining 
ag’darilishi 
turkistonliklar 
tomonidan 
Rossiyaning 
Turkistonga 
nisbatan 
tajovuzkorona rejalari mavjudligining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular 
qo’llariga qurol olib o’z Vatanlarini bosqinchilardan himoya qilishga otlandilar. Bu 
bilan Turkistonda sovetlarga qarshi istiqlolchilik harakatiga asos solindi 
 
Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, 
harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari. 
Ilmiybaza.uz Ammo, o’lka bolsheviklari Turkiston Muxtoriyati hukumatiga katta xavf deb qaradilar. 1918 yil 19-26 yanvar kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston o’lkasi ishchi, soldat va dehqon deputatlarining favqulodda IV s’ezdida Muxtoriyatga butunlay salbiy munosabat bildirildi. Ushbu s’ezd Turkiston Muxtoriyati hukumati va uning a’zolarini qamoqqa olish haqida qaror chiqardi. S’ezd bolsheviklar fraktsiyasining Turkiston Muxtoriyati to’g’risidagi rezolyutsiyasini qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyada Turkiston qonuniy hukumati munofiqlarcha “qoraguruhchilar to’dasi” deb ataldi. Bu ham yetmagandek, bu s’ezd bolsheviklarning tazyiqi ostida qonuniy kuchga ega bo’lgan, tub yerli aholi manfaatlarining himoyachisi bo’lib maydonga chiqqan o’lkadagi ilk demokratik va xalqchil hukumat- Turkiston Muxtoriyati ustidan shafqatsiz hukm chiqardi. 1918 yil 30 yanvarda Turkiston XKS Muxtoriyat hukumatini tugatish uchun harbiy harakatlar boshladi. Turkiston bolsheviklari buning uchun qizil askarlardan tashqari armanlarning “Dashnoqtsutyun” partiyasi a’zolaridan tuzilgan beshafqat qurolli drujinalaridan ham keng foydalandilar. 31 yanvar kunning ikkinchi yarmida boshlangan janglar bir necha kun davom etdi. Qon to’qilishini oldini olish maqsadida muzokaralar olib borish harakatlari natija bermadi. 1918 yil 19 fevralda Qo’qon shahrida faoliyat ko’rsatayotgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklaring qonli hujumlari natijasida ag’darib tashlandi. Hukumat boshlig’i Mustafo Cho’qay shaharni tark etib, yashirinishga majbur bo’ldi. Vazirlarning ayrimlari halok bo’ldi, ayrimlari qo’lga olindi. Dahshatli janglar va talon-tarojlar natijasida 10000 qo’qonlik o’ldirildi. Turkiston Muxtoriyati hukumatining ag’darilishi turkistonliklar tomonidan Rossiyaning Turkistonga nisbatan tajovuzkorona rejalari mavjudligining yangi dalili sifatida qabul qilindi va ular qo’llariga qurol olib o’z Vatanlarini bosqinchilardan himoya qilishga otlandilar. Bu bilan Turkistonda sovetlarga qarshi istiqlolchilik harakatiga asos solindi Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati, harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari. Ilmiybaza.uz 
Bolsheviklar o’rnatgan sovet rejimi Turkiston xalqlariga nafaqat mustaqillik, 
hatto milliy mustaqillikni ham bermadi. Mustaqillik osonlikcha qo’lga 
kiritilmasligini anglab yetgan milliy vatanparvarlar qo’lga qurol olib bolsheviklar va 
bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. 
Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining 
butun Farg’ona vodiysida boshlanishiga turtki bo’ldi. Bu kurash 1918 yil fevral 
oyining oxirlarida boshlangan edi. Shu yilning mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida 
bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ziyod qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatgan. 
Mart oyining oxirlarida Farg’onadagi Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun 
qo’rboshlarining birinchi Qurultoyi chaqirilib, unda Katta Ergash qo’rboshi butun 
istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib saylandi va unga “Amir al-muslimin” 
unvoni berildi. Uning o’rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbeklar 
tayinlandi.Bu 
harakatning 
asosiy 
harakatlantiruvchi 
kuchi-dehqonlar, 
chorikorlar,mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo’lgan. 1918 yilning o’rtalariga 
kelib, Farg’ona vodiysida taxminan yuzga yaqin qo’rboshilar o’z dastalari bilan qizil 
armiyaga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15.000 yigit bor edi. 1919 
yilning yozi va kuzida Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o’zining eng 
yuqori cho’qqisiga chiqdi. 
Bu paytda istiqlolchilar safiga rus krestyanlari armiyasining K.Monstrov 
boshchiligidagi 
Jalolobodda 
turgan 
qo’shinlari 
qo’shildilar 
(2sentyabr). 
Sentyabrning boshlarida istiqlolchilar Jalolobod va O’sh shaharlarini egallab, 
Andijonni qamal qildilar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomir etaklaridagi Ergashtom 
ovulida bo’lgan istiqlolchilar anjumanida Madaminbek boshchiligidagi Farg’ona 
muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan 16 
kishi, yevropalik aholidan 8 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig’i va 
Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo’mondoni etib 
saylandi. 1919 yilning kech kuziga kelib Madamindek qo’l ostidagi 30.000 ga yaqin, 
Shermuhammadbek qo’l ostidagi 20.000, Katta Ergash qo’rboshining 8.000 ming 
yigitlari qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi. Bu uchta lashkarboshi vodiydagi 
jangovar harakatlarni yo’naltirib turdilar. 1920 yil 3 mayda Farg’ona vodiysidagi 
Ilmiybaza.uz Bolsheviklar o’rnatgan sovet rejimi Turkiston xalqlariga nafaqat mustaqillik, hatto milliy mustaqillikni ham bermadi. Mustaqillik osonlikcha qo’lga kiritilmasligini anglab yetgan milliy vatanparvarlar qo’lga qurol olib bolsheviklar va bosqinchi qizil armiyaga qarshi istiqlolchilik harakatini boshlab yubordilar. Turkiston Muxtoriyatining qonga botirilib tugatilishi istiqlolchilik harakatining butun Farg’ona vodiysida boshlanishiga turtki bo’ldi. Bu kurash 1918 yil fevral oyining oxirlarida boshlangan edi. Shu yilning mart oyiga kelib Farg’ona vodiysida bir-biridan mustaqil ravishda 40 dan ziyod qo’rboshi dastalari faoliyat ko’rsatgan. Mart oyining oxirlarida Farg’onadagi Bachqir qishlog’ida Farg’onadagi butun qo’rboshlarining birinchi Qurultoyi chaqirilib, unda Katta Ergash qo’rboshi butun istiqlolchilik harakatining boshlig’i qilib saylandi va unga “Amir al-muslimin” unvoni berildi. Uning o’rinbosarlari qilib Madaminbek va Shermuhammadbeklar tayinlandi.Bu harakatning asosiy harakatlantiruvchi kuchi-dehqonlar, chorikorlar,mardikorlar, hunarmandlar va kosiblar bo’lgan. 1918 yilning o’rtalariga kelib, Farg’ona vodiysida taxminan yuzga yaqin qo’rboshilar o’z dastalari bilan qizil armiyaga qarshi kurash olib bordilar. Bu guruhlarda 15.000 yigit bor edi. 1919 yilning yozi va kuzida Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakati o’zining eng yuqori cho’qqisiga chiqdi. Bu paytda istiqlolchilar safiga rus krestyanlari armiyasining K.Monstrov boshchiligidagi Jalolobodda turgan qo’shinlari qo’shildilar (2sentyabr). Sentyabrning boshlarida istiqlolchilar Jalolobod va O’sh shaharlarini egallab, Andijonni qamal qildilar. 1919 yil 22 oktyabrda Pomir etaklaridagi Ergashtom ovulida bo’lgan istiqlolchilar anjumanida Madaminbek boshchiligidagi Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati tuzildi. Hukumat tarkibiga mahalliy aholidan 16 kishi, yevropalik aholidan 8 kishi kiritildi. Madaminbek hukumat boshlig’i va Farg’ona vodiysidagi istiqlolchilik harakatining Oliy bosh qo’mondoni etib saylandi. 1919 yilning kech kuziga kelib Madamindek qo’l ostidagi 30.000 ga yaqin, Shermuhammadbek qo’l ostidagi 20.000, Katta Ergash qo’rboshining 8.000 ming yigitlari qizil armiyaga qarshi janglar olib bordi. Bu uchta lashkarboshi vodiydagi jangovar harakatlarni yo’naltirib turdilar. 1920 yil 3 mayda Farg’ona vodiysidagi Ilmiybaza.uz 
butun qo’rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumaanidagi G’oyibota 
qishlog’ida o’zlarining navbatdagi qurultoyini o’tkazdilar. Bu qurultoyda 
Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki 
Turkiston muvaqqat hukumati tuzildi. Boymirza Hayitning yozishicha, hukumat 
tarkibiga 6 kishi kiritilgan bo’lib, ular quyidagilar edi: 
Shermuhammadbek-hukumat raisi va Oliy bosh qo’mondon; Mullajon Qori –
xavfsizlik noziri; Akbarjon Eshon – Shayxulislom; Abdusalom Qori –hukumatning 
bosh kotibi; Nazirjon – moliya vaziri; Mulla Hoji Niyoz-maxsus ishlar noziri. Undan 
tashqari, 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi ham tuziladi. 
1922 yilning 15-20 aprelida Samarqand shahrida, yashirin holatda Turkiston 
musulmonlarining 2-qurultoyi bo’lib o’tdi. Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, 
Kaspiyortidan nufuzli qo’rboshilar ishtirok etgan ushbu qurultoyda Turkiston-turk 
mustaqil islom jumhuriyatining Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Boymirza 
Hayitning 
bergan 
ma’lumotlariga 
ko’ra, 
qurultoyda 
Farg’ona 
vodiysi 
istiqlolchilarining yo’lboshchisi Shermuhammadbek katta ma’ruza qiladi. Qurultoy 
so’nggida 7 bo’lim va 36 moddadan iborat rezolyutsiya (Muvaqqat Konstitutsiya) 
qabul qilindi. Bu hujjat Turkiston o’lkasidagi Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, 
Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari hamda Amudaryo bo’limi endilikda, Turkiston turk-
mustaqil islom jumhuriyati tarkibiga kiritilganligini qonun yo’li bilan 
mustahkamladi. Unda hukumat tarkibi 15 kishidan iborat bo’lishi belgilab qo’yildi. 
Ushbu 15 kishi orasidan mamlakat Prezidenti, Vitse-prezidenti va Bosh kotib 
saylanishi hamda bu uch kishidan iborat Ijroya Qo’mita tuzilib, ular poytaxtda 
doimiy ravishda ishlashi ko’zda tutilgan edi. Hukumatning 5 ta a’zosi Farg’ona 
viloyatidagi Namangan, Andijon, Marg’ilon, Qo’qon, O’sh tumanlarining harbiy 
boshliqlari etib tayinlanadigan bo’ldi. Qolgan 7 kishi esa – harbiy, tashqi ishlar, ichki 
ishlar, pochta va telegraf, diniy ishlar, moliya, adliya, transport vazirlari qilib 
tayinlanishlari lozim edi. Ammo, bu hukumat 1922 yilning oxiriga kelib tarqalib 
ketdi. Chunki hukumat a’zolari o’zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish o’rniga 
janglarda ishtirok etishga majbur bo’lgan edilar. 
Ilmiybaza.uz butun qo’rboshilar va tinch aholi vakillari Oltiariq tumaanidagi G’oyibota qishlog’ida o’zlarining navbatdagi qurultoyini o’tkazdilar. Bu qurultoyda Shermuhammadbek boshchiligida Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyati yoki Turkiston muvaqqat hukumati tuzildi. Boymirza Hayitning yozishicha, hukumat tarkibiga 6 kishi kiritilgan bo’lib, ular quyidagilar edi: Shermuhammadbek-hukumat raisi va Oliy bosh qo’mondon; Mullajon Qori – xavfsizlik noziri; Akbarjon Eshon – Shayxulislom; Abdusalom Qori –hukumatning bosh kotibi; Nazirjon – moliya vaziri; Mulla Hoji Niyoz-maxsus ishlar noziri. Undan tashqari, 14 kishidan iborat harbiy idora mahkamasi ham tuziladi. 1922 yilning 15-20 aprelida Samarqand shahrida, yashirin holatda Turkiston musulmonlarining 2-qurultoyi bo’lib o’tdi. Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Kaspiyortidan nufuzli qo’rboshilar ishtirok etgan ushbu qurultoyda Turkiston-turk mustaqil islom jumhuriyatining Muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Boymirza Hayitning bergan ma’lumotlariga ko’ra, qurultoyda Farg’ona vodiysi istiqlolchilarining yo’lboshchisi Shermuhammadbek katta ma’ruza qiladi. Qurultoy so’nggida 7 bo’lim va 36 moddadan iborat rezolyutsiya (Muvaqqat Konstitutsiya) qabul qilindi. Bu hujjat Turkiston o’lkasidagi Sirdaryo, Farg’ona, Samarqand, Yettisuv, Kaspiyorti viloyatlari hamda Amudaryo bo’limi endilikda, Turkiston turk- mustaqil islom jumhuriyati tarkibiga kiritilganligini qonun yo’li bilan mustahkamladi. Unda hukumat tarkibi 15 kishidan iborat bo’lishi belgilab qo’yildi. Ushbu 15 kishi orasidan mamlakat Prezidenti, Vitse-prezidenti va Bosh kotib saylanishi hamda bu uch kishidan iborat Ijroya Qo’mita tuzilib, ular poytaxtda doimiy ravishda ishlashi ko’zda tutilgan edi. Hukumatning 5 ta a’zosi Farg’ona viloyatidagi Namangan, Andijon, Marg’ilon, Qo’qon, O’sh tumanlarining harbiy boshliqlari etib tayinlanadigan bo’ldi. Qolgan 7 kishi esa – harbiy, tashqi ishlar, ichki ishlar, pochta va telegraf, diniy ishlar, moliya, adliya, transport vazirlari qilib tayinlanishlari lozim edi. Ammo, bu hukumat 1922 yilning oxiriga kelib tarqalib ketdi. Chunki hukumat a’zolari o’zlariga topshirilgan vazifalarni bajarish o’rniga janglarda ishtirok etishga majbur bo’lgan edilar. Ilmiybaza.uz 
Istiqlolchilik harakati 1920-1924 yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida 
ham avj oldi. Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Davlatmandbek, Anvar 
posho, Jabborbek kabi qo’rboshi va yo’lboshchilar,Xorazmda Qurbon Mamed 
Sardor Junaidxon, Madrayimboy, Sa’dulla bola,Shokir bola, Mavlonbek kabilar bu 
harakatga boshchilik qildilar. 
Manbalar va adabiyotlar 
1.Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya 
bosqiniga qadar. – T.: Sharq, 2000. 
2.Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana: V 3-x t. / Otv. red. E.V. Rtveladze, 
D.A. Alimova. – T.: Uzbekistan, 2009. 
3.Sagdullaev A., Aminov B.B., Mavlonov O’.M., Norqulov N. O’zbekiston 
tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000.  
4.O’zbekistonda harbiy ish tarixi (eng qadimgi davrlardan hozirgacha) / Mas’ul 
muharrir D.Ziyaeva. – T.: Sharq, 2012. 
5.Eshov B.J. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – T.: Yangi 
asr avlodi, 2012.  
6.Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.– 
Toshkent: Akademiya, 2006 
7.Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr 
avlodi, 2012. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz Istiqlolchilik harakati 1920-1924 yillarda Buxoro va Xorazm respublikalarida ham avj oldi. Buxoroda Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor, Davlatmandbek, Anvar posho, Jabborbek kabi qo’rboshi va yo’lboshchilar,Xorazmda Qurbon Mamed Sardor Junaidxon, Madrayimboy, Sa’dulla bola,Shokir bola, Mavlonbek kabilar bu harakatga boshchilik qildilar. Manbalar va adabiyotlar 1.Azamat Ziyo. O’zbek davlatchiligi tarixi. Eng qadimgi davrdan Rossiya bosqiniga qadar. – T.: Sharq, 2000. 2.Istoriya gosudarstvennosti Uzbekistana: V 3-x t. / Otv. red. E.V. Rtveladze, D.A. Alimova. – T.: Uzbekistan, 2009. 3.Sagdullaev A., Aminov B.B., Mavlonov O’.M., Norqulov N. O’zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti. – T.: Akademiya, 2000. 4.O’zbekistonda harbiy ish tarixi (eng qadimgi davrlardan hozirgacha) / Mas’ul muharrir D.Ziyaeva. – T.: Sharq, 2012. 5.Eshov B.J. O’zbekistonda davlat va mahalliy boshqaruv tarixi. – T.: Yangi asr avlodi, 2012. 6.Sagdullaev A., Mavlonov O’. O’zbekistonda davlat boshqaruvi tarixi.– Toshkent: Akademiya, 2006 7.Eshov B.J. O’zbekiston davlatchiligi va boshqaruvi tarixi.- T.; Yangi asr avlodi, 2012. Ilmiybaza.uz 
 
Ilmiybaza.uz