ADABIYOT (BOLALAR ADABIYOTI) FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. BOLALAR KITOBXONLIGI HAQIDA

Yuklangan vaqt

2024-08-29

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

16

Faytl hajmi

31,7 KB


 
1 
 
 
 
 
 
ADABIYOT (BOLALAR ADABIYOTI) FANINING MAQSAD VA 
VAZIFALARI. BOLALAR KITOBXONLIGI HAQIDA 
 
 
       Reja:  
1. O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi. 
2. O`zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. 
3. Fanning maqsad va vazifalari. 
4. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma’lumot 
 
  1. Bolalar adabiyoti istilohi haqida. XX asrning arafasi va boshlarida o`zbek 
bolalari uchun ixtisoslashgan maxsus badiiy adabiyot yaratish harakati yuzaga kelib, 
izchil tusga kira boshlagan esa-da, mazkur hodisani bolalar adabiyoti atamasi bilan 
ifodalash, asosan, 20-yillarning boshlarida sodir bo`ldi. O`zbek matbuotida bu 
istiloh ilk bor Sirojiyning 1921-yili «Maorif va o`qitg`uvchi» jurnalining 3-sonida 
bosilgan «Bolalar adabiyoti to`g`risida bir fikr» (30-31-b). «Zarafshon» gazetasining 
1924-yil 21-iyundagi 157-sonida bosilgan «Qizil o`zbek matbuotida bolalar 
adabiyoti», Bashirning «Turkiston» gazetasining 1923-yil 27-aprelidagi sonida 
bosilgan «Bolalar adabiyoti kerak», G`ozi Olim Yunusovning 1925-yil «Maorif va 
o`qitg`uvchi» jurnalining 3-sonidagi «Bolalar adabiyoti haqida» va Shokir 
Sulaymonning 1926 yili «Qizil O`zbekiston» gazetasining 30 -sentabrdagi 224-
sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti nashr qilish kerak» maqolasida uchraydi va qaror 
topa bordi. Shuni ta`kidlash joizki, bu istiloh ruscha «detskaya literatura» 
1 ADABIYOT (BOLALAR ADABIYOTI) FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI. BOLALAR KITOBXONLIGI HAQIDA Reja: 1. O`zbek bolalar adabiyoti istilohi va uning paydo bo`lishi. 2. O`zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. 3. Fanning maqsad va vazifalari. 4. Bolalar kitobxonligi tushunchasi haqida ma’lumot 1. Bolalar adabiyoti istilohi haqida. XX asrning arafasi va boshlarida o`zbek bolalari uchun ixtisoslashgan maxsus badiiy adabiyot yaratish harakati yuzaga kelib, izchil tusga kira boshlagan esa-da, mazkur hodisani bolalar adabiyoti atamasi bilan ifodalash, asosan, 20-yillarning boshlarida sodir bo`ldi. O`zbek matbuotida bu istiloh ilk bor Sirojiyning 1921-yili «Maorif va o`qitg`uvchi» jurnalining 3-sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti to`g`risida bir fikr» (30-31-b). «Zarafshon» gazetasining 1924-yil 21-iyundagi 157-sonida bosilgan «Qizil o`zbek matbuotida bolalar adabiyoti», Bashirning «Turkiston» gazetasining 1923-yil 27-aprelidagi sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti kerak», G`ozi Olim Yunusovning 1925-yil «Maorif va o`qitg`uvchi» jurnalining 3-sonidagi «Bolalar adabiyoti haqida» va Shokir Sulaymonning 1926 yili «Qizil O`zbekiston» gazetasining 30 -sentabrdagi 224- sonida bosilgan «Bolalar adabiyoti nashr qilish kerak» maqolasida uchraydi va qaror topa bordi. Shuni ta`kidlash joizki, bu istiloh ruscha «detskaya literatura»
 
2 
 
iborasining aynan tarjimasi tarzida emas, balki o`zi voqelikka aylangan o`zbek 
bolalariga mo`ljallanib yaratila boshlangan ixtisoslangan adabiy hodisani ifodalagan 
holda dunyoga keldi. Asrimiz boshlarida jadid ma`rifatparvarligi bag`rida navqiron 
avlodda rus mustamlakachiligiga qarshi fikr uyg`otish va uni o`zligini anglash, o`z 
erki, Vatan ozodligi yo`lida istiqol jangchisi sifatida shakllanishi uchun ma`rifat 
asoslarini egallashga chorlovchi yangi adabiy hodisa tarzida paydo bo`lgan o`zbek 
bolalar adabiyoti endilikda o`zbek xalqining o`ziga xos milliy boyligiga aylandi. 
Garchi uning g`oyaviy-badiiy saviyasiga hamon ahyon-ahyonda shubha bilan 
qarovchilar topilsa-da, u allaqachon umumjahon bolalar adabiyoti o`zanidan 
munosib joy egallay oldi. Talay namunalari mamlakatimiz sarhadlaridan tashqarida 
sevilib o`qilayotir. Bir asrdirki, o`zbek bolalar adabiyoti yosh naslning ma`naviy 
sog`lom o`sishida muhim omillardan biriga aylanib xizmat qilayotir. 
  O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fan XX asr boshlarida ilg`or marifatparvarlar 
pedagoglar, adabiyotshunoslar yozgan maqolalardan yuzaga kela boshlagan esa-da, 
XX asrning o`rtalariga kelib dastlabki xrestomatiyalar va o`quv qo`llamalarni tuzish 
harakati tufayli shakllanish jarayoniga kira bordi. Pedagogika bilim yurtlari 
talabalariga mo`ljallanib 1953-yilda I.Ahmedov A.Suyumovlar tomonidan ilk bor 
tartib berilib, 1967-1978-yillarda qayta takomillashtirib nashr ettirilgan «Bolalar 
adabiyoti» xrestomatiyasi va 1957-yilda elon qilingan «Bolalar adabiyoti» o`quv 
materiallari qo`llanmasi shu harakatning dastlabki natijalar edi. Keyinchalik 
A.Suyumov tomonidan maxsus o`rta o`quv yurtlari uchun yozilib, 1973-yilda chop 
etilgan «Bolalar adabiyoti» qo`llanmasi o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish 
yo`lidagi dastlabki qadam bo`ldi. Bu qo`llanma M.Jumaboev bilan hamkorlikda 
qayta ishlanib, 1995-yilda yana nashr etildi.  
Bu oraliqda pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalariga mo`ljallanib 
P.Shermuhamedov, J.Tursunov, O.Safarov va X.Egamovlar yaratgan «O`zbek 
bolalar adabiyoti» darslik-xrestomatiyasi (1976) yuzaga keldi. Unda bolalar 
adabiyotining nazariy asoslari, taraqqiyot bosqichlari, xususiyatlari va navqiron 
avlod adabiyoti namoyondalari ijodiy biografiyalariga oid materiallar bilan birga 
2 iborasining aynan tarjimasi tarzida emas, balki o`zi voqelikka aylangan o`zbek bolalariga mo`ljallanib yaratila boshlangan ixtisoslangan adabiy hodisani ifodalagan holda dunyoga keldi. Asrimiz boshlarida jadid ma`rifatparvarligi bag`rida navqiron avlodda rus mustamlakachiligiga qarshi fikr uyg`otish va uni o`zligini anglash, o`z erki, Vatan ozodligi yo`lida istiqol jangchisi sifatida shakllanishi uchun ma`rifat asoslarini egallashga chorlovchi yangi adabiy hodisa tarzida paydo bo`lgan o`zbek bolalar adabiyoti endilikda o`zbek xalqining o`ziga xos milliy boyligiga aylandi. Garchi uning g`oyaviy-badiiy saviyasiga hamon ahyon-ahyonda shubha bilan qarovchilar topilsa-da, u allaqachon umumjahon bolalar adabiyoti o`zanidan munosib joy egallay oldi. Talay namunalari mamlakatimiz sarhadlaridan tashqarida sevilib o`qilayotir. Bir asrdirki, o`zbek bolalar adabiyoti yosh naslning ma`naviy sog`lom o`sishida muhim omillardan biriga aylanib xizmat qilayotir. O`zbek bolalar adabiyoti haqidagi fan XX asr boshlarida ilg`or marifatparvarlar pedagoglar, adabiyotshunoslar yozgan maqolalardan yuzaga kela boshlagan esa-da, XX asrning o`rtalariga kelib dastlabki xrestomatiyalar va o`quv qo`llamalarni tuzish harakati tufayli shakllanish jarayoniga kira bordi. Pedagogika bilim yurtlari talabalariga mo`ljallanib 1953-yilda I.Ahmedov A.Suyumovlar tomonidan ilk bor tartib berilib, 1967-1978-yillarda qayta takomillashtirib nashr ettirilgan «Bolalar adabiyoti» xrestomatiyasi va 1957-yilda elon qilingan «Bolalar adabiyoti» o`quv materiallari qo`llanmasi shu harakatning dastlabki natijalar edi. Keyinchalik A.Suyumov tomonidan maxsus o`rta o`quv yurtlari uchun yozilib, 1973-yilda chop etilgan «Bolalar adabiyoti» qo`llanmasi o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratish yo`lidagi dastlabki qadam bo`ldi. Bu qo`llanma M.Jumaboev bilan hamkorlikda qayta ishlanib, 1995-yilda yana nashr etildi. Bu oraliqda pedagogika oliy o`quv yurtlari talabalariga mo`ljallanib P.Shermuhamedov, J.Tursunov, O.Safarov va X.Egamovlar yaratgan «O`zbek bolalar adabiyoti» darslik-xrestomatiyasi (1976) yuzaga keldi. Unda bolalar adabiyotining nazariy asoslari, taraqqiyot bosqichlari, xususiyatlari va navqiron avlod adabiyoti namoyondalari ijodiy biografiyalariga oid materiallar bilan birga
 
3 
 
eng sara asarlaridan namunalar berilgan edi. Shu xususiyatga ko`ra o`zbek bolalar 
adabiyoti tarixini yaratishga ta`sir ko`rsatdi. Nihoyat O`zR FAsi Alisher Navoiy 
nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi «Bolalar adabiyoti» bo`limi (1969-
1989-yil) xodimlari joylardagi bolalar adabiyoti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda 
«O`zbek sovet bolalar adabiyoti tarixi ocherki» (1973), «Bolalar adabiyoti va 
zamonaviylik» (1981), «O`zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon» (1989) singari 
uch manografiyani yaratib, o`zbek bolalar adabiyotining ilmiy tarixini bunyod etish 
yo`lida dastlabki qadam qo`yildi. Shunga qaramay, o`zbek bolalar adabiyoti nazariy 
asoslari, taraqqiyot tamoyillari va bolalar kutobxonligining ijtimoiy mohiyatini 
o`zaro uyg`unlikda ifodalagan va estetik tahlil etgan ilmiy tarix hanuzgacha 
yaratilgani yo`q. Hukmingizga havola qilingan ushbu qo`llanma shu vazifani qisman 
ado etishga mo`ljallangan.  
2. O`zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. 
 
   Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Bolalar adabiyoti 
umumbadiiy adabiyotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o`zaro qator 
mushtarakliklarga va farqli xususiyatlarga ega. Ular o`rtasidagi mushtarak 
xususiyatlar tubandagilardan iborat: 
  1. Bolalar adabiyoti ham, umuman badiiy adabiyot singari so`z san`ati hisoblanadi. 
So`z uning uchun ham asosiy material bo`lib, voqelikni obrazli ifodalash vositasidir. 
Binobarin, bolalar uchun g`oyaviy-badiiy barkamol asarlar yozadigan ijodkorlar 
ham so`z san`atkori sanaladilar. Ular ham umumadabiyotni yaratuvchi yozuvchilar 
bilan teng nufuzga egadirlar. Qolaversa, bolalar adabiyoti bilan kattalar adabiyoti 
o`zaro taqdirdosh ham.  
  2. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyot ish ko`radigan xalqchilik 
haqqoniylik va yuksak badiiylik umda (prinsip)lariga tayanadi.  
  Bolalar adabiyotining xalqchilligi shundaki, u avvalo, xalqning asrlar davomida 
yaratgan eng ilg`or qarashlari va hayotiy tajribalari ruhida farzandlarini tarbiyalashni 
3 eng sara asarlaridan namunalar berilgan edi. Shu xususiyatga ko`ra o`zbek bolalar adabiyoti tarixini yaratishga ta`sir ko`rsatdi. Nihoyat O`zR FAsi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti huzuridagi «Bolalar adabiyoti» bo`limi (1969- 1989-yil) xodimlari joylardagi bolalar adabiyoti tadqiqotchilari bilan hamkorlikda «O`zbek sovet bolalar adabiyoti tarixi ocherki» (1973), «Bolalar adabiyoti va zamonaviylik» (1981), «O`zbek bolalar adabiyoti va adabiy jarayon» (1989) singari uch manografiyani yaratib, o`zbek bolalar adabiyotining ilmiy tarixini bunyod etish yo`lida dastlabki qadam qo`yildi. Shunga qaramay, o`zbek bolalar adabiyoti nazariy asoslari, taraqqiyot tamoyillari va bolalar kutobxonligining ijtimoiy mohiyatini o`zaro uyg`unlikda ifodalagan va estetik tahlil etgan ilmiy tarix hanuzgacha yaratilgani yo`q. Hukmingizga havola qilingan ushbu qo`llanma shu vazifani qisman ado etishga mo`ljallangan. 2. O`zbek bolalar adabiyotining fan sifatida shakllanish bosqichlari. Bolalar adabiyotining umumadabiyotga aloqadorligi. Bolalar adabiyoti umumbadiiy adabiyotning ajralmas tarkibiy qismi sifatida o`zaro qator mushtarakliklarga va farqli xususiyatlarga ega. Ular o`rtasidagi mushtarak xususiyatlar tubandagilardan iborat: 1. Bolalar adabiyoti ham, umuman badiiy adabiyot singari so`z san`ati hisoblanadi. So`z uning uchun ham asosiy material bo`lib, voqelikni obrazli ifodalash vositasidir. Binobarin, bolalar uchun g`oyaviy-badiiy barkamol asarlar yozadigan ijodkorlar ham so`z san`atkori sanaladilar. Ular ham umumadabiyotni yaratuvchi yozuvchilar bilan teng nufuzga egadirlar. Qolaversa, bolalar adabiyoti bilan kattalar adabiyoti o`zaro taqdirdosh ham. 2. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyot ish ko`radigan xalqchilik haqqoniylik va yuksak badiiylik umda (prinsip)lariga tayanadi. Bolalar adabiyotining xalqchilligi shundaki, u avvalo, xalqning asrlar davomida yaratgan eng ilg`or qarashlari va hayotiy tajribalari ruhida farzandlarini tarbiyalashni
 
4 
 
ko`zlaydi. Xalq hamma zamonlarda mehnatkashlikni, halollikni, rostgo`ylikni, 
to`g`rilikni, Vatanni sevishni, kattani hurmat qilib kichikka shafqatli bo`lishni 
sharaflab kelgan, ishyoqmaslik, tekinxo`rlik, subutsizlik, yolg`onchilik, o`g`rilik, 
shafqatsizlik, toshbag`irlik, xoinlik, g`iybatkashlik kabi insoniylikni tahqirlovchi 
xislatlarni qoralagan. Bolalar adabiyoti xalqni o`z kelajagi bo`lgan yosh avlodga ana 
shu sohadagi dono aqidalar va ijodiy an`analarini singdirishda xizmat qilmog`i 
darkor. 
  Bu-olijanob maqsad. Uni amalga oshirish yuksak burch va mas`uliyatni talab 
qiladi. Binobarin, bolalar uchun yoziladigan asarlar ham yuksak badiyatga ega 
bo`lmog`i shart. Ularda hayot haqqoniy ko`rsatilmog`i, insoniylikni, mehnatni 
sharaflovchi, bolalarda kelajakda kim bo`lmoqlarini belgilab olishlarida 
ko`maklashuvchi g`oyaviy-badiiy barkamollik ufurib turmog`i zarur. Xom-xatala, 
hayotni bo`yab-bezab bayramdagiday tantanavor qilib ko`rsatuvchi bitiklar bolalar 
ma`naviy olamiga salbiy ta`sir ko`rsatadi.  
Realizm-bolalar adabiyotining ham asosiy ijodiy metodi sanaladi. Biroq bolalar 
uchun yoziladigan asarlarda voqelikning haqqoniy va aniq ifodasi goho romantika, 
goho fantastik bo`yoqqa sug`orilgan holda aks etishi mumki.Bu asarning 
qiziqarliligini, emocionaligini kuchaytiradi va o`qimishligini ta`minlaydi. Umuman, 
bolalar adabiyoti realizmida umuminsoniylikni qadrlash, ijtimoiy adolatni, ezgulikni 
sharaflash ruhi ustivor bo`ladi. 
  3. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyotda mavjud barcha turlar (proza, 
poeziya va dramaturgiya ) va janrlarda ish ko`radi. Shuni ta`kidlash joizki,badiiy 
adabiyot janrlarga qanchalik boy bo`lmasin, bolalar adabiyotida ularning bolalar 
dunyoqarashi va estetik idealiga muvofiq keladiganlaridangina foydalaniladi. 
Bolalar nasrida roman, qissa, hikoya; poeziyasida she`r, masal, doston; 
dramaturgiyasida esa drama va komediya janrlari faol bo`lsa-da, mumtoz 
sheriyatdagi 
muxammasot 
namunalari, 
ruboiy, 
fard, 
qit`a, 
shuningdek, 
dramaturgiyadagi tragediya janrlariga murojaat qilinmaganini qayd qilishga to`g`ri 
keladi. Buning sababini bu janrlarda ifodalanadigan voqelik kattalar turmushi va 
4 ko`zlaydi. Xalq hamma zamonlarda mehnatkashlikni, halollikni, rostgo`ylikni, to`g`rilikni, Vatanni sevishni, kattani hurmat qilib kichikka shafqatli bo`lishni sharaflab kelgan, ishyoqmaslik, tekinxo`rlik, subutsizlik, yolg`onchilik, o`g`rilik, shafqatsizlik, toshbag`irlik, xoinlik, g`iybatkashlik kabi insoniylikni tahqirlovchi xislatlarni qoralagan. Bolalar adabiyoti xalqni o`z kelajagi bo`lgan yosh avlodga ana shu sohadagi dono aqidalar va ijodiy an`analarini singdirishda xizmat qilmog`i darkor. Bu-olijanob maqsad. Uni amalga oshirish yuksak burch va mas`uliyatni talab qiladi. Binobarin, bolalar uchun yoziladigan asarlar ham yuksak badiyatga ega bo`lmog`i shart. Ularda hayot haqqoniy ko`rsatilmog`i, insoniylikni, mehnatni sharaflovchi, bolalarda kelajakda kim bo`lmoqlarini belgilab olishlarida ko`maklashuvchi g`oyaviy-badiiy barkamollik ufurib turmog`i zarur. Xom-xatala, hayotni bo`yab-bezab bayramdagiday tantanavor qilib ko`rsatuvchi bitiklar bolalar ma`naviy olamiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Realizm-bolalar adabiyotining ham asosiy ijodiy metodi sanaladi. Biroq bolalar uchun yoziladigan asarlarda voqelikning haqqoniy va aniq ifodasi goho romantika, goho fantastik bo`yoqqa sug`orilgan holda aks etishi mumki.Bu asarning qiziqarliligini, emocionaligini kuchaytiradi va o`qimishligini ta`minlaydi. Umuman, bolalar adabiyoti realizmida umuminsoniylikni qadrlash, ijtimoiy adolatni, ezgulikni sharaflash ruhi ustivor bo`ladi. 3. Bolalar adabiyoti ham umumbadiiy adabiyotda mavjud barcha turlar (proza, poeziya va dramaturgiya ) va janrlarda ish ko`radi. Shuni ta`kidlash joizki,badiiy adabiyot janrlarga qanchalik boy bo`lmasin, bolalar adabiyotida ularning bolalar dunyoqarashi va estetik idealiga muvofiq keladiganlaridangina foydalaniladi. Bolalar nasrida roman, qissa, hikoya; poeziyasida she`r, masal, doston; dramaturgiyasida esa drama va komediya janrlari faol bo`lsa-da, mumtoz sheriyatdagi muxammasot namunalari, ruboiy, fard, qit`a, shuningdek, dramaturgiyadagi tragediya janrlariga murojaat qilinmaganini qayd qilishga to`g`ri keladi. Buning sababini bu janrlarda ifodalanadigan voqelik kattalar turmushi va
 
5 
 
dunyoqarashiga xos murakkabliklarga daxldorligi bilan izohlanadi.Aksincha xalq 
nasrining shakli bo`lgan ertak janri bolalar adabiyotiga ayricha qimmat kasb etgan. 
U bolalar nasrida adabiy ertak-novella,ertak-qissa, ertak-roman; poeziyasida she`riy 
adabiy ertak, naql-ertak, topishmoq-ertak va nihoyat dramaturgiyasida ertak-drama, 
ertak-kamediya, ertak-opera va ertak-film singari talay xilma-xil oraliq janrlarning 
yuzaga kelishi va qaror topishiga ta`sir ko`rsatgan. Bu hol bolalar adabiyoti genetik 
asoslarini belgilashda, folklor nechog`li rol o`ynaganini yaqqol ko`rsatib turibdi. 
Ammo bolalar adabiyotining umumbadiiy adabiyotdan ayri xususiyatlari ham borki, 
bular uning mustaqil hodisa-alohida adabiy saltanat sifatidagi mohiyatini belgilaydi. 
  2. Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga 
bo`lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish 
mumkin. Bolalar va kattalar adabiyotlari o`rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida 
ular orasidagi farqni oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat 
mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, 
balki qanday qilib yozishning muhimligida deb ko`rsatgan edi. Aytaylik, kattalar 
turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o`qishi man` 
qilingani 
holda 
xuddi 
shunday 
mavzuda 
bolalarbop 
qilib 
yozilgan 
Q.Muhammadiyning «Qo`ng`izoy bilan Sichqonboy» she`riy adabiy ertagi tipidagi 
asarlarni bolalar o`qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki, bolalar adabiyoti 
ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni baholashda 
esa, o`zlarigagina xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik 
munosabatlarini ifodalaydi. 
  Bolalar adabiyoti-ikki yo`nalishli adabiyotdir. U bolalarga muljallangan ekan, 
avvalo, shularning adabiyoti. Shu bilan birga kattalarning, demakki, ota-onalarning 
ham adabiyoti hisoblanadi. Chunki bolalar adabiyoti xalq axloqiy qarashlarini badiiy 
aks ettiruvchi pedagogik xrestomatiyadir. Bu jihatdan buyuk ertaknavis 
H.K.Andersenning tubandagi fikri diqqatga sazovor: «Men nafaqat bolalar uchun, 
balki kattalar uchun yozayotganimni ham doim esda tutaman». Bolalarni 
ertaklarning fabulasi hammadan ko`proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan 
5 dunyoqarashiga xos murakkabliklarga daxldorligi bilan izohlanadi.Aksincha xalq nasrining shakli bo`lgan ertak janri bolalar adabiyotiga ayricha qimmat kasb etgan. U bolalar nasrida adabiy ertak-novella,ertak-qissa, ertak-roman; poeziyasida she`riy adabiy ertak, naql-ertak, topishmoq-ertak va nihoyat dramaturgiyasida ertak-drama, ertak-kamediya, ertak-opera va ertak-film singari talay xilma-xil oraliq janrlarning yuzaga kelishi va qaror topishiga ta`sir ko`rsatgan. Bu hol bolalar adabiyoti genetik asoslarini belgilashda, folklor nechog`li rol o`ynaganini yaqqol ko`rsatib turibdi. Ammo bolalar adabiyotining umumbadiiy adabiyotdan ayri xususiyatlari ham borki, bular uning mustaqil hodisa-alohida adabiy saltanat sifatidagi mohiyatini belgilaydi. 2. Bolalar adabiyotining o`ziga xos xususiyatlari. Bolalar uchun ham, kattalarga bo`lgani singari, inson va jamiyatga, tabiatga daxldor barcha mavzularda ijod etish mumkin. Bolalar va kattalar adabiyotlari o`rtasidagi bunday mushtaraklik zamirida ular orasidagi farqni oydinlashtiruvchi xususiyat ham mavjud. Bu farqli xususiyat mohiyatini A.A.Makarenko bolalar uchun yozayotganda nima haqda yozish emas, balki qanday qilib yozishning muhimligida deb ko`rsatgan edi. Aytaylik, kattalar turmushining murakkab qirralarini ifodalovchi asarlarni bolalar o`qishi man` qilingani holda xuddi shunday mavzuda bolalarbop qilib yozilgan Q.Muhammadiyning «Qo`ng`izoy bilan Sichqonboy» she`riy adabiy ertagi tipidagi asarlarni bolalar o`qishiga tavsiya etiladi. Bunda muddao shundaki, bolalar adabiyoti ijtimoiy ong shakli sifatida bolalarning borliqqa qarashlarini, voqealarni baholashda esa, o`zlarigagina xosliklarini, demakki, navqiron avlodning borliqqa estetik munosabatlarini ifodalaydi. Bolalar adabiyoti-ikki yo`nalishli adabiyotdir. U bolalarga muljallangan ekan, avvalo, shularning adabiyoti. Shu bilan birga kattalarning, demakki, ota-onalarning ham adabiyoti hisoblanadi. Chunki bolalar adabiyoti xalq axloqiy qarashlarini badiiy aks ettiruvchi pedagogik xrestomatiyadir. Bu jihatdan buyuk ertaknavis H.K.Andersenning tubandagi fikri diqqatga sazovor: «Men nafaqat bolalar uchun, balki kattalar uchun yozayotganimni ham doim esda tutaman». Bolalarni ertaklarning fabulasi hammadan ko`proq qiziqtirsa, kattalarni ularga singdirilgan
 
6 
 
g`oya qiziqtiradi». Chindan ham bolalar uchun asar syujeti muhim, shu syujet 
qancha qiziqarli bo`lsa, bolalar uni shunchalik zavqlanib o`qiydilar. Kichkintoylar 
asar g`oyasini ilg`ab olishga qiynaladilar. Chunki u yoki bu asar g`oyasini ilg`ab 
olmoq uchun o`sha asar qaysi zamonda yozilgani va unda ifodalangan tarixiy sharoit 
xarakterini bilish, demakki, asarni davr kontekstida   o`qib-o`rganish zaruriyatga 
aylanadi, bu murakkab jarayon, kichkintoylarning imkoniyatlari esa uni hazm qila 
olmaydi. Chunonchi, Sharl Perroning mashhur «Qizil shapkacha» ertagi har qancha 
sodda va quvnoq syujet asosida qurilgan bo`lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni 
qiziqtirgani holda unda ifodalangan «Qizil shapkacha» li go`zallarni (qizil 
shapkacha-go`zallik ramzi, unda francuz qizlarining umumlashma obrazlari ko`zda 
tutilgan) francuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo`ri qiyofasida 
fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko`zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat 
g`oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina 
ilg`ashlari mumkin. Shu ma`noda bolalarga mo`ljalangan badiiy asar, avvalo, 
hammabopdir. Bunda hammaboplik mohiyatini V.G.Belinskiy shunday ta`riflagan 
edi: «...bolalar uchun kitob yozish kerak va zarur, biroq bolalar uchun shunday 
yaxshi va foydali asarlar yozmoq zarurki, ular kattalarni faqat bolalarga atalganligi 
tufayligina emas, balki chinnakam badiiy asar sifatida hammaga mo`ljalanganligi 
bilan qiziqtira olsin». 
 
 
3. Fanning maqsad va vazifalari. 
  Bolalar adabiyotida voqelik bolalarga badiiy tafakkur sintezining natijasi tarzida 
tasvirlanadi. Bunda tasvirning o`ziga xos jihatlari, asosan, quyidagilardan iborat: 
  a) badiiy obrazning ham, voqelikning ham aniq-tiniqligi, ko`rimliligi. Bu 
xususiyat bolalar tafakkurining predmetliligi, aniqligi va ko`rimlilikka asoslanishi 
natijasidir. K.Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» kitobida keltirilgan tubandagi 
misol,jumladan, xarakterlidir: Dashtni ilk bor ko`rgan bola uning qanday atalishini 
so`rasa, otasi «pusto`nya» deb javob beribdi. «Hech vaqosiz, ship-shiydon maydon» 
6 g`oya qiziqtiradi». Chindan ham bolalar uchun asar syujeti muhim, shu syujet qancha qiziqarli bo`lsa, bolalar uni shunchalik zavqlanib o`qiydilar. Kichkintoylar asar g`oyasini ilg`ab olishga qiynaladilar. Chunki u yoki bu asar g`oyasini ilg`ab olmoq uchun o`sha asar qaysi zamonda yozilgani va unda ifodalangan tarixiy sharoit xarakterini bilish, demakki, asarni davr kontekstida o`qib-o`rganish zaruriyatga aylanadi, bu murakkab jarayon, kichkintoylarning imkoniyatlari esa uni hazm qila olmaydi. Chunonchi, Sharl Perroning mashhur «Qizil shapkacha» ertagi har qancha sodda va quvnoq syujet asosida qurilgan bo`lmasin, ham bolalarni, ham kattalarni qiziqtirgani holda unda ifodalangan «Qizil shapkacha» li go`zallarni (qizil shapkacha-go`zallik ramzi, unda francuz qizlarining umumlashma obrazlari ko`zda tutilgan) francuz burjuaziyasining shahvoniyatparastligidan (Bo`ri qiyofasida fahshga mukkasidan ketgan burjuylar ko`zda tutilgan) ogohlantirishdan iborat g`oyani faqat asar ijod etilgan tarixiy davr mantiqidan uqa olgan kattalargina ilg`ashlari mumkin. Shu ma`noda bolalarga mo`ljalangan badiiy asar, avvalo, hammabopdir. Bunda hammaboplik mohiyatini V.G.Belinskiy shunday ta`riflagan edi: «...bolalar uchun kitob yozish kerak va zarur, biroq bolalar uchun shunday yaxshi va foydali asarlar yozmoq zarurki, ular kattalarni faqat bolalarga atalganligi tufayligina emas, balki chinnakam badiiy asar sifatida hammaga mo`ljalanganligi bilan qiziqtira olsin». 3. Fanning maqsad va vazifalari. Bolalar adabiyotida voqelik bolalarga badiiy tafakkur sintezining natijasi tarzida tasvirlanadi. Bunda tasvirning o`ziga xos jihatlari, asosan, quyidagilardan iborat: a) badiiy obrazning ham, voqelikning ham aniq-tiniqligi, ko`rimliligi. Bu xususiyat bolalar tafakkurining predmetliligi, aniqligi va ko`rimlilikka asoslanishi natijasidir. K.Chukovskiyning «Ikkidan beshgacha» kitobida keltirilgan tubandagi misol,jumladan, xarakterlidir: Dashtni ilk bor ko`rgan bola uning qanday atalishini so`rasa, otasi «pusto`nya» deb javob beribdi. «Hech vaqosiz, ship-shiydon maydon»
 
7 
 
ma`nosidagi bu tushunchani bola idrok qilolmabdi. Chunki bu mavhum tushuncha 
bo`lganligidan bola uni anglashga qodir emasdi. Har qanday mavhumlik bola 
idrokiga, tasavvuriga sig`maydigan hodisadir. Buning ustiga otasi dasht deb atagan 
maydon har xil o`simliklar bilan qoplangan, ularning butalari yo erga yopishgan, yo 
erdan tikkasiga ko`tarilgan. Bola ularni ko`rib turibdi, shu zahotiyoq o`z 
tushunchasiga moslashtirib, analogiya usulida o`zicha so`z yasab, ko`rib turgan 
maydonini «kusto`nya»-«butazor», deb atabdi. Bola fikrlashiga xos bunday aniqlik 
va predmetlilik badiiy obrazning ham aniqligini, predmetlilik asosida ko`rimli va 
ko`zda chalinarli bo`lishini taqozo etadi. K. Chukovskiy e`tirof etganidek, bolalar 
uchun yozilgan har bir satr mazmuni asosida rasm chizish mumkin bo`lmog`i shart. 
G`afur G`ulomning «O`ylashni o`rganamiz» she`rida eng mavhum hodisa ham o`yin 
shaklida o`ziga xos ko`rimlilik kasb etgan, shu vajdan bu she`r har bir kichkintoyni 
zavqlantira oladi, eng muhimi, tushunarlidir. S.Jo`ra, Q.Muhammadiy, A.Muxtor, 
Sh.Sa`dulla, H.Nazir, X.To`xtaboev, T.Adashboev, S.Barnoev, M.A`zam, 
A.Obidjon va boshqalarning bolalarga atagan aksariyat asarlari ana shunday 
fazilatga ega. 
  b) Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. V.G.Belinskiy bolalar 
adabiyotining asosiy xususiyati-uning emotsionalligi, deb ko`rsatib, bolalar kitobi 
«samimiy hislarga to`lib-toshmog`i» lozimligini qayta-qayta ta`kidlagan edi. 
Hissiyotning samimiyligi faqat lirika uchungina emas, balki yumorga ham xos 
fazilatdir. Zotan, «quvnoq yumor», «beozor yumor» iboralari zamirida yumorga xos 
samimiyat tuyg`usi zuhur topgandir. N.G.Chernishevskiy ana shularni hisobga olib, 
bolalarga mo`ljallangan badiiy asarda «O, qanday dahshat?!» yoki «Bay-bay, 
muncha yaxshi!» YOinki, «Ey, muncha kulgili!?» kayfiyatlarini qo`zg`ovchilik 
alomatlari bo`lmasa, yosh kitobxonlarni to`lqinlantira olmaydi, deb hisoblar edi. 
Ruhshunos olimlar o`tkazgan tajribalar ham bugungi kunda bolalar xotirasida lirik 
ko`tarinkilik yoki quvnoq yumorga sug`orilgan holda tasvirlangan voqealar 
mustahkam muhrlanishini, uzoqroq yashay olishini tasdiqladi. Zotan,hikoya qilishda 
lirizm qancha chuqur yoki yumor qancha yorqin va quvnoq bo`lsa, estetik 
ta`sirchanligi, hayajonbaxshligi ham shuncha chuqur va samimiy bo`ladi. G`. 
7 ma`nosidagi bu tushunchani bola idrok qilolmabdi. Chunki bu mavhum tushuncha bo`lganligidan bola uni anglashga qodir emasdi. Har qanday mavhumlik bola idrokiga, tasavvuriga sig`maydigan hodisadir. Buning ustiga otasi dasht deb atagan maydon har xil o`simliklar bilan qoplangan, ularning butalari yo erga yopishgan, yo erdan tikkasiga ko`tarilgan. Bola ularni ko`rib turibdi, shu zahotiyoq o`z tushunchasiga moslashtirib, analogiya usulida o`zicha so`z yasab, ko`rib turgan maydonini «kusto`nya»-«butazor», deb atabdi. Bola fikrlashiga xos bunday aniqlik va predmetlilik badiiy obrazning ham aniqligini, predmetlilik asosida ko`rimli va ko`zda chalinarli bo`lishini taqozo etadi. K. Chukovskiy e`tirof etganidek, bolalar uchun yozilgan har bir satr mazmuni asosida rasm chizish mumkin bo`lmog`i shart. G`afur G`ulomning «O`ylashni o`rganamiz» she`rida eng mavhum hodisa ham o`yin shaklida o`ziga xos ko`rimlilik kasb etgan, shu vajdan bu she`r har bir kichkintoyni zavqlantira oladi, eng muhimi, tushunarlidir. S.Jo`ra, Q.Muhammadiy, A.Muxtor, Sh.Sa`dulla, H.Nazir, X.To`xtaboev, T.Adashboev, S.Barnoev, M.A`zam, A.Obidjon va boshqalarning bolalarga atagan aksariyat asarlari ana shunday fazilatga ega. b) Hikoya qilishda lirik yoki komik maylning kuchliligi. V.G.Belinskiy bolalar adabiyotining asosiy xususiyati-uning emotsionalligi, deb ko`rsatib, bolalar kitobi «samimiy hislarga to`lib-toshmog`i» lozimligini qayta-qayta ta`kidlagan edi. Hissiyotning samimiyligi faqat lirika uchungina emas, balki yumorga ham xos fazilatdir. Zotan, «quvnoq yumor», «beozor yumor» iboralari zamirida yumorga xos samimiyat tuyg`usi zuhur topgandir. N.G.Chernishevskiy ana shularni hisobga olib, bolalarga mo`ljallangan badiiy asarda «O, qanday dahshat?!» yoki «Bay-bay, muncha yaxshi!» YOinki, «Ey, muncha kulgili!?» kayfiyatlarini qo`zg`ovchilik alomatlari bo`lmasa, yosh kitobxonlarni to`lqinlantira olmaydi, deb hisoblar edi. Ruhshunos olimlar o`tkazgan tajribalar ham bugungi kunda bolalar xotirasida lirik ko`tarinkilik yoki quvnoq yumorga sug`orilgan holda tasvirlangan voqealar mustahkam muhrlanishini, uzoqroq yashay olishini tasdiqladi. Zotan,hikoya qilishda lirizm qancha chuqur yoki yumor qancha yorqin va quvnoq bo`lsa, estetik ta`sirchanligi, hayajonbaxshligi ham shuncha chuqur va samimiy bo`ladi. G`.
 
8 
 
G`ulomning «Shum bola» asarini kulmay turib, o`qib bo`lmasligi siri shundadir. 
H.Nazirning «Yonar daryo», X.To`xtaboevning «Besh bolalik yigitcha» asarlarida 
lirik mayl ustun bo`lsa, «Sariq devni minib» va «Sariq devning o`limi» dilogiyasida, 
«Sehrgarlar jangi, yoxud, «shirin qovunlar mamlakati» romanida, shuningdek, 
Anvar Obidjonning quvnoq she`rlari, qissalari va pesalarida yumoristik ruhning 
ustuvorligi sezilarlidir. 
  v) Xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligi. Ruhshunoslar 
bolalar narsa va hodisalarning harakati, yoshi, nimaga mo`ljallanganligiga, keyinroq 
ularning paydo bulishi sabablariga qiziqishlarini uzoq tajribalar va kuzatishlar 
asosida tasdiqlashdi. Bu-hikoya qilishda qiziqarlilik (zanimatelnost)ni taqozo etadi. 
Negaki, qiziqarlilik-shiddatli harakatchanlik zamirida vujudga keladi. Bunday 
harakatchanlik hikoya qilinayotgan voqelik uchun tanlangan konfliktning o`tkir 
bo`lishini, syujetning tez taraqqiy etishini, xarakterlarning yorqinligini va boshqa 
shunday ifodaviy usullarni taqozo etadi, shularda namoyon bo`ladi. Bu voqea yoki 
hodisalarni, qahramonlarni tashqi bir vaziyatda harakatlantiruvchi, rivojlanishda 
ko`rsatuvchi mohiyatga ega bo`lib, kichkintoylar tabiatiga mos keladi, uni sodda va 
aniq 
qilib, 
voqelikning 
zohiriy 
rivojlanishi 
deyish 
mumkin. 
Quddus 
Muhammadiyning «Temirlar o`yini» yoki «Harflar o`yini» she`rlarida barcha 
narsalar yoki harflarning shiddatli harakati ularninggina emas, balki voqeani ham 
ko`rimli, ham zavqovar qilgan:  
 Temirlar jarang-jurung,     -Biz qochon bo`lamiz «zil?» 
O`ynashib diring-diring,     Chir aylanar g`ildirak, 
Deyishar: «Yuring-yuring!»    Ortidan eski chelak. 
Tushdilar qiziq tansa,      Cho`loq ketmon oqsoqlar, 
Sayrashib assa-assa.       Oshpichoqni quchoqlar. 
Siniq pero dikillab,       Dumalar pachoq banka, 
Buzuq ruchka likkillab,      Irg`ir puchuq voronka.1 
                                                           
1 Қуддус Муҳаммадий. Темирлар уйини. М.Рейх расмлари. Тошкент: «Ёш гвардия» 
нашриёти, 1960, 3-5-б. 
8 G`ulomning «Shum bola» asarini kulmay turib, o`qib bo`lmasligi siri shundadir. H.Nazirning «Yonar daryo», X.To`xtaboevning «Besh bolalik yigitcha» asarlarida lirik mayl ustun bo`lsa, «Sariq devni minib» va «Sariq devning o`limi» dilogiyasida, «Sehrgarlar jangi, yoxud, «shirin qovunlar mamlakati» romanida, shuningdek, Anvar Obidjonning quvnoq she`rlari, qissalari va pesalarida yumoristik ruhning ustuvorligi sezilarlidir. v) Xarakter va hodisalar ifodasida dinamikaning yorqinligi. Ruhshunoslar bolalar narsa va hodisalarning harakati, yoshi, nimaga mo`ljallanganligiga, keyinroq ularning paydo bulishi sabablariga qiziqishlarini uzoq tajribalar va kuzatishlar asosida tasdiqlashdi. Bu-hikoya qilishda qiziqarlilik (zanimatelnost)ni taqozo etadi. Negaki, qiziqarlilik-shiddatli harakatchanlik zamirida vujudga keladi. Bunday harakatchanlik hikoya qilinayotgan voqelik uchun tanlangan konfliktning o`tkir bo`lishini, syujetning tez taraqqiy etishini, xarakterlarning yorqinligini va boshqa shunday ifodaviy usullarni taqozo etadi, shularda namoyon bo`ladi. Bu voqea yoki hodisalarni, qahramonlarni tashqi bir vaziyatda harakatlantiruvchi, rivojlanishda ko`rsatuvchi mohiyatga ega bo`lib, kichkintoylar tabiatiga mos keladi, uni sodda va aniq qilib, voqelikning zohiriy rivojlanishi deyish mumkin. Quddus Muhammadiyning «Temirlar o`yini» yoki «Harflar o`yini» she`rlarida barcha narsalar yoki harflarning shiddatli harakati ularninggina emas, balki voqeani ham ko`rimli, ham zavqovar qilgan: Temirlar jarang-jurung, -Biz qochon bo`lamiz «zil?» O`ynashib diring-diring, Chir aylanar g`ildirak, Deyishar: «Yuring-yuring!» Ortidan eski chelak. Tushdilar qiziq tansa, Cho`loq ketmon oqsoqlar, Sayrashib assa-assa. Oshpichoqni quchoqlar. Siniq pero dikillab, Dumalar pachoq banka, Buzuq ruchka likkillab, Irg`ir puchuq voronka.1 1 Қуддус Муҳаммадий. Темирлар уйини. М.Рейх расмлари. Тошкент: «Ёш гвардия» нашриёти, 1960, 3-5-б.
 
9 
 
Uzuq zanjir, kaltasim: 
 Har narsa o`ziga xos va o`ziga mos harakatda. Bu shunday harakatki, unda 
o`sha harakatlanayotgan narsaning sazosi ham jaranglab turibdi. Bu hol she`rning 
quvnoq ruhini va engil o`qilishini ta`minlagan. Kichkintoylar bu harakat va ovoz 
zamirida o`sha narsalarning o`zlarini ko`rib turganday sezadilar. «Sholg`om», 
«Bo`g`irsoq», «Qarg`avoy» singari xalq ertaklari syujetlari ham shiddatli harakat 
zamirida qurilganligidan g`oyat qiziqarlilik kasb etgan va necha asrlardirki, 
bolajonlar ularni qiziqib tinglashdan sira toliqmayotirlar. Sh.Sa`dullaning «Ayyor 
chumchuq» she`riy ertagi syujeti ham shu xildagi shiddatli dinamizm asosida voqe` 
bo`lganligidan g`oyat qiziqarlidir. Bola ana shu xildagi harakat zamirida sodir 
bo`luvchi voqelikni tez ilg`aydi, chunki bunda voqealar almashinuvi uning ko`z 
o`ngida sodir bo`ladi. Binobarin, syujetdagi harakat qahramonlar xarakteri rivojini 
ham belgilab turadi. Shunday bir vaziyatda syujet o`quvchi oson o`zlashtiradigan 
axborot materiali vazifasini o`taydi. 
g) Tilning aniqligi, ravonligi, tushunarliligi va emocionalligi. Bolalarga 
atalgan badiiy asarning tili umumbadiiy tilning normalariga va grammatik 
qurilishiga amal qilgani holda bolalarcha tafakkur qilishning o`ziga xos ifodaviy 
vositasi bo`lmog`i, shu bilan birga, bola nutq boyligini muttasil oshirib borishga 
xizmat qilmog`i shart. Bunda nuqul bolaga moslashib qolmay, balki uni ergashtirib 
borishga intilib, bolaga notanish so`z va iboralarni izohtalab qilib qo`ymay, 
kontekstdayoq anglashilarli etib ifodalashga e`tibor bermoq lozim. Eng muhimi, 
N.G.Chernishevskiy ta`kidlaganidek: «Bolalarga juda ko`p narsalarni osongina qilib 
tushuntirish mumkin, bunda avvalo o`sha tushuntiruvchining o`zi nimani 
gapirmoqchiligini o`zi anglab etkan va uni inson tilida ravshan ifodalay ololsin». 
Yozuvchi qaysi yoshdagi bolani mo`ljallab asar yozayotganini hisobga olib, o`sha 
yoshdagi kichkintoy lug`at boyligi imkoniyatlarini ko`zda tutgan holda ish tutmog`i 
lozim. Aks holda uning asari adresatini tayinlash mumkin bo`lmay qoladi. 
Chunonchi, Sh.Sa`dullaning «Yil fasllari» she`ridagi: 
Milt etib chiqdi quyosh, 
9 Uzuq zanjir, kaltasim: Har narsa o`ziga xos va o`ziga mos harakatda. Bu shunday harakatki, unda o`sha harakatlanayotgan narsaning sazosi ham jaranglab turibdi. Bu hol she`rning quvnoq ruhini va engil o`qilishini ta`minlagan. Kichkintoylar bu harakat va ovoz zamirida o`sha narsalarning o`zlarini ko`rib turganday sezadilar. «Sholg`om», «Bo`g`irsoq», «Qarg`avoy» singari xalq ertaklari syujetlari ham shiddatli harakat zamirida qurilganligidan g`oyat qiziqarlilik kasb etgan va necha asrlardirki, bolajonlar ularni qiziqib tinglashdan sira toliqmayotirlar. Sh.Sa`dullaning «Ayyor chumchuq» she`riy ertagi syujeti ham shu xildagi shiddatli dinamizm asosida voqe` bo`lganligidan g`oyat qiziqarlidir. Bola ana shu xildagi harakat zamirida sodir bo`luvchi voqelikni tez ilg`aydi, chunki bunda voqealar almashinuvi uning ko`z o`ngida sodir bo`ladi. Binobarin, syujetdagi harakat qahramonlar xarakteri rivojini ham belgilab turadi. Shunday bir vaziyatda syujet o`quvchi oson o`zlashtiradigan axborot materiali vazifasini o`taydi. g) Tilning aniqligi, ravonligi, tushunarliligi va emocionalligi. Bolalarga atalgan badiiy asarning tili umumbadiiy tilning normalariga va grammatik qurilishiga amal qilgani holda bolalarcha tafakkur qilishning o`ziga xos ifodaviy vositasi bo`lmog`i, shu bilan birga, bola nutq boyligini muttasil oshirib borishga xizmat qilmog`i shart. Bunda nuqul bolaga moslashib qolmay, balki uni ergashtirib borishga intilib, bolaga notanish so`z va iboralarni izohtalab qilib qo`ymay, kontekstdayoq anglashilarli etib ifodalashga e`tibor bermoq lozim. Eng muhimi, N.G.Chernishevskiy ta`kidlaganidek: «Bolalarga juda ko`p narsalarni osongina qilib tushuntirish mumkin, bunda avvalo o`sha tushuntiruvchining o`zi nimani gapirmoqchiligini o`zi anglab etkan va uni inson tilida ravshan ifodalay ololsin». Yozuvchi qaysi yoshdagi bolani mo`ljallab asar yozayotganini hisobga olib, o`sha yoshdagi kichkintoy lug`at boyligi imkoniyatlarini ko`zda tutgan holda ish tutmog`i lozim. Aks holda uning asari adresatini tayinlash mumkin bo`lmay qoladi. Chunonchi, Sh.Sa`dullaning «Yil fasllari» she`ridagi: Milt etib chiqdi quyosh,
 
10 
 
Dedi:-Do`stlar, qish odosh,- 
satrlariga boqqan zahoti-ularning maktabgacha yoshdagi bolalarga mo`ljallanganini 
sezish qiyin emas. Chunki mazkur satrlardagi so`zlar maktabgacha yoshdagi bolalar 
nutqiga xos lug`at aks etgan. Shoir bunday ekspressiv nutq zamirida bahor faslining 
shu yoshdagi kichkintoylar hali sezishga ulgurmagan ikki xususiyatini-bahor 
qishdan so`ng kelib, qishga xotima («qish odosh») yasashini hamda endilikda 
haroratli kunlar («quyosh chiqishi»ni) boshlanishini, aniqrog`i, bahor fasli 
tabiatining belgili xossalarini saviyaga muvofiqlashtirib ma`lum qilmoqda. Bolalar 
lug`at boyligi-ular saviyasining mezoni. Bolalar ulg`aygani sayin voqelikni 
o`zlashtirish imkoniyatlari ham kengaya boradi, binobarin, ular so`zni o`zlashtirish 
evaziga ularning saviyalari ham ko`tariladi,didlari o`sa va dunyoqarashlari shakllana 
va to`lisha boradi. So`zni tushunish va o`zlashtirish bolalarda tasavvurni 
chuqurlashtiradi, narsa va hodisalar haqida o`z fikrini tug`diradi. Bolalar uchun ijod 
etuvchilar ana shu holat bilan hisoblashmoqlari shart. Zotan, bolaga atalgan asarning 
tili qancha aniq, ifodalari teran, qisqa va obrazli bo`lsa voqea ham, ifodasi ham 
ixcham, yorqin va sodda bo`lsa asar shuncha ta`sirchan bo`ladi, unda ilgari surilgan 
g`oya xotiraga mustahkam o`rnashgan syujetni idrok qilish asosida yosh 
kitobxonning intellektual dunyosi mahsuliga aylanadi. 
Bolalar murakkab qurilmali gaplardagi mazmunni ilg`ashga qiynaladilar, 
xususan, bunday gaplarda izohtalab arxaik so`zlar qalashib kelsa-taqatlari toq 
bo`ladi. Binobarin, gaplar ham sodda, mantiqdor, jonli, hayajanbaxsh va savodli 
qurilmog`i, g`ashga teguvchi qaytariqlar va mavhum iboralardan xoli bo`lmog`i 
lozim. Poetik obrazlar mavhum yoki qalashib ketgan sifatlashlar (epitetlar) asosida 
qurilmasligi darkor, bolalar kitobida har bir ifoda tabiiy, yorqin ma`noli va zavqovar 
bo`lishi-uni tushunib o`qish va uqib olishning muhim sharti hisoblanadi. 
   Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. 
Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim 
ahamiyatga ega. Bu M.Gorkiyning «Mavzular to`g`risida» maqolasida yorqin 
ifodalangan bo`lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib, 
10 Dedi:-Do`stlar, qish odosh,- satrlariga boqqan zahoti-ularning maktabgacha yoshdagi bolalarga mo`ljallanganini sezish qiyin emas. Chunki mazkur satrlardagi so`zlar maktabgacha yoshdagi bolalar nutqiga xos lug`at aks etgan. Shoir bunday ekspressiv nutq zamirida bahor faslining shu yoshdagi kichkintoylar hali sezishga ulgurmagan ikki xususiyatini-bahor qishdan so`ng kelib, qishga xotima («qish odosh») yasashini hamda endilikda haroratli kunlar («quyosh chiqishi»ni) boshlanishini, aniqrog`i, bahor fasli tabiatining belgili xossalarini saviyaga muvofiqlashtirib ma`lum qilmoqda. Bolalar lug`at boyligi-ular saviyasining mezoni. Bolalar ulg`aygani sayin voqelikni o`zlashtirish imkoniyatlari ham kengaya boradi, binobarin, ular so`zni o`zlashtirish evaziga ularning saviyalari ham ko`tariladi,didlari o`sa va dunyoqarashlari shakllana va to`lisha boradi. So`zni tushunish va o`zlashtirish bolalarda tasavvurni chuqurlashtiradi, narsa va hodisalar haqida o`z fikrini tug`diradi. Bolalar uchun ijod etuvchilar ana shu holat bilan hisoblashmoqlari shart. Zotan, bolaga atalgan asarning tili qancha aniq, ifodalari teran, qisqa va obrazli bo`lsa voqea ham, ifodasi ham ixcham, yorqin va sodda bo`lsa asar shuncha ta`sirchan bo`ladi, unda ilgari surilgan g`oya xotiraga mustahkam o`rnashgan syujetni idrok qilish asosida yosh kitobxonning intellektual dunyosi mahsuliga aylanadi. Bolalar murakkab qurilmali gaplardagi mazmunni ilg`ashga qiynaladilar, xususan, bunday gaplarda izohtalab arxaik so`zlar qalashib kelsa-taqatlari toq bo`ladi. Binobarin, gaplar ham sodda, mantiqdor, jonli, hayajanbaxsh va savodli qurilmog`i, g`ashga teguvchi qaytariqlar va mavhum iboralardan xoli bo`lmog`i lozim. Poetik obrazlar mavhum yoki qalashib ketgan sifatlashlar (epitetlar) asosida qurilmasligi darkor, bolalar kitobida har bir ifoda tabiiy, yorqin ma`noli va zavqovar bo`lishi-uni tushunib o`qish va uqib olishning muhim sharti hisoblanadi. Bolalar adabiyotining boshqa fanlar bilan hamkorligi yoxud adresliligi. Bolalar adabiyotining kamolotida uning barcha fanlar bilan aloqadorligi muhim ahamiyatga ega. Bu M.Gorkiyning «Mavzular to`g`risida» maqolasida yorqin ifodalangan bo`lib, bolalar adabiyotining rang-barang mavzular hisobiga boyib,
 
11 
 
xilma-xil obrazlar hisobiga to`lishib borishini ta`minlashdan tashqari ma`lum 
darajada o`zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma`noda, aytish 
mumkinki, bolalarga o`zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo`lishda, 
narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o`rganish 
va o`zlashtirishda bolalar adabiyoti o`ziga xos hayot darsligi vazifasini o`taydi. 
  Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?YUlduzlar nega faqat kechasi 
ko`rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo`ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol 
nimadan hosil bo`ladi? Tuproq nima? Yomg`ir nima? Qor nima? O`simliklar, 
hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo`q. 
Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay 
qo`ymaydilar. Ularning ma`naviy ulg`ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga 
amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish 
maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, 
biologiya, qo`ying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy 
hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va 
mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi 
badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda 
uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma`rifiyligini (poznavatelnost) ta`minlaydi. 
«Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli 
geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», 
«Yosh fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli-
tuman kasb-korlar, aniqrog`i, shishapazlik, chinnisozlik, yog`och va ganch 
o`ymakorligi, misgarlik va mis o`ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, bo`yraboflik, 
gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo`zlik, 
rangpazlik, qog`oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar 
badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina 
qo`ymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an`analarini o`zlashtira turib 
e`zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o`zliklarini anglashlariga, 
eng muhimi, kelajakda kim bo`lishdan iborat havaslarini uyg`otibgina qo`ymaydi, 
balki shu havasning qat`iyatga aylanishida yordam beradi.                                                   
11 xilma-xil obrazlar hisobiga to`lishib borishini ta`minlashdan tashqari ma`lum darajada o`zligiga daxldor xossalarini ham oydinlashtiradi. Shu ma`noda, aytish mumkinki, bolalarga o`zlarini qurshagan olam va uning sirlaridan voqif bo`lishda, narsa va hodisalar mohiyatini idrok etishda, ularni anglash va bilib olishda, o`rganish va o`zlashtirishda bolalar adabiyoti o`ziga xos hayot darsligi vazifasini o`taydi. Aytaylik, elektr nima? Quyosh-chi? Oy-chi?YUlduzlar nega faqat kechasi ko`rinadi?Momaqaldiroq nimadan paydo bo`ladi? Yashin-chi? Suv nima? Shamol nimadan hosil bo`ladi? Tuproq nima? Yomg`ir nima? Qor nima? O`simliklar, hasharotlar nega xilmma-xil? Xullas, bunday savollarning cheku-chegarasi yo`q. Lekin bolalar bularning barchasini bilishidan iborat ehtiyojlarini qondirmay qo`ymaydilar. Ularning ma`naviy ulg`ayishlari ana shu istakni qondirish evaziga amalga oshadi. Binobarin, bolalar adabiyoti ana shu savollarga javob berish maqsadida fizika, astranomiya, geologiya, geografiya, kimyo, matematika, botanika, biologiya, qo`ying-chi kishilik jamiyati yaratgan barcha bilimlar bilan ijodiy hamkorlik qiladi. Bunda u mazkur bilimga xos sovuq ilmiy muhokama va mantiqiylikni emas, balki har qanday ilmiy tushunchaning insonni sharaflovchi badiiy obrazli ifoda etilishi orqali erishadi. Bunday obrazli ifoda pirovard-oqibatda uning qiziqarliligini (zanimatelnost) va ma`rifiyligini (poznavatelnost) ta`minlaydi. «Qiziqarli botanika», «Qiziqarli fizika», «Qiziqarli biologiya», «Qiziqarli geologiya», «Qiziqarli kimyo» yoki «Yosh tilshunos», «Yosh adabiyotshunos», «Yosh fizik» qomuslari singari bolalarbop rang-barang kitoblar, shuningdek, turli- tuman kasb-korlar, aniqrog`i, shishapazlik, chinnisozlik, yog`och va ganch o`ymakorligi, misgarlik va mis o`ymakorligi, temirchilik, kulolchilik, bo`yraboflik, gilamboflik, temirchilik, haykaltaroshlik, kashtachilik, zargarlik, zardo`zlik, rangpazlik, qog`oz tayyorlash va hokazolarning kelib chiqishi tarixiga oid zavqovar badia va hikoyalar yosh avlodning ular haqidagi bilimlarini chuqurlashtiribgina qo`ymaydi, balki ularda ajdodlar tajribalari va an`analarini o`zlashtira turib e`zozlashni, demakki, qadriyatlarni anglash jarayonida o`zliklarini anglashlariga, eng muhimi, kelajakda kim bo`lishdan iborat havaslarini uyg`otibgina qo`ymaydi, balki shu havasning qat`iyatga aylanishida yordam beradi.