1917-YIL SIYOSIY JARAYONLARIDA TURKISTON. TURKISTON MUXTORIYATI MILLIY DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING DASTLABKI TAJRIBASI. (1. Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi, uning Turkistonga ta’siri)
Yuklangan vaqt
2024-04-20
Yuklab olishlar soni
4
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
32,4 KB
Ilmiybaza.uz
1917-YIL SIYOSIY JARAYONLARIDA TURKISTON. TURKISTON
MUXTORIYATI MILLIY DEMOKRATIK DAVLATCHILIKNING
DASTLABKI TAJRIBASI.
Reja:
1. Rossiyadagi 1917 yil fevral burjua-demokratik inqilobi, uning Turkistonga
ta’siri.
2. Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.
3. Turkiston muxtoriyatining tashkil topishi.
4. Turkistonda sovet tuzumiga qarshi harakatining boshlanishi, uning mohiyati,
harakatlantiruvchi kuchlari, bosqichlari.
Ilmiybaza.uz
1917 yil 27 fevralda Petrogradda demokratik inqilob g’alaba qozonib,
Rossiya imperatori Nikolay II taxtdan ag’darib tashlandi. Bu inqilob Turkiston
o’lkasiga ham o’z ta’sirini o’tkazdi. Xususan, Turkiston jadidlari, ziyolilari va islom
ulamolarining tashabbuslari bilan 1917 yil martida “Sho’roi Islomiya”, 1917 yil
iyunida “ Sho’roi Ulamo”, 1917 yiliyulida “Turk Adami Markaziyati” (“Turk
federalistlari partiyasi”), 1917yil sentyabrda “Ittifoqi muslimin” kabi siyosiy
partiyalar tuzildi.1917 yil 7 aprelda Petrograddagi Muvaqqat hukumat qarori bilan
N.N.Shchepkin raisligida Muvaqqat hukumatning Turkiston komiteti tuzildi.Ammo,
1917 yilning aprel va sentyabr oylarida bo’lib o’tgan Butunturkiston
musulmonlarining I va II qurultoylari Turkiston Muxtoriyati tashkil etish g’oyasini
ilgari surib, hokimiyatni ishchi, soldat va dehqon deputatlari Sovetlariga berishga
qarshi chiqdi. 1917 yil 20 sentyabrida Toshkentda bo’lib o’tgan Turkiston va
Qozog’iston musulmonlarining qurultoyidagi asosiy masala Turkiston o’lkasining
siyosiy tuzumini belgilash edi. O’sha davrdagi manba tili bilan aytganda
“Qurultoy... Turkiston Muxtoriyatini tayin etishga jazm qildi”. Qurultoy
muxtoriyatga “Turkiston Federativ Respublikasi” degan nomni quyib, parlament
respublikasi asosida tuzilajak bo’lg’usi davlat tuzumining bosh tamoyil va
me’yorlarini belgilab berdi. Afsuski, bu rejalar amalga oshmadi. 1917 yil 25
oktyabrda (yangi sana bilan 7 noyabrda) V.I.Lenin boshchiligidagi bolsheviklar
(kommunistlar) Petrogradda Muvaqqat hukumatni ag’darib tashlab, hokimiyatni
zo’ravonlik bilan egalladilar. Toshkent shahrida 28 oktyabrda boshlangan qurolli
to’qnashuvlar 1 noyabrda Muvaqqat hukumatning Turkiston qo’mitasini qamoqqa
olish bilan yakunlandi. Turkiston bolsheviklari o’lkadagi butun hokimiyatni qo’lga
olish uchun shafqatsiz kurashga kirishdilar. Demokratik kuchlar esa bu holga qat’iy
norozilik bildirdilar. 1917 yil 13-17noyabr kunlari Toshkentda bo’lib o’tgan shahar
o’z-o’zini boshqarish tashkilotlarining Turkiston o’lka s’ezdi qatnashchilari
hokimiyatni to’laligicha bolsheviklar qo’liga o’tishiga keskin qarshilik ko’rsatishdi.
S’ezd hokimiyat masalasiga oid quyidagi rezolyutsiyani qabul qildi: “ Turkistonda
Ilmiybaza.uz
hokimiyatni ishchi, dehqon va soldat deputatlari qo’liga o’tishi bilan hokimiyat
masalasidagi munozara shunday xulosaga keldi:
1.Rossiya inqilobi ko’targan xalqning ozodligi, tengligi, do’stligi shiorlari
ostida Turkiston aholisining 98 foizini tashkil etuvchi, 10 mln. sonli musulmon
aholisi milliy-madaniy o’z-o’zini boshqarishning barcha huquqlariga ega;
2.Musulmonlarining o’z taqdirini o’zi belgilash va umuminsoniy taraqqiyotiga
bo’lgan qiziqishi Qur’on va Shariat qonunlaridan o’zgacha bo’lishi mumkin emas.
Musulmonlar inqilob natijasida qo’lga kiritgan huquqlarni amalga oshirar ekan
Rossiyadagi siyosiy partiyalarning birontasi tarkibida faoliyat ko’rsatishi va
ularning partiyaviy kurashlarida qatnashishi mumkin emas. Lekin, Rossiya
fuqarolari bilan umumiy jamiyat manfaatlarini hisobga olib mamalakatni Ta’sis
majlisiga olib boruvchi hokimiyatni qo’llab-quvvatlashi maqsadga muvofiqdir;
3.Butun Rossiya doirasida hokimiyat qanday tuzilishidan qat’iy nazar
musulmonlar o’z taqdirini o’zi belgilash huquqlarini mahalliy sharoitni yaxshi
bilgan, musulmonlarning urf-odatlari va yashash sharoitlari bilan yaxshi tanish
bo’lgan, xalqning hohish irodasiga ko’ra yangicha hayot tartiblarini joriy qila
oladigan kishilardan iborat mahalliy hokimiyat orqali amalga oshirishlari mumkin.
Shuning uchun mahalliy hokimiyat birinchi navbatda musulmon vakillaridan,
ma’lum miqdorda boshqa siyosiy tashkilotlarda faoliyat ko’rsatuvchi, lekin
musulmonlarga xayrixoh bo’lgan vakillardan tashkil topishi kerak;
4.Hokimiyatni mahalliy aholi manfaatlari uchun tasodifiy va begona bo’lgan
harbiylar, ishchilar va dehqon(krestyan)larning mayda guruhlari qo’lidagina
to’planib qolishi demokratik printsiplarga mos emas va mahalliy aholini o’z
taqdirini o’zi belgilash yo’lidagi erkin harakatlariga kafolat bera olmaydi.
2.Turkistonda sovet hokimiyatining o’rnatilishi.
1917 yil 15-22 oktyabr kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan O’lka ishchi,
soldat va dehqon deputatlari Sovetlarining III s’ezdida 15 kishidan iborat hukumat-
.Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari Soveti tuzildi. Unda 8 ta o’rin so’l eserlarga, 7
ta o’rin bolsheviklar bilan maksimalistlarga berilib, hukumat tarkibiga tub aholi
vakillaridan bitta ham vakil kiritilmadi. XKS raisi lavozimini F.Kolesov egalladi.
Ilmiybaza.uz
Turkistonda hokimiyat bolsheviklar qo’liga o’tishi bilan o’lkada Muvaqqat
hukumatning barcha bo’g’inlari tugatilib, o’rniga avvalo jazo organlari va sovet
boshqaruv tizimi o’rnatildi.
Turkiston XKS 1917 yil 28 noyabrda o’lkada qizil gvardiya bo’linmalarini
tuzish haqida qaror qabul qiladi. Bu bo’linmalar Sovet tuzumi va bolsheviklarga
qarshi ko’tarilgan dastlabki ongli chiqishlarni bostirishda faol ishtirok etdi.
Turkiston XKS 1917 yil oxirlarida o’z qarori bilan “Sho’roi Islomiya” va boshqa
mahalliy demokratik tashkilotlarni tarqatib yubordi. Bu tashkilotlarning rahbarlari
keyinchalik Turkiston Muxtoriyati hukumatiga qo’shildilar, ayrimlari istiqlolchilik
harakatiga g’oyaviy rahnamolik qildilar. “Sho’roi Ulamo” tashkilotining Toshkent
sho’basi faqat 1918 yil 13 mayda yopib qo’yildi. Turkiston o’lkasi XKS o’zining
tuzilishi va boshqaruv apparatlari jihatidan tubdan farqlanuvchi hukumat edi.
Turkiston XKS tarkibiga kirgan 15 ta komissarlik o’lkadagi boshqaruv ishlarini
butunlay qamrab olgan bo’lib, boshqaruv tizimining farqli tomoni shunda ediki,
Turkiston XKS tashkil topgan paytdayoq Rossiyadagi Markaziy hukumatni tan oldi.
Chunonchi, Turkiston XKS raisi F.Kolesov Petrograddagi XKS nomiga yuborgan
telegrammada quyidagicha ta’kidlagan edi: “Komissarlar Soveti o’z oldiga sizning
hamma dekretlaringizni amalga oshirish vazifasini qo’ydi...Bizning to’la-to’kis
qo’llab quvvatlashimizni hisobga olishingizni so’raymiz”.
Tadqiqotchilarning (Q.Rajabov, M. Haydarov) fikricha, Turkiston o’lkasi
yangi hukumati o’sha kunning o’zida (1917y. 23 noyabr-E.B.) aholiga qilgan
murojaatida ham o’zining asl maqsadlarini yashirib o’tirmadi. Murojaatda ham
telegrammada bo’lgani kabi quyidagilarga alohida urg’u berilgan edi: “Xalq
Komissarlari Soveti markaziy hokimiyatning barcha dekretlarini og’ishmay amalga
oshiradi va o’z faoliyatida s’ezdning ...qarorlariga amal qiladi. Bu topshiriqlarni
bajarish yo’lidagi har qanday qarshilik sovetlar tomonidan keskin choralar ko’rish
bilan kutib olinadi”. Tadqiqotchilar to’g’ri ta’kidlaganlaridek, Turkiston XKS o’z
faoliyatining birinchi kunlaridan boshlab sovet siyosatini amalga oshirishga,
Turkiston o’lkasida sovet hokimiyatini mustahkamlashga qattiq va astoydil kirishdi.
Barcha mahalliy sovetlarga zudlik bilan qizil gvardiya tuzishga kirishish taklif
Ilmiybaza.uz
qilindi. O’lka komissarligi tarkibida bo’lgan va boshqaruvda asosiy rol o’ynaydigan
harbiy, tashqi savdo, shuningdek, pochta,telegraf va temir yo’llar boshqaruvi
masalalari butunlay Rossiyadagi tegishli idoralarga berib qo’yilishi oqibatida
Turkiston XKS ijrochi organga aylanib qoldi. Markazdan yuborilgan barcha mas’ul
xodimlar, turli komissiya va tashkilotlar o’z siyosatlarini qo’g’irchoq organga
aylangan o’lka XKS orqali yuritdilar.
Turkistonda hokimiyatning faqat ishchilar va yevropalik millat vakillari qo’lida
bo’lib qolishi o’lkadagi barcha demokratik kuchlarning hukumatga bo’lgan
ishonchsizligini kuchaytirib yubordi. Bunga qarshi Markazdagi bolsheviklar
hukumati chekka o’lkalar, shu jumladan Turkistonda ham “sovetcha asosdagi
avtonomiya” o’rnatishga qattiq kirishdi. Bu vazifani amalga oshirish uchun
Moskvadan ko’plab partiya va sovet xodimlari Turkistonga jo’natildi. Jumladan,
P.A. Kobozev O’rta Osiyoning favqulodda komissari qilib yuborildi. 1918 yil
20aprel-1may kunlari Toshkentda Turkiston o’lkasi Sovetlarining V s’ezdi bo’lib
o’tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo’yicha tanlab olingan
251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’ezd kun tartibidagi
asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya
yaratish bo’ldi.
S’ezd delegatlari Lenin va Stalinning ko’rsatmalari asosida 1918 yil 30 aprelda
“Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida
Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning
hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari
va ularning sovet Rossiyasi bilan o’zaro munosabatlari belgilab berildi. Ushbu
Nizom Turkistonda avtonom respublika tuzilganligini qayd etib, unga muvofiq,
Buxoro va Xivadan tashqari, Turkiston o’lkasining geografik chegaralaridagi butun
hudud Rossiya sovet federatsiyasining Turkiston Sovet Respublikasi deb e’lon
qilindi.
“Nizom”da Turkiston Respublikasi avtonom ravishda boshqarilib, “o’z xatti-
harakatlarini
Rossiya
Sovet
Federatsiyasi
markaziy
hukumati
bilan
muvofiqlashtiradi”, deb qayd etildi. S’ezdda “markaziy hukumat bilan o’zaro
Ilmiybaza.uz
munosabatlarni belgilash uchun” besh kishidan iborat komissiya tashkil etish va
Moskvaga yuborishga qaror qilindi.
S’ezd sovet Turkistonining qonun chiqaruvchi oliy organi -Markaziy Ijroiya
Komiteti (Tur SIK)ni sayladi. 36 kishidan iborat bu komitetning yarmi bolsheviklar,
yarmi so’l eserlar (18 tadan) edi. Ushbu komitet sovetlar s’ezdlari oralig’idagi
davrda o’lkada oliy hokimiyat vazifalarini bajaruvchi oliy qonunchilik organi bo’ldi.
Turkiston MIK raisi qilib Markazdan hukumatning favqulodda komissari
P.A.Kobozev (hamrais qilib A.Salkin) saylandi. Shuningdek, Turkiston XKS
tarkibiga 16 kishi (9 ta bolshevik va 7 ta so’l eser) kiritildi. Mahalliy millat
vakillaridan to’rt kishi – S.Jo’raboev, S.Yusupov, Sh.Ostonboev va S.Azimboevlar
Turkiston MIKga saylanib, S.Tursunxo’jaev sog’liqni saqlash xalq komissari
sifatida hukumat tarkibiga kiritildilar.
Sovet hokimiyatining Turkistonda olib borgan mustamlaka boshqaruv siyosati
hamda markazlashtirish harakatlari TSR boshqaruv organlarida faoliyat
ko’rsatayotgan milliy rahbar xodimlarning kuchli noroziliklariga sabab bo’ldi.
Milliy kommunistlar o’lkadagi bolsheviklar siyosatiga ochiqdan ochiq qarshi chiqa
boshladilar. Milliy rahbar xodimlarning norozilik kayfiyatlarini yuzaga chiqishida
1919 yil martda tuzilgan o’lka Musulmonlar byurosi (Musbyuro) muhim ahamiyatga
ega bo’ldi. Chunonchi, Qayg’usiz Otaboev, Yusuf Aliev, Abdulla Rahimboev,
Sanjar Asfandiyorov, Nazir To’raqulov, Inomjon Xidiraliev kabi ko’plab milliy
rahbar xodimlar Turor Risqulov raisligidagi Musbyuro atrofida birlashgan edilar.
3. Turkiston Muxtoriyatining tashkil topishi.
1917 yil oktyabr-noyabr oylarida Toshkent va Qo’qonda yuz bergan voqealar
Turkistonda ijtimoiy-ciyosiy harakatlarning kuchayishiga sabab bo’ldi. Qo’qon
shahrida 1917 yil 26-28 noyabr kunlari Turkiston o’lka musulmonlarining
favqulodda IV qurultoyi bo’lib o’tdi. Demokratik musulmon ziyolilar talabi bilan
Turkiston aholisining yevropalik qismi vakillari ham qurultoyda teng huquqli bo’lib
ishtirok etdilar.Qurultoyning 27 noyabr kuni qabul qilingan qarorida shunday
deyiladi: “Turkistonda yashab turgan turli millatga mansub aholi Rossiya inqilobi
da’vat etgan xalqlarning o’z huquqlarini o’zlari belgilash xususidagi irodasini
Ilmiybaza.uz
namoyon etib, Turkistonni Federativ Rossiya Respublikasi tarkibida hududiy
jihatdan muxtor deb e’lon qiladi”. 28 noyabrda tashkil topayotgan davlatning nomi
aniqlanib “ Turkiston Muxtoriyati” deb ataladigan bo’ldi. Butunrossiya Ta’sis s’ezdi
chaqirilgunga qadar hokimiyat to’la ravishda Turkiston Muvaqqat Kengashi va
Turkiston Xalq (Milliy) Majlisi qo’lida bo’lishi haqida qaror qabul qilindi.
Muvaqqat kengash a’zolaridan 12 kishilik hukumat tuziladigan bo’ldi. Qurultoy
jarayonida Turkiston Milliy Majlisi 32 kishidan iborat qilib saylandi. Turkiston
Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati tarkibiga muxtoriyatchilik harakatining faol
ishtirokchilari, jumladan, quyidagilar xukumat a’zolari bo’ldilar:
1.Muhammadjon Tinishboev –Bosh vazir, ichki ishlar vaziri, 2-chaqiriq
Davlat Dumasining a’zosi, Muvaqqat hukumat Turkiston komitetining a’zosi,
temir yo’l muhandisi.
2.Islom Sulton Shoahmedov (Shagiaxmedov) –Bosh vazir o’rinbosari,
Butunrossiya
Musulmonlari
Kengashi
Markaziy
qo’mitasining
a’zosi,
huquqshunos.
3.Mustafo Cho’qay-tashqi ishlar vaziri, Muvaqqat hukumat Turkiston
komitetining a’zosi, Turkiston o’lka Musulmonlar Sho’rosining raisi,
huquqshunos.
4.Ubaydulla Xo’jaev (Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev) –harbiy vazir,
Butunrossiya
Musulmonlar
kengashi
Markaziy
qo’mitasining
a’zosi,
huquqshunos.
5.Hidoyatbek Yurg’uli (Yurali) Agaev –er va suv boyliklari vaziri, agronom.
6.Obidjon Mahmudov –oziq-ovqat vaziri, Qo’qon shahri dumasining rais
o’rinbosari, jamoat arbobi
7.Abdurahmon O’rozaev –ichki ishlar vazirining o’rinbosari,huquqshunos.
8.Solomon Abramovich Gertsfeld –moliya vaziri, huquqshunos. Muvaqqat
hukumat tarkibiga kirishi lozim bo’lgan qolgan 4 o’rin yevropalik aholi vakillari
orasidan nomzodlar ko’rsatilishi uchun ularga ajratildi.
Qurultoy tugagach, 1 dekabrda Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati
a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu
Ilmiybaza.uz
Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va
siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi.
Shuningdek, Turkiston Muxtoriyati hukumatining Milliy davlatchilikning qaror
topishini jo’shqin muborakbod etib, matbuotda taniqli ma’rifatparvarlar, diniy,
jamoat va siyosat arboblari birin-ketin chiqishlar qilib, Muxtoriyatni tabrikladilar.
O’sha paytda chop etiladigan “Ulug’ Turkiston” gazetasi sahifalari Qo’qon,
Samarqand, Toshkent, Kaspiyorti viloyatidan Turkiston Muxtoriyatini qo’llab-
quvvatlovchi xabarlar bilan to’lib toshgan edi. Yangi hukumat faoliyati faqat
Qo’qonda yoki Farg’ona vodiysida emas, balki butun Turkiston mintaqasida
yashayotgan tub yer aholisi tomonidan qizg’in qo’llab-quvvatlanganligi bois,
Turkiston Muxtoriyati hukumati qisqa muddat ichida xalq orasida katta e’tibor
qozondi. Shuning uchun ham ma’rifatparvar Fitrat Muxtoriyat e’lon qilingan tunni
“Milliy laylatulqadrimiz” deb atadi.
Xalq ommasining qizg’in qo’llab-quvvatlashidan ilhomlangan Muxtor
hukumat vakillari jadal faoliyat boshladilar. Dastlabki kunlardan boshlab Millat
majlisi tomonidan tasdiqlangan qonunlar e’lon qilinib, yangi hukumat davlat
Konstitutsiyasini tayyorlash uchun taniqli huquqshunoslarni jalb etdi. Bir nechta
hukumat gazetalari o’zbek, qozoq va rus tillarida nashr etila boshlandi. Shuningdek,
hukumat milliy qo’shinni tashkil qilishga alohida e’tibor qaratdi. Harbiy vazir
Ubaydulla Xo’jaev ishtirokida o’tkazilgan ko’rik-parad vaqtida askarlar soni 2000
nafarga yetgan. Bundan tashqari Qo’qonda Ergash qo’rboshi rahbarlik qilgan ikki
mingga yaqin mirshablar ham bor edi. Yangi hukumat iqtisodiy sohada 30 million
so’m miqdorida ichki zayom chiqarishni yo’lga quydi. Chunki gazetalarni nashr
qilish, muxtoriyat qo’shinlarining ta’minoti hamda hukumatning ichki harajatlari
uchun mablag’ zarur edi. Shuningdek, yangi hukumat a’zolari ochlik girdobida
qolgan Turkiston aholisiga Orenburg orqali g’alla keltirish muammosini hal qilish
uchun ham amaliy qadamlar tashladi.
Ammo, umumxalq tomonidan qo’llab-quvvatlangan Turkiston Muxtoriyati
bolsheviklar tomonidan ma’qullanmadi. 1917 yil 13 dekabrda Toshkentning eski
shahar aholisi “ Muxtor Turkiston uchun” shiori ostida tinch namoyish o’tkazdilar.
Ilmiybaza.uz
Toshkent shahar sovetidagi bolsheviklar esa, shaharda qurolli kuch bilan tartib
o’rnatishga buyruq berdilar. Natijada tinch namoyish qatnashchilari o’qqa tutilib, 16
kishi halok bo’ldi.Shunga qaramasdan, Muxtoriyat hukumatini qo’llab-quvvatlash
davom etaverdi. Xususan, 1917 yil 26-30 dekabr kunlari Qo’qon shahrida bo’lib
o’tgan musulmon ishchi, askar va dehqon deputatlari I favqulodda qurultoyining
ham asosiy masalasi Turkiston muxtoriyatiga munosabat masalasi edi. Butun
Turkiston o’lkasidan 200 yaqin vakillar qatnashgan ushbu qurultoy 30 dekabrda
Turkiston muxtoriyati hukumatini qo’llab-quvvatlash, shuningdek, Turkiston
o’lkasi Xalq komissarlari Sovetiga ishonchsizlik bildirish haqida qabul qilgan
deklaratsiyasida quyidagi fikrlar bor edi:“Turkiston o’lkasi Xalq Komissarlari
Soveti barcha aholi ayniqsa, musulmonlar hohish-istaklarining ifodachisi emasligi;
Turkiston o’lkasi xalqlari irodasi ikki qurultoyda muxtoriyat e’lon qilinganida
ifodalanganligi; Turkistonda yagona hukumat organi butun musulmonlarning
qurultoyida tashkil topgan va musulmon ishchi, askar va dehqonlarning qurultoyida
to’ldirilgan Turkiston Muxtoriyati hukumati ekanligini e’tiborga olib, Musulmon
ishchi, dehqon va askarlar qurultoyi Turkiston Xalq Komissarlari Sovetiga
hokimiyatni darhol Turkiston Muxtoriyati hukumati va Millat Majlisiga topshirilsin
deb istak bildiradi”.
Ta’kidlash
lozimki,
yangi
davlatchilik
barcha
milliy
guruhlarning
mutanosibligi printsiplari, umumdemokratik va milliy qadriyatlarning o’zaro
uyg’unligi asosida barpo etilgan edi. Yuqorida qayd etilganidek, Turkiston
Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati aholini oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj
mahsulotlari bilan ta’minlash, o’z moliyaviy jamg’armasini yaratish, turli-tuman
siyosiy partiyalar va harakatlar bilan o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish vazifalarini
hal qilish yuzasidan qizg’in harakatlarni amalga oshira boshlagan edi. Sovet
hokimiyatidan farqli o’laroq, Turkiston Muxtoriyati hukumati qonuniy asosda
tashkil etilgan edi. Turkiston Muxtoriyati hukumati keng musulmonlar ommasi va
demokratik kayfiyatdagi yevropalik aholining vakolatini olgan edi. Shuning uchun
ham aytish mumkinki, Turkiston Muxtoriyati o’z taqdirini o’zi belgilagan xalq
respublikasi edi.