2 SINFLARDA YOZMA KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH MAVZULARINI O‘QITISH METODIKASI
Yuklangan vaqt
2024-03-20
Yuklab olishlar soni
9
Sahifalar soni
42
Faytl hajmi
224,5 KB
2 SINFLARDA YOZMA KO‘PAYTIRISH VA BO‘LISH MAVZULARINI
O‘QITISH METODIKASI
KIRISH
I BOB. 2-sinflarda o’quvchilariga yozma ko’paytiruv usullarini o’rgatish
1.1 Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy
masalalari
1.2 Arifmetik amallarni o’rgatishda bo’lish amallar bajarish
metodikasining umumiy masalalari
II BOB. 2-sinflarda matematika darslaridayozma bo’lish amallarni
o’rgatish metodikasi
2.1.Ko’paytiruv
amlalarini
amallarni
o’rgatish
metodikasi
2.2 Yozma va og’zaki hisoblashda pedagogik texnologiyadan foydalanish.
XULOSA
ADABIYOTLAR RO’YXATI.
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim
tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali
tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida
faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg’or, demokratik hamda insonparvar
g’oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini
tashkil
etishda
muhim
o’rin
tutadi.
Uzluksiz
ta’lim
tizimini
shakllantirish, shuningdek, tag’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib
borilayotgan
islohotlarning
bosh
g’oyasi
sanaladi.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limning yangi
tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-
tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim
vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha
yondashuvni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida
uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini
oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb
topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar
kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida
amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu
nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga
oshirilmoqda.
Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida
umumiy o’rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida
e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon
bo’layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o’ziga xos o’rin tutadi.
Umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida
turli o’nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o’ta muhim talabi bo’lib,
bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.
Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo’lajak mutaxassislarning
umumiy mehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarga ega bo’lishlarini
ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’qituvchilarning mehnat bozoriga
moslashuvini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda alohida
ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash
jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat,
ko’nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi.
Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo’yilayotgan yangi, yanada
yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini,
yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi
mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi
o’rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida
turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida
o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni
davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk
kelajagining egalaridir! Shu sababli Birinchi prezident Islom Karimov butun
mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratgan.
Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi
taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidenttimizning quyidagi
so’zlari ibratlidir: “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim
dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday
bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida
avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda,
farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli
yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy
maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va
tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi”.
Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash
milliy
dasturi”ning
ikkinchi
bosqich
vazifalaridan
biridir.
Ta’lim
-
kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi
kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli
ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob
bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob
bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega
bo’lgan,yangilikni
o’rganishga
doim
tayyor
bo’lgan,
hamkorlikdan
cho’chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-
tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi
texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri
qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo’lgan interfaol usullardan
keng foydalanilmoqda.
Boshlang’ich sinf matematik darslarida ilg’or pedagogik texnologiyadan
foydalanib dars o’tilsa, o’qitish jarayoni takomillashadi. Kurs ishi dolzarbligi ana shu
bilan asoslanadi.
Kurs ishi maqsadi: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish pedagogik asoslarini ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekti: Umumiy o’rta ta’limning boshlang’ich sinflaridagi o’quv-
tarbiyaviy jarayoni.
Kurs ishi predmeti: Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallarni o’rgatishda
pedagogik texnologiyalardan foydalanish.
Kurs ishi tuzilishi: Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan
iborat.
I BOB. 2-SINFLARDA O’QUVCHILARIGA YOZMA KO’PAYTIRUV
USULLARINI O’RGATISH
1.1 Boshlang’ich sinflarda arifmetik amallar bajarish metodikasining umumiy
masalalari
Davlat ta'lim standard o'quvchilarning har biriga ta'lim olishda teng imkoniyatlarni
yaratib berish,har birining yuqori natijaga erishishlarini rag'badlantirish va shu orqali
o'quv- bilim jarayoning farqli tashkil etilishini ta'minlash uchun da'vat etilga. Davlat
ta'lim standarlarining o'quv fani bo'yicha, ta'lim sohalari bo'yicha ishlab chiqarilishi
o'quv fanlarining variantini tanlash asosida o'quv metodik majmualar, jumladan,
boshlang'ich sinflarda matematika o'qitishni takomilashtirishni nazarda tutadi.
Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarishni bog'lanish va bilimlarni
muvofiqlashtirish tamoyili asosida o'quv fanlarining ichki bog'liqligi va o'quv fanlari
aro uzviylikni ta'minlashga xizmat qiladi. Boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar
bajarish talablarining o'quvchilar tomonidan bajarilishi ularning tevarak zarur bilim,
malaka
va
konikmalarni
egallashlariga
yordam
beradi.
-o'quvchilarning tevarak atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish.
-faoliyatning har-xil turlarini o'quv mehnat,muloqatni egallash.
a.
o'z-o'zini nazorat qilish hamda baholarshga o'rgatish.
b.
muayyam umumiy tabiiy -ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi uning keyingi
taraqiyotining tavsifi.
Shunday qilib, boshlang'ich sinflarda arifmetik amallar bajarish jarayoni o'quv-bilim
jarayoniga matematika o'qitish bo'yicha bilim,konikma va malakalarigina emas balki
shaxsning muayyam asosiy faoliyati majmuasi- mehnat o'quv-biluv, kammunikativ-
axloqiy va jismoniy- kamolatiga mos keladigan fazilatlarining shakllanishini ham
taminlaydi.
O’quvchilarning arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasining nazariy
asoslari. Tizimda yuz berayotgan ijtimoyi - iqtisodiy munosabatlar, xalq ta'limi tizirr
lo'layotgan o'zgarishlar "Ta'lim taraqqiyoti qonunda ham" Kadrlar tayyorlash Milliy
dasturi " da ko'rsatib o'tilgandek, har bir sinf o'quvchisiga oldiga muhim vazifa
qo'yilmoqda. Bu vazifalar boshlang'ch ta'lim uchun ham xos bo'g'inlarni ajratish
imkonini beradiki, bu bo'g'inlar xilma -xil o'quv fanlari dasturlarida, o'quv
rejalarida,darsliklarda ta'limning joriy etilishi hamda metodik tizimida biror tarmoqni
hosil qilish mumkun.
Davlat ta'lim standartlari o'quv fani bo'yicha o'quv -metodik majmualar (dastur,
o'quv rejasi, darstliklar )ni yaratish uchun keng imkoniyatlar ochib beradi,
shuningdek o'quv fanlararo bog'lanish va bilimlarni muvofaqiyotlashtirish tamoyili
asosida o'quv fanlarni bog'lanishi ta'minlashga xizmat qiladi. Yangi matematika
kursida, avvalgiga o'xshash, arifmetika asosiy o'rni egallaydi. I-IV-sinflarining yangi
dasturida arifmetik materialar mazmuni unchalik ko'p o'zgarmagan:arifmetika
nazariyasi (amallarning xossalar,natijalari va kompanentlardan biri o'zgarganda
amallar natijalarining o'zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar
(sanoq,o'lchashlar,hisoblashlar,masalalar yechish ) bilan bog'lanishi bilan yanada
mustahkamlangan: eng muhimi tushunchalar (son, sanoq, sistemasi,arifmetik
amallar) shakllantirishining birmuncha mukammal sistema tarzda tutilgan.
Shuningdek arifmetik boshlang'ich o'rganish uslubi ham mukammallashtirilgan.
Kichik yoshdagi o'quvchilarni o'qitishning barcha bosqichlaridan ularning tiklash
faoliyatini
aktivlashtirishga
tayanch
faktlar
va
kuzatishlarni
o'z
vaqtida
umumlashtirishga,ayrim masalalar orasidagi o'zaro bog'lanishni tayinlashda,
bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishda qaratilgan yangi ilmiy
asoslangan usul va uslubdagi maktab dasturiga kiritilgan. O'quv materialini o'quv
yillari bo'yicha taqsimlanishida o'rganilayotgan sonlar sohasini asta-sekinkengayib
borishi ko'zsatiladi.
1-sinf Idan 20 gacha sonlar.
2-sinf Idan 100 gacha sonlar.
3-sinf Idan 1000 gacha sonlar.
4-sinf Idan 1000000 gacha sonlar.
Va xakozo ya'ni ko'p xonali sonlar o'rganiladi. Arifmetik amallarga doir material
konsentrlarga bo'lib o'rganiladi. Hammasi bo'lib 5 ta konsentr ko'zda tutiladi: o'nlik,
ikkinchi o'nlik, yuzlik, minglik, ko'p xonali sonlar. Har bir konsert o'z mazmuniga
ko'ra sistematik arifmetika kursining asosiy masalalarni aks ettiradi, shiming uchun
o'quvchilar u yoki bu chegaralar ichida sonlar ustida amallarni o'rganar
ekanlar,umuman arifmetikaning mohiyati to'g'risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal
yangi sonli material asosida amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng muhim
arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytishga imkon
beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin shaklanishi (
sanoqda, o'lchashlarda, og'zaki va yozma nomerlashda, hisoblashda va h.k
ta'minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari umumiylikni saqlagan holda
asta-sekin murakkablashtirib boradi. Shunday qilib, har bir oldingi korsentrda
nomerlash va arifmetik amallarni o'rganish mos masalalarni kelgusida o'rganish
uchun tayyorgarlik ishi bo'lib hisoblanadi, har bir keyingi honsentrda esa ilgari
o'rganilgan material umumlashtiriladi va mustahkamlanadi.
Arifmetika kursining konsentrik tuzulishi kichik yoshdagi o'quvchilarni psixologik
xususiyatlarga mosdir : sanoq o'lchash,arifmetik amallar bilan dastlabki tanishtirishni
narsalar to'plamlari yordamida ko'rsatish bo'lgan katta bo'lmagan raqamlar misolida
bajarish zarur son sohasini sekin - asta kengaytirib borish ham ko'rgazmali - harakatli
amallardan abstrakt amallarga o'tish orqali bolalarning fikrlarini rivojlantirish bilan
moslashtiriladi. Har bir konsentrning ajratib berish sabablarini, bu konsentr ichida
sonlarni nomerlashni o'rganish uslubini shuningdek, arifmetik amallarni o'rganish
usulini batafsil bayon qilamiz.
Pedagogik texnologiya tushunchasi XX asrda ‘aydo bo’lib, quyidagi rivojlanish
bosqichlaridan o’tib kelmoqda.
Dastlabki
bu
tushuncha
1940-yillardan
50-yillar
o’rtasigacha
“ta’limda
texnologiya” deb qo’llanib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan
foydalanishni ifoda qilgan.
pedagogik texnologiya tushunchasi dastlab XX asrning o’rtalarida AQSHda
qo’llana boshlangan.Bunda “pedagogik texnologiya” va “ta’lim texnologiyasi”
ifodalari faqat texnika vositalari yordamida o’qitishga nisbatan qo’llangan edi.
Oradan vaqt o’tishi davomida shu ifodalarni qo’llash darajasi kengayib borishi
natijasida ularning ma’nolari ham tegishlicha o’zgarib bordi. Hozirga kelib esa
pedagogik texnologiya ifodasining zamonaviy ilmiy asoslangan yagona ta’rifini
belgilash maqsadida bir qancha yirik olimlar tomonidan turli fikrlar va xulosalar
asoslab berildi.
50-yillar o’rtasidan 60-yillargacha “ta’lim texnologiyasi” ifodasi qo’llanilib, bunda
programmalashtirilgan ta’limni nazarda tutilgan.
70-yillarda
“pedagogik
texnologiya”
ifodasi
qo’llanilib,
u
avvaldan
loyihalashtirilgan va aniq belgilangan maqsadlarga erishishni kafolatlovchi o’quv
jarayonini bildirgan.
1979-yilda
AQSHning
pedagogik
kommunikatsiyalar
va
texnologiyalar
assotsiatsiyasi tomonidan pedagogik texnologiyaga quyidagicha ta’rif berilgan edi:
“pedagogik texnologiya bilimlarni o’zlashtirishning hamma jihatlarini qamrab
oluvchi muammoni tahlil qilish va rejalashtirish, ta’minlash, muammoning yechini
baholash va boshqarish uchun odamlar, g’oyalar, vositalar va faoliyatni tashkil qilish
usullarini o’z tarkibiga oladigan kom’leks, integrativ jarayondan iborat…”.
80-yillarning boshidan pedagogik texnologiya deb ta’limning kom’yuterli va
axborot texnologiyalarini yaratishga aytilgan.
Shu aytilganlar asosida pedagogik texnologiya bir jihatdan o’quv jarayonida
texnika vositalaridan foydalanishning kengayib borishini ifodalab,uni ta’limdagi,
o’qitishdagi
texnologiya
deb
nomlash
mumkin
bo’lsa, ikkinchidan,
ta’lim
texnologiyasi yoki pedagogik texnologiya degan nom o’quv jarayonining o’zini
qurish texnologiyasini bildiradi deb xulosa chiqarish mumkin.
Pedagogika oid adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, hozirgi davrda pedagogik
texlonogiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o’rin
egalladi, lekin uni pedagigikaning mukammal lug’atlari (tezaurus)dagi o’rni hali
noma’lumligicha qolib kelmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida turli
qarashlar mavjud bo’lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o’qitish
jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin
qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.’.Bes’alko
pedagogik
texnologiyani
amaliyotga
tatbiq
qilinadigan
muayyan pedagogik
tizim
loyihasi sifatida
belgilaydi.U
pedagogik
tizim
texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos bo’ladi, deb hisoblaydi.Bunda asosiy diqqat
o’quv –pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va
o’qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.Shu tariqa V.P.Bes’alko o’quv
jarayonini loyihalash g’oyasini ilgari suradi.Afsuski, hozirga qadar pedagogik
texnologiya va loyiha tushunchalari haqida aniqlik yo’q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan bo’lsa
ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilarning ishlarida fan
va amaliyot oralig’idan o’rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir ‘edagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o’quv
jarayoni
haqida
texnologik
darajada
bilimlar
tizimini
bilib
olgan
bo’lishi shart deb hisoblaydi.U fan va amaliyot oralig’ida tamoyillarni olg’a suruvchi,
metodlar ishlab chiquvchi, ularni izchil qo’llash kabi masalalar bilan shug’ullanuvchi
alohida fan bo’lishi kerak, deb hisoblaydi.Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real
o’qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o’qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig’idagi fan deb
qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog’laydilar.
Shunday qilib, bir yondashuvda o’qitish texnologiyalari o’qitishning barcha
vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi.Unda
texnologiya o’quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G’arbiy Yevro’ada ta’limni
isloh qilinishi bilan bog’liq ravishda kirib keldi.B.Blui, J.Koroll, ‘.Y.Gal’erin,
V.I.Davidov,
N.A.Menchinskaya,
Z.I.Kalmikova,
L.I.Zankov
texnologiyalari
mashhur.O’qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.’.Bes’alko,
N.F.Talizina, L.M.Fridman, Y.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev,
M.I.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Alohida qayd etib o’tish joizki, ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini
mantiqiy –g’oyaviy jihatdan izohlash borasida yagona fikr mavjud emas.Yuqorida
qayd etilgandek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning ikkinchi yarmidan
boshlab
asoslanib
kelinayotgan
bo’lsada,
aynan
“pedagogik
texnologiya”
tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjudligini ko’rib turibmiz.
So’nggi o’n besh yil davomida nutqimizda “pedagogik texnologiya” , “zamonaviy
pedagogik
texnologiya”,
“o’qitish
texnologiyasi”
kabi
tushunchalar
keng
qo’llanmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim texnologiyasi” hamda “pedagogik
texnologiya” tushunchalari mazmunan bir ma’noni anglatishini ta’kidlamoqdalar.
Bizning nazarimizda bunday yondashuv u qadar to’g’ri emas, hamda bu borada
yagona to’xtamga kelish muhimdir.
Yuqorida qayd etib o’tilganidek, ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g’oyasi
G’arbiy Yevropa hamda AQSH da yaratilgan edi. Bizga ma’lumki, G’arbiy Yevropa
mamlakatlari va AQSHda “pedagogika” fani mavjud emas, shu bois “pedagogik
faoliyat”, “pedagogik tizim”, shuningdek, ularga bog’liq ravishda yuzaga keluvchi
“pedagogik texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo’q.
Nomlari qayd etilgan mamlakatlarda shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni
“ta’lim jarayoni” sifatida nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini
oshirish, ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui
“Metodika” deb yuritiladi.Metodika fanlarini o’qitishda asosiy e’tibor ta’lim sifatini
yaxshilab,uning samaradorligini ta’minlashga qaratiladi. O’zbekiston Respublikasi (
shu jumladan, MDH mamlakatlari) ta’lim tizimi amaliyotida o’qitilib kelinayotgan
“pedagogika”
fanining
predmeti
shaxsni
shakllantirish,
uning
kamolotini
ta’minlashga yo’naltirilgan ta’limiy hamda tarbiyaviy faoliyatni tashkil etish
jarayonining mazmunidan iboratdir. Ya’ni, shaxsning yetuk kamoloti ikki muhim
faoliyat –ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining samarasi, natijasi sifatida
namoyon bo’ladi. Ayni o’rinda “pedagogik texnologiya” hamda “metodika”
tushunchalarining tavsifi, o’ziga xos jihatlarini yoritish maqsadga muvofiqdir.
T.N.Ballo “pedagogik texnologiya” tushunchasiga ta’rif berar ekan, uni o’qitish
jarayoniga
nisbatan
to’shiriqli yondoshuv,
L.V.
Zankov,
T.Y.Gal’erin,
V.I.Davidovlar bosqichli o’qitish, G.K.Selenko hamda boshqa mualliflar esa
mazmunli umumlashma sifatida baholaydilar. ‘.Mitchelning nuqtai nazariga ko’ra
pedagogik texnologiya barcha jihatlariga ko’ra o’ziga xos va samarali natijalarni
qo’lga kiritish imkonini beruvchi pedagogik tizimni tashkil etish bilan bog’liq holda
ta’lim tizimi doirasida olib borilayotgan tadqiqot nazariyasi va amaliyotning
muayyan tarmog’idir. S.K.Islamgulova esa quyidagi qarashni ilgari suradi:
texnologik loyihaga asoslangan ta’lim jarayonini tashkil etish usuli bo’lib, u avvaldan
belgilangan
muayyan
qoida
va
talablarga
javob
beradi.Quyida
ayrim
tadqiqotchilarning “pedagogik texnologiya” tushunchasiga bergan ta’riflarini
keltiraman( 4) jadval)
“Ta’lim texnologiyasi” tushunchasi “ta’lim metodikasi” tushunchasiga nisbatan
kengdir.
Ta’lim
metodi
–o’quv
jarayonining
majmuaviy
vazifalarini
yechishga
yo’naltirilgan o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikdagi faoliyati usuli bo’lsa, ta’lim
metodikasi esa muayyan o’quv ‘redmetini o’qitishning ilmiy asoslangan metod, qoida
va usullari tizimini tavsiflaydi.
Ta’lim
texnologiyasi
–ta’lim
maqsadiga
erishish
jarayonining
umumiy
mazmuni,ya’ni,avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim jarayonini yaxlit tizim asosida,
bosqichma –bosqich amalga oshirish,aniq maqsadga erishish yo’lida muayyan
metod,usul va vositalar tizimini ishlab chiqish, ulardan samarali, unumli foydalanish
hamda ta’lim jarayonini yuqori darajada boshqarishni ifodalaydi.
O’qituvchini
samarali
faoliyat
ko’rsatishga
undovchi
darsning
metodik
ishlanmasidan farqli o’laroq, ta’lim texnologiyasi o’quvchilar faoliyatiga nisbatan
yo’naltirilgan bo’lib, u o’quvchilarning shaxsiy hamda o’qituvchi bilan birgalikdagi
faoliyatlarini inobatga olgan holda, o’quv materiallarini mustaqil o’zlashtirishlari
uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
pedagogik texnologiyaning markaziy muammosi –o’quvchi shaxsini rivojlantirish
orqali ta’lim maqsadiga erishishni ta’minlashdan iborat.
“Ta’lim texnologiyasi” xususida yaratilgan adabiyotlarda ushbu tushunchaga
berilgan ta’riflarga asoslangan holda ushbu tushuncha quyidagicha sharhlangan :
pedagogik texnologiya muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga
yo’naltirilgan hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik
faoliyat jarayonining mazmunidir.
Pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik tizimning pedagogik texnologiyaning asosi
ekanligini e’tirof etgan holda uning quyidagi unsurlaridan iboratdir deya ta’kidlaydi:
1.
O’ quvchi ;
2.
ta’lim –tarbiyaning maqsadi;
3.
ta’lim –tarbiya mazmuni;
4.
o’quv jarayoni;
5.
o’qituvchi yoki texnik vositalar;
6.
ta’lim –tarbiyaning tashkiliy shakllari
Xalq xo’jaligining moddiy ishlab chiqarishga asoslangan sohalarida qo’llanilayotgan
texnologiyalar mohiyatini o’rganish hamda muammo doirasida nashr etilgan risolalar
mazmuni bilan tanishish “pedagogik texnologiya” ta’lim –tarbiya faoliyatining yaxlit
jarayoni to’g’risidagi fan ekanligini e’tirof etish imkonini berdi.pedagogik
texnologiyaning quyidagi tarkibiy unsurlari uning asosini belgilashga xizmat qiladi:
pedagogik texnologiyaning tarkibiy unsurlari
Ta’lim jarayonining umumiy loyihasi ta’limni tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy
ehtiyoj
ta’lim maqsadi. Ta’lim mazmuni, shakl, metod, usul va texnikasi o’quvchi faoliyati
o’qituvchi faoliyati ta’lim natijasi. Yuqoridagi fikrlarga muvofiq ta’lim
texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi quyidagicha namoyon bo’ladi.
Bizga yaxshi ma’lumki, tarbiya jarayoni uzoq muddatli, murakkab, uzluksiz bo’lib
u o’ziga xos xususiyatlarga ega. Garchi zamonaviy ta’lim texnologiyasi o’quvchining
ta’lim jarayonidagi yetakchilik rolini yoqlayotgan bo’lsa-da, tarbiya jarayonida
tarbiyalanuvchi asosiy mavqeini egallay olmaydi. Chunki unda harakter, dunyoqarash
yetarlicha shakllanmagan bo’lib, u bu borada tarbiyachining yordamiga ehtiyoj
sezadi. Shu bois tarbiya texnologiyasi ham mantiqiy, ham tarkibiy jihatdan ta’lim
texnologiyasidan farq qiladi.
Tarbiya jarayonining mohiyati, qonuniyatlari hamda o’ziga xos jihatlari xususidagi
mavjud nazariy va amaliy g’oyalarga, pedagogik bilimlarga tayangan holda tarbiya
texnologiyasining tarkibiy qismlarini quyidagicha belgilandi:
1.
tarbiya jarayonining umumiy loyihasi;
2.
tarbiyani tashkil etishga bo’lgan ijtimoiy ehtiyoj (rag’bat);
3.
tarbiya maqsadi;
4.
tarbiya mazmuni ( shakl, metod, usul va texnik vositalar);
5.
o’qituvchi (tarbiyachi) faoliyati ;
6.
o’quvchi (tarbiyalanuvchi) faoliyati;
7.
tarbiya samarasi ( natija ).
Ushbu fikrlar asosida tarbiya texnologiyasining tarkibiy tuzilmasi tasvirda
quyidagicha namoyon bo’ladi.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
1.
pedagogik texnologiya pedagogik jarayonni takomillashtirish, o’ptimallashtirishga
bo’lgan ijtimoiy ehtiyojni qondirish omili sanaladi.
2.
pedagogik texnologiya didaktik hamda tarbiyaviy harakterdagi, shuningdek, ta’lim –
tarbiya jarayonini samarali, mahoratli tarzda tashkil etish borasidagi nazariy hamda
amaliy bilimlar majmui, metodologik fan sifatida namoyon bo’ladi.
3.
pedagogik texnologiya ta’lim –tarbiya jarayonining umumiy mohiyatini aks
ettiruvchi yaxlit jarayondir.
4.
pedagogik texnologiya yo’naltiruvchanlik vazifasini bajaradi, ya’ni, u shaxsni
rivojlantirish, tarbiyalash, shakllantirish uchun xizmat qiladi.
5.
pedagogik
texnologiya
-
shaxsiylik
xususiyatiga
ega
bo’lib,
muayyan
texnologiyalarni ta’lim – tarbiya jarayonida qo’llashga nisbatan yagona, qat’iy,
me’yoriy (standart) talablar qo’yilmaydi. Har bir pedagog u faoliyat yuritayotgan
ta’lim – tarbiya muhitining xususiyatlari, mavjud ichki va tashqi shart – sharoitlarini
inobatga olgan holda muayyan texnologik yondashuvni amalga oshirish imkoniyatiga
ega.
6.
pedagogik texnologiya o’zida ta’lim, tarbiya va shaxs taraqqiyoti
(kamoloti) birligini ifoda etadi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi komil shaxsni shakllantirish uchun
poydevor bo’lgan pedagogik jarayonni takomillashtirish, inson’arvarlashirish,
o’quvchining mustaqilligini ta’minlash, o’qitish jarayonida texnik vositalar
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishdan iborat.
Pedagogik texnologiyani qo’llash jarayonida quyidagi vazifalar hal etiladi:
Mazkur vazifalarning ijobiy hal etilishi quyidagi shartlarga amal qilinishiga
bog’liq:
1.
Mavjud shart -sharoitlarni inobatga olgan holda faoliyatni tashkil etish.
2.
O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)larnning yosh, fiziologik, ‘sixologik hamda shaxsiy
xususiyatlarini hisobga olish.
3.
Ta’lim (tarbiya) jarayonini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish.
4.
O’quvchi ( tarbiyalanuvchi)lar faoliyatini ob’yektiv nazorat qilish va baholash.
5.
Xususiy fanlarni o’qitish jarayonida imkon qadar, albatta, samarali ravishda texnik
vositalar imkoniyatidan keng foydalanish.
Pedagogik texnologiya o’zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Pedagogik texnologiyaning nazariy asoslari umumpedagogik, xususiy-metodik
hamda lokal (modul) bilimlarga asoslanadi. Shu bois pedagogik xodimlar,
shuningdek, bo’lg’usi o’qituvchilar o’z faoliyatlarida pedagogik texnologiyadan
foydalanishni o’z oldilariga maqsad qilib qo’ygan bo’lsalar, yuqorida qayd etilgan
bilimlarni puxta o’zlashtira olishlari lozim. Zero, pedagogik texnologiya puxta
o’zlashtirilgan pedagogik bilimlarga tayanilgan holda tashkil etiladigan yuksak
samarador pedagogik faoliyat jarayonidir.
1.2.
Arifmetik
amallarni
o’rgatishda
amallar
bajarish
metodikasining umumiy masalalari
Interfaol metod - ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidadagi
faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish,
shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars
samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari:
norasmiy bahs – munozaralar o’tkazish, o’quv materialini erkin bayon etish va
ifodalash imkoniyati,o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi,
kichik guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish va boshqa
metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim – tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda
o’ziga xos ahamiyatga ega.
Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri
interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iboratdir.
Barcha fan o’qituvchilari shu jumladan boshlang’ich sinf o’qituvchilari ham dars
mashg’ulotlari jarayonida interfaol metodlardan borgan sari keng ko’lamda
foydalanmoqdalar.
Interfaol metodlarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil
qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslangan holda himoya qila
bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib,
rivojlanib boradi.
Interfaol degani, o’qituvchi va o’quvchilar orasida o’zaro hamkorlik tufayli dars
samaradorligini oshadi, yangi darsni o’quvchi mustaqil harakat, mulohaza, bahs-
munozara orqali o’rganadi, qo’yilgan maqsadga mustaqil o’zi darsda o’quvchi faol
ishtirok etgan holda kichik guruhlarda javob topishga harakat qiladi,ya’ni ham
fikrlaydi, ham baholaydi, ham yozadi, ham gapiradi, ham tinglaydi, eng keragi o’zi
faol ishtirok etadi. Interfaol usullarining negizidagi topshiriq mazmunini anglab
yetgan o’quvchilar ta’lim jarayoniga o’zlari bilmagan holda qiziqish bilan kirishib
ketadilar.
Boshlang’ich sinflarda qo’llanadigan texnologiyalaridan foydalanishning maqsadi:
O’quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish, bahs-munozara, erkin fikrlashga
asoslangan tafakkur tarzini shakillantirishdan iborat. Hozirda keng qo’llanib
kelayotgan interfaol metodlar turlari juda ko’p bo’lib, ularning hammasi ham
boshlangich ta’limda qo’llash uchun yaroqli emas. Bunga 1-navbatda boshlangich
sinf o’quvchisining o’qish, yozish tezligining kichikligi va sinfda aksariyat hollarda
30 tadan ortiq o’quvchi o’qishi bo’ladi. Interfaol metodlar nisbatan kichik
auditoriyalarga (30 tagacha ) va ko’proq uzluksiz ta’lim tizimining o’rta va yuqori
bo’ginlariga mo’ljallangan bo’lib, boshlangich sinflarda qo’llash tajribalari juda kam.
SHuning uchun yangi texnologiyalarning faqat boshlangich sinf matematika
darslarida qo’llash mumkin bo’lganlari haqida so’z yuritamiz.
Interfaol metod sinfda o’tiladigan mavzular yuzasidan muammoli vaziyatlarni
muhokama qilishda “Aqliy hujum”, “Adashgan zanjirlar”, “Savol bering”, “Insert”,
”BBB”, “Bahs – munozara”, “Muammoli savollar”, “Kichik guruhlarda ishlash”,
“Burchaklar metodi“, “Kubiklar” metodlari asosida bahs, munozara orqali ularni
yechimini topishda yaqindan yordam beradi.
“Aqliy hujum” texnologiyasini qo’llash bir muammoni hal qilish yo’lidan turlicha
va iloji boricha ko’proq taklif, fikr – mulohazalarni yig’ishdan iborat. Avvaliga har
qanday takliflar qabul qilinadi. Keyin esa, ularning ichidan eng ma’qulini tanlab
olinadi. Bu metodni qo’llashda eng nozik tomoni hamma takliflarni “Eslab”
qolishdir. Shuning uchun ularni yozib borish kerak bo’ladi. O’qituvchi ularni shartli
belgilar va qisqartirishlar bilan doska yoki vatman qog’ozga yozib boradi.
Masalan: 3 – sinfda mavzuga oid quyidagi mashqni hal qilish yuzasidan hamma
takliflarni yig’ish mumkin.
“Quyidagi shaklda nechta to’rt burchak bor?”
Bunda takliflar to’rtburchaklar sonini sanash usuliga
oid bo’lib, ularning sonini to’g’ridan – to’g’ri aytish talab
qilinmaydi.
Bunda turli takliflar bildirish mumkin. Eng maqbuli
avval 1 katakli, keyin 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8 katakdan tuzilgan
to’rtburchaklar sonini sanashni taklif qilish mumkin.
Yoki biror ifoda qiymatini qulay usulda hisoblash yuzasidan takliflar yig’iladi.
Masalan: 1 dan 20 gacha bo’lgan barcha natural sonlar yig’indisini topish yo’li
so’raladi. Hamma takliflar qabul qilinadi. Ularning bir nechtasi bo’yicha yig’indi
topiladi va usullar taqqoslanadi. Eng qulay usulni taklif qilgan guruh yoki juftlik
taqdirlanadi.
Darsda berilgan masala, misol va topshiriqni juft bo’lib hal qilishi ham
o’quvchilarni o’zaro fikr almashishga, bir – birini to’ldirishi, kerak bo’lsa bir – biriga
o’rgatishga o’rgatadi. Bunday usulni “Juftlikda ishlash” deb ataladi. O’qituvchi
o’quvchilar mustaqil hal qilishi mumkin bo’lgan istalgan vazifani juftlikda topshiradi.
Bunday topshiriqni ijodiy harekterda bo’lishi maqsadga muvofiqroqdir.
“Adashgan zanjirlar” usuli boshlang’ich sinflarda biror bir ketma – ketlikni
tiklash uchun qo’llanadi. Bunda o’qituvchi biror mavzu, tushuncha, algoritmga oid
ketma – ketlikni alohida – alohida va tartibsiz qo’yadi. O’quvchilar tartibsiz
joylashgan so’zlarga mantiqiy bog’langan zanjirni tuzishlari kerak. Bu metodni 4-6
kishilik guruhda qo’llash ham, butun sinf bilan ishlash ham mumkin.
O’qituvchi bilim uzatuvchi rolidan o’quv jarayonini tashkil qiluvchi, o’qish
faoliyatini boshqaruvchi, o’quvchilar faolligini psixologik va pedagogik jihatdan
oqilona qo’llab quvvatlab rivojlantiruvchi roliga o’tishi, deb hisoblaymiz.
Pedagogik texnologiya nazariyasi va uni ta’lim jarayonida qo’llash muammolariga
bag’ishlangan
zamonaviy
tadqiqotlar
mazkur
nazariyaning
ta’lim
rivojini
ta’minlashdagi ahamiyatini chuqur anglab yetish, uning imkoniyatlarini aniqlash va
keng
ko’lamli
axborot
maydonini
egallashga
yordam
beradi.
Pedagogik texnologiya nazariyasini shakllantirish va undan foydalanish mexanizmini
bilish, ta’lim jarayonini rivojlantirish va boshqarishning eng samarali shakl va
metodlarini aniklash imkonini beradiki, buning nafaqat nazariy, balki amaliy
ahamiyati
ham
beqiyosdir.
Ta’lim nazariyasi va amaliyotida pedagogik texnologiyalarni tadqiq etish ishi
fanlararo (pedagogika, psixologiya, metodologiya, pedagogik metodologiya, falsafa,
sotsiologiya va boshqa fanlar) aloqadorlik va bog’liqlik asosida yondashuvni talab
etadi. Ko’rsatib o’tilgan fan yo’nalishlarining har birida ta’lim texnologiyalarining
ma’lum nazariy jihatlari va texnologiyani ta’lim jarayoniga tatbiq etishda alohida
o’rin
tutuvchi
qulay
shart-sharoitlari
bir
qadar
to’liq
taxlil
qilingan.
Texnologiya mehnat jarayonining o’ziga singdiriladi. Texnologiyaning amalga
oshirilish shaklidan qatiy nazar, asosiy maqsad umumiy jarayon operatsiyalarining
tavsifi, predmeti, vositalari va yakuniy natija bilan belgilanadi. Binobarin, pedagogik
texnologiyaning pedagogik jarayoni amalga oshirish shakli sifatidagi mohiyati
pedagogik faoliyat sohasida namayon bo’ladi insonning ongi jamoaviy o’zaro ta’sir
in’ikosining ideal shakli hamda dialektik qarama-qarshiligini ifoda etib, o’zgartirilgan
mehnat sifatida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra ongi qayta shakllantirish
qonuniyatlarini ijtimoiy texnologayadan, ushbu qonuniyatlarini joriy etishning asosiy
shakllarini pedagogik texnologiyaga asoslangan pedagogik amaliyotdan izlash taqozo
etiladi;
- pedagogik texnologiya ijtimoiy texnologiyadan ajralib chiqib, o’z taraqqiyotida
shartli jamoaviy repetitsiyaviy (mashqlantiruvchi) refleks bosqichini bosib o’tgan
holda, asosiy texnologik o’zaro ta’sirlarni maqsadga muvofiq tarzda takrorlovchi
harakat va operatsiyalar tizimiga ajratadi. Bundan kuzatilgan maqsad ijtimoiy ongi
mustahkamlash va to’plangan tajribani yangi avlodlarga yetkazishdan iborat bo’lib,
uning predmeti esa ideallashtirilgan tavsifga ega;
-pedagogik texnologiya nazariyasining yaratilish va rivojlanish mantiqi asosiy
bosqichlarda umumiy texnologik nazariyaning shakllanishini aks ettiruvchi holat
sifatida namoyon bo’ladi. Mazkur xislat asosi fikrlash jarayonining eng muhim shakli
sifatida xulosa chiqarish imkonini beruvchi deduktiv yondashuv hisoblanadi;
- pedagogik texnologiya nazariyaning yaratilishi uchun "g’isht qo’yishning" asosiy
davri pedagogiktexnologiyaning boshlang’ich "hujayrasi"ni ifoda etuvchi pedagogik
jarayonda texnologik besh jihatning mohiyatini ochishga yordam beruvchi, o’ziga
xos tushuncha va kategoriyalar tizimini aks ettiruvchi texnologik o’zgarish,
texnologik vosita hamda texno-pedagogik o’zaro ta’sir bilan bog’liqdir.
II
BOB
BOSHLANG’ICH
SINF
MATEMATIKA
DARSLARIDA
ARIFMETIK
AMALLARNI
O’RGATISH METODIKASI
2.1 Nomanfiy butun sonlar ustida arifmetik amallarni o’rgatish metodikasi
O'quvchilarni matematikadagi arifmetik amallarni bajarishga o'rgatish metodikasi.
Bu mavzu ustida ishlashda o'qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar quydagilardan
iborat:
1) O'quvchilarni qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish amallarining mazmuni
bilan tanishtirish;
2) Hisoblash usullaridan O'quvchilarni o'nlik foydalanishlarini ta'minlash;
a) sonni qismlari bo'yicha qo'shish va ayirish usuli.
b) Yig'indining o'rin almashtirish xossalaridan foydalanish qo'shish usuli.
c) sonlarni ayirishda qo'shishning tegishli holini bilishdan yoki yig'indi va
qo'shiluvchilardan biri bo'yicha ikkinchi qo'shiluvchilarni topish malakasidan
foydalanadigan holda yig'indi bilan qo'shiluvchilar orasida bog'lanishlarni bilganlikda
asoslanib ayirish usuli.
3) Qo'shish va ayirish, ko'paytirish va bo'lish ko'nikma, malakalarni shakllantirish.
Qo'shish va ayirishni o'rganish ishini o'zaro bog'langan bir nechta bosqichga bo'lish
mumkin.
O'quvchilarda og'zaki va yozma ko'nikmalarni tarkib toptirish matematika
dasturining asosiy yo'nalishlardan biridir. Arifmetik amallarni o'rganishdan oldin
bolalar ongiga uning ma'nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy
ishlarni bajarish asosida o'tkaziladi. U: "o'nlik" mavzusini qo'shish va ayirish
amallarning ma'nosi ikki to'plam elementlarini birlashtirish va to'plamdan uning
qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi .Ko'paytirishni uning
komponentlari bilan natijasi orasidagi bog'lanishlarni o'rganish asos bo'lib hizmat
qiladi.
Demak, o'qitishning 1-bosqichida abstrakt bo'lgan narsa navbatdagi bosqichda
yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo'lib hizmat qiladi.
Turli hisoblash usullarining o'zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amallarning
ba'zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tanishtirishni
nazarda tutadi.
Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o'rganishdan tashqari arifmetik amal
hadlari va natijalari orasidagi bog'lanishlarni ham ko'zda tutadi. Bu ish amallarni,
tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan: 6x4=24 bo'lsa, uni
bo'lishga bog'lab 24:6=4; 24:4=6 kabi holler hosil qilinadi.
Muhim vazifalaridan biri hisoblash ko'nikmalarni shakllantirishdir. Og'zaki va
yozma usulda hisoblashlar sinflarning har bir mavzusida o'z aksini topgan.
Masalan: og'zaki
276 + 432 = (200+400) + (70+30) + (6+2) = 600+100+8 =708
Yozma:
Og'zaki hisoblashlarning asosiy ko'nikmalari Iva2- sinflarda shakllanadi.
Og'zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amallar xossalari va
ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar kompanentlari bilan natijalari orasidagi
bog'lanishlarni bilganlikka asoslanadi.
Yangi boshlang’ich matematika kursida, avvaldagiga o’xshash, arifmetika asosiy
o’rinni egallaydi. 1-4- sinflarning yangi dasturida arifmetik material mazmuni
unchalik ko’p o’zgarmagan: arifmetika nazariyasi (amallarning xossalari, natijalar va
komponentlar orasidagi o’zaro bog’lanish, komponentlardan biri o’zgarganda;
amallar natijalarining o’zgarishi) kamroq yoritilgan, nazariyaning amaliy masalalar
(sanoq, o’lchashlar, hisoblashlar, masalalar echish) bilan bog’lanishi yanada
mustahkamlangan: eng muhim tushunchalar (son, sanoq sistemasi, arifmetik
amallar)ni
shakllantirishning
birmuncha
mukammal
sistemasi
ko’zda
tutilgan. Shuningdek,
arifme-tikani
boshlang’ich
o’rganish
uslubi
ham
mukammallashtirilgan.
Kichik
yoshdagi
o’quvchilarni
o’qitishning
barcha
bosqichlaridan ularning fikrlash faoliyatlarini aktivlashtirishga, tayin faktlar va
kuzatishlarni o’z vaqtida umumlashtirishga, ayrim masalalar orasidagi o’zaro
bog’lanishni tayinlashga, bolalarda mustaqil ishlash o’quvlarini paydo qilishga
qaratilgan yangi ilmiy asoslangan usul va uslublari maktab dasturiga kiritilgan.
O’quv materialini o’quv yillari bo’yicha taqsimlani-shida o’rganilayotgan sonlar
sohasining asta-sekin kengayib borishi ko’zda tutiladi: I sinf «1 dan 20 gacha sonlar»,
II sinf «1 dan 100 gacha sonlar», III sinf «1 dan 1000 gacha sonlar», IV sinf «1 dan 1
000 000 gacha sovdar».
Nomerlash va arifmetik amallarga doir material kontsentrlarga bo’lib o’rganiladi.
Hammasi bo’lib beshta kontsentr ko’zda tutiladi: o’nlik, ikkynchi o’nlik, yuzlik,
minglik,
ko’p
xonali
sonlar
(boshlang’ich
maktabda
-
million
ichida).
Har bir kontsentr o’z mazmuniga ko’ra sistematik arifmetika kursining
asosiy masalalarini aks ettiradi, shuning uchun o’quvchilar u yoki bu chegaralar
ichida sonlarni nomerlashni va bu sonlar ustida amallarni o’rganar ekanlar, umuman
arifmetikaning mohiyati to’g’risida tasavvur hosil qiladilar. Har gal yangi sonli
material asosida nomerlash va amallar bajarishga qayta-qayta murojaat etish eng
muhim arifmetik tushunchalarning mazmunini chuqurlashtirish va kengaytirishga
imkon beradi. Bundan tashqari, mustahkam o’quv va malakalarning asta-sekin
shakllanishi (sanokda, o’lchashlarda, og’zaki va yozma nomerlashda, xisoblashlarda
va h. k.) tah-minlanadi, chunki bu amallarni bajarishning usullari, umumiylikni
saqlagan holda, asta-sekin murakkablashib boradi. SHunday qilib, har bir oldingi
kontseytrda nomerlash va arifmetik amallarni o’rganish mos masala-larni kelgusida
o’rganish uchun tayyorgarlik ishi bo’lib hisoblanadi, har bir keyingi konsentrda esa
ilgari
o’rganilgan
material
umumlashtiriladi
va
mustahkamlanadi.
Barcha kontsentrlar materialining mazmuni, ketma-ketliga va o’rganish uslubida ko’p
umumiylik mavjud bo’lib, bu o’qitishning ma’lum uslubida ishlashning umu-miy
usullgarining shakllanishiga imkon beradi, o’quvchilarning ziyrakligini va mustaqil
fikrlashlarini rivojlantiradi. Shu bilan birga, har bir kontsentr o’ziga xos xususiyatga
ega, bu uni ajratib ko’rsatishga asos bo’ladi. Bu bir tomondan, arifmetik materialning
xususiyatla-ridan ham kelib chiqadi. Masalan, 10 ichida sonlarni nomerlash o’ndan
katta sonlarni nomerlashdan farq qi-ladi: og’zaki hisoblash usullari ko’p xonali sonlar
ustida hisoblashlar bajarish usullariga nisbatan o’ziga xos tomonlarga ega. Ikkinchi
tomondan, kontsentrlarning ajratib berilishiga ishning ayrim bosqichlarida
o’qitishning maqsad va vazifalarining o’ziga xosligi sabab bo’ladi. Masalan, bir
xonali sonlarni qo’shish va ko’paytirish hollari (jadvallar) boshqa hamma hollardan
farqli ravishda yod olinadi (boshqa hollarda), hisoblashlar jadvallardan foydalanib
bajariladi
va
natijalar
yod
olinmaydi.
Boshlang’ich
arifmetika
kursining
kontsentrik
tuzilishi
kichik
yoshdagi
o’quvchilarning psixologik xususiyatlariga mosdir: sanoq, o’lchash, arifmetik amallar
bilan dastlabki tanishtirishni narsalar to’plamlari yordamida. ko’rsatish mumkin
bo’lgan katta bo’lmagan raqamlar misolida bajarish zarur.
2.2. Yozma va og’zaki hisoblashda pedagogik texnologiyadan foydalanish
Og'zaki va yozma hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor.
Og'zaki hisoblashlar;
1) Hisoblashlar yozuvlarsiz (ya'ni xotirada bajaradilar) yoki yozuvlar bilan
tushuntirib berish mumkin.
a) tushuntirishlarni to’la yozish (ham) bilan berish mumkin. Masalan:
34+3=(30+4)+3=30+(4+3)=37 9+3=9+(l+2)=(9+l)+2=12...
b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin.
Masalan: 1)37 2)34+4=37 9+3=12
d) hisoblash natijalarni raqamlab yozish mumkin. U: 1) 37 2) 12
2.Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajaradilar. Masalan: 430- 210 =
=(400+30)-(200+10)= (400-200)+(3 0-10)=200+20=220.
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
4.Hisoblashlar
har
xil
usullar
bilan
bajarilishi
mumkin.
Masalan:
26xl2=26x(10+2)=26xlO+26x2=260+52=312 26x 12=(20+6)x 12=20x 16+6x
12=240+72=312 26xl2=26x(4x3)=(26x3)x4=78x4=312
5.Amailar lOva 100,yengilroq hollarda 1000 ichida va ko'p xonali sonlar ustida
hisoblashlarning og'zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan:
54024:6
=
9004
Yozma hisoblashlar
1 Hisoblashlar yozma bajarilganda yechimini yozish ustun qilib bajariladi.
Masalan:
2 Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi (yozma bo'lish bundan
mustasno)
Oraliq natijalar darhol yoziladi.
Hisoblashlar o'rnatilgan qoidalar bo'yicha shu bilan birga bitta yagona usul bilan
bajariladi. Masalan:
242 x 16
1452 +242
3872
346 x 14 1384 +346 4844
1000 ichida va ko'p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarining yozma usullaridan
foydalanib bajariladi.
Masalan:
3912:4=978 2415:7=345
Ba'zi misollarni og'zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda
o'quvchilar yechimlarini taqqoslab, arifmetik amallarning mazmunini va sonlar ustida
bajarilayotgan amallarni yaxshi tushunib oladilar. 3. 10 ichida qo'shish va ayirish.
Qo'shish va ayirish narsalarni ikkita to'plamini birlashtirish yoki berilgan to'plamni
bir qismini ajratib olish bilan bog'liq amaliy mashqlar asosida o'rganiladi. Bunday
mashqlar dastlabki matematika darslaridan boshlab bajariladi, ular mazkur mavzuvda
ham davom etadi, faqat bu yerda asosiy etibor sonlar ustida amallar bajarishga
qaratiladi. 10 ichida qo'shish va ayirish malakalari avtomatizm shaklida keltirilishi,
ya'ni hisoblash usullarini qarashning va mos mashqlar sistemasi bajarilishining
yakuniy natijalari 10 ichida qo'shish va ayirishning baracha hollarini bolalar
tomonidan puxta o'zlashtirilishidan iborat bo'lishi kerak. lOichida qo'shish va ayirish
ushbu reja bo'yicha o'rganiladi:
I. Bittalab va guruhlab qo'shish va ayirishning ... + 2, ...±_3, ..-±4 hollari.
II. Yig'indining o'rin almashtirish xossasi qo'shiluvchilarining o'rnini almashtirish
usuli; 6x10 ichidagi sonlarning tarkibi:
III. Qo'shish va ayirishning bog'lanishi, noma'lum qo'shiluvchini topish;
ayirishning
...-5, ...-6, ......... ....-9 hollari:
Ana shu bosqichda bolalar barcha raqamlarni yozishni o'rganadilar;
"masala" tushunchasi bilan tanishadilar va masala matnini dastlabki tahlil qilishni
ya’ni masalada shart va javob qismlarini ajratishini; yig'indi va qoldiqni (ayirmani)
topishga doir eng sodda masalalarni yechishni, berilgan sondan bir nechta birlik katta
yoki kichik sonni topishni o'rganadilar. Bolalar santimetr va chizg'ich yordamida
o'lchash bilan tanishadilar.
100 ichida qo'shish va ayirish.
Dasturga ko'ra 100 ichida sonlarni qo'shish va ayirishni o'rganishda o'quvchilar
qo'shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullarini o'rganibgina qolmay,
ma'lum nazariy boilimlarni ham egallashlari kerak.
Ular sonni yig'indisiga , yig'indini songa qo'shish ; yig'indidan sonni sondan
yig'indini ayirish; qo'shish va ayirish komponentlari va natijalari asosida o'zaro
bog'lanishdir. Dastur materialni o'rganishda shunday yondashishni belgilaydiki;
bunda nazariy bilimlar yetakchi rol arifmetik amallarning, hisoblash usullarining
asosini tashkil etuvchi hossalardan iborat bo'ladi:
"100 ichida qo'shish va ayirish" mavzusini o'rganish natijasida o'quvchilar
1 - dan, 100 ichida istalgan sonlar ustida amallar bajarishning ongli malakalarini
egallashlari kerak.
2 - dan; hisoblash malakalarini egallagan bo'lishlari kerak.
3- dan; ifodalarni ularning qiymatlarini taqqoslash asosida taqqoslashni bilishlari
kerak.
0,1 va 10 sonlar bilan ko'paytirish va bo'lish.
Bosh sinflarda 1 va 10 ga ko'paytirish hamda bo'lish, nolni va nolga ko'paytirish,
nolni bo'lish va hisoblashlarni bajarishda tegishli bilimlarni qo'llanish malakalari
yaxshilab ishlab chiqishi kerak.
Birinchi bosqichda 1 va 10 sonlari bilan ko'paytirish va bo'lish hollarini
o'zlashtiradilar. (1x3=3; 3x1=3; 3:3=1; 3:1=3; 10x3=30; 30:3=10; 30:10=3 ) Bu
hollar jadvaldan olib tashlanadi; natijada yodlab olish kerak bo'ladigan holler sonini
kamaytiradi. Natijalarni yodda saqlagandan ko'ra 1 va 10 sonlari bilan
ko'paytirishning umumiy usullarini o'zlashtirish oson. Avval 1 ni o'zidan katta songa
ko'paytirish holi olinadi: (1x2; 1x4; 1x6) bu holda natija qo'shish bilan topiladi:
(1x2=1+1=2). Keyin o'quvchilarga yechilgan misollarga diqqat bilan qarash va ularga
umumiy narsani sezishga harakat qilish taklif etiladi. Bu ishning borishi jarayonida
o'quvchilar chiqaradilar, agar ko'payuvchi 1 ga teng bo'lsa u holda ko'paytma
ko'paytuvchiga teng bo'ladi; va hakazo.
Jadvaldan tashqari ko'paytirish va bo'lish.
Bu mavzuni o'rganishda faqat jadval natijalarigina o'zlashtirishni ta'minlab qolmay,
balki berilgan amallar haqidagi shunday nazariy bilimlarni o'zlashtirishni ta'minlash
zarurki ular bir tomondan hisoblash o'quvlari va malakalarini shakllantirish asosi
bo'ladi; ikkinchi tomondan, ularning o'zi qo'llanish jarayonida o'zlashtiriladi. Shuning
uchun jadvalda ko'paytirish va bo'lishni o'rganish 2 bosqichga ajraladi.
1-bosqichda; ko'paytirish va bo'lish amallarining o'zi haqidagi tushunchalar
shakllantiriladi; ularning ba'zi xossalari, natijalar va bu amallarning komponentlari
orasidagi bog'lanishlar va aloqalar shuningdek amallarning o'zlari orasidagi
bog'lanishlar ochib beriladi.
2-bosqichda asosiy e'tibor o'quvchilar ko'paytirish va bo'lishning jadvaldagi
hollarini o'zlashtirishga qaratilgan.
Birinchi bosqichda dastlab ko'paytirish va bo'lishning ma'nosini ochib beridi;
Bolalar qo'shish va ko'paytirishdagi har bir komponentning ma'nosini tushuna
bilishlari kerak.
Bo'lishning buyumlar to'plamini bo'lish bo'yicha amaliy ishlar o'tkazish yo'li 1-
bilan tushuntiriladi: bunda bolalar bo'lishning 2-turini tushunib olishlari kerak.
Mazmunga ko'ra bo'lish va teng qismlarga bo'lish. Ya'ni birinchi holda ma'lum
bolib nechta buyumni bo'lish kerak va nechta buyum borligini bilish, bunday qismlar
nechta bo'lishini topish kerak:
Ikkinchi holda esa nechta buyumni bo'lish kerakligi va nechta teng bo'lakka bo'lish
kerakligi ma'lum, har bir qismda nechta buyum borligini bilish kerak.
Uchinchi qatordachi? Nima uchun? kabilar.
Jadvaldan tashqari ko'paytirish 100 ichida jadvaldan tashqari ko'paytirish 30x2 va
36x2 ko'rinishdagi hollar uchun turli hisoblash usullari yordamida o'rgatiladi:
Birinchi hoi o'nliklarni ko'paytirishga keltiriladi, va shunday qilib, 30 - bu 3 ta
o'nlik ekanini tushunishni va ko'paytirish jadvalini bilishni ( 3 o'nlik x 2=6 o'nlik yoki
60) talab qiladi.
2x30 hollarda bolalar ko'paytirishning o'rin almashtirish xossasidan foydalanishadi.
(2x30=30x2), keyin 3 o'nlik 2 ga ko'paytiriladi. 36x2 ko'paytmani hisoblash usuli
ko'paytirishning yig'indisiga nisbatan taqsimot xossasini bilishni talab qiladi. Bolalar
uchun bu xossa yig'indini songa ko'paytirishning mumkin bo'lgan 2 xossasi sifatida
qarab chiqiladi:
Jadvaldan tashqari bo'lish.
Bu mavzuda quyidagi ko'rinishdagi hollar qaraladi: 60:3, 100:2, 80:20, 64:4 va
64:16. yaxlit sonlarni bir xonali songa bo'lib, bolalar jadvaldan tashqari
ko'paytirishganidek mulohaza yuritishadi; "80:8 ta o'nlik; 8 o'nlik : 2=4 o'nlik yoki
40" 80:20 ko'pinishdagi bo'lishda bolalar ularni o'nliklar kabi bo'lishda, 8 o'nlik 2 ta
o'nlikdan qilib bo'linganda 4 chiqadi.
80:2 va 80:20 ko'rinishdagi misollarni taqqoslashga alohida e'tibor berish lozim.
Bolalar ko'pincha ularni chalkashtirishadi va bunday xatoga yo'l qo'yishadi: 80:20=40
bu turdagi hatoliklarning oldini olish uchun bu hollarni taqqoslab, tanish bo'lgan
ko'rsatmalikdan foydalanishga (cho'plar bog'lamlariga) qaytish kerak.
100 ichida qo'shish va ayirish (og'zaki va yozma).
1000 ichida og'zaki qo'shish va ayirish hollariga qaraydigan bo'lsak, hisoblash
usullarini ochib berishning nazariy asosi xuddi 100 ichidagi sonlar uchun kabi sonni
yig'indinisiga qo'shish va yig'indini songaqo'shish qoidalari.
Shuningdek tegishli ayirish qoidalari hisoblanadi. Bu usullarni bilish 100 ichida
amallarni o'rganishda ishlab chiqilgani uchun bu yerda ularning yangi sonli
materialda qo’llanishi ustida gap boradi:
100 ichida yozma qo'shish va ayirishni o'zlashtirish bu amallarni istagan
kattalikdagi sonlar ustida muvaffaqiyatli bajarish shartdir.
Ko'p xonali sonlarni ko'paytirish va bo'lish bir-biridan farq qiluvchi 3 bosqichga
araladi:
1-bosqich: bir xonali songa ko'paytirish va bo'lish.
2-bosqich: xona sonlariga ko'paytirish va bo'lish.
3-bosqich: 2 xonali va 3 xonali sonlarga ko'paytirish va bo'lish.
Boshlang’ich
sinflarda
o’quvchilarida
og’zaki
hisoblashlarning
asosiy
ko’nikmalari shakllanadi. Og’zaki hisoblash usullari ham yozma hisoblash usullari
ham amallar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarga amallar komponentlari
bilan natijalari orasidagi bog’lanishlarga asoslanadi. Ammo og’zaki va yozma
hisoblash usullarining farq qiluvchi tomonlari ham bor.
Og’zaki hisoblashlar:
Yozuvlarsiz (ya’ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan tushuntirib berilishi
mumkin:
Tushuntirishlarni
to’la
yozish
bilan
(ya’ni
hisoblash
usulini
dastlabki
mustahkamlash bosqichida) berish mumkin.
Masalan:
34+3=(30+4)+3=30+(4+3)=37,
9+3=9+(1+2)=(9+1)+2=12 va hokozo.
Berilganlarni va natijalarni yozish mumkin.
Masalan:
34+4=37
9+3=12
Hisoblash natijalarini nomerlab yozish mumkin.
Masalan:
1) 37,
2) 12
Bir xonali sonlarning yig’indisini esda mustahkam saqlash kerak. Shundan
foydalanib, yozmasdan tez va to’g’ri hisoblash mumkin bo’ladi.Buning uchun har xil
yo’llar qo’llaniladi, asosan sonlarning yuqori xonalardan boshlab amal bajariladi yoki
yaxlitlash yo’li bilan ham amal bajarish mumkin.
Masalan:
272+529=700+90+11=801
yoki
272+529=700+(72+28)+1=700+100+1=801
Biron sondan yig’indini ayirish uchun u sondan yig’indining har bir
qo’shiluvchisini ketma-ket ayirish mumkin.
Masalan:
18-(6+2) =18-6-2=10
Biron sondan bir necha sonni ayirish uchun ayiriladigan sonlarni qo’shishdan
chiqqan yig’indini ayirsak ham bo’ladi.
Masalan:
25-8-3-4=25-(8+3+4) =25-15=10
Yig’indidan biron sonni ayirish uchun u sonni biron qo’shiluvchidan ayirsak ham
bo’ladi.
Biron sondan ayirmani ayirish uchun u sondan kamayuvchini ayirib, ayiriluvchini
qo’shsak ham bo’ladi.
Masalan:
25-(13-8) =25-13+8=20
Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi.
Masalan:
430-210=(400+30)-(200+10)=(400-200)+(30-10)=200+20=220
Oraliq natijalar xotirada saqlanadi.
Og’zaki ko’paytirish sonlarning yuqorigi raqamidan boshlab yoki sonlarni
yaxlitlab bajariladi.
Masalan:
65∙8=60∙8+5∙8=480+40=520
67∙25=70∙25-3∙25=70∙100:4-75=1675
48∙27=50∙30-(27∙2+50∙3)=1500-204=1296
Hisoblashlar xar hil usullar bilan bajarilishi mumkin.
Masalan:
26∙12=26∙(10+2)=26∙10+26∙2=260+52=312:
26∙12=(20+6) ∙12=20∙12+6∙12=240+72=312:
26∙12=26∙ (3∙4)=(26∙3) ∙4=78∙4=312
Amallar 10 va 100 ichida va ko’p xonali sonlar ustida xisoblashlarning og’zaki
usullaridan foydalanib bajariladi.
Masalan:
54024:6=9004
Ayirmani biron songa bo’lish uchun kamayuvchini va ayriluvchini alohida bo’lib,
natijalarni bir-biridan ayirish mumkin.
Masalan:
(90-80):5=90:5-80:5
Ko’paytmani biron songa bo’lish uchun ko’paytuvchilardan birini o’sha songa
bo’lishning o’zi kifoya.
Masalan:
(27∙5):9=(27:9)∙5=3∙5=15
Biron sonni ko’paytmaga bo’lish uchun u sonni navbati bilan ko’paytuvchilarning
har biriga bo’lib, undan chiqqan soni ikkinchisiga yana bo’lish kerak va hokozo.
Masalan:
180:(18∙5)=(180:18):5=10:5=2
Biron sonni bo’linmaga bo’lish uchun u sonni uning bo’linuvchisiga bo’lib,
bo’luvchisiga ko’paytirish mumkin.
Masalan:
1000:(250:7)=(1000:250)∙7=4∙7=28
Bo’linmani biron songa bo’lish uchun bo’linuvchini o’sha songa bo’lib, chiqqan
natijani bo’luvchiga bo’lish mumkin yoki bo’linuvchini bo’luvchi bilan o’sha
sonning ko’paytmasiga bo’lish mumkin.
Masalan:
(1000:25):8=(1000:8):25=125:25=5
yoki
(1000:25):8=1000:(25:8)=1000:200=5
Ba’zi misollarni og’zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda
o’quvchilar yechimlarni taqqoslab ko’p xonali sonlar ustida arifmetik amallarning
mazmunini va sonlar ustida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib
oladilar. Demak, og’zaki hisoblashning turli usullarini bilish va uni o’quvchilarga
o’rgatish
o’quvchilarning
og’zaki
hisoblash
ko’nikma
va
malakalarini
mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
XULOSA
Boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish jarayonida o’quvchilarni arifmetik
amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga
individual yondashish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur kurs loyihasida psixologik-pedagogik nuqtai nazardan o’quvchilar
boshlang’ich sinf matematika darslarida arifmetik amallar bajarishni o’rganishini
tashkil etish didaktik prinsiplarining o’ziga xosliklari, o’quv jarayonining didaktik
ta’minoti, didaktik ishlanmalar moxiyati va yo’nalishi ko’rib chiqilgan, bu barcha
materiallarning Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik
amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirish
maqsad va masalalariga muvofiqligining ilmiy asoslanganligi bo’yicha taxlili
berilgan.
Boshlang’ich ta’lim amaliyotida qo’llanuvchi masalalar Boshlang’ich sinf
matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini
tashkil etish didaktik prinsiplarini shakllantirishga turli darajada qulaylik yaratadi. Bu
holat ularni shakllantirish ta’siri darajasi bo’yicha guruhlarga masalalarni cheklash
zaruriyatini qo’yadi.
Biz o’zimizning nazariy qarashlarimiz asosida Boshlang’ich sinfda matematika
kursining metodik ta’minoti tarkibini aniqladik va o’quvchilarning o’qish jarayonida
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarning arifmetik amallar bajarishni
o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarining foydalanilmagan imkoniyatlarini
belgiladik.
Eksperimental ma’lumotlarga suyanib, yangi qo’llanmalar didaktik materiallar
kompleksi va metodik tavsiyalar tizimi ishlab chiqildiki, ular o’quvchilar
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar
bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik printsiplarini faollashtirish darajasini
oshirishga imkon beradi.
Ishlab chiqilgan didaktik materiallar o’quv vaqti noishlab chiqarish sarfiyotini
kamaytirishga yordam beradi, o’quvchilar Boshlang’ich sinf matematika darslarida
o’quvchilarining arifmetik amallar bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik
prinsiplarini jadallashtirishga imkon yaratadi, o’quvchilar makoniy va mantiqiy
fikrlashi, o’quv ishiga ijodiy yondoshuvi va o’qishga qizikishini oshirishga imkon
beradi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar
bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga
individual yondashish bilim olish faoliyati muxim ahamiyat kasb etadi, chunki bola
birinchi marta jamoat jixatidan baxolanuvchi faoliyatga kirib boradi. Bu faoliyat
barcha o’quvchilar uchun majburiy bo’lgan qoidalardan iborat bo’lib uning
muvaffaqiyati birgina o’quvchiga emas butun jamoaning faol harakatini talab etadi.
Aynan shu davrda bola bilim olish faoliyatining jamoa ishlab chiqqan uslublarini
egallash zaruriyatini tushunadi. Chunki faqat ulargina qo’yilgan masalani
muvaffaqiyatli yechishni ta’minlaydi, aynan shu paytda bilim olish faoliyati
to’planadi.
Boshlang’ich sinf matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar
bajarishni o’rganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga
individual yondashishni tashkil etishda o’qituvchi yetakchi rol o’ynaydi. Uni shaxsi,
bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik maxorati - bular bari ko’rib
chiqilayotgan masalani muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Ayni
paytda o’quvchilarning rivojlanish darajasi, bilim doirasi kabi omillar ham ta’sir
etadi. Ushbu barcha omillar birgalikda ta’sir ko’rsatadi. Aynan o’kituvchi o’quv
materialini tizimlashtirib, ta’lim va uslub shaklini har bir o’quvchining qobiliyati va
imkoniyatini hisobga olgan holda ta’lim jarayonini tashkil etadi.
Olib borilgan ilmiy izlanishimiz boshlang’ich sinflarda matematika o’qitish
jarayonida o’quvchilarni matematika darslarida o’quvchilarining arifmetik amallar
bajarishni urganishini tashkil etish didaktik prinsiplarini o’rganish va ularga
individual yondashish usulllarini ishlab chiqish imkonini berdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1.
Sh.M.Mirziyoyev. “Erkin va farovon demokratik O’zbekiston Davlatini birgalikda
barpo etamiz” –T.: “O’zbekiston” 2016-y -56-b.
2.
Sh.M.Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har
bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -
104-b.
3.
Sh.M.Mirziyoyev. “Qonun usutuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt
taraqqiyoti va xalq farovoniligining garovi”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -48-b.
4.
Sh.M.Mirziyoyev. “Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga
quramiz ”–T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -488-b.
5.
Sh.M.Mirziyoyev. “Milliy taraqqiyot yo’limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi
bosqichga ko’taramiz”. –T.: “O‘zbekiston” 2017 y. -592 b.
6.
I. A. Karimov. “Barkamol avlod orzusi”. -T.: “O‘zbekiston” 1999 y.
7.
I. A. Karimov. «Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori». -T.: 1997-
y.
8.
I.А. Kаrimоv. Yuksаk mа’nаviyat-yеngilmаs kuch. – T.: “Mа’nаviyat”, 2008-y. 173
b.
9.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar
I-qism, T.: 1998 yil
10.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini isloh qilish bo’yicha me’yoriy hujjatlar
II-qism, T.: 1998 yil
11.
N.U.Bikbayеva,
R.I.Sidеlnikova,G.A.Adambеkova.
Boshlang’ich
sinflarda
matеmatika o’qitish mеtodikasi. (O’rta maktab Boshlang’ich sinf o’qituvchilari
uchun mеtodik qo’llanma.) T.: “O’qituvchi” 1996-y. -512b.
12.
M.Е.Jumayеv, Z.G’ Tadjiеva. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi.
(OO’Y uchun darslik.) T.: “Fan va tеxnologiya” 2005-y.
13.
M.E.Jumayеv. Boshlang’ich sinflarda matеmatika o’qitish mеtodikasi. T.:
O’qituvchi. 2006-y.
14.
M.E.Jumayеv.
“Boshlang’ich
matеmatika
o’qitish
mеtodikasidan
amaliy
mashg’ulotlar to’plami”. T.: O’qituvchi 2005-y.
15.
M.E.Jumayеv. Bolalarda matеmatik tushunchalarni rivojlantirish nazariyasi va
mеtodikasi. (KHK uchun ) ToshkеnT.: “Ilm Ziyo” 2005-y.
16.
M.E.Jumayev. Bolalarda boshlang‘ich matematik tushunchalarni rivojlantirish
nazariyasi va metodikasi. -T.: ILM ZIYO, 2013.-232 b.
17.
V.V. Danilova “Matematicheskaya podgotovka detey v doshkolnix uchrejdeniyax”. -
M., 1987 y.
18.
A.A.Stolyar "Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni
shakllantirish". -M., 1988.
19.
N.U.Bikbayeva, Z.I.Ibroximova, X.I. Qosimova "Maktabgacha yoshdagi bolalarda
matematik tasavvurlarni shakllantirish". -T.: "O`qituvchi" 1995.
20.
E.Sayidxalilov, Sh.Abdullayeva O‘quvchilar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish -
milliy dastur talabi. // “Xalq ta’limi”jurnali, 2001, 1-son, -B.13-20
21.
L.P.Stoylova, A.M.Pishkalo Boshlang‘ich matematika kursi asoslari. – T.: O‘qituvchi
1991.- 336 b.
22.
Ta’limda axborot texnologiyalari -T.: 2000. -131b.
23.
Tolipov O‘.Q., Usmonova M., Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari (O‘quv
qo‘llanma) - T.: Fan.2006.-262 b
24.
N.N.
Azizxo’jaeva
“Pedagogik
texnologiya
va
pedagogik
mahorat”. Toshkent, Nizomiy nomidagi TDPU, 2003-y.
25.
S.A. Akmalova. “Ta’lim nazariyasi didaktika masalalari bo’yicha o’quv qo’llanma”.
Namangan 1993-y.
26.
V.M.Kаrimоvа, F.А.Аkrаmоvа, G.О.Оchilоvа, G.M.Musахаnоvа “Pedagogika.
Psixologiya”. O’quv qo’llanma. Tоshkеnt Dаvlаt Iqtisоdiyot Univеrsitеti T.: 2011
27.
R. Ibragimov Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilish faoliyatini shakllantirishning
didaktik asoslari. Ped.fan.doktori ilmiy darajasi olish uchun yozilgan avtoreferati. –
T.: 2005.- 40 b.
28.
“Maktabgacha ta’lim” jurnali maqolalari
29.
www.natlib.uz internet kutubxona
30.
www.ziyonet.uz materiallari
31.
www.kitob.uz
32.
www.tdpu.uz
33.
www.referat.arxiv.uz
34.
www.testing.uz
35.
www.math.com