O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
“5 sinf Ona-tili fanidan nazorat ishlari yuzasidan”
Metodik tavsiyalari
Ushbu
metodik
tavsiya
umumiy
o‘rta
ta’lim
maktablari
o‘qituvchilari uchun tavsiya sifatida tayyorlangan bo‘lib, darslarda
foydalanish mumkin bo‘lgan metodlarni va ma’lumotlarni o‘z ichiga
olgan. Ushbu metodik tavsiyada berilgan metodlar va ma’lumotlardan,
umumiy
o‘rta
ta’lim
maktablarining
o‘qituvchilari
darslarida
o‘quvchilarning bilimlaridagi bo`shliqlarni to`ldirish va darslarni
na’munali tashkil etish maqsadida foydalanishlari uchun tavsiya etiladi.
Metodik
tavsiya
o‘quvchilarning
bilimidagi
bo‘shliqlarni
to‘ldirishda, ta’lim sifat va samaradorligini oshirishda muhim manba
bo‘lib xizmat qiladi. Tavsiyaning yaratilishidan ko‘zlangan maqsad ham
ta’limiy va tarbiyaviy sohaga yo‘naltirilgan.
So‘zboshi
Ushbu metodik tavsiya ona tili o’qituvchilari uchun tayyorlandi. Tavsiya o‘z
ichiga yil davomida o‘quvchilardan ona tili fanidan olinadigan nazorat ishlarini
ayrimlariga nisbatan tavsiya ko‘rinishida shakllantirilgan. Ona tili fanidan nazorat
ishlarining soni belgilangan bo‘lib ularni qay tarzda o‘tkazish bolalarning
jismoniy va psixologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda shu bilan birgalikda
DTS asosida tashkil qilishga doir tavsiyalar berilgan.. Nazorat ishlari diktant,
bayon, insho, matn yaratish, taassurot yozish hamda testlardan iborat.
Tavsiya qilingan nazorat ishlari DTS talablari asosida diktant va bayonlar
to‘plami, 5-sinf ona tili darsligidan foydalanilgan holda tuzilgan bo‘lishi
maqsadga muvofiq.
Ona tili fanidan Davlat ta`lim standarti
5-9 sinflar
O‘quvchilar ona tili fanidan quyidagi bilim, ko‘nikma va malakalarni
egallashlari shart.
a) grammatikaga oid o‘zlashtiriladigan bilimlar:
fonetika, leksikalogiya, so‘zning tarkibi, so‘z yasalishi, morfologiya,
sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, nutq uslublari, stilistikaga oid
tushunchalar. b)nutqni oshirish:
birinchi yo‘nalish – o‘quvchilarning so‘z boyligini kengaytirish va qo‘llanish
(o‘quvchilarning o‘zlari uchun yangi bo‘lgan so‘zlarning ma`nosini va qo‘llanish
doirasini aniqlash); ikkinchi yo‘nalish – o‘zbek adabiy tili me`yorlarini
o‘rganish, adabiy
talaffuz me`yorlari (to‘g`ri talaffuz me`yorlari, so‘z birikmalari va gap tuzish
me`yorlari, so‘z turkumlari va sintaksis tuzilishlarining uslubiy imkonyatlari,
xususan, sinonimikasi) shuningdek, lug`aviy sinonimika va qo‘shimchalarning
sinonimikasi hamda, umuman, Grammatik sinonimika bilan tanishish; uchinchi
yo‘nalish – o‘quvchilarda fikrni og`zaki va yozma bog`lanishli
bayon qilish malaka va ko‘nikmalari shakllanadi.
O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan zaruriy talablar
Bilimlar. Tilning kishilik jamiyatidagi ahamiyati. O‘zbek tilshunosligi, o‘zbek
adabiy tili, o‘zbek xalq shevalari, til va yozuv, dunyo tillari, yozma adabiy nutq,
nutq va matn, matnning xarakteri. “Davlat tili haqida”gi Qonunning tarixiy va
ijtimoiy ahamiyati.
O‘zbek tilshunosligining asosiy bo‘limlari.
Sintaksis. So‘z birikmasi, gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari (darak gap,
so‘roq gap, buyruq gap, his-hayajon gap), gap bo‘lagi, gapning bosh bo‘laklari:
ega, kesim.
Sodda gap, yig`iq soda gap, yoyiq sodda gap. Gapning ikkinchi darajali
bo‘laklari: to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol. Tinish belgilari, ko‘chirma gap. Uyushiq
bo‘lakli gaplar. Undalma.
Fonetika. To‘g`ri talaffuz (orfoepiya). Grafika, imlo. Nutq a’zolari. Nutq
tovushlari va harflar, harf birikmalari. Unli va undosh tovushlar. Jarangli va
jarangsiz undoshlar. So‘zda tovushlarning almashinishi. Unli va undosh tovushlar
imlosi. Ochiq va yopiq bo‘g`in. Bo‘g`in ko‘chirish qoidalari. So‘zni bo‘g`inlarga
ajratish. So‘z urg`usi va mantiqiy urg`u.
Grafika. Alfavit, bosh harf, tutuq belgisi, ko‘chish belgisi, harflar birikmasi,
qator kelgan bir xil undosh harflar, o‘zbek tili imlosining asosiy tamoyillari, imlo
qoidalari.
Leksikologiya. So‘z va uning ma’nolari. O‘zbek tilining so‘z boyligi.
Lug`atning asosiy boyish manbalari. So‘z ma’nosi, lug`aviy ma’no. Bir ma’noli
va ko‘p ma’noli so‘zlar. So‘zning bosh ma`nosi. So‘zning o‘z va ko‘chma
ma`nosi. So‘zning o‘z va ko‘chma ma`noda qo‘llanilishi borliqni aniq va ramziy
ifodalash vositasi sifatida.
Sinonim (ma’nodosh), uyadosh so‘zlar, antonym (zid ma’noli), omonim
(shakldosh) va paronimlar. Iboralar, ularning lug’aviy ma’nosi, uslubiy o‘rni va
nutqdagi vazifasi.
Izohli lug`at, imlo lug`ati, sinonimlar lug`ati. Lug`at va lug`atlarning turlari.
O‘zbek tilining sinonimlar lug`ati. O‘zbek tilining antonimlar lug`ati.
Morfologiya. So‘z tarkibi. O‘zak. So‘z yasalishi. So‘zning o‘zak qismlari.
O‘zakdosh so‘zlar. Qo‘shimchalarning turlari: so‘z yasovchi, so‘z o‘zgartiruvchi
qo‘shimchalar.
So‘zlarning turkumlari bo‘linish mezonlari. Mustaqil so‘z turkumlari (ot, sifat,
son, olmosh, fe’l, ravish). Yordamchi so‘z turkumlari (bog`lovchi, ko‘makchi,
yuklama, undovlar, modal so‘zlar, taqlid so‘zlar).
Ot so‘z turkumi, uning lug`aviy ma`nosi, morfologik belgilari va sintaktik
vazifasi. Otning ma`no turlari. Atoqli otlarninguslubiy qo‘llanilishi. Otlarda son
shakllari. Ko‘plik qo‘shimchasi. Kelishiklar. Egalik qo‘shimchalari. Otlarning
tuzilish jihatdan turlari ( soda, juft, qo‘shma va qisqartma otlar.)
Fe’l, uning lug`aviy ma’nosi, morfologik belgilari va sintaktik vazifasi. Fe’lning
tuslanishi. Fe’l zamonlari. O‘tgan zamon, hozirgi zamon, hozirgi-kelasi zamon,
kelasi zamon fe’llari.
Ko‘nikmalar: Tilning kishilik jamiyatidagi ahamiyati, o‘zbek tilshunosligi,
o‘zbek adabiy tili, o‘zbek xalq shevalari, til va yozuv, tilning paydo bo‘lishi, tillar
o‘rtasidagi munosabatlar, dunyo tillari, yozma adabiy nutq, og`zaki adabiy nutq
kabilarni izohlay olish: so‘zlarning turkumlariga bo‘linish mezonlari haqida
tasavvur hosil qilish, mustaqil so‘z turkumlari va yordamchi so‘z turkumlarini
farqlay bilish; umumxalq so‘zlari bilan qo‘llanish doirasi cheklangan so‘zlarni,
so‘zlashuv leksikasi bilan kitobiy leksikani, so‘zning lug`aviy va grammatik
ma’nolarini, tub so‘zlar bilan yasama so‘zlarni, soda, qo‘shma va juft so‘zlarni,
so‘z turkumlarini, mustaqil so‘z bilan yordamchi so‘zni, so‘z bilan so‘z
birikmasini, sodda gaplarning turlarini, gap bo‘laklarini, sodda gap bilan qo‘shma
gapni o‘zaro farqlay olish; fonetik, lug`aviy, leksik, morfologik jihatdan qisman
sintaktik tahlil qila olish; grammatik atamaga asoslanib grammatik vositani va
qoidani, grammatik vositaga asoslanib grammatik atama va qoidani eslay olish;
Sintaksis bo‘yicha. So‘z birikmasi, gap, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlarini
farqlay bilish, gap bo‘lagi, gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari,
undalmani nutqda to‘g`ri qo‘llay olish.
Fonetika bo‘yicha. Orfoepiya, grafika, imlo, nutq a’zolari, nutq tovushlari va
harflar, harf birikmalari, unli va undosh tovushlar, so‘zda tovushlarning
almashinishi, ochiq va yopiq bo‘g`in, bo‘g`in ko‘chirishqoidalari, so‘zni
bo‘g`inlarga ajratish, so‘z urg`usi va mantiqiy urg`uni izohlay olish;
Leksikologiya bo‘yicha. So‘z va uning ma`nolari. O‘zbek tilining so‘z boyligi.
Lug`atning asosiy boyish manbalari. Bir ma`noli va ko‘p ma`noli so‘zlar.
So‘zning o‘z va ko‘chma ma`nosini farqlay olish, iboralar haqida tasavvurga ega
bo‘lish, lug`at va uning turlarini farqlay bilish.
Morfologiya bo‘yicha. So‘z tarkibi, o‘zak, so‘z yasalishi, so‘zning o‘zak
qismlari, o‘zakdosh so‘zlar, qo‘shimchalarning turlarini ajrata olish.
Malakalar: matn yaratish darajasida gap tuzish; mustaqil gaplarni o‘zaro
bog`lay bilish, gapda so‘z tartibini to‘g`ri belgilash; matnda xat boshining
yaxlitligi va fikr izchilligi, muhokama elementli matn yaratish; fikrni yozma
ravishda bayon etish (miqdoriy ko‘rsatkich – 10-12 ta gap); tinish belgilaridan
(undalmali gaplarda), uyushiq bo‘laklarda, ajratilgan izoh bo‘laklarda,
undalmalarda va qo‘shma gap qismlarini bog`lashda, ko‘chirma gapda, dialogda
to‘g`ri foydalanish; Grammatik atama va tushunchalardan, qoida vat ta`riflardan
matn yaratish jarayonida foydalanish. O‘rganilgan gap qurulishlariga mos
keladigan matn yaratish; darak, so‘roq, buyruq gaplarni, uyushiq bo‘lakli,
qo‘shma va ko‘chirma gaplarni ifodali o‘qish; unli va undosh tovushlarni
orfoepiya qoidalariga muvofiq to‘g`ri talaffuz qilish; qo‘shma va qisqartma
otlarni, qo‘shma fe’llarni to‘g`ri yozish; nutqda sinonim, omonim, antonim va
uyadosh so‘zlardan o‘rinli, uslub talabiga ko‘ra to‘g`ri foydalanish; imlo
lug`atidan va ikki tilli lug`atlardan, izohli va boshqa lug`atlardan foydalanish;
uyadosh so‘zlarga misollar keltirish; atamalar va mahalliy so‘zlarni ajratish, ular
orasidagi ma’noviy farqlarni aytib berish.
5-sinf o‘quvchilari uchun ona tili fanidan ijodiy bayon va diktant yozishda
belgilangan vaqt va so‘zlar miqdori
1
Nazorat turi
Belgilangan vaqt
So‘zlar miqdori
2
Diktant
2 soat
100-110 so’z
3
Ijodiy bayon
2 soat
100-150 ta so‘z
Ona tili fanidan 5-sinf o‘quvchilari uchun o‘quv yili davomida ona tili
fanidan olinadigan nazorat ishlar ro‘yxatidan ayrimlarini misol tariqasida
ko‘rib chiqamiz albatta har bir o‘qituvchi ijodiy yondashgan holda
mavzularni darslikdan chiqmagan holda shakllantiradi va o‘tkazish tartibini
belgilaydi.
O‘quvchilarni yosh xususiyatidan kelib chiqqan holda yondashamiz .
Belgilangan nazorat ishlaridan o‘quvchilar Maktab mavzusida matn yaratishlari
kerak.
Matn yaratish.
Maktab
Maqsad: O‘quvchilarni matn tuzish ko‘nikma, bilim va malakalarini
rivojlantirish, matn tuzishda ijodiy yondashishga o‘rgatish, yozma nutqini
o‘stirish.
Metodik tavsiya: O‘quvchilarga matn tuzishda so‘z va gaplarning sintaktik va
mazmuniy to‘g`ri bog`lanishiga e’tibor qaratishini nazorat qilish lozim.
Fikrlarning izchilligi, mantiqiyligi, o‘quvchi o‘z fikrini to‘g`ri yetkaza berishi
matn tuzishda ahamiyatlidir. Shuningdek, matn tuzishda xalq maqollari, ibratli
fikrlar, hikmatli so‘zlar, she’rlardan ijodiy foydalanish maqsadga muvofiqdir.
O‘quvchida bu borada muayyan ko‘nikma hosil bo‘lishi lozim. O‘qituvchi matn
mavzusiga xos ko‘rgazmali qurollar, rasmlar, shuningdek AKT orqali
videoroliklardan unumli foydalanishini tavsiya qilamiz.
Yana bir nazorat ishi o‘quvchilarni insho yozishga bo‘lgan bilimlarini
shakllantirish uchun qo‘yilgan mavzu insho yozish bunda o‘quvchilar Vatanga
muhabbat mavzusida erkin ijodiy yondashgan holda insho yozishlari va reja
shakllantirib olishlari lozim bo‘ladi.
Nazorat ishi. Insho
Vatanga muhabbat
MAQSAD: O‘quvchilarning yozma nutqi, mustaqil va ijodiy fikrlash
ko‘nikmamalakalari, imlo va uslubiy savodxonliklarini aniqlash.
METODIK TAVSIYA: O‘quvchilar insho mavzusiga mos reja tuza
olishlari ;insho mavzusini reja asosida to‘liq va izchil yoritishi; jumlalarni
ifodalash usulida so‘z boyligining rang-barangligi, so‘zlarni to‘g`ri tanlashi va o‘z
o‘rnida qo‘llashi, uslubiy qonun-qoidalarga rioya qilishlari; insho mazmuniga
badiiy vositalarni singdirilganligiga; inshoni mustaqil fikrlab, aniq faktlar asosida,
ravon, teran mushohada qilib, inshoni xulosalay olishga alohida e`tibor
qaratishlari; insho yozish jarayonida o‘zbek adabiy til gammatikasining me’yor
va imkoniyatlariga rioya qilishi, so‘zlashuv nutqi bilan kitobiy nutq me’yorlariga
amal qilish, gapda so‘zlarni joylashtirish, o‘zgargan tartibdan to‘g`ri foydalanish
tavsiya qilinadi. Inshoda so‘z va gaplarning sintaktik hamda mazmuniy
bog`lanishiga e’tibor qaratish lozim.
NAMUNA:
Reja:
1. On-Vatan timsoli doim barhayot.
2. Vatanga muhabbat hissi.
3. Vatanimiz tinchligini asraylik.
Keying nazorat ishi bu matn yaratish hisoblanib o‘quvchilar oddiydan
murakkablik tomon sekin asta nazorat ishlarini o‘zlashtirib kelmoqdalar. Yoz -
o‘tadi soz mavzusida matn yaratish vazifasi qo‘yildi albatta, ustozlari yordamida
olgan bilim va ko‘nikmalaridan kelib chiqqan holda matn tuzadilar.
Nazorat ishi. Matn yaratish
Yoz– o‘tadi soz
Maqsad:
O‘quvchilarning
yozma
nutqini
shakllantirish,
matn
tuzish
ko‘nikmasini rivojlantirish, fikrlash qobiliyatini o‘stirish.
Metodik tavsiya: O‘qituvchi o‘quvchilarga matn mavzusi haqida ma’lumot
berib, matn tuzishda so‘z va gaplarning o‘zaro bog`lanishiga e’tibor berishi
lozimligini ta’kidlab o‘tishi; o‘quvchilarning yozgi ta’til haqidagi fikrlarini
og`zaki eshitish; turli ko‘rgazmali qurollardan, yoz fasli aks etgan rasmlardan,
AKT orqali videoroliklardan foydalanishni tavsiya etamiz.
Nazorat ishi. Test
Bunda o‘quvchilarni olgan bilimlari mustahkamlanishi bilan birgalikda ularda test
ishlash ko‘nikmasi ham shakllanadi. Asosiy e’tibor berishimiz kerak bo‘lgan omil
o‘quvchilarga xos va mos bo‘lgan testlar bazasini yaratish yani soda ortiqcha
chuqur fikrlashga va mantiqiy undashga majbur qilmaydigan savollardan tuzilsa
maqsadga muvofiq bo‘lar edi.
Na’munalar
1. Qaysi mustaqil so‘z turkumi atash ma'nosiga ega emas?
A. Ot B. Son C. Olmosh D. Ravish
2. O‘z ma'nosida qo‘llangan so‘z birikmasinl aniqlang.
A Qattiq ovoz B. Qattiq sovuq C. Qattiq yer D. Qattiq uyqu
3. Ko‘chma ma'nodagi so‘z birikmasi qaysi qatorda berilgan?
A. Dala malikasi B. Go‘dak kulgusi C. Do‘stining ovozi D. Supurilgan uy
4. Bitta mazmuniy guruhga mansub bo‘lgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A. G‘o‘za, tola, paxta. B. Hayvon, osmon, gazmol.
C. Texnika, buzoq, dazmol. D. Chorva, maktab, yer.
5. Talaffuzi yaqin, ammo ma'nosi farqlanuvchi so‘zlar qatorini toping.
A.
Daha-daho, bob-bop, sada-sado.
B.
Yuz-bet, kul-gul, bahor-shahar.
C.
Kerak-terak, shivirlamoq-gapirmoq, ko‘p-oz.
D.
Salqin-talqin, urush-tinchlik, tub-tup.
6. Til qanday yo‘llar tilan boyiydi?
A Yangi so‘z yasash B. Boshqa tillardan so‘z olish
C. Shevalardan so‘z olish D. A. B. S javoblar to‘g‘ri
7. Tarixiy eskirgan so‘zlar qaysi javobda berilgan?
A. Qozi, xon B. Riyoziyot, falakiyot
C. Aqcha, rayon D. Internet, monitor
8. Maqtamoq so‘zi ma'nosini qaysi ibora ifodalaydi?
A. Belni bog‘lamoq B. Og‘zidan bol tommoq
C. Ko‘kka ko‘tnrmoq D. Tisnining kovagida saqlamoq
9. Berilgan so‘zlarning qaysi biri narsa va hodisalarning ikkinchl nomini
ifodalaydi?
A. Samo lochini B. Arxeolog C. Paxtakor D. Ulug‘ alloma
10. Botanikaga oid atamalar qaysi qatorda berilgan?
A. Milod, kalendar, hujayra B. Kesma, arxeologiya, masal
C. Urug‘chilik, o‘q ildiz, kurtak D. Bahor, drama, teatr
11. Adabiy til uchun faqat bittasi me'yor sanalib, qabul qilingan so‘zlar
qanday so‘zlar hisoblanadi?
A. Kasbiy atamalar B. Ilmiy atamalar
C. Olinma so‘zlar D. Shevaga xos so‘zlar
12. Leksikografiya qanday fan?
A. Tilshunoslik B. Lug‘atshunoslik
C. To‘g‘ri yozish D. So‘zlar boyligi
13. Qaysi lug‘at so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatadi?
A Izohli lug‘at B. Tarjima lug‘at
C. So‘z lug‘at D. Imlo lug‘at
14. Qo‘rqmas archasini yasatib, eng uchiga katta yulduzchani ildi. — Qaysi
so‘zlar to‘ldiruvchi vazifasida kelgan?
A. Qo‘rqmas, yasatib B. Eng, katta
C. Archasini, ildi D. Yulduzchani, archasini
15. Qaysi qatordagi so‘zlarda unlilar qator kelgan?
A. Inson, tugun, quruq B. Tabiat, muomala, muallim
C. Faol, oltin, yorqin D. Duo, mehribon, bilan
16. Atalganlik,
sabab ifodalovchi, bir ochiq, bir yopiq
bo‘g‘indan
iborat ko‘makchi qaysi qatorda berilgan?
A. Bilan B. Uchun C. Kabi D. Singari
17.
Darak gapni so‘roq gapga aylantirib qo‘yuvchi qo‘sbimcha shaklidagi
yuklama qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A.-chi B.-da C.-mi D.-ku
18.
lkki shaxs,
tushuncha yoki narsa-buyumni bir-biridan
ayirib ko‘rsatish uchun qanday teng bog‘lovchi ishlatiladi?
A. Hamda B. Bilan C. Ammo D. Goh-goh
19. Q undoshi x tarzida talaffuz qilinadigan so‘zlar qatorini toping.
A. To‘q, taroq, xushchaqchaq B. Taqsimlamoq , to‘qson, maqtov
C. Saqlanish, so‘roq, yutuq. D. Yantoq, buzoq, taqsir.
20. Belgini darajalab ko‘rsatuvchi so‘z turkumi qaysi gapda ishtirok
etgan?
A Atrof oppoq qorga burkangan. B. Atrof jim-jit.
C. Akmal aka ikkalamiz qoldik. D. Kutilmaganda opam kirib keldi.
21. Istak gap qaysi javobda to‘g‘ri erilgan?
A. Har ish qilsang, el bilan kengash.
B.
Inson mehnati bilan ko‘rkam bo‘lishini bilasizmi?
C.
Ta'til kunlari boshlandi.
D. Topshiriqni bugunoq bajar.
22.
23.
Issiq so‘zining ma'nodoshi qaysi qatorda berilgan?
A Quruq B. Iliq C. Yoz D.Oftob
24.
Qaysi qo‘shimchalar yangi so‘z yasaydi?
A. Shaxs-son qo‘shimchalari B. Egalik qo‘shimchalari
C. Kelishik qo‘shrnichalari D. So‘z yasovchi qo‘shimchalar
24. Qaysi olmoshlarga kelishik qo‘shimchalari qo‘shilganda fonetik hodisa
yuz beradi?
A. Biz, siz, ular B. Men, sen, bu
C. Ana, mana, kim D. Qanday, hamma, nima
25. Faqat ochiq bo‘g‘inli so‘zlar qaysi qatorda berilgan?
A. Havo, ozoda. gazeta B. Qizaloq, piyola, aqlli
C. O‘rtoq, binokor, yoqimli D. Terak, istak, nuqta
Javoblar
№
1
2
3
4
5
6
7
8
9
10 11 12 1
3
Javob:
C
C
A
A
A
D
A
C
A
C
D
B
D
№
14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25
Javob:
D
B
B
C
D
B
A
A
B
D
B
A
Xulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytishimiz kerakki har qanday ta’lim yoshlarni
kelajagiga qaratilishi lozim chunki eng qimmat va samara beradigan investitsiya
yoshlarga, ta’limga beriladigan investitsiya hisoblanadi. Shunday ekan har bir
jonkuyar ustozlarimiz o‘z bilim-ko‘nikma va tajribalaridan kelib chiqqan holda
nazorat ishlarini shakllantiradi, maskur metodik tavsiya ham o‘rni kelganda bir
muncha sizlarga yordami tegsa o’zimni maqsadimga erishganman deb
hisoblayman.
Hozirgi kundagi tilga berilaotgan e‘tibor davlat siyosati darajasiga
ko‘tarilgan bir davrda kasbga va Dars muqaddas degan tushunchaga biz ham
fidoyi yondashsak kelajak bunyodkorlarini voyaga yetkazishimizda o‘zimizni
ma’lum darajada hissamizni qo‘shganmiz deya olamiz.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g`risida”gi Qonuni, 1997.
2.
Ona tili o‘qitish metodikasi. 2014 yil
3.
Dillarda Vatan madhi. T: “O‘zbekiston”, 2007.
4.
M. Mahmudov, A. Nurmonov, A. Sobirov, V, Qodirov, Z. Jo‘raboyeva
5- sinf ona tili darslik Toshkent 2015.