Abu Nasr Farobiy va Imom Al G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil qilish

Yuklangan vaqt

2024-03-11

Yuklab olishlar soni

2

Sahifalar soni

19

Faytl hajmi

71,3 KB


 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM 
VAZIRLIGI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mustaqil ish 
 
 
 
 
 
 
Abu Nasr Farobiy va Imom Al G’azzoliyning falsafa ilmiga oid 
qarashlarini qiyosiy tahlil qilish 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent 
 
 
 
 
 
 
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI Mustaqil ish Abu Nasr Farobiy va Imom Al G’azzoliyning falsafa ilmiga oid qarashlarini qiyosiy tahlil qilish Toshkent
Reja: 
 
Kirish. 
 
        I BOB. Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. 
            1. Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li. 
           2. Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari. 
 
II BOB. Imom G‟azzoliy yashagan davrda ijtimoiy siyosiy vaziyat. 
    1. Imom Al-G‘azzoliyning hayoti va ijodi 
    2. Imom G‘azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros 
 
III BOB. Qiyosiy tahlil. 
 
Xulosa. 
 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Reja: Kirish. I BOB. Abu Nasr Forobiyning ijtimoiy falsafiy qarashlari. 1. Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li. 2. Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari. II BOB. Imom G‟azzoliy yashagan davrda ijtimoiy siyosiy vaziyat. 1. Imom Al-G‘azzoliyning hayoti va ijodi 2. Imom G‘azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros III BOB. Qiyosiy tahlil. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Kirish 
 
O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon 
qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy 
taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar 
tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi 
zamonaviy umuminsoniy ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi 
xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul 
va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi 
ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi 
yillarda, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon 
sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. 
Bu ahvol tubdan o‘zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, 
jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi 
avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini 
vujudga keltirish mumkin1”. Shuning uchun biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu 
Nasr Forobiy va Imom Al G’azzoliy qarashlarini o’rganishni o’zimizga maqsad qilib oldik.  
Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos ravishda xizmat qiladi. 
Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq faylasuflarining o’rni beqiyosdir.  
“Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir 
davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina 
ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir 
ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, 
ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi. 
 
 
 
 
 
 
                                                      
1 Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi. T., 2006. 304-bet. 
 
 
Kirish O‘zbekiston o‘z davlat mustaqilligi – suverenitetini 1991-yil 31-avgustda e’lon qilinishi nafaqat xalqimiz ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy taqdirida, balki xalqimiz ma’naviy taraqqiyotida, ta’lim–tarbiya tizimida, shu jumladan yuksak malakali mutaxassislar tayyorlash tizimida ham tom ma’noda mustaqil taraqqiyot, asl milliy va ayni paytda yangi zamonaviy umuminsoniy ma’naviy–ilmiy qadriyatlarning qaytadan kashf etilishi xalqimizga qaytarilishi, chuqur manbaviy va har tomonlama zamonaviy ilmiy falsafiy usul va prinsiplar asosida o‘rganish, tadqiq etish, ayniqsa, qadimgi, va hozirgi sharq falsafasi ixtisosligi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash imkoniyatlarini ham ochib berdi. “Avvalgi yillarda, - deb ta’kidlaydi Prezidentimiz I.A.Karimov, - ta’lim tizimimiz jahon sivilizatsiyasining ilg‘or yutuqlaridan va xalqimizning tarixiy ildizidan ajralib qolgan edi. Bu ahvol tubdan o‘zgartirilishi lozim. Aslini olganda, xalqimizning aqliy boyliklarini, jahon fani va madaniyatining eng yaxshi yutuqlarini o‘ziga singdirib oladigan yangi avlodni kamol toptirish … shu asosdagina millatning ongli vatanparvar birligi ruhini vujudga keltirish mumkin1”. Shuning uchun biz bugungi kunda sharq falsafasi vakili Abu Nasr Forobiy va Imom Al G’azzoliy qarashlarini o’rganishni o’zimizga maqsad qilib oldik. Umuman olganda jamiyat rivoji uchun falsafa ilmi o’ziga xos ravishda xizmat qiladi. Uni shakllantirishda esa g’arb va sharq faylasuflarining o’rni beqiyosdir. “Bu murakkab dunyoning azaliy va abadiy muammolari, shu bilan birga, har bir davrning dolzarb masalalariga har tomonlama asosli ilmiy javoblar topilgan taqdirdagina ma’naviyat olami yangi ma’no – mazmun bilan boyib boradi. Boshqacha aytganda, har bir ilmiy yangilik, yaratilgan kashfiyot – bu yangicha fikr va dunyoqarashga turtki beradi, ma’naviyatning shakllanishiga o’ziga xos ta’sir o’tkazadi. 1 Karimov I.A. O'zbek xalqi hech qachon hech kimga qaram bo’lmaydi. T., 2006. 304-bet.
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li 
 
           Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati 
hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda 
edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada 
o'zlashtirdi. Forobiy  sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi 
turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni 
puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. 
U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi.  
          Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, 
ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni 
yozgan.  
Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha 
kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa 
asbobini ihtiro qilgan. 
 Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot 
etdi.  
Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir:  
1. «Risola fi A'za il Inson».  
2. «Risola fi A'za al-Hayvon».  
3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis».  
4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila».  
5. «Risola fil Millatil-fazila».  
6. «Ta'liqot».  
7. «Risola fi Tahsil is Saodat».  
8. «Risola uyun ul-Masoil».  
9. «Risola al-Mufarraqot».  
10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo. 
   
Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va 
boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning 
kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga 
etganini aytadilar.  
 
Abu Nasr Forobiyning hayot yo’li Abu Nasr Forobiy O'tror shahrida (hozirgi Qozog’istonning Chimkent viloyati hududida joylashgan shahar) 256-257 hijriy sanada tug'ildi. Uning otasi harbiy sarkarda edi. Yosh va zehni o'tkir Abu Nasr ilmga erta qiziqdi, arab, fors tilarini mukammal darajada o'zlashtirdi. Forobiy sanskrit (qadimiy hind tili) tilini o'rgandi va uni yahshi bilardi. O'zi turkiy halqlarga mansub bo'lib ona tilini yahshi bilar va yoshligida turli tillarni va ilmlarni puhta egallagan edi. U ko'proq Bag'dodda yashagan. Arab tilini juda ham yahshi bilar edi. U ko'proq falsafa, mantiq va diniy ilmlarga qiziqar edi. Forbiy turli ilmlarni yahshi o'zlashtirgan mavsu'iy olim edi. U falsafa, mantiq, ilohiyot, ahloq, siyosat, falakiyot, kimiyo, musiqa va boshqa ilimlarga oid o'nlab kitoblarni yozgan. Forbiyning musiqa bo'yicha yozgan kitobi Islom madaniyatida yozilgan eng asosiy arabcha kitob bo'lib hozirgacha asosiy manbalardan bo'lib kelmoqda. U «Qonun» nomli musiqa asbobini ihtiro qilgan. Abu Nasr Forobiy 336 hijriy yilda Damashq yaqinidagi qishloqlarning birida vafot etdi. Abu Nasr Forobiy 260dan ziyod ilmiy ish yaratdi. Ulardan ayrimlari quyidagilardir: 1. «Risola fi A'za il Inson». 2. «Risola fi A'za al-Hayvon». 3. «Risola fir Raddi ala Jolinus fima Nakaza fiha Aristotelis». 4. «Kitobun fi Aroi ahl il-Madinatil Fazila». 5. «Risola fil Millatil-fazila». 6. «Ta'liqot». 7. «Risola fi Tahsil is Saodat». 8. «Risola uyun ul-Masoil». 9. «Risola al-Mufarraqot». 10. «Risola fi Masnil aql» va hokazo. Forbiyning kitoblari ikki turga taqsimlanadi. Birinchisi talim tarbiya falsafa va boshqa sohalarda yozgan kitoblari. Ikkinchisi Aflotun, Arastu va ularga ergashganlarning kitoblariga yozgan sharhlari. Ba'zi tadqiqotchilar mazkur kitoblarning soni qirq donaga etganini aytadilar.
Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va 
Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan 
musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy 
mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir. 
O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida 
Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan 
bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga 
hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini 
ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda 
yahshi ko'rar va qadrlar edi.  
                Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila 
olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - 
Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Forbiyning 
bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi.  
Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy 
qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon 
faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi. 
             Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U 
zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor 
narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud 
dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham 
mumkin. Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini 
ko'ramiz.  
             Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. 
Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz. Bu silsilaning ohirgi 
nuqtasi bo'lishi kerak. Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib 
taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar 
bo'lmaydigan zotdir.  
              Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. 
Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega: 
1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas. 
2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q. 
Forbiy o'zining talim tarbiya faoliyatida Aflotun va Arastu hamda yunon falsafasi va Islom dini orasida muvofiqlashtirishga qattiq uringan. Uning o'zi dinini mahkam tutadigan musulmon bo'lgan. Shu bilan birga, u Aflotun va Arastu mazhabiga o'hshash falsafiy mazhabga asos solgan birinchi musulmon faylasufdir. O'sha paytda Aflotunning «at-Tosu'ot» nomli kitobi tarjima qilinib hato tariqasida Arastuning kitobi deb bilingan edi. Arabchada «Rububiyat» nomi bilan mashhur bo'lgan bu kitobni o'qigan Forobiy Arastuning fikrlari huddi Aflotunnikiga o'hshar ekanligiga hujjat va dalil topilganidan hursand bo'lgan va mazkur ikki faylasfning boshqa kitoblarini ham muvofiйlashtish uchun harakat qilgan. Forbiy ham Aflotunni, ham Arastuni bir hilda yahshi ko'rar va qadrlar edi. Shu bilan birga bu ikki shahsning fikrlari bir biriga zid bo'lishini tasavvur qila olmas edi. Uning «al-Jam'u bayna ra'yay al-hakimayni Aflotun al-Ilohiy va Arastutolis» - Ikki hakim - Aflotun ilohiy Arastularning fikrlarni jamlash deb atalgan kitob Forbiyning bu borada olib borgan hakatining gultoji hisoblanadi. Forbiy o'zining bu ishi ila birinchi bo'lib Islom olamida Aflotun talim tarbiya va axloqiy qarashlari tarqalishiga sabab bo'ldi. Shu bilan birga huddi shu ishning o'zi musulmon faylasuflarga yunon falsafasini diniy masalalarda tap tortmay ishlatishga yo'l ochib berdi. Forbiy birinchi bo'lib Alloh taoloning borligiga olamni dalil qilib ketirmay U zotning borligini yolg'iz aqliy dalil bilan isbot qilishning yangi uslubini keltirdi. U bor narsalarni ikkiga - vujudi mumkin va vujudi vojibga taqsimlaydi. Mumkinul vujud dunyodagi mavjudotlar bo'lib ularning bo'lishi mumkin bo'lganidek, bo'lmasligi ham mumkin. Ularga qarasak ba'zilari yo'qolib, o'rniga boshqalari paydo bo'lib turganini ko'ramiz. Ana o'shalar o'zidan boshqa narsaning tasiri tufayli o'zgaradi va almashadi. Ularning har biriga alohida nazar solsak ham shu holni ko'ramiz. Bu silsilaning ohirgi nuqtasi bo'lishi kerak. Ana o'sha ohirgi nuqta, hamma mumkinul vujudlarning borib taqaladigan nuqtasi vojibul vujud - vujudi vojib bo'lgan, u bo'lmasa boshqa narsalar bo'lmaydigan zotdir. Forbiyning falsafasida va talim to’g’risidagi axloqida Alloh - vojibul vujuddir. Mazkur aqliy dalilga binoan vojibul vujud quyidagi sifatlarga ega: 1. Alloh taoloni ta'riflash mumkin emas. 2. Alloh taoloning boshqa narsalarga o'hshab mohiyati yo'q.
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir. 
4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir. U holis yahshilikdir. 
Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni 
bilmaydi» deyishidir. 
Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa 
mavzularda ham falsafa yuritgan. 
 
      Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz 
bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha 
bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish  hodislar oqibatini bilishdan ularning 
sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. 
Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki 
jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni 
ajratib olishni, ikkinchi tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning 
mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi.. aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan 
tufayli hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini 
qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Forobiy bilish ta’limotining boshqa jihatlarini 
ham o’rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish metodlari, jonli 
mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. Forobiy tufayli 
musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz  
qoldirdi.  
 
Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari 
 
 Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda 
barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. 
Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi 
– faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo 
va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan 
sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki 
ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib 
chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib 
chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va   
 
3. Alloh taolo zarurat yuzasidan yolg'izdir, sherigi yo'qdir. 4. Alloh taolo modda emas. U holis aqldir. U holis yahshilikdir. Forbiyning Islom aqiydasiga to'g'ri kelmaydigan falsafasidan biri «Alloh juz'iy narsalarni bilmaydi» deyishidir. Shuningdek, Forbiy e'tiqodga tegishli olamning yaratilishi, nafs, aql, nubuvvat va boshqa mavzularda ham falsafa yuritgan. Bilish jarayonini aql va sizgilar orqali yuzaga keladi. Bilish jarayoni cheksiz bo’lib, u inson jonli mushohada va tafakkurining noaniq narsani bilmaslikdan bilishgacha bo’lgan murakkab yo’lni bosib o’tadi. Bu yo’nalish hodislar oqibatini bilishdan ularning sababini anglash, aksidensiyaadan substansiyaga yetib borishni maqsad qilib qo’yadi. Bilishda aql va mantiq, ilmining maqomi beqiyosdir. Mutafakkur talqinida aqliy bilish ikki jihatga ega: birinchidan, u aniqlikdan uzoqlashish va undan umumiy tamon va jihatlarni ajratib olishni, ikkinchi tamondan esa, ushbu umumiylik ko’magida konkret jihatlarning mohiyatiga chuqurlashishni taqozo etadi.. aql vositasida inson ilm-fanni yaratadi. Fan tufayli hodisal mohiyatini ochib beriladi. Har bir fan insonning muayyan ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Forobiy bilish ta’limotining boshqa jihatlarini ham o’rgangan. U ilmiy tadqiqotda kuzatuv, bahs-munozara ,bilish metodlari, jonli mushohadaning cheklanganligi to’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan. Forobiy tufayli musulmon Sharqiy talim tarbiya axloqiy va falsafiy tafakkurida mantiq ilmi chuqur iz qoldirdi. Forobiyning falsafiy va jamiyatshunoslikka doir qarashlari Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. SHunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va
qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning 
ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning 
emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai 
nazarlaridan mohiyatan farq qiladi. 
          Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda 
ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va osmondagi doiralarning 
barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga 
bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, 
o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning 
asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi 
murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida 
paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, 
oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»2.   
        Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina 
voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl bilan 
qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-
qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni 
tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir.  
         Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar 
doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va 
qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini 
umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa 
haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan. 
       Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u 
o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy 
besh guruhga bo‘ladi: 
1. 
Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan. 
2. 
Mantiq. 
3. 
Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, 
yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika. 
4. 
Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika. 
                                                      
 
qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi. Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Erdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»2. Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama- qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir. Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan. Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi: 1. Etti bo‘limdan iborat til haqidagi fan. 2. Mantiq. 3. Etti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika. 4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.
5. 
Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom. 
     O’zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o’rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, 
uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi. 
      Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, 
balki ularga nisbatan  tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. 
Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli 
ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi. 
        Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul 
qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taluqli 
bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»3. Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd 
etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, 
orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy 
bilishning ikki bosqichini – hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy 
bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil 
sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan 
his qiluvchi badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har 
qanday sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) 
holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta’siri 
natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni 
ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning 
jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat 
ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. 
Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»4. «Aqliy kuch» 
tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur 
ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, 
undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, 
his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir5. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, 
riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy 
nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki 
                                                      
3 Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока.. 
191-б. 
4Farobiy ta’limot // «Majmua at-risole al-hukama» («Takimlar risolalarining majmuasi »to’plamida ). Toshkent, 1963. 255-b. 
 
5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom. O’zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o’rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi. Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Evropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi. Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»3. Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini – hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»4. «Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir5. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki 3 Фараби. Существо вопросов// Вкн.: Избранные произведения мыслителей стран Ближнего и Среднего Востока.. 191-б. 4Farobiy ta’limot // «Majmua at-risole al-hukama» («Takimlar risolalarining majmuasi »to’plamida ). Toshkent, 1963. 255-b.
shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: 
sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning 
fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka. 
        Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning 
bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – 
muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu 
umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida 
namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, 
osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib 
ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi. 
         Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi. U his-tuyg‘u 
ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib 
boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib 
keladi. Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi. 
Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir. Faol aql badanda joylashgan ruh bilan 
bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari 
aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi. 
        Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon 
bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga 
sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning 
muallifidir. 
        Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning to‘g‘ri 
yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya’ni aql bilan 
tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki 
falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning 
yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida 
ishonchli bilimlarga erishtiradi»6. Forobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab 
chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning 
nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u 
quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar 
                                                      
6 Al-Farabis intraductoty risolah on logic. The Islamic Quarterly, vol III, 3-4, 1957, h/ 227 
. 
shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka. Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha erdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi. Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi. U his-tuyg‘u ma’lumotlarini tafakkur uchun etkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi. Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi. Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir. Faol aql badanda joylashgan ruh bilan bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi. Forobiy mantiqiy tizim kulliyotning asoschisi bo‘lib, u tufayli alohida unvon bo‘lgan «al-Mantiqiy» laqabini olgan. U Arastuning mantik sohasidagi barcha asarlariga sharhlar yozgan. Bundan tashqari, uning o‘zi ham mantiq bo‘yicha ko‘plab asarlarning muallifidir. Forobiy mantiqda ilmiy bilimning usulini ko‘rdi. Mantiq fikriy jarayonning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekanligini aniqlash uchun xizmat qiladi va kategoriyalar, ya’ni aql bilan tushuniladigan mohiyatlar bilan ish ko‘radi. «Mantiq, - deb yozadi Forobiy, - qachonki falsafaning u yoki bu qismlarida qo‘llanilsa, mohiyat jihatidan qurol bo‘lib, uning yordamida nazariy san’at nimani qamrab olgan bo‘lsa, o‘shalarning barchasi haqida ishonchli bilimlarga erishtiradi»6. Forobiy mantiqiy istilohlarni (atamalarni) ishlab chiqishga ham katta hissa qo‘shdi. U mantik bilan grammatika, mantiqiy fikr va uning nutqiy ifodasi o‘rtasida aloqa topishga harakat qildi. Masalan, mantiq ob’ektini belgilab, u quyidagilarni ko‘rsatadi: 1) Iste’dodga ega bo‘lish va uning yordamida inson tushunchalar 6 Al-Farabis intraductoty risolah on logic. The Islamic Quarterly, vol III, 3-4, 1957, h/ 227 .
orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb 
ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. 
Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda 
ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. 
        Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab 
chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy 
mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo‘linishlari va turli 
ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari – ularning 
oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga 
to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt 
(ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning 
hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga 
urinishi alohida e’tiborga sazovordir. 
      Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo‘ladi. Uning 
deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish payti sifatida kelib chiqish 
mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama (posыlka)lar haqidagi ta’limoti ajoyibdir. Qiyosning 
(sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar 
to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot (xususiy sezish, 
hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar 
- aksiomalar). Forobiyning asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning 
kelib chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va shunga 
o‘xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
orqali fikrlaydi, fan va san’atni egallaydi; 2) inson ruhida paydo bo‘lgan va ichki nutq deb ataluvchi kategoriyalar; 3) aqlda paydo bo‘lgan ifoda – buni tashqi nutq deb ataydilar. Forobiyning mantiq bilan grammatikaning o‘zaro aloqasi haqidagi talqini hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. Forobiy tushunchalar, hukmlar va xulosalar kabi mantiqiy shakllarni qarab chiqishga katta e’tibor bergan. Tushunchaning mantiqiy tuzilishini tekshirib, Forobiy mufassal ravishda tushunchalarning tur va xildagi munosabatlari, bo‘linishlari va turli ko‘rinishdagi tavsif va belgilari hamda ilmiy tushunchalarning xos xususiyatlari – ularning oddiy tushunchalardan farqi, ularning tildagi ifodasi, ya’ni ilmiy istilohlar masalasiga to‘xtab o‘tadi. Hukmlarni tadqiq qilib, Forobiy hajm va mazmundan kelib chiqib, sub’ekt (ega) va predikat (kesim)ning o‘zaro munosabatlarini qarab chiqadi. Forobiyning hukmlarni ularda predikatlar sifatida chiqadigan predikabillarga bog‘liq ravishda ajratishga urinishi alohida e’tiborga sazovordir. Biroq Forobiyning eng katta qiziqishi xulosaga nisbatan namoyon bo‘ladi. Uning deduktiv ( umumiylikdan juz’iylikka) xulosadan, boshlanish payti sifatida kelib chiqish mumkin bo‘lgan, haqiqiy muhokama (posыlka)lar haqidagi ta’limoti ajoyibdir. Qiyosning (sillogizm) birinchi muhokamasini va dalillardagi isbotlarni tashkil etuvchi bu haqiqatlar to‘rtta: maqbulot (aniqlash), mashhurot (umum qabul qilgan), maxsusot (xususiy sezish, hissiy bilim), maquloti avval (birlamchi tushunchalar; isbotsiz qabul qilinadigan haqiqatlar - aksiomalar). Forobiyning asarlarida qiyosning tuzilishi va shakllari, mantiqiy xatolarning kelib chiqish sabablari, qarama-qarshiliksiz qonunlar, asosning etarligigi va shunga o‘xshash bir qator qimmatli fikrlar mavjud.
Imom Al-G‟azzoliyning hayoti va ijodi. 
 
Bu ulug' mutafakkirning to'liq ismlari Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad 
Tusiy Abu Homid G'azzoliy. U kishi Tus viloyatining (hozirgi Mashhad) Tobaron 
nomli shaharida 450 h.s.da tavallud topganlar. 
Imom G‘azzoliy yashagan davrda Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya poytaxti 
Kunstantiniya (Konstantinopol, hozirgi Istanbul) iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli 
davlat, xristianlarning tayanchi hisoblanardi. Ayni vaqtda Misrda hazrat Ali 
avlodlarimiz deb da‘vat qilgan shialarning ismoiliya mazhabi tarafdorlari kuchayib, 
Bag’dod xalifaligiga qarshi jon-jahdlari bilan kurashayotgan edilar. Rim va Bizans 
(Vizantiya) - G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyalari o’zaro nifoqlashsa ham, islom 
davlatlarini bir-biri bilan urishtirishda hamjihat edilar. 
Bag’dod xalifaligining Sharqdagi tayanchlaridan biri – g’aznaviylar davlatining 
so’nggi hukmdori sulton Mavdud ibn sulton Mas‘ud bobosi sulton Mahmud G‘aznaviy 
tashkil etgan qudratli islom davlatining parchalanishiga yo’l qo’yib berdi. Ularning 
o’rniga kelgan Saljuq hukmdorlari Alp Arslon va Malikshoh davrida islom davlatining 
qudrati oshib, Vizantiya imperiyasiga qarshi faol kurash boshladi. 
Vizantiya imperatori Roman Diogen G‘arbdan xavf solgan Misr fotimiylariga, 
Sharqdan bostirib kelayotgan Saljuq o’rdulariga qarshi kurashda siyosiy, diplomatik 
nayranglarni ishga soldi. Misrdagi fotimiylar - alaviylar davlatini Bag’dod xalifasiga 
va Saljuqlar davlatini Misr hamda Bag’dodga qarshi qayrab, ularning orasini buza 
boshladilar. Bu nayranglarni anglagan Misr lashkarboshilari avvalroq harakat qilib, 
1039 yilda Sharqiy Rim saltanatiga qarshi dengiz janglarida g’olib kelib, Suriya va 
Falastin sohillarini Vizantiya qo‗shinidan ozod qildi.  
Ammo afsuski, Mahmud G‘aznaviy vafotidan keyin zaiflashgan Bag‗dod 
xalifaligining viloyatlari hokimlari har biri o’ziga mustaqil «kichik davlat» tuzib olib, 
o’zaro qirg’in urushlarini boshladilar. 
Eron, Hindiston, Iroq va Xurosonni o’z tasarrufiga Olgan g’aznaviylarning 
buyuk davlatni o’zaro nizolar zaiflashtirgach, tarix maydoniga chiqqan saljuqlar ana 
shu bepoyon xududlarda nisbatan tinchlik, osoyishtalik o’rnatdilar. Saljuq sultonlari 
Alp Arslon, so’ng Malikshoh, uning ma‘rifatli vaziri Nizomul-Mulk zamonida ilm- fan 
va madaniyatning turli sohalari gullab-yashnadi. Shu davrlarda yetishib chiqqan 
Imom Al-G‟azzoliyning hayoti va ijodi. Bu ulug' mutafakkirning to'liq ismlari Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad Tusiy Abu Homid G'azzoliy. U kishi Tus viloyatining (hozirgi Mashhad) Tobaron nomli shaharida 450 h.s.da tavallud topganlar. Imom G‘azzoliy yashagan davrda Sharqiy Rim imperiyasi - Vizantiya poytaxti Kunstantiniya (Konstantinopol, hozirgi Istanbul) iqtisodiy va harbiy jihatdan qudratli davlat, xristianlarning tayanchi hisoblanardi. Ayni vaqtda Misrda hazrat Ali avlodlarimiz deb da‘vat qilgan shialarning ismoiliya mazhabi tarafdorlari kuchayib, Bag’dod xalifaligiga qarshi jon-jahdlari bilan kurashayotgan edilar. Rim va Bizans (Vizantiya) - G‘arbiy va Sharqiy Rim imperiyalari o’zaro nifoqlashsa ham, islom davlatlarini bir-biri bilan urishtirishda hamjihat edilar. Bag’dod xalifaligining Sharqdagi tayanchlaridan biri – g’aznaviylar davlatining so’nggi hukmdori sulton Mavdud ibn sulton Mas‘ud bobosi sulton Mahmud G‘aznaviy tashkil etgan qudratli islom davlatining parchalanishiga yo’l qo’yib berdi. Ularning o’rniga kelgan Saljuq hukmdorlari Alp Arslon va Malikshoh davrida islom davlatining qudrati oshib, Vizantiya imperiyasiga qarshi faol kurash boshladi. Vizantiya imperatori Roman Diogen G‘arbdan xavf solgan Misr fotimiylariga, Sharqdan bostirib kelayotgan Saljuq o’rdulariga qarshi kurashda siyosiy, diplomatik nayranglarni ishga soldi. Misrdagi fotimiylar - alaviylar davlatini Bag’dod xalifasiga va Saljuqlar davlatini Misr hamda Bag’dodga qarshi qayrab, ularning orasini buza boshladilar. Bu nayranglarni anglagan Misr lashkarboshilari avvalroq harakat qilib, 1039 yilda Sharqiy Rim saltanatiga qarshi dengiz janglarida g’olib kelib, Suriya va Falastin sohillarini Vizantiya qo‗shinidan ozod qildi. Ammo afsuski, Mahmud G‘aznaviy vafotidan keyin zaiflashgan Bag‗dod xalifaligining viloyatlari hokimlari har biri o’ziga mustaqil «kichik davlat» tuzib olib, o’zaro qirg’in urushlarini boshladilar. Eron, Hindiston, Iroq va Xurosonni o’z tasarrufiga Olgan g’aznaviylarning buyuk davlatni o’zaro nizolar zaiflashtirgach, tarix maydoniga chiqqan saljuqlar ana shu bepoyon xududlarda nisbatan tinchlik, osoyishtalik o’rnatdilar. Saljuq sultonlari Alp Arslon, so’ng Malikshoh, uning ma‘rifatli vaziri Nizomul-Mulk zamonida ilm- fan va madaniyatning turli sohalari gullab-yashnadi. Shu davrlarda yetishib chiqqan
Nizomiy Ganjaviy, Afzaliddin Hoqoniy, Umar Xayyom, Adib Sobir Termiziy, 
Rashiduddin Vatvot, Mahmud Zamaxshariy, Faxriddin Roziy, Fahoiddin Gurgoniy, 
Yusuf xos Xojib, Farididdin Attor, Abu Homid G‘azzoliy kabi mutafakkir, mutasavvif 
allomalar Sharq ma‘rifatini, ilm-fanini yuksaklarga ko’tardilar. Bulardan avvalroq 
Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning ijodi tufayli aniq fanlar tez 
rivojlanib, hurfikrlilik keng yoyildi, diniy, ma‘naviy bilimlarga e‘tibor pasaydi. Mana 
shunday sharoitda buyuk faylasuf Abu Homid G‘azzoliy aniq fanlarni yerga urmagan 
holda «Ihya al-ulum ad-din» («Din ilmlarining tirilishi») asarida ma‘naviyatdan 
uzoqlashib ketgan moddiyunlik ta‘limotlariga katta zarba berdi. 
G‘arb olimlarining e‘tirof etishlaricha bu zarbadan so’ng moddiyunlik 
ta‘limotlari bir necha asrgacha o’zini o’nglay olmadi. Ba‘zilar bu fikrga 
qo’shilmaydilar. Sababi «Kimiyoi saodat»da G‘azzoliy tabiiy ilmlarga ham hurmat 
bilan qaraydi. U tib ilmini ham chuqur tushuntiradi. 
G'azzoliy o'zining to'rt yuz hamdarsidan ancha ilgarilab ketdi va ustoziga 
yordamchi bo'lib faoliyat ko'rsata boshladi. 478 h.s.da Imomi Haramayni vafot 
etganidan keyin G'azzoliy yigirma yetti yoshida vazir Nizomulmulkning oldiga bordi. 
O'sha vaqtda G'azzoliyning fazli zohir bo'lib, ilmiy shuhrati dong taratgan edi. 
Nizomulmulkning majlisi esa ahli ilmning oliy kengashiga aylangan edi. Barcha 
majlislarda, hatto motam marosimlarida ham fiqh, ilmi kalom va boshqa ilmlardan 
munozaralar bo'lar edi. 
G'azoliy Nizomulmulkning majlisida ko'plab ulamolar bilan bahs va 
munozaralar qilib o'zining kimligini namoyish qildi. Hamma unga tan berdi. Oxiri vazir 
Nizomulmulk G'azoliyni «Nizomiya» madrasasining bosh mudarrisi etib ta'yinladi. Bu 
o'sha vaqtning eng obro'li diniy mansabi edi. G'azoliy bu mansabga 484 h.s.da, o'ttiz 
to'rt yoshida erishdi va bunday sharafga sazovor bo'lgan eng yosh olim bo'ldi. 
«Nizomiya» madrasasidagi darslar olimning shuhratiga shuhrat qo'shdi, uni imomlik 
darajasiga olib chiqdi. Imom G'azzoliyga nafaqat ahli ilmlar, balki ahli davlatlar va ahli 
hukmlar ham bo'yin egdilar. Xalifalar ham Imom G'azzoliyga yaqin bo'lishga intildilar. 
U Tus yaqinidagi Tabaron degan joyda 1111 yilning 19 dekabrida vafot etdi. 
Hozirda uni Xunakdagi qabri "Xoruniya binosi" deb yuritiladi. U yaratgan asarlar 
Islom dinining turli tarmoqlariga taalluqli bo'lib, dalillar qamrovi jihatidan juda katta 
miqyosga ega. 
Nizomiy Ganjaviy, Afzaliddin Hoqoniy, Umar Xayyom, Adib Sobir Termiziy, Rashiduddin Vatvot, Mahmud Zamaxshariy, Faxriddin Roziy, Fahoiddin Gurgoniy, Yusuf xos Xojib, Farididdin Attor, Abu Homid G‘azzoliy kabi mutafakkir, mutasavvif allomalar Sharq ma‘rifatini, ilm-fanini yuksaklarga ko’tardilar. Bulardan avvalroq Forobiy, Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino kabi allomalarning ijodi tufayli aniq fanlar tez rivojlanib, hurfikrlilik keng yoyildi, diniy, ma‘naviy bilimlarga e‘tibor pasaydi. Mana shunday sharoitda buyuk faylasuf Abu Homid G‘azzoliy aniq fanlarni yerga urmagan holda «Ihya al-ulum ad-din» («Din ilmlarining tirilishi») asarida ma‘naviyatdan uzoqlashib ketgan moddiyunlik ta‘limotlariga katta zarba berdi. G‘arb olimlarining e‘tirof etishlaricha bu zarbadan so’ng moddiyunlik ta‘limotlari bir necha asrgacha o’zini o’nglay olmadi. Ba‘zilar bu fikrga qo’shilmaydilar. Sababi «Kimiyoi saodat»da G‘azzoliy tabiiy ilmlarga ham hurmat bilan qaraydi. U tib ilmini ham chuqur tushuntiradi. G'azzoliy o'zining to'rt yuz hamdarsidan ancha ilgarilab ketdi va ustoziga yordamchi bo'lib faoliyat ko'rsata boshladi. 478 h.s.da Imomi Haramayni vafot etganidan keyin G'azzoliy yigirma yetti yoshida vazir Nizomulmulkning oldiga bordi. O'sha vaqtda G'azzoliyning fazli zohir bo'lib, ilmiy shuhrati dong taratgan edi. Nizomulmulkning majlisi esa ahli ilmning oliy kengashiga aylangan edi. Barcha majlislarda, hatto motam marosimlarida ham fiqh, ilmi kalom va boshqa ilmlardan munozaralar bo'lar edi. G'azoliy Nizomulmulkning majlisida ko'plab ulamolar bilan bahs va munozaralar qilib o'zining kimligini namoyish qildi. Hamma unga tan berdi. Oxiri vazir Nizomulmulk G'azoliyni «Nizomiya» madrasasining bosh mudarrisi etib ta'yinladi. Bu o'sha vaqtning eng obro'li diniy mansabi edi. G'azoliy bu mansabga 484 h.s.da, o'ttiz to'rt yoshida erishdi va bunday sharafga sazovor bo'lgan eng yosh olim bo'ldi. «Nizomiya» madrasasidagi darslar olimning shuhratiga shuhrat qo'shdi, uni imomlik darajasiga olib chiqdi. Imom G'azzoliyga nafaqat ahli ilmlar, balki ahli davlatlar va ahli hukmlar ham bo'yin egdilar. Xalifalar ham Imom G'azzoliyga yaqin bo'lishga intildilar. U Tus yaqinidagi Tabaron degan joyda 1111 yilning 19 dekabrida vafot etdi. Hozirda uni Xunakdagi qabri "Xoruniya binosi" deb yuritiladi. U yaratgan asarlar Islom dinining turli tarmoqlariga taalluqli bo'lib, dalillar qamrovi jihatidan juda katta miqyosga ega.
G'azzoliyning jahon falsafasida tutgan o'rni juda beqiyos hisoblanadi . Shu 
sababli Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy" dostoni muqaddimasida G'azzoliyni "ko'k 
gumbazi uzra bezakli qandil, falakdan turib kishilarga baxt va tole ulashadi", deb 
ta'riflaydi 
 
Imom G‟azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros. 
 
Imom Muhammad G‘azzoliyning asarlari sho‗rolar davrida falsafa fanida 
o‗qitilmay, ta‘qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb 
qoralandi.1 Mustaqqilligimizga erishganimizdan so‘ng boshqa sharq mutafakkirlari 
kabi Imom G‘azziliyning hayot yo‘li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan 
yondashishga yo‘l ochildi 
Imom G'azzoliy o‘z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir 
o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va 
tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan 
qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar.2 
Imom G‘azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy 
ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm 
bo‘yicha quyidagi risolalarni yozdilar: 
1. al-Iqtisod fil E'tiqod.(E‘tiqoddagi mo‘tadillik) 
2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom 
mashg‘ulotlaridan saqlash) 
3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar) 
4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi) 
5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa.(Islom va dahriylik o‘rtasidagi 
bo‘linishning haqiqat mezoni ) 
6. Al-Qistosul mustaqiym.(Eng bto‘g‘ri o‘lchov) 
7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi) 
8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo‘luvchi)
G'azzoliyning jahon falsafasida tutgan o'rni juda beqiyos hisoblanadi . Shu sababli Alisher Navoiy "Saddi Iskandariy" dostoni muqaddimasida G'azzoliyni "ko'k gumbazi uzra bezakli qandil, falakdan turib kishilarga baxt va tole ulashadi", deb ta'riflaydi Imom G‟azzoliy qoldirgan ijtimoiy-falsafiy meros. Imom Muhammad G‘azzoliyning asarlari sho‗rolar davrida falsafa fanida o‗qitilmay, ta‘qiqlab kelindi. Tilga olinsa ham «yomon, reaktsion faylasuf» deb qoralandi.1 Mustaqqilligimizga erishganimizdan so‘ng boshqa sharq mutafakkirlari kabi Imom G‘azziliyning hayot yo‘li va merosiga haqqoniy ilmiy jihatdan yondashishga yo‘l ochildi Imom G'azzoliy o‘z davrida odamlar mashg'ul bo'lib turgan ilmlarni birma bir o'rganib chiqdilar. O'sha paytda odamlar asosan, ilmi kalom, botiniyya, falsafa va tasavvufga qiziqar edilar. Imom G'azoliy mazkur ilmlarni chuqur egallashga va ulardan qaysi birini tanlash maqsadga muvofiq ekanini aniqlashga kirishdilar.2 Imom G‘azzoliy izlanishlarini dastlab ilmi kalomdan boshladilar. Imom G'azzoliy ilmi kalomni shu sohaning olimlari va ularning kitoblaridan yaxshilab o'rganib, bu ilm bo‘yicha quyidagi risolalarni yozdilar: 1. al-Iqtisod fil E'tiqod.(E‘tiqoddagi mo‘tadillik) 2. Iljomul ovom an ilmil kalom.(Dindorlarni quruq ilmi kalom mashg‘ulotlaridan saqlash) 3. Aqiydatu ahli sunna.(Sunniy aqiydalar) 4. Fazoihul botiniyya.(Botiniylarning uyatga qolishi) 5. Faysalut tafriqa baynal Islami vaz Zandaqa.(Islom va dahriylik o‘rtasidagi bo‘linishning haqiqat mezoni ) 6. Al-Qistosul mustaqiym.(Eng bto‘g‘ri o‘lchov) 7. Kimyous saoda.(Saodat kimyosi) 8. al-Mustazhiriy.(Zohir bo‘luvchi)