Adabiyotshunoslik tarixi

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

13

File size

Fayl hajmi

61,0 KB


Adabiyotshunoslik tarixi
Reja:
1. Adabiyotshunoslik tarixi haqida.
2. Adabiy-nazariy tafakkur tarixiga bir nazar.
3. Sharqda adabiyot nazariyasi.
4. G‘arb adabiyotshunosligidagi nazariy qarashlar.
5. Sharq va g‘arb adabiy-nazariy qarashlari sintezi masalasi.
6. Хulosa. Foydalanilgan adabiyotlar.
Kalit so‘zlar: poetika, poetik tafakkur, antik davr, taqlid.
Adabiyotshunoslik  va  uning  tarkibiy  qismlari:  adabiyot  tarixi,  adabiyot
nazariyasi,  adabiy  tanqid,  matnshunoslik  yo‘nalishidagi  ilmiy-tadqiqotlar
“filologik tadqiqot” deb yuritiladi. “Filologiya” esa yunoncha so‘z bo‘lib, philo –
sevaman, logos – so‘z, bilim demakdir. Shuning uchun filologiya deganda ham
tilshunoslikka, ham adabiyotshunoslikka doir tadqiqotlar nazarda tutiladi. Chunki
har ikki soha uchun ham til mahsuli bo‘lgan so‘z asosiy manbadir. Qadimda
yevropada insonning barcha aqliy faoliyati mahsullari “filologiya” termini atrofiga
jamlangan.  Umuman,  o‘tmishda  filologiya,  falsafa  hozirgiga  nisbatan  keng
qamrovli fan sohasi bo‘lgan. Filologiya, jumladan, adabiyotshunoslik fani ham
dastlab  falsafa  fani  doirasida  vujudga  kelgan,  degan  qarash  keng  yoyilgan.
Masalan,  qadimgi  yunon  donishmandi  Platon  (er.avv.  427–374-yillar)
adabiyotning vazifasi Xudoni maqtash, kishilarni ezgulikka ishontirish ekanini
Logotip
Adabiyotshunoslik tarixi Reja: 1. Adabiyotshunoslik tarixi haqida. 2. Adabiy-nazariy tafakkur tarixiga bir nazar. 3. Sharqda adabiyot nazariyasi. 4. G‘arb adabiyotshunosligidagi nazariy qarashlar. 5. Sharq va g‘arb adabiy-nazariy qarashlari sintezi masalasi. 6. Хulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kalit so‘zlar: poetika, poetik tafakkur, antik davr, taqlid. Adabiyotshunoslik va uning tarkibiy qismlari: adabiyot tarixi, adabiyot nazariyasi, adabiy tanqid, matnshunoslik yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqotlar “filologik tadqiqot” deb yuritiladi. “Filologiya” esa yunoncha so‘z bo‘lib, philo – sevaman, logos – so‘z, bilim demakdir. Shuning uchun filologiya deganda ham tilshunoslikka, ham adabiyotshunoslikka doir tadqiqotlar nazarda tutiladi. Chunki har ikki soha uchun ham til mahsuli bo‘lgan so‘z asosiy manbadir. Qadimda yevropada insonning barcha aqliy faoliyati mahsullari “filologiya” termini atrofiga jamlangan. Umuman, o‘tmishda filologiya, falsafa hozirgiga nisbatan keng qamrovli fan sohasi bo‘lgan. Filologiya, jumladan, adabiyotshunoslik fani ham dastlab falsafa fani doirasida vujudga kelgan, degan qarash keng yoyilgan. Masalan, qadimgi yunon donishmandi Platon (er.avv. 427–374-yillar) adabiyotning vazifasi Xudoni maqtash, kishilarni ezgulikka ishontirish ekanini
ta’kidlab,  asarning  qanday  turga  mansub  bo‘lishi  unda  muallif  qanday  o‘rin
tutishiga bog‘liq: agar muallif o‘z nomidan so‘zlasa –“lirika”, agar u voqealarda
ishtirok  etmay,  boshqa  qahramonlarni  gapirtirsa  –  “drama”,  agar  “lirika”  va
“drama”ga  xos  xususiyatlar  birga  qo‘llansa  –  “epos”  bo‘ladi,  degan.  Qadim
zamonning  yana  bir  donishmandi  Aristotel  (er.avv.  384–322-yillar)  adabiyot
haqida “Poetika” (“Poeziya san’ati haqida”) nomli maxsus asar yozib, unda asosan
drama turiga mansub asarlarga xos xususiyatlarni keng sharhlagan.
 Umuman, G‘arb-u Sharqning barcha faylasuflari o‘z asarlarida adabiyot,
uning  ahamiyati  haqida,  albatta,  fikr  bildirganlar.  Bu  adabiyotshunoslik,
tilshunoslik  azaldan  falsafiy  fan  sifatida  rivojlanib  kelganidan  dalolat  beradi.
Adabiyot  haqida  keng  ko‘lamda  ilmiy  fikr  bildirish  Aristotelning  “Poetika”
asaridan boshlangan, degan qarash mavjud. Haqiqatan ham ushbu asar adabiyot
fani haqidagi eng qadimgi ilmiy tadqiqotdir. Eramizdan avvalgi 366–322-yillarda
yaratilgan ushbu asarda adabiy asar qismlari bir-biriga mutanosib bo‘lishi zarurligi,
san’atkor taqlidga berilmay, o‘ziga xos yangi asar yaratishi shartligi, adabiyot
xuddi rassomlik, musiqa singari nafosat yaratuvchi san’at turi ekanligi asoslab
berilgan. Tabiiy fanlarda bo‘lgani singari ijtimoiy fanlardagi har qanday yangilik,
yangicha yondashuv ham avvalgi qarashlar zaminida paydo bo‘ladi. Jumladan,
eramizdan avvalgi 384–322-yillarda yashab o‘tgan Aristotel ham “Poetika” asarida
o‘z zamonasigacha bo‘lgan adabiyot haqidagi nazariy qarashlarni umumlashtirgan.
Uning  so‘z  san’ati  xususiyatlari,  adabiy  tur  va  janrlar  haqida  bildirgan
mulohazalari hozirgacha o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Arastuning “Poetika”
asari eramizdan avvalgi 336–332-yillarda yozilgan. Mutafakkirning hayot tajribasi
ortib,  aql-tafakkuri  kamolga  yetgan  bir  paytda  –  taxminan  ellik  yoshga
yaqinlashgan chog‘ida bitgan bu kitobi davr o‘tishi bilan ko‘pgina tillarga tarjima
qilinib, unga qator sharhlar bitilgan. “Poetika” IX asrda suryoniy tiliga, taxminan
930-yilda esa suryoniy tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Sharq mutafakkiri Abu
Nasr Forobiy (873–950) Arastuning ana shu asari ta’sirida “She’r san’ati qonunlari
haqida risola”sini yozgan hamda “Poetika”ga sharh bitib, asarning mazmuni va
mohiyatini izohlagan. Ibn Sino (980–1037), Ibn Ro‘shd (1126–1198) kabi olimlar
Logotip
ta’kidlab, asarning qanday turga mansub bo‘lishi unda muallif qanday o‘rin tutishiga bog‘liq: agar muallif o‘z nomidan so‘zlasa –“lirika”, agar u voqealarda ishtirok etmay, boshqa qahramonlarni gapirtirsa – “drama”, agar “lirika” va “drama”ga xos xususiyatlar birga qo‘llansa – “epos” bo‘ladi, degan. Qadim zamonning yana bir donishmandi Aristotel (er.avv. 384–322-yillar) adabiyot haqida “Poetika” (“Poeziya san’ati haqida”) nomli maxsus asar yozib, unda asosan drama turiga mansub asarlarga xos xususiyatlarni keng sharhlagan. Umuman, G‘arb-u Sharqning barcha faylasuflari o‘z asarlarida adabiyot, uning ahamiyati haqida, albatta, fikr bildirganlar. Bu adabiyotshunoslik, tilshunoslik azaldan falsafiy fan sifatida rivojlanib kelganidan dalolat beradi. Adabiyot haqida keng ko‘lamda ilmiy fikr bildirish Aristotelning “Poetika” asaridan boshlangan, degan qarash mavjud. Haqiqatan ham ushbu asar adabiyot fani haqidagi eng qadimgi ilmiy tadqiqotdir. Eramizdan avvalgi 366–322-yillarda yaratilgan ushbu asarda adabiy asar qismlari bir-biriga mutanosib bo‘lishi zarurligi, san’atkor taqlidga berilmay, o‘ziga xos yangi asar yaratishi shartligi, adabiyot xuddi rassomlik, musiqa singari nafosat yaratuvchi san’at turi ekanligi asoslab berilgan. Tabiiy fanlarda bo‘lgani singari ijtimoiy fanlardagi har qanday yangilik, yangicha yondashuv ham avvalgi qarashlar zaminida paydo bo‘ladi. Jumladan, eramizdan avvalgi 384–322-yillarda yashab o‘tgan Aristotel ham “Poetika” asarida o‘z zamonasigacha bo‘lgan adabiyot haqidagi nazariy qarashlarni umumlashtirgan. Uning so‘z san’ati xususiyatlari, adabiy tur va janrlar haqida bildirgan mulohazalari hozirgacha o‘z qimmatini saqlab kelmoqda. Arastuning “Poetika” asari eramizdan avvalgi 336–332-yillarda yozilgan. Mutafakkirning hayot tajribasi ortib, aql-tafakkuri kamolga yetgan bir paytda – taxminan ellik yoshga yaqinlashgan chog‘ida bitgan bu kitobi davr o‘tishi bilan ko‘pgina tillarga tarjima qilinib, unga qator sharhlar bitilgan. “Poetika” IX asrda suryoniy tiliga, taxminan 930-yilda esa suryoniy tilidan arab tiliga tarjima qilingan. Sharq mutafakkiri Abu Nasr Forobiy (873–950) Arastuning ana shu asari ta’sirida “She’r san’ati qonunlari haqida risola”sini yozgan hamda “Poetika”ga sharh bitib, asarning mazmuni va mohiyatini izohlagan. Ibn Sino (980–1037), Ibn Ro‘shd (1126–1198) kabi olimlar
“Poetika” xususida mulohaza bildirgan. Sharqda Arastuning boshqa asarlariga ham
katta qiziqish bilan qaralgan. Abu Nasr Forobiy Sharqda “ustozi avval” deya
ta’riflangan Arastuning asarlariga sharhlar bitib, ularni keng ommaga tushunarli
tarzda izohlagani bois “muallimi soniy” – “ikkinchi muallim” deb nom qozongan.
Ibn Sino “Metafizika”ni qirq marta o‘qib ham yaxshi tushunolmagani, Forobiyning
sharhi bilan tanishgach esa Arastuning ushbu asari mazmun-mohiyatini anglagani
naql etiladi (qarang: Arastu. Poetika. Axloqi kabir. –T.: Yangi asr avlodi, 2004. –
124–143-betlar).  Sharqda  “birinchi  muallim”  deya  sharaflangan  Arastuning
“Poetika” asari – “adabiyotshunoslikka oid dastlabki tadqiqot” deya e’tirof etiladi.
Afsuski u to‘liq saqlanmagan. “Poetika”ning bizgacha yetib kelgan ayrim qismlari
ham shunchalik e’tibor qozongani va u ming yillardan beri adabiyotshunoslik,
san’atshunoslik  va  boshqa  sohalar  uchun  mo‘tabar  tayanch  manba  sifatida
qadrlanayotgani  daholarning  mulohazalari  barcha  zamonlarga  birday  daxldor
ekani, ular hech qachon ahamiyatini yo‘qotmasligidan dalolat beradi. “Poetika”
to‘g‘risida Forobiy, Ibn Sino singari qadimgi zamon mutafakkirlari emas, XX –
XXI asr faylasuflari, adabiyotshunoslari ham maroq bilan mulohaza yuritishadi.
Arastuning  ilmiy  merosiga  bag‘ishlangan  tadqiqotlar  orasida  A.F.Losev,
F.A.Petrovskiy,  A.S.Axmanov  singari  rus  olimlarining  asarlari  alohida  ajralib
turadi. “Poetika”ni o‘zbekchaga o‘girgan M.Mahmudov ushbu nashrga ularning
ayrim maqolalarini ham keltiradi. Bu esa Arastuning asarini yaxshiroq tushunib,
uning ilmiy-estetik tafakkur tarixidagi ahamiyatini anglashda o‘quvchiga yaqindan
ko‘maklashadi (qarang: Arastu. Poetika. Axloqi kabir. –T.: Yangi asr avlodi, 2004.
–61 – 148-betlar). Arastu zamonida, undan avvalgi va keyingi davrda G‘arbda
badiiy  adabiyot  “poeziya”  deyilgan.  Hozirgi  tushunchadagi  badiiy  adabiyotni
“poeziya” deb atash Pushkin yashagan paytda va undan keyingi zamonda ham
saqlangan. Shuning uchun V.G.Belinskiy (1811–1848) adabiyot va uning ijtimoiy
hayotdagi  o‘rni,  rus  va  jahon  adabiyotiga  bag‘ishlangan  salmoqli  tadqiqotini
“Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” (1841) deb nomlagan. Oybek ulug‘ rus
tanqidchisining ushbu asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Poetika”ga qavs ichida
“poeziya  san’ati  haqida”  deb  izoh  beriladi  va  bu  asarga  bag‘ishlangan
Logotip
“Poetika” xususida mulohaza bildirgan. Sharqda Arastuning boshqa asarlariga ham katta qiziqish bilan qaralgan. Abu Nasr Forobiy Sharqda “ustozi avval” deya ta’riflangan Arastuning asarlariga sharhlar bitib, ularni keng ommaga tushunarli tarzda izohlagani bois “muallimi soniy” – “ikkinchi muallim” deb nom qozongan. Ibn Sino “Metafizika”ni qirq marta o‘qib ham yaxshi tushunolmagani, Forobiyning sharhi bilan tanishgach esa Arastuning ushbu asari mazmun-mohiyatini anglagani naql etiladi (qarang: Arastu. Poetika. Axloqi kabir. –T.: Yangi asr avlodi, 2004. – 124–143-betlar). Sharqda “birinchi muallim” deya sharaflangan Arastuning “Poetika” asari – “adabiyotshunoslikka oid dastlabki tadqiqot” deya e’tirof etiladi. Afsuski u to‘liq saqlanmagan. “Poetika”ning bizgacha yetib kelgan ayrim qismlari ham shunchalik e’tibor qozongani va u ming yillardan beri adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va boshqa sohalar uchun mo‘tabar tayanch manba sifatida qadrlanayotgani daholarning mulohazalari barcha zamonlarga birday daxldor ekani, ular hech qachon ahamiyatini yo‘qotmasligidan dalolat beradi. “Poetika” to‘g‘risida Forobiy, Ibn Sino singari qadimgi zamon mutafakkirlari emas, XX – XXI asr faylasuflari, adabiyotshunoslari ham maroq bilan mulohaza yuritishadi. Arastuning ilmiy merosiga bag‘ishlangan tadqiqotlar orasida A.F.Losev, F.A.Petrovskiy, A.S.Axmanov singari rus olimlarining asarlari alohida ajralib turadi. “Poetika”ni o‘zbekchaga o‘girgan M.Mahmudov ushbu nashrga ularning ayrim maqolalarini ham keltiradi. Bu esa Arastuning asarini yaxshiroq tushunib, uning ilmiy-estetik tafakkur tarixidagi ahamiyatini anglashda o‘quvchiga yaqindan ko‘maklashadi (qarang: Arastu. Poetika. Axloqi kabir. –T.: Yangi asr avlodi, 2004. –61 – 148-betlar). Arastu zamonida, undan avvalgi va keyingi davrda G‘arbda badiiy adabiyot “poeziya” deyilgan. Hozirgi tushunchadagi badiiy adabiyotni “poeziya” deb atash Pushkin yashagan paytda va undan keyingi zamonda ham saqlangan. Shuning uchun V.G.Belinskiy (1811–1848) adabiyot va uning ijtimoiy hayotdagi o‘rni, rus va jahon adabiyotiga bag‘ishlangan salmoqli tadqiqotini “Poeziyaning xil va turlarga bo‘linishi” (1841) deb nomlagan. Oybek ulug‘ rus tanqidchisining ushbu asarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. “Poetika”ga qavs ichida “poeziya san’ati haqida” deb izoh beriladi va bu asarga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda Arastu badiiy adabiyotni “poeziya” deb atagani ta’kidlanadi. Yunon
mutafakkirining ushbu asari hajman kichkina bo‘lib, u “Asar mazmuni”, “Poeziya
– o‘xshatish san’ati”, “Tasvirlashning turli vositalari”, “Tasvirlash predmetining
xilma-xilligi”,  “Aks  ettirishning  turli  usullari”,  “Poeziyaning  tabiiy  paydo
bo‘lishi”,  “Poeziyaning  taraqqiyoti  va  bo‘linishi”,  “Tragediyaning  kamoloti”,
“Komediyaning  mohiyati  va  takomillashuvi”,  “Tragediyaning  eposdan  farqi”,
“Tragediya. Uning mohiyati”, “Tragediya. Uning elementlari”, “Rivoyat va uning
muhimligi”,  “Tragediyaning  yaxlitligi”,  “Tragediya  hajmi”,  “Voqea  birligi”,
“Voqeadagi  xususiylik  va  mushtaraklik”,  “Murakkab  va  sodda  rivoyatlar”,
“Tragediyaning ichki bo‘linishi: keskin, to‘satdan bilish, ehtiros”, “Tragediyaning
tashqi  bo‘linishi”,  “Hamdardlik  va  dahshat  uyg‘otish”,  “Xarakterlar”
“Xarakterlarning izchilligi haqida”, “Xarakterlarning hayotiyligi haqida”, “Jonli
tasavvur”, “Tugun va yechim”, “Tragediyaning turlari”, “Yana tugun va yechim
haqida”, “Bir va ko‘p rivoyatli tragediyalar”, “Voqeada xorning roli”, “Til va fikr”,
“Nutq  bo‘laklari”,  “Otlarning  turlari”,  “So‘z  tanlash”,  “Epos.  Uning  rivoyat
jihatidan tragediyaga o‘xshashligi”, “Turlar va tarkibiy qismlardagi o‘xshashlik”,
“Poeziyadagi haqiqiy voqelik tasvirini tanqid qilganlarga javob”, “Tragediyaning
eposdan ustunligi”, “Xulosa” deb nomlangan kichik qismlarga ajratilgan. Poeziya,
ya’ni  badiiy  adabiyotning  asosida  hayot  turadi,  shoir  undagi  hodisalarning
o‘xshashini ijod qiladi yoki ularni qaytadan gavdalantiradi, degan g‘oya ilgari
surilgan mazkur tadqiqot: “Biz, umuman, poetik san’at to‘g‘risida, shuningdek,
uning alohida ko‘rinishlari va ulardan har birining imkoniyatlari, poetik asarning
yaxshi  chiqishi  uchun  rivoyat  (mifos)  qanday  tuzilmog‘i  lozimligi  to‘g‘risida
so‘zlaymiz. Bundan tashqari, asarning nechta va qanday qismlardan iborat bo‘lishi,
shu bilan birga, bu tadqiqotga tegishli bo‘lgan hamma boshqa masalalarga to‘xtalib
o‘tamiz”, deb boshlanadi. Arastuning ushbu asari bilan tanishib chiqqan kishi esa
bizgacha  “Poetika”ning  bir  qismigina  saqlanib  qolgani,  donishmandning  “bu
tadqiqotga tegishli bo‘lgan hamma boshqa masalalar” xususidagi mulohazalari
bizgacha yetib kelmaganini darhol payqaydi. Arastu “Poeziya – o‘xshatish san’ati”
deb ta’kidlaydi va uning paydo bo‘lishi xususida fikr bildirib, poetik san’at ikkita
Logotip
tadqiqotlarda Arastu badiiy adabiyotni “poeziya” deb atagani ta’kidlanadi. Yunon mutafakkirining ushbu asari hajman kichkina bo‘lib, u “Asar mazmuni”, “Poeziya – o‘xshatish san’ati”, “Tasvirlashning turli vositalari”, “Tasvirlash predmetining xilma-xilligi”, “Aks ettirishning turli usullari”, “Poeziyaning tabiiy paydo bo‘lishi”, “Poeziyaning taraqqiyoti va bo‘linishi”, “Tragediyaning kamoloti”, “Komediyaning mohiyati va takomillashuvi”, “Tragediyaning eposdan farqi”, “Tragediya. Uning mohiyati”, “Tragediya. Uning elementlari”, “Rivoyat va uning muhimligi”, “Tragediyaning yaxlitligi”, “Tragediya hajmi”, “Voqea birligi”, “Voqeadagi xususiylik va mushtaraklik”, “Murakkab va sodda rivoyatlar”, “Tragediyaning ichki bo‘linishi: keskin, to‘satdan bilish, ehtiros”, “Tragediyaning tashqi bo‘linishi”, “Hamdardlik va dahshat uyg‘otish”, “Xarakterlar” “Xarakterlarning izchilligi haqida”, “Xarakterlarning hayotiyligi haqida”, “Jonli tasavvur”, “Tugun va yechim”, “Tragediyaning turlari”, “Yana tugun va yechim haqida”, “Bir va ko‘p rivoyatli tragediyalar”, “Voqeada xorning roli”, “Til va fikr”, “Nutq bo‘laklari”, “Otlarning turlari”, “So‘z tanlash”, “Epos. Uning rivoyat jihatidan tragediyaga o‘xshashligi”, “Turlar va tarkibiy qismlardagi o‘xshashlik”, “Poeziyadagi haqiqiy voqelik tasvirini tanqid qilganlarga javob”, “Tragediyaning eposdan ustunligi”, “Xulosa” deb nomlangan kichik qismlarga ajratilgan. Poeziya, ya’ni badiiy adabiyotning asosida hayot turadi, shoir undagi hodisalarning o‘xshashini ijod qiladi yoki ularni qaytadan gavdalantiradi, degan g‘oya ilgari surilgan mazkur tadqiqot: “Biz, umuman, poetik san’at to‘g‘risida, shuningdek, uning alohida ko‘rinishlari va ulardan har birining imkoniyatlari, poetik asarning yaxshi chiqishi uchun rivoyat (mifos) qanday tuzilmog‘i lozimligi to‘g‘risida so‘zlaymiz. Bundan tashqari, asarning nechta va qanday qismlardan iborat bo‘lishi, shu bilan birga, bu tadqiqotga tegishli bo‘lgan hamma boshqa masalalarga to‘xtalib o‘tamiz”, deb boshlanadi. Arastuning ushbu asari bilan tanishib chiqqan kishi esa bizgacha “Poetika”ning bir qismigina saqlanib qolgani, donishmandning “bu tadqiqotga tegishli bo‘lgan hamma boshqa masalalar” xususidagi mulohazalari bizgacha yetib kelmaganini darhol payqaydi. Arastu “Poeziya – o‘xshatish san’ati” deb ta’kidlaydi va uning paydo bo‘lishi xususida fikr bildirib, poetik san’at ikkita
sababga ko‘ra: gavdalantirish hamda o‘xshatish xususiyati asosida yuzaga kelishini
qayd etadi. Donishmandning: “O‘xshatish insonga bolalikdan xos xususiyat. Inson
boshqa mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan farqlanadi, hatto,
dastlabki bilimlarini u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur
bag‘ishlaydi... Biz haqiqatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jirkanch
jonivor va murdalar tasviriga zavq bilan boqamiz. Buning sababi shundaki, bilim
olish faqat faylasuflargagina emas, balki boshqa kishilarga ham juda yoqadi. Farq
shundaki,  oddiy  odamlar  bilish  uchun  tomosha  qilmaydilar.  Ular  tasvirga
zavqlanib qaraydilar. Chunki unga boqib, “mana bu narsa bunday ekan” deb
mulohaza  yuritishni  o‘rganadilar.  Agar  o‘xshashi  tasvirlangan  narsani  avval
ko‘rmagan bo‘lsa, o‘xshatishdan emas, balki bichim, bo‘yoq yoki shunga o‘xshash
boshqa narsadan zavq tuyadilar” degan mulohazalari mantiqan asosli ekanligi bois
ming yillar o‘tsa-da, eskirmasdan keladi (qarang: Arastu. Poetika Axloqi kabir. –
T.: Yangi asr avlodi, 2004. – 11 – 12-betlar). Yunon mutafakkirining fikrlari ana
shunday  keng  qamrovli,  salmoqdor  va  eskirmas  bo‘lgani  uchun  Forobiy  uni
“hakim  Arastu”,  “Arastu  hakim”  deb  e’zozlaydi.  Arastuning  she’r  navlari,
shoirlarning bir-biridan farqi, o‘xshatish, tragediya, komediya, dramaning paydo
bo‘lishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi mulohazalarini sharhlaydi.
Jumladan, tragediyani: “U she’rning ma’lum bir navi bo‘lib, uning o‘qilayotganini
eshitgan yoki o‘zi ovozini chiqarib o‘qigan kishi huzur qiladi. Tragediyalarda
birovlarga  misol  (o‘rnak)  bo‘la  oladigan  yaxshiliklar  va  maqtaniladigan  fe’l-
atvorlar zikr qilinadi; bu vaznda shaharni boshqaruvchi hukmdorlar madh etiladi”
deb izohlaydi. Forobiyning “Poetika”ni sharhlab yozgan: “Ayrim shoirlar tug‘ma
qobiliyatli va she’r bitishga tayyor tabiatli kishilar bo‘ladi va ular tashbeh va
tamsilga layoqatli bo‘ladilar... Bir xil shoirlar she’r san’atidan yetarlicha xabardor
bo‘lishavermaydi, balki ular tug‘ma qobiliyatlarining yaxshiligi bilangina qanoat
hosil qiladilar. Ular o‘zlarining iste’dod darajalariga ko‘ra ish tutadilar. Bunday
shoirlar  chinakam  musaljis  –  mulohazakor  shoirlardan  sanalmaydilar.  Chunki
ularda she’r san’atini o‘zlashtirib olish uchun kamolot yetishmaydi va bu san’atda
turg‘unlik bo‘lmaydi. Kimki unday odamning she’rini ko‘rib, u qobiliyatli odam
Logotip
sababga ko‘ra: gavdalantirish hamda o‘xshatish xususiyati asosida yuzaga kelishini qayd etadi. Donishmandning: “O‘xshatish insonga bolalikdan xos xususiyat. Inson boshqa mavjudotlardan o‘xshatish qobiliyatiga ega ekanligi bilan farqlanadi, hatto, dastlabki bilimlarini u o‘xshatishdan oladi va bu jarayon samaralari barchaga huzur bag‘ishlaydi... Biz haqiqatda yoqimsiz ko‘ringan narsalarga, masalan, jirkanch jonivor va murdalar tasviriga zavq bilan boqamiz. Buning sababi shundaki, bilim olish faqat faylasuflargagina emas, balki boshqa kishilarga ham juda yoqadi. Farq shundaki, oddiy odamlar bilish uchun tomosha qilmaydilar. Ular tasvirga zavqlanib qaraydilar. Chunki unga boqib, “mana bu narsa bunday ekan” deb mulohaza yuritishni o‘rganadilar. Agar o‘xshashi tasvirlangan narsani avval ko‘rmagan bo‘lsa, o‘xshatishdan emas, balki bichim, bo‘yoq yoki shunga o‘xshash boshqa narsadan zavq tuyadilar” degan mulohazalari mantiqan asosli ekanligi bois ming yillar o‘tsa-da, eskirmasdan keladi (qarang: Arastu. Poetika Axloqi kabir. – T.: Yangi asr avlodi, 2004. – 11 – 12-betlar). Yunon mutafakkirining fikrlari ana shunday keng qamrovli, salmoqdor va eskirmas bo‘lgani uchun Forobiy uni “hakim Arastu”, “Arastu hakim” deb e’zozlaydi. Arastuning she’r navlari, shoirlarning bir-biridan farqi, o‘xshatish, tragediya, komediya, dramaning paydo bo‘lishi va ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi mulohazalarini sharhlaydi. Jumladan, tragediyani: “U she’rning ma’lum bir navi bo‘lib, uning o‘qilayotganini eshitgan yoki o‘zi ovozini chiqarib o‘qigan kishi huzur qiladi. Tragediyalarda birovlarga misol (o‘rnak) bo‘la oladigan yaxshiliklar va maqtaniladigan fe’l- atvorlar zikr qilinadi; bu vaznda shaharni boshqaruvchi hukmdorlar madh etiladi” deb izohlaydi. Forobiyning “Poetika”ni sharhlab yozgan: “Ayrim shoirlar tug‘ma qobiliyatli va she’r bitishga tayyor tabiatli kishilar bo‘ladi va ular tashbeh va tamsilga layoqatli bo‘ladilar... Bir xil shoirlar she’r san’atidan yetarlicha xabardor bo‘lishavermaydi, balki ular tug‘ma qobiliyatlarining yaxshiligi bilangina qanoat hosil qiladilar. Ular o‘zlarining iste’dod darajalariga ko‘ra ish tutadilar. Bunday shoirlar chinakam musaljis – mulohazakor shoirlardan sanalmaydilar. Chunki ularda she’r san’atini o‘zlashtirib olish uchun kamolot yetishmaydi va bu san’atda turg‘unlik bo‘lmaydi. Kimki unday odamning she’rini ko‘rib, u qobiliyatli odam
ekan, deb o‘ylagan bo‘lsa, bu shuning uchunki, uning fe’l-atvorida shoirlarga xos
bo‘lgan turq – ko‘rinish mavjudligidangina shunday mulohazaga kelingan. Yo
bo‘lmasa, bu xil odamlar chinakamiga shoirlar san’atini egallagan bo‘lishadi, hatto
she’r  ijodiga  xos  bo‘lgan  xususiyatlardan  birortasi  ham,  u  qaysi  she’r  turiga
aloqador bo‘lmasin, baribir, bu qonun-qoidalar undan qochib qutulolmaydi. Ular
she’riyat san’atida qo‘llanadigan tashbeh va tamsillarni juda ham mahorat bilan
ishlatadilar.  Bu  xil  shoirlar  chindan  ham  “qobiliyatli  shoirlar”  deyishga
sazovordirlar. Ana shu ikki tabaqa shoirlar (tug‘ma qobiliyatli shoir hamda she’r
yozish qonun-qoidalarini o‘rganib, o‘zlashtirishda  uquvli shoir – A.U.) ga va
ularning fe’llariga taqlid qiluvchilar bo‘ladi. Bular o‘sha ikki tabaqa shoirlar yo‘li
– ijodini yodlaydilar. Ular o‘zlarida tug‘ma shoirlik tabiati bo‘lmagani holda,
she’riy san’at qonun-qoidalaridan xabardor bo‘lib turib, tashbeh – o‘xshatish va
tamsil – metaforalarning ketidan yuradilar. Yo‘ldan adashadigan va toyadigan
shoirlarning ko‘pchiligi xuddi mana shu tabaqa shoirlar ichidan chiqadi” degan
mulohazalari, nafaqat, o‘tgan zamonlarga, balki hozirgi va kelgusi davrlarga ham
to‘la  tegishlidir.  Arastuning  adabiyotning  paydo  bo‘lishi  va  uning  ahamiyati,
adabiy turlar va janrlar haqidagi fikrlarining mohiyati qancha asrlar o‘tsa-da, jiddiy
tarzda  o‘zgarmagan.  Shu  bois  Mixail  Baxtin:  “Janrlarning  nazariyasi  bizning
zamonimizgacha ham Aristotel qoldirib ketgan nazariyaga hech qanday muhim
yangilik qo‘sholgan emas. Uning “Poetika”si janrlar nazariyasining mustahkam
poydevori bo‘lib qolaveradi. Faqat bu poydevor gohida shu qadar chuqurlikka
o‘rnashadiki, uni ko‘rishning o‘zi amrimahol bo‘lib qoladi”, deydi (Baxtin M.M.
Литературно-критический статьи. – M.: Xудож. лит., 1986. – 396-bet). Bu rus
adabiyotshunosi “Epos va roman” tadqiqotida roman janrining o‘ziga xos jihatlari
to‘g‘risida  mulohaza  yuritish  asnosida  adabiyotshunoslikning  nazariy
muammolariga e’tibor qaratib: “O‘tmishning yirik va tugal poetikalari – Aristotel,
Goratsiy  va  Bualo  poetikalari  adabiyotning  yaxlitligini  va  bu  yaxlitlik ichida
barcha janrlarning mukammal uyg‘unlik hosil qilishini chuqur his etish ruhi bilan
sug‘orilgan. Ular mazkur janrlar uyg‘unligini go‘yo ayon eshitib turadilar. Bu
poetikalarning  kuchi,  betakror  yaxlitlik  sifatidagi  mukammalligi  va  tugalligi
Logotip
ekan, deb o‘ylagan bo‘lsa, bu shuning uchunki, uning fe’l-atvorida shoirlarga xos bo‘lgan turq – ko‘rinish mavjudligidangina shunday mulohazaga kelingan. Yo bo‘lmasa, bu xil odamlar chinakamiga shoirlar san’atini egallagan bo‘lishadi, hatto she’r ijodiga xos bo‘lgan xususiyatlardan birortasi ham, u qaysi she’r turiga aloqador bo‘lmasin, baribir, bu qonun-qoidalar undan qochib qutulolmaydi. Ular she’riyat san’atida qo‘llanadigan tashbeh va tamsillarni juda ham mahorat bilan ishlatadilar. Bu xil shoirlar chindan ham “qobiliyatli shoirlar” deyishga sazovordirlar. Ana shu ikki tabaqa shoirlar (tug‘ma qobiliyatli shoir hamda she’r yozish qonun-qoidalarini o‘rganib, o‘zlashtirishda uquvli shoir – A.U.) ga va ularning fe’llariga taqlid qiluvchilar bo‘ladi. Bular o‘sha ikki tabaqa shoirlar yo‘li – ijodini yodlaydilar. Ular o‘zlarida tug‘ma shoirlik tabiati bo‘lmagani holda, she’riy san’at qonun-qoidalaridan xabardor bo‘lib turib, tashbeh – o‘xshatish va tamsil – metaforalarning ketidan yuradilar. Yo‘ldan adashadigan va toyadigan shoirlarning ko‘pchiligi xuddi mana shu tabaqa shoirlar ichidan chiqadi” degan mulohazalari, nafaqat, o‘tgan zamonlarga, balki hozirgi va kelgusi davrlarga ham to‘la tegishlidir. Arastuning adabiyotning paydo bo‘lishi va uning ahamiyati, adabiy turlar va janrlar haqidagi fikrlarining mohiyati qancha asrlar o‘tsa-da, jiddiy tarzda o‘zgarmagan. Shu bois Mixail Baxtin: “Janrlarning nazariyasi bizning zamonimizgacha ham Aristotel qoldirib ketgan nazariyaga hech qanday muhim yangilik qo‘sholgan emas. Uning “Poetika”si janrlar nazariyasining mustahkam poydevori bo‘lib qolaveradi. Faqat bu poydevor gohida shu qadar chuqurlikka o‘rnashadiki, uni ko‘rishning o‘zi amrimahol bo‘lib qoladi”, deydi (Baxtin M.M. Литературно-критический статьи. – M.: Xудож. лит., 1986. – 396-bet). Bu rus adabiyotshunosi “Epos va roman” tadqiqotida roman janrining o‘ziga xos jihatlari to‘g‘risida mulohaza yuritish asnosida adabiyotshunoslikning nazariy muammolariga e’tibor qaratib: “O‘tmishning yirik va tugal poetikalari – Aristotel, Goratsiy va Bualo poetikalari adabiyotning yaxlitligini va bu yaxlitlik ichida barcha janrlarning mukammal uyg‘unlik hosil qilishini chuqur his etish ruhi bilan sug‘orilgan. Ular mazkur janrlar uyg‘unligini go‘yo ayon eshitib turadilar. Bu poetikalarning kuchi, betakror yaxlitlik sifatidagi mukammalligi va tugalligi
shunda”  deb  ta’kidlaydi.  “Poetika”da  tragediya,  komediya,  drama  to‘g‘risida
yozilgan  ta’riflar  shu  paytgacha  o‘zgarmagan.  Chunki  Arastu  ushbu  janrdagi
asarlarning mohiyatini aniq ifodalagan. Masalan: “Tragediya muayyan hajmli, turli
qismlari turlicha sayqallangan til yordamida, bayon vositasida emas, balki xatti-
harakat orqali ko‘rsatiladigan va iztirob bilan inson ruhini poklovchi va tugal
voqea tasviridir” degan hamda ushbu ta’rifdagi “sayqallangan til” hamda “turli
qismlari turlicha sayqallangan” degan o‘rinlarini: “Sayqallangan til” deganda men
ritm, garmoniya va musiqiylikka ega bo‘lgan tilni nazarda tutaman. “Turli qismlari
turlicha sayqallangan” deganda esa ba’zi qismlari faqat vazn bilan, boshqa qismlari
ham  vazn,  ham  musiqiylik  bilan  bezalgan  nutq  anglashiladi”  deb  izohlagan.
Mazkur risolada “Tragediya xatti-harakat tasviri bo‘lib, undagi xatti-harakatlar
muayyan  xarakter  va  fikrlash  tarziga  ega  qahramonlar  tomonidan  amalga
oshiriladi” deyilgan hamda tragediya oltita unsur: harakat va manzara, musiqa,
nutq,  xarakter,  fikr  va  g‘oya  hamda  tomoshadan  tarkib  topishi  ta’kidlangan.
Arastuning xarakter, g‘oya, go‘zallik nima ekanligi to‘g‘risidagi tushuntirishlari
hozirgi  paytda  ham  ayni  hodisalarga  berilgan  eng  asosli,  mazmundor  ta’rif
sanaladi. “Poetika”da: “Inson maylining nimadadir namoyon bo‘lishi, kimning
nimanidir  afzal  deb  hisoblagani  yo  nimanidir  yoqtirmagani  xarakterdir;
gapiruvchining nimani ma’qullagani yoki yoqtirmagani aniq ifodalanmagan nutqda
xarakter  gavdalanmaydi.  G‘oya  esa  nimaningdir  borligi  yoki  yo‘qligi  yoxud
umuman nimaningdir ifodalanishidir” deyiladi. Qadimgi yunon mutafakkiri ayni
mulohazalarini ham, boshqa fikrlarini ham izchillik bilan rivojlantirib, ularning
mohiyatini  keng  yoritadi.  Masalan,  tragediyada  xarakterlardan  to‘rt  maqsad
(xarakter yaxshi,  o‘ziga xos, hayotiy (haqqoniy) hamda izchil bo‘lishi  kerak)
ko‘zda tutilishi qayd qilinib, “shaxs agar o‘zining gaplari va ishlarida qandaydir
maqsadga amal qilsa, u xarakterga ega bo‘ladi”, deyiladi. Bundan esa hamma
emas, balki o‘z maqsadiga erishish uchun intiladigan, yo‘lidagi to‘siqlar oldida
to‘xtab  qolmaydigan,  faol,  harakatchan,  kurashchan  odamgina  xarakter  sohibi
ekanligi  anglashiladi.  Sofokl,  Shekspir  tragediyalaridagi,  Fitratning
“Abulfayzxon”,  Maqsud  Shayxzodaning  “Mirzo  Ulug‘bek”  asarlaridagi  asosiy
Logotip
shunda” deb ta’kidlaydi. “Poetika”da tragediya, komediya, drama to‘g‘risida yozilgan ta’riflar shu paytgacha o‘zgarmagan. Chunki Arastu ushbu janrdagi asarlarning mohiyatini aniq ifodalagan. Masalan: “Tragediya muayyan hajmli, turli qismlari turlicha sayqallangan til yordamida, bayon vositasida emas, balki xatti- harakat orqali ko‘rsatiladigan va iztirob bilan inson ruhini poklovchi va tugal voqea tasviridir” degan hamda ushbu ta’rifdagi “sayqallangan til” hamda “turli qismlari turlicha sayqallangan” degan o‘rinlarini: “Sayqallangan til” deganda men ritm, garmoniya va musiqiylikka ega bo‘lgan tilni nazarda tutaman. “Turli qismlari turlicha sayqallangan” deganda esa ba’zi qismlari faqat vazn bilan, boshqa qismlari ham vazn, ham musiqiylik bilan bezalgan nutq anglashiladi” deb izohlagan. Mazkur risolada “Tragediya xatti-harakat tasviri bo‘lib, undagi xatti-harakatlar muayyan xarakter va fikrlash tarziga ega qahramonlar tomonidan amalga oshiriladi” deyilgan hamda tragediya oltita unsur: harakat va manzara, musiqa, nutq, xarakter, fikr va g‘oya hamda tomoshadan tarkib topishi ta’kidlangan. Arastuning xarakter, g‘oya, go‘zallik nima ekanligi to‘g‘risidagi tushuntirishlari hozirgi paytda ham ayni hodisalarga berilgan eng asosli, mazmundor ta’rif sanaladi. “Poetika”da: “Inson maylining nimadadir namoyon bo‘lishi, kimning nimanidir afzal deb hisoblagani yo nimanidir yoqtirmagani xarakterdir; gapiruvchining nimani ma’qullagani yoki yoqtirmagani aniq ifodalanmagan nutqda xarakter gavdalanmaydi. G‘oya esa nimaningdir borligi yoki yo‘qligi yoxud umuman nimaningdir ifodalanishidir” deyiladi. Qadimgi yunon mutafakkiri ayni mulohazalarini ham, boshqa fikrlarini ham izchillik bilan rivojlantirib, ularning mohiyatini keng yoritadi. Masalan, tragediyada xarakterlardan to‘rt maqsad (xarakter yaxshi, o‘ziga xos, hayotiy (haqqoniy) hamda izchil bo‘lishi kerak) ko‘zda tutilishi qayd qilinib, “shaxs agar o‘zining gaplari va ishlarida qandaydir maqsadga amal qilsa, u xarakterga ega bo‘ladi”, deyiladi. Bundan esa hamma emas, balki o‘z maqsadiga erishish uchun intiladigan, yo‘lidagi to‘siqlar oldida to‘xtab qolmaydigan, faol, harakatchan, kurashchan odamgina xarakter sohibi ekanligi anglashiladi. Sofokl, Shekspir tragediyalaridagi, Fitratning “Abulfayzxon”, Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” asarlaridagi asosiy
qahramonlar o‘z maqsadi yo‘lida dadil kurashadigan, boshqalardan har jihatdan
alohida ajralib turadigan, o‘ziga xos xarakterga ega kishilar sifatida tasavvur hosil
qiladi.  Arastu  tragediyaga  xos  xususiyatlar,  uning  uchun  zarur  unsurlarni
tushuntirar ekan, uning hajmi haqida so‘z yuritib: “muayyan bo‘laklardan tarkib
topgan, tartibli va ayni chog‘da har qanday hajmga ega emas, balki muayyan
hajmga ega bo‘lgan mavjudot, har qanday narsa go‘zaldir. Go‘zallik hajm va
tartibdan kelib chiqadi”, deydi. U haddan tashqari kichkina narsa ham, haddan
tashqari katta narsa ham go‘zal sanalmasligiga e’tibor qaratadi. Rostdan ham hech
kim bit, kana singari hasharotlar, turli mikroblar yoki fil, jirafa, begemot, kit, tuya,
timsohga go‘zallik manbayi sifatida qaramaydi. Ularni ko‘rganda kishi ohu, kaklik,
kanareyka yoki gullagan o‘rik, gullagan bodom daraxtini ko‘rgan chog‘idagi kabi
zavq  olmaydi.  Arastuning  uqtirishicha,  kishilarga  zavq  beradigan  narsalarda
qismlar  o‘zaro  mutanosib  hamda muayyan  hajmda  bo‘ladi. Jirafaning bo‘yni,
oyoqlari haddan tashqari uzun, boshi esa gavdasiga nisbatan juda kichkina ekanligi
yaqqol bilinadi. Filning uzun xartumi, kalta dumi, tuyaning belidagi do‘ppaygan
o‘rkachi, uzun bukri bo‘yni, begemotning jag‘i naq to‘qson gradus burchak hosil
qilib ochilishi, eshakning qulog‘i uzun va katta ekanligi g‘alati ko‘rinadi. Arastu
narsa-hodisalardagi barcha a’zo, unsurlar birbiriga mos, mutanosib bo‘lganida ular
chiroyli ko‘rinib, e’tiborni tortishini ta’kidlaydi hamda: “Jonli va jonsiz go‘zal
narsalar  bir  qarashda  sezib  olinadigan  hajmga  ega  bo‘lishi  lozim”,  deydi.
“Poetika”dagi “Hajm asarning mohiyatidan kelib chiqadi. Har doim yaxshiroq
tushuniladigan  narsa  hajman  ham  go‘zalroq  bo‘ladi”  kabi  hikmatomuz
mulohazalar Arastu ulug‘ faylasuf ekanidan dalolat beradi. “Poetika”da boshqa
janrlarga  qaraganda  tragediya  xususida  ko‘proq  mulohaza  yuritilgan.  Buning
sababi shundaki, qadimda Yunonistonda tragediya janridagi asarlar adabiyot va
san’atning darajasini ko‘rsatadigan, ijodkorlarning mahoratini o‘lchaydigan asosiy
mezon sanalgan. Ular asosida ko‘rsatiladigan tomoshalar eng yuksak madaniy-
ma’rifiy tadbir sifatida qadrlangan. Sharqda esa g‘azal, doston adabiyot uchun
yuksak mezon bo‘lib kelgan. Firdavsiyning “Shohnoma”si, Nizomiy Ganjaviy,
Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiyning “Xamsa”lariga so‘z
Logotip
qahramonlar o‘z maqsadi yo‘lida dadil kurashadigan, boshqalardan har jihatdan alohida ajralib turadigan, o‘ziga xos xarakterga ega kishilar sifatida tasavvur hosil qiladi. Arastu tragediyaga xos xususiyatlar, uning uchun zarur unsurlarni tushuntirar ekan, uning hajmi haqida so‘z yuritib: “muayyan bo‘laklardan tarkib topgan, tartibli va ayni chog‘da har qanday hajmga ega emas, balki muayyan hajmga ega bo‘lgan mavjudot, har qanday narsa go‘zaldir. Go‘zallik hajm va tartibdan kelib chiqadi”, deydi. U haddan tashqari kichkina narsa ham, haddan tashqari katta narsa ham go‘zal sanalmasligiga e’tibor qaratadi. Rostdan ham hech kim bit, kana singari hasharotlar, turli mikroblar yoki fil, jirafa, begemot, kit, tuya, timsohga go‘zallik manbayi sifatida qaramaydi. Ularni ko‘rganda kishi ohu, kaklik, kanareyka yoki gullagan o‘rik, gullagan bodom daraxtini ko‘rgan chog‘idagi kabi zavq olmaydi. Arastuning uqtirishicha, kishilarga zavq beradigan narsalarda qismlar o‘zaro mutanosib hamda muayyan hajmda bo‘ladi. Jirafaning bo‘yni, oyoqlari haddan tashqari uzun, boshi esa gavdasiga nisbatan juda kichkina ekanligi yaqqol bilinadi. Filning uzun xartumi, kalta dumi, tuyaning belidagi do‘ppaygan o‘rkachi, uzun bukri bo‘yni, begemotning jag‘i naq to‘qson gradus burchak hosil qilib ochilishi, eshakning qulog‘i uzun va katta ekanligi g‘alati ko‘rinadi. Arastu narsa-hodisalardagi barcha a’zo, unsurlar birbiriga mos, mutanosib bo‘lganida ular chiroyli ko‘rinib, e’tiborni tortishini ta’kidlaydi hamda: “Jonli va jonsiz go‘zal narsalar bir qarashda sezib olinadigan hajmga ega bo‘lishi lozim”, deydi. “Poetika”dagi “Hajm asarning mohiyatidan kelib chiqadi. Har doim yaxshiroq tushuniladigan narsa hajman ham go‘zalroq bo‘ladi” kabi hikmatomuz mulohazalar Arastu ulug‘ faylasuf ekanidan dalolat beradi. “Poetika”da boshqa janrlarga qaraganda tragediya xususida ko‘proq mulohaza yuritilgan. Buning sababi shundaki, qadimda Yunonistonda tragediya janridagi asarlar adabiyot va san’atning darajasini ko‘rsatadigan, ijodkorlarning mahoratini o‘lchaydigan asosiy mezon sanalgan. Ular asosida ko‘rsatiladigan tomoshalar eng yuksak madaniy- ma’rifiy tadbir sifatida qadrlangan. Sharqda esa g‘azal, doston adabiyot uchun yuksak mezon bo‘lib kelgan. Firdavsiyning “Shohnoma”si, Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiyning “Xamsa”lariga so‘z
san’atining yuksak cho‘qqisi deb qaralgan. Arastu tragediya va boshqa janrlar
to‘g‘risida fikr bildirganda yunon adabiyotining eng ajoyib asarlariga asoslangan.
U Homerni “eng ulug‘ shoir” deb sharaflab: “Homer poeziyaning murakkab turida
ham shu qadar  buyuk ediki, u mukammal  she’r  ijod qilibgina qolmay, balki
dramatik tasvirlarni ham yarata oldi” degan. Arastu tragediya janridagi asarlarga
xos xususiyatlarni tahlil etishda Sofokl, Esxil, Evripid ijodiga tayangan. Ulug‘
donishmand: “Aktyorlar ishtiroki masalasiga kelganda, Esxil bitta aktyor o‘rniga
ikkita kiritdi, xor qismini ozaytirdi va dialogni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Sofokl esa
aktyorlarni  uchtaga  yetkazdi  va  dekoratsiyalar  kiritdi”  (O‘sha  manba.13-bet);
“Sofoklning  aytishicha,  u  odamlarni  qanday  bo‘lishi  kerak  bo‘lsa,  shunday
tasvirlagan, Evripid esa qanday bo‘lsa, o‘shanday tasvirlagan” (O‘sha manba. 53-
bet) deya bu ulug‘ shoirlarning novatorligi – adabiyot va san’atga olib kirgan
yangiligini  aniq ko‘rsatgan.  Yunon allomasining badiiy asar  ahamiyati,  uning
ta’sirchanligi  xususiyati,  shoirlarning  qobiliyati, iste’dodi  darajasi  to‘g‘risidagi
fikrlari keng qamrovliligi, hozirgi zamonda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi
bilan diqqatni jalb etadi. Masalan, uning: “Asar  shunday yozilishi  kerakki, u
sahnada ko‘rilmaganida ham, bo‘lib o‘tgan voqeani tinglovchi har bir kishi, xuddi
Edip haqidagi rivoyatni tinglaganday, hodisalarning keskinlashib borishidan g‘am
chekuvchiga nisbatan o‘zida hamdardlik sezsin va vujudi jimirlab seskansin”,
(O‘sha manba. 28-bet.) degan fikrlari hozirgi davrda ham kino, teatr, tasviriy
san’at, haykaltaroshlik singari zamonaviy san’atning barcha turlari uchun eng
maqbul mezon bo‘la oladi. “Poetika”da adabiyot bilan bog‘liq juda ko‘p masalalar,
xususan, hozirgi zamonda ham  dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelayotgan
“janr”ning  mohiyati  yoritiladi.  Arastuning:  “San’atkorlar  muayyan  shaxslarni
tasvirlaydilar. Ular esa yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin (Negaki shaxslarning
qandayligi shu bilan belgilanadi. Zero, hamma odamlar xarakterlaridagi illati yoki
fazilati jihatidan farqlanadilar). Ular bizdan yaxshiroq yoki bizdan yomonroq yoki
hatto,  bizdek  bo‘ladilar”  (O‘sha  manba.  9-bet)  degan  fikri  asarning  janrini
belgilashda undagi qahramonlar obrazi tasviri muhim tayanch – asos bo‘lishini
bildiradi. V.F.Gegel, V.G.Belinskiy singari mutafakkirlar asarlarida ham Aristotel
Logotip
san’atining yuksak cho‘qqisi deb qaralgan. Arastu tragediya va boshqa janrlar to‘g‘risida fikr bildirganda yunon adabiyotining eng ajoyib asarlariga asoslangan. U Homerni “eng ulug‘ shoir” deb sharaflab: “Homer poeziyaning murakkab turida ham shu qadar buyuk ediki, u mukammal she’r ijod qilibgina qolmay, balki dramatik tasvirlarni ham yarata oldi” degan. Arastu tragediya janridagi asarlarga xos xususiyatlarni tahlil etishda Sofokl, Esxil, Evripid ijodiga tayangan. Ulug‘ donishmand: “Aktyorlar ishtiroki masalasiga kelganda, Esxil bitta aktyor o‘rniga ikkita kiritdi, xor qismini ozaytirdi va dialogni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Sofokl esa aktyorlarni uchtaga yetkazdi va dekoratsiyalar kiritdi” (O‘sha manba.13-bet); “Sofoklning aytishicha, u odamlarni qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa, shunday tasvirlagan, Evripid esa qanday bo‘lsa, o‘shanday tasvirlagan” (O‘sha manba. 53- bet) deya bu ulug‘ shoirlarning novatorligi – adabiyot va san’atga olib kirgan yangiligini aniq ko‘rsatgan. Yunon allomasining badiiy asar ahamiyati, uning ta’sirchanligi xususiyati, shoirlarning qobiliyati, iste’dodi darajasi to‘g‘risidagi fikrlari keng qamrovliligi, hozirgi zamonda ham muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan diqqatni jalb etadi. Masalan, uning: “Asar shunday yozilishi kerakki, u sahnada ko‘rilmaganida ham, bo‘lib o‘tgan voqeani tinglovchi har bir kishi, xuddi Edip haqidagi rivoyatni tinglaganday, hodisalarning keskinlashib borishidan g‘am chekuvchiga nisbatan o‘zida hamdardlik sezsin va vujudi jimirlab seskansin”, (O‘sha manba. 28-bet.) degan fikrlari hozirgi davrda ham kino, teatr, tasviriy san’at, haykaltaroshlik singari zamonaviy san’atning barcha turlari uchun eng maqbul mezon bo‘la oladi. “Poetika”da adabiyot bilan bog‘liq juda ko‘p masalalar, xususan, hozirgi zamonda ham dolzarb muammolardan biri bo‘lib kelayotgan “janr”ning mohiyati yoritiladi. Arastuning: “San’atkorlar muayyan shaxslarni tasvirlaydilar. Ular esa yaxshi yoki yomon bo‘lishi mumkin (Negaki shaxslarning qandayligi shu bilan belgilanadi. Zero, hamma odamlar xarakterlaridagi illati yoki fazilati jihatidan farqlanadilar). Ular bizdan yaxshiroq yoki bizdan yomonroq yoki hatto, bizdek bo‘ladilar” (O‘sha manba. 9-bet) degan fikri asarning janrini belgilashda undagi qahramonlar obrazi tasviri muhim tayanch – asos bo‘lishini bildiradi. V.F.Gegel, V.G.Belinskiy singari mutafakkirlar asarlarida ham Aristotel