1920-1990 YILLARDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASINING QISQACHA TARIXI
Yuklangan vaqt
2024-09-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
6
Faytl hajmi
26,3 KB
1
1920-1990 YILLARDA MUSIQA O‘QITISH METODIKASINING
QISQACHA TARIXI
REJA:
1.
O’zbekiston musiqa madaniyatini shakllanishi.
2.
O’zbekistonda 1920-1950 yillarda musiqa tarbiyasi tizimini shakllanishi.
3.
Buюk mutaffakirlarni musiqa tarbiyasiga oid olib borgan ishlari.
4.
O’zbekistonda musiqa ta’lim tarbiyasining shakllanishi.
5.
Hozirgi kunda, musiqa ta’lim tarbiyasining rivojlanishida olib borilayogan
ilmiy tadqiqot ishlar.
Ma’ruza matni
O’zbek halqi ko’p asarlik taraqqiyot tarixiga ega bo’lgan an’analar sohibidir.
O’zbek musiqa san’atining ildizlari qadim zamonga borib taqaladi. Qadim
madaniyaning ko’pdan-ko’p obidalari buюk o’zbek mutaffakiri, shoirlari,
yozuvchilari, ulug’ daholalari Al-Farobiy, Abu-Ali ibn Sino, Navoiy, Jomiy,
Nizomiylar lirikasida, keyinchalik esa o’zbek shoirlari va ma’rifatparvarlari
Muqimiy, Furqat, Hamza asarlarida musiqa tarbiyasi va ta’lim berish borasida
talaygina qiziqarli fikrlar bildirilgan.
Musiqa ta’limining rivojlanishiga nihoyatda katta ahamiyat bergan, O’rta
Osiyolik mashhur musiqachilar orasidagi olim Muhammad Farobiy yosh avlodni
tarbiyalash va o’qiish masalariga, etika va estetika masalalariga ko’plab ilmiy va
amaliy g’oyalar bildiradi. U shuningdek, musiqa nazariyasining asoschilaridir.
Taniqli tojik olimi, musiqachisi, faylasufi Jomiyning «Risolai dar ilmi musiqa»
nomli kitobida, kompozitsiya, lad, ritm nisbatlari xaqida yozilgan.
2
O’zbek shoiri, mutaffakiri A.Navoiy musiqa san’ati sohasida nihoyatda katta
bilimga ega bo’lgan edi. Uning musiqaviy-estetik qarashlari «Sabbai-Sayyor»,
«Mahbubul qulub», «Hamsa» va boshqa asarlarda aks etgan.
O’zbek xalqining musiqa madaniyati xalq va professional ijod mahsuli
bo’lgan musiqa asarlari, ooizdan-og’g’iizga o’tish asosida asirlar davomida o’plagan
an’ana zamirida rivojlangan. U bizgacha xofizlar, musiqachilar, baxshilar orqali
yetib kelgan. Unga xalq ijodining eng yaxshi namunalari hamda professional
ijrochilar tomonidan chalingan musiqa asarlari kirgan. So’nggi yillarda, olib
borilgan tadqiqotlarning natijalari XVIII asrda o’ziga xos nota yozuvi bo’lgan bo’lsa
ham, faqat, musiqa folьklari emas, balki o’zbek xalqining professional musiqasi ham
1920 yillariga qadar asosan og’izdan-og’izga o’tish yo’li bilan tarqalgan.
SHunga qaramasdan, musiqa, o’zbek xalqi hayotida muhim va katta o’rin
egallagan. Xalq ommasining madaniyatini yaratishdagi ishtiroki turlicha xarakterda
edi. Avvalo savod chiqarish harakati keng quloch yoydi, chunki, aholi yoppasiga
savodsiz bo’lgan. Xalqning savodsizligini tugatish hamda, xalq maorifining, yangi
tizimini yaratish, jamiyatni ma’naviy qayta qurish asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.
O’zbekistonda o’qituvchi kadrlar tayyorlash ishi xalq maorifi tizimida asos qilib
olingan edi. Tarbiyaviy va ta’lim ishlari, diniy muassasalarni ajratish ishlari yo’lga
qo’yilda. SHuningdek 7 yillik majburiy bepul o’qitish joriy qilindi. Ishchi va
o’quvchi yoshlar orasida havaskor «duxovoy» orkestrlar keng tarqaldi. Bu orkestrlar
birinchi marotaba 1918 yilda o’zbek umumta’lim maktablari qoshida tashkil etila
boshladi. Keyinchalik esa, musiqa jamiyatlari va xususiy tarzdagi musiqa darslari
Turkistonning boshqa shaharlarida ham paydo bo’la boshladi. Qo’qondagi
maktablarda o’zbek
musiqasining mashhur
targ’ibotchchisi H.H.Niyoziy,
Toshkentda Abdulla Avloniy, Samarqandda Abduqodir SHakuriylar bo’lishgan.
Hamza o’zi ochgan maktablarda barcha fanlardano’zi dars bergan va shu bilan
birga «Engil adabiyot», «O’qish kitobi» kabi darsliklar yaratdi.
A.Avloniy faoliyati alohida diqqatga sazovordir. 1908 yilda Toshkenning
Mirobod, Degrez mahallarida bolalarni ona tilida o’qitish uchun mo’ljallangan
maktab ochgan, keyinroq 1919 yilni sentyabrida Turkiston respublikasida Xalq
3
maorifi Komissarligi tuzilgan bo’lib, u bir qancha bo’limlarni o’z ichiga olgan. Bular
ichida san’at bo’limi alohida e’tiborga sazovor edi. O’z navbatida uning ichki
bo’limiga musiqa (Muzo), teatr (Teo), tasviriy san’at (izo) bo’limlariga ajralgan.
Musiqa bo’limi Turkiston respublikasida musiqa tarbiyais va ta’limini
shakllantirish yosh avlodni musiqa madaniyati durdonalari bilan tanishtirish
masalalari qo’yilgan edi.
1921-22 yillarda maorif institutlari qoshida fabrika va zavod to’garaklari
hamda maktablar qoshida havaskorlik to’garaklari tashkil etila boshlagan edi.
SHuning uchun yoshlar orasida havaskor «duxovoy» (puflab chalinadigan mis
cholg’u asboblari) orkestrlar keng tarqalgan. CHunki urish yillari duxovoy musiqa
maxsus ramziy ma’no kasb egan edi. Bu davrda Hamza juda faol qanashib,
Farg’onadagi makablarning birida u ashuladan dars beradi. Bo’sh vaqlarida ota-
onalar bilan ishlab, savod chiqarish va musiqa haqida tushuntirish ishlarini olib
bordi. Aholining keng qatlami orasida musiqa ta’limiga qiziqish kuchaya boshladi.
O’rta Osiyoda dastlabki, musiqa o’quv юrti 1917 yili Turkiston xalq
konservatoriyasi ochildi. 1919 yili Samarqandda konservatoriya tashkil etildi.
Keyinroq xalq konservatoriyalari, maxsus o’quv юrtlari musiqa texnikumlariga
aylantiriladi. 1936 yili Toshkentda Xalq konservatoriyalari qayta tashkil etildi.
Maxsus o’quv юrtlari bilan bir qatorda musiqa maktablari, musiqa o’qituvchilari
tayyorlaydigan instruktorlar kurslari ochildi. Turkiston maktablari uchun dastlabki,
o’quv dasturlari va rejalari yaratildi. yetti yillik o’rta va uch yillik boshlang’ich
maktablari uchun dasturlar yaratildi.
Musiqa darslari majburiy dars tariqasida kiritilgan bo’lsa ham, ba’zi hollarda
«bo’sh» soat bo’lib, undan maktab ma’muriyati o’z bilganicha foydalangan edi.
Ko’p joylarda maxsus darsliklar, metodik ko’rgazmalar yo’qligi sababli, musiqa
dars soatlari ancha kamaytirildi. Musiqa tarbiyasining tashkil etishning samarali
yo’llarini izlash lozim edi. Buning uchun 40-yillarning oxirida musiqa dasturini
maktablariga moslab qayta ishlash va o’qituvchi kadrlar tayyorlash ishlari bosh
vazifa qilib qo’yildi. Musiqa maorifini yanada rivojlanishi hamda professional
musiqa ta’limining shakillanishi uchun zamin yaratildi. O’zbekistonda 1941 yilning
4
7-11 yanvar kunlari respublikamizda tarbiyaviy ishlarga bog’langan birinchi
pedagogik konferentsiya o’tkazildi. Unda maktablarda yetarli miqdorda musiqa
o’qituvchilari yo’qligi bolalar xori kamligi haqida o’qituvchilarini malakasini
oshirishga jiddiy e’tibor berish kerakligi haqida ta’kidlab o’tildi.
SHundan keyin, musiqa ta’limi sohasida jadal ishlar olib borildi. Musiqa
maktablari юzaga keldi. Texnika va maorif institulari, texnika bilim юrtlari tashkil
etildi. Bolalar musiqa maktablari, o’quvchilar saroylari, havaskorlik to’garaklari,
o’qituvchilarni malakasini oshirish va qayta o’qitish institutlari, ilmiy-tekshirish
institutlari ochildi. Musiqa ta’limi tizimida jiddiy qayta qurish ishlari amalga
oshirildi.
1960-61 o’quv yillari Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika
institutida «musiqa nazariyasi va cholg’u asboblarini chalish» kafedrasi tashkil
etildi. SHu yilning o’zida musiqa o’qituvchilari tayyorlaydigan maxsus «musiqa
fakulьteti» ochildi.
SHuningdek, viloyat pedagogika institutlar huzurida musiqa pedagogika
kafedralari tarmoqlari ko’paya boshlandi. 60-70 yillarda va yillarda va 80-yillar
boshida xalq maorifi tizimida musiqa o’quv юrtlar soni yanada ortib boradi. YOsh
musiqachilar «San’at bayrami», «YOsh ijrochilar konkurslari», «Bolalar musiqa
xaftaligi», «YOsh ijrojilar konkurslari», «Do, re, mi, fa, solь», tele ko’rsatuvlari,
O’zebiston Televideniesi va radiosi orqali bolalar musiqiy ko’rsatuvlari musiqa
ta’limi va tarbiyasini targ’ibot qilishda muntazam ishlar olib boriladi.
Xalq maorifi ministirligi o’quvchi va talabalarga estetik tarbiya berish sohasida
katta ishlarni amalga oshirdi. YAngi dasturga o’tish munosabati bilan to’plamlar,
tavsiyanomalar, umumiy ta’lim makablari uchun «Musiqa alifbosi», «Musiqa
darsligi» va boshqalar Respublika umumiy ta’lim makablarida «Musiqa
madaniyati» fanidan 1-7 sinflar uchun darsliklar chop etish bosh vazifa qilib
qo’yiladi.
Jumladan «Musiqa alifbosi», «Musiqa darsligi» va boshqalar Respublika umumiy
ta’lim maktablarini malakali kadrlar bilan ta’minlash asosiy masala bo’lib qoldi.
YAngi dastur bo’yicha darslarni olib borish uchun umumiy ta’lim maktablarida
5
malakali o’qituvchilar rahbarlik qila boshladilar. 1985-86 o’quv yillarda musiqa
xonalari tashkil eildi, ular texnik vositalari bilan, mebelь, maxsus musiqa
ma’lumotiga ega bo’lganlar amaliyotchi-student bo’lib tayorgarlik ko’rdilar. Sinflar
uskunalar va musiqali cholg’u asboblari bilan ta’minlansin-degan qaror qabul
qilindi. 1986-87 yillarda musiqa o’qitish metodikasi bo’yicha respublika seminari
o’tkazildi. SHuningdek, yangi dastur, darsliklar nashr etildi. Ushbu ma’lumotlar
musiqa madaniyati markaziga uzoq viloyatlarda, shaxarlarda musiqa ta’limotini
targ’ib qilish vositalariga aylandi.
Ularning ijodi tufayli o’zbek bolalar musiqasi rivojlandi, musiqa orqali,
o’quvchilarning ma’naviy dunyosi shakllandi. Respublikamizda har yili
«O’zbekiston – Vatanim, manim», «Ilxom chashmalari», «Qo’shiq bayram»larini
o’tkazish an’anaga aylanib qoldi. O’zbekistonda musiqa o’tish metodikasini
rivojlantirishda yangi dasturlar, darsliklar, qo’llanmalar yaratishda ilmiy-tadqiqot
ishlarini olib borishda D.Omonullaev, X.Nurmatov, O.Ibragimov, O.Fayziev,
SH.YOrmatov,
A.Mansurov,
Q.Mamirov,
N.Norxo’jaev
kabi
olimlar,
kompozitorlar va tajribali o’qituvchilar o’z hissalarini qo’shdilar. Hozirgi kunda
musiqa madaniyati yosh avlodni tarbiyalashda muhim o’rin egallaydi.
TEKSHIRISH SAVOLLARI:
1. O’zbekistonda musiqa madaniyatining shakllanishiga qaysi muaffakirlar o’z
hissasini qo’shdilar?
2. O’zbekistondagi maktablarda musiqa fani qachondan boshlab dars sifatida
kiritildi?
3. Musiqa fani bo’yicha ilk dastur, musiqa kitob qachon va kim tomonidan
yaratildi?
4. Konfediratsiya ko’rsatmalari qachon qo’llanildi?
5. Xozirgi kunda musiqa o’tish metodikasini rivojlanishi uchun qanday tarzda
amalga oshirilmoqda?
Tayanch tushunchalar:
Musiqa folьklori –xalq musiqasi.
6
Musiqa estetikasi – musiqa san’atining mohiyati voqeylikka munosabati, ijtimoiy
roli.
Ashula – keng tarqalgan musiqa janri va shakli bo’lib. unda she’riy va musiqiy
tovushlar bir-biriga uyg’unlashgan.