FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI. G‘ARB FALSAFASI.
Yuklangan vaqt
2024-04-27
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
24
Faytl hajmi
56,1 KB
FALSAFIY TAFAKKUR TARAQQIYOTI BOSQICHLARI. G‘ARB
FALSAFASI.
Qadimgi Yunon-Rim falsafiy maktabi. Milet maktabi. Sofistlar. Sokrat. Platon
Eramizdan oldingi VI asrda Yunonistonda ham quldorlik tuzumi ancha
rivojlangan edi. Yunonistonning Milet, Efes, Fokiya kabi shaharlarida
hunarmandchilik, savdo-sotiq rivojlandi. Natijada, Osiyo, Afrika, Misr bilan bo‘lgan
madaniy va iqtisodiy aloqalarning rivojlanishi greklar madaniyatiga ta’sir etdi.
Milet materialistik maktabining asoschisi Fales (eramizdan oldin 625-547-
yilda yashagan)dir. Fales geometriya, astranomiya, matematika fanlarini
rivojlantirdi. Bu davrda falsafa fani inson bilimlarining yig‘indisini ifoda qilardi.
Gretsiya falsafasi tarixida Fales birinchi bo‘lib, tabiatdagi hodisalarning manbaini
qidirdi.
Fales fikricha, tabiat hodisalari asosida suv yotadi. Undan tashqari Fales
shogirdi Anaksimandr(eramizgacha 610-546-yillarda yashagan) dunyoning asosida
suv emas, cheksiz shaklga ega bo‘lgan apeyron yotadi, deb tushuntirdi. Uning
fikricha, hamma narsa shu apeyrondan kelib chiqqan, va yana apeyronga qaytadi.
Apeyron harakati esa qarama-qarshilikning kelib chiqishi asosida bo‘ladi.
Mavjudot Anaksimandr fikricha, rivojlanish, taraqqiyot xudolarga bog‘liq
emas. Anaksimandr birinchi bo‘lib odamning paydo bo‘lish masalasiga qiziqadi va
uni balchiqlardan paydo bo‘lgan deydi. U birinchi bo‘lib, geografik karta tuzdi,
quyosh soatini yasagan.
Milet maktabining undan keyingi vakili Aneksimen (eramizdan avval 585-
525-y. da yashagan) Anaksimenning fikricha, dunyo havodan tashkil topgandir.
Anaksimen materializmida ateistik qarashlar bor edi. Kosmik o‘zgarish xudosiz,
moddiyning doimiy o‘zgarishi natijasida hosil bo‘ladi. Milet maktabi vakillarining
ta’limoti materialistik xarakterga egadir. Ularning ta’limoticha, dunyoning asosida
moddiy bir narsa-modda yotadi. Ular tabiatning qonuniy rivojlanishini modda va
uning xarakteriga bog‘laydilar.
Grek dialektikasini Pifagor maktabi rad etdi. Milet faylasuflari dunyoning
asosiga materiyani qo‘ysalar, Pifagor maktabi esa sezish mumkin bo‘lmagan
abstrakt raqamni-sonni qo‘yadi. Bu idealistik falsafa stixiyali materializmga qarshi
chiqdi. Bunga sabab, jarayonning qiyinchiliklari natijasi edi.
Pifagor, eramizdan oldin (576-496) yashagan. Pifagor maktabi matematika
bilan qiziqqani uchun tabiat qonuniyatining miqdoriy xususiyatlarini anglashga
qaratdi. Bu maktab g‘oyalarida idealistik diniy falsafiy qarash bilan ilmiy tafakkur
elementlari uchraydi. Pifagorchilar o‘zlarining ta’limotlarida dunyoqarash sohasi
bilan miqdor kategoriyasini kiritdilar.
Afina faylasuflari materiyaning ichki tuzilishi, moddiy elementlar xarakterini,
uning rivojlanish sabablarini tushuntirishga uringanlar.
Levkip (500-440) birinchi bo‘lib ateistik qarashni olg‘a surdi. Dunyo uning
fikricha, mayda-bo‘linmaydigan moddiy element- atomlardan tuzilgan atmos-
bo‘linmaydigan, grekcha so‘z deydi. U dunyodagi narsalarning paydo bo‘lishi va
yo‘qolishini zaruriyat va sababiyat bilan bog‘laydi. Bu ta’limot Demokrit
falsafasining ham negizini tashkil qiladi.
Efess shahrida (475-374) Geraklit yashab o‘tgan. Geraklit dunyoning asosida
olov yotadi, dunyo mana shu olovning qonuniy alanglanib va so‘nib turishidan iborat
deydi. Geraklit hech qanday xudo ham, odam ham dunyoni yaratmagan, dunyo o‘z-
o‘zidan qonuniyat bilan so‘nuvchi, tirik olovdan iboratdir, deydi. Geraklitning
materialistik ta’limoti ham stixiyali xarakterga ega, farazlardan iborat edi. Chunki
o‘sha davrda dialektika va materializmni fan darajasiga ko‘tarishga imkoniyat yo‘q
edi.
Qadimgi Yunonistonda turli oqimlar paydo bo‘lib, ulardan biri sofistlardir.
Sofistlar (donishmandlar) qadimgi grek falsafasida muhim o‘rinni
egallaganlar. Avvalgi grek faylasuflari barcha o‘zgaruvchan rang-baranglikdagi
birlik haqidagi masala bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ular urf-odatlarning turlichaligini,
axloqiy, siyosiy, huquqiy jarayonlarning falsafiy jihatlarini asoslashga urindilar.
Ammo, muhim bir fikrga kela olmaganlar. Grek faylasuflarining ba’zilari bitta
universal umumiy axloq va bitta siyosiy ideallik mavjud deb tushuntirsalar, ba’zilari
bu holatlarni jamiyat yoki yagona bir odam dunyoga keltirgan deb fikr bildirganlar.
Qisqasi har bir faylasuf o‘zicha olamdagi predmet va hodisalarni tahlil qilganlar.
Keyinchalik, jamiyatdagi axloqiy huquqiy sohalar bilan bog‘liq jihatlarning hal
etilishi alohida kishi faoliyati bilan bog‘liq, degan to‘xtamga kelganlar. Aslida
axloq, huquq, did, huzur-halovat, siyosiy, boshqaruv kabi jarayonlar haqidagi fikrlar
xilma-xil. Tahlili ham turlicha. Shunday bo‘lishidan qat’iy nazar faylasuflar bu
savollarga javob topishga intilganlar. Bunday-faylasuflarni-sofistlar deb yuritganlar.
Sofistlar ko‘proq axloqiy, siyosiy, huquqiy sohalar bilan shug‘ullanishgan.
Sofistlarga zamonaviy jihatdan yondoshadigan bo‘lsak, ular bir vaqtning o‘zida
muallif, jurnalist, yozuvchi, shoir umuman ziyoli kishilar bo‘lganlar. Ular ko‘proq
bahslashishni olg‘a surib, haqiqatga erishmoqchi bo‘lganlar. Sofistlar predmet va
hodisalarni aqliy (ratsional) dalillash san’atidan foydalanib asoslashga harakat
qilganlar. Sofistlar munozara va muzokarada foydalanish mumkin bo‘lgan ayyorlik
va mug‘ombirlik, makkorlik usullaridan foydalanib borliqni tushuntirganlar. Shu
holatga boshqalarni ham yetaklaganlar. Ularning yirik vakillari Gorgiy, Frasimax va
Protogorlardir.
Gorgiy taxminan miloddan avvalgi 483-375-yillarda yashagan va mashhur
notiq edi. Uning “Tabiat to‘g‘risida yoki mavjud bo‘lmagan narsa to‘g‘risida”,
“Palamedni yoqlab” asarlari bo‘lgan. Frasimax Sokrat zamondoshidir. Miloddan
oldingi 470-yillar atrofida tug‘ilgan, deb taxmin qilinadi. Frasimax o‘zining huquq
va adolat to‘g‘risidagi qarashlari bilan barchani lol qoldirgan. Huquq zo‘rlarga
xizmat qiladigan narsadir. Huquq bu kuch qudratdir. Bunday tushunchaga zid
keladigan fikr ahmoqona go‘llikning o‘zi xolos deya, ta’kidlagan u. Protogor
miloddan avvalgi 480-410-yillarda yashab ijod qilgan. Uning fikrlaridan biri..,
“Inson qanday bo‘lsa shu holida mavjud bo‘lgan jamiki narsalarning borligi va
yo‘qligi bilan ma’lum mavjud narsalarning mezoni hisoblanadi.” Yana quyidagi
fikrni bildiradi: “Xudolar to‘g‘risida men ularning na mavjudligi, na mavjud
emasligi yoki ularning qanday tusda ekanligi haqidagi bilimga ega bo‘la olmayman
chunki ko‘p narsa: idrok etilmaslik va inson hayotining qisqaligi bilishga to‘sqinlik
qiladi”. Uning “Tangrilar haqida”, “Mohiyat haqida”, “Davlat to‘g‘risida” va boshqa
asarlari bor.
Sofistlar etika, ijtimoiy fanlar va epistemologiya bilan aloqador bo‘lgan
sohalarni baholashda ilg‘or bo‘lganlar. Bunday fikrlar hozirgi davrda ham dolzarb.
Chunki bu muammoli sohalardir. Ularning fikrlarida nisbiylik va mutloqlik, huquq
va hokimiyat, al’truizm; individ va jamiyat; aql-idrok va his-tuyg‘ular kabi atamalar
mavjud bo‘lganki, bular haqida hozirgi faylasuflar ham fikr yuritadilar.
Misr, Bobil, Hind falsafiy ildizlari bilan bog‘liq xususiyatlar
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, eng qadimgi falsafiy fikrlar Sharqning
Bobili(Vaviloniya)da eramizdan oldingi to‘rtinchi ming yillikning boshlarida paydo
bo‘lgan. O‘sha davrlardayoq odamlarning olamda ro‘y berib turadigan xilma-xil
hodisa va jarayonlariga bo‘lgan munosabatlari hamda qiziqishlari, eng sodda bo‘lsa-
da, falsafiy qarashlarda namoyon bo‘la boshlagan. Vaviloniyadagi o‘sha davrning
mashhur asarlaridan biri, “Gil’gomesh haqidagi doston” bo‘lib, unda tuproq, suv,
havo, issiqlik inson hayoti va tirikligining asosiy va abadiy manbasi, deya e’tirof
etilgan. Boshqa xalqlarning ham bunga o‘xshagan asarlari, ertak va sarguzashtlari
mavjudki, ularning bir-biriga yaqinligini sezamiz. Shu ma’noda jahon
madaniyatining tarkibiy qismi hisoblangan falsafa fani dunyoviy asoslar yordamida
shakllangan. Demak, falsafa bir millat, bir xalq, bir mamlakat falsafasi bo‘lmay balki
turli davr va sharoitlarda yashab ijod etgan, yashab kelayotgan barcha xalqlarning
butun insoniyatning ma’naviy, madaniy boyligidir. Uzoq asrlar davomida
shakllangan, to‘ldirilgan muammolari yangilangan hamdir. Dunyo mutafakkirlari,
allomalari, donishmandlari, shoir va yozuvchilarning mahsulidir. Nemis, fransuz,
yapon, o‘zbek falsafasi deganda, ularning falsafaga nisbatan nisbiyligini e’tirof etish
zarur. Dunyo fani bo‘lgan falsafaga har bir xalq, har bir millat o‘z hissasini qo‘shadi,
xolos. Bu hissa orqali falsafaning umumiy jihatlari boyiydi, taraqqiy etadi,
rivojlanadi. Shu sababli ham, Sharq va G‘arb falsafasi aloqada va bog‘lanishdadir.
Zero, har bir qo‘llanma va darsliklarda, risolalarda, ilmiy maqolalarda umuminsoniy
fikrlardan foyda- lanadilar. Shu o‘rinda qadimgi Sharq va antik G‘arb dunyosining
falsafasini o‘rganish ayni muddaodir. Bu davrlardagi falsafiy fikrlarni o‘rganish har
bir insonni ma’naviy boyitadi, fikrini o‘tkirlashtiradi, tabiat va jamiyatning
faoliyatini bilishga undaydi. Falsafiy xulosalar chiqarishga yordam beradi. Falsafiy
qarashlar orqali o‘sha zamon madaniyati, hayoti, davlati, jamiyati o‘rganiladi.
Insonlarning turmush tarzi solishtirilib, ma’lum bir fikrga kelinadi. Tarixiy xotirasiz
kelajak yo‘q, deb bejiz aytilmagan. Insonlar o‘z kelajagini belgilashda oldingi
faoliyatni bilmasalar, tuzatib bo‘lmas kam- chiliklarga yo‘l ochadilar. Demak, antik
dunyodagi, qadimgi Sharq mamlakatlaridagi falsafiy merosni o‘rganish kelajak
poydevorini o‘rnatishga yordam beradi. Uning ilmiy, madaniy, axloqiy tomonlari
borki, kelajak avlod undan bahramand bo‘ladi. Ularni o‘rganish zaruriyatdir.
Qadimgi grek falsafasini rivojlantirishda Sokrat alohida o‘rin tutadi. U
miloddan avvalgi 469-yilda tug‘ilib 399-yilda vafot etgan. Uning ta’limotida ham
epistemologik (epistemologiya-bilim, uning tuzilishi, tuzilmasi va rivojlanishini
o‘rganadigan falsafiy- metodologik ta’limot) va etnik- siyosiy muammolar markaziy
o‘rinni olgan. U sofistlarning ko‘p qarashlarini rad qilgan. Uning falsafasida
umumiy ne’mat-(oliy ezgulik) va adolat hisoblanadigan qadriyatlar va me’yorlar
mavjud. Sokrat falsafaning bilish muammosini hal etishga intildi. Uning talqinida
bilim- bu bizning o‘zimiz va o‘zimiz o‘zimizning mavjudligimizni ko‘radigan
vaziyatlar haqidagi bilimdir. Sokrat falsafasida shu narsa xarakterliki, u bilimni
tajribaga murojaat etish yo‘li bilan izlamagan. U bilimni tushunchalarni tahlil etish
yo‘li bilan o‘zlashtirishga harakat qilgan va boshqalarni ham shunga chaqirgan.
Sokrat falsafasida adolatlilik, mardlik, sahovatlilik, yaxshi hayot tushunchalari
markaziy o‘rinni olgan.
Falsafa tarixida yana bir grek faylasufi Platondir. Qarama-qarshi falsafiy
fikrlar asosida Platon falsafasi paydo bo‘ldi, (Platon eramizdan avval 427-349-
yillarda yashagan). Afina aristokra- tiyasining vakillari platonchilar idealistik
karashni oldinga surdilar. Platon falsafasi asosida g‘oyalar yotadi. Uning fikricha
narsalar asosida g‘oya yotadi, sezgi qabul qiladigan narsa, ideya dunyosining
ko‘lankasidir.
Platon fikricha, hayotda bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan g‘oyalar mavjud
bo‘lib, bu g‘oyalar o‘zgarmaydi, ya’ni sezgi organlarimizda ifodalangan narsalar
paydo bo‘lishi va yo‘qolishi bu doimiy o‘zgaruvchan emasligidir. Eng oliy g‘oya bu
xudo to‘g‘risidagi g‘oyadir. Bu narsa idealizm bilan dinning birligini ko‘rsatadi.
Platon bilish nazariyasini ham idealistlarcha tushuntirdi. Uning fikricha,
bilim-g‘oyalar orqali paydo bo‘ladi, tasavvur narsalar orqali hosil bo‘ladi. Abstrakt
tafakkurni sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan g‘oyalar dunyosida yashovchi, ruhni
“eslash” jarayon natijasi, deb tushuntirdi. Platon bilish bu-eslashdir degan g‘oyasini
o‘rtaga tashladi. U dialektikani ilohiy bilimning mantiqiy nazariyasi, deb hisoblaydi.
Umumiy tushunchaning ahamiyatini ta’kidlashi, kishi tafakkurining faol rolini
(idealistik bo‘lsa ham) ishlab chiqishi Platon dialaektikasining ratsional mag‘zini
tashkil etadi.
Platon “ideal davlat” ta’limotini ma’qullab, uni uch tabaqaga:1) davlatni idora
qiluvchi faylasuflar,-dono; 2) davlatni ichki va tashqi dushmanlardan asrovchi
qo‘riqchi askarlar-jasoratli; 3) jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi dehqonlar,
hunarmandlar itoatkorlarga bo‘ladi.
Qadimiy
yunon
faylasuflaridan
yana
biri
bu
Aristoteldir.
Aristotel’(eramizgacha 384-322-yillar) fanlar klassifikatsiyasini birinchi bo‘lib
tuzib berdi (falsafa, matematika, fizika). Uning fikricha, falsafa borliq to‘g‘risidagi
fan, matematika va fizika borliqning ba’zi xususiyatlari to‘g‘risidagi fandir.
Aristotel’ Platonning davlat nazariyasini tanqid qildi va quldorlik tuzumini tan
oldi. U falsafa fanini amaliy faoliyatdan ajratib oldi, ya’ni bilim moddiy manfaatdan
yiroq bo‘lsa, ilmiyroq bo‘ladi, deydi. Aristotel’ obyektiv tabiatni bilishni, bilimning
asosiy sharti deydi, lekin u izchil materializm pozitsiyasiga o‘ta olmadi. Materiya
Aristotelning fikricha, passiv imkoniyat, shakl faol o‘zgarish manbaidir. Materiya
bilan harakat o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatib, harakat, o‘zgarishning manbai
ekanligini aytsa-da, lekin harakat, buyumlarning ichki ziddiyatlarida ekanligini
ko‘ra olmadi.
U bilish jarayonini materialistik asosda tushuntiradi. Bilish manbai tabiatning
o‘zidir, deb obyektiv borliqni qo‘yadi. Sezgilar orqali olingan hissiyot narsa va
hodisalar obrazidir, deydi. Lekin sezgini chegaralab qo‘yadi. Ya’ni sezgilar umumiy
shaklni, ya’ni shakllar shaklini-xudoni bilishga imkon bera olmaydi.
Aristotel sezgilar asosida topilgan bilimni tafakkur orqali hosil qilingan
bilimdan ajratib qo‘yadi. Aristotel kategoriyalar klassifi- katsiyasini ishlab chiqdi.
Ayrim dalilar umumlashtirilishidan umumiy xulosa chiqishni deduktiv mantiqni
ta’rifladi. Aristotel’ imkoniyat va voqelik, materiya va shakl, mohiyat va hodisa
kategoriyalarini dialektik asosida tushuntirishga urindi, lekin to‘la dialektik asosda
hal qila olmadi. Din arboblari uning dialektikasini uloqtirib, metafizikasini olib
qoldilar.
Qadimgi Gretsiyada eramizdan oldingi II asr oxiri I asrning boshida Demokrit
tarafdorlari ko‘proq materialistik fikrlarni olg‘a surdilar.
Demokrit (eramizdan oldin 460-370-yillarda yashagan) ensiklopedik olim edi.
Demokrit atom ko‘zga ko‘rinmaydi, deb harakat bilan materiyaning bir-biriga
bog‘liqligini ko‘rsatadi. Demokrit olam cheksiz dunyo, yer bir sayyora, deydi. Olam
uning fikricha, bo‘shliq bo‘lib, fazoda atomlarning to‘qnashishi natijasida turli
dunyolar kelib chiqqan. Bu dunyolar paydo bo‘ladi, yo‘qoladi deydi. Olam haqidagi
fikrida ateistik qarashlar bor, u yerda zaruriyat mavjuddir, deydi. Demokrit diniy
xurofotlarga qarshi tan bilan ruhning o‘lishini ko‘rsatadi. Undan tashqari bilish
jarayonining dialektik bosqichini materialistik asosda tushuntirdi. Bilish jarayonida
birinchi bosqich sezgi, deb biladi. Sezgi organlarimizga ta’sir etib, ongimizda
tasavvur paydo qiladi. Bilim uchun tafakkur kerak, deb o‘rgatadi.
Demokrit materializmi ateizm tarixida ham katta rol’ o‘ynadi. Uning fikricha,
xudoga ishonish kishilarning tabiat kuchlari oldidagi ojizligidir. Demokritning
siyosiy, iqtisodiy qarashlari ham demokratik edi. Falsafada ikki yo‘l “Demokrit
yo‘li” bilan “Platon yo‘li” orasida kurash ketgan.
Demokrit yo‘lini tutganlardan biri Epikurdir (341-270). U, kishi baxtiyor
bo‘lishi uchun tabiat va uning qonuniyatlarini bilishi kerak, deydi. Falsafani uch
qismga fizika, logika (kanonika) va etikaga bo‘ladi. Epikur fizikasida atomizm
himoya qilinadi va uni rivojlantiriladi. Atomlarning birlashuvini o‘ziga xos erkin
irodaning oqibati, deb ko‘rsatadi. Garchi bu fikr idealistik harakterga ega bo‘lsa-da,
stixiyali ravishda materiyaning o‘z ichidagi harakatini e’tirof etadi.
Epikur ham bilishning birdan- bir manbai sezgilarda, deb biladi. Uning bilish
nazariyasi oddiy, lekin materialistik xarakterga egadir. U ham xudoni inkor etmaydi,
balki tabiat mahsuli deb biladi.
Gretsiya falsafasining yana bir vakili rimlik Piy Lukretsiy Kar(99-55)dir. U
Epikur ta’limotini davom ettirdi. Qadimgi materialistlar singari Lukretsiy ham
materiyaning obyektivligini ilmiy ravishda tushunish darajasiga yetmadi. Lukretsiy
narsalarning sifatini obyektiv xarakterga egaligini, fazo va vaqt masalasini ham
materialistlarcha tushuntirdi. Sezgi masalasini ham to‘g‘ri hal qilgan. Uning
falsafasi feodalizm jamiyatining tarixiy kelib chiqishi va tarixiy taraqqiyotning
oldinga surilishidan darak berar edi. Feodalizm jamiyatida sinf, ijtimoiy tabaqalar
o‘rtasidagi to‘qnashuvlar ideologiya kurashida o‘z ifodasini topdi. Feodalizm
davrining ideologiyasi din edi. Shuning uchun bu davrda qarashlar ham diniy tusda
bo‘lardi. Rimda feodalizm davrida, idealizmning turli oqimlari, materializm va
ateizmga qarshi kurashdilar. Ular – skeptitsizm, agnostitsizm, neoplatonizmlardir.
Obyektiv idealizm, Aristotel idealizmi va metafizik ta’limotning davomi edi.
Falsafa tarixida Ellinizm oqimi ham o‘zining falsafiy fikrlari bilan ajralib
turadi. Janubiy Italiyadagi Eliya shahri nomi bilan bog‘langan. Eramizgacha bo‘lgan
VI asrning oxiri V asrning boshlarida paydo bo‘lgan. Ellinistlar ta’limotining
asoslanishida Parmenid va uning shogirdi Zenon Eleyskiylarning xizmati katta
bo‘lgan. Ellinizmni paydo bo‘lishida pifagorchilar va Ksenofon fikrlari ta’sir qilgan.
Ellinizm ta’limotida insonlar olamni tarki dunyo qilish emas, balki o‘zlarida
burch va xarakterni tarbiyalash uchun harakat qilishi lozim. Shu bilan birga bu
oqimning tarafdorlari xudo haqidagi xalq faoliyatini tanqid qilganlar. Ksenofonning
fikricha, xudoni, xalqni o‘zi yaratgan. Aslida xudolar odamlarni o‘zidan farq
qilmaydi. Ksenofon Gomer va Gesiodlar tomonidan xudoning tasvirlanishi bu
axloqsizlik va haqiqatdan uzoqlashishdir, deb ko‘rsatdi.
Ksenofonni tushunishicha efioplarni xudosi qora, frakiylarning xudosi esa
ko‘kko‘z va ularning sochi qo‘ng‘ir rangdadir. Agar xo‘kizlar, otlar, sherlar ham
tasviriy san’at bilan shug‘ullanganida, ular ham o‘zlariga o‘xshagan xudolarni
tasvirlab chizgan bo‘lardilar. Xudoning insonlar bilan umuman aloqasi yo‘q.
Bundan tashqari xudo harakatsiz. Xudo sharsimondir. Bu fikrlar eleyliklar
tomonidan qayta tahlil qilindi va ba’zilar ularning ta’limotini rivojlantirdilar.
Demak, ellinizmning asosichisi Ksenofondir. Ammo u Eleyda tug‘ilmagan.
Tug‘ilgan joyi Kolofondir. Kolofon shahrini persidlar bosib olgandan so‘ng
Ksenofon o‘z shahrini tashlab darvesh sifatida safar qilib yuradi. U shoir va
ashulachidir. So‘ngroq Eley shahrida muqim topadi va ijod qiladi. Uning safdoshlari
Parmenid, Zenon va Melisslardir. Ular ham Ksenofon ta’limotini targ‘ib qildilar va
falsafada Ellinistlar deb atala boshlanadi.
Ellinistlar ta’limotining davomchilari Stoiklar oqimidir. Bu oqim qadimgi
Rimda paydo bo‘lgan. Stoiklarning vakillari sitseron, (eramizdan avvalgi 106-43-
yillar) Seneka (eramizdan avvalgi 4 milodiy 65-yillar), Epiktet (taxminan 50-138-
yillar), Mark Avreliy (121-180-yil)lardir. Ular qadimgi greklarning ta’limotiga
suyanib faoliyat ko‘rsatdilar. Ularning fikricha, insonlar guruhlarning organik qismi
emas, balki umumiy davlat ichidagi individdir. Umumiy huquqning subyektidir.
Insonlar oliy kosmosning bir qismidir. Inson tafakkuri olamning tafakkuriga dahldor
bo‘lganligi uchun olam tafakkuri inson tafakkuriga aloqadadir.
Stoiklar ta’limoti, aniqroq aytilsa, shaxsiy baxtni ta’minlashga qaratilgan.
Ular har bir insonga tashqi holat va kuchlardan erkin bo‘lishni tavsiya etadilar. Agar,
deydi ular, biz o‘zimizning shaxsiy quvonch va baxtimizni qurmoqchi bo‘lsak,
imkoniyati boricha nazorat qilinmaydigan tashqi omillardan ozod bo‘lishni
o‘rganishimiz va o‘zimiz nazorat qilaoladigan, o‘zimizning ichki olamimiz ichida
yashashni o‘rganishimiz kerak. Demak, ularning (Stoiklarning) fikricha, inson baxti
biron-bir tashqi noz-ne’matga bog‘liq emas. Quvonchli, baxtli hayotning manbai,
uning asosiy sharti – ezgu hayot kechirishdir. Ezgulikning asosi bilimli bo‘lishdir.
Stoiklarning asosiy maqsadlari shular edi. Bu esa keyinchalik paydo bo‘lgan
tasavvufchilar ta’limotiga o‘xshaydi. Sababi, stoiklar ham kiniklar ham jamiyatdan
uzoqlashib, sodda va bir qadar ibtidoiy hayot kechirishni targ‘ib qilganlar.
Kiniklar antik davrdagi Sokrat maktablaridan biridir. Kiniklarning vakillari
Antisofin, Diogen, Sinopskiy, Kratet va boshqalar. Stoiklardan Seneka “Sen bilan
nimaiki ro‘y bermasin barini xuddi o‘z xohishing bilan ro‘y berayotgandek qabul
qilishing kerak. Shuning uchun sen hamma narsa xudoning irodasi bilan ro‘y
berayotganini bilgandek xohlashing kerak”, deb yozgan edi. Bu fikri bilan Seneka,
insonda tashqi olamga axloqiy-asketik munosabat va ichki his-tuyg‘uni
shakllantirish va tarbiyalashni orzu qilgan. Ya’ni inson o‘z taqdirida tashqi
o‘zgarishlarga nisbatan xotirjam – stoik bo‘lishi zarur. Stoitsizm o‘sha vaqtda oliy
tabaqalarning quroliga aylangan. Rimning oliy tabaqalari bu ta’limotdan insonlarni
burch va vazifalarini tushuntirishda foydalanganlar. Rim imperiyasiga xizmat
qildirganlar. Qadimgi Rimda sitseron ta’limoti ko‘zga tashlandi. Uning falsafiy
fikrlarini aks ettirgan asarlar keyinroq, O‘rta asrlarda diqqatga sazovor bo‘ldi. Rimda
epikurizm, kiniklar, sofistlar, stoiklar ta’limotlari paydo bo‘lganligi va davom
etganligi Rim imperiyasining rivojlanishiga olib keldi. Bu oqimlarning fikrlari Rim
mafkurasini tashkil topishida muhim manba bo‘lib xizmat qildi. Siyosat, huquq,
demokratiya, davlat boshqaruvi sohasidagi falsafiy fikrlarni o‘rtaga qo‘yishiga
sabab bo‘ldi.
Qadimgi davr falsafasining rivojlanishi ko‘proq xristianlik dinining paydo
bo‘lishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, xristianlik dini birinchi asrda Falastin hududida
paydo bo‘ldi. Bu din eramizning V asrgacha Rim imperiyasini geografik hududida
tarqaldi. So‘ngroq esa Sharqiy Suriya, Armaniston, Efiopiya mamlakatlariga
tarqaldi. Ayniqsa, birinchi ming yillikning ikkinchi yarmiga kelib dunyoning
ko‘pchilik mamlakatlarida ham shakllandi. Xristianlikning shakllanishi bilan
iudaizmning ko‘pgina xususiyatlari inkor etildi. Mazkur din o‘z xarakteri bilan
yakkaxudolikni targ‘ib qildi. Xristianlik tarafdorlari azob-uqubat ko‘rish tabiiy
bo‘lib, kelajakda esa narigi dunyoda hur farovonlikka erishiladi. Bu hayot
qiynoqlariga bardosh berish insonning burchidir, deb targ‘ib qildi. Ularning fikricha,
borliqni faqat xudoning o‘zi boshqaradi. Unda kuch-quvvat, bilim, zakovat, ijod,
bunyodkorlik mavjud. Insonlar esa xudoning ijodidir. Xristianlikning asosiy g‘oyasi
xudo-odam-Isus Xristos faoliyati bilan bog‘liq. Xristianlikning aqidalari, e’tiqod
talablari huquqiy, axloqiy normalari cheklanish va taqiqlar Bibliya hamda boshqa
muqaddas kitoblarda o‘z ifodasini topgan. Bu dinda ko‘rsatilishicha, Xristos
o‘zining qiynoqlarga chidamliligi bilan dunyo zulmini yengadi va insonlarning
gunohlarini o‘ziga oladi. g‘am-g‘ussalardan qutultirish uchun o‘zini qurbon qiladi.
Xudoning amriga bo‘yinsunmagan insonlar Alloh sharafiga muyassar bo‘la
olmaydilar. Xristianlik insonlardagi sabr-chidamlilikni, qiynoqlarga tan berish kabi
sohalarga birinchi o‘rinni beradi. Rim imperiyasida davlat diniga aylantirilgan.
Tarixiy taraqqiyot ta’sirida (Rim imperiyasining G‘arbiy va Sharqiy) bu din ikkiga
bo‘lingan. Bular: xristianlik cherkovining katolitsizm (G‘arbiy qismi), pravoslaviye
(Sharqiy qism)larga ajralgan. Bunday bo‘linish 1054-yilda sodir etilgan bo‘lsada,
lekin bu jarayon XIII asrning boshlarida tugatilgan. Xristianlik Rossiyada X asrning
oxirida Vizantiyaning ta’sirida tarqalgan.
Ilk o‘rta asr G‘arb falsafasi rivojlanishining umumiy belgilari. Ilk o‘rta
asrlar falsafiy tafakkurida apologetika va patristika.
Sxolastika. Nominalizm va realizm.
Eramizning IV asri oxirida Rim imperiyasi ikkiga bo‘linib ketdi. Shu
munosabat bilan xristianlik dini davlat diniga aylandi. Ayni shu davrlarda (375-568)
ro‘y bergan german qabilalarining ko‘chishi G‘arbiy Rim imperiyasining barbod
bo‘lishiga olib keldi. Antik davr tugab O‘rta asrlar boshlandi.
Ellada-Rim davridagi ijtimoiy shart-sharoitlar o‘sha davr siyosatidan
muayyan darajada chekinish va nazariy falsafaga bo‘lgan qiziqishning yo‘qolishiga
olib keldi. Aytish lozimki, antik davrning tugashi insonlar faoliyatida muhimroq
bo‘lgan jarayonlarni izlab topishga majbur qila boshladi. Insonlar turmush
qiyinchiliklari sabablarini endi dindan axtara boshladilar. O‘sha davrda rivojlangan
neoplotonizm va tugab borayotgan stoiklar qarashlari xristianlikning keng
tarqalishiga sabab bo‘la boshladi. Xristianlik o‘z mohiyati jihatidan insonlar
faoliyatiga qaratilgan edi. U har bir kishiga najot izlashga yordam berardi. O‘sha
davrdagi insonlar siyosiy huquqsizlik, moddiy nochorlik va jismonan azob-
uqubatlar, yovuzlik va johillik hukmron bo‘lishidan qat’iy nazar, yaxshi yashash
umidini yo‘qotmasdi. Hech bo‘lmaganda shunga intilardilar. Bu dunyodagi hayot,
xristian dinining targ‘iboticha, dramatik tarixiy jarayonning bir qismi bo‘lib, uning
oxirida har kishini bu hayotdagi nohaqliklar va ko‘rilgan jabru sitamlar uchun
kelajakda odil mukofoti bor. Chunki, barcha holatlarni sezuvchi tangri taolo
barchani yaratuvchisi sifatida o‘zi mehribonlik qiladi. Ana shunday g‘oyalar asosida
O‘rta asrning boshlarida Aristotel ta’limoti xristianlik bilan sintezlashtirildi va
xristian dini hukmron bo‘la boshladi. Oldingi mavzularning birida ta’kidlanganidek,
xristian dinining ikkiga: “katolik” va “protestantlik”ka bo‘linishi yagona
mafkuraning yemirilishiga olib keldi. Bu bo‘linish xristianlik teologiyasini keltirib
chiqardi. Teologiya noxristianlarning e’tirozlarini himoya qilishga qaratildi. Grek
faylasuflari uchun inson umuman va butkul kosmosda boshqa jonivorlar bilan birga
bo‘lgan mavjudot hisoblanadi. Insonlar muayyan darajada yuqori turuvchi ammo
alohida, imtiyozli o‘rinni egallamagan mavjudot hisoblangan. Tosh va tuproq,
o‘simlik va hayvonlar, odamlar va xudolar bitta tugal olamda mavjud deb
tushunilgan. Xristianlik qoidasiga ko‘ra esa bunday bo‘lmagan. Xudo bu dunyodan
yuqoridagi mavjud shaxs hisoblanadi. Butun borliq- toshlar, o‘simliklar, hayvonu
odamlar xudo tomonidan odamlarning makoni sifatida insonlar panoh topishi uchun
yaratilgan. Olam va odamlar xudoga nisbatan ikkilamchidir.
Inson kosmologik va qadriyatlik jihatidan markaziy mavjudotdir. Hayot
tarixdan iborat bo‘lib u qiyomatga qarab harakatlanadi. Davr o‘tishi bilan
xristianlikning g‘oyalari falsafadan, jumladan, siyosiy falsafadan ham o‘rin ola
boshladi. Bu g‘oyalar asosida dunyoviy institut va cherkov institutlari paydo bo‘ldi.
Cherkovlar davlat qo‘l ostidagi va u davlat tomonidan qo‘llab quvvatlanuvchi
institut sifatida shakllandi. Cherkov davlatning etnik- diniy masalalar bo‘yicha
rasmiy tanqidchisi mavqeini qo‘lga kiritgandan so‘ng, odamlar dunyoviy
hukmronlarni tanqid qilish uchun ma’lum asoslarga ega bo‘ldilar. Bu yevropada
ozodlik g‘oyalarining rivojlanishiga yordam berdi.
O‘rta asrlar falsafiy tafakkurida diniy ta’limotlarning rivojlani- shida
apologetika, patristika, sxolastika kabi yo‘nalishlar ham paydo bo‘ldi. Jumladan,
apologetika (grek tilidan olingan bo‘lib apologe- tikos-himoya qiluvchi) ma’nosini
aglatadi. Bu ta’limot dalilar orqali diniy ta’limotni himoya qilishga intildilar. Shu
sababli ularning ta’li- motini teologiyaning bir bo‘limi sifatida e’tirof etuvchilar
harakati boshlangan. Bu ta’limot katoliklar va pravoslavlar sistemasida ish
yuritdilar. Protestanlar esa ularga qarshi chiqdilar. Apologetika tarkibida ollohni
borliqda faoliyat yuritishini isbotlovchi aql-farosat hammadan oliy ekanligini
isbotlashga urinadilar. Ruhni o‘lmasligi ollohning faoliyatiga taalluqli ekanligini
targ‘ib qildilar. Xulosa qilib aytganda, apologetikaning faolyati ratsionalizim va
irratsionalizm ko‘rinishida diniy ta’limotni oqlashga harakat qilganlar.
Yana shunday oqimlardan biri bu-patristika oqimidir. Patristika so‘zi lotin
tilidan olingan bo‘lib-poter-ota, (otets) degan ma’nolarni anglatadi. Xudo haqidagi
xristianlikni targ‘ib qiluvchi ta’limot. 2-8 asrlarda cherkovda xizmat qiluvchilar
avliyo otalar (bilim beruvchilar) deb tanilgan. Ushbu ta’limotda xristian
avliyolarining ilohiyotga oid falsafiy, ijtimoiy siyosiy qarashlar aks etgan-Patristika
atamasi “avliyo otalar adabiyoti” atamasi bilan ham mashhur. Ushbu ta’limotning
asoschilari qatorida Origen, Aleksandriyalik Kliment, Buyuk Vasiliy, Ioann
Zlatoust, Vizantiyalik Leontiy, Avliyo Avgustin va boshqalarni ko‘rish mumkin.
Patristikaning asosiy mavzusi: uchlik mavzusidir. Ya’ni uch ko‘rinishda xudoning
yagonaligi ifodalanadi. Xudo-ota, Xudo-o‘g‘il, Xudo-muqaddas. Patristikada Iso
payg‘ambarning ikki tabiati-ilohiy, insoniy xususiyati madh etiladi. Cherkov
yig‘inlarlarida mazkur soha mavzu qilib olingan. Ammo bunday mavzuga e’tiroz
bildirganlar ham bo‘ldi. Bular cherkov reformatsiyasi asoschilari M.Lyuter va
J.Kalvinlardir. Shunday bo‘lishiga qaramasdan Patristika asarlari Bibliya bilan bir
qatorda turib Xristian dinining asosiy manbasi hisoblanadi. Yana bir oqim
sxolastikadir.
Sxolastika oqimi ham o‘rta asrlarda faoliyat yuritgan ta’limotlardandir. Grek
tilidan olingan bo‘lib maktab ma’nosini bildiradi. Bu ta’limot tarafdorlari diniy
dunyoqarashning nazariy jihatdan asoslashga uringanlar. Sxolastik ta’limot antik
dunyo faylasuflari Platon va Aristotel’ g‘oyalariga ko‘proq asoslangan. Sxolastika
ta’limoti bir necha davrlarga bo‘linadi. Neoplatonchilik ruhida Ioann Skot Eriugena,
Ansel’m Kenterberskiy, Ibn Rushd, Ibn Sino kabi mutafakkirlar ham fikr
bildirganlar. 14-15 asrlarda xristian Aristotelizm yuqori pog‘oniga ko‘tarilgan 15-
16 asrlarda katoliklar va protestantlar birgalashib reformatsiyaga qarshi chiqishlar
ro‘y bergan. Yani davr yevropa filosofiyasi sxolastik ta’limotini tanqid qilganlar.
Ana shunday bir sharoitda yangi falsafiy oqimlar paydo bo‘la boshladi. Shular
jumlasiga nominalizm va realizmni olish mumkin.
G‘arbiy Yevropa falsafasida ikki oqim – nominalizm, realizm orasida kurash
davom etdi. Realizm
–
sxolastika, diniy qarashdir. Nominalizm – o‘z
davrining progressiv qarashi edi. Ular orasidagi kurash umumiy tushuncha –
universallar masalasi uchun kurash edi. Realizm vakili Duns Skot fikricha,
tushuncha real mavjud mohiyatga ega, u birlamchi, narsalar ikkilamchi, tushuncha
mangu, narsalar vaqtincha.
O‘rta asr realizmi idealizmning ifodasi katolitsizm, sxo- lastikaning falsafiy
asosi edi. Foma Akvinskiy Aristotel falsafasi orqali xristianaqidalar tizimini nazariy
asoslashga urindi. Aristo- telning materialistik, progressiv qarashlarini olib tashladi.
F.Akvinskiy shakl bordir, shakl birlamchi, jon o‘lmas, tana esa halok bo‘ladi. 1.
Tabiatdan tashqari aql bor. 2. Tabiiy kishini aqli bor. Bu xristianlik falsafasining
asosidir, deb fikr yuritdi.
Feodalizm davrida falsafa o‘zining yangicha bosqichiga ko‘tarildi. Foma
Akvinskiy (1225-1274) katolik dini ideologiyasini ishlab chiqdi. Ya’ni uning
ideologiyasida falsafa va dinning maqsadi xudoning mavjudligini isbotlashdir.
Undan tashqari jamiyatdagi tengsizlikni ham xudodan, deb biladi.
O‘rta asrda diniy ideologiya asosiy hukmron bo‘ldi. Lekin materialistik va
ateistik qarashlarni tamomila tugata olmadi. O‘rta asrda materializm bilan idealizm
o‘rtasidagi qarama-qarshilik realizm bilan nominalizm o‘rtasidagi qarashda
ifodalanadi. Nominalistlar fikricha, yakka yakka narsalar, ularning xususiyatlari
obyektiv mavjud. Ular birinchi, tushuncha ikkilamchi. Tabiat bo‘lmaganda ularda
tushuncha ham bo‘lmasdi.
Nominalistlar va realistlar tushunchalarni umumlashtirishning haqiqiy
mohiyatini, ya’ni narsa va hodisalardagi mavjud hodisalar bizning ongimizda aks
etganligini tushuntirdilar, ammo ayrim va umumiy hodisalar orasidagi bog‘lanishni
birga emas, qarama-qarshi qilib qo‘ydilar.
G‘arb Uyg‘onish davri va falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari
Jamiyat moddiy hayotning o‘zgarishi, ishlab chiqarish kuch- larining taraqqiy
etishi feodal ishlab chiqarish usulida revolyutsion o‘zgarishning zarurligini keltirib
qo‘ydi. Ishlab chiqarish kuchlarining o‘sishi feodal tuzumini yo‘q qilishga harakat
qila boshladi, bu jarayon burjuaziya revolyutsiyasi bilan tugallandi. Lekin bu
davrdagi falsafiy dunyoqarash shunday keskin kurashlarga duch keldiki,
Kopernikning nazariyasini xudosizlikda ayblash, Djordano Brunoning o‘tda
kuydirilishi, Galileyni qorong‘ulikka uloqtirilishi ham fan va umuman materialistik
falsafaning progressiv taraqqiyotiga to‘sqinlik qila olmadi. Tabiat hodisalarini
o‘rganuvchi tabiiy fanlar shakllana boshladi. Endi tabiat fani bilan, falsafa orasidagi
munosabat o‘zgara boshladi, ya’ni tabiiy fanlarning o‘sishi materialistik falsafaning
o‘sishiga olib keldi.
Kopernik geliotsentrik tizimini ishlab chiqdi. Ya’ni, yer shari o‘z o‘qi atrofida
aylanishi bilan kun va tunni bo‘lishi, Quyosh atrofida aylanishi bilan yil fasllarining
o‘zgarib turishini isbotlab berdi. Ptolomeyning Quyosh sistemasining markazi yer
deyilishining noto‘g‘ri ekanligini ko‘rsatib geliotsentrik sistemani yaratdi. Ptolomey
ta’limoticha, Quyosh yer atrofida aylangandek ko‘rinadi aslida mohiyati unday
emas. Kopernikning progressiv g‘oyalari falsafa tarixida katta rol’ o‘ynadi.
Undan keyingi o‘tgan olim Djardano Bruno Kopernik nazariyasidan
materialistik xulosa chiqardi. Bruno dinga qarshi kurashuvchi progressiv olim edi.
Bruno fikricha, olam hisobsiz yerlar, quyoshlar sistemasidan iboratdir. Lekin, Bruno
yashagan davr uning progressiv fikrlarini rivojlantirishga yo‘l qo‘ymadi. Uning
faoliyati inkivizatsiya katolik cherkovi sudi davridagi sudda qoralanib o‘zi esa
o‘ldirildi.
Yangi va yangi davr falsafasining ustuvor yo‘nalishlari. Asosiy muammolar
Yangi davr falsafasi XVI-XVII asrda Angliyada kelib chiqdi. Angliya
materializmining asoschisi F.Bekon(1561-1626) edi. Bekon falsafasi Angliya
burjuaziyasining intilishini ifodalaydi. Bekon tajribaga asoslagan bilim haqiqiy
bilim, deydi. Undan tashqari inson tabiatini o‘rganishi va o‘ziga bo‘ysundirishi
kerakligini uqtirdi. Dunyoda bilimning asosiy quroli tajribadir, deydi. Bilim
jarayonida tafakkurning, nazariyaning rolini inkor etmaydi. Narsa va hodisalarning
sababiy bog‘lanishini aniqlash haqiqiy bilim garovidir, deydi. Elementlarning sifat
muayyanligini ta’kidlaydi. Materiya bilan harakat o‘rtasidagi uzluksiz bog‘lanishni
e’tirof etadi. Bekon falsafasida dialektika elementi bo‘lishiga qaramay, uning
materializmi asosan mexanistik edi.
Angliya materializmining ikkinchi vakili Tomas Gobbs(1588- 1679) bo‘lib,
uning falsafiy qarashlari Bekonnikiga o‘xshardi. Bekonning dinga yondoshgan
tomonlarini tuzatib, uni rivojlantirdi. Gobbs falsafasi mexanistik, metafizik tusda
edi. Gobbs moddiy dunyoni bir-biridan real bilib, falsafaning predmeti shu olamni
o‘rganishdir, deydi. Gobbs taraqqiyotni faqat miqdor o‘zgarishlaridir, harakat esa
mexanistik tashqi turtki natijasidir deydi. U moddalarning xossalari, sifati yorug‘liq,
hid, rang, issiqlika xos bo‘lmasdan balki tasavvurlarimizdan iborat, deb tushuntiradi.
Gobbsning materialistik qarashlari uning tafakkur bilan materiya haqidagi fikrda
ko‘rinib turadi. Tafakkur materiyadan ajralgan holda mavjud bo‘lmaydi, degan edi,
u.
Gobbs bilish nazariyasida moddiy dunyoning kishiga ta’sir qilishi natijasida
hosil bo‘lgan hissiyotlar to‘g‘risida to‘g‘ri fikr bergan. Lekin, uning xatosi, tafakkur
mexanistik funksiyani bajaradi, deb izchil bo‘lmagan materializmga yo‘l qo‘yadi.
XVII asrda Fransiya Angliyaga nisbatan ancha orqada qolgan mamlakat edi.
Demak, Fransiya falsafa sohasida ham Angliyaga nisbatan orqada edi. Lekin,
Fransiya o‘ziga xos yo‘llar bilan rivojlandi.
Fransiyada rivojlangan falsafa dualistik tasnifga ega edi. Fransiyadagi
dualistik oqim vakili Rene Dekart(1596-1650) dir, o‘zining “Metod to‘g‘risida
mulohazalar” asarida bilish uslubini yaratishga uringan.
Dekart o‘zining falsafasida matematika aksiomalariga va hatto «xudoning
qudratiga» ham gumonsirash kerak, deydi. Tafakkur Dekart bo‘yicha, birdan bir
voqelik hisoblanadi. U shuning uchun ham «Men tafakkur qilaman, demak men
yashayman» degan qoidasini keltirib chiqardi. Tafakkurni materiyaga qarshi
qo‘yadi. Bu narsa falsafaning bosh masalasini idealistlarcha hal qilishga olib keldi.
Bilish nazariyasida asosiy uslub qilib deduksiyani oladi. Ya’ni tafakkur umumiydan
xususiyga qarab harakat qiladi va mantiqiy yo‘llar bilan haqiqatni ochishga imkon
beradi.
Dekart falsafasidagi dualizm ong bilan materiyaning, tan bilan ruhning
mustaqil yashashini isbotlashda o‘z ifodasini topadi. Dunyoning moddiyligini inkor
etadi va dunyo ikki: ruhiy va moddiy substansiyalardan iborat, deydi Dekart.
Dekart shunday kamchiligi bo‘lishiga qaramay, u falsafa tizimini yaratdi.
Dekart fan sohasida yangi kashfiyotlar ochdi. Masalan, Quyosh sistemasini paydo
bo‘lishi to‘g‘risidagi fikrlar, ya’ni cheksiz olam havo, olov, yerga o‘xshash uch
elementdan tashkil topganligi haqidagi fikrini olish mumkin.
Dekartning dualizmini tanqid qilish asosida Barux Spinoza (1632-1677)
falsafa tizimi vujudga keldi. Spinoza Gollandiya (Benedikt) burjuaziyasining
manfaatini ifodalaydi. Spinoza falsafasi tizimini Dekart rad etib, dunyoning asosida
moddiy substansiya yotadi, deya e’tirof etadi.
Spinoza fikricha, tabiatda ikki substansiyaning bo‘lishi mumkin emas. Undan
tashqari, substansiya o‘zidan tashqaridagi sababga, xudoga bog‘liq emas, balki u
o‘zining sababidir. Substansiya zamonda abadiy, makonda cheksizdir. Spinozaning
substansiya to‘g‘risidagi fikri, cheksiz materiya haqidagi materialistik ta’limotdir.
Lekin shunga qaramay Spinoza substansiya niqobiga o‘rab diniy fikrni yurgizadi.
Uning xudosi dindorlar xudosiga o‘xshamaydi.
Spinoza fikricha, zaruriyat ta’sirida harakat qiluvchi xudo erkin irodaga ega
emas va o‘z oldiga hech qanday maqsad qo‘ya olmaydi, bu narsa tabiatning
o‘zginasidir. Shu davrda vujudga kelgan subyektiv idealistlar (J. Berkli, D. Yum)
dinga yangi yo‘l ochib, materializmga qarshi fikrlarni ilgari surishga harakat
qilishgan edi.
Mari Fransua Arue (1694-1778). Fransuz yozuvchisi, psixologi, faylasufi,
tanqidchisi, publitsisti, tarixchisi. Mari Fransua Aruening taxallusi Volterdir. Parij
teatrining sahnalarida “Edip” tragediyasi shon-shuhrat keltirgandan so‘ng, ya’ni
1718-yildan boshlab shu taxallusni olgan. Volter notarius oilasida tug‘ildi. Oilasi
o‘sha davrdagi aristokratlar davrasida yaxshi maqega ega edi. “Kryostniy”- o‘gay
otasi uni yoshligidan boshlab erkin fikrlashga o‘rgatdi. Kollejda ta’lim oldirdi, lekin
u otasi orzu qilgan yo‘ldan bormadi. Natijada moddiy tomondan o‘g‘ilni otasi
qo‘llab-quvvatlamadi.
Turmush tarzini yaxshilash maqsadida moliyaviy ishlarda qatnashdi. Bu bilan
o‘zining ijtimoiy va ijodiy faoliyatini ham yo‘lga qo‘ydi. Shaxsiy faoliyat natijasida,
kundalik hayotda burjuaziya sinfining feodal tuzumi bilan kelisha olmasligini seza
boshlaydi. Shu bilan birga, diniy faoliyat sir-asrorlari bilan yaqindan tanishadi.
Kelajakda o‘z davridagi feodal tuzum va diniy fanatizmga qarshi kurash boshlab
yuboradi. Siyosiy erkinlik g‘oyasini xalq ommasi o‘rtasida tinmay targ‘ib qiladi. Bu
faoliyat hukmron doiralarida qoralanib, ikki marta (1717,1725) qamaladi. Angliyada
surgunda (1726) bo‘ladi. Umrining talaygina qismini surgunlikda o‘tkazgan.
Angliyada surgun bo‘lmagan davrida, u mamlakatning madaniyati, ijtimoiy hayoti
bilan yaqindan tanishadi. Fransiya hayoti bilan Angliya hayotini solishtirib ko‘radi.
Bu esa Volter faoliyatini revolyutsionlashtiradi. Yirik asarlar yoza boshlaydi:
“Faylasufning maktublari” (1733), “Metafizika to‘g‘risidagi traktat” (1734),
“Nyuton falsafasining asoslari” (1738), “Falsafa lug‘ati” (1764-690), “Johil
faylasuf” (1760), lirika, she’r, poema, drammalaridan: “Genriada”, “Brut”, “Orlean
qizi”, “Sezarning o‘limi” va boshqalar. Bu asarlarning barchasida Volter o‘z
davrining buyuk ma’rifatparvari sifatida shakllandi. Uning bu faoliyati, ayniqsa,
Rossiyada ijobiy baholandi. Rossiyada Volterchilik oqimining kelib chiqishiga
uning ta’limoti asos bo‘ldi. Volter faoliyatining ta’sirida rus ma’rifatparvarlari: P.
P.Popovskiy, S.Ye.Dosnitskiy, D.S.Anichkov, I.Ya.Tret’yakov, A.Ya.Polenov,
Ya.P.Kozel’skiy, N.I.Novikov, D.I.Fonvizinlar ijti- moiy-siyosiy maydonga
chiqqanlar. Bu mutafakkirlar Rossiyadagi feodal krepostnoy tuzumiga qarshi
faoliyat ko‘rsatganlar.
1778-yil 30-may kuni davolab bo‘lmaydigan kasal Volter hayotini to‘xtatdi.
Politsiya uning o‘limni oshkor qilmaslik choralarini ko‘radi. Pe’salarini teatrlarda
qo‘ydirmaydi. Baribir, Volterni xalq esdan chiqarmaydi. Cherkov va hokimiyat
ruxsatisiz Parij yaqinidagi qabristonda dafn marosimi uyushtiriladi. Uning tirikligida
19 ta asarlar to‘plami nashr qilingan bo‘lsa, vafotidan so‘ng 70 tomlik to‘la asarlar
to‘plami nashr etildi. 1791-yilda ta’sis majlisining qarori bilan uning jasadi solingan
tobuti Parijning ulug‘ insonlar qabri Panteonda joylashtiriladi. U qo‘yilgan joyda
insoniyatning aqlini rivojlantirishga qo‘shgan xizmatlari e’tirof etilib, mavqei
haqida fikrlar yozilib qoldirilgan.
Volter materializmning deizm shaklini qabul qilgan faylasufdir. Ma’lumki,
deizm so‘zi lotin tilidan olingan bo‘lib, xudo degan ma’noni anglatadi. Ya’ni bu
so‘zning falsafiy ma’nosi borliqning qiyofasi va mavhum ilk sababchisi xudodir,
lekin u tabiiy va ijtimoiy hayot taraqqiyotiga ta’sir etmaydi, deb hisoblaydigan diniy-
falsafiy ta’limot sifatida shakllangan. Uning asoschisi ingliz faylasufi Cherberidir.
Uning izdoshlaridan biri Volter. Volter ko‘pgina diniy aqidalar, vahiy, xudoning
irodasi tasavvurlarini, marosimlarni inkor etib, vijdon erkinligini targ‘ib qilgan
faylasuf. U fan va falsafani cherkov zo‘ravonligidan, aqlni din tazyiqidan
uzoqlashtirishga
harakat
qildi.
Bu
o‘rinda
Volter,
J.Lokk,
I.Nyuton,
G.V.Leybnitsning faylasuflik ta’limotlarini himoya qildi. Subyektiv idealizmga
qarshi chiqib uni barcha tomonlarini tanqid qildi. Agnostitsizmni qo‘llab-
quvvatlamadi. Metafizik qarashlarning, falsafadagi zararini anglab bu uslubni ham
tanqid qildi. Metafizikani tanqid qilishda u Jon Lokk (1632-1704)ni sensualizmidan
foydalandi. Uning “Tug‘ma g‘oyalar” nazariyasini yuqori baholadi. Chunki, Jon
Lokk ham metafizik ta’limotni kamchiliklarini ko‘rsatib bergan edi. Lokkning
ta’limotida harakat xudo faoliyati bilan bog‘lab tushun- tirilsa ham, ijobiy fikrlar
bayon qilingan edi. U tabiiy din tarafdori bo‘lib, cherkovni davlatdan ajratish
zarurligini, din erkinligini qo‘llardi.
Volter ta’limoti olamni bilishga ham qaratilgan bo‘lib, bilishni cheksiz, deb
hisoblaydi. Bilish insonning sezgilariga bog‘liq. Materiya ong sezgilari orqali idrok
qilinadi. Bu idrok esa tajribaga bog‘liq. Tajriba esa insonlar faoliyatidan kelib
chiqadi. Tabiatni o‘rganish, bilish, tajribaga bog‘liq. Ayniqsa, tabiatni bilishda
matematik tajriba faoliyati muhimdir. Bu o‘rinda u Rene Dekart ta’limotining ijobiy
tomonlariga e’tiborni qaratadi va yuqori baholaydi.
Tafakkur qilish bilishning manbaidir. Bilim esa olamni o‘zgartirishga olib
keladi. Bilish aqliy jihatlarga bog‘liq. Aql, ayniqsa, ilmiy falsafiy bilimlarning kelib
chiqishi va rivojlanishida benihoya muhim rol’ o‘ynaydi. Faqat aqlning yordamida
inson o‘ziga xos zarur bo‘lgan haqiqatga erishishi mumkin. Haqiqat esa bu aql
nuqtai nazaridan aniq, ravshan va shubhasiz bo‘lgan nazariy xulosalardir.
Ilmiybaza.uz
Volter materiyaning ongga munosabatini ham materialist sifatida hal etdi.
Teologiyaning ba’zi bir tomonlaridan foydalanib, materializmni targ‘ib qildi.
Olamda materiyadan boshqa obyekt borligiga shubha bilan qaradi. Materiya tuzilishi
jihatdan har xil bo‘lib, mohiyatan moddiydir. Materiya xususiyatlari ham cheksiz
holda universaldir. O‘tmishdagi ko‘pgina materialistlar singari, Volter ham ongni
materiyaga nisbatan ijodiy xarakterini e’tirof etsada bu materiyaning barcha
turlariga mosdir, degan xulosadan uzoqlasha olmaydi. Uning ta’limotida ham jonli
tabiat bilan jonsiz tabiat, hayvonlar psixikasi bilan inson tafakkuri o‘rtasidagi
chegara aralashib ketdi. Lekin, ong tashqi, moddiy olamning miyada aks etishining
natijasi ekanligini inkor etmadi. Jonsiz tabiatdagi aks etish, jismning boshqa jismlar
ta’siri
ostida
o‘zgarishida
namoyon
bo‘ladi.
Materiya
strukturasining
murakkablashuvi in’ikos ko‘rinishlarini ham murakkablashtiradi. Eng oddiy
jonvorlardagi ta’sirlanuvchanlik oddiy shakldagi in’ikosdir. Ta’sirlanuvchanlik, o‘z-
o‘zini saqlash va nasl qoldirishda muhim rol’ o‘ynaydi. Nerv sistemasiga va miyaga
ega bo‘lgan jonli, ko‘p hujayrali organizmlar evolyutsiyasi jarayonida in’ikosning
psixik shakli vujudga keladi. U organizmning tevarak-atrofdagi muhit bilan signal
tariqasidagi o‘zaro ta’sir etishini ta’minlaydi. Mazkur sohalar Volterning materiya
haqidagi ta’limotidan xulosalar sifatida keltirildiki bu okeandan bir tomchidir, xolos.
Volter faoliyatining markaziy o‘rinlaridan birida insonning ijtimoiy turmush
tarzi turadi. Bunda ham insonni diniy soxtaliklardan uzoqlashtirish lozim, degan
fikrni o‘rtaga tashlaydi. Diniy johillikdan qutulishning birdan-biri yo‘li, uning
fikricha, tabiat qonunlarini bilishdir. Insonning erkin yashashi uchun uni barcha
tazyiqlardan qutultirish lozim. Buning uchun har bir inson o‘zini-o‘zi “sevishi”
kerak. O‘zi uchun harakat qilishi lozim. Boshqa fransuz mate- rialistlari singari
Volter ham inson ijtimoiy muhitning mahsulidir, degan fikrda turdi.
Agar ijtimoiy muhit inson talabiga javob bermasa, bunday ijtimoiy muhitdan
voz kechish lozim. Chunki, insonning o‘zi shu muhitga moslashib qoladi, o‘zgarish
ham bo‘lmaydi. Bu jaholatdir. Sababi, jamiyat olg‘a qarab rivojlanmaydi. Inson va
jamiyat o‘zaro dialektik munosabatdadir. Bu munosabat mavjud bo‘lmasa
rivojlanish ham bo‘lmaydi. Jamiyat inson talabiga javob bermasa, u jamiyatda
axloqsiz kishilar, buzuq niyatlilar, johillar ko‘payadi. Shu sababli bunday yaramas
jamiyatni yangi, takomillashgan jamiyat bilan almashtirish, albatta, zarur. Bu vazifa
faqat ma’rifatning rivoji orqali amalga oshadi.
Volter fikricha, ijtimoiy muhit bu – davlat, siyosiy idoralar va ularni chiqargan
qonunlaridir. Tafakkur jamiyatni boshqaradi. Ta- fakkur rivoji qanday bo‘lsa,
jamiyat ham shunday rivojlanadi. Binobarin, inson irodasi barcha narsaga qodir.
Inson erkin, chunki, o‘z ongiga ega. Hayotda o‘zi to‘g‘risida o‘ylaydigan inson
irodalidir. Borliqning xudosi ham zaruriyatdan kelib chiqqan. Shu bilan birga u
xudolar borasida “ijobiy” xudolarning tasdiqlanmaganligini ta’kid- laydi.
Agar, - deydi u, “xudo bo‘lmaganda edi, uni o‘ylab chiqish mumkin bo‘lar
edi”. Volter falsafasi qanchalik ziddiyatli bo‘lishidan qat’iy nazar insonlarni
ma’rifatga chorlaydi. Volter o‘z faoliyatini faqat, yevropa tarixini o‘rganish bilan
bog‘lab qo‘ymadi. Keyinchalik dunyo mamlakatlari tarixini ham o‘rganishga
kirishdi. Jumladan, Hindiston tarixi to‘g‘risida ham asar yozdi. «Tarix falsafasi»da
tarixni o‘rganish metodologiyasini ishlab chiqdi. A.S.Pushkin iborasi bilan aytganda
Ilmiybaza.uz
Volter tarixni o‘rganishning «Yangi yo‘lini topib, uning yoritgichini aniqlab berdi».
Tarix fanini ilmiy predmet darajasiga ko‘tardi. Tarixni afsonaviy obrazlardan
tozalashga, badiiy tasvirlashlariga chek qo‘yishga intildi. O‘tmishdagi voqealarni
tanqidiy o‘rganishni tavsiya etdi va kelajak uchun turtki berdi. Shu sababli ham, rus
mutafakkiri Plexanov fikricha, Volterning «Tarix falsafasi» tarixni ilmiy talqin
qilish namunasidir. Shu narsa muhimki, tarixini yoritishda ko‘proq xalq faoliyatini
o‘rganish lozim. U tarixchilardan xalqlarning ma’naviy, axloqiy, falsafiy, huquqiy,
siyosiy, ilmiy bilish, san’at va adabiyot sohalarini kengroq yoritishni talab qildi.
Moddiy hayot ravnaqi haqida yozishlarini zarur, deb topdi. Volter fikricha, tarixni
yozishda milliy boyliklar, savdo-sotiq, moliya ishlari hisobga olinmog‘i darkor. U
butun dunyo tarixini yozishda qadimiy mamlakatlar faoliyatiga e’tiborni qaratdi.
Jumladan, yevropa faylasuflari o‘rtasida birinchi bo‘lib, Hindiston, Xitoy, Arab
xalqlari, aborigenlar faoliyatini to‘la yoritishga harakat qildi. U xulosa qiladiki,
tarixni xalq yaratadi. Jamiyatni harakatga keltirishda inson fikrlari muhimdir. Tarix
falsafasini yaratish bilan birga Volter, ijtimoiy falsafani asoslashda ham
birinchilardan bo‘lib maydonga chiqdi.
Yevropa mutafakkirlaridan yana biri Berklidir. U o‘zining “Inson bilishining
asoslari to‘g‘risida traktat” (1710) degan asarida inson bilishining obyektlarini
ko‘zdan kechiruvchi har bir kimsaga bu obyektlar yo haqiqatan sezgilar vositasi
bilan idrok qilinadigan g‘oyalardan, yoki emotsiyalardan his va aql faoliyatini
kuzatish natijasida olgan g‘oyalarimizdan va nihoyat xotira yoki xayolot yordami
bilan hosil qilingan ideyalardan iborat ekanligi ravshandir. Ko‘rish, eshitish hidlash
va boshqa sezgilar qo‘shilib bir narsaning ifodasini beradi”, – deydi.
Demak, Berkli fikricha, narsa “ideyalar yig‘indisi”dan iborat ekan. Uning
fikricha, bularni idrok qiluvchi narsa aql, ruh, jon umuman men mavjud bo‘lib undan
tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emasdir. Berkli tabiatdagi hamma hodisa va
narsa sezgilar yig‘indisi (ideyalar kolleksiyasi)dan iboratdir.
Berkli fikricha, subyektiv idealizmining gnoseologik ildizi obyektiv, moddiy
dunyoni absolyutlashtirish bilan uni sezgilar tassuroti orqali birlashishidadir. Lekin,
Berkli g‘oya, sezgilar mavjud obyektlarning nusxasi, in’ikosi ekanligini inkor qildi.
O‘zini subyektiv idealizm va solipsizmda ayblanishidan himoya ham qiladi. Berkli,
Yumlar sezgilardan nariga o‘ta olmadilar. Berkli va Yum solipsizmi idealistik
ta’limotining eng ratsional ko‘rinishidir.
Bu davr fransuz materialistlari dialektikani materialistik nuqtai nazaridan
asoslashda juda katta hissa qo‘shdilar, ayniqsa fransuz mutafakkirlari Lametri,
Gol’bax, Gel’vetsiylar shular jumlasidandir. Ijtimoiy davrning o‘zi fransuz
materialistlari oldiga shunday vazifani qo‘ydi. Ular idealizmga, dinga qarshi
chiqishda tabiatni materialistik asosda tushunish kerakligini birinchi masala qilib
qo‘ydilar.
Deni Didro (1713. 5. 10, Langr-1784. 31. 7, Parij) Fransiyaning Langr
shaharida o‘ziga to‘q hunarmand oilasida tug‘ildi. Denining otasi ikki o‘g‘ilni ham
yetuk ma’lumotli qilib tarbiyalash maqsadida o‘sha vaqtdagi yagona o‘quv
markazlaridan hisoblangan iyezuitlar kollejida o‘qitadi. Bu kollejda asosan qadimgi
tillar, tarix, notiqlik mahorati, adabiyot o‘qitilar edi. Didro 15 yoshga yetganda
Parijga yo‘l oladi. Sababi, u yerda o‘zini to‘la ma’lumotga, bilimga ega qilish edi.
Ilmiybaza.uz
Uning maqsadi zamonaviy bilim olib, hayot bilan yaqindan tanishish edi. Parijdagi
D.Arkur kollejida joylashib grek, lotin tilini o‘rganishda davom etadi. Avvalida,
matematika fani bilan qiziqmasa ham so‘ng matematika va boshqa fanlar bilan jiddiy
shug‘ullanadi. O‘qishni tugatgandan so‘ng otasining maslahati bilan ikki yil
davomida Langrlik prokurorga yordamchi bo‘lib xizmat qiladi. Lekin uni huquqiy
sohalar unchalik qiziqtirmaydi. Bo‘sh vaqtlarida ingliz tilini o‘rganishga kirishadi.
Uning falsafiy qarashlarining dastlabki davrlari 1740-45-yillarga to‘g‘ri keladi.
1745-yilda ingliz axloq- shunosi A.E.Sheftsberining asari («Исследование о
достоинстве и добродетели»)ni tarjima qilish davriga to‘g‘ri keladi. Bu asar unga
jiddiy ta’sir etgan edi. Asar izohlarida aytilgan fikrlar bo‘lajak mutafakkir fikrlari
edi. Unda Didro katolitsizmdan uzoqlashib, diniy fanatizmni jiddiy tanqid ostiga
oladi.
Shundan so‘ng, 1746-yilda anonim holda nashr etilgan «Falsafa fikrlari»
(Filosofskiye misli)da xristianlik bilan to‘la aloqani uzib materialistik g‘oya bilan
sug‘orilgan deizm falsafasiga o‘tadi. Shu yillarda Didro J.J.Russo, Kondilyak kabi
yozuvchi va faylasuflar bilan tanishadi, munozara hamda suhbatlarda qatnashadi,
o‘zini, qiyinchilik, quvg‘in va tanqidlarga tayyorlaydi.
«Falsafiy fikrlar» hayot izini ko‘rishi bilan parlament tomonidan yoqib
yuborishga qaror qilinadi. Uni oldindan sezgan Didro shu asarning o‘zidayoq
«muqaddas qutlug‘lar»ning fikriga qarata aytilgan fikr va mulohazalardan yuz
o‘girsalar, ularga nisbatan yana yangi g‘oyalar paydo bo‘lishini ta’kidlaydi. “Ular, -
deydi u, Dekart, Monten, Lokk va Beylyasarni doimiy tanqid ostiga olgan ekanlar,
meni ham shunday qiladilar. Meni ayblasalar, osongina qutuldik deyishlari mumkin,
ammo unday bo‘lmaydi, bilaman, kelajakda menga o‘xshaganlarni muhokama qilish
davom etaveradi”. Didroning bu fikrlarni aytishdan maqsadi iyezuitlarni diniy
sohada noto‘g‘ri yo‘l tutganlarini isbotlab hamma dinlarning tengligini, shu bilan
birga insonning borliq xudosining borligiga shubha qilishiga huquqi borligini talab
etish edi. Hamma joyda aql, fahm, idrok (razum) faoliyatga suyanish, jumladan
dinda ham shunday qilish zarurdir. Didroning mustaqil falsafiy fikrlarining
shakllanishi daxriylik sohasiga o‘tish bilan bog‘liqdir. Chunki, bu yillarda u
Aristotel, Platon, F. Bekon, R. J.Lokk, R. Dekart, B. Spinoza asarlarini chuqur
o‘rganadi. «Ojizlar to‘g‘risidagi xat»dan boshlab «Fiziologiya elementlari» (1773-
yildan 1780-yillargacha davom etgan) gacha ko‘plab falsafiy muammolarni ishlab
chiqdi. Bu o‘rinda «Tabiatni tushuntirishga oid fikrlar» (1754), «Jiyan ramo»
(1762), «Dalamber bilan Didro suhbati» (17690, «Jak-Fatalist» (1773), «Materiya
va harakatning falsafiy prinsiplari» (1770), «Ensiklopediya»da yozilgan maqolalar
va asarlarini misol qilib olish mumkin. Bu asarlarda va maqolalarda tahlil qilingan
muammolar Didroning buyuk mutafakkir bo‘lib yetishganligidan dalolat beradi.
Butun umrining oxirigacha Didro insonparvarlik va ma’rifatparvarlikni targ‘ib qilar
ekan, barcha joylardagi hokimiyat tiranlar haq-huquqlarni va beadablikni
(nevejestvo) tanqid qildi, ularga qarshi kurash e’lon qildi. Didro falsafada materialist
va ateistdir. Shu o‘rinda Didroning turli asarlardan tarjima qilingan fikrlariga
o‘quvchini diqqatini tortamiz. «Odamlar boshqa hech narsadan qo‘rqmasliklariga
ishonganlarida,-deydi u,-bu dunyoda ancha tinch yashagan bo‘lardilar: xudo yo‘q,
degan fikr hali hech kimni dahshatga solmagan, lekin menga tasvirlab berishganlari
Ilmiybaza.uz
xudoning mavjudligi haqidagi fikr qancha-qanchalarni vahimaga solmagan axir!»
(V.L.Voronsov) «Tafakkur gulshani», Toshkent, 1981:- «Qayerdaki xudoni tan
olinsa, u yerda shaxsga sig‘inish mavjud, qayerda shaxsga sig‘inish mavjud ekan, u
yerda axloqiy burch tartibotlari buziladi va axloq yuz tuban ketadi» (O‘sha kitob,
265-bet). «Dunyoning hech bir yeri yo‘qki, u joyda diniy qarashlar o‘rtasidagi
tafovut tuproqni qonga bulg‘amayotgan bo‘lsa» (O‘sha kitob, 267-bet). «Agar aqlni
samoviy tuhfasi deb qarab, shu gapni din xususida aytsak, u holda samo bizga o‘zaro
kelisha olmaydigan va bir-biriga zid ikkita tuhfa yuborgan bo‘lib chiqadi. Bu
anglashilmovchilikni to‘g‘rilash uchun din tabiatda mavjud bo‘lmagan xom-hayol
bir prinsip ekanligini tan olish darkor» (O‘sha kitob, 272-bet).
Ma’lumki, 1762-yilda yekaterina II imperator kursisiga o‘tirgandan so‘ng u
o‘zini ma’rifatparvar hukmron podshoh sifatida ko‘rsatish uchun ma’rifatparvarlar
bilan xatlar orqali aloqa bog‘lagan. U D.Didroni hurmat qilar edi. O‘sha davrda
yashab ijod etayotgan Volterni aloqasi esa Didronikidan yaxshiroq bo‘lgan.
Fransiyada ma’rifatparvarlar quvg‘inlikka uchraganlaridan so‘ng Yekaterina II
Didroni Rossiyaga taklif etadi. Ensiklopediyani chop etishga va’da beradi.
Didroni falsafaning azaliy muammolaridan bo‘lgan materiya va uning
harakati to‘g‘risidagi fikrlariga to‘xtaladigan bo‘lsak, materiya- abstrakt hajm va
geometrik jism emas, balki alohida, bizni o‘rab turgan aniq jismlardir. Materiya
kichik molekula va atom zarrachalaridan iboratdir. Atomlar esa bo‘linmasdir. Bu
qarashlar Didro yashagan davrdagi materialist faylasuflar ta’limotiga ham
taalluqlidir. Didro fikricha, tabiat mangu va cheksizdir. U yaratilgan emas, g‘ayri
tabiiy kuchlar to‘g‘risidagi uydirmalarga ishonish ham kerak emas. Bizni o‘rab
turgan tabiatdan boshqa olamda hech narsa yo‘q. Shu tabiatdan tashqarida biror
kuchni o‘zi yo‘q. Faylasufning ta’kidlashicha, materiya kabi harakat ham abadiydir.
Sukunat esa nisbiydir, vaqtinchadir. Olamda paydo bo‘lish va yo‘q bo‘lishdan
boshqa narsa yo‘q. Olam ham, dunyo ham sekinlik bilan davom etadigan
evolyutsion jarayondan iborat. Hayvonot olamining qator bosqichlarini boshidan
o‘tkazib, hozirgi holatiga ega bo‘lgan odamlarda tabiiy rivojlanishning oliy stixiyali
ko‘rinishi seziladi. Olamdagi barcha predmetlar va hodisalar sababiy (deterministik)
bog‘lanish hamda aloqadadir. Sababiy bog‘lanish va aloqador- sizliklarsiz biror
predmet va hodisa paydo bo‘lmaydi. Didroning fikricha, sababiy bog‘lanishlarsiz
taraqqiyot ham yo‘q. Taraqqiyot ushbu bog‘lanish va aloqadorliklarga bog‘liq.
Tabiat
va
jamiyat,
inson
tafakkuridagi
sababiy
bog‘lanishlar
umumiy
rivojlanishning asosini tashkil etadi.
Materiya va uning xususiyatlari haqida, Didro to‘xtalganda aytadiki, notirik
materiyadan, ya’ni sezmaydigan materiyadan sezadigan, tirik materiyaga o‘tishni
asoslashga harakat qilib o‘z fikrlarini baralla bayon qilgan. His-tuyg‘u, sezish jonli
organizmlarga xos xususiyat ekanligini e’tirof etgan. Shu bilan birga materiyada
umumiy sezishga o‘xshagan holat borligini ham eslatib o‘tadi. Mutafakkir olamda
zaruriyat hukmronligini targ‘ib qiladi. Sababiy bog‘lanishlarning barchasi ham
zaruriyatdan iboratdir.
Didro ta’limotida olamni bilish muammosi ham markaziy o‘rinlarni olgan.
Didro olamdagi predmet va hodisalarni insonlar bila borishiga shubha qilmadi. U
idealistik ta’limotlardagi agnostitsizm va skeptitsizmlarning qonun-qoidalarini
Ilmiybaza.uz
qabul qilmadi. Faylasufning ta’kidlashicha, dunyoviy ilmlardan barcha insonlar
bahramand bo‘lishi lozim. Bu sohadagi barcha harakat birlashtirilsa, u holda,
tabiatdagi barcha jarayonlarni bilish tezlashgan bo‘lur edi. Insoniyat tabiatni
bilmasligi tufayli ko‘pgina qiyinchiliklarga duchor bo‘lib kelayapti. Tabiatni oliy
mavjudoti inson bo‘lib, undagi sezgilar bilish uchun quroldir. Bu o‘rinda
idealistlardan Berkli ta’limotiga qarshi chiqib, sezgilar faoliyatini noto‘g‘ri
baholanganligini isbotlaydi. Mazkur sohada fikr yurituvchi idealistlar sistemasini
e’tirof etmaydi. Jumladan u shunday fikr aytadiki, “Faqat o‘zlarining mavjudligini
va ichimizda almashinib turuvchi sezgirlarning mavjudligini ma’lum deb bilib,
bulardan boshqa hech bir narsaning mavjudligini e’tirof qilmaydigan faylasuflarni
idealist deb, ataydilar. Mening fikrimcha, bunday ajoyib va g‘aroyib sistemani,
garchi eng bema’ni sistema bo‘lsa ham, uni rad qilish hammadan ko‘ra
qiyinroqdirki, bu hol inson aqli uchun, faylasuf uchun isnotdir1”.
Didro faoliyati, falsafasi jamiyat taraqqiyotiga ham qaratilgan. Ammo, sobiq
sovet ittifoqi davridagi darslik va monografiyalarda bu jarayon hisobga olinmaydi.
Didroni ham boshqa fransuz materialistlari singari jamiyatni tushunishda idealist,
deb bo‘rttirib ko‘rsatadilar. Aslida esa Deni Didro jamiyat taraqqiyotinio‘z davridan
kelib chiqib baholagan.
Didro tomonidan jamiyatda yashagan kishilarni ma’rifatli kishi bo‘lishini
talab qilinishi jamiyatdagi barcha hodisalarning to‘g‘ri tahlil qilinganligidan
dalolatdir. Jamiyatdagi yaxshilik va go‘zallikni targ‘ib qilish uchun estetika
to‘g‘risida fikr yuritadi. Bu sohalar uning «Ensiklopediya»dagi «Go‘zallik» (1751),
«Tasviriy oyna san’at tajribalari» (1765), «Aktyor to‘g‘risida para» (1773) va
boshqa asarlarida o‘z aksini topgan. Boshqa fransuz materialistlari singari Didro
ham shaxs ijtimoiy shart-sharoitining mahsulidir deydi. Uningcha shu ijtimoiy hayot
qanday bo‘lsa, insonlar ham shunday bo‘ladilar.
Didroning qarashlari XVIII - XIX asrdagi sotsiologlar fikrini yanada
mukammalashtirdi, konkretlashtirildi. Jamiyatning taraq- qiyotini tushunishda uning
inson haqidagi qarashlari muhimdir. Inson aql-farosati, shaxslarning fikri jamiyat
tuzilishiga ta’sir etadi.
Xalq va jamiyat axloqi inson axloqiga bog‘liq. Shu sababli, jamiyat tarixi xalq
tarixi emas, balki buyuk shaxslar tarixidir, degan fikrlarni o‘rtaga tashladiki, bu
fikrlar jamiyat taraqqiyotini tushunishda haqiqiy manbadir. Didro ta’limotida,
marksistlar ta’qiqlagan mavhum inson yo‘q. Balki konkret inson bor. Marksizm bu
sohada ham Didro ta’limotiga bir yoqlama yondoshadi. To‘g‘ri, uning ta’limotida
jamiyat tabiat qonunlariga bo‘ysunadi, degan fikirlar mavjud. Bu aslida xolisona
tahlilda haqiqatdir. Ba’zi tabiat qonunlari oldida insonlar kuchsizligi maxfiy emas.
Albatta, bu bilan u, inson imkoniyatiga bepisand bo‘lgan deyishdan yiroqmiz.
Ma’rifatli jamiyatni boshqaruvchisi insondir, deb targ‘ib qilish insonlarga bo‘lgan
hurmatining amaliy ifodasidir.
1 Didro asarlarining mukammal tо‘plami, Parij: J. Aseyez nashri, 1875, 1 –tom,
304-bet.
Ilmiybaza.uz
Jamiyatni iqtisodiy manfatlarini to‘g‘ri tushungan holda sanoat ishlab
chiqarishni rivojlantirishni targ‘ib qildi. Kishilarning ma’naviy erkinliklarini
qo‘llab-quvvatladi.
XVIII asr fransuz materialistlarining markaziy, eng yirik ma’rifatparvari
sifatida shakllangan Didro ta’limotining ko‘pgina tomonlari hozir ham eskirgan
emas, zamon talabidadir. U o‘z falsafiy fikrlari bilan insoniyatni lol qoldirgan buyuk
alloma sifatida tarixda qolgan. Uning ijodi va merosini o‘rganish foydadan holi
emas.
Umuman xulosa qilib aytganda, fransuz falsafasi moddiy dunyoni
materialistik tushunishdagi asosiy davr hisoblanadi. Materialistik falsafaning
namoyondalari qatoriga rus olimlaridan M.V.Lomonosov, A.N.Radishchevni ham
olish mumkin.
M.V.Lomonosov tabiat hodisalarining asosida zarracha harakati yotadi, deb
o‘zining atom-molekulyar (korpuskulyar) nazariyasini yaratdi. Materiya atomlardan
tashkil topgan, doim harakatda, fan buni o‘rganishi va bu sohadagi nazariyani
kengaytirishi kerakligini ko‘rsatadi.Fazo va vaqt V.M.Lomonosov fikricha,
materiyaning ajralmagan holda obyektiv mavjudligini ko‘rsatuvchi dalildir.
V.M.Lomonosov moddalarning saqlanish qonunini kashf qilish bilan moddiy
dunyoning, ya’ni tabiat taraqqiyotidagi rivojlanish dialektikasiga asos soldi.
Olimning fizika, kimyo, biologiya, geologiya va boshqa fan sohasidagi erishgan
yutuqlari uning materialistik dunyoqarashiga dalil hamda asos bo‘ldi. Shunday qilib
XVIII asr materialistlari, o‘sha davrdagi tibbiyot fani erishgan yutuqlar
asosida din va idealizmga qarshi chiqqanlar. Bu tarixiy haqiqat.
Fransuz falsafasi bilan nemis klassik falsafasi XVIII asr oxiri XIX asr boshida
vujudga keldi. Bu davrda Germaniyada kapitalizm endi vujudga kelayotgan, feodal
munosabatlar yemirilayotgan davr edi. Nemis klassik falsafasi shu davrdagi burjua
demokratik jarayonlar va inqilobiy qo‘zg‘olonlar ta’siri ostida vujudga keldi va
rivojlandi. Nemis klassik falsafasining namoyondalari nemis burjuaziyasining
ideologlari sifatida maydonga chiqdilar. Germaniya boshqa G‘arbiy yevropa
mamlakatlariga qaraganda bir muncha siyosiy va iqtisodiy jihatdan qoloq edi. Nemis
burjuaziyasi qo‘rqoq va kuchsiz edi. Ana shunday davrda oddiy til bilan aytganda,
ko‘proq“Mayda ishlar va katta xayollar bilan shug‘ullanar edi”.
Nemis klassik falsafasining asosichisi I. Kant(1724-1804) publitsist, falsafa
va huquq singari fanlar bilan shug‘ullanadi. U nemis burjuaziyasining ideologi
bo‘lgani uchun falsafasida nemis burjuaziyasiga xos ikkilanish o‘z ifodasini topgan.
Olim idealizm bilan materializmni, din bilan fanni kelishtirishga urinadi, ikkinchi
tomondan, u narsani bilishni inkor etadi (agnostitsizm). Kant falsafasi ikki davrga
bo‘linadi. “Tanqidgacha” va “tanqidiy davr”. Har ikki davrda ham materializm va
idealizmni kelishtirishga urinadi. Birinchi davrda tibbiyot fanlarini o‘rganishining
ta’sirida unda materialistik tomonlar kuchli edi. Ikkinchi davrda esa, idealistik
g‘oyalari ustun keldi. Kant o‘z faoliyatini Nyutonning kosmogoniyasini tanqid
qilishdan boshlaydi. Nyuton olam tortishish qonunini o‘z davri holatidan kelib
chiqib ifodalagan bo‘lsa, Kant uning paydo bo‘lish va rivojlanishidan boshlaydi.
Nyutonning xudoga bog‘lanishini fojea deb, bu masalani Demokrit, Epikurlar
davomchisi sifatida tekshiradi. Quyosh sistemasining paydo bo‘lishini tumanlik
Ilmiybaza.uz
kelib chiqishi bilan tushuntiradi va hech qanday turtki yo‘q deya, materiyani doimiy
paydo bo‘lishi va yo‘qolib turish muammosini isbotlaydi. Kant o‘z oldiga qo‘ygan
ilmiy bilish imkoniyati haqidagi muammoni vazifa qilib qo‘yadi. Uning fikricha,
avval inson bilish imkoniyatini tekshirishi kerak. Bu esa bilish jarayoni bilan bilishi
lozim bo‘lgan narsalarni bir qatorga qo‘yishga olib keladi. Ammo I. Kant tafakkurni
chegaralab qo‘yadi. Uning fikricha, narsalarning voqeligi mohiyatidan farq qiladi.
Obyektiv dunyo bor, lekin ular (narsa) o‘zida bo‘lib, uni bilish mumkin emas, deydi.
Kantning bu fikri agnostitsizmga olib keladi. Kantning fikricha, voqelik tartibsiz
bo‘lib, bizning ongimizgina tajriba bilan bog‘lanmagan holda u voqelikka umumiy
zaruriy qonuniyatlar kirgizadi. Demak, Kantning fikricha narsa ong bilan
muvofiqlashuvi kerak.
Kant xizmati metafizik uslubni tanqid qilish va dialektik uslubga
yaqinlashuvida, kishi tafakkuridagi qarama-qarshiliklarni e’tirof qilishidadir. Kant
falsafasidagi idealizm va materializm elementlari nemis falsafasini rivojlanishiga
katta ta’sir ko‘rsatdi.
Uning falsafasi G. Gegel idealizmi va Feyerbax materializmida kelib chiqdi.
Gegel (1770-1831) falsafasida nemis idealizmi eng yuqori cho‘qqiga chiqqan bo‘lib,
yetakchi masala obyektiv idealizm asosida hal qilindi. U tabiat, jamiyat
hodisalarining asosida dunyoviy ruh yotadi, deb tasdiqladi. Dunyoviy ruh birinchi,
tabiat esa hosila, deydi. Gegel falsafasining asosini absolyut ideya tashkil qiladi.
Gegel falsafiy sistemasi bilan uning uslubi orasida ziddiyat bor edi. Bu ziddiyat
nemis burjuaziyasining tabiatini, ya’ni bir tomondan, eskicha feodal munosabatlarga
qarshi kurashi bo‘lsa, ikkinchi tomondan, o‘sib kelayotgan ishchilar sinfining
harakatidan cho‘chishni ifodalar edi. Gegel falsafada rivojlanish g‘oyasini ilgari
surishi bilan dialektik uslubga asos soldi.
Dialektik uslub Gegel falsafasining ratsional mag‘zini tashkil qiladi. Gegel
dialektik harakatning umumiy shakllarini birinchi bo‘lib to‘la-to‘kis va ongli
ravishda tasvirlab bergan.
Gegelning boy mazmunga ega bo‘lgan keng va chuqur rivojlanish haqidagi
ta’limotiga ko‘pgina faylasuflar ijobiy baho bergan. Gegelning pastdan yuqoriga,
oddiydan murakkabga qarab boruvchi dialektik rivojlanish haqidagi ta’limoti
metafizik ta’limotga bergan zarbadir. Gegel dialektikaning qonunlarini, garchand
idealistik asosda bo‘lsa ham, birinchi bo‘lib ta’riflagan.
Ziddiyatlarning realligini e’tirof etib, metafizikaga qarama- qarshi
bo‘lgan
fikrni bergan Gegel, ziddiyat harakat va rivojlanishning ichki manbaini tashkil
etishini, qarama-qarshiliklar birligi va kurashi dialektikaning asosiy qonuni
ekanligini isbotlaydi. Gegel rivojlanishning asta-sekin miqdor o‘zgarishlaridan sifat
o‘zgarishiga sakrashlar
orqali
o‘tishini
tasniflab,
dialektikaning
miqdor
o‘zgarishidan sifat o‘zgarishiga o‘tish qonunini asosladi.
Rivojlanishda eski bilan yangi o‘rtasidagi bog‘lanish mavjudligini va
rivojlanishning yuqori bosqichida inkor etilayotgan quyi bosqich ijobiy
mazmunining saqlanishini isbotlab, inkorni inkor qonunini ochdi. Gegel
dialektikaning asosiy qonunlaridan tashqari, sabab va oqibat, ziddiyat, zaruriyat va
tasodif, imkoniyat va voqelik, mazmun va shakl, mohiyat va hodisa kabi dialektika
Ilmiybaza.uz
kategoriyalarini ham tavsiflab berdi. Bular Gegel falsafasining ilg‘or tomonlari va
uning asosiy xizmatlaridir.
Gegelning xizmati yana shundaki, u birinchi bo‘lib, butun tabiiy, tarixiy va
ma’naviy dunyoni bir jarayon shaklida, ya’ni uzluksiz harakat qilib, o‘zgarib,
qaytadan tuzilib, taraqqiy qilib turadigan holda ko‘rsatadi va bu harakat bilan
taraqqiyotning ichki bog‘lanishini nazariy jihatdan ochib berishga urinadi.
Gegelning vazifani amaliy jihatdan hal qilmaganligining bu yerda ahamiyati yo‘q.
Uning tarixiy xizmati bu vazifani o‘rtaga qo‘yganligida edi.
Gegel falsafasining asosiy yutug‘i falsafiy sistemasidir. U obyektiv idealist
bo‘lganligi uchun materializmga qarshi edi. U moddiy dunyoni abstrakt ideyaning
mujassami, uzluksiz rivojlanish jarayoni real dunyoga emas, absolyut ruhga xos deb,
dunyoning asosi ham, shu ruh deb bildi.
Gegel fikricha, voqelikni yaratuvchi ham, absolyut ideyadir. Gegel sxemasida
absolyut ideya o‘z rivojlanishida uch davrni boshidan kechiradi: 1) g‘oya: tabiatdan
oldin paydo bo‘lgan tafakkur holatida yashaydi. U insondan oldin paydo bo‘lgan.
Uning fikricha, kishi ongidan tashqarida yashovchi mavhum tafakkur-absolyut ideya
yotadi. U buni «Logika» kitobida ifodalagan.
Absolyut ideya o‘z rivojlanishining muayyan ikkinchi bosqichida o‘zining
qarama-qarshisiga-tabiatga aylanadi. Ya’ni o‘zini begonalashtiradi. Absolyut ideya
uchinchi davrida esa kishida mujassamlanadi. Buni u «Ruh falsafasida» yoritadi.
Uchinchi davrda kishi tafakkuri ijtimoiy ongning turli shakllarida o‘z
ifodasini topadi va absolyut haqiqatga erishadi shu bilan absolyut ideyaning
rivojlanish davri tugaydi, natijada rivojlanish bekik doiraga aylanadi.
Gegel falsafasi davlat va huquq falsafasi, estetika, din falsafasi masalalariga
to‘xtalib, bu sohada ham o‘zining idealistik fikrlarini beradi.
Nemis falsafasining yirik vakillaridan biri Lyudvig Feyerbax (1804-1872) edi.
U Gegel va Kant idealizmini tanqid qilib, XVII asr materializmining ilg‘or
traditsiyalarini tikladi va rivojlantirdi. Bu davrda-XIX asrning ikkinchi choragida
Germaniyada sanoat kapitalizmi kuchaygan, jamiyat tarixida ikki sinf – burjua va
proletariat sinfining o‘sishi davri edi. Dvoryan bilan burjuaziya va burjuaziya bilan
proletariat orasidagi sinfiy ziddiyatlar kuchaygan edi. Bularning hammasi
Germaniyadagi g‘oyaviy kurashning kuchayishiga olib kelgan edi. Bu kurash Gegel
falsafasini tushkunlikka tushishida o‘z ifodasini topdi. Bu davrdagi yosh
gegel’chilar orasida Feyerbax ham bor edi. U birinchi bo‘lib Gegel idealizmiga
qarshi chiqib, materializm bayrog‘ini ko‘tardi. U idealizm va diniy asoslarni tanqid
qildi. U ijobiy g‘oyalarni targ‘ib qildi. 1839-yili «Gegel falsafasining tanqidi», 1841-
y «Xristianlikning mohiyati» degan asarlarini yozdi. Feyerbaxning bu asarlari
ateistik idealarni o‘rtaga qo‘yilishida katta ro’l o‘ynaydi. Feyerbax materiyaning
doimiy uzluksiz harakatdaligini, tabiat, materiya birlamchi, ong, ruh ikkilamchi
ekanligini ta’kidlaydi. Falsafaning asosiy masalasini materialistlarcha hal qiladi.
Materializmni yangi pog‘onaga ko‘taradi, unga tabiiy ilmiy asos beradi. U
mexanistik materializmning tabiat qotib qolgan, harakatsiz, deb qarashi o‘ringa
tabiat rang-barang, deb qaradi. U bilish nazariyasini materializm asosida
rivojlantirdi. Feyerbax Kant agnostitsizmini tanqid qilib, dunyoni bilish
mumkinligini isbotladi. Uning fikricha, bilish jarayoni sezgilarga, keyin esa
Ilmiybaza.uz
tafakkurga o‘tish yo‘li bilan obyektiv haqiqatni bilishdan iboratdir. Lekin Feyerbax
materializmi va bilish nazariyasi chegaralangan edi.
Feyerbax Gegel dialektikasining ratsional mag‘ziga to‘g‘ri baho bermadi,
uning idealizmi bilan dialektikasini qo‘shib uloqtirdi. Feyerbaxning kamchiligi
shuki: u tabiatga va bilish jarayoniga tarixan yondoshmadi, bilish jarayonida jonli
mushohadadan abstrakt tafakkurga o‘tish dialektikasini va amaliyotning rolini meta-
fiziklarcha tushuntirdi. Ya’ni bilishning subyekti qilib tarixiy- ijtimoiy
munosabatdan tashqaridagi mavhum insonni oladi, kishilarni biologik tarzda
tushunadi, lekin, ular orasidagi sinfiy munosabatni ko‘rmaydi. Inson harakati
faoliyatini ko‘rolmadi. Feyerbax materialistik sistemani kishi fiziologiyasi va
psixologiyasi asosida ko‘rishga intildi. Ijtimoiy jaholat, tengsizlikdan kishilarni
qutqarishni maqsad qilib qo‘yadi, lekin bu vazifani amalga oshirishda ijtimoiy
tuzumning yo‘qotilishi zarurligini bilmadi. Aslida dunyoni turlicha izohlash
mumkin, lekin gap uni o‘zgartirishdadir, degan edi boshqa bir faylasuf.U dinni
jaholat va qorong‘ulik deb tushundi, lekin uni sinfiy va ijtimoiy mohiyatini
tushuntira olmadi. U ijtimoiy hodisalarga materializmni tatbiq eta olmadi.
Shunday qilib, Feyerbax Gegel falsafasining asl mag‘zini uloqtirdi. Dinga
qarshi chiqdi. Shunday bo‘lsada, ba’zi faylasuflar ularning ijobiy tomonlarini
ko‘rsatdilar. Falsafani yanada yuqori pog‘onaga ko‘targan kishilar XIX asr oxiridagi
rus faylasuflari Belinskiy, Gersen, Dobrolyubov, Chernishevskiy, Pisarev edilar. Bu
faylasuflar o‘tmish faylasuflaridan shu bilan farqlanadilarki, ular ezilgan omma
ideologlari sifatida maydonga chiqqanlar. Rus revolyutsion demokratlarining
xizmati shundaki, ular materialistik mazmunga ega bo‘lgan inqilobiy nazariyalarni
olg‘a surdilar. Ular Gegel dialektikasidan foydalanishda uni tanqid qilish bilan birga
«falsafaning algebrasi» Gersen deb bildilar. Ular dinga qarshi kurashdilar.
Ularning fikricha, materiya bu obyektiv haqiqatdir, uni hech vaqt yo‘q qilib
bo‘lmaydi. Masalan, Gersen shunday deydi:
«Xohlaganingcha moddani abstraktlashtirishing mumkin, lekin uni hech vaqt
yo‘qota olmaysan» (Filosof. izbr. proizv. T. 1. str 151, 280). Gersen falsafasi
dialektikani materialistik asosladi, falsafani tabiat qonunlarigagina bog‘lab
qo‘ymay, jamiyat qonuniga ham bog‘ladi. Uningcha odam faqat fikr yurituvchigina
emas, balki ta’sir etish bilan o‘zini o‘rab turgan tabiatni maqsadga bo‘ysundirish
kerak. Gersen dialektik uslub va amaliy faoliyatlarning birligini ham ko‘rsatdi.
Insonning amaliy faoliyati tarixiy ijodiy kuchlardan iboratdir, deydi u. Amaliyot
bilan nazariya birga borishi kerakligini ta’kidladi, dunyoni qayta qurishda falsafa
ilmiy qurol ekanligini ko‘rsatdi, lekin bu fikrni oxiriga yetkaza olmadi. Bunga sabab
Rossiyaning ijtimoiy qoloqligi edi. Falsafa tarixida Gersen dialektikani ilmiy
ravishda asosladi, u metafizik qarashga qarshi chiqdi, tabiat va jamiyat hodisalarini
bir-biriga bog‘liq ravishda, o‘zaro ta’sirda ekanligini ko‘rsatdi. Gersen, umumiy
jamiyatda ham har bir hodisa boshqa hodisalar bilan bog‘langan bo‘lib, falsafani
vazifasi ana shu bog‘liqlikni ochishdir, tabiat va jamiyat taraqqiyoti jarayoni
eskining o‘lishi bilan yangining paydo bo‘lishidagi kurashdadir, degan edi.
Xuddi shuningdek, Gersen kabi Belinskiy, Dobrolyubov, Chernishevskiylar
ham materiya birlamchi, ong ikkilamchi, tabiat va jamiyat hodisalari, o‘sib, o‘zgarib
turadi, ular o‘zaro bog‘liq, deb idealistik qarashga qarshi chiqdilar. Jamiyat ikki bir-
Ilmiybaza.uz
biriga qarama- qarshi sinfdan tashkil topganligi kishilik jamiyati tarixi o‘zining turli
bosqichlarida mana shu sinflarning o‘rtasidagi kurashni o‘z ichiga oladi, deb
ko‘rsatdilar. Jamiyat taraqqiyotini dialektik asosladilar, lekin shu bilan birga,
progressiv hal qiluvchi kuch dehqon sinfidir, deydilar.
Rus revolyutsion demokratlari falsafasining o‘ziga xos xususiyati birinchidan,
internatsional yo‘nalishga ega ekanligi, ikkinchidan, ularning falsafaning asosiy
masalasini materializm asosida tushungan holda idealizm va dinga qarshi
kurashganlari, uchinchidan, ular materialistik qarashlarida dialektika elementlari
mavjudligi kabilarda edi.
O‘rta asr va yangi davr yevropa falsafasini o‘rganish hozirgi davr uchun
muhim ahamiyatga egadir. Chunki, falsafa o‘tmishda o‘zining shakllanishi uchun
tarixiy
davrlarni
boshidan
o‘tkazgan.
Uning
ba’zi
muammolari
hayot
chig‘iriqlaridan o‘ta olmagan. Natijada, yangi muammolarni keltirib chiqargan va
o‘rtaga qo‘ygan. Har bir davr o‘zining yutuqlariga ega bo‘lishi bilan birga
kamchiliklariga ham egadir. Falsafa tarixini o‘rganish hozirgi zamon kishilarining
falsafiy tafakkurini rivojlanishiga asos bo‘ladi. Tarixga nazar tashlab kelajak
falsafasini yaratishga yordam beradi.
XX-XXI asr G‘arb falsafasining oqimlari.
XX-XXI asr G‘arb faylasuflari ijodida falsafaning rivoji.
Hozirgi dunyoda fanlar taraqqiyoti avjiga chiqqan bir davr bo‘lib, ular falsafa
faniga ham o‘z hissasini qo‘shib kelayotir. Shu munosabat bilan jahon falsafasida
yangi-yangi yo‘nalishlar (germenevtika, mantiqiy pozitivizm, tanqidiy ratsionalizm,
fenomeno- logiya, ekzistensializm, ssiyentizm, universalizm, psixoanalizm,
pragmatizm, freydizm) paydo bo‘ldiki, ular o‘z faoliyatini ko‘proq inson va jamiyat
taraqqiyotiga qaratdilar.
Bu yo‘nalishlar zamon talablaridan kelib chiqib inson va jamiyatni falsafiy
tahlil qilishga kirishdilar. Jumladan, germenevtika tarafdorlarining tushuntirishicha,
tabiatshunoslik fanlari tabiat ho- disalarini tushuntirishga intiladi. Gumanitar fanlar
esa, inson haqi- dagi sohalarni izlashga harakat qiladi. Tabiiy va gumanitar fanlar
sifat jihatidan turli obyektlarni o‘rganadilar. Turli usullarga ega. Insonlar til bilan
bog‘liq bo‘lib, o‘zaro ta’sir va shu ta’sirni ta’minlaydigan soha ya’ni germenevtikani
fanlarning fani, deb ifodalaydilar. Ularning fikricha, faqat germenevtika ijtimoiy
antro- pologiyani mukammal tasvirlaydi.
Dekonstruktiv yo‘nalishning fikricha, tahliliy falsafani rivojlantirish lozim.
Chunki, barcha predmet va hodisalar mukammal tahlilga muhtoj. Lekin falsafa
hukm chiqarishga qodir emas, degan e’tiqodda turib, ko‘proq «taklif qilish», «ishora
qilish» va fikr bildirishning boshqa muqobillaridan foydalanish lozim deyiladi, u
ta’limotda.
Ekzistensialistik (mavjudlik) falsafiy oqim falsafasining asosiy xususiyati har
bir individning o‘z hayoti chegarasini anglab berishga qaratilishi kerak. Har bir
shaxs o‘z o‘limiga muqarrar ekanligini tan olishi, o‘zining hayotiga turtki bo‘ladi.
Bu holatni tushunish uchun falsafiy tafakkurga ega bo‘lishi kerak. Jumladan,
ekzistensialist Sartr fikricha, inson mavjudligi uchun o‘z mohiyatidan avval paydo
Ilmiybaza.uz
bo‘lgan. Inson mavjud ekan, u ozoddir, erkindir. Ozodlik va erkinlikni inson tanlashi
zarur.
Fenomenologiya (mazmuni: fenomenlar yoki hodisalarna- zariyasi) hodisa va
voqealarni qanday bo‘lsa, shundayligicha ta’riflaydi. Fenomenologiya oqimi faqat
tabiiy fanlar taraqqiyotini, undagi dalillarni e’tirof etadi. Falsafiy fikrlarni
ikkilamchi deb tushuntiradi. Freydizm esa insonlarni seksuallik faoliyatiga e’tiborni
qaratadi va barcha insonlarni rivoji hamda harakati shu jarayondan boshlanishini
tushuntiradi.
Ko‘rib turibmizki, hozirgi davrda falsafiy yo‘nalish va oqimlar talaygina. Shu
sababli ham falsafiy dunyoqarashni shakllantirish o‘ta mushkul. Lekin, yoshlarning
bilim-saviyasi qanchalik o‘tkir bo‘lsa bu yo‘nalish va oqimlarning mohiyatini tezda
tushunib yetadilar.
Shunday ekan, yo‘nalishlar faoliyati bilan qiziqish davr talabi. Ularni
o‘rganish natijasida yoshlar kamoloti yanada yuksaklikka ko‘tariladi.