BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA TABIIY FANLAR METODLARI
KURS ISHI
M U N D A R I J A
KIRISH............................................................................................................2
I BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA TABIIY FANLAR
O‘QITISHNING UMUMIY NAZARIY ASOSLARI..........................................4
1.1.Boshlang‘ich sinf “tabiiy fanlar” darslarida pedagogik texnologiyalaridan
foydalanish................................................................................................................4
1.2.Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish..............................................................................................................11
II BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA TABIIY FANLAR
METODLARI VA ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI...................20
2.1.Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘tishda amaliy ishlarni tashkil etish
metodlari..................................................................................................................20
2.2. «Tabiiy fanlar (science)» darslarida kompetentlikka yo‘naltirilgan amaliy
topshiriqlardan foydalanish.....................................................................................30
XULOSA........................................................................................................35
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR......................................................37
1
KIRISH
Kurs ishining dolzarbligi: Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
“Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega boʻlib, dunyo miqyosida oʻz tengdoshlariga hech qaysi sohada
boʻsh kelmaydigan insonlar boʻlib kamol topishi, baxtli boʻlishi uchun davlatimiz
va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz” degan da’vatlari
ta’limning sifatli va samarali tashkil etilishini, ayniqsa, boshlangʻich sinflardan
boshlab oʻquvchilarni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy
salohiyatga ega shaxs sifatida tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridan
biri hisoblanadi1.
Hozirgi yoshlar oʻz xalqining jonkuyari boʻlishi, milliy qadriyatlarimizni
chuqur bilgan, oʻzlashtirgan, ularni qadrlaydigan boʻlishi kerak. Asrlar davomida
ajdodlarimizning aqlu-zakovati bilan yuzaga kelgan milliy qadriyatlar inson
shaxsining har tomonlama kamol topishida yetakchi omildir. Shunday ekan,
hozirgi zamon kishisi, xususan, yosh avlodning milliy tushunchasini, ongini
boyitib borish katta ahamiyatga ega. Ota-bobolarimiz tomonidan yaratilgan ilmiy
boyliklar xalqimiz tomonidan koʻz qorachigʻidek saqlanmoqda va oʻrganilmoqda.
Bugungi zamonaviy umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchisining ma’lumot
hozirda axborot asrida yashayapmiz. Shu sababli ham og‘zaki ma’lumotlarga
qaraganda ko‘proq vizual ma’lumotlarga e’tibor qaratamiz. Aksariyat odamlar
uchun televizor asosiy axborot manbai hisoblanadi. Vizul tasvirlar esa, jurnallar va
gazetalarda muhim rol o‘ynaydi.Natijada esa olingan bilimlarning ko‘proq qismi
maktabdan tashqari bilimlarga, ma’lumotlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda deyishimiz
mumkin. Ko‘p holatlarda esa maktabdan tashqari olingan bilimlarni yoki
informatsiyalarni aniq va ilmiy deb qarab bo‘lmaydi.
Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonidagi bilimlar
o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishga, ilmiy fikrlash metodini
yaratishga imkon beradi. Ko‘pchilik olimlarning ilmiy izlanishlari tufayli so‘nggi
1 SH. M. Mirziyoyev. Milliy oʻzligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli // Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi
berilganining oʻttiz yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimdagi nutq // Xalq soʻzi. – Toshkent, 2019 yil 22
oktyabr. – № 218. – B.
2
yillar ichida ilmiy nazariya tuzilishiga asoslangan fanning tarkibiy qismlarini
tizimli ravishda aks ettirishning muhim usullari ishlab chiqildi. Bu usullarning
tabiiy fanlar ta’limi mazmunini takomillashtirishga bo‘lgan xizmati muhim
ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun har qanday o‘quv fanini, shu jumladan, tabiiy
fanlarni o‘qitishni tashkil etish muhim. Tizimni yaratishning muhim xususiyati bu
tizimning har bir elementini to‘liq va mazmunli taqdim etish hisoblanadi. Tizimni
yaratishning muhim xususiyati bu tizimning har bir elementini to‘liq va mazmunli
taqdim etish hisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi: Boshlang‘ich ta'limda tabiiy fanlar metodlari va
uning afzalliklarini oʻrganish, tahlil qilish va muammolarini bartaraf etish
usullarini oʻrganish.
Kurs ishining predmeti:Boshlang‘ich ta'limda tabiiy fanlar o‘qitishning
umumiy nazariy asoslari.
Kurs ishining obyekti: Boshlang‘ich ta'limda tabiiy fanlar metodlari va
ularni amaliyotda qo‘llanilishi;
Kurs ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
1.Boshlang‘ich sinf “tabiiy fanlar” darslarida pedagogik texnologiyalaridan
foydalanishni oʻrganish;
2.Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanishni oʻrganish va uni tahlil qilish usullari
3. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘tishda amaliy ishlarni tashkil etish
meetodlarini o‘rganish;
4. «Tabiiy fanlar (science)» darslarida kompetentlikka yo‘naltirilgan amaliy
topshiriqlardan foydalanishni o‘rganish va tahlil qilish;
Kurs ishining metodlari. Mavzuga oid pedagogik, psixologik, metodik
adabiyotlarni oʻrganib tahlil qilish, suhbat, kuzatish, anketa- soʻrovnomalar, ilgʻor
oʻqituvchilarning ish tajribalarini oʻrganish, pedagogik tajriba, taqqoslash.
Kurs ishi tuzilishi: Bajarilgan kurs ishi kirish qismi, ikkita bobdan, 4 ta
paragraf va qilingan xulosalardan iborat.Ishga qoʻyilgan maqsadga erishishi uchun
toʻplangan adabiyotlar manbalarning nomlari va elektron manzillari keltirildi.
3
I BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA TABIIY FANLAR
O‘QITISHNING UMUMIY NAZARIY ASOSLARI.
1.1. Boshlang‘ich sinf “tabiiy fanlar” darslarida pedagogik
texnologiyalaridan foydalanish.
Hozirgi vaqtda o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatlar va bilimlarini
tekshirish maqsadida Geografiya darslarida ha bir o‘quvchining o‘qishdagi
mustaqilligiga va o‘quv axborotlarini qabul qilish hamda qayta ishlashlarini tashkil
qilishga yordam beruvchi dasturlashtirilgan o‘qitish qo‘llaniladi. Dasturlashtirilgan
o‘qitish bilimlarni egallashdagi harakatlarni kuzatib borishga, qaysi bo‘g‘inda
uzilish bo‘lganligini, o‘qitish jarayoniga qanday o‘zgartirishlar kiritish kerakligini
aniqlashga imkon beradi. Dasturlashtirilgan o‘qitish uchun:
1) o‘quv materialini sinchiklab tahlil qilish, uni qat’iy tanlash va mantiqiy
izchillikda taqsimlash;
2) o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatlariga rahbarlik qilish kerak.
Dasturlashtirilgan o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv materialini egallashdagi
mustaqilligi hamda faolligi ortib boradi: o‘rgatish jarayonini individuallashtirish
imkoniyati tug‘iladi; o‘qituvchi va o‘quvchilar mehnatini takomillashtirishga
yordam beruvchi o‘qitishning texnika vositalari keng qo‘llaniladi.
Dasturlashtirilgan elementlarni tatbiq qilishda an’anaviy o‘qitishni
dasturlashtirilgan o‘qitishga qarama-qarshi qo‘yish, yangini deb umum qabul
qilingan metodlardan voz kechish kerak emas. Har ikkala yo‘nalish chambarchas
bog‘langan bo‘lishi va bir-birini to‘ldirishi zarur. O‘qitish sifatini oshishiga
yordam beruvchi o‘quvchilar bilimini faol nazorat qilishning yangi shakllarini
ishlab chiqish quyi sinflardagi geografiya darsida dasturlashtirilgan elementlardan
foydalanishning boshlanishi bo‘ldi, chunki muntazam nazoratning eski shakllari
ko‘pincha dars tuzilishini buzib, unumsiz fakt yo‘qotilishiga olib kelib,
o‘qituvchilarda qiyinchiliklar tug‘dirdi.
Topshiriqlarni dasturlashtirish tamoyili o‘quvchilarning og‘zaki javoblarini
shartli ifodalar — raqam yoki chiziq bo‘laklari ko‘rinishidagi javoblar bilan
almashtirishdan iboratdir. Ularning afzalligi shundaki, ular o‘tilgan dastur
4
materialini har bir o‘quvchi tomonidan odatdagi tekshirishdagiga qaraganda
ko‘p hajmda o‘zlashtirish darajasini qisqa vaqt ichida aniqlashga imkon beradi.
Tajriba bilimlarni hisobga olishning dasturlashtirilgan uslublaridan geografiya
darslarida o‘quvchilarning idrok qilish faoliyatlarini faollashtirish maqsadida
foydalanish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatdi. Uning afzalligi yana shundaki,
o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini hatto o‘quvchilarning o‘zlari
tushuntirishdan keyin dars vaqtida yoki keyinroq tekshirishlari mumkin. Quyi
sinflarda geografiyani o‘rganishdagi dasturlashtirilgan o‘qitishning qo‘llanilishi
mumkin bo‘lgan variantlarini ko‘rib chiqamiz.
I. Tezt tipidagi kartochka-topshiriqlar.
Muayyan nomerlangan kartochkada geografiya obyektlarining (o‘simlik,
hayvon va hokazolarning) nomlari keltiriladi o‘quvchilar javoblarida kerakli
o‘simlik yoki belgining nomini yozmaydilar, faqat tegishli raqamni bayon
qiladilar. Bilimlami matn bilan hisobga olishdan individual so‘rashda ham,
butun sinf bilimini hisobga olishda ham foydalanish mumkin. Keyingi holatlarda
topshiriq doskaga yozib boriladi. O‘quvchilaming javoblari butun sinf bilan
muhokama qilinadi. Bu kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarining ishini ma’lum
darajada faollashtiradi.
II. Raqamli dasturlashtirilgan topshiriqlar.
Raqamli topshiriqlarda ish individual kartochkalar yoki tayyorlangan
devoriy jadval bo‘yicha olib boriladi. Kartochkada topshiriq ko‘rsatiladi va
javoblarga kalit beriladi. 0’quvchi kerakli kalitni topishi lozim. Bunday ishni
bajarish natijasida o‘qituvchi 4—5 daqiqa ichida endigina o‘rganilgan materialni
mustahkamlash maqsadida ham, uy vazifasini tekshirishda ham o‘quvchilar
bilimini sinash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Raqamli dasturlashtiriigan ishlar faqat
tabiat obyektlarining tashqi belgilari haqidagi bilimlarni nazorat qilish
uchungina emas, balki birmuncha murakkabroqlarini tekshirish uchun ham
tavsiya qilinishi mumkin. Masalan, tabiiy xarita bo‘yicha bilimlarni aniqlovchi
topshiriqlar tuzish mumkin. Topshiriq:
1. Daryoning boshlanish joyi.
5
2. Daryo oqimi chuqurligi.
3. Daryoning boshqa daryoga, ko‘lga, dengizga quyiladigan joyi.
4. Panj va Vaxsh daryolarining quyilishidan hosil bo‘lgan daryo.
5. Qoradaryo va Norin daryolarining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan daryo.
6. Quyiladigan joyiga ega bo‘lmagan daryo.
Manbalar: 1. Amudaryo; 2. Sirdaryo; 3. 0’zani; 4. Boshlanishi; 5.Zarafshon;
6.Quyiladigan joyi.
Javoblar: 1 (4), 2 (3), 3 (6), 4 (1), 5 (2), 6 (5).
Dasturlashtiriligan topshiriqlarning boshqa turidan ham foydalanish
mumkin. o‘qituvchi doska yoki jadvalda, masalan, tabiiy zonalar nomlarini
raqamlar bilan ko‘rsatadi. Keyin zonalar, shu zonalarga xos bo‘lgan jonli tabiat
vakillarini sanab beradi. Doskaga obyektlarning nomlarini tegishli raqamli
belgilar bilan yozib berish mumkin.
Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalar.
Bunday dasturlashtirilgan topshiriqlardan har xil tipdag darslar o‘tishda,
shuningdek, o‘quvchilar bilan individual va butun sinf bilan ishlar olib borish
jarayonida foydalanish mumkin. Topshiriqni bajarish uchun 5 daqiqa ajratiladi.
Bu vaqt ichida: o‘quvchi 2-3 ta kartochkaga javob berishi va daftarida javoblarni
raqamlar bilan ko‘rsatishi lozim.
Dasturli kartochkalar o‘rganilgan mavzuning variantlar bo‘yicha tuziladi.
Kartochkada savol-topshiriq va unga uchta: to‘liq va to‘g‘ri, noaniq, noto‘g‘ri
javoblar beriladi. O‘quvchi daftariga; kartochka nomeri va qavs ichida javob
nomerini yozishi kerak. Dasturlashtirilgan didaktik kartochkalarga misollar:
1- kartochka.
Nima uchun qushlar issiq o‘lkalarga uchib ketadilar?
1. Chunki sovuq bo‘lib qoladi.
2. Ular yeydigan ovqat yo‘q.
3. Chunki sovuq bo‘lib qoladi va ochlik vujudga keladi.
To‘liq va to‘g‘ri javob (3).
2- kartochka.
6
Tuproq deb nimaga aytiladi?
1. Tuproq bu tabiiy qazilma.
2. Yerning yuqori, yumshoq qatlami, unda o‘simliklar ildiz otadilar
3. Tuproq bu yerning yuqori qatlami. To‘liq va to‘g‘ri javob (2).
Geografiya darslarida o‘qituvchi dasturlashtirilgan o‘qitish elementlaridan
foydalana turib, shuni esda tutishi kerakki faoliyatning bu turida guruh bo‘lib
o‘qitishdagi ketma-ketlik nazoratini individuallashtirib, iloji boricha ko‘proq
o‘quvchilarni ishga jalb qilishi; o‘z ishining sifatini kuzatib borishi, o‘quvchilar
yo‘l qo‘ygan xatolarni tahlil qilib guruhlashtirishi; dasturlashtirilgan nazoratning
an’anaviy tuzilishiga kirishi kerak.
Dasturlashtirilgan nazorat topshiriqlarini ishlashda bular o‘quvchilar
bilimlarini nazorat qilishning xilma-xil shakllaridan biri ekanligini va amalda
uyg‘unlashtirilishi kerakligini hisobga olish zarur.
I-Muzyorar usuli, Klaster usuli, ”So‘z top” o‘yini, ”Mozaika”, ”To‘xtab
o‘qish” usuli, ”Zanjir” usuli.
Bu usulni birinchi dars yoki yangi bo‘limni boshlash oldidan o‘tkazish
maqsadga muvofiq. O‘qituvchi navbatdagi o‘tiladigan bo‘lim yuzasidan qisqacha
ma’lumot beradi.
Masalan, ”O‘lkamizda kuz” bo‘limida o‘quvchi yil fasllari, paxta tyerimi,
ijtimoiy foydali mehnat, kuzgi o‘simliklar, hasharotlar hayoti haqida umumiy
tushunchalar berib o‘tadi. Bu haqda o‘quvchilar ham o‘z fikrlarini bayon etadilar.
Masalan:
Mening ismim Shuhrat. Menga kuz fasli yoqadi. Chunki kuzda barcha kuzgi
mevalar pishadi, “Hosil bayrami”ni nishonlaymiz, ota-onamga qovun-tarvuz
yig‘ishda yordam beraman. Men katta bo‘lganimda juda chiroyli bog‘ yarataman.
Bog‘imda shirin-shakar mevali daraxtlar ko‘p bo‘ladi.
Mening ismim Komila. Men kuz faslini yaxshi ko‘raman. Chunki daraxt
barglari juda chiroyli rangda tovlanadi. Dalalarda oppoq paxtalar ochiladi.
Paxtadan chiroyli yostiqchalar tikish mumkin. Men kelajakda tikuvchi
bo‘lmoqchiman.
7
Har bir o‘quvchi shu tarzda o‘zi hamda tabiatga daxldorlik haqida so‘zlaydi.
Bu usul o‘quvchilarni mustaqil fikr yuritishga, og‘zaki nutqini o‘stirishga yordam
beradi.
“So‘z top” o‘yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish
mumkin. O‘qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so‘z aytadi,
o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi harf bilan tugasa,
o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni aytishi kerak.
Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tiprati-kan — nortuya — yalqov
(panda) — ayiq — qarg‘a — ari va hokazo.
Bu usul o‘quvchilarni tezkorlik bilan fikr yuritib, javob berishga hamda
xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
“Klaster” usuli. Bu usul o‘quvchiga berilgan mavzu bo‘yicha erkin o‘ylash
va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu usulda o‘quvchi
nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar, muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha
davom etadi. Bu sinfning har bir o‘quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan
g‘oyalarni uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash
imkoniyatini yaratadi. “Klaster” usuli yangi mavzuni boshlashdan avval
o‘quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo‘yicha oldin egallagan bilimlarini
aniqlash maqsadida hamda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘tkaziladi.
Masalan, “O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar” mavzusi.
“Mozaika”, ya’ni mayda bo‘laklardan yaxlit ko‘rinishni hosil qilish.
Bunda qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning rasmlari bo‘laklarga bo‘linib,
har bir guruhga alohida tarqatiladi. Guruhlarning qatnashchilari bo‘lakchalarni
bir butun ko‘rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon,
meva yoki daraxt haqida gapirib beradilar.
“To‘xtab o‘qish” usuli. O‘qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir
necha marta to‘xtab, o‘quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar
aynan matnga tegishli bo‘lishi zarur. Yoki o‘quvchi matn o‘qish jarayonida
8
to‘xtatilib, nima haqida o‘qiganligi so‘raladi. Bu usul orqali o‘quvchilarning
diqqati jamlanadi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi.
“Zanjir” usuli. Bu usulni she’r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda
qo‘llash maqsadga mu-vofiqdir. O‘quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan
she’r misrasi yoki topishmoq qatorini aytadilar. Bu usul qo‘llanganda o‘quvchi
uyalib qolmasligi uchun berilgan she’r, maqol, topishmoqni yod olishga majbur
bo‘ladi.
III Reja. “Rasmli rebus” o‘yini, “Rasmli rebus” o‘yini, BBB (bilardim,
bildim, bilmoqchiman) o‘yini, BBB (bilardim, bildim, bilmoqchiman)
o‘yini, “Enyerjaynyer” o‘yini, “O‘z guruhingni top” o‘yini.
“Kim tez bajaradi” o‘yini. O‘quvchilar uch guru liga bo‘linadilar. Har bir
guruhga 5 tadan hayvonlar yoki qushlar rasmlari teskari qilib beriladi.
Belgilangan vaqt ichida (1-2 daqiqada) o‘quvchilar hayvon yoki qushlarni
yovvoyi yoki uy hayvonlari Ifiiruhlariga ajratadilar.
Topishmoqni birinchi bo‘lib xatosiz bajargan guruh g‘olib hisoblanadi.
BBB (bilardim, bildim, bilmoqchiman) o‘yini.
Bu o‘yinni “Suv — hayot manbayi”, “Gigiyena – ozodalik kabi mavzularni
o‘tgandan so‘ng o‘y-nash mumkin. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Uchta
guruhga ham jadval beriladi. Uch ustundan iborat bo‘lgan jadvalning birinchi
ustuniga mustaqil tarzda suv haqida bilganlarini yozish tavsiya etiladi. Ikkinchi
ustunga dars davomida hamda darslikdan bllib olgan bilimlarini yozadilar.
Uchinchi ustunga esa imkon qadar bugungi kun tulabi, muammolar, bilishi
zarur bilimlar haqida yozadilar. Masalan:
Bilardim
Bildim
Bilmoqchiman
Itmigsiz
Hidsiz
Zararlanish mumkinmi?
Tiniq
Bug‘-par
Suyuq
Muz-qattiq
Suvsizlikka chidash
mumkinmi?
Ichiladi
Havo bor
Yuviniladi
Qum bor
O‘zbekistonda daryolar ko‘pmi?
9
Loyqa
Shaklsiz
“Enyerjaynyer” o‘yini. Bu o‘yindan “Ob-havo”, “Qish”, “Yil fasllari”
kabi mavzular o‘tilganda foydalanish mumkin. O‘quvchilar doira shaklida turib
oladilar. O‘qituvchi o‘rtada qo‘l harakati orqali tabiat hodisalarini avval sekin,
so‘ng tezlashgan holatda ko‘rsatadi. O‘quvchilar soat mili bo‘ylab ushbu
harakatlarni so‘zsiz davom ettiradilar.
1. Shamol (qo‘llar bir-biriga sekin ishqalanadi, so‘ng bu harakat tezlashadi).
2. Yomg‘ir (qo‘llar qarsillatiladi).
3. Jala (qo‘llar chirmashtirilib, yelkalarga uriladi).
4. Do‘l (tizzalarga shapatilab uriladi). Harakat asta-sekin teskarisiga
qaytariladi.
10
1.2. Tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
foydalanish.
Hozirgi kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini o‘qitishga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Sababi boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini anglash, yod olish,
tushunishga harakat qilish va qiziqish kabi psixologik harakteristikalari mukkamal
rivojlanayotgan hisoblanadi. Shundan, tabiiy va ijtimoiy fanlarni o‘qitish ularning
mazmun mohiyatini bolalar psixologik qobiliyatlaridan kelib chiqqaan holda
o‘rgatish samarali natijalarga olib kelmoqda. Shu bois ko‘plagan rivojlangan
mamalakatlar ta’lim tizimlarida va dunyodagi pedagoglar tomonidan zamonaviy
innovatsion pedagogic texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy
etish bo‘yicha bir qator izlanishlar olib borilmoqda.Hozirgi ta`lim jarayoni 4 K
Moduli asosida tashkil etilmoqda 4K nima degani?
4K yondashuvi o‘z nomi bilan 4 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi:
1.Kritik (tanqidiy) fikrlash.
2.Kreativ fikrlash:
3.Kommunikativlik.
4.Kollaboratsiya
Kritik (tanqidiy) fikrlash: Ushbu metodologiya o‘quvchilarning axborotni
tanqidiy baholash, o‘z fikri va mulohazalarini shakllantirish ko‘nikmalarini
rivojlantirishni o‘z ichiga oladi. O‘quvchilar muammolarga tahliliy nuqtayi
nazardan yondashishni o‘rganadi va mantiqiy fikrlash asosida o‘z nuqtayi nazarini
shakllantiradi.
Kreativ fikrlash: O‘quvchilar o‘z maqsadlariga erishish uchun yangi
yondashuvlarni qo‘llashni o‘rganadi, innovatsion yechimlarni ishlab chiqadilar va
ijodiy muammolarni hal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Kommunikativlik: O‘quvchilar o‘z fikrlarini aniq, ravshan ifodalashga,
suhbatdoshni tinglashga va tushunishga, ma’lumotni yetkazishda til vositalaridan
unumli foydalanishga o‘rganadi.
Kollaboratsiya: Darsliklar o‘quvchilarning jamoada ishlash qobiliyatini
rivojlantirishga yordam beradigan tarzda tuzilgan. Bu o‘quvchilarga hamkorlik
11
qilish, samarali fikr almashish va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash ko‘nikmalarini
o‘rganishga ko‘maklashadi.
Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o‘qitish 1- sinfdan boshlanadi. O‘quv
materiali «Tabiat jismlari», «O‘simlik va hayvonot olami», «Sog‘ligimizni
saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo‘yicha
dastur kichik yoshdagi maktab o‘quvchilariga faqat jonajon tabiat go‘zalligi va
boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o‘rganishga ham imkon
beradi.
Tabiiy fanlarni o‘qitishda o‘quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini
shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o‘rgatishda har bir dars
mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O‘quvchilar topshiriqlarni individual
bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, o‘z bilimi, kuchi va
qobiliyatiga bo‘lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir shaxs o‘z imkoniyati
darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish faoliyatida vaqtdan unumli
foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi ortadi. Ta’limning zamonaviy
pedagogik texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan darslarda o‘quvchilarning
bilish faoliyati individual tarzda tashkil etiladi.
«Klaster» metodi. Ushbu metod o‘quvchilarga muammolar (mavzular)
xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun
sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi
aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.
Bu metod aniq obyektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi. Undan
foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda
amalga oshadi. «Klaster» metodidan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh
asosida tashkil etiladigan mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh
asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan
bildirilayotgan g‘oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa guruhning
har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g‘oyalarni uyg‘unlashtirish hamda ular
o‘rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi.
«6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardir:
12
«6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o‘zida 36 nafar
o‘quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani
hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash,
ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan
darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo‘lgan 6 ta guruh o‘qituvchi tomonidan
o‘rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga
yetgach, o‘qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan guruhlarning
har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo‘ladi. Yangi shakllangan guruh
a’zolari o‘z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan muammo yechimi sif atida
taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va mazkur yechimlarni birgalikda
muhokama qiladilar. «6x6» metodining afzallik jihatlari quyidagilardan iborat: -
guruhlarning har bir a’zosini f aol bo‘lishiga undaydi;
-ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi;
- guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko‘nikmalarini hosil
qiladi;
- ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o‘z
fikrini himoya qilishga o‘rgatadi.
Eng muhimi, har bir o‘quvchi qisqa vaqt (15-20 daqiqa) davomida ham
munozara qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Ushbu metod qo‘llanilayotgan mashg‘ulotlarda guruhlar tomonidan bir yoki
bir necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6 x 6»
metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o‘qituvchidan faollik, pedagogik mahorat,
guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega bo‘lishni talab
etadi. Guruhlarning to‘g‘ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki vazifalarning to‘g‘ri
hal etilmasligiga sabab bo‘lishi mumkin.
Ushbu metod yordamida mashg‘ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi:
1. O‘qituvchi mashg‘ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul
qo‘yib chiqadi.
13
2. 6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI
gacha rim raqami yozib qo‘yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo‘yib
chiqiladi.
3. O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo‘linadilar. O‘quvchilarni
guruhlarga bo‘lishda o‘qituvchi quyidagicha yo‘l tutadi. Har bir o‘quvchiga 1 dan
36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda rim
raqami bilan stol raqami ko‘rsatilgan bo‘ladi. Har bir o‘quvchi o‘zi tanlagan
varaqchadagi rim raqami bilan ko‘rsatilgan stol atrofiga qo‘yilgan stuldan joy
egallaydi.
4. O‘quvchilar joylashib olganlaridan so‘ng o‘qituvchi stol ustiga qo‘yilgan
topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, munozara
jarayoni boshlanganini e’lon qiladi.
5. O‘qituvchi guruhlarning faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o‘rinlarda
guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo‘1-yo‘riqlar ko‘rsatadi. Belgilangan vaqt
tugagach, guruhlardan munozaralarni yakunlashlarini so‘raydi.
6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o‘qituvchi
guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan har bir guruhda avvalgi
6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo‘lishiga alohida e’tibor qaratiladi.
O‘quvchilar o‘z o‘rinlarini almashtirib olganlaridan so‘ng belgilangan vaqt (5-10
minut) ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning
yechimi xususida guruhdoshlariga so‘zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan
xulosalarni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga keladilar. «6x6» metodini
ayrim boblar yoki o‘quv yili choragi bo‘yicha o‘tilgan mavzularni takro rlash va
mustahkamlash maqsadida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
14
""Aqliy hujum" usuli
«Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal
etishda keng qo‘llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod o‘quvchilarni muammo
xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va
g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni
hosil qilishga yordam beradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan dars
jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish
imkoniyati tug‘iladi. Mazkur metodni qo‘llashdan ko‘zlangan asosiy maqsad
o‘quvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga o‘rgatishdan
iborat.
«Aqliy hujum» biror muammoni yechishda guruh qatnashchilari tomonidan
bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yechimga
kelinadigan eng samarali usuldir. U to‘g‘ri va ijodiy qo‘llanilganda shaxsni erkin,
ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi. "Aqliy hujum" yordamida turli xil
muammolarni hal qilishning yo‘llari izlanadi. Bu usul guruhning har bir a'zosi
15
fikrini tezda yig‘ish va umumlashtirish imkonini beradi. "Aqliy hujum"ni,
o‘quvchilar muammo haqida yetarli ma'lumotga ega bo‘lmagan hollarda ham
qo‘llash mumkin. Bu kutilmagan, oddiy shiroitda aqlga kelmaydigan antiqa
yechimlar tonish imkonini beradi.
"Aqliy hujum" usulidan foydalanilganda, odatda mashg‘ulot ikki bosqichdan
iborat bo‘ladi: birinchi bosqich - taklif bosqichi ("aqliy hujumning o‘zi) va
ikkinchi bosqich - tahlil hamda yechimlarni saralash bosqichi. Bosqichlar o‘rtasida
kichik tanaffus berilsa, maqsadga muvofiq bo‘ladi.
O‘quvchilarga bilimni bayon qilish metodlari ham tarbiyavi ahamiyatga ega,
o‘quvchilarning barcha faoliyatlari bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni bilan
bog‘liqdir. Shu munosabat bilan tabiatshunoslikni o‘qitish o‘qituvchi uchun
tarbiyaviy ishlarda katta imkoniyatlar beradi. Tabiatshu noslikni o‘qitishda
og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan foydalaniladi. Bolalarning
ijodiy faolligi, individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora
ko‘proq qo‘llanilmoqda. Tabiatshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlami sinfdan va
maktabda: tashqari tadbirlar: ochiq havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik
ekskursiyalari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq zarur.
Tabiiy fanlarni o‘qitishda, boshqa didaktik o‘yinlar bilan bir qatorda o‘yin
mashqlardan o‘z o‘rinda va samarali foydalanish maqsadga muvofiq.
O‘yin mashqlar uchun televideniya va matbuot orqali berib borilayotgan va
o‘quvchlarning eng qiziq mashg‘ulotiga aylangan o‘yinlarni andoza qilib olish
mumkin. Bular jumlasiga “Zakovat”, “Zigzag”, “Zinama zina”, “Aqliy hujum”
kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o‘yinlarda o‘quvchlar avvalo o‘z kuchi va
bilimlarini sinab ko‘radilar va yana ularning aksariyati shu o‘yinlar ishtirokchisi
bo‘lishi orzu qiladilar.
“Zinama
- zina”
texnologiyasi
16
Texnologiyaning tavsifi. Ushbu mashg‘ulot o‘quvchi larni o‘tilgan yoki
o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash
hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga tushirib, to‘plangan fikrlarni
umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma ko‘rinishida ifodalay olishga
o‘rgatadi. Bu texnologiya o‘quvchilar bilan bir guruh ichida yakka holda yoki
guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Texnologiyaning maqsadi. O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy
fikrlashga, jamoa bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va
amaliy tushuncha hosil qilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni
ma’qullashga, shuningdek, mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda
egallagan bilimlarini qo‘llay olishga o‘rgatish.
Texnologiyaning qo‘llanishi: ma’ruza(imkoniyat va sharoit bo‘lsa),
seminar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik
guruhlarda o‘tkazish hamda nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatlarda tayyorlangan
(mavzuni ajratilgan kichik mavzuchalar soniga mos) chap tomoniga kichik
mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster(yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
• o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5kishidan iborat kichik
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5ta bo‘lgani ma’qul);
• o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan
tanishtiriladi.Har bir guruhga qog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi
bo‘lgan varaqlar tarqatiladi;
17
• o‘qituvchi guruh a’zolarin tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular
bilan tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida
qog‘ozdagi bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini
beradi va vaqt belgilaydi;
• guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni
yozma(yoki rasm, yoki chizma) ko‘rinishida ifoda etadilar.Bunda guruh a’zolari
kichik mavzu bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.
• Tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot
qiladi.Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan materialar, albatta,
auditoriya(sinf) doskasiga mantiqan tagma-tag(zina shaklida) ilinadi;
• O‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni
baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi. “Zigzag» metodi
Sinf o‘quvchilari 7ta guruhga bo‘linadilar va guruhlar nomlanadi. Guruhlarda
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn qismlarga ajratiladi va ajratilgan qismlar
mazmuni bilan tanishib chiqish vazifasi guruhlarga topshiriladi. O‘quvchilar
matnlarni diqqat bilan o‘rganadilar va gapirib beradilar. Vaqtni tejash maqsadida
guruh a’zolari orasidan liderlar belgilanadi va qayd etilgan vazifa ular tomonidan
bajariladi. Liderlarning fikrlari guruh a’zolari tomonidan to‘ldirilishi mumkin.
Barcha guruhlarning o‘quvchilari o‘zlariga topshirilgan matn mazmuni xususida
so‘zlab berganlaridan so‘ng, matnlar guruhlararo almashtirilib, avvalgi faoliyat
takrorlanadi. Guruhlarga bir necha matnlar taqdim etiladi. Shu tarzda barcha
matnlar mazmuni guruhlar tomonidan o‘rganib chiqilgach o‘quvchilar o‘tilgan
mavzu bo‘yicha asosiy tushunchalarni ajratadilar, ularning o‘zaro mantiqiy
bog‘liqligini aniqlaydilar, yuzaga kelgan g‘oyalar asosida mavzuga oid sxema
ishlab chiqiladi. So‘ngra o‘zlashtirilgan bilimlar asosida o‘quvchilarning o‘zlariga
shunday sxemalarni ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.
18
Har qanday o‘yinlar kabi pedagogik jarayonlarda foydalaniladigan o‘yinlar
ham o‘zining aniq maqsadi va natijasiga ega bo‘ladi. Ta’lim muassasalarida ko‘p
holatlarda rolli va kasbiy xarakterga ega ishbilarmonlik o‘yinlarian foydalaniladi.
Muhimi pedagogik maqsadlarda qo‘llaniladigan o‘yinli texnologiyalarining asosini
o‘quvchilarning faollik va tezkorlikka asoslangan faoliyati tashkil etadi. Pedagogik
o‘yinlar yangi o‘quv materialini o‘zlashtirish, mustahkamlash, o‘quvchining ijodiy
qobiliyatini rivojlantirish, umumiy ko‘nikma, malakalarini shakllantirish kabi
masalalarni yechishga qaratiladi. Ular yordamida o‘quvchilar turli holatlardan
o‘quv materialini tushunish, uning negizida ma’lum ko‘nikma, malaka va sifatni
o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Mazkur ilmiy maqolada keltirilgan innovatsion pedagogik texnologiyalarni
ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish samarali natijalarga olib keladi.
Shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiy fanlarni o‘qitishda pedagogik
texnologiyalarni o‘yinli usullarga asoslangan holda ishlab chiqish bolalarda
mazkur fanlarni tushunish va oson o‘zlashtirish qobiliyatlartining rivojlanishiga
olib keladi. Shu bois, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘zlashtirish qobiliyatlari
va psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda o‘yinli metodlardan va ushbu
metodlar asosida axborot texnologiyalri imkoniyatlaridan foydalanib media
matreialalrdan foydalanish taklif etiladi.
19
II BOB. BOSHLANG‘ICH TA'LIMDA TABIIY FANLAR METODLARI VA
ULARNI AMALIYOTDA QO‘LLANILISHI
2.1. Boshlang‘ich sinflarda tabiiy fanlarni o‘tishda amaliy ishlarni tashkil
etish metodlari.
O‘quvchilarning bolajak kasbiy sifatlarini shakllantirishda nazariy bilimlar
bilan bir qatorda amaliyot ham muhim orin egallaydi. Tabiiy ilmiy bilimlar uzoq
yillar davomida amaliy faoliyat tufayli qo‘lga kiritilgan. Atrof muhitni bilishda,
anglashda ilmiy tajriba, amaliy bilimlar muhim rol o‘ynab kelgan va kelmoqda.
Ma’lumki, tabiatshunoslik keng qamrovli moddiy dunyoni rang-barang
xususiyatlari, tabiatning har xil voqea hodisalarini o rganuvchi fan bolib, ilmiy
tajriba asosida shakllanadi, amaliyot esa mazkur fanning poydevori hisoblanadi.
Insoniyatni tabiat qonunlari haqidagi bilimga asoslangan amaliy faoliyati bilish
jarayonini, ilm-fan taraqqiyotini belgilaydi. Amaliyot - haqiqat mezonidir.
Bilimlarga ehtiyoj amaliyotda tug‘iladi va ularning to‘g‘riligi amaliyot orqali
tekshiriladi hamda tasdiqlanadi.
Bilim odamlar miyasida oz-ozidan paydo bolmasdan, balki muayyan ish
faoliyatida shakllanadi. Amaliyot insonni tabiat bilan munosabatida asosiy omil
bolib, bu oz navbatida, odamlarning o‘zaro munosabnatlari tizimida, ijtimoiy
ishlab chiqarishda muhim rol oynaydi. Amaliyotning asosiy turlari moddiy ishlab
chiqarish va ilmiy tajriba hisoblanadi. Ilmiy - tabiiy amaliyot quyidagi vazifalarni
bajaradi [1].
1. Amaliyot bilish jarayonining rivojlantiruvchi omil. U nazariy bilimlarni
umumlashtirib, ularni hayotiy jarayonlardan ajralishga yol qoymaydi.
2. Amaliyot bilishning buyurtmasi, ilovasi va maqsadi hamdir.
3. Amaliyot bilish jarayoninig haqiqiy ekanligini ko‘rsatuvchi mezondir.
Tabiatshunoslikdagi amaliyot ilmiy ishlab chiqarishning asosiy omili bolib
kelmoqda. Amaliyot nazariyani paydo bo‘lishiga, ilmiy shakllanishiga va
rivojlanishiga olib keladi.
20
Bilishning aniqligi muayyan obekt haqidagi ma’lumotning haqiqat ekanligi
bilan tasdiqlanadi. Ayni paytda, sharoit boshqacha bo‘lsa, haqiqat ham boshqacha
bolishi mumkin. Masalan, oddiy sharoit va bosimda suv 100oC da qaynaydi. Lekin
bosim o‘zgarsa yoki og‘ir suv bolsa, u aniq -konkret hisoblanadi.
Ma’lum tizimdagi haqiqat boshqa sharoitda butunlay o‘zgarishi mumkin.
G‘oyaning amaliyotda tasdiqlanishi haqiqatning asosiy omili hisoblanadi. Amaliy
ishlarga o‘rgatish boshlang‘ich sinflardan boshlanishi maqsadga muvofiqdir.
Amaliy uslublar o‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan va
yo‘naltiriladigan, o‘quvchilar fikrini rivojlantirishga mo‘ljallagan so‘z,
ko‘rgazmalilik va amaliy ishning o‘zaro murakkab bog‘lanishida bo‘lishini
ko‘rsatadi.
Amaliy uslublar qo‘llanilishi o‘quvchilar retseptorlari va effektorlarining
jadal faoliyati bilan bog‘liq. Amaliy uslublar o‘rganilgan materialni chuqur
tushunib yetishga, ko‘nikma va malakalar hosil qilishga imkoniyat yaratadi.
Amaliy uslublarni qo‘llashga o‘quvchilar faoliyatining o‘zi, bilim manbai
hisoblanadi. Bunday usullar sirasiga og‘zaki, yozma mashqlar, laboratoriya ishlari,
maktab yer maydoni, tirik tabiat burchagida, sinfdan tashqari bajariladigan
mashg‘ulotlar kiradi.
Amaliy uslublarning turlariga [2]:
1. Oquvchilarning tarqatma didaktik material bilan turli narsalar yasashi.
2. Rasm chizishi.
3. Tabiat obyektlarini tanib olish va aniqlash bo‘yicha ishlari.
4. Hodisalarni kuzatish va qayd qilishlari.
5. Tajriba o‘tkazishlari (tajriba vositasida masalalarni hal qilish) kiradi.
Amaliy ish boshlanishi oldidan qo‘yilgan savol, muammo, masalaga
o‘quvchilar uning natijalari bilan javob berishlari kerak.
Tabiatshunoslik darslari tanib olish va aniqlash amaliy metodlarining bir turi
bo‘lib, tarqalgan o‘simliklarni yoki ularning qismlarini farqiga borib, tanib olish
xususiyatlarini o‘rgatadi.
21
Taqqoslashdagi farqga borish o‘quvchining aniqlash qobiliyatini
rivojlantiradi. Farq qilish va aniqlash bo‘yicha ishlar darslardagina olib borilmaydi,
o‘qituvchi tabiatga uyushtiriladigan ekskursiyalarda ham o‘simliklarni topish va
to‘plashni, namunalar yig‘ishni, ularning yoshi, vegetativ usullari, tuproq
kesmalari, moslashishlarini, o‘zgaruvchanlikni o‘quvchilarning o‘zlashtira olish
qobiliyatlariga qarab tanlab berishi kerak. Osimliklar, ular qismlarining shaklini
bilib olish bo‘yicha ishlarni o‘quvchilar uy vazifasi sifatida bajaradilar.
Osimliklarni yoshini tabiatda nafaqat yillik halqalardan balki osimliklarni yillik
shoxlanishiga qarab aniqlash mumkin. Osimlik bahordan kuzgacha o‘sish davriga
ega, kuzdan bahorgacha tinim davri boladi. Bu osimlikning bir yoshi demakdir,
ikkinchi yilda yana o sish, shoxlanish sodir bo ladi. Shoxlanish orasidagi masofa o
simlikning bir yoshi hisoblanadi, buni o quvchilarga tabiatda tushuntirish talab
etiladi. O‘quvchilar amaliy bilimga ega bo‘ladilar, daraxtlar yoshini kesmasdan
turib ham aniqlash mumkinligini bilib oladilar. Bu ekologik, hamda ilmiy
tushunchalarni shakllantiradi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish metodlari ti/imida amaliy ishlar tabiat haqidagi
bilimlarni o zlashtirishda katta rol o‘ynaydi. Amaliy ishlar o‘quvchilarni ular
faoliyati jarayonida har xil mehnat operatsiyalariga o‘rgatish metodidir. Amaliy
ishlarga o‘quvchilarning ekskursiya vaqtida tabiiy materiallar yig‘ish, maktab oldi
yer maydonidagi va tirik tabiat burchagidagi o‘simliklarni parvarish qilish,
gerbariy va kolleksiyalar tuzish, mulyaj, maket, ko‘rgazmali qurollar tayyorlash
kabi faoliyat turlari kiradi.
Birinchi sinfdan boshlab o‘quvchilar "Atrofimizdagi olam" darsligini o‘qish
jarayonida bevosita kuzatishlar yo‘li bilan o‘rganadilar. Bu mashg‘ulotlarda
oquvchilarning fikrlash faoliyatini tashkil qilishga yordam beruvchi har xil
jihozlardan va avvalo ko‘rgazmali qurollardan foydalaniladi. Ko‘rgazmali
qurollarga tabiiy yoki haqiqiy ob’ektlar kiradi [3].
Tabiiy qurollar-tabiat jismlaridir. Ular o‘rganilayotgan mavzular to‘g‘risida,
bolalarda tabiat haqida tushunchalar hosil bo‘lishiga imkon beradi. Chunki sinfda
jonli tabiatni o‘rganish uchun har xil xona o‘simliklari hamda o‘z joylarining
22
daraxtlari uchun xos bo‘lgan shoxchalar, barglar, gullar, meva va urug‘lar bolishi
mumkin. Tabiatshunoslik darslarida tabiat burchagida o‘stirilayotgan
o‘simliklardan, shuningdek gerbariy va ekskursiyadan olib kelingan o‘simliklardan
foydalaniladi. Shuningdek, tabiiy ob’ektlardan hayvonlarni o‘rganishda ham
foydalansa boladi. Ko‘pgina hayvonlarni bolalarga sinfda (jonli tabiat burchagida)
ko‘rsatish mumkin bo‘lsa ham ekskursiyalarga afzallik berish kerak boladi, chunki
bunda o‘quvchilar faqat ularning tashqi ko‘rinishini emas, balki xulq-atvorlari
bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Tirik hayvonlar bo‘lmaganda ularning
chuchelalari (tulumlari), mulyajlari yoki fotosuratlari va rasmlaridan foydalanish
mumkin. Jonsiz tabiatni o‘rganishda ham tabiiy tarqatma materiali, masalan, har
xil rangdagi granit, kvars, dala shipati, loy, qum, kal’sit (bo‘r, marmar, ohak, har
xil toshko‘mir, temir, mis rudalarining namunalari, shuningdek metallar hamda
qotishmalar) temir, cho‘yan, polat, alyuminiy, tuproq namunalari va boshqalar bo‘
lish mumkin. O‘ quvchilarga bevosita qabul qilish mumkin bo‘lmagan tabiat
jismlari va hodisalari to‘ g‘ risida aniq va to‘gri tasavvurlar hosil qilish uchun
ko‘rsatiluvchi qurollardan foydalaniladi. Tabiatshunoslik bo‘yicha devoriy
o‘lkashunoslik suratlaridan, foydalanish mumkin. Ular tabiatning o‘lkashunoslik
ob’ektlari to‘grisida tasavvur va tushunchalar shakllantirishga yordam beradi.
Sinflarda bosma rasmlari, ularni ifodalovchi matnlari, o‘ quvchilar uchun savol va
topshiriqlari bo‘lgan "Kuzatishlar kundaliklari"dan foydalanish zarur.
Tabiatshunoslik materiallarini amaliy o zlashtirishda xarita-sxemalarni
chizish katta o‘rin tutadi. Ularni qo‘llanish yo‘lida (ufq tomonlarini aniqlashda)
maktab hovlisidagi narsalarning joylashishining oddiy rasmini chizish birinchi
qadam bo‘ladi. Kartografik tasvirlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirishni
tekshirish uchun xaritasxemalardan foydalanish qulay.
O‘quvchilarni amaliy bilimlarini sinash maqsadida 4-sinflarda quyidagi
muammoli savollarni o‘rtaga tashlash mumkin. Yozning jazirama issig‘ida cho‘lda
turibsiz. Amaliy kuzatish bilimlaringizga tayanib, turgan joyingizdan orientir olib,
janub tomonni belgilang. Amaliy tabiatni kuzatish natijasida quyidagi faktorlar
asosida janubni aniqlash mumkin: 1) sudralib yuruvchi hayvonlar o‘z inini kirish
23
yo‘lini doim janubga qaratadi; 2) qushlar o‘z uyasini doimo janub tomonga
qo‘yadi; 3) osimliklar shoxlari doimo janub tomonga egilgan; 4) osimlik
poyasining janub tomoni doimo yog‘onlashgan boladi; 5) barxan qumlar bir uchi
shimolda ikkini uchi esa janubga yotgan boladi.
O quvchilarga har xil narsalarni berib rasm, fotosurat va gugurt qutisi, kubik,
stakan boshqa narsalarni olib chiqib, o‘xshashlik farqlarini topishni topshiradi,
so‘ng geometrik figuralarni tarqatadi, uni o‘quvchilar daftar varag‘iga ustiga
qo‘yib atrofini qalam bilan qog‘ozga chizadilar. Topshiriq bajarilgandan keyin
narsaning yuqoridan ko‘rinishini plan deyiladi degan xulosaga olib keladi. Undan
keyin stolning plani chizdiriladi. Agar o‘quvchilar narsalarning kattaliliga
qiynalsalar tasvirlanadigan narsani shartli ravishda kichraytirish mumkinligini
tushuntiradi. (Masalan 10, 20 marta) Dasturlashtirilgan o‘qitish uchun quyidagilar
kerak:
-o‘quv materialining puxta tahlili, uning qat’iy tanlanish va mantiqiy ketma-
ketlik bo‘yicha bo‘linishi;
-o‘quvchilarning bilim olish faoliyatini tekshirishdagi rahbarlik.
Dasturlashtirilgan o‘qitishda o‘quvchilarning o‘quv materialini qo‘llashda
faolligi va mustaqilligi ortadi, o‘qitish jarayonini individuallashtirish imkoni paydo
bo‘ladi, texnik vositali o‘qitish keng qo‘llaniladi, o‘qitish va o‘quvchi mehnatini
oqilona tashkil etishga erishiladi. Nazorat ishlarini dasturlashtirishning tamoyili
o‘quvchilarning og‘zaki javoblarini shartli belgilar va chiziqlar bilan yozma
ravishda. Ularning afzal jihati shundaki, ular qisqa vaqt ichida har bir o‘quvchining
o‘tilgan mavzuni o‘zlashtirish darajasini aniqlay oladi. Tajriba atrof olam bilan
tanishish darslarida bilim olish faoliyatini faollashtirish maqsadida
dasturlashtirilgan o‘qitish usullaridan foydalanishning afzalliklarini ko‘rsatadi. Bu
usullarning afzalligi shundaki, o‘quv materialini o‘zlashtirish darajasini
o‘quvchilarning o‘zlari shu dars mobaynida tekshirishlari mumkin. 2 - sinfda
dasturlashtirilgan o‘qitishda tezis turidagi tarqatma topshiriqlar, raqamlar, tarqatma
testlar, grafik topshiriqlardan foydalanish mumkin.
24
Grafik topshiriqlarini bajarayotganda o‘quvchilarga « —» noto‘g‘ri javob,
«1» — to‘g‘ri javob ekanligini tushuntirish lozim. O‘qituvchida esa grafik usuldagi
javoblarni tezda aniqlashga moslashtirilgan asbob bo‘lishi kerak. Masalan:
21- mart — Navro‘z bayrami.
1- sentabr — Ustozlar va murabbiylar kuni.
1- oktabr — Mustaqillik bayrami.
8- dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni.
«So‘z top» o‘yini. Bu metoddan darsning hamma qismlarida foydalanish
mumkin. O‘qituvchi qushlar, hayvonlar, meva, sabzavotlar haqida bir so‘z aytadi,
o‘quvchilar davom ettiradilar. O‘qituvchi boshlagan so‘z qaysi harf bilan tugasa,
o‘quvchi shu harfdan boshlangan so‘zni aytishi kerak.
Masalan: tulki — ilon — ninachi — it — tipratikan — nortuya — yalqov
(panda) — ayiq — qarg‘a — ari va hokazo. Bu usul o‘quvchilarni tezkorlik bilan
fikr yuritib, javob berishga hamda xotirasini mustahkamlashga yordam beradi.
«Klaster» usuli. Bu usul o‘quvchiga berilgan mavzu bo‘yicha erkin o‘ylash
va fikrlarini bemalol bayon etish uchun sharoit yaratadi. Bu usulda o‘quvchi
nimani o‘ylagan bo‘lsa, shuni aytadi va yozadi. Yozilgan fikrlar to‘g‘ri yoki
noto‘g‘ri bo‘lishidan qat’i nazar muhokama qilinmaydi va belgilangan vaqtgacha
davom etadi. Bu sinfning har bir o‘quvchisi tomonidan ilgari surilayotgan
g‘oyalarni uyg‘unlashtirib, ular o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash
imkoniyatini yaratadi. «Klastyer» usuli yangi mavzuni boshlashdan avval
o‘quvchini darsga qiziqtirib, shu mavzu bo‘yicha oldin egallagan bilimlarini
aniqlash maqsadida hamda o‘tilgan mavzuni mustahkamlash uchun o‘tkaziladi.
Masalan, «O‘lkamizdagi uy va yovvoyi hayvonlar» mavzusi.
«Mozaika», ya’ni mayda bo‘laklardan yaxlit ko‘rinishni hosil qilish. Bunda
qushlar, hayvonlar, daraxtlar, mevalarning rasmlari bo‘laklarga bo‘linib, har bir
guruhga alohida tarqatiladi. Guruhlarning qatnashchilari bo‘lakchalarni bir butun
ko‘rinishga keltiradilar. Guruh sardorlari yaxlit holga kelgan hayvon, meva yoki
daraxt haqida gapirib beradilar.
25
«To‘xtab o‘qish» usuli. O‘qituvchi matn bilan tanishtirish jarayonida bir
necha marta to‘xtab, o‘quvchilarga savollar bilan murojaat qiladi. Savollar aynan
matnga tegishli bo‘lishi zarur. Yoki o‘quvchi matn o‘qish jarayonida to‘xtatilib,
nima haqida o‘qiganligi so‘raladi. Bu usul orqali o‘quvchilarning diqqati
jamlanadi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalari shakllanadi.
«Zanjir» usuli. Bu usulni she’r, topishmoq, maqollar berilgan darslarda
qo‘llash maqsadga mu-vofiqdir. O‘quvchilar tartib bilan ketma-ket berilgan she’r
misrasi yoki topishmoq qatorini aytadilar. Bu usul qo‘llanganda o‘quvchi uyalib
qolmasligi uchun berilgan she’r, maqol, topishmoqni yod olishga majbur bo‘ladi.
«Rasmli rebus» o‘yini. Sinf o‘quvchilari uch guruhga bo‘linadilar. Har bir
guruhga rasmlar tarqatadi. Berilgan rasmlar nomining bosh harflaridan hayvon
yoki qushlar nomi kelib chiqishi kerak. Masalan, it, laylak, ohu, ninachi — non,
anor, rediska, chinni gul, arpa — archa.
«Kim tez bajaradi» o‘yini. O‘quvchilar uch guruhga bo‘linadilar. Har bir
guruhga 5 tadan hayvonlar yoki qushlar rasmlari teskari qilib beriladi. Belgilangan
vaqt ichida (1—2 daqiqada) o‘quvchilar hayvon yoki qushlarni yovvoyi yoki uy
hayvonlari guruhlariga ajratadilar. Topishmoqni birinchi bo‘lib xatosiz bajargan
guruh g‘olib hisoblanadi.
«O‘z guruhingni top» o‘yini. O‘quvchilarga rangli buklangan qog‘ozlar
tarqatiladi. Ularga hayvon va parrandalar nomi yozilgan bo‘ladi. O‘qituvchi
o‘quvchilarga qog‘ozda rasmi berilgan hayvon yoki parranda qanday tovush
chiqarsa, ular ham shunday tovush chiqarib o‘z guruhini topishlarini tushuntiradi.
1. Mushuk (miyov-miyov). 2. Kuchuk (vov-vov). 3. Xo‘roz (qu-qu-qu-qu). 4.
Sigir (mo‘-mo‘). Guruhga bo‘linib olganlaridan so‘ng guruhga tegishli hayvon
yoki parrandalar haqida bilganlarini so‘zlab beradilar.
Uzoq vaqt davom etadigan kuzatish va tajribalar uchun jonli tabiat burchagi
tashkil qilinishi kerak, u yerda hayvon va osimliklarni saqlash va zaruratga qarab
ulardan tabiatshunoslikni o‘rganishda foydalanish mumkin. Burchak shunindek o‘
quvchilarning darsdan va sinfdan tashqari ishlari uchun moddiy baza hisoblanadi.
Bu yerda ular yilning istagan vaqtida ish olib borishlari mumkin ekskursiya jonli
26
tabiat burchagi tashkil qilishning boshlanini bo‘lishi mumkin. Suv havzasidagi
hayot bilan o‘quvchilar mollyuska, ninachi qurtlari, har xil qo‘ng‘izlar, gambuziya,
peskar (tanga baliq), shuningdek suv o‘simliklarining barchasi akvarium, shisha
banka idishlarga joylashtiriladi. Bog‘ va polizdarda ko‘pincha meva, rezavor meva
hamda sabzavod o‘simliklari zararkunandalarning g‘umbak va qurtlari uchraydi.
Jonli tabiat burchagi uchun alohida xona ajratgan ma’qul. Bunday imkoniyat
bo‘lmaganda osimlik va hayvonlarni tabiatshunoslik xonasida yoki sinfda
joylashtiriladi. Jonli tabiat burchagi uchun xona yorug‘ bo‘lishi, deraza ro‘parasiga
har xil tokchalarga suv hayvonlari hamda osimliklari bo‘lgan akvariumlarni
qo‘yish qulay bo‘ladi. Burchakda hayvonlar uchun ajratilgan joy ularning
tabiatdagi hayot sharoitlariga muvofiq bo‘lishi kerak. Akvariumni zoomagazindan
olish ma’qul. Ammo akvarium sifatida xohlagan shisha idishdan foydalanish
mumkin, lekin shuni hisobga olish mumkinki, baliqlar to‘rtburchak idishda yaxshi
ko‘rinadi. Akvariumdagi baliqlar soni uning kattakichikligiga (o‘lchamiga) va
undagi o‘simliklarning soniga muvofiq bo‘lishi kerak. Bunda yutiladigan va
chiqariladigan kislarodning balansi ta’minlansin. Akvariumda yashovchilarga
doimiy parvarish zarur, oziqni zoomagazindan sotib olish mumkin. Baliqlarni
ularni shartli refleks hosil qilishi uchun muayyan vaqtda oziqlantirish kerak.
Bolalar termometr bilan o‘lchab, suv haroratini tekshirib borishga
o‘rganishlari lozim.
Sudralib yuruvchilar va suvda ham quruqda yasovchilar uchun xilma-xil
ko‘rinish va katta kichikliqdagi terrariumlar kiritiladi. Odatdagi terrarium
metalldan yoki yog‘ochdan tayyorlangan yashik bo‘lib, yon va tepa devorlari
shisha va to‘rdan iboratdir. Shisha devor terrariumda yashovchilarni kuzatish, yon
devor hamda tepasining to‘rdan bo‘lishi ham ventilyasiyasini ta’ minlash
imkoniyatini beradi.
Jonli tabiat burchagining o‘simlik va hayvonlari uning asosini tashkil qiladi.
Unga qarab jihozlar tanlanadi. O‘simlik va hayvonlar tanlovi tabiatshunoslik
dasturiga qarab, o‘lkashunoslik xususiyatlarini hisobga olib belgilanadi. Barcha
xona o simliklari ularning nomlari va qachon va qayerdan olinganligi to‘g‘risida
27