AGROKIMYONING EKOLOGIK MUAMMOLARI
Reja
1.Azotli o’g’itlarning ekologik roli.
2.Fosforli o’g’itlarning ekologik roli.
3.Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli.
4. Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi va o’simliklarni og’ir
metallardan muxofaza qilish.
Kalit so’zlar: o’g’itlar qo’llash va ekologiya, agrokimyoning ekologik
muammolari, azotli o’g’itlarning ekologik roli, fosforli o’g’itlarning ekologik roli,
kaliyli o’g’itlarning ekologik roli.
Inson hayoti, uning sog’ligi, ish qobiliyati atrofdagi tabiatning holatiga ko’p
tomonlama bog’liqdir.
Atrof-muhitning asrlardan buyon insonga ko’rsatib kelgan salbiy ta’siri tabiiy
ofatlar yoki epidermiya bilan bog’liq edi.
Inson bu omillarning ko’pchiligi bilan kurashish usullarini masalan, yuqumli
kasalliklarga qarshi ko’rashish usullarini o’rganib oldi.
Ta’kidlash lozimki, fan-texnika revolyusiyasi bilan bog’liq bo’lgan kimyoviy
ishlab chiqishning o’sishi atrof-muhitga zararli ta’sir ko’rsatmoqda: ichimlik suvlar
ifloslanmoqda, dunyo okeanlari, yer atmosferasi zaharlanmoqda, yening yashil
maysa qatlami bo’zilmoqda, tuproq unumdorligi, mikroflorasi va faunasi yo’q
qilinmoqda, ekin dalalaridagi chuvalchanglar deyarli yo’qotildi. Umuman olganda,
tabiatning noyob boyligi bo’lgan o’simlik va hayvonot olami xavf ostida
qolmoqda. Natijada butun olam mohiyati bilan energetik va sosial krizisga teng
bo’lgan ekologik krizisga yuz tutmoqda.
Birinchi marta 1930 yilda, Belgiyada, havoning ifloslanishi natijasida
ommaviy kasallanish qayd etilgan bo’lsa, 1952 yilda Londonda ushbu kasallik
tufayli 4000 kishi vafot etdi. Atmosfera havosida changlar, uglevodlarning
fotokimyoviy reaksiya mahsulotlari, azot oqsillarning bo’lishi, nafas olish
organlari kasalliklarining paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bu o’rinda, surunkali
bronxit kasalligidan o’lim har o’n ikki yilda ikki marta ortayotganligini ta’kidlash
kifoya. Xalqaro sog’liqni saqlash tashkilotlarining ma’lumotiga ko’ra, har to’rtta
rak kasalligining uchtasi atrof-muhitni ifloslanishi bilan bog’liq.
Atrof-muhitning ifloslanishi hayotga har tomonlama ta’sir ko’rsatadi: yirik
shaharlarda quyoshli kunlar soni kamayadi va o’simliklar nobud bo’ladi.
Ifloslanishning eng katta xavfi shundaki, atrof-muhitdagi kimyoviy
mutagenlarning ko’payishi natijasida inson organizmida xavfli mutasiyalarning
paydo bo’lishi mumkinligidadir. Buning natijasida aqliy va jismoniy taraqqiy
etmagan chaqaloqlar tug’ilishi ko’payadi va yangi oilalarda chaqaloq umuman
tug’ilmaydi.
Ob-havo bo’yicha Xalqaro konferensiyaning bergan ma’lumotlariga ko’ra,
uglerod (II) oksidi miqdorining ortishi yer shari haroratini 1,5-30S ga oishirish
mumkin. Yer sirtining bunday isishi, qutblardagi muzliklarning beto’xtov erishiga
va dunyo okeanlari suv balandligi 4-8 m ga ko’tarilishiga olib kelib, quruqlikni
butunlay suv bosishiga olib kelishi mumkin. Yoki, ikkinchi bir dahshat
stratosferadagi azon himoya qavatining bo’zilishi bilan bog’liq bo’lib,
stratosferadagi azon o’g’itlardan ajralib chiqadigan moddalarning oksidlanishiga
sarf bo’ladi.
Mutaxasislarning ma’lumotlariga ko’ra, Yerni quyosh reaksiyasidan himoya
qilib to’rgan azon (balandligiga ko’ra 15%) himoya qavatining bo’zilishi, barcha
tirik organizmlarni radiasion o’limga mahqum etishi mumkin.
Shu o’rinda V.A SolouxiNning quyidagi so’zlarini keltirish o’rinlidir: «Agar
qandaydir «koinot diversantlarini» Yer yuzini toshga aylantirish maqsadida, barcha
jonzotni qirib tashlash uchun yuborilganda ham ular bizchalik ya’ni yer yuzida
yashovchi va uni o’ziga do’st deb hisoblayotganlarchalik makkorona va aqlli
harakat qilisha olmas edi»».
Atmosferadagi ifloslik miqdorining ortishi qishloq xo’jalik ekinlari
hosildorligining kamayishiga, o’simliklarning sifati va o’sishiga, chorva
mahsulotlari va sonining kamayishiga olib kelmoqda.
Hozirgi kunda qishloq xo’jaligida erishilgan muvaffaqiyatlar ko’p jihatdan
o’g’it ishlatish, undan foydalanish va qo’llash usullari bilan bog’liqdir. Chunki
Birlashgan Millatlar tashkilotining ma’lumotiga ko’ra jaxon qishloq xo’jaligidan
olinayotgan hosilning o’rtacha 50%i mineral o’g’itlar zimmasiga to’g’ri kelmoqda.
Shu sababli ham kishi boshiga bir yilda o’rtacha 9 kg azot, 9 kg fosfor va 9 kg
kaliy o’g’iti ishlatish kerak deb hisoblansa, u holda mineral o’g’it ishlab
chiqarishni ikki barobar ko’paytirish kerak bo’ladi.
Agar gektariga solinadigan mineral NPK o’g’itlarning o’rtacha 100 kg/ga deb
olsak unda hozir mavjud ekin maydonlarini o’g’itlash uchun har yili 150 mln.t.
o’g’it ishlab chiqish kerak bo’ladi.
V.A.Kovda hisoblashlariga ko’ra, XXI asrning boshlarida, o’rtacha 300-400
mln.t. o’g’it ishlab chiqarish bilan davr talabini qondira olish mumkin yoki hozirda
ishlab chiqilayotgan o’g’itlarga nisbatan ishlab chiqarish salmog’ini 5-6 marta
ko’paytirish lozim bo’ladi.
Shuni nazarda tutish kerakki, qishloq xo’jaligini kimyolashtirish faqat mineral
o’g’itlardan to’g’ri va samarali foydalanilgandagina ijobiy natija berishi mumkin.
Bu sohada agrokimyogarlar doimo izlanishlari, o’g’itlarning yangi turlarini
yaratish, ulardan foydalanishning eng maqbul muddatlari va normalarini belgilash
bo’yicha ish olib borishlari zarur va shart. Aks holda kimyo mahsulotlari
hosildorligining pasayishiga, sifatining bo’zilishiga, atrof-muhit, tuproq va suv
havzalarining ifloslanishiga xizmat qiladi.
Azot tanqisligi oqsil, ferment, xlorofill moddalar sintezini susuaytiradi,
uglevodlar sintezi esa xlorofilsiz amalga oshmaydi. Azot, uning paydo bo’layotgan
hujayralar uchun muhim bo’lib, o’simliklarning o’sib rivojlanishi va eng muhimi
hosil tugish davrida juda zarur elementdir. Qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori
hosil olish uchun 150-350, hatto 400 kg gacha sof holatdagi azot talb etiladi. Lekin
o’g’itlardan to’g’ri, isrofsiz foydalanish uchun tuproq unumdorligi, ya’ni
tuproqlardagi azot zahirasi, o’simliklarning azotga bo’lgan talabchanligini hisobga
olish va hosilning pishib yetilish davrida vegetativ organlardagi azotning generativ
organlari tomon o’tishini (bunda azotning yetishtirilgan hosil bilan tuproqlardan
chiqib ketishini) hisobga olish lozim. Yetishtirilgan hosil inson extiyojlari uchun
foydalaniladi. Demak o’simlik tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa
qaytib tushmaydi. Shuning uchun tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi
uchun tuproqni qo’shimcha mineral va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur.
Bundan tashqari, mineral o’g’itlar tarkibidagi azotning foydali koeffisiyenti 40-
50%, organik o’g’it tarkibidagisi esa 30-40% bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot
tanqisligi yaqqol seziladi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tuproq
tarkibidagi azot miqdori va o’simliklar tomonidan olib chiqib ketiladigan azot
miqdorini aniq bilib, ekilgan ekin extiyojiga qarab tuproq o’g’itlansa, birinchidan,
sifatli (nitratsiz) hosil yetishtiriladi, ikkinchidan, atrof-muhit (azot va azot
birikmalari bilan) ortiqcha ifloslanmaydi. Tuproq tarkibidagi ortiqcha azot asosan,
nitratlar shaklida bo’lib, bu birikma tezlikda suv bilan yuvilib yoki gaz holatiga
o’tib atmosferaga chiqib ketadi.
Demak o’simlik tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa qaytib
tushmaydi. Shuning uchun tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi uchun
tuproqni qo’shimcha mineral va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur. Bundan
tashqari, mineral o’g’itlar tarkibidagi azotning foydali koeffisiyenti 40-50%,
organik o’g’it tarkibidagisi esa 30-40% bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot
tanqisligi yaqqol seziladi. .
Yetishtirilgan hosil inson extiyojlari uchun foydalaniladi. Demak o’simlik
tomonidan to’plangan azotning bir qismi tuproqqa qaytib tushmaydi. Shuning
uchun tuproq unumdorligining pasayib ketmasligi uchun tuproqni qo’shimcha
mineral va organik o’g’itlar bilan o’g’itlash zarur. Bundan tashqari, mineral
o’g’itlar tarkibidagi azotning foydali koeffisiyenti 40-50%, organik o’g’it
tarkibidagisi esa 30-40% bo’lsa, asosiy ekin dalalarida azot tanqisligi yaqqol
seziladi.
V.A.Kovda ma’lumotlariga ko’ra, biosferada har yili 9 mln.t. azot
ortiqcha to’planadi. Biosferada azot balansi.
Azotli birikmalarning hosil bo’lish
manbai
mln.
tonna
Sarflanishi
mln.
tonna
Tuproqdagi biologik fiksasiya
30
denitrifikasiya
43
Dukkakli o’simliklar
14
dengizda
40
Dengiz fiksasiyasi
10
yotqiziqlarda
0,2
Sanoatdagi fiksasiya
30
yo’qolish (hammasi b.)
83,2
Atmosfera havosidagi fiksasiyasi
7,6
qolgani (hammasi b.)
8,6
Boshqa yo’llar bilan hos.bo’l.
0,2
-
Azotning to’planishi
91,8
-
Nazarda tutish kerakki, mineral o’g’itlar miqdorini uzluksiz oshirish bilan
hosilni oshirib bo’lmaydi. Ortiqcha berilgan o’g’itlar atrof-muhitning ifloslanishi
va ichimlik suv manbalarida nitrat miqdorining keskin oshib ketishiga sabab
bo’ladi. Suv manbalarida nitrat miqdorining 40-45 mg/l ga yetishi kishilarda turli
xil kasalliklarning kelib chiqishi va suvdagi jonivorlarning zaharlanishiga olib
keladi. Nitratlar zaharli bo’lmasada, ular ichakka o’tgandan keyin ichak
bakteriyalari ta’sirida nitritlarga aylanib, qondagi gemoglobin bilan birikib, uni
metgemoglobinga aylantiradi. Metgemoglobin esa qoNning organizmini kislorod
bilan ta’minlash faoliyatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi va zaxarlaydi.
Ammiakli formadagi azotli o’g’itlar atrof-muhitni ifloslantirib, suvdagi
miqdori 0,02 mg/l bo’lganda, o’ta zaharli hisoblanadi. Atrof-muhitni ammiakli
shakldagi azotli birikmalar bilan ifloslantiruvchi asosiy manbalar parrandachilik
chorvachilik fermalari va shahar chiqitlaridir. Bu chiqitlarda tarqalayotgan nitrat
(NO3) miqdori tuproqda 380-400 kg/ga, ammiak (NH3), miqdori esa 2000-2300
kg/ga qadar yetishi mumkin. Faqat yomg’ir suvlari bilan 13-15 kg/ga gacha azot
tuproqqa tushmoqda. Azot muammosini hal etishning eng asosiy yo’llaridan biri,
tuproqda biologik azotni ko’paytirish bo’lib, yomg’ir chuvalchanglari, azot
to’plovchi mikroorganizmlar va dukkakli o’simliklardan foydalanish maqsadga
muvofiqdir. G.Z.Kuk va R.Vilyams ma’lumotlariga ko’ra, bir gektar yepHi
organik azot bilan to’la ta’minlash uchun 2500 bosh tovuq yoki 250 bosh kurka
yoki 25 bosh cho’chqa yoki 2-3 bosh sigirdan yil davomida chiqqan chiqitlarni
solish yetarlidir.
Fosforli o’g’itlar havo va tuproqdan olingan anorganik moddalardan
aminokislota, oqsil, yog’, kraxmal, shakar va boshqa bir qator mahsulotlarni sintez
qilishda ishtirok etadi. O’simliklar o’sib rivojlanishini bir me’yorda bo’lishini
ta’minlaydi, hosildorlikni oshirida va uning sifatini yaxshilaydi. Ayni paytda fosfor
muammosi ham yuzaga kelmoqda, uning tabiiy zahiralari kundan kunga kamayib
tugab bormoqda. Ma’lumki, tuproqqa beriladigan NPK ning miqdoriy nisbati
bo’zilsa qishloq xo’jalik mahsulotlarida qayta tiklangan azot miqdori orta borib,
uning kuchi zahar darajasigacha yetishi mumkin.
Suvda biomassasining ko’payishi kislorodning kamayishiga olib keladi,
anaerob jarayon kuchayadi. Natijada oltingugurt, ammiak kabi bir qator kimyoviy
element va moddalar to’planadiki, oqibatda baliq va boshqa suvda yashovchi
jonivorlar yashash sharoiti og’irlashadi.
Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir manba detergentlar bo’lib, ular orqali
har yili atrof-muhitga chiquvchi fosfor 46% ni tashkil etadi. Detergentlar neft
distillyasiyasining maxsuloti bo’lib, tozalash inshootlari orqali osongina o’tib, suv
va tuproqlarni ifloslantiradi, ular fermentlar ta’sirida parchalanmaydi.
Kaliyli o’g’itlarning ekologik roli
Kaliyli o’g’itlar azot va fosforli o’g’itlar ishlab chiqarish hajmidan kam
bo’lib, 12 mln. t. ni tashkil etadi. Bu o’g’it o’simlik organizmida muxim xayotiy
jarayonlarni bajaradi. Masalan, hujayraning suv faoliyatini tartibga solishga,
uglevodlarning barglardan boshqa organlarga oqib o’tishiga, fotosintez
jarayonining bir maroMga borishiga olib keladi. O’simlik tarkibidagi kaliy miqdori
0,01% dan 2-3% bo’lib, bu o’g’itni tuproqqa berishda tuproqdagi harakatchan
kaliy miqdorini qat’iy hisobga olish kerak bo’ladi. Chunki 1 kg tuproq tarkibida
400 mg dan ortiq kaliy bo’lsa, ayni tuproqqa yillik normadagi kaliy miqdorining
20-40% ni berish lozim. Sho’rlangan yoki sho’rlanishga moyil tuproqlarga kaliyli
o’g’itni sulfatli tuzlari shaklida berish maqsadga muvofiq. Agarda u KCl holida
berilsa, xlor ionlari tuproqda yanada ko’payib ketishi va ekinlarning zaharlanishiga
olib keladi. Kaliyli o’g’itlarni agrokimyoviy xaritanomalarga rioya qilmasdan
tuproqqa berish, hosilning pishib yetilishini kechiktiradi, sifatiga salbiy ta’sir
ko’rsatadi, atrof-muhit, tuproq, suv va suv xavzalarining ifloslanishiga sabab
bo’ladi. Salbiy ta’sirning oldini olish:
-o’g’itlarni saqlashda omborxonalarni suv xavzalari va aholi punktlaridan
uzoqroqda qurish;
-tashish va qo’llash qoidalariga rioya qilish;
-mineral o’g’itlarning yillik normasini belgilashda tabiiy geografik sharoit,
tuproq unumdorligi va rejalashtirilgan hosilni hisobga olish;
-yer osti sizot suvlar satxini xisobga olish.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanishi.
Tuproqning og’ir metallar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metall ishlab
chiqarish sanoati chiqindilari, turli yoqilg’ilarning yonish maxsulotlari, avtomobil
dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo’jaligida ishlatiladigan ximikatlar va
boshqalar tashkil etadi. Og’ir metallarga qo’rg’oshin, vanadiy, xrom, marganes,
kobalt, nikel, mis, rux, vismut, molibden, surma, kadmiy, temir va boshqalar
kiradi.
Atrof-muhit uchun xavflilariga simob, qo’rg’oshin, kadmiy, mishyaq selen,
ftor kirsa, ular ichida o’ta xavflilari simob, qo’rg’oshin va kadmiy hisoblanadi.
Ko’mir, neft, gaz va boshqa bir qator yoqilg’ilardan foydalanish shu darajada
oshib ketganki, atrof-muhitni metall ishlab chiqarish sanoatiga nisbatan bir necha
bor ortiq ifloslantirmoqda. Avtomobil dudlari va tashlandiq gazlari orqali tuproqqa
xar yili 200-250 ming t. qo’rg’oshin tushadi. Shuningdek, og’ir metallar biosidlar
va mineral o’g’itlar bilan ham tuproqqa tushadi.
Og’ir metallar tuproqdan o’simlikka, o’simlikdan esa hayvon organizmiga
o’tadi va tirik organizmga zararli ta’sir ko’rsatadi.
Simob – eng xavfli kimyoviy element bo’lib, uning metil simob birikmasi
tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitda, organik moddalar bilan
ta’sirlashishi natijasida hosil bo’ladi.
Metilsimob o’ta xavfli zaxarli modda bo’lib, suv, tuproq, o’simlik va boshqa
oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushishi mumkin. Odam organizmiga
o’tgan simob buyraq jigar, hatto miyaga juda katta ta’sir etib, asab kasalligini
keltirib chiqarishi yoki o’limga olib kelishi mumkin.
Qo’rg’oshin – yem-xashak tarkibidagi 100 mg/kg qo’rg’oshin xayvonlarni
o’limga olib kelishi mumkin. Tuproq tarkibidagi qo’rg’oshin birikmalarining
organizmda saqlanish davomiyligi, metilsimob birikmasiga qaraganda uzoq bo’lib,
u o’z ta’sir kuchini bir necha yillargacha saqlab tura olishi mumkin.
Avtomashinalarning detonasiyasini kamaytirish uchun benzinga qo’shiladigan
tetraetil qo’rg’oshin o’ta zaxarli qo’rg’oshin birikmasi bo’lib, bu kabi benzinning 1
l yonganda, havoga 200-400 mg gacha qo’rg’oshin ajralib chiqadi.
Tuproqda qo’rg’oshinning ko’payishi mikroorga-nizmlarning kamayishiga
olib keladi. Masalan, tuproqqa 0,1-0,5% qo’rg’oshin qo’shilganda bakteriyalar
koloniyasining rivojlanishi 50-75% gacha kamayadi.
Katta yo’l yoqalarida yetishtiriladigan sabzavot ekinlari tarkibida qo’rg’oshin
miqdori normal sharoitda yetishtirilgan sabzavotnikiga qaraganda 5-10 marta ko’p
bo’ladi. Har soatda, o’rta hisobda 2000 dan ko’p avtomashina o’tadigan magistral
yo’l yoqasidagi tuproq tarkibida qo’rg’oshin 7000 mg/kg gacha yetgan. Shu
sababli ham ekin maydoni avtomashinalar serqatnov yo’llardan 300 metr
uzoqlikda bo’lib, oraliq masofaning ixotalashtirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mishyak – tuproqqa, ko’mir kuli, metallurgiya va mineral o’g’itlar sanoati
chiqindilari orqali tushadi. Juda zaxarli, ayni element bilan zaxarlangan
tuproqlarda yomg’ir chuvalchangi butunlay yo’qolib ketadi.