Adabiyotning vazifadorligi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

6

File size

Fayl hajmi

28,5 KB


Adabiyotning vazifadorligi
Reja:
1. Vazifadorlik tushunchasi. 
2. Badiiy adabiyotning vazifalari. 
a) ijtimoiy, b) estetik, c) evristik, d) konseptual, e) ekspressiv va boshqa
vazifalari. 
3. Adabiyot vazifalarining o‘zaro aloqadorligi. 
4. Adabiyot vazifalariga doir konsepsiyalar. 
Logotip
Adabiyotning vazifadorligi Reja: 1. Vazifadorlik tushunchasi. 2. Badiiy adabiyotning vazifalari. a) ijtimoiy, b) estetik, c) evristik, d) konseptual, e) ekspressiv va boshqa vazifalari. 3. Adabiyot vazifalarining o‘zaro aloqadorligi. 4. Adabiyot vazifalariga doir konsepsiyalar.
Tayanch  tushunchalar:  vazifadorlik,  badiiy  adabiyot,  ijtimoiy,  estetik,
evristik,  konseptual,  ekspressiv,  estetik  zavq,  kommunikativ,  axloqiy  tarbiya,
katarsis, o‘zaro aloqadorlik, konsepsiya.
Vazifadorlik  tushunchasi.  “Adabiyot  nazariyasi”  fanining  maqsad  va
vazifalarini belgilash uning bosh muddaosi bo‘lgan badiiy adabiyotning maqsad
va vazifalarini anglashdan boshlanadi. Badiiy   ifoda shakli, hajmi va mazmunidan
qat’i nazar bir emas, bir necha vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. T.Iglton
yozadi:  “Shundan  kelib  chiqib,  badiiy  adabiyotning  vazifadorligi
(polifunksionalligi)ni  belgilash  ham  aadbiyot  nazariyasining  zimmasiga
yuklanadi”.
1. Insonshunoslik (I.Sultonga kura) – “bu atamaning aniq ma’nosi shuki, inson
o‘zining intilishlari, ishlarining xilma-xilligi, o‘sishi va tanazzulga kelish jarayoni
bilan  badiiy  adabiyotning  materiali  bo‘lib  xizmat  etadi”.1 Bu  o‘rinda  inson
adabiyotning tasvir predmeti, muallif faqat o‘zini tasvirlamaydi, balki o‘zgalarning
his-tuyg‘u, fikr va ruhiyatini aks ettiradi. Shuning uchun yozuvchi faqat o‘zini
bilishi va “ifoda qilishi”gina emas, o‘zgalar qalb kechinmalarini ham aks ettira
olishi  kerak. Buning  uchun  o‘zini  qanchalik  yaxshi  bilsa,  o‘z  kechinmalarini
qancha badiiy aks ettira olsa, o‘zlarni ham shunchalar aniqlik bilan ko‘rsata olishi
kerak. Inson tasviri – adabiyotning birlamchi vazifasi, inson uning bosh predmeti
(I.Sulton, 58 b.). Shu o‘rinda adabiyotning ommaviyligi ayrim o‘rinlarda birlamchi
vazifa qilib ko‘rsatiladi,  bu  unchalik  to‘g‘ri  emas.  Ayni  yo‘nalish  “ommaviy
adabiyot”ga aylanishi natijasida jahon badiiyati ancha qashshoqlashgani sir emas.
2. Ijtimoiy  vazifasi –  Adabiyotning  ijtimoiyligi   kishilar  ongiga  g‘oyaviy-
estetik  ta’sir  qilishda,  sotsial  o‘zgarishlarda  qatnashishda,  muallifning  hayot
haqiqatini  o‘rganib  yangi  poetik  dunyo  yaratishida  va  fakt,  voqea  hamda
prototiplar  asosida  ta’sirchan  obrazlar  yaratishida  ko‘proq  ko‘zga  tashlanadi.
Adabiyot muallif uchun emas, balki jamiyat uchun yashaydi. Shuning uchun ham
1 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi NMIU, 2005. - B.53.
Logotip
Tayanch tushunchalar: vazifadorlik, badiiy adabiyot, ijtimoiy, estetik, evristik, konseptual, ekspressiv, estetik zavq, kommunikativ, axloqiy tarbiya, katarsis, o‘zaro aloqadorlik, konsepsiya. Vazifadorlik tushunchasi. “Adabiyot nazariyasi” fanining maqsad va vazifalarini belgilash uning bosh muddaosi bo‘lgan badiiy adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashdan boshlanadi. Badiiy ifoda shakli, hajmi va mazmunidan qat’i nazar bir emas, bir necha vazifalarni bajarishga qaratilgan bo‘ladi. T.Iglton yozadi: “Shundan kelib chiqib, badiiy adabiyotning vazifadorligi (polifunksionalligi)ni belgilash ham aadbiyot nazariyasining zimmasiga yuklanadi”. 1. Insonshunoslik (I.Sultonga kura) – “bu atamaning aniq ma’nosi shuki, inson o‘zining intilishlari, ishlarining xilma-xilligi, o‘sishi va tanazzulga kelish jarayoni bilan badiiy adabiyotning materiali bo‘lib xizmat etadi”.1 Bu o‘rinda inson adabiyotning tasvir predmeti, muallif faqat o‘zini tasvirlamaydi, balki o‘zgalarning his-tuyg‘u, fikr va ruhiyatini aks ettiradi. Shuning uchun yozuvchi faqat o‘zini bilishi va “ifoda qilishi”gina emas, o‘zgalar qalb kechinmalarini ham aks ettira olishi kerak. Buning uchun o‘zini qanchalik yaxshi bilsa, o‘z kechinmalarini qancha badiiy aks ettira olsa, o‘zlarni ham shunchalar aniqlik bilan ko‘rsata olishi kerak. Inson tasviri – adabiyotning birlamchi vazifasi, inson uning bosh predmeti (I.Sulton, 58 b.). Shu o‘rinda adabiyotning ommaviyligi ayrim o‘rinlarda birlamchi vazifa qilib ko‘rsatiladi, bu unchalik to‘g‘ri emas. Ayni yo‘nalish “ommaviy adabiyot”ga aylanishi natijasida jahon badiiyati ancha qashshoqlashgani sir emas. 2. Ijtimoiy vazifasi – Adabiyotning ijtimoiyligi kishilar ongiga g‘oyaviy- estetik ta’sir qilishda, sotsial o‘zgarishlarda qatnashishda, muallifning hayot haqiqatini o‘rganib yangi poetik dunyo yaratishida va fakt, voqea hamda prototiplar asosida ta’sirchan obrazlar yaratishida ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Adabiyot muallif uchun emas, balki jamiyat uchun yashaydi. Shuning uchun ham 1 Sulton I. Adabiyot nazariyasi. – T.: O‘qituvchi NMIU, 2005. - B.53.
uning asariijtimoiy vazifador bo‘lishi, ya’ni qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin jamiyatga
taraqqiyotiga naf keltirishi kerak. I.Sulton o‘z nazariyasi bu hodisaga alohida bob
ajratgan va “adabiyot – ijtimoiy ongning o‘ziga xos sohasi”, “hayot va adabiyot”
va “adabiyot va zamonaviylik” bo‘limlarida fikr yuritgan (I.Sulton. B.19-50).   
3. Evristik vazifasi. Adabiyot – dunyoni bilish, ijodiy o‘zlashtirish vositasi. Bu
vazifa adabiyotning evristik yumushidan kelib chiqib, biror voqea, hodisa, holat,
jarayon va boshqalar haqida ilk ma’lumot keltiradi. Evristika yuzaki qaraganda
asarning mavzusi, sarlavhasi va mundarijada akslanayotganday tuyulsa ham, ijodiy
diskurs  jarayonida  bad.  asarning  barcha  a’zo  (komponent)lari  ishtirok  etadi.
Masalan.,  Balzak  romanlari  XIX  asr  fransuz  hayotini  o‘rganishda  tarixiy
asarlardan ham muhimroq vazifani bajarganini mutaxassislar e’tirof etishgan. Shu
kabi  Abdulla  Qodiriy  romanlari  yaqin  o‘tmishimizni,  xonlik  zamonlarini
o‘rganishda muhim adabiy manba sanaladi.Shundan badiiy  adabiyotni  “hayot
darsligi” deb ataydilar.
4. Konseptuallik. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir. Adabiyot
kitobxonni hissiy bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq
qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo‘naltiradi. Adabiyot hayotda
va badiiy asarlarda inson qadriyatini ko‘taradi va mana shu ma’noda har bir inson
jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga
hissa qo‘shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u asariga muallif
konsepsiyasini  singdiradi,  dunyoni  tadqiq  etishning  o‘z  usulini  tavsiya  etadi.
Demak, muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiradi. 
5. Emotsional,  hissiy  tarbiya  berish. Bu  bilan  adabiyot  inson  tuyg‘ularini
yangilaydi,  uni  his  qilishga,  sevishga,  ardoqlashga  o‘rgatadi.  U  kitobxon
tuyg‘ulariga ta’sir etib, tuyg‘u uyg‘otuvchi ma’naviy kuchga ega bo‘lishi kerak,aks
holda  adabiyot  tashigan  tuyg‘ular  chala,  yuzaki,  yengil-yelpi  va  muayyan
maqsadga yo‘naltirilmay qoladi. Emotsional tarbiya jarayonida adabiyot san’at turi
sifatida kitobxonga lazzat bag‘ishlaydi. Adabiyotning gedonistik (lazzat beruvchi)
vazifasi  uning boshqa barcha vazifalarini  bajarishga zamin  yaratadi. Qadimgi
kishilar  san’at  asarlari  beradigan  ma’naviy  lazzat,  rohatni  jismoniy  lazzatga
Logotip
uning asariijtimoiy vazifador bo‘lishi, ya’ni qaysi yo‘nalishda bo‘lmasin jamiyatga taraqqiyotiga naf keltirishi kerak. I.Sulton o‘z nazariyasi bu hodisaga alohida bob ajratgan va “adabiyot – ijtimoiy ongning o‘ziga xos sohasi”, “hayot va adabiyot” va “adabiyot va zamonaviylik” bo‘limlarida fikr yuritgan (I.Sulton. B.19-50). 3. Evristik vazifasi. Adabiyot – dunyoni bilish, ijodiy o‘zlashtirish vositasi. Bu vazifa adabiyotning evristik yumushidan kelib chiqib, biror voqea, hodisa, holat, jarayon va boshqalar haqida ilk ma’lumot keltiradi. Evristika yuzaki qaraganda asarning mavzusi, sarlavhasi va mundarijada akslanayotganday tuyulsa ham, ijodiy diskurs jarayonida bad. asarning barcha a’zo (komponent)lari ishtirok etadi. Masalan., Balzak romanlari XIX asr fransuz hayotini o‘rganishda tarixiy asarlardan ham muhimroq vazifani bajarganini mutaxassislar e’tirof etishgan. Shu kabi Abdulla Qodiriy romanlari yaqin o‘tmishimizni, xonlik zamonlarini o‘rganishda muhim adabiy manba sanaladi.Shundan badiiy adabiyotni “hayot darsligi” deb ataydilar. 4. Konseptuallik. Adabiyot – hayotni badiiy tadqiq etish vositasidir. Adabiyot kitobxonni hissiy bilishdan idrok etishga, undan anglashga va yanada chuqurroq qaraganda hayot hodisalarini tadqiq etishga qarab yo‘naltiradi. Adabiyot hayotda va badiiy asarlarda inson qadriyatini ko‘taradi va mana shu ma’noda har bir inson jamiyat uchun qadrli ekanligini anglash orqali jamiyatni taraqqiy ettirish ishiga hissa qo‘shadi. Adib hayotning yangi modelini yaratar ekan, u asariga muallif konsepsiyasini singdiradi, dunyoni tadqiq etishning o‘z usulini tavsiya etadi. Demak, muallif konsepsiyasi kitobxonni tadqiqiy faoliyatga yo‘naltiradi. 5. Emotsional, hissiy tarbiya berish. Bu bilan adabiyot inson tuyg‘ularini yangilaydi, uni his qilishga, sevishga, ardoqlashga o‘rgatadi. U kitobxon tuyg‘ulariga ta’sir etib, tuyg‘u uyg‘otuvchi ma’naviy kuchga ega bo‘lishi kerak,aks holda adabiyot tashigan tuyg‘ular chala, yuzaki, yengil-yelpi va muayyan maqsadga yo‘naltirilmay qoladi. Emotsional tarbiya jarayonida adabiyot san’at turi sifatida kitobxonga lazzat bag‘ishlaydi. Adabiyotning gedonistik (lazzat beruvchi) vazifasi uning boshqa barcha vazifalarini bajarishga zamin yaratadi. Qadimgi kishilar san’at asarlari beradigan ma’naviy lazzat, rohatni jismoniy lazzatga
nisbatan afzal  deb bilar  edilar. Bu vazifa quyidagi  sabablardan  kelib chiqadi
(boshqacha  aytsak,  lazzatlanish  manbalari  quyidagilar):  1)  san’atkor  hayot
go‘zalliklarini  nozik  his  etadi,  estetik  boyliklarni  tez,  mohirona  va  erkin
o‘zlashtiradi; shu holat insonlarni hayratlantiradi va zavqlantiradi; 2) san’atkor
insoniyat  tarixidagi  qiziqarli  voqea-hodisalarning  estetik  qimmatini  ko‘rsatib
beradi; 3) san’at asari ma’no va badiiy shaklining mosligi, uyg‘unligi bilan zavq,
lazzat  beradi;  4)  real  voqelikka  nisbatan  badiiy  voqelik  go‘zallik  va  haqiqat
qonunlari asosida tartibga solingan va tuzilgan bo‘ladi; 5) san’atkorning ilhom
bilan yozilgan (yasalgan) asari retsepient – idron etuvchiga ham ilhom va shodlik
baxsh etadi; 6) badiiy ijod bir jihatdan (topishmoqli, sirli) o‘yinga o‘xshaydi va
san’atning mana shu erkin o‘yinlari kitobxon, tomoshabin, tinglovchini benihoya
zavqlantiradi.  Sazef  Xeyzin:  “San’atda  o‘yin,  o‘zni  unutish  va  ruhlanish  –
muqaddas  yoki  bayramona kayfiyat, ma’rifat  yoki  ermak uchundir. Bu  o‘yin
(asosan, so‘z o‘yini) san’atkorga quvonch va orom beradi. Poetik shakl yasashning
barcha usullari so‘z o‘yiniga kiradi: vazn va ritmik bo‘linishlar (turoqlar, ruknlar),
kuy va ohang, qofiya va assonans (ohangdorlik), yashirin ma’nolar, jumlaning
qoyilmaqomligi. Badiiy ijod odamlarni go‘zallikni anglatishi va badiiy haqiqati
bilan quvontiradi. San’atning gedonistik funksiyasi har bir shaxs o‘z-o‘zicha qadrli
degan g‘oyaga asoslanadi. 
6. Estetik zavq  berishi  –  so‘z  san’atining  asosiy  vazifalaridan.  Adabiyot
ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z qadriyatlarini
yaratishga  dalda  bo‘ladi.Adabiyot insonga  zavq  beradi,  hayot  go‘zalliklarini
sevishni  o‘rgatadi. Qadimdan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini yaxshi
bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: ilohiy
hodisalardan  hayratlanish;  atrof-muhit  va  insonlar  hayotini  badiiy  qiyofalarda
tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, qo‘rquv, dahshat
holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik bilan xursand
qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, poklash, olijanob,
himmatli  qilish  –  adabiyotning  maqsadidir.  Adabiyotning  estetik  vazifasi:  1)
insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) insonlarni nafosat
Logotip
nisbatan afzal deb bilar edilar. Bu vazifa quyidagi sabablardan kelib chiqadi (boshqacha aytsak, lazzatlanish manbalari quyidagilar): 1) san’atkor hayot go‘zalliklarini nozik his etadi, estetik boyliklarni tez, mohirona va erkin o‘zlashtiradi; shu holat insonlarni hayratlantiradi va zavqlantiradi; 2) san’atkor insoniyat tarixidagi qiziqarli voqea-hodisalarning estetik qimmatini ko‘rsatib beradi; 3) san’at asari ma’no va badiiy shaklining mosligi, uyg‘unligi bilan zavq, lazzat beradi; 4) real voqelikka nisbatan badiiy voqelik go‘zallik va haqiqat qonunlari asosida tartibga solingan va tuzilgan bo‘ladi; 5) san’atkorning ilhom bilan yozilgan (yasalgan) asari retsepient – idron etuvchiga ham ilhom va shodlik baxsh etadi; 6) badiiy ijod bir jihatdan (topishmoqli, sirli) o‘yinga o‘xshaydi va san’atning mana shu erkin o‘yinlari kitobxon, tomoshabin, tinglovchini benihoya zavqlantiradi. Sazef Xeyzin: “San’atda o‘yin, o‘zni unutish va ruhlanish – muqaddas yoki bayramona kayfiyat, ma’rifat yoki ermak uchundir. Bu o‘yin (asosan, so‘z o‘yini) san’atkorga quvonch va orom beradi. Poetik shakl yasashning barcha usullari so‘z o‘yiniga kiradi: vazn va ritmik bo‘linishlar (turoqlar, ruknlar), kuy va ohang, qofiya va assonans (ohangdorlik), yashirin ma’nolar, jumlaning qoyilmaqomligi. Badiiy ijod odamlarni go‘zallikni anglatishi va badiiy haqiqati bilan quvontiradi. San’atning gedonistik funksiyasi har bir shaxs o‘z-o‘zicha qadrli degan g‘oyaga asoslanadi. 6. Estetik zavq berishi – so‘z san’atining asosiy vazifalaridan. Adabiyot ijodiy ruhni shakllantiradi, ma’naviy qadriyatlarni o‘rganishga, o‘z qadriyatlarini yaratishga dalda bo‘ladi.Adabiyot insonga zavq beradi, hayot go‘zalliklarini sevishni o‘rgatadi. Qadimdan odamlar san’atning estetik ta’sir kuchini yaxshi bilganlar. Hind shoiri Kamdasa (V) san’atning to‘rt maqsadini ko‘rsatadi: ilohiy hodisalardan hayratlanish; atrof-muhit va insonlar hayotini badiiy qiyofalarda tasvirlash; nafis his-tuyg‘ular: komizm, fojia, sevgi, hamdardlik, qo‘rquv, dahshat holatlari (rasalar) tasviri bilan zavq berish; go‘zallikka oshnolik bilan xursand qilish. Hind olimi V.Bahodir fikricha, odamlarni ruhlantirish, poklash, olijanob, himmatli qilish – adabiyotning maqsadidir. Adabiyotning estetik vazifasi: 1) insonlarning badiiy didini, qobiliyat va ehtiyojlarini o‘stirish; 2) insonlarni nafosat