ABDULLA AVLONIY IJODI VA BOLALAR KITOBXONLIGI

Yuklangan vaqt

2024-09-23

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

5

Faytl hajmi

42,5 KB


 
 
 
 
 
 
ABDULLA AVLONIY IJODI VA BOLALAR KITOBXONLIGI 
  
Reja: 
 
1. Avloniy – pedagog, jamoat arbobi, yozuvchi.  
2. Xalq pedagogikasida (o‘sha davr) Abdulla Avloniyning o‘rni.  
3. Avloniy tashkil qilgan maktab va gazeta haqida Avloniyning tarjimonlik 
faoliyati. 
4. Avloniyning pedagogika sohasida amalga oshirgan ishlari.  
  
  
Tayanch so‘z va iboralar.  O‘sha davr xalq pedagogikasida Avloniyning 
o‘rni, “Birinchi muallim”, “Alifbo”, “Ikkinchi muallim”, “O‘qish kitobi”, “Maktab 
she’ri”, “Turkiy Guliston yohud axloq”, “Maktab Gulistoni”. 
Dars maqsadi: Abdulla Avloniyning hayoti va adabiy faoliyati, xalq 
pedagogikasidagi o‘rni, tashkil qilgan maktab va gazeta haqida hamda tarjimonlik 
faoliyati to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish.   
Dars vositalari: Abdulla Avloniyning nashr etilgan asarlari, slaydlar, izohli 
lug‘atlar. 
Dars mеtodi: Dars mazmunini tushuntirish, matn bilan tanishtirish, 
shoirning asarlari tahlili, suhbat, savol-javob. 
 
Zaruriy adabiyotlar: 
1. Karimov I. O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. –T.”Ma’naviyat”, 1992. 
2. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “O‘qituvchi”, 1994. 
ABDULLA AVLONIY IJODI VA BOLALAR KITOBXONLIGI Reja: 1. Avloniy – pedagog, jamoat arbobi, yozuvchi. 2. Xalq pedagogikasida (o‘sha davr) Abdulla Avloniyning o‘rni. 3. Avloniy tashkil qilgan maktab va gazeta haqida Avloniyning tarjimonlik faoliyati. 4. Avloniyning pedagogika sohasida amalga oshirgan ishlari. Tayanch so‘z va iboralar. O‘sha davr xalq pedagogikasida Avloniyning o‘rni, “Birinchi muallim”, “Alifbo”, “Ikkinchi muallim”, “O‘qish kitobi”, “Maktab she’ri”, “Turkiy Guliston yohud axloq”, “Maktab Gulistoni”. Dars maqsadi: Abdulla Avloniyning hayoti va adabiy faoliyati, xalq pedagogikasidagi o‘rni, tashkil qilgan maktab va gazeta haqida hamda tarjimonlik faoliyati to‘g‘risida talabalarga ma’lumot berish. Dars vositalari: Abdulla Avloniyning nashr etilgan asarlari, slaydlar, izohli lug‘atlar. Dars mеtodi: Dars mazmunini tushuntirish, matn bilan tanishtirish, shoirning asarlari tahlili, suhbat, savol-javob. Zaruriy adabiyotlar: 1. Karimov I. O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat. –T.”Ma’naviyat”, 1992. 2. Jumaboev M. Bolalar adabiyoti. –T.: “O‘qituvchi”, 1994.
 
 
3. Avloniy A. “Turkiy Guliston yohud axloq”. –www. Ziyouz.com 
kutubxonasi. 
Internet manbalari: 
1. www.pedagog.uz 
2. www.ZiyoNET.uz 
3.www.edu.uz 
Dars mazmuni:  
 
O‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va 
yozuvchi Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida 
dunyoga keladi.  
Abdulla Avloniy boshlang‘ich diniy maktabda va madrassada o‘qidi, ilm-
fanga ixlos qo‘ydi. O‘zbek va boshqa Sharq xalqlari adabiyotini berilib o‘rgandi. 
Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. 
Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib 
turadi.  
Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o‘zining 
birdan-bir burchi deb biladi va 1904-yilda o‘zi yashab turgan joyda, Mirobodda 
maktab ochadi.  
Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o‘ziga tortishi uchun harakat 
qildi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv 
taxtasi, parta yasab, barcha o‘quv jihozlarini o‘zgartiradi. Bu erda o‘qiydigan 
bolalarning katta-ko‘pchiligini kambag‘allarning bolalari tashkil etganligi sababli 
muallim boy-badavlat do‘stlarining ko‘magida “Jamiyati hayriya” tashkil etadi. Bu 
bilan bolalarga kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul bo‘lishini ta’minlaydi. 
Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o‘quvchilarning soni 
ko‘payib boradi. 
Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy 
fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand 
3. Avloniy A. “Turkiy Guliston yohud axloq”. –www. Ziyouz.com kutubxonasi. Internet manbalari: 1. www.pedagog.uz 2. www.ZiyoNET.uz 3.www.edu.uz Dars mazmuni: O‘zbek madaniyatining ulkan vakillaridan biri, pedagog, jamoat arbobi va yozuvchi Abdulla Avloniy 1878-yilda Toshkent shahrida to‘quvchi oilasida dunyoga keladi. Abdulla Avloniy boshlang‘ich diniy maktabda va madrassada o‘qidi, ilm- fanga ixlos qo‘ydi. O‘zbek va boshqa Sharq xalqlari adabiyotini berilib o‘rgandi. Abdulla Avloniy 14 yoshidan boshlaboq she’rlar yozishni mashq qila boshladi. Uning bu davrda yozgan ilk she’rlari o‘sha davr vaqtli matbuot sahifalarida bosilib turadi. Abdulla Avloniy xalqni ilm-fan nurlaridan bahramand qilishni o‘zining birdan-bir burchi deb biladi va 1904-yilda o‘zi yashab turgan joyda, Mirobodda maktab ochadi. Abdulla Avloniy maktab har tomonlama bolani o‘ziga tortishi uchun harakat qildi. Uning qo‘lidan duradgorlik ishlari ham kelar edi. Shuning uchun u yozuv taxtasi, parta yasab, barcha o‘quv jihozlarini o‘zgartiradi. Bu erda o‘qiydigan bolalarning katta-ko‘pchiligini kambag‘allarning bolalari tashkil etganligi sababli muallim boy-badavlat do‘stlarining ko‘magida “Jamiyati hayriya” tashkil etadi. Bu bilan bolalarga kiyim-bosh, oziq-ovqat, daftar, qalam bepul bo‘lishini ta’minlaydi. Avloniy ochgan maktabning shuhrati tobora ortib, o‘quvchilarning soni ko‘payib boradi. Abdulla Avloniy o‘zi tashkil qilgan maktabda bolalar diqqatini asosiy fanlarga jalb etib, ularning tezda savodini chiqarishga va aniq fanlardan bahramand
 
 
bo‘lishga harakat qildi. U bolalarga jug‘rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, 
hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar beradi. 
1907-yilda “Shuhrat” deb nomlangan ro‘znoma tashkil etadi va uning 
sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ‘ib 
etadi. Jumladan, ro‘znomaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga o‘z holini 
ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlarni yorituvchi, xalq 
orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, himmat g‘oyalarini yoyuvchidir” deb yozgan 
edi.    
A.Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” deb nomlangan to‘rt qismdan 
iborat bo‘lgan darsligida maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni 
esa tanqid qiladi.  
O‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – 
“Alifbe”, “Ikkinchi muallim” – “O‘qish” kitoblari katta rol o‘ynaydi. 
Bu kitoblarda Avloniy o‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini 
davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. “Birinchi 
muallim” – “Alifbe”, “Ikkinchi muallim” esa “O‘qish kitobi” rolini bajardi.  
“Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfning yolg‘iz yoziladigan 
shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so‘zning 
boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgach, so‘ng alifni barcha “bosh 
harflar”ga qo‘shib bo‘g‘inlar hosil qilgan. 
“Ikkinchi muallim”da bolalarning axloq, odobiga doir, halollik va poklikka 
oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik 
obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan.  
Kitob “Maktab” she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o‘qisa, 
savodxon bo‘lsa, juda ko‘p narsalarga erishajagi chiroyli ta’riflanadi: 
 
 
 
Maktab duru gavhar sochar, 
 
 
 
Maktab sizga jannat ochar, 
 
 
 
Maktab jaholatdan qochar, 
 
 
 
G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! 
 
 
 
Maktab sizni inson qilur, 
bo‘lishga harakat qildi. U bolalarga jug‘rofiya, tarix, adabiyot, til, hisob, handasa, hikmat (fizika) kabi fanlardan ma’lumotlar beradi. 1907-yilda “Shuhrat” deb nomlangan ro‘znoma tashkil etadi va uning sahifalarida mehnatkash xalq manfaatlarini himoya qilishga doir fikrlarni targ‘ib etadi. Jumladan, ro‘znomaning birinchi sonida: “Matbuot har insonga o‘z holini ko‘rsatuvchi, ahvol olamdan xabar beruvchi, qorong‘u kunlarni yorituvchi, xalq orasida fikr tarqatuvchi, ilm, ittifoq, himmat g‘oyalarini yoyuvchidir” deb yozgan edi. A.Avloniy “Adabiyot yohud milliy she’rlar” deb nomlangan to‘rt qismdan iborat bo‘lgan darsligida maorif-madaniyatga chorlaydi, yaramas xulq-odatlarni esa tanqid qiladi. O‘sha davr xalq pedagogikasida Abdulla Avloniyning “Birinchi muallim” – “Alifbe”, “Ikkinchi muallim” – “O‘qish” kitoblari katta rol o‘ynaydi. Bu kitoblarda Avloniy o‘tmish adabiyotimizning eng yaxshi an’analarini davom ettirdi, ilm va ma’rifatning ahamiyatini yangichasiga talqin etdi. “Birinchi muallim” – “Alifbe”, “Ikkinchi muallim” esa “O‘qish kitobi” rolini bajardi. “Birinchi muallim”da Avloniy dastavval 32 harfning yolg‘iz yoziladigan shakllarini bir sahifada alifbo tartibida bergan. Shu sahifada alifning so‘zning boshida, o‘rtasida va oxirida yozilishini ko‘rsatgach, so‘ng alifni barcha “bosh harflar”ga qo‘shib bo‘g‘inlar hosil qilgan. “Ikkinchi muallim”da bolalarning axloq, odobiga doir, halollik va poklikka oid turli she’rlar, hikoya, masal va ertaklar jamlangan, rang-barang allegorik obrazlardan ustalik bilan foydalanilgan. Kitob “Maktab” she’ri bilan boshlanadi. Unda kimki maktabga borsa, o‘qisa, savodxon bo‘lsa, juda ko‘p narsalarga erishajagi chiroyli ta’riflanadi: Maktab duru gavhar sochar, Maktab sizga jannat ochar, Maktab jaholatdan qochar, G‘ayrat qilib o‘qing, o‘g‘lon! Maktab sizni inson qilur,