KURS ISHI
O’QISH DARSLARIDA KO’RGAZMALI VOSITALARDAN
FOYDALANISH
MUNDARIJA
KIRISH
I BOB. O’QITISH VOSITALARI VA KO’RGAZMALI QO’LLANMALAR
DARS JARAYONIDA O‘QITISHNING KO‘RGAZMALI USULLARINI
SAMARALI QO‘LLASH
1.1. KO’RGAZMALI QUROLLARNING O’QUV FAOLIYATIGA TA’SIRI
1.2. O’QITISH VOSITALARINING METODIK TIZIMDAGI TARKIBIY
QISMLARI
II BOB. DARS JARAYONIDA O‘QITISHNING KO‘RGAZMALI
USULLARINI SAMARALI QO‘LLASH
2.1. DARS MASHG’ULOTLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN
SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
2.2. DARS JARAYONIDA O’QUV-DIDAKTIK MATERIAL HAMDA
VOSITALARNI TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Prеzidеntimiz Shаvkаt Mirziyоyеv о‘qituvchi vа
murаbbiylаr kunigа bаg‘ishlаngаn tаntаnаli mаrоsimdаgi nutqlаridа, “Bugun hаr
bir о‘qituvchi vа tаrbiyаchi, оliygоh dоmlаsi tа’lim vа ilm – fаn sоhаsidаgi еng
sо‘nggi ijоbiy yаngiliklаrni о‘quv jаrаyоnlаrigа tаtbiq еtа оlаdigаn, chuqur bilim
vа dunyоqаrаsh еgаsi, bir sо‘z bilаn аytgаndа, zаmоnаmiz vа jаmiyаtimizning еng
ilg‘оr vаkillаri bо‘lishlаri kеrаk. Bundаy ustоzlаr qо‘lidа tа’lim оlgаn
fаrzаndlаrimiz biz оrzu qilgаn О‘zbеkistоnning yоrug‘ kеlаjаgini bunyоd еtishgа
qоdir аvlоd bо‘lib kаmоl tоpаdi. Lеkin bu yuksаk nаtijаlаrgа еrishish uchun tа’lim
tizimidаgi mаvjud muаmmоlаrni hаl qilishimiz lоzim”.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini hozirgi kun talablari asosida
tayyorlashda “Ona tili o‘qitish metodikasi“ fani ham ustuvor vazifalarni bajarishda
salmoqli o‘rinni egallaydi. Zamonaviy ta’limda ta’lim muassasalaridagi o‘qitish
sifatini ta’minlashga qaratilgan tizimli islohotlar zamirida bo‘lajak
o‘qituvchilarning kasbiy mahorati, ularning zamonaviy ta’lim va innovatsion
texnologiyalar, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish borasidagi zamonaviy bilim,
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish dolzarb vazifalardan sanaladi.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang`ich sinflarda o’qish darslarida ko’rgazmali
materiallardan foydalanish ustida ishlash xususiyatlarini o‘rganish, taklif va
tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari:
Boshlang`ich sinflarda o`quvchilarga ko’rgazmali qurollar orqali dars
tushuntirishdir.
Boshlang`ich sinf o‘quvchilariga interfaol va didaktik metodlarda o’qish darslari
tashkil qilish metodikasi.
Ko’rgazmali materiallardan foydalanish metodikasi.
Boshlang`ich sinflarda ustida ishlashning o‘ziga xos xususiyatlarini keng tarzda
yoritib berishdan iborat
2
Kurs ishining obyekti: boshlang’ich sinf o’qish darslarida ko’rgazmali
materiallardan foydalanish orqali o`quvchilar bilimini shakllantirish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: boshlang’ich sinf o’qish darslarida ko’rgazmali
materiallar tashkil qilish va uni o’tkazish mazmuni, vositalari, shakl va metodlari
Kurs ishining tuzilishi vа hаjmi. Kirish, ikkitа bоb, xulоsа, fоydаlаnilgаn
аdаbiyоtlаr rоʻyhаtidan iborat bo‘lib, asosiy matn 31 betdani tashkil qiladi.
I BOB. O’QITISH VOSITALARI VA KO’RGAZMALI QO’LLANMALAR
DARS JARAYONIDA O‘QITISHNING KO‘RGAZMALI USULLARINI
SAMARALI QO‘LLASH
1.1. KO’RGAZMALI QUROLLARNING O’QUV FAOLIYATIGA
TA’SIRI
Ko‘rgazmali usullar deganda, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan ko‘rgazmali
qurollar va texnika vositalariga ko‘p darajada bog‘liq bo‘lgan o‘quv materialini
o‘zlashtirish shakllari tushuniladi. Ta’limning ko‘rgazmali vositalari bilimlarni
o‘rganish va o‘zlashtirish darajasini belgilaydi. Bunda, masalan, tikuv mashinasi
detallari namunalari ko‘rsatilishi yoki tikuv mashinasida bajariladigan texnologik
jarayonning videotasviri namoyish qilinishi mumkin. Asosiy maqsad dars
mazmuni, albatta. O‘qituvchi esa qoshimcha tuzatishlar kiritishi mumkin xolos.
Ta’limning bunday metodlaridan foydalanilganda o‘quvchilarning bilish faoliyati
ko‘gazmali vositalar yordamida shakllanadigan yoki esga tushiradigan hissiy
obrazlarga, tassavurlarga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘rgazmali qurollar bilimlarni tartibga
solish va boyitishga, shuningdek, o‘quvchilarning fikr yuritish faoliyatini
faollashtirishga yordam beradi. Ta’limning ko‘rgazmali metodlari o‘quvchilarning
bilim faoliyatida obrazli va mantiqiy, aniq va mavhum, hissiy va aqliy jihatlar
3
nisbatini chuqur tushunishni talab etadi. O‘qitishning ko‘rgazmali usullarini
qo‘llash Y.A.Komenskiyning “Buyuk didaktika” asaridayoq o‘z asosini topgan.
”O‘quvchilar sezib, idrok etishi mumkin bo‘lgan narsalarni, albatta, sezgilar
vositasi bilan, ko‘rish mumkin bo‘lgan narsalarni ko‘z bilan ko‘rib, eshitish
mumkin bo‘lgan narsalarni quloq bilan eshitib, hidi bor narsalarni tatib ko‘rib,
ushlab sezish mumkin bo‘lgan narsalarni ushlab ko‘ribgina bilib olishlari kerak”,-
deb yozgan edi u.
Ko‘rgazmali idrok katta imkoniyatlarga ega. Eslab qolishda ko‘rgazmalilikning
o‘zi emas, balki ularning nutq va amaliy faoliyat bilan birlashtirilishi eng yuqori
samaradorlikka ega bo‘ladi. Bu o‘qitish usullarining eng samarali birikmasini
izlash zarurligidan dalolat beradi. Shuning uchun ham ayrim didaktik
qo‘llanmalarda ko‘rgazmalilik tomoyilini o‘quv-bilish faoliyatidagi jonli
mushohada va abstrakt tafakkurning organik bog‘liqligini ta’kidlab, aniq hamda
mavhumlik birligi sifatida talqin qilinishi bejiz emas. Oqitish jarayonida
qo‘llaniladigan ko‘rgazmali vositalariga quyidagilar kiradi: - o‘qituvchining
namoyish qilishi, ekskursiya, sayr va hokazolar davomida o‘quvchilar tanishadigan
asl holidagi tabiiy obyektlar; - real obyektlarni aks ettiruvchi maxsus
tayyorlanadigan illyustratsiya – tasviriy vositalar – plakatlar, sxemalar, rasmlar,
fotosuratlar, grafik qo‘llanmalar va hokazolar, shuningdek, hajmli geometrik
shakllar, jismlar, mulyajlar va boshqalar; - ko‘rgazmalilikning shartli va ramziy
vositalari – kartalar, globuslar, telluriylar va boshqalar; - tabiiy - matematik
yo‘nalishdagi predmetlarni o‘rganishda qo‘llaniladigan namoyish qilish asboblari,
modellari va boshqalar; - ko‘rgazmalilikning texnik namoyish qilish vositalari –
kinofilm, diafilm, diapozitivlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari va shunga
o‘xshashlar; - tovush, ko‘rish va eshitish vositalari – videoyozuv, videofilmlar va
hokazolar. Shundan ta’limning ko‘rgazmali usullarini ikkita kichik guruhi:
illyustratsiya usullari va namoyish qilish usullari mavjud degan xulosa kelib
chiqadi. O‘qitishning yassi vositalarini illyustratsiya qilish usullari plakatlar,
sxemalar, rasmlar, chizmalar, fotosuratlar, grafik qo‘llanmalar va boshqalarni
ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. O‘qitishning hajmli vositalarini namoyish qilish
4
usullari asbob va uskunalarni namoyish qilishni; dinamik qo‘llanmalar, asl holidagi
tabiiy obyektlarni ko‘rsatishni; texnik namoyish qilish vositalari – kinofilm,
diafilm, diapozitivlar, axborot kommunikatsiya texnologiyalari; tovush, ko‘rish va
eshitish vositalari ( videoyozuvlar, videofilmlar) va hokazolarni nazarda tutadi.
O‘qituvchi o‘qitishning umumiy tamoyillariga tayanib, o‘qitishning ko‘rgazmali
usullarini qo‘llash qachon samarali bo‘lishligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi, ya’ni
ularning imkoniyatlarini bilishi kerak. Quyida o‘qitishning ko‘rgazmali usullaridan
namunalar keltiriladi. “Ertaklar yaxshilikka yetaklar” usuli Bu harakatli ko‘rgazma
o‘qish faniga oid. O‘quvchi ertak asosida rasm chizilgan teskari turgan qog‘ozni
olib boshiga kiyadi. O‘tirgan o‘quvchilar shu ertak asosida o‘quvchiga savollar
beradi. O‘quvchi ertakni qanchalik yaxshi bilganlgi javobiga bog‘liq va ayni
damda bu ko‘rgazma o‘quvchilarni o‘ziga jalb qiladi. Bu ko‘rgazmani darsda
qo‘llaganda dars juda qiziq o‘tadi. Ayniqsa musoboqa darslarida o‘quvchilar
javobiga qarab guruhlar baholanadi. “O‘yla, izla, top” usuli Bu harakatli
ko‘rgazmani barcha fanlarda qo‘llasa bo‘ladi. Buning uchun qo‘llaydigan fandan
savollar tuziladi. O‘quvchi charxpalakni aylantirib, o‘q qaysi savolga to‘xtasa
o‘quvchi o‘sha savolga javob beradi. “O‘yla, bolajon!” usuli Bunda doirachalar
ichida harflar yozilib, shu harflar bir-birlariga chiziqlar orqali birlashtirilgan
bo‘ladi, o‘quvchi ularni ya’ni harflarni o‘qigan holda yashiringan so‘zni topib, shu
so‘zga berilgan savollarga javob berishlari lozim. Bu ko‘rgazmadan o‘qish va ona
tili darslarida qo‘llashi mumkin.
5
“Piktogramma” usuli Bu usulda ertak qahramoni yoki multfilm qahramonlari rasmi
ko‘rsatiladi, o‘quvchilar ushbu qahramonlarni rasmlariga qarab, multifilm yoki
ertakni nomini topshlari kerak. Masalan:
“Yoriltosh” ertagi “Qizil shapkacha” ertagi “Bobo sholg‘om”
ertagi
Tadqiqotlar natijasi shuni tasdiqladiki, maqsadga muvofiq tuzilgan mashqlar
tizimi vositasida o‘quvchilarda o‘qitishning ko‘rgazmali usullaridan foydalanish
ko‘nikma va malakalarini samarali shakllantirish mumkin.
Ko'rgazmali qurollar, boshlang'ich sinflarda o'qish darslarida o'quv faoliyatiga
ta'sir qilishi mumkin. Bu qurollar, o'quvchilarning dars vaqtlarini yaxshilash,
ma'lumotlarni yaxshi o'rganish va tushuntirishga yordam berish uchun foydali
bo'ladi. Ko'rgazmali qurollar o'quvchilarga interaktiv darslar o'tkazish,
ma'lumotlarni yodlash va tushuntirishda yordam beringan bo'ladi. Bu qurollar
6
o'quvchilarning qiziqishlarini tortish va ta'lim jarayonini qiziqarliroq qilishda ham
foydali bo'ladi.
Ko'rgazmali qurollar o'quvchilarning darsda qatnashish darajasini oshirish,
ularning ma'lumotlarni amaliyotga aylantirish, tushunish va ta'lim jarayonida
ishtirok etishga himoyalashda muhim rol o'ynaydi. Bu qurollar o'quvchilarga
ma'lumotlarni oson tushunish, sinovlar va vazifalarni bajarishda yordam berish,
tajribiy ishlar va misollar orqali ma'lumotlarni mustahkamlashda muhim rol
o'ynaydi.
Ko'rgazmali qurollar o'qituvchi va o'quvchilar uchun samarali va qulay texnik
vositalardir. Ular darslarni ko'proq qiziqarliroq qilish, ma'lumotlarni oson
tushunish va yodlashda yordam beradi. Bu qurollar o'quv faoliyatini yanada sodda
va samarali qilishda muhim rol o'ynaydi.
Ko'rgazmali qurollar, interaktiv darslar o'tkazish, ma'lumotlarni oson yodlash va
tushuntirishga yordam berish uchun dizayn qilingan. Bu qurollar o'quvchilarga
qiziqishlarini tortish, ma'lumotlarni yaxshi o'rganish va sinovlar orqali
malumotlarni mustahkamlashda yordam beradi. Ko'rgazmali qurollar o'quvchilar
uchun qiziqarli va maqbul texnik vositalar bo'lib, o'quv jarayonini yanada samarali
va qulay qilishda foydali bo'ladi.
Ko'rgazmali qurollar o'quvchilarning darsda ishtirok etish darajasini oshirishga
yordam beradi. Bu qurollar arqoniy va interaktiv darslar tuzish, ma'lumotlarni
amaliyotga aylantirish va sinovlar orqali ma'lumotlarni testlashda yordam beradi.
Ular o'quvchilarning ma'lumotlarni oson tushunish va yodlashda yordam beradi.
Ko'rgazmali qurollar o'qituvchi va o'quvchilar uchun samarali va qulay texnik
vositalardir. Ular darslarni yanada qiziqarliroq qilish, ma'lumotlarni oson tushunish
va sinovlar orqali malumotlarni mustahkamlashda yordam beradi. Bu qurollar
o'quv faoliyatini sodda va samarali qilishda muhim rol o'ynaydi.
Ko`rgazmali qo`llanmalar o`quvchilarning chizmachilik kursini
o`rganishlari va grafik tоpshiriqlarni bajarishlarida yordamlashish maqsadida
tayyorlanadi. O`quv-ko`rgazmali qo`llanmalarni tеkis (plakatlar) va hajmli
(mоdеllar va dеtallar namunalari) qo`llanmalarga ajratish mumkin.
7
O`z kasbiga ijоdiy yondashadigan chizmachilik o`qituvchilari faqatgina
standart o`quv-ko`rgazmali qo`llanmalar bilan chеgaralanib qоlmasdan mustaqil
ravishda оriginal plakatlarni tayyorlab dars jarayonida fоydalanishi ham mumkin.
O`rganilayotgan mavzuning хaraktеrli tоmоnlarini оchib bеradigan bunday
plakatlar ayniqsa o`quvchilar uchun yangi, tushunishlari qiyin bo`lgan mavzularda
juda katta yordam bеradi. Fоydalanish usullari va tuzilish printsiplariga ko`ra
ularni statik va dinamik plakatlarga bo`lish mumkin. Ko`zlangan mavzuni bitta
tеkislikda bajarilgan tasvir va shakllar оrqali оchib bеrishga mo`ljallangan
plakatlar statik, mavzuni bayon qilish jarayonida tarkibiy qismlari biri ikkinchisiga
nisbatan harakatlantiriladigan plakatlar dinamik plakatlar dеyiladi.
1.2. O’QITISH VOSITALARINING METODIK TIZIMDAGI TARKIBIY
QISMLARI
Mеtоdik tizimning tarkibiy qismlaridan biri o`qitish vоsitalaridir. Ularga
darsliklar, didaktik vоsitalar, ko`rgazmali qo`llanmalar, o`qitishning turli tехnik
vоsitalari kiradi. O`qitish vоsitalariga shuningdеk kоmpyutеr, ekran va tоvushli,
nazоrat va o`qitish dasturlari ham kiradi. Chizmachilik fanining o`ziga хоs
хususiyatiga ko`ra uni o`zlashtirish uchun o`quvchilarda fazоfiy tasavvurning
8
shakllanib, rivоjlanishi zarurligi talab qilinadi. Shu sababli ta’lim muassasalarida
chizmachilikdan o`qitish vоsitalarining yеtarlicha bo`lishi, fan o`qituvchisining
ulardan o`rinli fоydalana оlishi hamda talab darajasida maхsus jihоzlangan
kabinеtning bo`lishi ta’lim samaradоrligini ta’minlashga ko`maklashadi.
O`quvchilarning bilim оlishida va ularda grafik madaniyatning shakllanishida
o`quv adabiyotlari (darsliklar, o`quv qo`llanmalar, tоpshiriqlar to`plamlari va ish
daftarlari kabilar) va o`quv jarayonida fоydalaniladigan ko`rgazmali qo`llanmalar
(stеndlar, plakatlar va h.) alоhida ahamiyatga ega.
O'qish vositalarining metodik tizimdagi tarkibiy qismlari o'qitishning amaliy va
nazariy qismlarini o'z ichiga oladi. Bu qismlar quyidagilardan iborat bo'lishi
mumkin:
Maqsad va mazmuniy qism: O'qitish jarayonidagi maqsadlar, o'quvchilarga
yetkazilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar va umumiy maqsadlar bu qismda
ko'rsatiladi.
Darsning boshlanishi: Dars boshlanishidan oldin o'qituvchi darsni boshlash uchun
muhim tayyorgarliklarni amalga oshiradi.
Asosiy qism: Bu qismda asosiy ma'lumotlar o'quvchilarga ta'lim etiladi.
Amaliy mashg'ulotlar: O'quvchilar bu qismda o'rganilgan ma'lumotlarni amaliy
ravishda sinovdan o'tirishlari uchun mashg'ulotlarga qatnashishadi.
Baholash va qiymatlash: O'quvchilar baholanadi va o'qituvchi o'quv natijalariga
e'tibor beradi.
Qayta tuzilish: Dars davomida o'quvchilar tomonidan o'rganilmagan nuqtalar yoki
muammolar qayta tushuntiriladi va mustahkamlanadi.
Darsning tugash qismi: Darsning oxirida o'quvchilarga o'rganilgan ma'lumotlarni
qayta tekshirish va baholash uchun vaqt ajratiladi.
Metodik tizimning bu qismlari bir-biriga aloqador bo'lib, o'quv jarayonining
samaradorligini ta'minlaydi.
Metodik tizimning boshqa qismlari ham mavjud bo'lishi mumkin, ular
quyidagilar o'z ichiga oladi:
9
O'quv materiallari: Darsda foydalaniladigan darsliklar, elektron resurslar,
ko'rsatmalar va boshqa o'quv materiallari bu qismda tuziladi.
O'quv jarayonini boshqarish: O'qituvchi o'quvchilarga ma'lumotlarni yetkazish,
o'quvchilarning tushunish darajasini tekshirish va darsning davomi bo'yicha
boshqa harakatlarini boshqarish uchun usullar va taktikalar bu qismda ko'rsatiladi.
Kommunikatsiya: O'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi muloqot va aloqalar bu
qismda o'rganiladi.
Individual yondashuv: O'qituvchi o'quvchilarning individual xususiyatlarini,
talablarni va zaruratlarini tushunish va ularga mos ta'minotni taqdim etish uchun
usullar bu qismda ko'rsatiladi.
O'quvchilarning motivatsiyasini oshirish: O'qitish jarayonida o'quvchilarning
motivatsiyasini oshirish uchun qo'llaniladigan usullar va texnologiyalar bu qismda
ko'rsatiladi.
Bu qismlar metodik tizimning to'liq tuzilishi va o'quv jarayonining
samaradorligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega. O'qituvchilar metodik
tizimni to'liq tuzish va uning barcha qismlarini samarali ravishda amalga oshirish
orqali o'quvchilarga yaxshi ta'lim berishlari mumkin.
II BOB. DARS JARAYONIDA O‘QITISHNING KO‘RGAZMALI
USULLARINI SAMARALI QO‘LLASH
2.1. DARS MASHG’ULOTLARIDA TARQATMA MATERIALLARDAN
SAMARALI FOYDALANISH TEXNOLOGIYASI
10
Ma’lumki, dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish
juda muhim ahamiyatga ega hamda ularni tayyorlash pedagogdan sabr-toqat,
kreativ yondashuv va mahorat talab etadi. Tarqatma materiallar sifatida berilgan
topshiriqlar ta‘lim oluvchilarning dars jarayonida individual, juftlikda yoki guruh
bo‘lib hamkorlikda ishlashiga, berilgan topshiriqlarni hamjihatlikda bajarishiga,
vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Shuningdek, tarqatma materiallar
yordamida bir vaqtning o‘zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham
eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilish shubhasiz ta‘lim oluvchilarning puxta
bilim olishlariga va o‘z navbatida ushbu egallangan bilim ular xotirasida uzoq vaqt
saqlanib qolishiga yordam beradi.
Bugungi kunda dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanish
tobora keng qo‘llanilmoqda va buning samarali hamda ijobiy tomonlari yaqqol
ko‘zga tashlanmoqda. Darsda ta‘lim oluvchilarning bilim, malaka va
ko‘nikmalarini birdek shakllantirishda pedagogdan ulkan mahorat talab etiladi.
Bunday paytda mavzuga oid ma’lumotlarni, grammatik qoidalarni, berilgan
matnlarni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi.
Tarqatma materiallar - bu har qanday ko‘rgazmali vositalar bo‘lib, bu
diagrammalar, chizmalar, jadvallar, fotosuratlar, taqdimot slaydlari va boshqalar
bo‘lishi mumkin. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi
qoidalarga alohida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq: - matn shrifti 12 dan kichik
bo‘lmasligi; - sarlavhalarni bosh harf bilan yozishi; - bir betda 80 tadan ko‘p belgi
(harf, qavs, undov belgisi va hokazo) ishlatmaslik; - matnlar tushunarli, qisqa va
oddiy bo‘lishi; - varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi; - tarqatish jarayonida
me‘yorni unutmaslik va shu kabilar.
Tarqatma materiallar yordamida o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish,
olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida ta‘lim oluvchilar bilan
mustaqil muhokama qilish, ular diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga
qaratish, ularni darsga faol jalb qilish, ularning olgan bilimlarini nazorat qilish va
sinash mumkin. Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli
ravishda: - axborot beruvchi; - topshiriq beruvchi; - bilimni nazorat qiluvchi
11
turlarga ajratish mumkin. Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda
o‘ziga xos kamchiliklar ham mavjud. Tarqatma materiallar tayyorlash pedagogdan
ko‘p kuch va vaqt, mablag‘ hamda yuksak mahorat talab qiladi. Har bir ta‘lim
oluvchiga imkon qadar bitta tarqatma material berilishi maqsadga muvofiq. Bu
qo‘shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi. Tarqatma material asosida o‘zaro
muhokama cho‘zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e‘tibor
pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim kamchiliklariga qaramay, dars
mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun va
tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda keng foydalanish
mumkin. Ayniqsa chet tillarini o‘qitishda grammatik qoidalar ko‘pchilik ta‘lim
oluvchilarda ba’zi tushunmovchiliklarni yoki savollarni keltirib chiqaradi. Bu kabi
holatlarda grammatik qoida tushuntirilgach, ularni mustahkamlash sifatida
tarqatma materiallardan o‘z o‘rnida samarali foydalanish ijobiy natija beradi.
Shuningdek, tarqatma materiallarning muhim ijobiy tomonlaridan yana biri
shundaki, u bevosita ta‘lim oluvchilarning qo‘lida bo‘lib, berilgan topshiriqni
bajarishga bo‘lgan mas’uliyat hissini oshiradi, darsda imkon qadar faol ishtirok
etishiga undaydi va uning tasavvur qilib, erkin fikrlashiga imkon yaratadi. Og‘zaki
nazorat. Ushbu jarayonga pedagogning ta‘lim oluvchi bilan jonli muloqoti, uning
fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq
tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo‘shimcha savollar berish imkoniyatlari
kiradi. Pedagog tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tayyorlanish
doimo ta‘lim oluvchining faol fikrlashi bilan bog‘langan. Og‘zaki javob yaxshi
tayyorlangan ta‘lim oluvchiga o‘zining iqtidorini, qo‘shimcha egallagan bilimlarini
namoyish etishga ikmon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob
davomida ta‘lim oluvchining bilimlari to‘g‘risidagi barcha gumonlarni bartaraf
etish imkoni bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda og‘zaki nazoratda ularning bilimlarini
baholashda ma’lum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo‘ladi.
Shu sababli har bir pedagogda ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini
baholashda doimo xolis va shaxsiy munosabat bir vaqtning o‘zida ro‘yobga
chiqadi. Test. Test bu biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni
12
egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Tarqatma materiallar yordamida o‘tkazilgan
test nazoratlari va uning afzalliklariga quyidagilarni sanab o‘tish mumkin: - yetarli
tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o‘tkazayotgan shaxsga bog‘liq
bo‘lmagan xolis pedagogik o‘lchov quroli hisoblanadi; - test o‘quv mavzularining
barcha asosiy mazmunini qamrab olishi mumkin; - o‘qitish natijalarini test usulida
o‘lchash barcha tekshiriluvchilarga baravar qo‘llanadigan oldindan ishlab chiqilgan
mezon asosida aniq va ishonchli baho beradi; - test nazorati
texnologiyalashuvchan, u nisbatan qisqa vaqt ichida ma’lum o‘quv mavzulari
o‘zlashtirilishining to‘la nazoratini kam kuch va vositalar sarflab o‘tkazish
imkonini beradi; - test nazorati kompyuterlar yordamida oson avtomatlashtiriladi.
Bu pedagogik test o‘tkazishning asosiy afzalliklaridan biridir. Ma’ruza. Ma’ruza
o‘qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, pedagogik faoliyatda yetakchi
o‘rinni egallaydi. U pedagog mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi.
Munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya
elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori
bo‘lishiga erishish mumkin. Ma’ruza so’ngida o‘qituvchi talabalarga tarqatma
materiallar yordamida ma’ruza mavzusi doirasida savollar berishi, test o‘tkazishi,
rasmli yoki diagrammali ma’lumotlarni qo‘shimcha ilova sifatida taqdim etishi va
shu kabi ko‘plab imkoniyatlardan foydalanishi mumkin. Munozara. Ko‘pchilik
o‘quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standaritlari, o‘qitish dasturlari,
o‘quv rejasi va ta’lim muassasasining o‘ziga xosligiga bog‘liq ravishda munozara
tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlarini taqozo etadi. Munozara tarzida olib borilgan
o‘quv mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanishni ijobiy
natijaning ilk belgisi sifatida baholash mumkin. Bunda ta’lim oluvchilar faolligi
ta’minlanadi, shubhali vaziyatlarga o‘rin qoldirilmaydi hamda ularning xohishlari
inobatga olinadi. Eng muhimi, bunday sharoitda o‘quv materiali to‘la-to‘kis
o‘zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko‘rinish va
mazmunda bo‘ladi. Ko‘rsatma va ta’kidlarning ishonchliligi yuqori darajada
bo‘ladi. Guruhlarga bo‘linib ishlash. Bu so‘nggi yillarda Evropa mamlakatlarida
keng ommaviylik tusini olgan o‘qitish metodidir. Guruhlarga berilgan vazifalar
13
bosqichma-bosqich navbatlanishi, ya’ni galma-gallanishi lozim. Shu sababli ushbu
jarayonda tarqatma materiallardan keng foydalanish ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
Ta’lim yo‘nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda
bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi. Guruh bo‘lib ishlash kengroq
joy va siljitiladigan o‘quv mebellarini talab qiladi hamda pedagogning nazorati
barcha guruh uchun baravar bo‘lishi lozimligi ham qiyinchilik tug‘diradi.
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng
murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo‘yilgan masalaning mohiyatidan
kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish
mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallarini o‘zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq
va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo‘l keladi. Bunda ham kam
sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi va tarqatma materiallar
ko‘pincha rasmli, jadvalli yoki matnli shaklda tarqatiladi. Tarqatma materiallar
guruhlarga alohida-alohida bo‘lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar
topilgach, mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Echimlar va fikrlar xilma-
xilligi yuzaga kelsa o‘qituvchi bosh hakam tarzida so‘nggi va hal qiluvchi so‘zni
aytadi. Tarqatma materiallarning ta’lim oluvchilar yosh xususiyatlariga va bilim
darajasiga mosligi bunda o‘ta muhim omil hisoblanadi. Loyihaviy topshiriqlar.
Biror o‘quv materialini atroflicha va chuqur o‘rganish uchun bu yondashuv katta
samara beradi. O‘rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy
qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbimi o‘tkazish
uchun bazaviy va boshlang‘ich tayanch ma‘lumotlar talab qilinadi. Shu sababli
loyihaviy topshiriqlar yuzasidan tarqatma materiallar tayyorlash jarayoni ancha
murakkab hisoblanadi. Bunday topshiriqlar o‘quv ijodkorligini oshiradi,
mustaqillik sari etaklaydi. Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi,
mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma’lumotlar
yig‘indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo‘ladi. Rolli o‘yinlar. Bunday
o‘yinlar muammoli topshiriqlaming bir ko‘rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli
chiqishlar bunday mashg‘ulotlaming asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik,
topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi
14
fazilatlami namoyish qilishga keng imkon beradi. Ushbu jarayonda pedagog
tarqatma materriallardan foydalanishda har bir taclim oluvchining salohiyatiga mos
vazifa topshirishi juda muhimdir. Bu kabi dars mashg‘ulotlarida ko‘pincha rasmli
tarqatma materiallardan keng foydalaniladi. Shuningdek, sahnalashtirish uchun
mos keluvchi matn yoki ertak, dialog kabilar varaqlarga yozilib, qismlarga
ajratiladi hamda rolli o‘yinlar uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Bunda ta‘lim
oluvchilar dars mashg‘ulotlarida katta ishtiyoq bilan qatnashadilar hamda
o‘zlarining bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.
2.2. DARS JARAYONIDA O’QUV-DIDAKTIK MATERIAL HAMDA
VOSITALARNI TAYYORLASH VA ULARDAN FOYDALANISH
Ta`lim vositalari deb – o`rganilish lozim bo`lgan o`quv materialni talabalar
ongiga yetkazish uchun xizmat qiluvchi vositalar majmuasiga aytiladi.
Ta`lim vositalarining xususiyatlariga ko`ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik
va real vositalar. Quyidagi chizmada ta`lim vositalarining turlari keltirilgan. Ta`lim
vositalarining xususiyatlarga ko`ra matnli vositalar; tasvirli vositalar; audiovizual
vositalar; yordamchi (jihoz) vositalar; modelli vositalar; haqiqiy vositalarga bo`lish
mumkin. Ma`lumot olish va ma`lumotlarni qayta ishlash uchun
o`quv dasturlari
maxsus adabiyot (darslik, o`quv qo`llanmalar)
ma`ruza matnlari
15
tarqatma materiallar
imtixon va nazorat varaqalari (umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun )
fotosuratlar
eskiz, chizma, sxemalar
tasvirlar, jadvallar, simvollar
plakatlar
Nazariy darslarda ta`lim beruvchilar asosan matnli va yordamchi vositalardan,
misol uchun darsliklar va tarqatma materiallardan va texnik vositalardan
foydalanadilar.
Amaliy mashg`ulotlarda ular ko`proq tasvirli va real vositalardan, ya`ni eskiz,
chizmalar, asbob-uskunalardan foydalanadilar. Ovoz va tovushli (audio),
shuningdek, tasviriy tasavvurlarni shakllantiradigan audiovizual vositalar
jarayonlar va vazifalar to`g`risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga
keltiradi.
MODELLI TEXNIK VOSITALAR: Yordamchi vositalar buning aksi o`laroq tasvir
va matnlarni yozib olish va saqlash imkonini beradi. Ular doska, flipchart, pinbord
16
doskasi, kodoskop, videoproyektor kabilardir. Ish sohasiga tegishli real narsalar,
ya`ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars paytida didaktik funksiyaga ega
bo`lsa, o`quv vositasi sifatida qo`llanilishi mumkin. Ta`lim vositalaridan
foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo`ljallangan guruh, maxsus soha va
metodlarga mos holda tanlash muhim o`rin tutadi. Bundan tashqari ta`lim beruvchi
o`quv va ko`rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va
oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak.
Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni
hal qila oladigan bo`lishi lozim. Ta`lim jarayonida texnik vositalardan foydalanish
juda muhim o`rin egallaydi. Ushbu vositalar yordamida mashg`ulotlarni
zamonaviy talablarga javob beradigan tarzda olib borish hamda ta`lim
oluvchilarning diqqatini jalb etishda keng foydalanish mumkin. Texnik vositalar
ma`lumotlarni vizuallashtirishga yordam berib, kerakli tasvir va matnlarni yozib
olish va saqlash imkonini beradi. Ta`lim beruvchilar doska tasvirlari, flipchart
tasvirlari va kodoskop slaydlari kabi vizual vositalarni o`zlari ishlab chiqadilar.
Shu sababli bunday vositalardan foydalanish qoidalari, ularning afzallik va
kamchiliklarini hisobga olish lozim. Quyidagi materiallarda bo`r doska, flipchart,
kodoskop, pinbord doskasi va videoproyektor kabi texnik vositalardan foydalanish
bo`yicha yo`l-yo`riqlar berilgan. Bo`r doska eng qadimgi, arzon va boshqalarga
nisbatan ko`proq ishlatiladigan vosita hisoblansa kerak. Mana ko`p yillardirki, u
nazariy va amaliy darslarda qo`llaniladigan texnik vosita hisoblanadi. Bugungi
televizorlar va kompyuterlar dunyosida doska sinfdagi eng ishonchli va ko`proq
qo`llaniladigan o`quv vositasidir. Doskadan foydalanishni ham rejalashtirib olish
zarur. Buning uchun o`tiladigan mavzu bo`yicha doskaga yoziladigan matn va
chizmalar tartib bilan rejalashtirib, qog`ozga xomaki varianti ishlab chiqiladi.
Doskadan foydalanishning asosiy qoidalari
• Barcha yordamchi vositalarni oldindan tayyorlab qo`yish
• Doskaga aniq va orfografik xatolarsiz yozish
• Matn yoki chizmalar oraliqlarini bir xil taqsimlash
• Rangli bo`rlarni didaktik talablarga mos kelgan holatda ishlatish
17
• Ta`lim oluvchilar bilan doim «ko`z aloqasi»ni saqlab turish
• Faqat bir tomonga emas, barcha ta`lim oluvchilarga qarab gapirish
• O`zlashtirish natijalarini tekshirib turish
• Muhim bo`lgan ma`lumotlarga alohida e`tiborni yordamchi vositalar yordamida
qaratish
Doskaning afzalliklari:
• arzonligi;
• ma`lumotlarni taqdimot qilish uchun qulayligi;
• yozuvlar yozish uchun ishlatilishi;
• asosiy punktlarni tushuntirish uchun foydalanish mumkinligi;
• chizma va grafiklarni chizib ko`rsatish mumkinligi;
• diqqatni jalb qilish uchun foydalanilishi.
Flipchart- doskaga juda o`xshashligiga qaramasdan, ko`pgina farqlar ham
mavjud. Flipchartning eng asosiy qulayligi – bu matnni o`chirmasdan yozib
ketaverish imkoniyatining borligi, ya`ni joy etishmasligidan yozilgan yozuvlarni
o`chirishga hojat yo`q, faqat yetarlicha qog`oz bo`lishi talab etiladi. Shunday qilib,
barcha fikr-mulohazalarni saqlash mumkin, hatto bir necha kundan so`ng bu
qog`ozni yana osib qo`yish va munozarani davom ettirish mumkin. Flipchartning
boshqa qulayligi, sinfdagi devor yoki doskaga birin-ketin hamma varaqlarini
yopishtirish imkoniyati hisoblanadi. Butun guruh ishining natijalarini bir paytda
ko`rish, taqqoslash va saqlab qolishning bunga teng boshqa imkoniyati yo`q.
Flipchartdan nima maqsadda foydalaniladi?
• guruhiy bahs-munozaralarning natijalarini saqlash va ularni kelajakdagi
tadbirlarda ishlatish uchun;
• jarayonning bosqichlarini ko`rsatish uchun;
• taqdimotni tashkillashtirish uchun;
• turli masalalar bo`yicha asosiy qismlarini ajratib ko`rsatish uchun.
Flipchartning afzalliklari:
• flipchartni kerakli joyga siljitish mumkinligi;
• foydalanishning qulayligi;
18