ADABIY TILNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ADABIY TIL SHAKLLARI. OG‘ZAKI VA YOZMA YURIDIK NUTQ (Adabiy til shakllari)
Yuklangan vaqt
2024-05-10
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
5
Faytl hajmi
26,8 KB
Ilmiybaza.uz
ADABIY TILNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. ADABIY TIL
SHAKLLARI. OG‘ZAKI VA YOZMA YURIDIK NUTQ
Reja:
1. Adabiy tilning o‘ziga xos xususiyatlari. Adabiy til – umumxalqiy til
2. Adabiy til shakllari
3. Og‘zaki va yozma yuridik nutq
Ilmiybaza.uz
Adabiy tilning bu xususiyati u xizmat qiluvchi doiraning umumxalq
xarakteriga egaligi bilan izohlanadi. Adabiy tilning umumxalqiy xususiyati
tilning xalqchil va demokratik asoslariga tayanadi.
U butun millat doirasiga keng tarqaladi va umumxalq mulkiga, uning
mushtarak aloqa quroliga aylanadi. Butun o‘quv-o‘qitish ishlari, ommaviy
axborotlar, ilmiy-madaniy xabarlar o‘zbek adabiy tilida olib boriladi.
O‘zbek adabiy tili o‘zbek xalqi turmushiga, uning ilmiy, madaniy, kundalik
hayoti doirasiga faol kirib borgan. Bu esa uning o‘zbek xalqining umumiy
aloqa quroliga aylanganini ko‘rsatadi.
Bu o‘zbek adabiy tilining umumxalqiylik xususiyatidir. Adabiy tilning
umumxalqiyligi bu tilning mohiyati, vazifasi va shakllanish xususiyatlarida
ham namoyon bo‘ladi.
O‘zbek tilining hech bir lahjasi, shevasi, adabiy til o‘taydigan vazifani bajara
olmaydi. Chunki ular muayyan hudud, mintaqa aholisi uchungina xizmat
qiladi.
Adabiy til ma’lum hudud bilan chegaralnamaydi.
O‘zbek adabiy tili nafaqat O‘zbekiston Respublikasi doirasida yashovchi
o‘zbeklarning, balki boshqa xorijiy davlatlarda yashovchi o‘zbeklarning ham
umumiy aloqa qurolidir.
Adabiy til umumxalqiy, umummilliy aloqa ehtiyojini qondirish uchun yuzaga
keladi. Bu esa tilning asosiy maqsadi va vazifasini belgilaydi.
Nutq til vositalari orqali so‘zlashish, muomala jarayonidir. So‘nggi yillarda
nutq kishilar til orqali bir-biri bilan muomala, aloqa qilishning usuli deb qaralishi
ham fikrimizni tasdiqlaydi. Til umumiylik, nutq esa xususiylik belgilari bilan
farqlanadigan ijtimoiy hodisalar bo'lib, ikkalasi hamjamiyatga xizmat qiladi. Nutq
og‘zaki va yozma ko‘rinishlarga ega bo‘ladi. Biroq nutqning bu ikki ko‘rinishi bir-
biridan ba’zi jihatlari bilan farqlanadi. Og‘zaki nutq so‘zlovchi — prokuror, sud,
advokat, tergovchi gapirib turgan lahzadagina mavjud bo‘ladi, so‘zlash jarayoni
tugashi bilan og‘zaki nutq ham tugaydi. Lekin nutq ta’sirida berilgan ma’lumot,
Ilmiybaza.uz
axborot, hukm tinglovchi ongida uzoq vaqtgacha saqlanishi, tinglovchi — aybdor,
guvoh, sudlanuvchi xulqiga, qalbiga ta’sir etishi tabiiy.
Og‘zaki yuridik nutq xususiyatlari quyidagi me’yorlarga asoslanadi:
1. Og‘zaki yuiidik nutq kommunikativ jarayon bilan bevosita bog'liq bo‘ladi.
Og‘zaki nutq tezkorlik bilan amalga oshadi, shuning uchun har qanday yurist
ifodalayotgan fikriga mos so‘zni, gapni tanlay olish qobiliyatini shakllantirib borishi
maqsadlidir. Ba’zan sud jarayonida prokuror, sud yoki advokat voqeiylikka, aytilishi
lozim bo‘lgan fikrga, hodisalarni dalillashga mos, muvofiq so‘z topa olmay qoladi.
Og‘zaki nutq tayyorgarliksiz, ya’ni favqulodda yuzaga keladi, shuning uchun kishi
o‘z nutqida voqeiylikdan uzoqroq so‘zni ishlatib yuborishi ham mumkin. Natijada
aytilgan nutq nishonga borib tegmaydi, ko‘zlangan maqsad amalga oshmay qoladi.
Og‘zaki nutq jarayonida odam bir vaqtning o‘zida fikrlaydi hamda so‘zlaydi,
shuning uchun voqelikka mos so‘zlami tanlashga deyarli imkoniyat bo‘lmay qoladi.
2. Og‘zaki nutqda gap qurilishini aql nazorat qilib boradi. Bunda xotiraning roli
katta. Agar xotira sust bo‘lsa, og‘zaki nutqda gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro
mantiqan va grammatik jihatdan bog‘lanmay qoladi.
3. Og‘zaki yuridik nutq, asosan, tahrir imkoniyatidan mahrum bo‘ladi. U qanday
shaklda namoyon bo‘lgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga yetib boradi.
4. Og‘zaki yuridik nutqda takrorlar, qaytariqlar ko‘p uchraydi.
5. Og‘zaki yuridik nutqning lug‘aviy tarkibi yozma nutqqa nisbatan kam bo‘ladi.
Olmoshlar, yuklamalar, modal so‘zlar, bosh va tushum kelishigidagi otlar ko‘proq
ishlatiladi. Og‘zaki nutqda ellipsisga yo‘l qo‘yiladi, ya’ni nutqning tejamkor bo‘lishi
uchun ba’zi gap bo‘laklari tushiriladi. To‘liqsiz gaplar ko‘p qo‘llanadi.
6. Og‘zaki yuridik nutqda so‘zlovchining faol nutqiy harakati pauza (to‘xtam),
ohang, urg‘u, unlilarning cho‘zib talaffuz etilishi; turli xil jest (imo-ishora)lar,
mimika (qiyofaning o‘zgarishi)lar fikrning tinglovchiga yetib borishida muhim
ahamiyat kasb etadi.
7. Og‘zaki nutqda talaffuzning ahamiyati katta. Gapga ustalikni talaffuz
ravonligidan ayricha tasavvur etib bo‘lmaydi. No‘noq talaffuz tergov jarayonida,
sud jarayonida, ayniqsa, sud hukmi o‘qilishida noxush vaziyatni keltirib chiqarishi