ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI
REJA:
“1.Uslubiyat. Nutq uslublari.
2. Ilmiy, badiiy, so`zlashuv, rasmiy-idoraviy, publitsistik uslublar va ularning
uslubiy xususiyatlari.
3.Uslubni yaratuvchi leksik, fonetik, sintaktik vositalar.
Tayanch so‘zlar: Ilmiy, badiiy, so`zlashuv, rasmiy-idoraviy, publitsistik,
Vatan, vatanparvar, tinchlik, jasorat, qahramonlik, totuvlik, taraqqiyot, matonat,
kuch, quvvat, ma’naviyat, erk, ozodlik, ona, yer, zamin.
Mavzuning qisqacha bayoni
O‘zbek
tilshunosligining
nisbatan
yangi
sohasi
sanaladigan
stilistika – uslubshunoslik til birliklarining aloqa vositasi sifatida muomala
jarayonida turli soha va vaziyatda qo‘llanishi, nutqni tashkil qilish qonuniyatlari, til
tizimidagi barcha vositalarning nutq jarayonidagi imkoniyatlari va ma’no
nozikliklarini aniqlash bilan shug‘ullanadi. «Stilistika – tilda mavjud bo‘lgan barcha
vositalar – leksik, grammatik, fonetik vositalardan nutqda qanday foydalanish
zarurligini, ma’lum bir tipdagi forma, so‘z va konstruksiyalardan qaysi birini
qo‘llash muvofiq ekanini, yaxshi va eng muvofiq vositasini tavsiya etadi, norma
qilib belgilaydi, nutqning turli stilistik qatlamlarida qo‘llanadigan vositalarni
belgilab beradi. Shunga ko‘ra, stilistika so‘z san’ati, ifoda vositalar haqidagi alohida
bir fandir».
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo`limi bo`lib, nutq jarayonida til
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda
qo`llanish yo`llari, lug`aviy, frazeologik va grammatik birliklarning qo`llanish
xususiyatlari o`rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma`lum bir sohada qo`llanadigan, bir
qancha o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lgan ko`rinishi adabiy til
uslubi deyiladi. Uslub orqali so`zlovchi shaxs narsalarga, voqealarga shaxsiy
munosabatini aks ettiradi.
Аdаbiy tilning ijtimоiy hаyotning mа’lum sоhаsi dоirаsidа qo‘llаnilаdigаn
ko‘rinishi nutq uslublаri dеyilаdi.
Nutq uslublаri quyidаgilаr:
1.
Оg‘zаki so‘zlаshuv uslubi
2.
Rublisistik uslub
3.
Bаdiiy uslub
4.
Rаsmiy-idоrаviy uslub
5.Ilmiy uslub
1. So`zlashuv uslubi. Uyda, ko`chada, insonlarning o`zaro so`zlashuvida
qo`llanadigan uslub so`zlashuv uslubi deb ataladi. Bu uslubning adabiy til
me`yorlariga rioya qiladigan ko`rinishi adabiy so`zlashuv uslubi deb yuritilsa,
bunday me`yorlariga rioya qilinmaydigan ko`rinishi oddiy so`zlashuv uslubi
deb ataladi. So`zlashuv uslubidagi nutq ko`pincha dialogik shaklda bo`ladi.
Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasidan tuzilgan nutq dialogik
nutq deyiladi.
So`zlashuv uslubida ko`pincha turli uslubiy bo`yoqli so`zlar, grammatik
vositalar, tovushlar tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Kep qoling! Obbo, hamma
ishni do`ndiribsiz-da. Mazza qildik. Ketaqo-o-ol!
So`zlashuv uslubida gapdagi so`zlar tartibi ancha erkin bo`ladi, piching,
qochiriqlar, kinoyalar ko`plab ishlatiladi. Ko`proq sodda gaplar, to`liqsiz gaplar,
undalmali gaplardan foydalaniladi. So‘zlashuv uslubi. So‘zlashuv uslubi
kishilarning kundalik norasmiy, erkin muomalalari doirasida til birliklarining
o‘ziga xos amal qiluvidir.
Nutqda til unsurlarining ishtirok etishiga ko‘ra kitobiy uslub sifatida
qaraluvchi ilmiy, rasmiy ish qog‘ozlari va publitsistik uslublarga so‘zlashuv
uslubiqarshi turadi deyish mumkin. So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasida nutqiy
aloqaning bevosita amalga oshuvi, nutqiy jarayonning oldindan tayyorlab
qo‘yilmaganligi, nutqiy munosabatda bo‘layotgan kishilar o‘rtasida rasmiy
muolmalaning bo‘lmasligi so‘zlashuv uslubini boshqa vazifaviy uslublardan
keskin chegaralaydi.
So‘zlashuv uslubining yana bir farqi shundaki, unda lisoniy na nolisoniy
omillarning munosabati boshqa uslublarga qaraganda mustahkamdir.
So‘zlashuv uslubining o‘ziga xosliklari:
1. Nutq ko‘pincha elliptik xarakterga ega bo‘ladi. So‘zlashuv jarayonidagi
vaziyatga ko‘ra bayonotning ma'lum qismi nutqda koldirilib ketilaverilishi
mumkin. Bunday holatda ham tinglovchilarga fikr tushunarli bo‘ladi. Masalan,
Qorami? Ko‘kmi?
2. So‘zlashuv nutqida til birliklari o‘zining ekspressivlik imkoniyatlarini keng
namoyish qiladi. Masalan, ulgurmaymiz deyishdan ko‘ra ulgurib bo‘pmiz,
ulgurmoq qayoqda, ulgurib ham bo‘ldik kabi javob qaytarish bir muncha
tabiiyroqdir.
3. Ohangning ahamiyati nihoyatda katta bo‘ladi. Nutqiy ohang og‘zaki
nutqning amalga oshuvida til birliklaridan keyingi muhim hal qiluvchi vosita
bo‘lib, nutqning tezligi pauza, ton, melodiya, tovush tembri, mantiqiy urg‘u va so‘z
urg‘usi kabi intonatsiyaning ko‘rinishlari ma'noni farqlashda, uning qirralarini
ajratib ko‘rsatishda, hayajonni kuchaytirishda katta xizmat qiladi.
So‘zlashuv uslubi fonetik, leksik, grammatik o‘ziga xosliklarga ham ega.
Ommabop (publitsistik) uslub. Tashviqot-targ`ibot ishlarini olib borishda
qo`llanadigan uslub, ya`ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Soddalik,
tushunarli bo`lish, ta`sirchanlik, adabiy til me`yorlariga rioya qilish bu uslubning
asosiy belgilaridan hisoblanadi. Ommabop uslubning radio, televidenieda
ishlatiladigan ko`rinishi og`zaki ommabop uslub deyilsa, gazeta jurnallarda
ishlatiladigan ko`rinishi yozma ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-
siyosiy so`zlar ko`p qo`llanadi. Nutq ta`sirchan bo`lishi uning ta`sirchan so`z va
birikmalardan, maqol va hikmatli so`zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda
gap bo`laklari odatdagi tartibda bo`ladi, kesimlar buyruq va xabar maylidagi fe`llar
bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so`roq gaplardan, yoyiq
undalmalardan, takroriy so`z va birikmalardan unumli foydalaniladi: 1. Azamat
paxtakorlarimiz mo`l hosil yetishtirish uchun fidokorona mehnat qilishyapti. 2.
Partiya faollari o`zlarining navbatdagi majlisiga yig`ilishdi.
Badiiy uslub. Voqelikni badiiy obrazlar (timsollar) vositasida aks ettirib,
tinglovchi yoki o`quvchiga estetik jihatdan ta`sir qiluvchi uslub badiiy uslub deb
ataladi. Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo`ladi.
Badiiy asar kishiga ma`lumot berish bilan birga timsollar (obrazlar) vositasida
estetik ta`sir ham ko`rsatadi: O`lkamizda fasllar kelinchagi bo`lmish bahor o`z
sepini yoymoqda.Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so`zlari, sheva,
vulgarizmlardan ham foydalaniladi.
Til materialini qamrab olish imkoniyatining kengligi, umumxalq tilida
mavjud b ‘lgan barcha lug‘aviy birliklarning hamda boshqa vazifaviy uslub
unsurlarining ishtirok etaverishi va ularning muhim bir vazifaga - estetik vazifani
bajarishga xizmat qilishini badiiy nutq uslubining uchiga xos xususiyati deb qarash
kerak b ‘ladi.
Badiiy adabiyot tili adabiy til bilan birga umumxalq tili boyliklarini ham
qamrab oladi. Ya'ni, asarning janr va mavzu shlabi bilan yozuvchining individual
uslubiga bog‘liq holda badiiy nutqdan umumxalq tilidagi barcha lug‘aviy qatlamlar
ishtirok etaveradi. Masalan, adabiy tilda dialektizmlar, jargonlar, varvarizmlardan,
dag‘al so‘zlardan, eskirgan so‘zlardan, oddiy so‘zlashuv tili elementlaridan
foydalaning maqsadga munofiq bo‘lmagani holda ularni badiiy nutqda o‘rni bilan
qo‘llash mumkin.
Badiiy adabiyot tilining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, s ‘z
san'atkorlari faqatgina umumxalq tilida mavjud bo‘lgan so‘z va iboralardangina
foydalanib qolmasdan, ularni qayta ishlab, yangi-yangi ma'nolarda qo‘llaydilar,
ma'nolarni kengaytiradilar, boyitadilar. Tilimizning ichki imkoniyatlaridan
foydalangan holda yangi so‘z va iboralar yaratadilar.
Adabiy tilning nutqiy imkoniyatlari to‘laligicha badiiy nutq uslubida
namoyon bo‘ladi deyish mumkin. Vazifaviy uslublarning hech birida badiiy nutq
uslubidagichalik, til uning tuzilish jihatlari, lug‘at tarkibi, ya'ni so‘zning ma'no
(boyligi va rang-barangligini, to‘g‘ri va ko‘chma ma'nolarini namoyish qila
olmaydi, grammatik qurilishi, ya'ni gaplarning barcha tiplari bilan ishtirok
etolmaydi. Badiiy nutq doirasida til vositalari ma'lum qonun-qoidalarga amal
qiladi, ana shu qonun-qoidalar uni boshqa uslublardan chegaralashga farqlashga
imkon beradi.
Badiiy nutq uslubining o‘ziga xos lug‘aviy va grammatik xususiyatlari
mavjud.
Badiiy uslubda so‘z ma'nolarining kengayishi, o‘zgarishi, ko‘p ma'noli
bo‘lishi va hatto lug‘atlarda qayd etilmagan ma'nolar kasb etishi qonuniyat
sanaladi.
Lug‘aviy birliklardan tashqari frazeologik birliklarning faol va keng ravishda
ishlatilishi ham badiiy nutq uslubining asosiy belgilaridandir.
Badiiy uslubning grammatik xususiyatlariga nazar tashlasak, grammatik
shaklning barcha ko‘rinishlari – sheva va tarixiy variantlari ham asarning mavzu
talabi bilan qo‘llanaveradi. Masalan:
Dunyo bo‘ldi chamanim manim,
O‘zbekiston vatanim manim.
Badiiy nutq uslubida so‘z turkumlarini qo‘llashda ham o‘ziga xosliklar
mavjud. Masalan, sifatlarning ishlatilishi badiiy nutqda ot va olmosh kabi faoldir.
Olmoshlardan kishilik va ko‘rsatish olmoshlarining qo‘llanishi mahsuldordir.
Sonlar odatda aniq ma'nolarni anglatishi bilan birga ma’nosi kengaygan holda ham
qo‘llanadi. Undov va taqlid so‘zlar ham badiiy uslubda uchrashi xarakterlidir.
Badiiy uslub sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa uslublardan farqlanadi.
Badiiy nutq uslubida darak, so‘roq, buyruq gaplar matn sintaksisining ajralmas
qismini tashkil qiladi. Undov gaplar ham badiiy nutq uslubi uchun xarakterlidir.
Ular kitobxonga estetik ta'sir o‘tkazishda yozuvchi qo‘lida kuchli qurol
hisoblanadi.
Badiiy nutq uslubida qo‘shma gapning barcha turlari aralash ishlatilaveriladi.
Nutq ham diologik, ham monologik bo‘lishi mumkin. Badiiy uslubni tilimizning
boyligi sanalmish tasviriy vositalarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Rasmiy-idoraviy uslub. Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar,
qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza,
tilxat, ma`lumotnoma, chaqiruv qog`ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol,
e`lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday
uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning
asosiy belgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo`lishi. Bu uslubda ham
so`zlar o`z ma`nosida qo`llanadi, ko`pchilikka ma`lum bo`lgan ayrim qisqartma
so`zlar ishlatiladi, har bir sohaning o`ziga xos atamalaridan foydalaniladi, qaror
qilindi, inobatga olinsin, ijro uchun qabul qilinsin, tasdiqlanadi, yuklatilsin,
tayinlansin kabi so`z va so`z birikmalari ko`plab uchraydi. Rasmiy-idoraviy
uslubda ko`pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko`rsatma kabilarda esa buyruq
gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo`laklarining odatdagi tartibda
bo`lishiga rioya qilinadi: O`z lavozimini suiiste`mol qilganligi uchun M.
Ahmedovga hayfsan e`lon qilinsin. Yodda saqlang!
Оmmаviy ахbоrоt vоsitаlаridа (gаzеtа-jurnаl, rаdiо, tеlеvidеniyе), Оliy mаjlis
yig‘inlаridа, turli хil аnjumаnlаrdа qo‘llаnilаdigаn nutq uslubi publisistik uslub
sаnаlаdi. Publisistik uslub 2 хil shаkldа nаmоyon bo‘lаdi: 1) yozmа shаkl, 2)
оg‘zаki shаkl
Publisistik uslubning o‘zigа хоs хususiyati shundаki, u muаyyan ijtimоiy
mаsаlаlаrgа fаоl munоsаbаtdа bo‘lishlik, hоzirjаvоblik, tа’sirchаnlik bеlgilаrgа
egа.
Publitsistik uslub. Publitsistik asarlarning (masalan, xabar, reportaj,
korrespondensiya, maqola, ocherk, felton, pamflet, bosh maqola va boshqalarning)
uslubiy chegaralanishi ularning alohida lisoniy belgilariga ega ekanligida
ko‘rinadi.
Adabiy tilimizning boyishida publitsistik uslubning roli katta. Publitsistik
uslub ijtimoiy - siyosiy bilimlarni targ‘ib qilish va keng xalq ommasiga
yetkazuvchi vosita sifatida bu uslub tilining rang - barangligi orqali kishilar ongiga
ko‘proq ta'sir etadi.
Bu uslubning yana bir xususiyati shundaki, unda qisqalik markaziy
o‘rinlaridan birini egallaydi, ya'ni qisqa, lo‘nda, tushunarli, yorkin, ixcham tilda
yozish asosiy talablardan hisoblanadi.
Publitsistik uslubda gazeta tili alohida o‘rin egallaydi. Chunki gazeta va
publitsistika bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Shu bilan birga gazeta uslubi
publitsistik uslubning bir tarmog‘i hisoblanadi.
Publitsistik uslubning o‘ziga xos belgilaridan yana biri shundaki, unda ba'zi
grammatik vositalar, ravishdosh, sifatdosh oborotlar fe'lning shart mayli
shakllarining almashilib ishlatilishi, ritorik, murojaat, undov, bir sostavli
gaplarning qo‘llaning darajasi boshqa vazifaviy uslublarga nisbatan ustunroq.
Publitsistik uslubning xarakterli belgilaridan biri nutqning ko‘pincha I shaxs
nomidan ifodalanishidir.
Publitsistik uslub morfologik va sintaktik xususiyatlari bilan ham boshqa
uslublardan ajralib turadi. Morfologik uslublardan biri so‘z yasalishida ko‘zga
tashlanadi. Bunda boshqa tildan qabul qilingan so‘zlar tarkibi o‘zbek tilidagi
qo‘shimchalar bilan almashtiriladi: sportchi, dildosh, paxtashunos; - lik
qo‘shimchasi bilan so‘z yasash ham anchagina: ilg‘orlik, omilkorlik, hamkorlik,
faollik, bunyodkorlik, ishchanlik, unumdorlik.
Publitsistik uslubning sintaktik xususiyatlari:
1. So‘roq gaplar ko‘p ishlatiladi;
2. Uyushiq bo‘lakli gaplar keng qo‘llaniladi;
3. Undov gaplar ko‘p ishlatiladi;
4. Kirish bo‘lakli, kirish qurilmali gaplar keng qo‘laniladi;
5. Shaxsi umumlashgan gaplar ko‘p ishlatiladi.
Ilmiy
uslub.Fan-texnikaning
turli
tarmoqlariga
doir
ilmiy
asarlar,
darsliklar ilmiy
uslubda yoziladi.
Mantiqlilik,
aniqlik
bu
uslubga
xos
xususiyatlardir. Ilmiy uslub aniq ma`lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar
(qoidalar,
ta`riflar)ga
boy
bo`lishi
bilan
boshqa
uslublardan
farq
qiladi: Yomg`ir – suyuq tomchi holidagi atmosfera yog`ini. Tomchining diametri
0,5-0,6 mm bo`ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o`ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu
uslubda so`zlar o`z ma`nosida qo`llanadi, qoida yoki ta`rifning mazmunini
ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo`laklar, kirish so`zlar, kirish birikmalar,
shuningdek, qo`shma gaplardan ko`proq foydalaniladi.
Badiiy uslub aralash uslub hisoblanadi, chunki bu uslubda so`zlashuv va
kitobiy uslublarga xos o`rinlar ham uchraydi.
Har bir uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quyidagi turlarga bo`lish
mumkin:
1. Leksik vositalar: sinonim, omonim, antonim, paronim, ko`p ma`nolilik,
tag ma`no (gapning tagida yashiringan ma`no), sifatlash, o`xshatishlar, frazeologik
birlik, sheva, noadabiy so`zlar (jargon, argo, so`kish, qarg`ish kabilar), kasb-hunar
so`zlari, mubolag`a (giperbola), arxaik va tarixiy so`zlar, atamalar.
2. Fonetik vositalar: nutq tovushlari, ohang, urg`u.
3. Grammatik vositalar: a) morfologik vositalar: har bir so`z turkumi; b)
sintaktik vositalar: gap bo`laklari, ritorik so`roq gaplar, undalma, kirish so`z, kirish
birikma, sodda va qo`shma gaplar, ko`chirma va o`zlashtirma gaplar.
Ma`lum bir uslubga tegishli bo`lgan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar deb
yuritiladi: yanglig` so`zi
badiiy
uslubga, omonim,
sinonim so`zlari
ilmiy
uslubga, balli, ketvorgan kabi so`zlar so`zlashuv uslubiga, faollar yig`ilishi,
siyosiy maydon kabi so`z birikmalari ommabop uslubga xosdir. So`zlashuv
uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatilaveradigan so`zlar uslubiy betaraf
so`zlar hisoblanadi:suv, tog`, bola, xat. Bu so`zlar ko`chma ma`noda qo`llansa,
ma`lum bir uslubga tegishli bo`lishi mumkin.