21dan 100 gacha sonlar ( 20 dan 29 gacha bo‘lgan sonlar)
Yuklangan vaqt
2024-03-08
Yuklab olishlar soni
13
Sahifalar soni
21
Faytl hajmi
2,2 MB
1-SINF
1-sinf Matematika fanidan
21dan 100 gacha sonlar ( 20dan 29 gacha
bo‘lgan sonlar) mavzusidagi dars ishlanmasi
OLtin qoidalar.
• Intizomli bo’lish.
• O’zaro hurmat.
• Faol qatnashish.
• Hamkorlikda ishlash.
• Do’stlar fikrini qadrlash.
• Vaqtdan unumli foydalanish.
• Izlanuvchanlik.
• Assalomu alaykum aziz o’quvchilar.
• Xamma darsga tayyormi?
• Darsimizni boshlasak bo’ladimi?
• Bugun darsda kim navbatchi?
Darsning maqsadi:
• a) ta'limiy: o‘quvchilarga 20 dan 29 gacha
bo‘lgan sonlar haqida bilim berish, ikki
xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish;
• b) tarbiyaviy: tabiatni sevishga, uning
go‘zalligini asrashga chaqirish;
• d) rivojlantiruvchi: olingan bilim, ko‘nikma
va malakalarini kundalik hayotda
foydalanish.
Dars turi: aralash.
Dars metodi: guruhda ishlash metodi, "kollaj"
metodi.
Dars jihozi: guruh nomlari yozilgan tablichkalar,
"kollaj" uchun tayyorlangan plakat, guruhlar
uchun konvertga solingan topshiriqlar, abak,
xatcho‘plar.
Darsning borishi:
Tashkiliy
qism.
O‘quvchilar
diqqatini
darsga
jalb
etish.
O‘quvchilarning
darsga
tayyorgarliklarini ta’'minlash. Ularni guruhlarga ajratish enerjayzer mashqlari orqali amalga
oshirilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi. "Qushchalar ini" enerjayzeridan foydalanish quyidagicha
amalcha oshiriladi: o‘quvchilar sinfda xuddi qushcha qanotlari kabi qo‘llarini ko‘tarib, tartibsiz
harakatlanadilar. O‘qituvchi o‘quvchilarga
“Mana, bahor keldi. Qushlar issiq o‘lkalardan
yurtimizga qaytib keldilar. Ular inlariga to‘rttadan qo‘ndilar”, - deganida o‘quvchilar to‘rttadan
bo‘lib birlashadilar. So‘ng yana shu harakat takrorlanadi. O‘qituvchi o‘quvchilarga “Qushlar
inlarga beshtadan qo‘ndilar", - deganida o‘quvchilar beshtadan bo‘lib birlashadilar. O‘yin shu
tariqa ular
4 ta guruhga bo‘lingunlariga qadar davom etadi. Agar guruhlarga ajratishda
o‘quvchilar ortib qolsa, ularning qolganlari o‘yin eksperti sifatida javob etiladi va ular o‘yin
davomida guruhlar ishlarini baholab boradilar. Tanlangan guruhlar quyidagicha nomlanishi
mumkin.
l-guruh - "Bilimdonlar" 2-guruh - "Zukkolar"
3-guruh - "Epchillar" 4-guruh - "Donolar"
O‘tilgan mavzuni mustahkamlash. O‘tgan darsdagi mavzuni
takrorlash maqsadida o‘quvchilar
ekranda berilgan topshiriqlarni
bajaradilar. Yuqoridagi bo‘sh kataklar o‘rniga pastda berilgan sonlami
kamayish tartibida joylashtirish topshirig'i beriladi. O‘quvchilar
topshiriqni bajaradilar.
Mazkur topshiriq o‘quvchilarga jamoa bo‘lib ishlashlari uchun
beriladi. Avval sinf doskasiga kollaj uchun plakat ilinadi. Plakatda
harakatdagi poyezd va tabiat manzarasi aks ettirilgan. Tasvirdagi
bulutchalar, poyezd g‘ildiraklari, oyna va gullarning o‘rnilari bo‘sh.
Ularni to‘ldirish uchun topshiriqlar beriladi.
l-guruh - "Bilimdonlar" guruhiga konvert ichiga solingan holatda
poyezd oynalariga yozilgan misollar berilgan:
10+1
10+2
10+7
12+5
18-8
17-7
2-guruh - "Zukkolar" guruhiga esa poyezd g'ildiraklari ichida
misollar beriladi:
17+1
15+2
16-6
13+2
15-5
16+1
3-guruh - "Epchillar" guruhiga bulutchalar ichiga yozi!gan
misollar beriladi:
10+6
10+7
10+2
12+3
10+8
10+5
4-guruh “Donolar” guruhiga gullar ichida yozilgan misollar
beriladi:
10+3
12-2
7+1
12+6
19-9
13-3
Navbatdagi multimedia lavhasida: "Berilganlardan foydalanib to‘g‘ri tenglik tuzing"
topshirig'i beriladi. Bu topshiriqni 0' quvchilarning o‘zlari bajaradilar. Shart
natijasida o‘quvchilar yig‘gan ballar guruh ballariga qo‘shiladi.
1+24=25
+25 -1 = 24
Endi o‘quvchilar o‘zlari yechgan misollarni rasmlari bilan birgalikda o‘z o‘rnilariga
qo‘yishlari kerak bo‘ladi. O‘qituvchi guruhlar oralab, ularning ishlarini kuzatib
boradi. Ekspertlar esa o‘quvchilarning tartib-intizomi, zukkoligi, chaqqonligi va
bajarayotgan ishining sifatiga qarab "5" balli tizimda baholaydilar. O‘quvchilarva
guruhlar bajargan ishlariga qarab rag'batlantiriladi.
Shu o‘rinda ularga tabiatni sevish lozimligi aytib o‘tiladi va poyezd oynalariga tosh
otish yomon odat ekanligi uqtiriladi.