Xo’jalik jamiyatlari ustav kapitali-jamiyatda
ishtirok uchun hissalar sifatida kiritilgan
mulk va mulkiy huquqlarning pul
ko’rinishidagi umumiy qiymatini ifodalaydi va
ulush/aksiyalarning nominal qiymatidan
iborat bo’ladi.
Ustav kapitalining asosiy
funksiyalari.
• Taqsimot- ustav kapitali orqali har bir aksiyadorning
jamiyatdagi ulishi va foydasi aniqlanadi.
• Moddiy -ta’minot – mulk sifatida qo’shilgan xissa
jamiyatning tashkil etilishida, faoliyatida va kelajakda
ishlashi uchun dastlabki moddiy asosdir.
• Kafolat – jamiyat kreditorlari oldida o’z mulki doirasida
javobgar bo’lib va u ustav kapitalidan kam bo’lishi
mumkin emas.
• Ustav fondi o’z mohiyatiga
ko’ra jamiyat tasarrufidagi
mol-mulkning real
qiymatini ifodalamaydi.
Jamiyat mol-mulki ustav
fondidan kam yoki ko’p
bo’lishi mumkin.
• Ustav fondi miqdori
kiritilgan mol-mulkning
real bahosidan kamroq
bo’lishi ham mumkin.
• Jamiyat ustav kapitali
jamiyat ustavi bilan
belgilanadi.
• Jamiyat ustav kapitalining
eng kam miqdori litsenziya
talablarida belgilanishi
mumkin.
Jamiyatning sof aktivlari – jamiyatga
tegishli bo'lgan mulkning haqiqiy qiymati.
Ustav fondiga qo’shiladigan
hissalar-
pul, qimmatli qog‘ozlar, o‘zga ashyolar yoki
mulkiy huquqlar yoxud pul bahosiga ega
bo‘lgan boshqa shaxsga o‘tkaziladigan
o‘zga huquqlar jamiyatning ustav fondiga
(ustav kapitaliga) qo‘shiladigan hissalar
bo‘lishi mumkin.
Ulushning nominal qiymati- bu
pul ifodasidagi shartli abstrakt
qiymat bo’lib, jamiyat tashkil
etilganda ishtirokchining
qo’shgan hissasi qiymati bilan
belgilanadi. Ulushning nominal
qiymati ishtirokchi hissasining
dastlabki bahosi asosida
aniqlanadi.
Xo’jalik jamiyatlari ustav fondini oshirish jamiyatning mol-
mulki hisobiga va jamiyat ishtirokchilarining qo‘shimcha
hissalari hisobiga va, agar bu jamiyatning ustavi bilan
taqiqlangan bo‘lmasa, jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi
shaxslarning hissalari hisobiga amalga oshirilishi mumkin.