AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES

Yuklangan vaqt

2025-09-07

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

23,8 KB


 
 
 
 
AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES 
 
 
 
Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalaming amal qilishi iqtisodiyotning barcha 
sohalari, tarmoqlari va bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lsada, lekin ulardagi tabiiy va 
ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. 
Ayniqsa, bu o‘ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning 
uchun bu mavzuda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar 
sohada namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqiladi. 
Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin 
e’tibor yer rentasiga qaratiladi. Yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi 
muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. 
Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi 
va vazifalariga to‘xtalib o‘tilib, mavzu so‘ngida agrobiznes va uning turlari bayon 
etiladi. 
Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo‘jaligida ishlab 
chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari. 
Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yerga 
egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan 
munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. 
Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri 
shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar-yer, 
o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar 
bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat vositasi va mehnat predmeti sifatida 
qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan 
Logotip
AGRAR MUNOSABATLAR VA AGROBIZNES Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalaming amal qilishi iqtisodiyotning barcha sohalari, tarmoqlari va bo‘g‘inlari uchun umumiy bo‘lsada, lekin ulardagi tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy sharoitga bog‘liq holda o‘ziga xos xususiyatlar ham kasb etadi. Ayniqsa, bu o‘ziga xos xususiyat agrar sohada yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuning uchun bu mavzuda iqtisodiyotning umumiy tomonlari bilan birgalikda uning agrar sohada namoyon bo‘ladigan o‘ziga xos xususiyatlarini ko‘rib chiqiladi. Ushbu mavzuda avval agrar munosabatlarning mazmunini tahlil qilib, keyin e’tibor yer rentasiga qaratiladi. Yer rentasining vujudga kelishi va taqsimlanishi muammosiga turlicha qarashlarni bayon qilib, ularning qisqacha tavsifi beriladi. Agrosanoat integratsiyasi va agrosanoat majmuasining mazmuni, ularning tarkibi va vazifalariga to‘xtalib o‘tilib, mavzu so‘ngida agrobiznes va uning turlari bayon etiladi. Agrar munosabatlarning iqtisodiy mazmuni. Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari. Agrar sohada ishlab chiqarish ko‘p jihatdan yer bilan bog‘liq bo‘ladi. Yerga egalik qilish, tasarruf etish va undan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar agrar munosabatlar deyiladi. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishning muhim xususiyatlaridan biri shundaki, bu yerda ishlab chiqarish jarayoni bevosita tirik mavjudotlar-yer, o‘simlik, chorva mollari bilan bog‘liq bo‘ladi va tabiiy qonunlar iqtisodiy qonunlar bilan bog‘lanib ketadi. Bunda yer mehnat vositasi va mehnat predmeti sifatida qatnashadi. Yerning boshqa ishlab chiqarish vositalaridan farqi shundaki, undan
foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri 
foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. 
Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki 
iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday 
aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik 
oziqlanishi mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy 
unumdorligi deyiladi. 
Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq 
tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan, yerni organik va 
kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan 
sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish 
hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni 
tashkil qiladi. 
Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini 
saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli 
mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa 
tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining 
bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy 
o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab 
chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. 
Bundan ulardan barcha jamiyat a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida 
foydalaniladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy 
ko‘rinishlari fermer va dehqon xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab 
chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. 
Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, 
mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor 
chorva mollari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan turli xil asbob-
uskunalardan tashkil topadi. 
Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan 
bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati 
Logotip
foydalanish jarayonida u eyilmaydi, eskirmaydi. Aksincha, agar undan to‘g‘ri foydalanilsa, uning unumdorligi oshib boradi. Yerning hosil berish qobiliyatiga tuproq unumdorligi deyiladi. U tabiiy yoki iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Uzoq yillar davomida kishilarning hech qanday aralashuvisiz, tabiiy o‘zgarishlar natijasida yerning ustki qatlamida o‘simlik oziqlanishi mumkin bo‘lgan turli moddalarning vujudga kelishi yerning tabiiy unumdorligi deyiladi. Agar tuproq unumdorligi kishilarning tabiatga ta’siri natijasida, ya’ni tuproq tarkibi va dehqonchilik usullarini yaxshilash sun’iy yo‘l bilan, yerni organik va kimyoviy o‘g‘itlash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ilmiy asoslangan sug‘orish, irrigatsiya va melioratsiya kabi ishlab chiqarish usullarini joriy qilish hamda boshqa shu kabi yo‘llar bilan amalga oshirilsa, bu iqtisodiy unumdorlikni tashkil qiladi. Yerdan olinadigan hosil ko‘proq mana shu yerning tuproq unumdorligini saqlash va uni oshirish, ya’ni insonning, aniqrog‘i ishchi kuchining, jonli mehnatning yerga faol ta’siri bilan bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari kabi qishloq xo‘jaligida ham ishlab chiqarish uning omillarining bevosita birikishi asosida sodir bo‘ladi. Bunda ishchi kuchi faol bo‘lib, asosiy o‘rinni egallaydi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida yerdan boshqa barcha ishlab chiqarish vositalari xususiy, shaxsiy, jamoa mulk shaklida bo‘lishi mumkin. Bundan ulardan barcha jamiyat a’zolarining turmush darajasini yaxshilash yo‘lida foydalaniladi. Hozirgi vaqtda qishloq xo‘jaligida xo‘jalik yuritishning asosiy ko‘rinishlari fermer va dehqon xo‘jaligi shakllarida bo‘lib, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlari turli iqlim va tuproq sharoitlarida olib boriladi. Qishloq xo‘jalik korxonalarida ham asosiy kapital turli xil traktorlar, mashinalar, transport vositalari, bino, inshootlar, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva mollari, shuningdek, xizmat muddati bir yildan ortiq bo‘lgan turli xil asbob- uskunalardan tashkil topadi. Qishloq xo‘jaligida muhim ishlab chiqarish vositasi hisoblangan yer pul bilan bilan baholanmasligi, ya’ni qiymati o‘lchanmasligi tufayli, kapital qiymati
tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy 
kapitalning ayrim turlari, masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish 
hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi. 
Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish 
inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, 
sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Shunga 
binoan qishloq xo‘jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma 
mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab 
chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi 
korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi 
hayvonlar, yem-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati bir 
yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari-inventarlar, yoqilg‘i va 
moylash materiallari va h.z. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo‘jaligida aylanma 
kapitalning ko‘pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital 
boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab 
chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi. 
Shuni 
ham 
ta’kidlash 
kerakki, 
qishloq 
xo‘jaligida 
ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog‘liq 
bo‘ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash 
ham qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita 
ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir 
xo‘jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo‘jalik mahsulotining 
bevosita ko‘payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni 
qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi 
uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o‘rtasidagi muddat 
sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo‘ladi. Masalan, qishloq xo‘jaligida turli 
ekinlarni ekib bo‘lingandan to hosil yig‘ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti 
davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo‘jalik ekinlari mehnat ta’sirida 
bo‘lgan kunlar hisoblanadi. 
Logotip
tarkibida hisobga olinmaydi. Qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalning ayrim turlari, masalan, ko‘p yillik daraxtlar, mahsuldor chorva, ish hayvonlari, sug‘orish inshootlari va boshqalar sanoat tarmoqlarida bo‘lmaydi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish vositalari hisoblangan binolar, sug‘orish inshootlari va boshqalar ishlab chiqarish natijasini oshirishga faol ta’sir o‘tkazadi, sanoat tarmog‘ida esa ular birmuncha sustroq va bilvosita ta’sir o‘tkazadi. Shunga binoan qishloq xo‘jaligidan kapitalning tarkibida turli inshootlar, binolar, uzatma mexanizmlar va boshqalarning hissasi ko‘proq. Qishloq xo‘jaligida takror ishlab chiqarishni amalga oshirishda asosiy kapital ham qatnashadi. Qishloq xo‘jaligi korxonalarida aylanma kapital quyidagilardan tashkil topadi: yosh va boquvdagi hayvonlar, yem-xashak, urug‘lik fondlari, kimyoviy o‘g‘itlar, xizmat muddati bir yildan kam bo‘lgan turli xil ishlab chiqarish vositalari-inventarlar, yoqilg‘i va moylash materiallari va h.z. Ishlab chiqarish jarayoni qishloq xo‘jaligida aylanma kapitalning ko‘pgina qismi hali tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘ladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni sotish jarayonida kapital boshqa tarmoqlardagidek doiraviy aylanib turadi, ya’ni pul shaklidan ishlab chiqarish shakliga, undan tovar shakliga o‘tib, yana pul shakliga qaytib keladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning miqdori yerning hosildorligi, uning sifatiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yerning tabiiy, biologik, iqtisodiy va texnikaviy sharoitlarini yaxshilash ham qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan kapitalning doiraviy aylanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun bu omillardan to‘laroq foydalanish har bir xo‘jalikning muhim vazifasidir. Tabiiy omillar qishloq xo‘jalik mahsulotining bevosita ko‘payishiga ta’sir etsa ham, mahsulotning qiymatini oshirmaydi, ya’ni qiymat yarata olmaydi. Ishlab chiqarish tabiiy sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu yerda ish davri va umumiy ishlab chiqarish vaqti o‘rtasidagi muddat sanoatga nisbatan birmuncha uzoqroq bo‘ladi. Masalan, qishloq xo‘jaligida turli ekinlarni ekib bo‘lingandan to hosil yig‘ishtirib olinguncha ishlab chiqarish vaqti davom etadi. Ish davri esa shu vaqt ichida qishloq xo‘jalik ekinlari mehnat ta’sirida bo‘lgan kunlar hisoblanadi.
Qishloq 
xo‘jaligida 
ishlab 
chiqarish 
jarayoni 
mavsumiyligi 
bilan 
xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan mehnat vositalaridan, 
ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga 
bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan 
yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor 
turadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya 
bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga 
nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital 
harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat 
jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag‘larning sarfi 
bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma 
mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida 
aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi, urug‘lik, yem-xashak, turli ozuqalar 
ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab 
chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi 
ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab 
o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini 
ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. 
Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo‘jaligiga 
yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy 
qilinmagan, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti 
talablaridan kelib chiqib, agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon 
muvaffaqiyatli olib borilmoqda. O‘zbekistonda yer davlat mulki hamda 
umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik 
qilish va yerdan foydalanish masalalarini alohida ko‘rib chiqamiz. 
Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslaming ma’lum yer uchastkasiga 
tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi 
egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan 
mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan foydalanish ko‘zda tutiladi. Yerga 
egalikni yeri bo‘lgan mulkdor, ya’ni davlat amalga oshiradi. O‘zbekiston 
Logotip
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish jarayoni mavsumiyligi bilan xususiyatlidir. Bu hol qishloq xo‘jaligida mavjud bo‘lgan mehnat vositalaridan, ya’ni kombayn, turli ekish asboblari va shu kabilardan foydalanish vaqtiga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda, bu mehnat vositalaridan yilning ma’lum muddatlaridagina foydalaniladi, qolgan vaqtda esa ular bekor turadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligida mehnatning kapital va energiya bilan qurollanish darajasi moddiy ishlab chiqarishning boshqa tarmoqlariga nisbatan yuqori bo‘lishini taqozo qiladi, lekin bu yerda asosiy va aylanma kapital harakati sustroq. Bulardan tashqari qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va mehnat jarayonlarining mavsumiyligi sababli yil davomida aylanma mablag‘larning sarfi bir me’yorda bo‘lmaydi. Qish va yoz mavsumlarida xarajat qilinadigan aylanma mablag‘lar tarkibida birmuncha tafovutlar mavjud. Masalan, qish mavsumida aylanma mablag‘larning ko‘pgina qismi, urug‘lik, yem-xashak, turli ozuqalar ishlab chiqarish ehtiyot qismi shaklida turadi, yoz faslida esa tugallanmagan ishlab chiqarish, texnikaning butlash qismlari, neft mahsulotlari va shu kabilarning hissasi ortib boradi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil qilishda yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlarni hisobga olib, ishni tashkil qilish uning samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyatga egadir. Bizning mamlakatimizda aholining nisbatan zichligi va qishloq xo‘jaligiga yaroqli yerlarning cheklanganligini hisobga olib, yerga xususiy mulkchilik joriy qilinmagan, unga davlat mulki saqlanib qoldi. Lekin, bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib, agrar islohotlar amalga oshirilmoqda va bu jarayon muvaffaqiyatli olib borilmoqda. O‘zbekistonda yer davlat mulki hamda umummilliy boylik bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik qilish va yerdan foydalanish masalalarini alohida ko‘rib chiqamiz. Yerga egalik jismoniy va huquqiy shaxslaming ma’lum yer uchastkasiga tarixan tarkib topgan asoslardagi yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibdagi egalik huquqini tan olishini bildiradi. Yerga egalik deganda avvalo yerga bo‘lgan mulkchilik huquqi va uni iqtisodiy jihatdan foydalanish ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor, ya’ni davlat amalga oshiradi. O‘zbekiston
Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va 
jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish 
uchun berilishi mumkin». 
Yerdan foydalanish huquqi-bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda 
undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. 
Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‘pincha har 
xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer 
xo‘jaliklari amalga oshiradi. 
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil-
yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim 
ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, 
ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni 
harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini 
oshiradigan omil-inson omili, ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir. 
Yer rentasi va uning turlari. 
Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning shaklidir. Yer 
rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: 
barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal 
rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda mavjud renta 
vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: 
absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, 
undirma sanoat, qurilishlar uchastkalaridan olinadigan renta. 
Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida 
qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart-
sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga 
kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan 
yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. 
Ikkinchi sababi-yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’yekti yoki 
xo‘jalik yuritish ob’yekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. 
Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy 
Logotip
Respublikasining Yer kodeksida ta’kidlanganidek «Yer uchastkalari yuridik va jismoniy shaxslarga doimiy va muddatli egalik qilish hamda ulardan foydalanish uchun berilishi mumkin». Yerdan foydalanish huquqi-bu o‘rnatilgan urf-odatlar yoki qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuvchi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni ko‘pincha har xil jismoniy va huquqiy shaxslar, xususan hozir bizda asosan dehqon va fermer xo‘jaliklari amalga oshiradi. Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida ham to‘rt omil- yer, kapital, tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchi qatnashib, bunda yer muhim ishlab chiqarish vositasi sifatida ishtirok etadi. Ammo biz avval aytganimizdek, ishlab chikarish jarayonida hamma ishlab chiqarish vositalarini, jumladan, yerni harakatga keltirib, undan unumli foydalanadigan, uning iqtisodiy unumdorligini oshiradigan omil-inson omili, ya’ni tadbirkorlik qobiliyati va ishchi kuchidir. Yer rentasi va uning turlari. Yer rentasi yer egaligini iqtisodiy jihatdan amalga oshirishning shaklidir. Yer rentasining bir qancha tarixiy ko‘rinishlari mavjud. Masalan, uch shakldagi: barshchina (ishlab berish), obrok (natural soliq) va pul solig‘i shakllaridagi feodal rentalari shular jumlasidandir. Hozirgi vaqtda turli mamlakatlarda mavjud renta vujudga kelish sabablari va shart-sharoitlariga qarab quyidagi turlarga ajratiladi: absolyut yer rentasi, differensial (tabaqalashgan) renta I va II, monopol renta, undirma sanoat, qurilishlar uchastkalaridan olinadigan renta. Rentaning mohiyatini tushunishdagi asosiy qiyinchilik tadbirkorlar o‘rtasida qayta taqsimlanmaydigan qo‘shimcha sof daromadning vujudga kelishi shart- sharoit va sabablarini ochib berilishi hisoblanadi. Bunday holat vujudga kelishining sabablaridan biri samarali xo‘jalik yuritish uchun yaroqli bo‘lgan yerlarning cheklanganligi va qayta tiklab bo‘lmasligida o‘z ifodasini topadi. Ikkinchi sababi-yerga yoki boshqa tabiiy resursga mulkchilik ob’yekti yoki xo‘jalik yuritish ob’yekti sifatidagi monopoliyaning mavjudligi hisoblanadi. Uchinchi sababi esa, ko‘p mamlakatlarda qishloq xo‘jaligidagi kapital uzviy
tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi 
hisoblanadi. 
Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida 
vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u 
differensial renta deb ataladi. 
Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi-yerning miqdori va 
sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. 
Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer 
uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga 
qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi 
jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga 
soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi 
yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va foyda 
oladilar. 
Demak, differentsial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan 
yerning sifati, ya’ni unumdorligidagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa 
foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil 
xo‘jalik yuritishdir. 
Differencial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I 
va differensial renta II ga bo‘linadi. 
Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat 
markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer 
uchastkalarida vujudga keladi. 
Differentsial 
renta 
II 
xo‘jaliklarni 
intensiv 
rivojlantirish, 
yerning 
hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq 
xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, 
qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq 
holda vujudga keladi. 
Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi 
qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil 
Logotip
tuzilishi, ya’ni doimiy va o‘zgaruvchi kapital o‘rtasidagi nisbatning pastligi hisoblanadi. Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar natijasida vujudga keladigan qo‘shimcha daromadning bir qismi renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. Qishloq xo‘jaligida eng muhim ishlab chiqarish vositasi-yerning miqdori va sifatini tabiatning o‘zi cheklab qo‘ygan, uni inson ko‘paytirishga qodir emas. Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi unumdor yer uchastkalarida to‘plash mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga qodir talab bilan ta’minlangan bo‘lsa, yerning mahsuldorligi yoki joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab chiqaruvchilar qo‘shimcha mahsulot va foyda oladilar. Demak, differentsial renta hosil bo‘lishining tabiiy sharti miqdori cheklangan yerning sifati, ya’ni unumdorligidagi farqlardir, uning ijtimoiy-iqtisodiy sababi esa foydalaniladigan yerlarda iqtisodiy jihatdan alohidalashgan tarzda mustaqil xo‘jalik yuritishdir. Differencial renta o‘zining kelib chiqish sharoitlarga qarab differensial renta I va differensial renta II ga bo‘linadi. Differentsial renta I yerning tabiiy unumdorligi bilan bog‘liq bo‘lgan, sanoat markazlariga, bozorlarga va aloqa yo‘llariga yaqin joylashgan serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Differentsial renta II xo‘jaliklarni intensiv rivojlantirish, yerning hosildorligini oshirish uchun qo‘shimcha xarajatlar sarf qilish bilan, ya’ni qishloq xo‘jaligida kimyoviy o‘g‘itlarni qo‘llash, yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish darajasi bilan bog‘liq holda vujudga keladi. Qishloq xo‘jalik mahsulotining ijtimoiy qiymati bilan yakka tartibdagi qiymati o‘rtasidagi tafovut xo‘jaliklarning ustama qo‘shimcha mahsulotini tashkil
qiladi. Ya’ni, differentsial renta I va II ni o‘z ichiga oladi. Differentsial renta I va II 
mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan joylashuv bo‘yicha yoki alohida 
olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil 
qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga 
to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi. 
Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda 
vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan 
bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf 
qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat byudjetida to‘planishi lozim. Bu hol 
o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga 
putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy sharoitlarni 
tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat byudjetiga o‘tgan bu 
differentsial renta I mablag‘larini, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga 
oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. 
Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy 
unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning 
asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning 
faqat bir qismi davlat byudjetiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum 
darajada bu rentaning hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari 
qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital 
mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday 
qilib, differentsial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan 
xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida taqsimlanadi. 
Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy 
mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. 
Yerga bo‘lgan bu mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer 
uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan 
rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi 
shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun 
Logotip
qiladi. Ya’ni, differentsial renta I va II ni o‘z ichiga oladi. Differentsial renta I va II mahsulotning muayyan ijtimoiy qiymati bilan joylashuv bo‘yicha yoki alohida olingan xo‘jalikning individual qiymati o‘rtasidagi tafovutdan iboratdir. Shu hosil qilingan daromadlar davlat bilan xo‘jalik o‘rtasida taqsimlanadi. Uning davlatga to‘langan qismi yer rentasi ko‘rinishini oladi. Differentsial renta I xo‘jaliklar faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiiy sharoitda vujudga keladi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jaligi korxonalarida hosil qilingan bu xildagi renta yer davlat mulki bo‘lganligi sababli uning manfaatlari yo‘lida sarf qilish maqsadida markazlashtirilgan davlat byudjetida to‘planishi lozim. Bu hol o‘rta va yaxshi unumli yerda joylashgan xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy sharoitlarni tenglashtirish imkonini beradi. Markazlashtirilgan davlat byudjetiga o‘tgan bu differentsial renta I mablag‘larini, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga oshirish, xususan yangi yerlarni o‘zlashtirish va yer unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni amalga oshirish uchun yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. Differentsial renta II yerdan intensiv foydalanish, ya’ni uning iqtisodiy unumdorligini oshirish bilan bog‘liq bo‘lganligi uchun ham bu xildagi rentaning asosiy qismi xo‘jaliklarning o‘zlarida qoldirilishi mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Uning faqat bir qismi davlat byudjetiga jalb qilinishi mumkin, chunki davlat ma’lum darajada bu rentaning hosil qilishda o‘z hissasini qo‘shadi, ya’ni transport yo‘llari qurilishiga, irrigatsiya-melioratsiya ishlarini amalga oshirish uchun kapital mablag‘lar sarflaydi, texnikalar, kadrlar, mineral o‘g‘itlar yetkazib beradi. Shunday qilib, differentsial renta I va differensial renta II yer egasi bo‘lgan davlat bilan xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar o‘rtasida taqsimlanadi. Absolyut renta. Ko‘pgina mamlakatlarda qishloq xo‘jaligida yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni olib borishga to‘g‘ri keladi. Yerga bo‘lgan bu mulkchilik monopoliyasi ijaraga beriladigan barcha yer uchastkalarining sifatidan qat’i nazar, yer egalariga absolyut renta deb atalgan rentani olishga imkon beradi. Absolyut yer rentasining vujudga kelish mexanizmi shundan iboratki, yer egalari yerni ishlovchi ijarachilarga foydalanish uchun
ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to‘lovlar oladilar. Mana 
shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu 
yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularning ijara haqi alohida 
hisoblanadi. 
Qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi-monopol renta ham mavjud. 
Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo‘jalik 
mahsulotlari, uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning 
alohida turlarini yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol 
narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab 
darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning 
individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga 
monopol renta olish imkonini beradi. 
Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo‘shimcha 
daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi ishlash uchun 
qulayligi jihatidan va konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi 
qishloq xo‘jaligidagi singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha 
foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. 
Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan 
farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot 
va shu kabilar qurish bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan 
bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir- biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi 
yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi formulasi quyidagicha: 
IX = R + r + A , 
bu yerda: 
R- yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta; 
r- yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz; 
A- yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar 
amortizatsiyasi. 
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’yekti emas, balki 
oldi-sotdi ob’yekti hamdir. Yer qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy 
Logotip
ijaraga beradilar va ulardan yerdan foydalanganlik uchun to‘lovlar oladilar. Mana shu to‘lov absolyut yer rentasi deb nom olgan. Agar yer ijaraga berilganda shu yerda turli xil inshootlar, binolar qurilgan bo‘lsa, ularning ijara haqi alohida hisoblanadi. Qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir turi-monopol renta ham mavjud. Boshqa yerda uchramaydigan tabiiy sharoit, ba’zan noyob qishloq xo‘jalik mahsulotlari, uzumning alohida navlarini, sitrus ekinlari, choy va hokazolarning alohida turlarini yetishtirish uchun imkoniyat yaratadi. Bunday tovarlar monopol narxlar bilan sotiladi. Bu narxlarning yuqori bo‘lishi ko‘pincha to‘lovga qodir talab darajasi bilan belgilanadi. Natijada monopol narxlar shunday mahsulotlarning individual qiymatidan ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta olish imkonini beradi. Faqat qishloq xo‘jaligida emas, balki undirma sanoatda ham qo‘shimcha daromad olinadi. Ma’lumki foydali qazilma konlari joylashuvi ishlash uchun qulayligi jihatidan va konning boyligi jihatidan ham bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi singari, o‘rta va yaxshi konlardagi korxonalar qo‘shimcha foyda oladilar, u ham differensial rentaga aylanadi. Ijara haqi. Renta munosabatlarini qarab chiqishda rentaning ijara haqidan farqiga e’tiborni qaratish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga oldin bino, inshoot va shu kabilar qurish bilan bog‘liq ravishda kapital qo‘yilmalar sarflanmagan bo‘lsa, ijara haqi va renta miqdoran bir- biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. Ijara haqi formulasi quyidagicha: IX = R + r + A , bu yerda: R- yerdan foydalanganlik uchun to‘lanadigan renta; r- yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz; A- yer uchastkasini ijaraga bergunga qadar unga qurilgan inshootlar amortizatsiyasi. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida yer faqat ijara ob’yekti emas, balki oldi-sotdi ob’yekti hamdir. Yer qishloq xo‘jalik mahsuloti yetishtirish va tabiiy
qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, 
inshootlar, yo‘llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday 
hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi? 
Ma’lumki, yer inson mehnati mahsuli bo‘lmaganligi sababli almashuv 
qiymatga ega emas. Shunga ko‘ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in’omlari 
narxini irratsional narxlar deb ataydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishda 
olingan summani bankka qo‘yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu 
yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina yerni sotadi. 
Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar 
teng bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga 
to‘g‘ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi 
ikkita miqdorga bog‘liq: 
1) yer uchastkasi egasi olishi mumkin bo‘lgan yer rentasi miqdoriga; 
2) ssuda foizi me’yoriga. 
Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: 
B = R x 100% 
r , 
bu yerda: 
B - yer narxi; 
R- renta; 
r' - ssuda foizi me’yori. 
Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning 
narxi o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. 
Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab 
omillarga bog‘liq. Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik 
maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. 
Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yerga talab keskin o‘sadi, bu 
tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga 
asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan hozirgi davrgacha yer narxi 
barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi 
Logotip
qazilma boyliklar qazib olish uchun, har xil ishlab chiqarish va turar joy binolari, inshootlar, yo‘llar, aeroportlar va hokazolar qurish uchun sotib olinadi. Bunday hollarda yerning narxi nima bilan belgilanadi? Ma’lumki, yer inson mehnati mahsuli bo‘lmaganligi sababli almashuv qiymatga ega emas. Shunga ko‘ra, nazariyotchilar yer va boshqa tabiat in’omlari narxini irratsional narxlar deb ataydilar. Yer uchastkasining egasi uni sotishda olingan summani bankka qo‘yilganda, u keltiradigan foiz tarzidagi daromad shu yer uchastkasidan olinadigan rentadan kam bo‘lmagan taqdirdagina yerni sotadi. Boshqacha aytganda, yerning narxi kapitallashtirilgan rentadir. Boshqa sharoitlar teng bo‘lganda, xuddi shu renta miqdori yer narxini belgilaydi. U renta miqdoriga to‘g‘ri va ssuda foizi normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita miqdorga bog‘liq: 1) yer uchastkasi egasi olishi mumkin bo‘lgan yer rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi me’yoriga. Shundan kelib chiqib yerning narxi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi: B = R x 100% r , bu yerda: B - yer narxi; R- renta; r' - ssuda foizi me’yori. Renta miqdori o‘sib, ssuda foizi me’yori pasayib borgan taqdirda yerning narxi o‘sib boradi. Yer narxini aniqlashning bu usuli nazariy ahamiyatga ega. Amalda yer narxi, yer uchastkasiga talab va taklifga ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab omillarga bog‘liq. Jumladan, yerga narxning o‘sishini, unga noqishloq xo‘jalik maqsadlari uchun foydalanishga talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflyatsiya va asosan giperinflyatsiya sharoitida yerga talab keskin o‘sadi, bu tegishli ravishda yer narxining o‘sishiga olib keladi. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi