Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

12

File size

Fayl hajmi

28,8 KB


Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida
Reja:
1. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari. 
2. Adabiyotshunoslikning ilmiy tizim ekanligi.
3. Adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqidning ilmiy tizimdagi
ishtiroki 
4. Matnshunoslik,  manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik, bibliografiya va
boshqalarning ilmiy tizimdagi oʻrni.
Logotip
Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida Reja: 1. Adabiyotshunoslikning asosiy sohalari. 2. Adabiyotshunoslikning ilmiy tizim ekanligi. 3. Adabiyot nazariyasi, adabiyot tarixi, adabiy tanqidning ilmiy tizimdagi ishtiroki 4. Matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik, bibliografiya va boshqalarning ilmiy tizimdagi oʻrni.
Tayanch  tusunchalar: asosiy  sohalar,  ilmiy  tizm,  adabiyot  tarixi,
nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik,
bibliografiya
Adabiyotshunoslik fan sifatida ilmiy faoliyat sohiblari bilan ijodkorlar olamini
o‘zaro bog‘lab, ijodiy yutuqlardan ilm taraqqiyoti uchun foydalanar ekan, u ish
ko‘rayotgan  tushuncha  va  istilohlarda  har  xillik  kuzatilishi  mumkin.
Adabiyotshunoslikdagi terminologik chalkashliklarning oldini olish, tushuncha va
istilohlarni identifikatsiya qilish, adabiy tahlil va jarayondagi eng zarur va ijtimoiy
ahamiyatli hodisalarga tayanib ish ko‘rish bugungi adabiyot ilmining vazifalaridan.
Tizim – o’zaro  ichki  aloqadorlikka  quriladigan  bir  necha  tizim  osti
tarmoqlarining yaxlit harakati. Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida musulmon
sharqi  mamlakatida  IX  asrdan  boshlab  mavjud  bo‘lgan.  Akademik  Botir
Valixo‘jayev “Adabiyotshunoslik” kitobida, ilmi adab tarkibiga kiruvchi fanlar
sifatida lug‘at, sarv, nahv, ishtiqoq, aruz, qofiya, badoye kabi 12 ta fanni keltiradi
va  bu  bilan  filologik  tizimni  mumtoz  adabiyotdagi  o‘rnini  ta’kidlaydi.  Sarv-
morfologiya,  nahv-sintaksis,  ishtiqoq-so‘z  yasalishi,  badoye-badiiy  san’atlar
haqidagi  ilm.  Ilmi  adab  (filologiya)  adabiyot  “odob  ilmlarining  yig’indisi”.
Adabiyotshunoslik IX asrda filologiya tarkibida ma’lum fanlarning yig’indisi ya’ni
ilmiy tizim sifatida mavjud bo’lgan. Hozirda u o’z tarkibiga 30 dan ortiq fanlarni
oladi.
An’anaviy  adabiyotshunoslik  o‘zaro  mustahkam  aloqada  bo‘lgan  adabiyot
tarixi,  nazariyasi  va  adabiy  tanqid asosida  tarkiblanadi.  Shuningdek,  ularga
munosabatda mustaqil tarzda shakllangan adabiyotshunoslik metodologiyasi ham
mavjud. Shuning uchun ham bu fanlar adabiyotshunoslikning “asosiy sohalari” deb
yuritiladi.  Bu  bevosita  konkret  adabiy-tarixiy  faktlar  va  ular  o‘zaro
aloqadorligining keng jabhalari bo‘lib, adabiyot tarixi nomi bilan markazlashadi.
Shu bilan birga, adabiyot nazariyasi yoki nazariy adabiyotshunoslik ham mavjud
bo‘lib, u adabiy hayotning umumiy qonuniyatlari va birinchi navbatda, adiblar
ijodini o‘rganishga kirishadi. 
Adabiyot  tarixi  –  insoniyat  tarixining  bir  qismi,  madaniy  tarix  tarkibida
qaraladi. Insoniyat tarixi esa bir necha turlarga: fuqarolik tarixi, davlatchilik tarixi,
Logotip
Tayanch tusunchalar: asosiy sohalar, ilmiy tizm, adabiyot tarixi, nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o’lkashunoslik, bibliografiya Adabiyotshunoslik fan sifatida ilmiy faoliyat sohiblari bilan ijodkorlar olamini o‘zaro bog‘lab, ijodiy yutuqlardan ilm taraqqiyoti uchun foydalanar ekan, u ish ko‘rayotgan tushuncha va istilohlarda har xillik kuzatilishi mumkin. Adabiyotshunoslikdagi terminologik chalkashliklarning oldini olish, tushuncha va istilohlarni identifikatsiya qilish, adabiy tahlil va jarayondagi eng zarur va ijtimoiy ahamiyatli hodisalarga tayanib ish ko‘rish bugungi adabiyot ilmining vazifalaridan. Tizim – o’zaro ichki aloqadorlikka quriladigan bir necha tizim osti tarmoqlarining yaxlit harakati. Adabiyotshunoslik ilmiy tizim sifatida musulmon sharqi mamlakatida IX asrdan boshlab mavjud bo‘lgan. Akademik Botir Valixo‘jayev “Adabiyotshunoslik” kitobida, ilmi adab tarkibiga kiruvchi fanlar sifatida lug‘at, sarv, nahv, ishtiqoq, aruz, qofiya, badoye kabi 12 ta fanni keltiradi va bu bilan filologik tizimni mumtoz adabiyotdagi o‘rnini ta’kidlaydi. Sarv- morfologiya, nahv-sintaksis, ishtiqoq-so‘z yasalishi, badoye-badiiy san’atlar haqidagi ilm. Ilmi adab (filologiya) adabiyot “odob ilmlarining yig’indisi”. Adabiyotshunoslik IX asrda filologiya tarkibida ma’lum fanlarning yig’indisi ya’ni ilmiy tizim sifatida mavjud bo’lgan. Hozirda u o’z tarkibiga 30 dan ortiq fanlarni oladi. An’anaviy adabiyotshunoslik o‘zaro mustahkam aloqada bo‘lgan adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy tanqid asosida tarkiblanadi. Shuningdek, ularga munosabatda mustaqil tarzda shakllangan adabiyotshunoslik metodologiyasi ham mavjud. Shuning uchun ham bu fanlar adabiyotshunoslikning “asosiy sohalari” deb yuritiladi. Bu bevosita konkret adabiy-tarixiy faktlar va ular o‘zaro aloqadorligining keng jabhalari bo‘lib, adabiyot tarixi nomi bilan markazlashadi. Shu bilan birga, adabiyot nazariyasi yoki nazariy adabiyotshunoslik ham mavjud bo‘lib, u adabiy hayotning umumiy qonuniyatlari va birinchi navbatda, adiblar ijodini o‘rganishga kirishadi. Adabiyot tarixi – insoniyat tarixining bir qismi, madaniy tarix tarkibida qaraladi. Insoniyat tarixi esa bir necha turlarga: fuqarolik tarixi, davlatchilik tarixi,
madaniy tarix va boshqalarga ajraladi. So‘nggisi, ya’ni madaniyat tarixi san’at
tarixi, shaharlar tarixi va  boshqa qismlarga bo‘linadi. Madaniyat tarixining eng
unumli  sohalaridan  biri  san’at  tarixidir.  Bu  tarix,  o‘z  navbatida,  san’atning
turlaridan kelib chiqib: musiqa tarixi, rassomchilik tarixi, haykaltaroshlik tarixi,
raqs tarixi v.b. qatorida adabiyot tarixiga alohida e’tibor beriladi. Demak, u xalq
madaniy tarixining harakatdagi muayyan bir qismi sifatida anglashiladi. 
Adabiyot tarixi ilk badiiyat namunalari (dastlab og‘zaki shaklda yoki mifik
tafakkur asosida)dan tortib hozirga qadar o‘tgan adabiy-badiiy  asarlarga, ya’ni
o‘tmish  adabiyotiga  nisbatan  qo‘llaniladi.  Turli  milliy  adabiyotlarning  tarixan
o‘ziga xosligi, taraqqiyot tamoyillari, adabiy avlodlar o‘zgarishi va boshqa. adabiy
hodisalarni tarixiy jarayonda tadqiq etadi. Konkret adabiy asarlar yakka shaxslar
tomonidan  yaratilgan  bo‘lsa  ham  yozuv  hali  shakllanmagan  dastlabki  davrda
jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ya’ni bir iste’dod tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u
og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan boyigan, sayqallangan va anonimlashgan, natijada
jamoaviy xarakter kasb etgan. Shunday ekan, adabiy asarning yaratuvchisi bir
shaxs  bo‘lishi  mumkin,  lekin  adabiyot  tarixining  yaratuvchisi  bir  kishi
bo‘lolmaydi. Adabiyot xalq tomonidan yaratiladi. Qaysi xalq vakillari iste’dodliroq
bo‘lsa, ular o‘z iste’dodiga yarasha kuchliroq (badiiy jihatdan) asarlarni ertaroq
yaratganlar. Adabiyot tarixidagi asarlar, mualliflar ijodiga baho berganda ularning
o‘zlarigacha o‘tgan adabiyotga qanday yangilik qo‘shganlari yoki mavjud adabiy
hodisalarning qay jihatini yangilaganiga qarab baho beriladi.  
Adabiyot tarixi jamiyat tarixi tarkibida tushunilar ekan, u milliy xarakterga ega.
Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiyoti tarixi, rus adabiyoti tarixi… kabi millat madaniy
tarixi  bilan  bog‘liq  taraqqiy  etadi.  Adabiyot  tarixini  o‘rganishda  tarixiylik
tamoyiliga asoslaniladi, ya’ni adabiy manbalar, siymolar va hodisalar xronologik
tartibda  o‘rganiladi.  Adabiyot  tarixini  davrlashtirish,  adabiy  muhit,  adabiyot
rivojiga  ta’sir  ko‘rsatgan  mintaqaviy  manbalar  ham  shu  soha  doirasida  tahlil
qilinadi. Milliy adabiyot tarixini yaratish XX asr boshiga to‘g‘ri keldi. Biroq bunga
qadar yaratilgan mumtoz adabiyotshunoslikdagi tazkira, risolalar hamda badiiy va
tarixiy asarlar tarkibidagi lavhalar Adabiyot tarixining yaratilishiga asos bo‘lib
xizmat qildi. O‘zbek adabiyoti tarixining yaratilishida prof. Fitratning “Eng eski
turk adabiyoti namunalari” (1927), “O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild” (1928)
Logotip
madaniy tarix va boshqalarga ajraladi. So‘nggisi, ya’ni madaniyat tarixi san’at tarixi, shaharlar tarixi va boshqa qismlarga bo‘linadi. Madaniyat tarixining eng unumli sohalaridan biri san’at tarixidir. Bu tarix, o‘z navbatida, san’atning turlaridan kelib chiqib: musiqa tarixi, rassomchilik tarixi, haykaltaroshlik tarixi, raqs tarixi v.b. qatorida adabiyot tarixiga alohida e’tibor beriladi. Demak, u xalq madaniy tarixining harakatdagi muayyan bir qismi sifatida anglashiladi. Adabiyot tarixi ilk badiiyat namunalari (dastlab og‘zaki shaklda yoki mifik tafakkur asosida)dan tortib hozirga qadar o‘tgan adabiy-badiiy asarlarga, ya’ni o‘tmish adabiyotiga nisbatan qo‘llaniladi. Turli milliy adabiyotlarning tarixan o‘ziga xosligi, taraqqiyot tamoyillari, adabiy avlodlar o‘zgarishi va boshqa. adabiy hodisalarni tarixiy jarayonda tadqiq etadi. Konkret adabiy asarlar yakka shaxslar tomonidan yaratilgan bo‘lsa ham yozuv hali shakllanmagan dastlabki davrda jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan. Ya’ni bir iste’dod tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u og‘izdan-og‘izga o‘tishi bilan boyigan, sayqallangan va anonimlashgan, natijada jamoaviy xarakter kasb etgan. Shunday ekan, adabiy asarning yaratuvchisi bir shaxs bo‘lishi mumkin, lekin adabiyot tarixining yaratuvchisi bir kishi bo‘lolmaydi. Adabiyot xalq tomonidan yaratiladi. Qaysi xalq vakillari iste’dodliroq bo‘lsa, ular o‘z iste’dodiga yarasha kuchliroq (badiiy jihatdan) asarlarni ertaroq yaratganlar. Adabiyot tarixidagi asarlar, mualliflar ijodiga baho berganda ularning o‘zlarigacha o‘tgan adabiyotga qanday yangilik qo‘shganlari yoki mavjud adabiy hodisalarning qay jihatini yangilaganiga qarab baho beriladi. Adabiyot tarixi jamiyat tarixi tarkibida tushunilar ekan, u milliy xarakterga ega. Shunga ko‘ra, o‘zbek adabiyoti tarixi, rus adabiyoti tarixi… kabi millat madaniy tarixi bilan bog‘liq taraqqiy etadi. Adabiyot tarixini o‘rganishda tarixiylik tamoyiliga asoslaniladi, ya’ni adabiy manbalar, siymolar va hodisalar xronologik tartibda o‘rganiladi. Adabiyot tarixini davrlashtirish, adabiy muhit, adabiyot rivojiga ta’sir ko‘rsatgan mintaqaviy manbalar ham shu soha doirasida tahlil qilinadi. Milliy adabiyot tarixini yaratish XX asr boshiga to‘g‘ri keldi. Biroq bunga qadar yaratilgan mumtoz adabiyotshunoslikdagi tazkira, risolalar hamda badiiy va tarixiy asarlar tarkibidagi lavhalar Adabiyot tarixining yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. O‘zbek adabiyoti tarixining yaratilishida prof. Fitratning “Eng eski turk adabiyoti namunalari” (1927), “O‘zbek adabiyoti namunalari. 1-jild” (1928)
bu  yo‘nalishdagi  ilk  qo‘llanmalar  sanaladi.  Shuningdek,
 A.Sa’diy,
O.SHarafiddinov,  P.SHamsiev,  V.Zohidov,  A.Qayumov,  A.Hayitmetov,
A.Abdug‘afurov,  R.Orzibekov  va  boshqalarning  adabiyot  tarixiga  oid  ishlari
ahamiyatlidir.  Uzoq  yillar  oliy  o‘quv  yurtlarida  N.Mallaev,  V.Abdullaev,
G‘.Karimov tomonidan yaratilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” asosiy darslik sifatida
qo‘llanildi. 
Adabiyot  nazariyasi  adabiyot  tarixi  to‘plagan materiallarni  umumlashtiradi,
konkret  adabiy  tadqiqotlar  sari  yo‘naltiradi,  unga  tadqiqiy  xarakter  beradi.
Adabiyotshunoslikning bu sohalari biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, ularning biri
boshqasiga material bo‘lsa, ikkinchisi birinchisiga nazariy yo‘llanma bo‘lib xizmat
qiladi, demak, ularga yaxlit bir umumiy tizimdagi fanlar sifatida qarash kerak
bo‘ladi.
Adabiyot nazariyasi – badiiy adabiyotning o‘ziga xos turi, estetik va ijtimoiy
funksiyasi,  adabiy  jarayon  masalalarini  o‘rganuvchi  fan.  Adabiyot  nazariyasi
adabiyotshunoslik tarkibidagi (adabiyot  tarixi, adabiy tanqid kabi) fan bo‘lgani
uchun, birinchi navbatda, adabiyotshunoslik masalalari bilan bog‘lanadi. Adabiyot
nazariyasi  zamonaviy  aspektda  xorijiy  manbalarda  quyidagi  yo‘nalishlarda
taraqqiy etmoqda: 1. Matnga asoslangan nazariyalar (formal-struktural yondashuv,
yangi  tanqid,  narratologiya).  2.  Muallifni  o‘rganishga  qaratilgan  nazariyalar
(biografik  va  psixoanalitik  yondashuv,  shu  bilan  birga  feministik
adabiyotshunoslik, fenomenologik tadqiqotlar. 3. Kitobxonga qaratilgan nazariyalar
(retseptiv  estetika, asarni  qabul  qilish tarixi; tarixiy-funksional  tadqiqotlar). 4.
Adabiy  va  madaniy-tarixiy
 kontekstga  oid  nazariyalar  (reminissensiya,
intertekstual) tadqiqotlar, sotsiologik va tarixiy-materialistik yondashuv, “yangi
istorizm” va kulturologik metodologiya.
 ot nazariyasining o‘z tadqiq predmeti, dasturi va o‘qitish metodikasi bor. Shunga
ko‘ra u  adabiyotshunoslik predmet  –  inson ruhiy dunyosining ifoda shakli sifatida
badiiy adabiyot spetsifikasi va adabiy ijodning ijtimoiy mohiyati (1); adabiyot tarixiy
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari – adabiy tur va janrlar, oqim va yo‘nalishlar,
hayotni  aks  ettirish  tamoyillari,  badiiy uslub,  shakl  va  mazmun  hamda  uning
komponentlari (2); adabiyotshunoslik terminologiyasi va ularning identifikatsiyasi (3)
kabi  masalalarni  o‘rganadi.  Ushbu  masalalar  doirasidan  kelib  chiqib,  adabiyot
Logotip
bu yo‘nalishdagi ilk qo‘llanmalar sanaladi. Shuningdek, A.Sa’diy, O.SHarafiddinov, P.SHamsiev, V.Zohidov, A.Qayumov, A.Hayitmetov, A.Abdug‘afurov, R.Orzibekov va boshqalarning adabiyot tarixiga oid ishlari ahamiyatlidir. Uzoq yillar oliy o‘quv yurtlarida N.Mallaev, V.Abdullaev, G‘.Karimov tomonidan yaratilgan “O‘zbek adabiyoti tarixi” asosiy darslik sifatida qo‘llanildi. Adabiyot nazariyasi adabiyot tarixi to‘plagan materiallarni umumlashtiradi, konkret adabiy tadqiqotlar sari yo‘naltiradi, unga tadqiqiy xarakter beradi. Adabiyotshunoslikning bu sohalari biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, ularning biri boshqasiga material bo‘lsa, ikkinchisi birinchisiga nazariy yo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi, demak, ularga yaxlit bir umumiy tizimdagi fanlar sifatida qarash kerak bo‘ladi. Adabiyot nazariyasi – badiiy adabiyotning o‘ziga xos turi, estetik va ijtimoiy funksiyasi, adabiy jarayon masalalarini o‘rganuvchi fan. Adabiyot nazariyasi adabiyotshunoslik tarkibidagi (adabiyot tarixi, adabiy tanqid kabi) fan bo‘lgani uchun, birinchi navbatda, adabiyotshunoslik masalalari bilan bog‘lanadi. Adabiyot nazariyasi zamonaviy aspektda xorijiy manbalarda quyidagi yo‘nalishlarda taraqqiy etmoqda: 1. Matnga asoslangan nazariyalar (formal-struktural yondashuv, yangi tanqid, narratologiya). 2. Muallifni o‘rganishga qaratilgan nazariyalar (biografik va psixoanalitik yondashuv, shu bilan birga feministik adabiyotshunoslik, fenomenologik tadqiqotlar. 3. Kitobxonga qaratilgan nazariyalar (retseptiv estetika, asarni qabul qilish tarixi; tarixiy-funksional tadqiqotlar). 4. Adabiy va madaniy-tarixiy kontekstga oid nazariyalar (reminissensiya, intertekstual) tadqiqotlar, sotsiologik va tarixiy-materialistik yondashuv, “yangi istorizm” va kulturologik metodologiya. ot nazariyasining o‘z tadqiq predmeti, dasturi va o‘qitish metodikasi bor. Shunga ko‘ra u adabiyotshunoslik predmet – inson ruhiy dunyosining ifoda shakli sifatida badiiy adabiyot spetsifikasi va adabiy ijodning ijtimoiy mohiyati (1); adabiyot tarixiy taraqqiyotining umumiy qonuniyatlari – adabiy tur va janrlar, oqim va yo‘nalishlar, hayotni aks ettirish tamoyillari, badiiy uslub, shakl va mazmun hamda uning komponentlari (2); adabiyotshunoslik terminologiyasi va ularning identifikatsiyasi (3) kabi masalalarni o‘rganadi. Ushbu masalalar doirasidan kelib chiqib, adabiyot
nazariyasining turli aspektlari va bo‘limlari mavjud. Biroq, uning asosiy aspekti,
o‘zak-negizi poetika masalalari bo‘lib, zamonaviy darslik va qo‘llanmalarda nazariy
va tarixiy poetika tasnifida qaraladi (N.D.Tamarchenko). Nazariy poetika badiiy matn,
uning tarkibi, vazifasi, adabiy tur va janrlar, til va uslub jihatlarini tadqiq qilsa, tarixiy
poetika  ayni  shu  adabiy  hodisalarning  tarixan  shakllangan  holati,  mumtoz
adabiyotshunoslikdagi  jihatlari  bilan  shug‘ullanadi.  Shuningdek,  adabiyotning
mohiyatini so‘z san’ati sifatida tushunish, adabiy jarayonning nazariy muammolarini
o‘rganish  ham  Adabiyot  nazariyasi  doirasida  amalga  oshiriladi.  Adabiyot
nazariyasining turli aspekt va bo‘limlari orqali ilgari surilayotgan g‘oyalar doimiy
amal qilinadigan qonunlar deb qaralmasligi kerak. Chunki o‘zgarayotgan dunyoda
adabiyot  ham o‘zgarmoqda, uning imkoniyatlari kengayib, ifoda vositalari rang-
baranglashishi natijasida ayrim nazariy qoidalar tor kelishi, ayrimlari esa iste’moldan
chiqishi mumkin. Masalan, sho‘ro davrida  Adabiyot  nazariyasining o‘zak vazifasi
sifatida ideologik ustqurma belgilangan, nafaqat o‘z davri adabiyotiga, balki o‘tmish
adabiyotiga munosabatda ham mafkuraviy talqin yetakchilik qilgan. O‘z zamoniga
xizmat qilib, vazifasini o‘tab bo‘lgan bu qarashlarni doimiy suratda joriylartirishga,
abadiylashtirishga urinish adabiyot  nazariyasi  imkoniyatlarini toraytiradi. Shunday
ekan, adabiyot nazariyasi yagona metodologiya asosiga qurish, bir metodni etakchi
bilib, qolganlaridan voz kechish yoki ikkilamchi xarakterda, deb talqin qilish mumkin
emas. Biroq buning aksiga olib,  adabiyot  nazariyasi  yagona umumadabiy talablari
yo‘q ekan, degan gumonga ham bormaslik kerak. Adabiyot  nazariyasiga yuqorida
tilga olingan aspektlari va masalalari jahondagi barcha adabiyotlar tajribasidan kelib
chiqib, ularni nazariy umumlashtirgan holda vujudga kelgan fan sifatida qaralishi
kerak.  Adabiyot  nazariyasi  milliy adabiyotshunoslik yutuqlariga tayanadi, biroq
uni bir millat yoki til doirasida identifikatsiyalash yaramaydi. Tarixda yaratilgan
har bir nazariy risola yoki adabiyotshunoslik asari Adabiyot nazariyasini boyitib
kelgan, shunday davom etadi ham. Biroq  Adabiyot  nazariyasi  tarixiy poetika
qonuniyatlarini aynan qabul qilmaydi, balki davrlar sinovidan o‘tgan qarashlar,
metodologik  ahamiyatga ega bo‘lgan tizimlar va kelajakda ham adabiy samara
beradigan tajribalarni nazariy umumlashtirish yo‘lidan boradi. 
G‘arbda ilk  Adabiyot  nazariyasiga oid asar Arastu «Poetika»sidir. So‘ngra
Bualo, Didro, Lessing, Gerder, Gegel, Potebnya, Veselovskiy v.b. olimlarning
Logotip
nazariyasining turli aspektlari va bo‘limlari mavjud. Biroq, uning asosiy aspekti, o‘zak-negizi poetika masalalari bo‘lib, zamonaviy darslik va qo‘llanmalarda nazariy va tarixiy poetika tasnifida qaraladi (N.D.Tamarchenko). Nazariy poetika badiiy matn, uning tarkibi, vazifasi, adabiy tur va janrlar, til va uslub jihatlarini tadqiq qilsa, tarixiy poetika ayni shu adabiy hodisalarning tarixan shakllangan holati, mumtoz adabiyotshunoslikdagi jihatlari bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, adabiyotning mohiyatini so‘z san’ati sifatida tushunish, adabiy jarayonning nazariy muammolarini o‘rganish ham Adabiyot nazariyasi doirasida amalga oshiriladi. Adabiyot nazariyasining turli aspekt va bo‘limlari orqali ilgari surilayotgan g‘oyalar doimiy amal qilinadigan qonunlar deb qaralmasligi kerak. Chunki o‘zgarayotgan dunyoda adabiyot ham o‘zgarmoqda, uning imkoniyatlari kengayib, ifoda vositalari rang- baranglashishi natijasida ayrim nazariy qoidalar tor kelishi, ayrimlari esa iste’moldan chiqishi mumkin. Masalan, sho‘ro davrida Adabiyot nazariyasining o‘zak vazifasi sifatida ideologik ustqurma belgilangan, nafaqat o‘z davri adabiyotiga, balki o‘tmish adabiyotiga munosabatda ham mafkuraviy talqin yetakchilik qilgan. O‘z zamoniga xizmat qilib, vazifasini o‘tab bo‘lgan bu qarashlarni doimiy suratda joriylartirishga, abadiylashtirishga urinish adabiyot nazariyasi imkoniyatlarini toraytiradi. Shunday ekan, adabiyot nazariyasi yagona metodologiya asosiga qurish, bir metodni etakchi bilib, qolganlaridan voz kechish yoki ikkilamchi xarakterda, deb talqin qilish mumkin emas. Biroq buning aksiga olib, adabiyot nazariyasi yagona umumadabiy talablari yo‘q ekan, degan gumonga ham bormaslik kerak. Adabiyot nazariyasiga yuqorida tilga olingan aspektlari va masalalari jahondagi barcha adabiyotlar tajribasidan kelib chiqib, ularni nazariy umumlashtirgan holda vujudga kelgan fan sifatida qaralishi kerak. Adabiyot nazariyasi milliy adabiyotshunoslik yutuqlariga tayanadi, biroq uni bir millat yoki til doirasida identifikatsiyalash yaramaydi. Tarixda yaratilgan har bir nazariy risola yoki adabiyotshunoslik asari Adabiyot nazariyasini boyitib kelgan, shunday davom etadi ham. Biroq Adabiyot nazariyasi tarixiy poetika qonuniyatlarini aynan qabul qilmaydi, balki davrlar sinovidan o‘tgan qarashlar, metodologik ahamiyatga ega bo‘lgan tizimlar va kelajakda ham adabiy samara beradigan tajribalarni nazariy umumlashtirish yo‘lidan boradi. G‘arbda ilk Adabiyot nazariyasiga oid asar Arastu «Poetika»sidir. So‘ngra Bualo, Didro, Lessing, Gerder, Gegel, Potebnya, Veselovskiy v.b. olimlarning
ishlari mavjud. XX asrda Rossiyada A.N.SHaligin, I.Vinogradov, L.Timofeev.
N.Gulyaev,  G.N.Pospelov,  V.E.Xalizev,  N.D.Tamarchenko  va  boshqalar
tomonidan yozilgan “Adabiyot nazariyasi” bo‘yicha darsliklar faol qo‘llanishda
bo‘lgan. 
Mumtoz adabiyotshunoslikda nazariy tamoyillar bevosita poetika qonuniyatlari
doirasida taraqqiy etgan. Shuning uchun ilmi adab tarkibiga kiruvchi: aruz, qofiya
va  balog‘at  (badiiy  san’atlar)  ilmi  hamda  adabiy  nav’,  she’riy  shakllar
nazariyasi va amaliyoti tajribalari asosida shakllangan. O‘zbekistonda adabiyot
nazariyasiga oid Evropa tipidagi qarashlar XX asr boshlarida vujudga kelgan. Bu
jihatdan  prof.  Fitratning  “Adabiyot  qoidalari.  Adabiyot  muallimlari  ham
havaslilari  uchun  qo‘llanma”  (1926),  Abdurahmon  Sa’diyning  “Amaliy  ham
nazariy adabiyot darslari” (1924) ilk qo‘llanmalar hisoblanadi. So‘ngra Izzat Sulton
(1939, 1980 va 2004), jamoa tadqiqoti sifatida 2 jildda (1978) va H.Umurov
(2002) darsliklarining Adabiyot nazariyasi taraqqiyotida muayyan xizmati bor.
Adabiy tanqid (arabcha:  نودقن – saralamoq)  –  nazariy adabiyotshunoslikda
ishlab chiqilgan tahlil tamoyillari, badiiy matnni talqin etish tajribalari asosida
adabiy harakatdagi asarlarni o‘rganish, tadqiq qilish. Agar  adabiyot  nazariyasi
adabiy  jarayon  masalalariga  e’tibor  qaratsa,  adabiyot  tarixi  bevosita  ayni  shu
davrda  yaratilgan  adabiy-badiiy  asarlarni  o‘rganadi,  ularni  tahlil  obyekti  qilib
belgilaydi. Adabiy tanqid adabiyotlikning tezkor va safarbar sohasi bo‘lgani uchun
yangi e’lon qilingan asarlarga munosabat bildiradi, ularning adabiy jarayondagi va
o‘sha muallif adabiy hayotidagi o‘rnini belgilaydi.
Adabiyot  tarixi adabiyotshunoslikning  ko‘hna  sohalaridan  bo‘lib,  uning
ildizlari mumtoz merosimizdagi tazkiralarga borib taqaladi. Chunki tazkira nafaqat
ma’lumot va namuna beruvchi, balki asar va muallifga munosabat bildiruvchi janr
sifatida taraqqiy etgan.  
Munaqqid badiiy asarni  tushunish  va  tushuntirishda,  uning  targ‘iboti  va
talqinida yozuvchi bilan kitobxonning o‘rtasida turuvchi (murosaga kelishtiruvchi
emas)  do‘sti  hisoblanadi.  Lekin  munaqqid  adabiy  jarayon  hodisalaridan  kelib
chiqib, asarga xolis baho berishi, adabiy tilda so‘zlashi va o‘z qarashlarini elga
tushunarli uslubda ifodalashi kerak.  Adabiy tanqid alohida soha bo‘lgani tufayli
uning  taqriz, maqola, portret, ocherk, suhbat kabi o‘ziga xos janrlari mavjud.
Logotip
ishlari mavjud. XX asrda Rossiyada A.N.SHaligin, I.Vinogradov, L.Timofeev. N.Gulyaev, G.N.Pospelov, V.E.Xalizev, N.D.Tamarchenko va boshqalar tomonidan yozilgan “Adabiyot nazariyasi” bo‘yicha darsliklar faol qo‘llanishda bo‘lgan. Mumtoz adabiyotshunoslikda nazariy tamoyillar bevosita poetika qonuniyatlari doirasida taraqqiy etgan. Shuning uchun ilmi adab tarkibiga kiruvchi: aruz, qofiya va balog‘at (badiiy san’atlar) ilmi hamda adabiy nav’, she’riy shakllar nazariyasi va amaliyoti tajribalari asosida shakllangan. O‘zbekistonda adabiyot nazariyasiga oid Evropa tipidagi qarashlar XX asr boshlarida vujudga kelgan. Bu jihatdan prof. Fitratning “Adabiyot qoidalari. Adabiyot muallimlari ham havaslilari uchun qo‘llanma” (1926), Abdurahmon Sa’diyning “Amaliy ham nazariy adabiyot darslari” (1924) ilk qo‘llanmalar hisoblanadi. So‘ngra Izzat Sulton (1939, 1980 va 2004), jamoa tadqiqoti sifatida 2 jildda (1978) va H.Umurov (2002) darsliklarining Adabiyot nazariyasi taraqqiyotida muayyan xizmati bor. Adabiy tanqid (arabcha: نودقن – saralamoq) – nazariy adabiyotshunoslikda ishlab chiqilgan tahlil tamoyillari, badiiy matnni talqin etish tajribalari asosida adabiy harakatdagi asarlarni o‘rganish, tadqiq qilish. Agar adabiyot nazariyasi adabiy jarayon masalalariga e’tibor qaratsa, adabiyot tarixi bevosita ayni shu davrda yaratilgan adabiy-badiiy asarlarni o‘rganadi, ularni tahlil obyekti qilib belgilaydi. Adabiy tanqid adabiyotlikning tezkor va safarbar sohasi bo‘lgani uchun yangi e’lon qilingan asarlarga munosabat bildiradi, ularning adabiy jarayondagi va o‘sha muallif adabiy hayotidagi o‘rnini belgilaydi. Adabiyot tarixi adabiyotshunoslikning ko‘hna sohalaridan bo‘lib, uning ildizlari mumtoz merosimizdagi tazkiralarga borib taqaladi. Chunki tazkira nafaqat ma’lumot va namuna beruvchi, balki asar va muallifga munosabat bildiruvchi janr sifatida taraqqiy etgan. Munaqqid badiiy asarni tushunish va tushuntirishda, uning targ‘iboti va talqinida yozuvchi bilan kitobxonning o‘rtasida turuvchi (murosaga kelishtiruvchi emas) do‘sti hisoblanadi. Lekin munaqqid adabiy jarayon hodisalaridan kelib chiqib, asarga xolis baho berishi, adabiy tilda so‘zlashi va o‘z qarashlarini elga tushunarli uslubda ifodalashi kerak. Adabiy tanqid alohida soha bo‘lgani tufayli uning taqriz, maqola, portret, ocherk, suhbat kabi o‘ziga xos janrlari mavjud.
Adabiy  tanqid 
zamonaviy  adabiy  tilda  so‘zlashi,  zamonning  dolzarb
muammolariga  munosabati  nuqtai  nazardan,  ayrim  hollarda  publitsistikaga
yaqinlashishi mumkin, biroq bu davriy muvaqqat yaqinlikni adabiy tanqid xos
asosiy  jihat  deb  qaramaslik kerak.  Tanqidchi  publitsist-jurnalist  emas,
adabiyotshunos olim sifatida ish ko‘rishi lozim.
Adabiy tanqid milliy adabiyotdagi asosiy tendensiyalarni ilg‘ay olishi, millat va
xalq kelajagiga asqotadigan  badiiy tajriba va yangiliklarni  ommalashtirishi  va
adabiyotning jamiyat oldidagi umuminsoniy burchini bajarishiga ko‘maklashishi
zarur.  
Shuningdek, adabiyotshunoslik shakllanishiga xizmat qilgan matnshunoslik,
manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya,
evristika,  paleografiya,  adabiy  sharh,  xronologiya  kabi  sohalar  ham
adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik
taraqqiy  eta  olmaydi.  Bu  fanlar  adabiyotshunoslikka  “asos  bo‘luvchi,  hayot
ta’minlovchi,  tayanch  sohalari  hisoblanadi”  (A.Prozorov).  “Bu  sohalar
adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik
jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb
atash mushkul.
Adabiyotshunoslik  professional istilohga ko‘ra, XIX asr boshlarida vujudga
kelgan bo‘lsa ham, uning ildizi ilk mifik tafakkur namunalariga borib taqaladi.
Mifologik talqin yaratilishining o‘zi adabiyotshunoslikning qadimdan mavjudligini
isbotlaydi.  Adabiyotshunoslik  dastlabki  bosqichda  (Gomer  asarlariga  bo‘lgan
munosabatda va  Gomergacha bo‘lgan davrda) baholovchi xarakterda yashagan
bo‘lsa,  ellinizm  davrida  filologiyaning  bir  qismi  sifatida,  falsafiy  taraqqiyot
davomida  (Aflotundan  Gegelga  qadar)  falsafaning  tarkibida  qaralib  kelindi.
Nihoyat, Gerder ta’limoti orqali adabiy-tarixiy tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan
sifatida nomlanib (poetika, ritorika, estetika deb emas), o‘z nomi bilan ataladigan
bo‘ldi.
Adabiyotshunoslik
 shakllanishiga
 
xizmat
 qilgan  
matnshunoslik,
manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya,
evristika,  paleografiya,  adabiy  sharh,  xronologiya  kabi  sohalar  ham
adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik
Logotip
Adabiy tanqid zamonaviy adabiy tilda so‘zlashi, zamonning dolzarb muammolariga munosabati nuqtai nazardan, ayrim hollarda publitsistikaga yaqinlashishi mumkin, biroq bu davriy muvaqqat yaqinlikni adabiy tanqid xos asosiy jihat deb qaramaslik kerak. Tanqidchi publitsist-jurnalist emas, adabiyotshunos olim sifatida ish ko‘rishi lozim. Adabiy tanqid milliy adabiyotdagi asosiy tendensiyalarni ilg‘ay olishi, millat va xalq kelajagiga asqotadigan badiiy tajriba va yangiliklarni ommalashtirishi va adabiyotning jamiyat oldidagi umuminsoniy burchini bajarishiga ko‘maklashishi zarur. Shuningdek, adabiyotshunoslik shakllanishiga xizmat qilgan matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya, evristika, paleografiya, adabiy sharh, xronologiya kabi sohalar ham adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik taraqqiy eta olmaydi. Bu fanlar adabiyotshunoslikka “asos bo‘luvchi, hayot ta’minlovchi, tayanch sohalari hisoblanadi” (A.Prozorov). “Bu sohalar adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb atash mushkul. Adabiyotshunoslik professional istilohga ko‘ra, XIX asr boshlarida vujudga kelgan bo‘lsa ham, uning ildizi ilk mifik tafakkur namunalariga borib taqaladi. Mifologik talqin yaratilishining o‘zi adabiyotshunoslikning qadimdan mavjudligini isbotlaydi. Adabiyotshunoslik dastlabki bosqichda (Gomer asarlariga bo‘lgan munosabatda va Gomergacha bo‘lgan davrda) baholovchi xarakterda yashagan bo‘lsa, ellinizm davrida filologiyaning bir qismi sifatida, falsafiy taraqqiyot davomida (Aflotundan Gegelga qadar) falsafaning tarkibida qaralib kelindi. Nihoyat, Gerder ta’limoti orqali adabiy-tarixiy tizimga ega bo‘lgan mustaqil fan sifatida nomlanib (poetika, ritorika, estetika deb emas), o‘z nomi bilan ataladigan bo‘ldi. Adabiyotshunoslik shakllanishiga xizmat qilgan matnshunoslik, manbashunoslik, adabiy o‘lkashunoslik (areal adabiyotshunoslik), bibliografiya, evristika, paleografiya, adabiy sharh, xronologiya kabi sohalar ham adabiyotshunoslik tarkibiga kiradi. Chunki ularning ishtirokisiz adabiyotshunoslik
taraqqiy  eta  olmaydi.  Bu  fanlar  adabiyotshunoslikka  “asos  bo‘luvchi,   hayot
ta’minlovchi,  tayanch  sohalari  hisoblanadi”  (A.Prozorov).  “Bu  sohalar
adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik
jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb
atash mushkul.
Bibliografiya (yunoncha: biblion – kitob, grapho – yozmoq; kitoblar ro‘yxati) –
bosma asarlarni ilmiy tavsiflash va ularning batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular
haqida  axborotlar  tayyorlash,  ularni  targ‘ib  qilish  bilan  shug‘ullanish;
adabiyotshunoslik shu yo‘nalishdagi yordamchi sohasi. Biror mavzu yoki sohaga
oid  ilmiy  asarlar,  manbalar,  kitoblar  ro‘yxati  ham  bibliografiya deyiladi.
Bibliografiya kitoblar, vaqtli nashrlarda e’lon qilingan asarlar ro‘yxatini tuzish,
ularni  mavzulariga  ko‘ra  yoki  boshqa  (fan  sohalari  bo‘yicha,  alifbo  tartibi  –
mualliflar  ismi-sharifi  bo‘yicha  v.h.)  jihatlarga  ko‘ra  tasniflash,  qisqa
annotatsiyalar yozish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yuvchi ilmiy-amaliy sohadir1.
Bunday  ko‘rsatkichlar  biron-bir  mavzu  bo‘yicha  izlanadigan  tadqiqotchining
vaqtini tejaydi, ilmiy faoliyati samarasini oshiradi, shu b-n birga mavzu bo‘yicha
amalga oshirilgan ishlar  b-n to‘liq tanishish imkonini beradi, ilmiy xulosalarning
ob’ektiv  va  ahamiyatli  bo‘lishiga  ham  zamin  hozirlaydi.  O‘zbek
adabiyotshunosligida ulug‘ adiblar ijodi bibliografiyasini tuzishda muayyan ishlar
amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zRFA Ilmiy kutubxonasi tomonidan tayyorlangan
“Adabiy  hayot” bibliografik  ko‘rsatkichi;  Bobur,  Fitrat, A.Qodiriy, CHo‘lpon,
G‘.G‘ulom, A.Qahhor, E.Vohidov, O‘.Hoshimov kabi ijodkorlar, M.Qo‘shjonov,
O.SHarafiddinov,  U.Normatov,  N.Karimov  kabi  olimlar  faoliyatini  yorituvchi
bibliografik  ko‘rsatkichlar  nashr  etilgan.  Bobur  va  boburiylar  bibliografiyasi
O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan salmoqli ishdir.
Matnshunoslik ‒ filologiya  fanining  tarmog‘i,  adabiyotshunoslik  sohasi.
Matnshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi
uchun  manbaviy  (matniy)  asos  bo‘lib  xizmat  qiladi,  shu  sababli  unga
adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. SHunga
qaramay, matnshunoslikni  filologiyaning alohida tarmog‘i, mustaqil  bir  sohasi
1 Библиография литературная / Литературный энциклопедический словарь. М.: СЭ, 1987.
С.52.
Logotip
taraqqiy eta olmaydi. Bu fanlar adabiyotshunoslikka “asos bo‘luvchi, hayot ta’minlovchi, tayanch sohalari hisoblanadi” (A.Prozorov). “Bu sohalar adabiyotshunoslik uchun ham bazaviy, fundamental va faktografik hamda empirik jihatdan istiqbollidir” (V.Xalizev). Bugungi kunda ularni yordamchi fanlar deb atash mushkul. Bibliografiya (yunoncha: biblion – kitob, grapho – yozmoq; kitoblar ro‘yxati) – bosma asarlarni ilmiy tavsiflash va ularning batartib ko‘rsatkichlarini tuzish, ular haqida axborotlar tayyorlash, ularni targ‘ib qilish bilan shug‘ullanish; adabiyotshunoslik shu yo‘nalishdagi yordamchi sohasi. Biror mavzu yoki sohaga oid ilmiy asarlar, manbalar, kitoblar ro‘yxati ham bibliografiya deyiladi. Bibliografiya kitoblar, vaqtli nashrlarda e’lon qilingan asarlar ro‘yxatini tuzish, ularni mavzulariga ko‘ra yoki boshqa (fan sohalari bo‘yicha, alifbo tartibi – mualliflar ismi-sharifi bo‘yicha v.h.) jihatlarga ko‘ra tasniflash, qisqa annotatsiyalar yozish kabi vazifalarni o‘z oldiga qo‘yuvchi ilmiy-amaliy sohadir1. Bunday ko‘rsatkichlar biron-bir mavzu bo‘yicha izlanadigan tadqiqotchining vaqtini tejaydi, ilmiy faoliyati samarasini oshiradi, shu b-n birga mavzu bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar b-n to‘liq tanishish imkonini beradi, ilmiy xulosalarning ob’ektiv va ahamiyatli bo‘lishiga ham zamin hozirlaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida ulug‘ adiblar ijodi bibliografiyasini tuzishda muayyan ishlar amalga oshirilgan. Jumladan, O‘zRFA Ilmiy kutubxonasi tomonidan tayyorlangan “Adabiy hayot” bibliografik ko‘rsatkichi; Bobur, Fitrat, A.Qodiriy, CHo‘lpon, G‘.G‘ulom, A.Qahhor, E.Vohidov, O‘.Hoshimov kabi ijodkorlar, M.Qo‘shjonov, O.SHarafiddinov, U.Normatov, N.Karimov kabi olimlar faoliyatini yorituvchi bibliografik ko‘rsatkichlar nashr etilgan. Bobur va boburiylar bibliografiyasi O‘zbekistonda bu yo‘nalishda amalga oshirilgan salmoqli ishdir. Matnshunoslik ‒ filologiya fanining tarmog‘i, adabiyotshunoslik sohasi. Matnshunoslik sohasidagi ilmiy izlanishlar natijasi adabiyot tarixi va nazariyasi uchun manbaviy (matniy) asos bo‘lib xizmat qiladi, shu sababli unga adabiyotshunoslikning yordamchi sohalaridan biri sifatida qarab kelinadi. SHunga qaramay, matnshunoslikni filologiyaning alohida tarmog‘i, mustaqil bir sohasi 1 Библиография литературная / Литературный энциклопедический словарь. М.: СЭ, 1987. С.52.