Birinchi instansiya sudining qarorlari

Yuklangan vaqt

2025-09-03

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

15

Faytl hajmi

713,7 KB


MAVZU:
BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING QARORLARI.
MAVZU: BIRINCHI INSTANSIYA SUDINING QARORLARI. Logotip
REJA:
Sud qarorlari tushunchasi va turlari.
Sudning hal qiluv qarori mohiyati va
ahamiyati.
Sudning hal qiluv qarorini chiqarish tartibi.
Birinchi instansiya sudining ajrimlari, uning
turlari (mazmuni, shakli, chiqarish tartibi) 
va qonuniy kuchi.
REJA: Sud qarorlari tushunchasi va turlari. Sudning hal qiluv qarori mohiyati va ahamiyati. Sudning hal qiluv qarorini chiqarish tartibi. Birinchi instansiya sudining ajrimlari, uning turlari (mazmuni, shakli, chiqarish tartibi) va qonuniy kuchi. Logotip
Birinchi instansiya sudining
qarorlari-
bu fuqarolik ishlari bo’yicha odil
sudlovni amalga oshirish natijasida
umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan
amaldagi qonun hujjatlari asosida
yozma shaklda chiqariladigan va ijro
etilishi majburiy bo’lgan protsessual
hujjat hisoblanadi.
Birinchi instansiya sudining qarorlari- bu fuqarolik ishlari bo’yicha odil sudlovni amalga oshirish natijasida umumiy yurisdiksiya sudlari tomonidan amaldagi qonun hujjatlari asosida yozma shaklda chiqariladigan va ijro etilishi majburiy bo’lgan protsessual hujjat hisoblanadi. Logotip
Fuqarolik ishlari bo’yicha hal etiladigan masalalarga
ko’ra, sud qarorlari an’anaviy ravishda quyidagi 2 turga
bo’linadi:
1.Hal qiluv qarorlari-birinchi instansiya
sudining ishni mazmunan hal qiladigan
qaroriga hal qiluv qarori deb aytiladi.
2.Ajrimlarga-birinchi instansiya sudining
ishni mazmunan hal qilmaydigan
qaroriga ajrim deb aytiladi.
Fuqarolik ishlari bo’yicha hal etiladigan masalalarga ko’ra, sud qarorlari an’anaviy ravishda quyidagi 2 turga bo’linadi: 1.Hal qiluv qarorlari-birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qiladigan qaroriga hal qiluv qarori deb aytiladi. 2.Ajrimlarga-birinchi instansiya sudining ishni mazmunan hal qilmaydigan qaroriga ajrim deb aytiladi. Logotip
Sudning hal qiluv qarori -
Bu nizoni mazmunan hal qiluvchi va
buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlar
yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan
manfaatlarni tiklovchi, ishni mazmunan
ko’rish asosida sud tomonidan qonunda
nazarda tutilgan protsessual shaklda qabul
qilinadigan protsessual hujjat hisoblanadi.
Har bir fuqarolik ishi bo’yicha bitta hal
qiluv qarori chiqariladi.
Sudning hal qiluv qarori - Bu nizoni mazmunan hal qiluvchi va buzilgan yoki nizolashayotgan huquqlar yoxud qonun bilan qo’riqlanadigan manfaatlarni tiklovchi, ishni mazmunan ko’rish asosida sud tomonidan qonunda nazarda tutilgan protsessual shaklda qabul qilinadigan protsessual hujjat hisoblanadi. Har bir fuqarolik ishi bo’yicha bitta hal qiluv qarori chiqariladi. Logotip
Sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari
qonuniy, asosli va adolatli bo’lishi lozim.
 Sudning hal qiluv qaroriga nisbatan qo’yiladigan muhim talab uning
qonuniy bo’lishi hisoblanadi. Sud ishlarni O’zb.Res.ning qonunlari asosida
hal qilishi shart. Sud, agar O’z. Res.ning Konstitutsiyasi va boshqa
qonunlariga zid bo’lmasa, boshqa normative hujjatlarni ham qo’llashi
mumkin.Chunki nizoli munosabatni tartibga soladigan qonun
bo’lmagan taqdirda, sud shunga o’xshash munosabatlarni tartibga
soladigan qonunni tatbiq etadi, bordiyu, bunday qonun ham bo’lmasa, 
respublika qonun hujjatlarining umumiy asoslari va ma’nosiga tayanishi
qonunda nazarda tutilgan (FPKning 12-moddasi).
 Hal qiluv qaroriga nisbatan qo’yilgan navbatdagi talab-uning asosli
bo’lishidir. FPKning 18-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra sud hal qiluv
qarorini faqat sud majlisida tekshirilgan materiallar bilan asoslashi
belgilangan.
 Sudning hal qiluv qaroriga qo’yilgan navbatdagi talab – adolatli bo’lishi
hisoblanadi. Fpda hal qiluv qarorining adolatli bo’lishi haqida norma
mustahkamlanmagan.
Sudning hal qiluv qarorlari, ajrimlari, qarorlari qonuniy, asosli va adolatli bo’lishi lozim.  Sudning hal qiluv qaroriga nisbatan qo’yiladigan muhim talab uning qonuniy bo’lishi hisoblanadi. Sud ishlarni O’zb.Res.ning qonunlari asosida hal qilishi shart. Sud, agar O’z. Res.ning Konstitutsiyasi va boshqa qonunlariga zid bo’lmasa, boshqa normative hujjatlarni ham qo’llashi mumkin.Chunki nizoli munosabatni tartibga soladigan qonun bo’lmagan taqdirda, sud shunga o’xshash munosabatlarni tartibga soladigan qonunni tatbiq etadi, bordiyu, bunday qonun ham bo’lmasa, respublika qonun hujjatlarining umumiy asoslari va ma’nosiga tayanishi qonunda nazarda tutilgan (FPKning 12-moddasi).  Hal qiluv qaroriga nisbatan qo’yilgan navbatdagi talab-uning asosli bo’lishidir. FPKning 18-moddasi ikkinchi qismiga ko’ra sud hal qiluv qarorini faqat sud majlisida tekshirilgan materiallar bilan asoslashi belgilangan.  Sudning hal qiluv qaroriga qo’yilgan navbatdagi talab – adolatli bo’lishi hisoblanadi. Fpda hal qiluv qarorining adolatli bo’lishi haqida norma mustahkamlanmagan. Logotip
Sudning hal qiluv qarori protsessual hujjat sifatida
aniq va ravshan ifodalangan quyidagi 4 qismdan:
1. Kirish: 
2. Bayon;
3. Asoslantiruvchi;
4. Xulosa qismlaridan iborat bo’ladi.
Sudning hal qiluv qarori protsessual hujjat sifatida aniq va ravshan ifodalangan quyidagi 4 qismdan: 1. Kirish: 2. Bayon; 3. Asoslantiruvchi; 4. Xulosa qismlaridan iborat bo’ladi. Logotip
1.Kirish qismida quyidagilar
ko’rsatilishi talab etiladi:
 hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi. Hal 
qiluv qarorining chiqarilgan vaqti uni qabul
qilgan sudya (sudyalar) tomonidan imzolangan
kun hisoblanadi;
 hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi;
 sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining
kotibi;
 taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar;
 nizo predmeti.
1.Kirish qismida quyidagilar ko’rsatilishi talab etiladi:  hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti va joyi. Hal qiluv qarorining chiqarilgan vaqti uni qabul qilgan sudya (sudyalar) tomonidan imzolangan kun hisoblanadi;  hal qiluv qarori chiqargan sudning nomi;  sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi;  taraflar, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar;  nizo predmeti. Logotip
2.Bayon qismi:
Hal qiluv qarorining bayon qismi taraflar va boshqa shaxslar ish holatlarini
qanday bayon qilgan bo’lsalar shunday tuziladi.
3.Asoslantiruvchi qismi:
Sudning ish bo’yicha chiqargan xulosasining taktik va huquqiy asoslari bayon
etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv qarorining ushbu qismida ishning sud
tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to’g’risidagi sud xulosalariga
asos bo’lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, 
nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari keltirilmog’I, 
qonunning nomi,moddasi,bandi,boshqa qonun hujjatlarining soni va qabul
qilingan sanasi hamda protsessual huquqiy me’yorlari ko’rsatilmog’I lozim.
4.Xulosa qismi:
Taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yuridik shaxsning nomi to’liq
keltirilishi, da’vo talablarining qanoatlantirilganligi yoki butunlay yoxud qisman
rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks ettirilgan bo’lishi lozim.
2.Bayon qismi: Hal qiluv qarorining bayon qismi taraflar va boshqa shaxslar ish holatlarini qanday bayon qilgan bo’lsalar shunday tuziladi. 3.Asoslantiruvchi qismi: Sudning ish bo’yicha chiqargan xulosasining taktik va huquqiy asoslari bayon etilishi lozim. Jumladan, hal qiluv qarorining ushbu qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, ishning holatlari to’g’risidagi sud xulosalariga asos bo’lgan dalillar, sud u yoki bu dalilni rad qilishda asoslangan xulosalar, nizoli munosabatni tartibga soluvchi moddiy huquq me’yorlari keltirilmog’I, qonunning nomi,moddasi,bandi,boshqa qonun hujjatlarining soni va qabul qilingan sanasi hamda protsessual huquqiy me’yorlari ko’rsatilmog’I lozim. 4.Xulosa qismi: Taraflarning familiyasi, ismi, otasining ismi va yuridik shaxsning nomi to’liq keltirilishi, da’vo talablarining qanoatlantirilganligi yoki butunlay yoxud qisman rad etish haqidagi sudning xulosasi aniq aks ettirilgan bo’lishi lozim. Logotip
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsesual kodeksining
mazmunidan kelib chiqib, birinchi instansiya sudining
ajrimlari quyidagi turga ajratish mumkin:
Sud tomonidan alohida xonada
(maslahatxonada) chiqariladigan
ajrimlar;
Sud tomonidan murakkab bo’lmagan
masalalar hal etilganida o’z joyida
chiqariladigan ajrimlar.
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsesual kodeksining mazmunidan kelib chiqib, birinchi instansiya sudining ajrimlari quyidagi turga ajratish mumkin: Sud tomonidan alohida xonada (maslahatxonada) chiqariladigan ajrimlar; Sud tomonidan murakkab bo’lmagan masalalar hal etilganida o’z joyida chiqariladigan ajrimlar. Logotip