Adabiyotshunoslik – badiiy adabiyot haqidagi fan
Reja:
1. Adabiyotshunoslik - filologiyaning bir sohasi
2. “Adabiyot” va “adabiyotshunoslik” atamalari
3. Adabiyotshunoslik metodologiyasi
4. Adabiyotshunoslikning ob’ekti va vazifalari
The architects of the new subject at Cambridge were on the whole
individu-als who could be absolved from the crime and guilt of having led
working-class Englishmen over the top.
Кембриждаги янги фанлар бутунлай олганда уларни тузувчилари,
жиноятдан ва айбдорлардан озод қилиниши мумкин бўлган Инглиз
ишчи халқини юқори чўққига олиб борадиган шахслар эди. Юқори
чўққига
олиб
чиқиш
учун
адабиётдан
фойдаланганлар.
Адабиётшуносликнинг қудрати ва объекти асос бўлган.
1. Adabiyotshunoslik – “filologiya”(gr.philo – sevaman va logos - so’z), ya’ni
“so’zshunoslik” fanining katta bir sohasidir. Uning ikkinchi sohasi – tilshunoslik
yoki lingvistika (lat. Lingma - til)dir. Ikkalasi ham o’ziga xos tarzda
so’zshunoslikning tabiatini o’rganadi.
Adabiyotshunoslik – jahon adabiyoti durdonalarini o’rganish asosida badiiy
adabiyotning qonun-qoidalari, siru asrorlarini kashf etish bilan shug’ullansa,
tilshunoslik – tilning grammatik qurilishi (morfologik va sintaksis)ni, ya’ni so’z
shakllarini, ularning hosil bo’lish yo’llarini, so’zlarning morfema sostavini, so’z
turkumlarini; so’zlarining birikish yo’llarini, gapning tuzilishi va tiplarini, gap
bo’laklarini o’rganadi. Birgina jumla bilan aytsak, adabiyotshunoslik - so’zning
san’atini, tilshunoslik – so’zning mag’zini chaqadi.
Bu fanlar doimiy aloqada bo’ladilar va hamisha bir-birlarining kamoloti
uchun xizmat qiladilar. Til va uning qonuniyatlari adabiyotning tug’ilishi va rivoji
uchun qanchalik xizmat qilsa, adabiyotning poetik tili – tilning rivoji va
qonuniyatlari mohiyatini ochish uchun shunchalik asos beradi.
2. “Adabiyot” atamasi (arabcha - adab) “odob” so’zidan olingan. Odob-axloq
jamiyat ma’naviyatining o’zagi, inson kamoloti (insoniyligi)ning ko’rsatgichidir.
Axloq – ma’naviyatning amalidir, ma’naviyat esa o’zlikni anglashdir. Uni
o’rganish – inson qalbiga sayqal berishdir. Shuning uchun ham adabiyot inson
tuyg’ularining adadsiz to’lqinini ezgulik yaratish ishiga safarbar etadi. U turli
xalqlar tilida turlicha ataladi. Chunonchi, ruslarda “literatura” (lat. letera - harf),
nemislarda “wortkunst” (so’zshunoslik), o’zbek va tojiklarda “adabiyot”... Bundan
qat’i-nazar “Adabiyot” so’zi uch xil ma’noda qo’llaniladi:
1.
Bir xalqning, davrning badiiy, ilmiy, filosofik va boshqa asarlari majmui:
o’zbek adabiyoti, antik adabiyot.
2.
San’atning so’z, til vositasida badiiy obrazlar yaratuvchi sohasi va shu
sohada yaratilgan asarlar majmui: she’r, proza, drama.
3.
Muayyan bir fan yoki sohaga, masalaga oid kitoblar: siyosiy adabiyot,
adabiyotshunoslikka oid kitoblar, terrorizmga qarshi kurashga bag’ishlangan
asarlar.
Ko’rinadiki, “Adabiyot” atamasi keng ma’noda qo’llanilganda yozilgan barcha
asarlarni qamraydi va tor (professional, maxsus) ma’noda ishlatilganda faqatgina
badiiy asar (romanlar, g’azallar, dostonlar, balladalar, komediyalar kabi)larni
ko’zda tutadi.
“Adabiyotshunoslik” atamasi “Adabiyot” so’ziga fors – tojikcha “shinohtan”
(“bilish”, “tayin etish”) fe’lining va o’zbekcha “lik” affiksining qo’shiluvidan
yasalgan. “Shinohtan” singormonizmga uchrab, “shunos” shakliga kelib qolgan va
u o’zbek tilida “biluvchi”, “o’rganuvchi” ma’nolarida ishlatiladi.
Bundan ko’rinadiki, adabiyotshunoslikning o’rganish manbai, asosi – badiiy
asarlar jamidir. Albatta, badiiy asarlar tabiatini o’rganish, o’z navbatida, ijodiy
jarayon qonuniyatlarini, adabiy muhit va sharoit xususiyatlarini, yozuvchi-obraz-
kitobxon muammolarini ham o’rganishni kun tartibiga chiqaradi.
Ayni paytda, mumtoz (klassik) asarlar tahlili jarayonida badiiy adabiyotning
o’ziga xos qonuniyatlarini o’rgatish barobarida badiiy ijod namunalarini tahlil etish
va bevosita turli-tuman janrlarda asarlar yaratish ko’nikmalarini ham beradi.
“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani – badiiy adabiyotning umumiy
xususiyatlarini, badiiy asar tabiatini, ijodiy jarayonning eng muhim muammolarini,
badiiy ijodning sehrini o’rgatadi. Badiiy asarlar yaratish san’atidan xabar beradi va
poetik asarlarni mustaqil, ob’ektiv tahlil etish ko’nikmalarini yaratadi. Filolog
o’qituvchilar – bakalavr va badiiy ijod oshnalarini tayyorlaydi.
3. Insoniyat va xalq hayoti taraqqiyoti bilan adabiyotning rivojlanish
aloqalarini tushuntirish – metod (gr. Meta–orqali, vositasida va hodos-yo’l)ning
vazifasiga kiradi, demak, bu muayyan muammoni o’z predmeti, materiali
vositasida tadqiq qilish yo’lidir. Metodologiya esa metod haqidagi ilm, metod
nazariyasidir.1 Fan rivojini ta’minlovchi umumiy mezonlar ta’rifidir, ularning
asosiy tamoyil(prinsip)lari, ustuvor qoida(postulat)larini qamragan ilmiy
tushunchalardir.
Shunga binoan adabiyotshunoslik doimo quyidagi asosiy muammolarga javob
izlagan: Nega har bir xalqning, har bir davrning adabiyoti mavjud? U shu xalq
hayotiga va ayni paytda, jahon xalqlariga qanchalik ta’sir ko’rsatgan? Uning
xususiyatlari, yuzaga kelish sabablari, falsafasi nimada? Nega har bir xalqning
adabiyoti taraqqiyoti har bir davrda o’ziga xos bo’ladi? Davrlar adabiyotining
farqli xususiyatlari, mohiyati nimada? Nega u tarixan o’zgaradi va yangilik tomon
rivojlanadi, nega aynan shunday?.. Adabiy rivojlanishning milliy-tarixiy, ijtimoiy-
siyosiy, hayot va mafkura (g’oya)lar bilan bog’liqligini yaxlit tushuntirish uchun
jamiyatning tarixiy rivojlanishini asosli tushuntiruvchi nazariyaga tayanish talab
etiladi.
Bu nazariya – milliy istiqlol mafkurasidir. U “o’z mohiyatiga ko’ra,
xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o’tmish va
kelajagini bir-biri bilan bog’laydigan, asriy orzu istaklarni amalga oshirishga
xizmat qilgan g’oyalar tizimidir” (I.Karimov). Ana shu g’oyalardan biri-komil
inson g’oyasidir va u ham milliy, ham umumbashariy mohiyat kasb etgan,
hamisha odamzodni taraqqiyotga, ezgulikka yetaklagan. “Komil inson – ozod
shaxs, erkin fikr qiluvchi, o’z xalqining ideallari uchun kurashuvchi inson, o’z
1 Введение в литературоведение, Москва, “Высшая школа”, 1988, стр.14.