ADABIY ME’YOR (NORMA) VA NUTQ MADANIYATI

Yuklangan vaqt

2024-05-22

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

22,4 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
ADABIY ME’YOR (NORMA) VA NUTQ MADANIYATI 
 
 
To‘liq, mukammal shakllangan, talab darajasidagi nutq texnikasi 
o‘qituvchining umumiy nutqiy madaniyatining eng muhim uzvi, ta‘bir joiz 
bo‘lsa, tamallaridandir. Jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri 
voqelantirish ko‘nikma va malakalarining jami nutq texnikasi demakdir, Bunda 
ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tovush va tovush 
qo‘shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq diksiya kabi bir qator hodisalar nazarda 
tutiladi. Nutq texnikasidagi bosh masala ovoz masalasidir. Asosiy quroli nutq 
bo‘lgan har qanday odam uchun ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir.  
XIII asr Sharqining ulkan adibi Shayx Sa‘diy Sheroziy-ning mashhur 
"Guliston" asarida shunday bir hikoyat bor: "Sanjariyya masjidida bir kishi 
rag‘bat bilan azon aytar erdi, bir ovozi bilanki, eshitganlar andin nafrat etardi-lar. 
Masjidning sohibi bir amir erdi, odil va xushxulq-lik. Xohlamas erdiki, aning 
ko‘nglini mukaddar aylasa, aydi: "Ey javonmard, bu masjidning qadimgi 
muazzinlari bor-ki, har birining besh tillo vazifasi bordur. Senga o‘n til-lo 
berurmen, tokim bo‘lak mahallaga ketarsen". Bu so‘zg‘a it-tifoq ayladilar va 
muazzin ketdi. Bir muddatdin so‘ngra amirning huzuriga qaytib keldi va aydi: 
"Ey amir, menga zulmu sitam ayladingki, o‘n tillo bilan meni bu mahalla-din 
jo‘natding. Ul mahallaki, men bordim, menga yigirma tillo berdilarki, bo‘lak 
mahallaga ketsam qabul etayurmen". Amir kuldi va aydi: "Aslo olmag‘aysen, 
zeroki ellik tillog‘a ham rozi bo‘lurlar".1 Yoqimsiz ovoz kishilarni o‘ziga jalb 
qilmaydi, chaqirmaydigina emas, balki bunday ovozdan bar-cha qochadi, hamma 
vaqt har kim undan qutulmoq payidan bo‘ladi.  
Ilmiybaza.uz ADABIY ME’YOR (NORMA) VA NUTQ MADANIYATI To‘liq, mukammal shakllangan, talab darajasidagi nutq texnikasi o‘qituvchining umumiy nutqiy madaniyatining eng muhim uzvi, ta‘bir joiz bo‘lsa, tamallaridandir. Jonli, tovushli nutq va uning barcha unsurlarini to‘g‘ri voqelantirish ko‘nikma va malakalarining jami nutq texnikasi demakdir, Bunda ovozning sifati, nutq jarayonida to‘g‘ri nafas olish, tovush va tovush qo‘shilmalarini aniq talaffuz qilish, aniq diksiya kabi bir qator hodisalar nazarda tutiladi. Nutq texnikasidagi bosh masala ovoz masalasidir. Asosiy quroli nutq bo‘lgan har qanday odam uchun ovoz hal qiluvchi ahamiyatga molikdir. XIII asr Sharqining ulkan adibi Shayx Sa‘diy Sheroziy-ning mashhur "Guliston" asarida shunday bir hikoyat bor: "Sanjariyya masjidida bir kishi rag‘bat bilan azon aytar erdi, bir ovozi bilanki, eshitganlar andin nafrat etardi-lar. Masjidning sohibi bir amir erdi, odil va xushxulq-lik. Xohlamas erdiki, aning ko‘nglini mukaddar aylasa, aydi: "Ey javonmard, bu masjidning qadimgi muazzinlari bor-ki, har birining besh tillo vazifasi bordur. Senga o‘n til-lo berurmen, tokim bo‘lak mahallaga ketarsen". Bu so‘zg‘a it-tifoq ayladilar va muazzin ketdi. Bir muddatdin so‘ngra amirning huzuriga qaytib keldi va aydi: "Ey amir, menga zulmu sitam ayladingki, o‘n tillo bilan meni bu mahalla-din jo‘natding. Ul mahallaki, men bordim, menga yigirma tillo berdilarki, bo‘lak mahallaga ketsam qabul etayurmen". Amir kuldi va aydi: "Aslo olmag‘aysen, zeroki ellik tillog‘a ham rozi bo‘lurlar".1 Yoqimsiz ovoz kishilarni o‘ziga jalb qilmaydi, chaqirmaydigina emas, balki bunday ovozdan bar-cha qochadi, hamma vaqt har kim undan qutulmoq payidan bo‘ladi. Ilmiybaza.uz 
 
Mashhur rus olimi M.V.Lomonosov o‘zining "Notiqlik bo‘yicha qisqacha 
qo‘llanma"sida notiq bo‘lish uchun, avvalo, tabiiy qobiliyat zarurligini, tabiiy 
qobiliyat esa ruhiy va jismoniy turlarga bo‘linishini aytadi. Olim jismo-niy 
qobiliyat deganda baland va yoqimli ovoz, uzun nafas va baquvvat ko‘krak, 
shuningdek, sog‘lom tana va kelishgan qomatni nazarda tutadi.1 
Bugungi kunda siyosatchilarning imiji ("qiyofasi")ni yaratishda bir qancha 
tashqi omillar qatorida ularning ovoz tembri ham muhim ekanligi alohida 
ta‘kidlanadi.2 uMu-man, siyosatchimi, o‘qituvchimi, aktyormi, jurnalistmi, kim 
bo‘lishidan qat‘i nazar, uning og‘zaki nutqida barcha kom-munikativ sifatlar 
mavjud bo‘lsa-yu ovozida u yoki bu nuq-son sezilsa, bunday nutq ta‘sir kuchini 
kamida yarmiga yo‘qo-tadi. Aytish mumkinki, bir kishigami, yuz kishigami, 
boringki, ming kishigami, buning farqi yo‘q, o‘zgaga xitoban aytilgan har qanday 
nutqda ovozning, ovoz sifatining o‘rni favqulodla muhimdir.  
"Tabiiy jismoniy qobiliyat" sifatidagi, aytaylik, xir-qiroq, chiyildoq, 
shang‘iroq kabi ovozlarning yoqimli bo‘lolmasligi, ya‘ni tinglovchi qulog‘ini 
qiynashi tayin. Bunday yoqimsiz ovozdan "libos kiygan" fikrning kattagina qismi 
nutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi bo‘lmish qulokdan o‘tolmay 
tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko‘zlagan maqsad — muayyan bir 
axborotni tinglovchiga tugal va ta‘sirli tarzda etkazish uchun qulay sharoit 
yaratmaydi, balki unga monelik qiladi. Bu eski haqiqatni aslo yoddan 
chiqarmaslik lozim. Tabiatan ana shunday "quloqni qiy-naydigan" ovozga ega 
bo‘lgan odam o‘z ishining samarasidan chinakam huzur tuyushi, SHayx 
Sa‘diyning "Guliston"idagi muazzin holiga tushmasligi uchun faoliyatining 
asosiy quro-li nutq bo‘lmagan boshqa kasblarning etagini tutgani ma‘qul.  
Sir emaski, faoliyatining asosiy quroli nutq bo‘lgan kasblar orasida 
o‘qituvchilik birinchi o‘rinda turadi, buning ustiga, o‘qituvchilar soni ham ayni 
tur kasblarning boshqalarida mashg‘ul bo‘lganlar sonidan sezilarli darajada 
ortikdir.  
Insonning ayrim harakatlari va imo-ishoralarining mazmuni uning millati, 
milliy madaniyati va urf-odatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, 
Ilmiybaza.uz Mashhur rus olimi M.V.Lomonosov o‘zining "Notiqlik bo‘yicha qisqacha qo‘llanma"sida notiq bo‘lish uchun, avvalo, tabiiy qobiliyat zarurligini, tabiiy qobiliyat esa ruhiy va jismoniy turlarga bo‘linishini aytadi. Olim jismo-niy qobiliyat deganda baland va yoqimli ovoz, uzun nafas va baquvvat ko‘krak, shuningdek, sog‘lom tana va kelishgan qomatni nazarda tutadi.1 Bugungi kunda siyosatchilarning imiji ("qiyofasi")ni yaratishda bir qancha tashqi omillar qatorida ularning ovoz tembri ham muhim ekanligi alohida ta‘kidlanadi.2 uMu-man, siyosatchimi, o‘qituvchimi, aktyormi, jurnalistmi, kim bo‘lishidan qat‘i nazar, uning og‘zaki nutqida barcha kom-munikativ sifatlar mavjud bo‘lsa-yu ovozida u yoki bu nuq-son sezilsa, bunday nutq ta‘sir kuchini kamida yarmiga yo‘qo-tadi. Aytish mumkinki, bir kishigami, yuz kishigami, boringki, ming kishigami, buning farqi yo‘q, o‘zgaga xitoban aytilgan har qanday nutqda ovozning, ovoz sifatining o‘rni favqulodla muhimdir. "Tabiiy jismoniy qobiliyat" sifatidagi, aytaylik, xir-qiroq, chiyildoq, shang‘iroq kabi ovozlarning yoqimli bo‘lolmasligi, ya‘ni tinglovchi qulog‘ini qiynashi tayin. Bunday yoqimsiz ovozdan "libos kiygan" fikrning kattagina qismi nutq idrokining o‘ta sezgir va nozik darvozasi bo‘lmish qulokdan o‘tolmay tashqarida qoladi. Bu, albatta, nutq egasi ko‘zlagan maqsad — muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal va ta‘sirli tarzda etkazish uchun qulay sharoit yaratmaydi, balki unga monelik qiladi. Bu eski haqiqatni aslo yoddan chiqarmaslik lozim. Tabiatan ana shunday "quloqni qiy-naydigan" ovozga ega bo‘lgan odam o‘z ishining samarasidan chinakam huzur tuyushi, SHayx Sa‘diyning "Guliston"idagi muazzin holiga tushmasligi uchun faoliyatining asosiy quro-li nutq bo‘lmagan boshqa kasblarning etagini tutgani ma‘qul. Sir emaski, faoliyatining asosiy quroli nutq bo‘lgan kasblar orasida o‘qituvchilik birinchi o‘rinda turadi, buning ustiga, o‘qituvchilar soni ham ayni tur kasblarning boshqalarida mashg‘ul bo‘lganlar sonidan sezilarli darajada ortikdir. Insonning ayrim harakatlari va imo-ishoralarining mazmuni uning millati, milliy madaniyati va urf-odatlari bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Masalan, Ilmiybaza.uz 
 
boshini yuqoridan pastga qarab qimirlatish aksariyat xalqlarda tasdiq ma‘nosini 
anglatadi. Biroq vengerlarda, aksincha, u inkor ma‘nosini ifodalaydi. Yoki 
o‘zbeklar musiqadan yaxshi taassurot olganlarida boshini tebratsalar, ruslar 
bunday holatda oyoq uchini sekin-sekin erga urib turishadi.  
Bunday hatti-harakatlar, imo-ishoralar har bir madaniyat uchun o‘ziga 
xoslikka ega. Ularni, ayniqsa, rahbar xodimlar yaxshi bilishlari zarur. Zotan, 
arzimagan bir harakat yoki imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanishi millatlararo 
madaniyat me‘yoriga salbiy ta‘sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin.  
So‘nggi davrlarda ko‘pgina olimlar diqqatini globallashuv sharoitida 
madaniyatlararo muloqot muammolari tortmoqda. Madaniyat tushunchasi ancha 
keng bo‘lib, ko‘plab masalalar qatorida tafakkur shakli, dunyoqarash, baholash 
mezonlari kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Eduard Xoll shaxs tomonidan o‘zi va 
atrof dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran ―yuqori-past‖ shkalasi 
tushunchasini ilmiy iste‘molga kiritib, madaniyatlarni yuqori va past 
kontekstlarga bo‘ladi hamda har bir madaniyat vakillarining axborot uzatish va 
qabul qilishdagi farqlarini ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, yuqori kontekstning 
madaniyatlari (O‘rta Sharq, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika) vakillarini aqldan 
ko‘ra ko‘proq hissiyot va intuistiya harakatga keltiradi. Ular uchun so‘zlardan 
ko‘ra gapirayotgan odamning ohangi, yuz ifodasi, harakatlari, o‘zini tutishi 
muhimroq.  
Past kontekstning madaniyatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Ovrupo) 
vakillari esa muloqot paytida fikrlarning hujjat bilan dalillaganligiga, mantiqiy 
to‘g‘ri bayon etilishiga ko‘proq ahamiyat beradilar. Bu fikrlarni beistisno qabul 
qilib bo‘lmasa-da, ular asossiz emas. Masalan, yapon  olimlaridan biri o‘z 
madaniyati vakillarining muloqot usulini ovrupolik bir kishiga tushuntirib berib, 
shunday deydi: ―Biz mohiyatan bir toifadagi odamlarmiz. Biz sizlarga o‘xshab 
ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni aytib, o‘ntasini nazarda tutamiz‖.  
Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana shunga o‘xshash o‘ziga 
xosliklarni e‘tibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani tufayli suhbatdoshini 
noto‘g‘ri tushungani va o‘z maqsadiga erisha olmaganidan dalolat beradigan 
Ilmiybaza.uz boshini yuqoridan pastga qarab qimirlatish aksariyat xalqlarda tasdiq ma‘nosini anglatadi. Biroq vengerlarda, aksincha, u inkor ma‘nosini ifodalaydi. Yoki o‘zbeklar musiqadan yaxshi taassurot olganlarida boshini tebratsalar, ruslar bunday holatda oyoq uchini sekin-sekin erga urib turishadi. Bunday hatti-harakatlar, imo-ishoralar har bir madaniyat uchun o‘ziga xoslikka ega. Ularni, ayniqsa, rahbar xodimlar yaxshi bilishlari zarur. Zotan, arzimagan bir harakat yoki imo-ishoraning noto‘g‘ri qo‘llanishi millatlararo madaniyat me‘yoriga salbiy ta‘sir ko‘rsatib qo‘yishi mumkin. So‘nggi davrlarda ko‘pgina olimlar diqqatini globallashuv sharoitida madaniyatlararo muloqot muammolari tortmoqda. Madaniyat tushunchasi ancha keng bo‘lib, ko‘plab masalalar qatorida tafakkur shakli, dunyoqarash, baholash mezonlari kabilarni ham o‘z ichiga oladi. Eduard Xoll shaxs tomonidan o‘zi va atrof dunyo o‘rtasida o‘rnatilgan selektiv ekran ―yuqori-past‖ shkalasi tushunchasini ilmiy iste‘molga kiritib, madaniyatlarni yuqori va past kontekstlarga bo‘ladi hamda har bir madaniyat vakillarining axborot uzatish va qabul qilishdagi farqlarini ko‘rsatadi. Uning fikriga ko‘ra, yuqori kontekstning madaniyatlari (O‘rta Sharq, Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika) vakillarini aqldan ko‘ra ko‘proq hissiyot va intuistiya harakatga keltiradi. Ular uchun so‘zlardan ko‘ra gapirayotgan odamning ohangi, yuz ifodasi, harakatlari, o‘zini tutishi muhimroq. Past kontekstning madaniyatlari (Shimoliy Amerika, G‘arbiy Ovrupo) vakillari esa muloqot paytida fikrlarning hujjat bilan dalillaganligiga, mantiqiy to‘g‘ri bayon etilishiga ko‘proq ahamiyat beradilar. Bu fikrlarni beistisno qabul qilib bo‘lmasa-da, ular asossiz emas. Masalan, yapon olimlaridan biri o‘z madaniyati vakillarining muloqot usulini ovrupolik bir kishiga tushuntirib berib, shunday deydi: ―Biz mohiyatan bir toifadagi odamlarmiz. Biz sizlarga o‘xshab ko‘p gapirmaymiz. Bitta so‘zni aytib, o‘ntasini nazarda tutamiz‖. Turli madaniyat vakillari muloqot paytida ana shunga o‘xshash o‘ziga xosliklarni e‘tibordan chetda qoldirgani yoki bilmagani tufayli suhbatdoshini noto‘g‘ri tushungani va o‘z maqsadiga erisha olmaganidan dalolat beradigan Ilmiybaza.uz 
 
misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jumladan, g‘arblik ishbilarmonlar yapon 
biznesmenlari bilan muloqot qilganlarida ularning muloyim tabassum qilib 
turishlaridan maqsadga erishdik, degan xulosaga kelganlari, biroq shartnomalari 
imzolanmaganini ko‘rib hayron bo‘lishib qolganlari ma‘lum.  
Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, har qanday rahbar o‘zgalar bilan 
muloqot paytida fikr ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta bilishi hamda 
ulardan nutq jarayonida foydalana olishi va tinglovchilarning hatti-harakatlari 
ma‘nolarini o‘qiy bilishi lozim.  
Hozirgi paytda nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganuvchi bir necha fan 
yo‘nalishlari 
shakllangan. 
Masalan, 
kinestetika 
inson 
hissiyotlari 
va 
tuyg‘ularining tashqi ifodalarini o‘rganadi. Uning tarkibida yuz mushaklarining 
harakatlarini o‘rganuvchi mimika, tananing turli a‘zolari harakatining 
ma‘nolarini o‘rganuvchi jestika, butun tana harakatlarini o‘rganuvchi 
pantomimika kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Takesika fani muloqot paytida 
bir-biriga bevosita teginishni (qo‘l siqish, silash, elkaga qoqish, itarib yuborish 
va hokazo) o‘rganadi.  
Proksemika muloqot paytida odamlarning makonda joylashuvini tadqiq etadi.  
Masalan, bu soha mutaxassislari muloqotdagi odamlar o‘rtasidagi masofani 
quyidagilarga ajratadi: 1. Imtim masofa (15-45 sm). Bu masofaga kishi o‘ziga 
yaqin odamlarni yaqinlashtiradi. Mutaxassislarning aytishicha, imtim masofa 
buzilganda kishinig yurak urishi tezlashadi, miyaga qon quyiladi va hokazo. 2. 
Shaxsiy yoki personal masofa (45-120 sm). Bunday masofa odatda do‘stlar va 
kasbdoshlar o‘rtasidagi suhbat chog‘ida o‘rnatiladi. Bunda yuzma-yuz turish va 
ko‘z bilan aloqa o‘rnatish nazarda tutiladi. 3. Ijtimoiy masofa (120-400 sm.dan 
ortiq). Mazkur aloqa, odatda, rasmiy uchrashuv paytida unchalik tanish 
bo‘lmagan kishilar o‘rtasida o‘rnatiladi. 4. Ommaviy masofa (400 sm.dan ortiq). 
Miting, ma‘ruza o‘qish kabi ko‘p sonli odamlar bilan muloqot paytida o‘rnatiladi.  
Insonning har bir harakatida uning miyasidagi ongli va ongsiz jarayonlar, 
fikr va hissiyotlar aks etadi. Buni ruh va tananing dialogi deb atash mumkin.  
Ilmiybaza.uz misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Jumladan, g‘arblik ishbilarmonlar yapon biznesmenlari bilan muloqot qilganlarida ularning muloyim tabassum qilib turishlaridan maqsadga erishdik, degan xulosaga kelganlari, biroq shartnomalari imzolanmaganini ko‘rib hayron bo‘lishib qolganlari ma‘lum. Yuqorida aytilganlardan xulosa shuki, har qanday rahbar o‘zgalar bilan muloqot paytida fikr ifodalashning nolingvistik vositalarini puxta bilishi hamda ulardan nutq jarayonida foydalana olishi va tinglovchilarning hatti-harakatlari ma‘nolarini o‘qiy bilishi lozim. Hozirgi paytda nolingvistik muloqot vositalarini o‘rganuvchi bir necha fan yo‘nalishlari shakllangan. Masalan, kinestetika inson hissiyotlari va tuyg‘ularining tashqi ifodalarini o‘rganadi. Uning tarkibida yuz mushaklarining harakatlarini o‘rganuvchi mimika, tananing turli a‘zolari harakatining ma‘nolarini o‘rganuvchi jestika, butun tana harakatlarini o‘rganuvchi pantomimika kabilarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Takesika fani muloqot paytida bir-biriga bevosita teginishni (qo‘l siqish, silash, elkaga qoqish, itarib yuborish va hokazo) o‘rganadi. Proksemika muloqot paytida odamlarning makonda joylashuvini tadqiq etadi. Masalan, bu soha mutaxassislari muloqotdagi odamlar o‘rtasidagi masofani quyidagilarga ajratadi: 1. Imtim masofa (15-45 sm). Bu masofaga kishi o‘ziga yaqin odamlarni yaqinlashtiradi. Mutaxassislarning aytishicha, imtim masofa buzilganda kishinig yurak urishi tezlashadi, miyaga qon quyiladi va hokazo. 2. Shaxsiy yoki personal masofa (45-120 sm). Bunday masofa odatda do‘stlar va kasbdoshlar o‘rtasidagi suhbat chog‘ida o‘rnatiladi. Bunda yuzma-yuz turish va ko‘z bilan aloqa o‘rnatish nazarda tutiladi. 3. Ijtimoiy masofa (120-400 sm.dan ortiq). Mazkur aloqa, odatda, rasmiy uchrashuv paytida unchalik tanish bo‘lmagan kishilar o‘rtasida o‘rnatiladi. 4. Ommaviy masofa (400 sm.dan ortiq). Miting, ma‘ruza o‘qish kabi ko‘p sonli odamlar bilan muloqot paytida o‘rnatiladi. Insonning har bir harakatida uning miyasidagi ongli va ongsiz jarayonlar, fikr va hissiyotlar aks etadi. Buni ruh va tananing dialogi deb atash mumkin. Ilmiybaza.uz 
 
Ko‘rinadiki, nutq madaniyatining mukammal bo‘lishi nolingvistik omillar 
bilar ham bevosita aloqadordir. Zotan, so‘zlovchi muloqot jarayonida ―tana 
tili‖dan ham samarali foydalanadi.  
Mavzuga doir savollar 
 
1. 
Rim notiqligi nimalar bilan bog‘liq holda taraqqiy etdi?  
2. 
Rim davlatining ilk davrlari bilan bog‘liq holda notiqlik san‘atining qanday 
turlari shakllanadi?   
3. 
Mark Porsiy Katon haqida nimalarni bilasiz?  
4. 
Rim notiqligiga kimlar yangi yo‘nalish berdi?  
5. 
Fuqarolar urushi boshlanishi arafasida rim notiqligi yoki ritorikasi qaysi 
partiya manfaatlari uchun xizmat qildi?  
6. 
Siyosiy va sud notiqliklari faoliyati haqida ma‘lumot bering.  
7. 
Sitseronning ―Brut‖ risolasi haqida nimalarni bilasiz? 
8. 
Sitseronning ―Davlat‖ risolasida nimalar haqida so‘z yuritiladi?  
9. 
Rim notiqligida qanday yo‘nalishlar shakllanadi?  
10. 
Rim notiqlik san‘ati nazariyasiga muvofiq nutq qanday shakl va tarkibiy 
qismlardan iborat bo‘lmog‘i kerak?  
11. 
Notiqlar sud jarayonida qanday dalillardan foydalanishgan?  
12. 
Sitseronning fikriga ko‘ra, notiq qanday xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak?  
 
Foydalanilgan adabiyotlar  
1. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek 
nutqi madaniyati ocherklari. – Toshkent, 1988.  
2.Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq 
madaniyati. – Toshkent, 1983.  
3.Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 1992.  
Xorijiy manbalar 
1. 
Akhmanova Olga, Zadornova Velta: On linguopoetic strafitication of 
literary texts Poet 7, 1977. – C. 50-60. 
Ilmiybaza.uz Ko‘rinadiki, nutq madaniyatining mukammal bo‘lishi nolingvistik omillar bilar ham bevosita aloqadordir. Zotan, so‘zlovchi muloqot jarayonida ―tana tili‖dan ham samarali foydalanadi. Mavzuga doir savollar 1. Rim notiqligi nimalar bilan bog‘liq holda taraqqiy etdi? 2. Rim davlatining ilk davrlari bilan bog‘liq holda notiqlik san‘atining qanday turlari shakllanadi? 3. Mark Porsiy Katon haqida nimalarni bilasiz? 4. Rim notiqligiga kimlar yangi yo‘nalish berdi? 5. Fuqarolar urushi boshlanishi arafasida rim notiqligi yoki ritorikasi qaysi partiya manfaatlari uchun xizmat qildi? 6. Siyosiy va sud notiqliklari faoliyati haqida ma‘lumot bering. 7. Sitseronning ―Brut‖ risolasi haqida nimalarni bilasiz? 8. Sitseronning ―Davlat‖ risolasida nimalar haqida so‘z yuritiladi? 9. Rim notiqligida qanday yo‘nalishlar shakllanadi? 10. Rim notiqlik san‘ati nazariyasiga muvofiq nutq qanday shakl va tarkibiy qismlardan iborat bo‘lmog‘i kerak? 11. Notiqlar sud jarayonida qanday dalillardan foydalanishgan? 12. Sitseronning fikriga ko‘ra, notiq qanday xislatlarga ega bo‘lmog‘i kerak? Foydalanilgan adabiyotlar 1. Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M., Umurqulov B. O‘zbek nutqi madaniyati ocherklari. – Toshkent, 1988. 2.Begmatov E., Boboeva A., Asomiddinova M. Adabiy norma va nutq madaniyati. – Toshkent, 1983. 3.Mirtojiev M., Mahmudov N. Til va madaniyat. – Toshkent, 1992. Xorijiy manbalar 1. Akhmanova Olga, Zadornova Velta: On linguopoetic strafitication of literary texts Poet 7, 1977. – C. 50-60. Ilmiybaza.uz 
 
2. 
Bar-Hillel 
Y. 
Language 
and 
Information. 
Addison-Wesley. 
Reading.Mass.,1964. 
3. 
Brunot F. La pensée et la langue. Paris, 1936. 
4. 
Coseriu E. Thesen zum Thema ―Sprache und Dichtung‖. – In: Beitrage zur 
Textlinguistik/ Hrsg. W.D. Stempel. Munchen: Fink, 1971. 
5. 
Meschonnic H. Pour la poetique. Paris, 1978. 
6. 
Spitzer L. Linguistics and  Literary History. Essays in Stylistics/ - Princeton. 
1948. 236.p 
 
 
Ilmiybaza.uz 2. Bar-Hillel Y. Language and Information. Addison-Wesley. Reading.Mass.,1964. 3. Brunot F. La pensée et la langue. Paris, 1936. 4. Coseriu E. Thesen zum Thema ―Sprache und Dichtung‖. – In: Beitrage zur Textlinguistik/ Hrsg. W.D. Stempel. Munchen: Fink, 1971. 5. Meschonnic H. Pour la poetique. Paris, 1978. 6. Spitzer L. Linguistics and Literary History. Essays in Stylistics/ - Princeton. 1948. 236.p