Adabiy tur va janrlar
Reja:
1. Badiiy adabiyotni adabiy tur jihatdan tasniflash tamoyillari
2. Adabiy turlar va ifoda shakllari
3. Epos va epik janrlar tasnifi
4. Drama va dramaturgik janrlar
5. Lirika va g‘arbiy yevropada lirik janrlar
6. Liro-epik janrlar tasnifi
Tayanch tusunchalar: adabiy tur, tamoyil, ifoda shakllari, epos, epik janrlar,
drama, dramaturgik janrlar, lirika, lirik janrlar, liro-epik janrlar.i
Aflotun (mil. av. IV asr) “davlat qonunlar” kitobida adabiy turlar haqida ilk
ma’lumot berilgan. Bu ibtidoiy ma’lumotlar arastu hakimning “poetika” kitobida
qat’iy qonunlashtirgan. Arastu adabiy turlarga munosabatda mimefis nazariyasidan
kelib chiqqan holda, uch adabiy turni farqlab ko‘rsatgan. San’at o‘xshatish unda
inson o‘z tuyg‘ularini voqealar orqali ko‘rsatish eposdir. Lirikada esa qalbning
tabiiy tebranishlari aks ettirish kerak. Lira asbobida kuylar tabiiy chalingani kabi.
Gegel ta’limotida esa tasnif asosiga obyekt va subyekt munosabati qo‘yadi.
Shundan kelib chiqib, epos obyektivlik (makon, o‘rin-joy)ni nazarda tutadi. Lirika
asosida subyekt yotadi va uning holati kechinmalari fikr va tuyg‘ulari badiiy
asarning obyekti qilib olinadi.
Adabiy tur – badiiy asarning tiplari, o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lgan, poetik
nutqning alohida shakllanishi, muallif g‘oyalarining betakror mushakkal ifodasi.
Adabiy tur deyilganda hayotni idrok va ifoda etishda bir-biridan keskin farq
qiladigan muallif pozitsiyalari tushuniladi. Adabiy tur tushunchasi ayrim nazariy
manbalarda “jins” (rus t.dagi “rod”ni kalkalash orqali) istilohi b-n yuritiladi. Ayrim
xorijiy manbalarda esa adabiy tur va janr munosabat-larida ularni har xil tushunish
mavjud. Mas., fransuz adabiyotshunosligida “janr” istilohi A.t.ni anglatadi.
V.Belinskiyning “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” maqolasini tarjima qilish
jarayonida A.t.ga nisbatan “xil”, janrga nisbatan “tur” so‘zlari qo‘llanilgan. Bunday
terminologik chalkashliklardan chiqish maqsadida A.t. “janrlar guruhi”dan iborat
ekanini, u uslub bilan ham, metod bilan ham jiddiy aloqadorlikda taraqqiy
etayotgan kategoriya ekanini ta’kidlash lozim.
Badiiy adaboyotni turlarga ajratish, ya’ni asar tiplarini belgilash Aflotun
davridan boshlangani an’anaviy tarzda epos, lirika va dramadan iborat ekani e’tirof
etiladi. Aflotun “Davlat” asarida bu adabiy tur farqini shunday tushuntirgan:
birinchidan, (muallif) o‘z nomidan to‘g‘ridan to‘g‘ri gapirishi, xuddi
difiramblardagi kabi; ikkinchidan, o‘z asarini qahramonlarining “nutq almashinish”
ko‘rinishiga qurishi va bunda shoir so‘zlari aralash-masligi; uchinchidan, o‘z
so‘zlarini asarda ishtirok etuvchi begonalar so‘zlari orqali aytishi mumkin”. Suqrot
asarlariga munosabatda aytilgan bu talqin keyinchalik asrlar davomida ad-tni
turlarga ajratishda mezon vazifasini bajargan. Aflotunning shogirdi Arastu bu
fikrlarni yanada izchilroq qilib davom ettirgan: “Bu sohada asarlar yana aks ettirish
usullari jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Zotan bir xil narsani bir xil vosita b-n
tasvirlagan holda yo muallif voqealarga aralashmay hikoya qilishi va o‘zini xuddi
Gomerday tutishi mumkin. Yoki butun tasvir davomida muallif o‘zligicha qolishi
yoxud barcha aks ettiriluvchilarni harakatdagilar sifatida gavdalantirishi mumkin”.
Uyg‘onish asrida bu kabi talqinlar yanada konkretlashtirilgan. A.S.Minturno
“Poetika” (1559) asarida A.t.ni epos, melika (lirika) va sahna poeziyasi (drama)
deya tasnif qilgan. XIX asrda Gegel tasnif asosiga ob’ektivlik va sub’ektivlikni
qo‘ygan va V.Belinskiy mana shu asosda maxsus maqola yozgan. O‘zbekistonda
adabiy tur nazariyasi, asosan, V.Belinskiy qarashlari bo‘yicha shakllangan. Badiiy
adabiyotni turlarga ajratish G‘arbiy Evropada nutqning ifoda shakllari – poeziya va
prozaga ajratishga yaqin keladi. Biroq bu tasnifni Sharq ad-tiga to‘g‘ridan to‘g‘ri
ko‘chirib bo‘lmaydi. Chunki islom sharqida nasr va nazm A.t. sifatida emas, balki
nutqning ifoda shakliga ko‘ra belgilangan. Shunday qilib, adabiy turni belgilashda
turli tasniflarni, birlik va asoslarni uchratish mumkin, lekin deyarli hamma nazariy
manbalarda uch adabiy tur – epos, lirika va drama tarzida (ayrim asarlarda ikkinchi
va uchinchi adabiy tur ning o‘rni almashgan holda) qat’iylashgan.
Adabiy tajribada ayrim asarlarda ikki turga xos xususiyatlar jamlangani, mas.,
Shelling “eposning drama bilan qo‘shilgan” shakli xususida so‘z yuritadi. Bu
holatni B.Brext dramaturgiyasida kuzatgan mutaxassislar unga nisbatan “epik
teatr” istilohini qo‘llashgan. Ayrim janrlar, mas., doston, ballada va masalda lirik
va epik asos birlashgani kuzatiladi. Biroq yuqoridagi holatlar zinhor to‘rtinchi,
yangi adabiy tur ni vujudga keltirmaydi. Aksincha, ularning o‘zaro qorishig‘idan
yangi “farzand” – janrlar tug‘ilgani qayd etiladi. XX asr ad-tida adabiy tur dan
tashqari (ruscha: vnerodovыe) adabiy shakllar mavjudligi haqida ham kuzatishlar
mavjud. Bu istiloh rus olimlari tomonidan ocherk, esse janrlariga va “ong oqimi”
kuzatilgan romanlarga nisbatan ham qo‘llanilmoqda. Demak, adabiy tur ga
an’anaviy munosabat b-n bir qatorda noan’anaviy tarzda ularni yangilashga, janrlar
diffu-ziyasiga sabab bo‘ladigan mezonlar axtarishga ham intilish mavjud.
Adabiy tur nazariyasida munozarali o‘rinlar bo‘lishiga qaramasdan adabiy
tajribada har uchala turga xos jihatlar aniq belgilangan, ular nafaqat nazariy
talqinlarda, balki amalda badiiy asarning formal tarkibiy xususiyat-larida, muallif
pafosida (o‘z asariga munosabatda), uslubida aniq ko‘zga tashlanadiki, ular
haqidagi ta’limot ad-tshunoslikning asosiy bo‘limini tashkil qiladi.
Dramaturgiyada obyekt va subyektning o‘zaro munosabati yuzaga chiqadi.
Chunki harakatdagi shaxs va uning nutqi drammada asosiy mohiyat kasb etadi.
Har bir adabiy tur o‘z yo‘nalishida maxsus janrlarga ega. Adabiy tur g‘arb
adabiyoti uchun asos qilib olingan bo‘lsada, islom sharqi mamlakatlarida nimani
tasvirlash emas, balki qanday tasvirlash asos sifatida qabul qilinib, nasr va nazm
shakllari tasnif asosiga qo‘yilgan. Fitrat “Adabiyot qoidalari” kitobida nasr va
nazmning lug‘aviy ma’nolaridan kelib chiqib, nasrni “sochim” va nazmni “tizim”
shakllarida tarzida ishlatgan. Sharq mumtoz adabiyotida nasr va nazm shakllari
o‘zaro farqlanar ekan, ularning ifoda yo‘sinidan kelib chiqib she’riy va nasriy
janrlar farqlangan.
Epik janrlar. G‘arb klassik adabiyotida quyidagi epik janrlar farqlangan:
epopeya, roman, qissa, hikoya, novella. Epopeyada kopgina voqealar, rivoyatlar
tushuniladi. Unda qahramon xalq bo‘ladi. Hozir u ikki ma’noda qollaniladi: 1. Xalq
eposi (dostonlari); 2. Yirik hajmli bir necha kitobdan iborat kitob.
Roman XVII asrdan boshlab roman tilllari (italiyan, ispan, portugal, fransu) da
yozilgan epik asarlar shu nom bilan yuritilgan. Syujet nuqtayi nazardan ko‘p
tarmoqli romaniy tafakkur ostiga quriladi. Asosiy qahramonlari bir yoki bir nechta
shaxs bo‘lishi mumkin; polifonik ko‘p ohangli harkterga ega bo‘lishi mumkin.
Jahon adabiyotida birinchi she’riy roman Dantening “ilohiy komediya”. Nasrda
yozilgan roman Servantesning “Don Kixot” asaridir. Rus adabiyotida birinichi
she’riy roman “Yevgeniy Onegin”, nasriy asar esa Lermontovning “Zamonamiz
qahramoni” asari.
Qissa bir yo‘nalishda bayon qilingan voqealar tizimi. Uning syujeti romandagi
kabi ko‘p tarmoqli bo‘lmaydi. U asosan, bir yo‘nalishda rivojlanadi. Bir yoki bir
nech kishilar qahramon bo‘lishi mumkin. XIX asrgacha barcha roman tilida
yozilgan asarlar roman deb yuritilgan.
Hikoya – bir voqeali yoki bir mohiyatni ifoda qiladigan bir necha kichik
voqelardan tashkil topgan, hayotning bir parchasi tasvirlanadigan asar. Hikoya
qahramoni asosan bir bo‘ladi.
Novella – syujetdagi voqealar taranglashgan kutilmagan yechimga ega bo‘lgan
hikoyadir. XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan mashhur bo‘lgan. Uning
mashhurligida amerikalik Eduvard Fo, O.Henri, rus nasrida Chexov, o‘zbek
hikoyachiligida A.Qodiriy, A.Qahhor, Cho‘lponlarni aytishimiz mumkin.
Drama (yunoncha-harakat) – tasvirlanayotgan voqea yoki kechinmaning
harakatlar orqali ifodasini anglatadi. Dramada harakat birliklari sifatida nutq, imo-
ishora va jismoniy harakatlar nazarda tutiladi. Ifodadagi harakatning mazmuni,
yo‘nalishi, shakllari va birliklaridan kelib chiqib, dramaturgiya bir necha janrlarni
o‘z ichiga oladi. Tragediya (fojea) dramaturgiyaning eng yuksak janri bo‘lib,
voqealar oqimi shiddat bilan rivojlanadi, syujet elementlarida, xususan,
ekspozitsiya va tugunda yechilishi lozim bo‘lgan masalalar kun tartibiga qo‘yiladi
yoki prologda bo‘lajak voqealar rivojiga turtki beradigan alohida bir kichik voqea
beriladi. Tragediyada dastlabki ko‘rinishdayoq bo‘lajak fojeaning olis shabadalari
esib turadi, voqea va harakatlar rivoji muallif ixtiyoridan tashqari fojea sari oqib
boradi. Ayrim hollarda asar so‘nggida fojea berishi shart emas, aksincha, prologda