AGROMETEOROLOGIK OB’EKTLARDA KUZATISHLAR, ULARDAN QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI VA ILMIY-TADQIQOT ISHLARIDA FOYDALANISH

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

14

File size

Fayl hajmi

1,9 MB


AGROMETEOROLOGIK OB’EKTLARDA KUZATISHLAR, ULARDAN
QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI VA ILMIY-TADQIQOT
ISHLARIDA FOYDALANISH
Agrometeorologik kuzatishlar deb o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanish fazalari
va hosilining shakllanishini ob-havoning holatiga, meteorologik kattaliklar (havo
harorati,  namligi,  atmosfera  yog‘inlari  va  boshqalarning)  o‘zgarishiga  hamda
tuproq namligiga bog‘lagan holda olib boriladigan kuzatishlar majmuiga aytiladi.
Agrometeorologik  kuzatishlarning  asosiy  tamoyili-muvoziyligi  (paralelligi)
bo‘lib, unda agrometeorologik omillarning o‘zgarishi va holatini kuzatish bilan
barobar qishloq xo‘jalik ob’ektlarining (o‘simlik, hayvonlar va boshqalar) holatini
hamda unumdorlik elementlarining shakllanishidan tortib to so‘nggi mahsulot -
hosilni yig‘ishtirib olishga qadar kuzatish olib borilishi shartdir.
Bunday  parallel  kuzatishlar  natijasida  ob-havo  sharoitlarining  ekinlarning
o‘sishi  va  rivojlanishiga,  zararkunandalar  va  kasalliklarning  tarqalishiga,
shuningdek qishloq xo‘jalik ishlarini o‘tkazish va boshqalar ta’sirini miqdoriy
jihatdan ilmiy baholash mumkin. Natijalari agrometeorologik xizmat ko‘rsatishda
foydalaniladi.
Agrometeorologik  kuzatishlar  o‘tkazishning  standart  shakli  faqat  yagona
«Raxnamo» bo‘yicha bayon etilgan uslubga, muddatga va tartibga qa’tiyatlik bilan
rioya qilinadi. SHuning uchun «Raxnamo» bilan tanishib chiqamiz 
13.1. Agrometeorologik kuzatishlarni o‘tkazishga jalb qilingan agro va
gidrometeorologik stansiya hamda
postlarning asosiy vazifalari
1
Logotip
AGROMETEOROLOGIK OB’EKTLARDA KUZATISHLAR, ULARDAN QISHLOQ XO‘JALIGI ISHLAB CHIQARISHI VA ILMIY-TADQIQOT ISHLARIDA FOYDALANISH Agrometeorologik kuzatishlar deb o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanish fazalari va hosilining shakllanishini ob-havoning holatiga, meteorologik kattaliklar (havo harorati, namligi, atmosfera yog‘inlari va boshqalarning) o‘zgarishiga hamda tuproq namligiga bog‘lagan holda olib boriladigan kuzatishlar majmuiga aytiladi. Agrometeorologik kuzatishlarning asosiy tamoyili-muvoziyligi (paralelligi) bo‘lib, unda agrometeorologik omillarning o‘zgarishi va holatini kuzatish bilan barobar qishloq xo‘jalik ob’ektlarining (o‘simlik, hayvonlar va boshqalar) holatini hamda unumdorlik elementlarining shakllanishidan tortib to so‘nggi mahsulot - hosilni yig‘ishtirib olishga qadar kuzatish olib borilishi shartdir. Bunday parallel kuzatishlar natijasida ob-havo sharoitlarining ekinlarning o‘sishi va rivojlanishiga, zararkunandalar va kasalliklarning tarqalishiga, shuningdek qishloq xo‘jalik ishlarini o‘tkazish va boshqalar ta’sirini miqdoriy jihatdan ilmiy baholash mumkin. Natijalari agrometeorologik xizmat ko‘rsatishda foydalaniladi. Agrometeorologik kuzatishlar o‘tkazishning standart shakli faqat yagona «Raxnamo» bo‘yicha bayon etilgan uslubga, muddatga va tartibga qa’tiyatlik bilan rioya qilinadi. SHuning uchun «Raxnamo» bilan tanishib chiqamiz 13.1. Agrometeorologik kuzatishlarni o‘tkazishga jalb qilingan agro va gidrometeorologik stansiya hamda postlarning asosiy vazifalari 1
Eng avval agrometeorologik kuzatishlar, agrometeorologik stansiya va post
deganda nima tushuniladi, shu haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishib chiqamiz.
Agrometeorologik kuzatishlarni yanada soddaroq tushuntirsak, bunda bir 
tomondan ma’lum joyda va vaqtda meteorologik kattaliklar miqdorlari (havo va 
tuproq harorati, atmosfera yog‘inlari va boshqalar) ni kuzatish olib borilsa, ayni 
shu vaqtda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, hosilining shakllanishini ham 
kuzatish olib borish va barcha belgilab qo‘yilgan qoida asosida maxsus kitobchaga
yozish kabi ishlar majmui tushuniladi. 
Agrometeorologik  stansiya -  bu  regionda,  mintaqada,  muayyan  hududda
etishtirilayotgan  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  agrometeorologik  sharoitlarini
o‘rganuvchi,  doimiy  (standart)  meteorologik  va  agrometeorologik  kuzatuv  va
o‘lchashlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan stansiya. To‘plangan kuzatuv
materiallari  asosida  ixtisoslashtirilgan  maxsus  xos  raqamlar  (kod)  tuzib
Gidrometeorologiya  xizmati  markaziga  telegrammalar  asosida  ma’lumotlar
yuboradi, O‘zgidromet yoki GMITI ning maxsus dasturi bo‘yicha tadqiqiy ishlarni
bajaradi, tezkor muhim agrometeorologik axborotnomalar bilan zaruriy ma’lumot
tayyorlash xizmatini ta’minlaydi.
Demak, agrometeorologik stansiya bu majmuiy muassasa hisoblanib, uning
tarkibida  meteorologik  stansiya  va  o‘zining  maxsus  xo‘jaliklarida
agrometeorologik kuzatish olib boruvchi uchastkalari mavjud. 
SHuni  alohida  ta’kidlab  o‘tishimiz  lozimki,  mustaqil  meteorologik
stansiyalarga biriktirilgan xo‘jaliklarda ham kuzatishlar o‘tkaziladi.
Meteorologik stansiya. Bu ma’lum talablarga javob beradigan maydonchada
joylashgan,  kuzatishlar  olib  boradigan  muassasa.  Meteorologik  stansiya
ma’lumotlari ob-havo holatini bilishda va yaqin kunlar uchun ob-havo bashoratini
tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Meteorologik stansiya uch toifaga bo‘linadi. I
toifali  meteorologik  stansiya  vazifalariga  kuzatishlarni  o‘tkazish  va  ishlab
chiqishdan tashqari, unga biriktirilgan II va III toifali meteorologik stansiya va
postlar  ishiga  texnik  rahbarlik  qilish  va  manfaatdor  tashkilotlar,  korxonalar,
muassasalarga meteorologik sharoitlar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek iqlim
materiallari bilan xizmat ko‘rsatish kiradi. SHuning uchun meteorologik stansiya
2
Logotip
Eng avval agrometeorologik kuzatishlar, agrometeorologik stansiya va post deganda nima tushuniladi, shu haqida qisqacha ma’lumot bilan tanishib chiqamiz. Agrometeorologik kuzatishlarni yanada soddaroq tushuntirsak, bunda bir tomondan ma’lum joyda va vaqtda meteorologik kattaliklar miqdorlari (havo va tuproq harorati, atmosfera yog‘inlari va boshqalar) ni kuzatish olib borilsa, ayni shu vaqtda o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi, hosilining shakllanishini ham kuzatish olib borish va barcha belgilab qo‘yilgan qoida asosida maxsus kitobchaga yozish kabi ishlar majmui tushuniladi. Agrometeorologik stansiya - bu regionda, mintaqada, muayyan hududda etishtirilayotgan qishloq xo‘jalik ekinlarining agrometeorologik sharoitlarini o‘rganuvchi, doimiy (standart) meteorologik va agrometeorologik kuzatuv va o‘lchashlarni amalga oshiruvchi ixtisoslashtirilgan stansiya. To‘plangan kuzatuv materiallari asosida ixtisoslashtirilgan maxsus xos raqamlar (kod) tuzib Gidrometeorologiya xizmati markaziga telegrammalar asosida ma’lumotlar yuboradi, O‘zgidromet yoki GMITI ning maxsus dasturi bo‘yicha tadqiqiy ishlarni bajaradi, tezkor muhim agrometeorologik axborotnomalar bilan zaruriy ma’lumot tayyorlash xizmatini ta’minlaydi. Demak, agrometeorologik stansiya bu majmuiy muassasa hisoblanib, uning tarkibida meteorologik stansiya va o‘zining maxsus xo‘jaliklarida agrometeorologik kuzatish olib boruvchi uchastkalari mavjud. SHuni alohida ta’kidlab o‘tishimiz lozimki, mustaqil meteorologik stansiyalarga biriktirilgan xo‘jaliklarda ham kuzatishlar o‘tkaziladi. Meteorologik stansiya. Bu ma’lum talablarga javob beradigan maydonchada joylashgan, kuzatishlar olib boradigan muassasa. Meteorologik stansiya ma’lumotlari ob-havo holatini bilishda va yaqin kunlar uchun ob-havo bashoratini tuzishda asos bo‘lib xizmat qiladi. Meteorologik stansiya uch toifaga bo‘linadi. I toifali meteorologik stansiya vazifalariga kuzatishlarni o‘tkazish va ishlab chiqishdan tashqari, unga biriktirilgan II va III toifali meteorologik stansiya va postlar ishiga texnik rahbarlik qilish va manfaatdor tashkilotlar, korxonalar, muassasalarga meteorologik sharoitlar haqidagi ma’lumotlar, shuningdek iqlim materiallari bilan xizmat ko‘rsatish kiradi. SHuning uchun meteorologik stansiya 2
va uni tasavvur etish uchun quyidagi fotolavhani keltiramiz (13.1-rasm).
Agrometeorologik post - bu qisqartirilgan dastur asosida meteorologik va
agrometeorologik kuzatuv ishlarni olib boruvchi ixtisoslashtirilgan muassasa. 
Agro  va  gidrometeorologik  stansiyalarning  uslubiy  raxnamosida
agrometeorologik  postlarda  havo  harorati,  yog‘inlar  va  atmosfera  hodisalari,
qishloq  xo‘jalik  dalalarida  fenologik  kuzatishlar  olib  boriladi,  ayrim  hollarda
tuproqning muzlashi va erishi, namligi va harorati aniqlanadi. Agrometeorologik
postlarda  kuzatilgan  materiallardan  xo‘jalik  ishlarini  rejalashda,  agrotexnik
tadbirlar muddatlarini o‘tkazishga aniqlik kiritishda foydalaniladi.
Agrometeorologik
 
post
 
qanday
ko‘rinishga  ega  ekanligini  tasavvur  etish
uchun
 
quyidagi
 
13.2-rasmda
agrometeorologik postning tasviri keltirildi.
O‘zgidrometning
 
tarmoqlarida
agrometeorologik kuzatishlarni muntazam
o‘tkazishga  quyidagi  stansiya  va  postlar
jalb etilgan:
- barcha agromete-orologik stansiyalar; 
- qishloq xo‘jalik rayonlarida:
- meteorologik;
- gidrologik;
- aerologik stansiyalar va alohida ixtisoslashtirilgan stansiyalar;
- qishloq  xo‘jalik rayonlarining boshqarmalariga  tegishli  agrometeorologik
postlar;
- qishloq xo‘jalik rayonlarida joylashgan meteorologik toifadagi postlar.
Agrometeorologik  kuzatishga  jalb  etilgan  stansiya,  postlar  ro‘yxatini  va
kuzatish ishlarining hajmini O‘zgidromet belgilaydi.
Agro va gidrometstansiya, postlarning asosiy vazifalari quyidagilar:
a)  kuzatuvchi  faqat  o‘z  ko‘zi  bilan  ko‘rgan  jabhani,  hodisani  kuzatishi,
o‘lchashi va yozishi shart;
b) gidrometstansiya va postlar joylashgan hududlarda kuzatishlar o‘tkazish;
3
13.1-расм. «Тошкент обсерваторияси» 
метеорологик станциясининг умумий кўриниши 
(Ҳ.Р. Қутлимуратов фотолавҳаси)
Logotip
va uni tasavvur etish uchun quyidagi fotolavhani keltiramiz (13.1-rasm). Agrometeorologik post - bu qisqartirilgan dastur asosida meteorologik va agrometeorologik kuzatuv ishlarni olib boruvchi ixtisoslashtirilgan muassasa. Agro va gidrometeorologik stansiyalarning uslubiy raxnamosida agrometeorologik postlarda havo harorati, yog‘inlar va atmosfera hodisalari, qishloq xo‘jalik dalalarida fenologik kuzatishlar olib boriladi, ayrim hollarda tuproqning muzlashi va erishi, namligi va harorati aniqlanadi. Agrometeorologik postlarda kuzatilgan materiallardan xo‘jalik ishlarini rejalashda, agrotexnik tadbirlar muddatlarini o‘tkazishga aniqlik kiritishda foydalaniladi. Agrometeorologik post qanday ko‘rinishga ega ekanligini tasavvur etish uchun quyidagi 13.2-rasmda agrometeorologik postning tasviri keltirildi. O‘zgidrometning tarmoqlarida agrometeorologik kuzatishlarni muntazam o‘tkazishga quyidagi stansiya va postlar jalb etilgan: - barcha agromete-orologik stansiyalar; - qishloq xo‘jalik rayonlarida: - meteorologik; - gidrologik; - aerologik stansiyalar va alohida ixtisoslashtirilgan stansiyalar; - qishloq xo‘jalik rayonlarining boshqarmalariga tegishli agrometeorologik postlar; - qishloq xo‘jalik rayonlarida joylashgan meteorologik toifadagi postlar. Agrometeorologik kuzatishga jalb etilgan stansiya, postlar ro‘yxatini va kuzatish ishlarining hajmini O‘zgidromet belgilaydi. Agro va gidrometstansiya, postlarning asosiy vazifalari quyidagilar: a) kuzatuvchi faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan jabhani, hodisani kuzatishi, o‘lchashi va yozishi shart; b) gidrometstansiya va postlar joylashgan hududlarda kuzatishlar o‘tkazish; 3 13.1-расм. «Тошкент обсерваторияси» метеорологик станциясининг умумий кўриниши (Ҳ.Р. Қутлимуратов фотолавҳаси)
v) kuzatish natijalarining birlamchi ma’lumotlarini ishlab chiqish; 
g)  belgilangan  vaqtda  agrometeorologik  axborotlarni  tuzish  va  tegishli
tashkilot, xo‘jaliklarga etkazish. 
SHuning bilan bir qatorda agro- va gidrometeostansiya, postlar vazifa - reja 
bo‘yicha muntazam agrometeorologik ta’minot xizmatlarini o‘tashlari kerak. 
Oxirgi bosqichda kuzatuv natijalarini O‘zgidrometning arxiviga topshiriladi. 
O‘zgidromet kuzatishni o‘tkazmaslikka yo‘l qo‘ymaydi, o‘lchashlar uchun 
faqat soz asboblar ishlatiladi. Kuzatuvchi faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini va 
o‘lchaganini yozadi. Begona odamlarning ko‘rganlarini, so‘zlarini hisob-kitob 
ma’lumotlarini yozishga ruxsat etilmaydi. Istisno tariqasida xo‘jaliklardagi 
agronom, brigada yoki fermer boshlig‘i va ma’sul xodimlarning ma’lumotlaridagi 
ekinlarning zarar ko‘rganini, o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlarni yozishi mumkin. 
Bunday hollarda dala kuzatuv kitobiga axborotni qaysi manbadan olganligi yozib 
qo‘yilishi kerak.
13.2. Meteorologik stansiya va agrometeorologik 
postlardagi maydonchalar joylashuvi va 
ob-havoni kuzatish muddatlari, tartibi
Meteorologik va agrometeorologik post maydonlari 5x6 m o‘lchamli to‘g‘ri
burchak shakldagi joyni, standart meteorologik stansiya kvadrat shaklida 26x26 m
er sathini o‘z ichiga oladi va atroflari temir to‘r bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Stansiyada to‘liq dastur bo‘yicha kuzatish olib borilmasa, masalan tuproq
harorati turli chuqurliklarda o‘lchanmasa, maydoncha o‘lchami 20x16 m gacha
kamaytirilishga ruxsat beriladi.
BMT  qoshidagi  Jahon  Meteorologiya  Tashkiloti  (JMT)  ning  tavsiyasiga
muvofiq dunyo mamlakatlarida, shular qatorida O‘zbekistonda barcha meteorologik
budkacha  ichidagi  termometrlar  rezervuarlari  er  sirtidan  2  m  balandlikda
o‘rnatilgan. Asbob va uskunalar meteorologik maydonchaga joylashtirilganda biri
ikkinchisiga ta’sir qilmasligi va soya solmasligiga katta ahamiyat beriladi. Flyuger
machtasi,  anemorumbometr  va  shamolni  avtomatik  tarzda  o‘zi  yozar  asboblar
maydonning shimoliy qismida, maydonning o‘rta qismida psixrometrik budka va
4
Logotip
v) kuzatish natijalarining birlamchi ma’lumotlarini ishlab chiqish; g) belgilangan vaqtda agrometeorologik axborotlarni tuzish va tegishli tashkilot, xo‘jaliklarga etkazish. SHuning bilan bir qatorda agro- va gidrometeostansiya, postlar vazifa - reja bo‘yicha muntazam agrometeorologik ta’minot xizmatlarini o‘tashlari kerak. Oxirgi bosqichda kuzatuv natijalarini O‘zgidrometning arxiviga topshiriladi. O‘zgidromet kuzatishni o‘tkazmaslikka yo‘l qo‘ymaydi, o‘lchashlar uchun faqat soz asboblar ishlatiladi. Kuzatuvchi faqat o‘z ko‘zi bilan ko‘rganini va o‘lchaganini yozadi. Begona odamlarning ko‘rganlarini, so‘zlarini hisob-kitob ma’lumotlarini yozishga ruxsat etilmaydi. Istisno tariqasida xo‘jaliklardagi agronom, brigada yoki fermer boshlig‘i va ma’sul xodimlarning ma’lumotlaridagi ekinlarning zarar ko‘rganini, o‘tkazilgan agrotexnik tadbirlarni yozishi mumkin. Bunday hollarda dala kuzatuv kitobiga axborotni qaysi manbadan olganligi yozib qo‘yilishi kerak. 13.2. Meteorologik stansiya va agrometeorologik postlardagi maydonchalar joylashuvi va ob-havoni kuzatish muddatlari, tartibi Meteorologik va agrometeorologik post maydonlari 5x6 m o‘lchamli to‘g‘ri burchak shakldagi joyni, standart meteorologik stansiya kvadrat shaklida 26x26 m er sathini o‘z ichiga oladi va atroflari temir to‘r bilan o‘ralgan bo‘ladi. Stansiyada to‘liq dastur bo‘yicha kuzatish olib borilmasa, masalan tuproq harorati turli chuqurliklarda o‘lchanmasa, maydoncha o‘lchami 20x16 m gacha kamaytirilishga ruxsat beriladi. BMT qoshidagi Jahon Meteorologiya Tashkiloti (JMT) ning tavsiyasiga muvofiq dunyo mamlakatlarida, shular qatorida O‘zbekistonda barcha meteorologik budkacha ichidagi termometrlar rezervuarlari er sirtidan 2 m balandlikda o‘rnatilgan. Asbob va uskunalar meteorologik maydonchaga joylashtirilganda biri ikkinchisiga ta’sir qilmasligi va soya solmasligiga katta ahamiyat beriladi. Flyuger machtasi, anemorumbometr va shamolni avtomatik tarzda o‘zi yozar asboblar maydonning shimoliy qismida, maydonning o‘rta qismida psixrometrik budka va 4
o‘zi  yozar  asboblar,  yog‘in  o‘lchagich,  plyuviograf  o‘rnatilgan  bo‘ladi.
Meteogeliograf, rosograf, tuproq termometrlari bir-biriga soya tushmasligi uchun
maydonchaning janubiy qismiga o‘rnatiladi.
Meteorologik maydonchaning tuprog‘i yopishqoq bo‘lsa, kuzatishga boradigan
yo‘lkani mayda shag‘al tosh (sheben) bilan bosiladi, ammo yo‘lkani asfaltlash yoki
betonlashga ruxsat etilmaydi. Budkaga va tuproq termometriga boradigan yo‘lka
shimol tomondan, geliograf esa janubda bo‘lishi va eng muhimi kuzatuv asboblariga
borishda va kuzatishga vaqtni tejashga imkoniyat yaratilgan.
Meteorologik  maydon  va  undagi  asbob-uskunalarni  navbatchi  kuzatuvchi
doimo nazorat qiladi. Stansiyaning xizmat xonasi asosan 100-120 m uzoqlikda
joylashadi. Xonada, devorga havo bosimini o‘lchaydigan maxsus shkaf ichiga
joylashtirilgan kosali barometr osib qo‘yiladi, havo bosimi tekshirilgan aneroid
yoki barograf yordamida ham aniqlanishi mumkin.
Maydonchada  o‘tlar  balandligi  20  sm  dan  oshgan  bo‘lsa  o‘rib  tashqariga
chiqarib  tashlanishi  lozim.  Qishda  qor  qoplamini,  ayniqsa  (tuproq  termometri
joylashgan erda) tabiiy holatda saqlanadi. Qorni maydonchadan chiqarib tashlash
yoki bahor davrida suniy ravishda erishini tezlashtirishga ruxsat etilmaydi.
Budkaning  tepasi,  yon  tomoni  va  yog‘in  o‘lchagich  tayoqcha  (reyka)  si
kuzatishdan oldin maydonchani aylanib chiqish vaqtida qordan tozalanadi.
Meteorologik  stansiya  va  agropostlar  maydonchasiga  kirish  eshigi  asosan
shimol tarafda bo‘lishi, lekin istisno tariqasida eshik sharq yoki g‘arbda bo‘lishi
ham mumkin va yopiq qulflanadigan holda saqlanishi lozim.
Meteorologik  maydonchaga  o‘rnatilgan  asboblar  yordamida  asosiy
meteorologik kattaliklarga: quyosh radiatsiyasi, havo harorati va namligi, tuproq
harorati, bulutlik, tuman, bug‘lanish va atmosfera hodisalari, changli bo‘ron, tuman,
momaqaldiroq, sel, garmsel, jala, do‘l, izg‘irin va boshqalar bo‘yicha kuzatuvlar
o‘tkaziladi va maxsus daftarchaga yozib boriladi.
Barcha stansiyalarda havo harorati va namligi, havo bosimi, shamol tezligi va
yo‘nalishi, tuproq harorati, ko‘rinuvchanlik va bulutlilik va boshqalarni kuzatishlar
sutka davomida 8 marta ya’ni har 3 soat (0, 3, 6, 9, 12, 15, 18 va 21) da
o‘tkaziladi. YOg‘inlar yig‘indisini o‘lchash 12 soat oralig‘ida (3-15 va 15-3 soat)
5
Logotip
o‘zi yozar asboblar, yog‘in o‘lchagich, plyuviograf o‘rnatilgan bo‘ladi. Meteogeliograf, rosograf, tuproq termometrlari bir-biriga soya tushmasligi uchun maydonchaning janubiy qismiga o‘rnatiladi. Meteorologik maydonchaning tuprog‘i yopishqoq bo‘lsa, kuzatishga boradigan yo‘lkani mayda shag‘al tosh (sheben) bilan bosiladi, ammo yo‘lkani asfaltlash yoki betonlashga ruxsat etilmaydi. Budkaga va tuproq termometriga boradigan yo‘lka shimol tomondan, geliograf esa janubda bo‘lishi va eng muhimi kuzatuv asboblariga borishda va kuzatishga vaqtni tejashga imkoniyat yaratilgan. Meteorologik maydon va undagi asbob-uskunalarni navbatchi kuzatuvchi doimo nazorat qiladi. Stansiyaning xizmat xonasi asosan 100-120 m uzoqlikda joylashadi. Xonada, devorga havo bosimini o‘lchaydigan maxsus shkaf ichiga joylashtirilgan kosali barometr osib qo‘yiladi, havo bosimi tekshirilgan aneroid yoki barograf yordamida ham aniqlanishi mumkin. Maydonchada o‘tlar balandligi 20 sm dan oshgan bo‘lsa o‘rib tashqariga chiqarib tashlanishi lozim. Qishda qor qoplamini, ayniqsa (tuproq termometri joylashgan erda) tabiiy holatda saqlanadi. Qorni maydonchadan chiqarib tashlash yoki bahor davrida suniy ravishda erishini tezlashtirishga ruxsat etilmaydi. Budkaning tepasi, yon tomoni va yog‘in o‘lchagich tayoqcha (reyka) si kuzatishdan oldin maydonchani aylanib chiqish vaqtida qordan tozalanadi. Meteorologik stansiya va agropostlar maydonchasiga kirish eshigi asosan shimol tarafda bo‘lishi, lekin istisno tariqasida eshik sharq yoki g‘arbda bo‘lishi ham mumkin va yopiq qulflanadigan holda saqlanishi lozim. Meteorologik maydonchaga o‘rnatilgan asboblar yordamida asosiy meteorologik kattaliklarga: quyosh radiatsiyasi, havo harorati va namligi, tuproq harorati, bulutlik, tuman, bug‘lanish va atmosfera hodisalari, changli bo‘ron, tuman, momaqaldiroq, sel, garmsel, jala, do‘l, izg‘irin va boshqalar bo‘yicha kuzatuvlar o‘tkaziladi va maxsus daftarchaga yozib boriladi. Barcha stansiyalarda havo harorati va namligi, havo bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishi, tuproq harorati, ko‘rinuvchanlik va bulutlilik va boshqalarni kuzatishlar sutka davomida 8 marta ya’ni har 3 soat (0, 3, 6, 9, 12, 15, 18 va 21) da o‘tkaziladi. YOg‘inlar yig‘indisini o‘lchash 12 soat oralig‘ida (3-15 va 15-3 soat) 5
kuzatiladi. Kunduzlik va yarim kechadagi yog‘in miqdori ajratib kuzatish vaqti
soat 3 va 15 deb belgilangan, hamda tuproqning yuzasi qanday holatda ekanligi
qayd etiladi.
Stansiya va postlarda kuzatish tartibi va muddatiga oid maxsus dastur mavjud.
Meteorologik  stansiya  ma’lumotlari  son  qiymatlari  ko‘rinishida  maxsus  kod
telegrammasi tuzilib O‘zgidromet tarkibidagi «Meteoinfosistem» tizimiga kelib
tushadi. Rasshifrovkalangan telegramma ma’lumotlarini mutaxassislar qayta ishlab
O‘zbekistonning  barcha  xalq  xo‘jaligi  turli  tarmoqlarida  foydalanish  uchun
stansiyalardan olingan ko‘p yillik meteorologik kattaliklar ma’lumotlari asosida
hududlar iqlimiga oid ilmiy-amaliy bildirgich - ma’lumotnomalar tayyorlanadi.
Bunday ma’lumot ayniqsa qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim manba bo‘lib
xizmat qiladi. 
Xulosa  qilib  aytganda,  agro  va  gidrometeorologik  stansiya  va  postlarda
meteorologik kattaliklar va hodisalarni kuzatishga oid materiallar to‘plash, tahlil
qilish va ulardan foydalanish amalga oshiriladi.
13.3. Agrometeorologik kuzatish tarkibi va dasturi
Qishloq ho‘jalik ekinlari va chorvachilik sohasida asosiy agrometeorologik 
kuzatishlar hamda o‘lchashlar tarkibiga quyidagilar kiradi:
- o‘simliklar rivojlanishini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar;
- o‘simliklar qalinligi va bo‘yini o‘lchash;
- ekinlarning meteorologik hodisalar (qora sovuq, qurg‘oqchilik, do‘l, kuchli
shamol va boshqalar) dan zarar ko‘rishi;
- zararkunandalardan zarar ko‘rishi va kasallanishi;
- yig‘ish-terishda  noqulay ob-havo sharoitlari tufayli  o‘simliklarning yotib
qolishi;
- qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy holatini baholash;
- qishloq xo‘jalik ekinlarini mahsuldorlik elementlari va hosilini aniqlash;
- barcha dala ishlarini kuzatish va ob-havo ta’sirini baholash;
- qoramol va qorako‘l qo‘ylarini boqishda yaylov sharoitlarini hisobga olgan 
holda kuzatish;
6
Logotip
kuzatiladi. Kunduzlik va yarim kechadagi yog‘in miqdori ajratib kuzatish vaqti soat 3 va 15 deb belgilangan, hamda tuproqning yuzasi qanday holatda ekanligi qayd etiladi. Stansiya va postlarda kuzatish tartibi va muddatiga oid maxsus dastur mavjud. Meteorologik stansiya ma’lumotlari son qiymatlari ko‘rinishida maxsus kod telegrammasi tuzilib O‘zgidromet tarkibidagi «Meteoinfosistem» tizimiga kelib tushadi. Rasshifrovkalangan telegramma ma’lumotlarini mutaxassislar qayta ishlab O‘zbekistonning barcha xalq xo‘jaligi turli tarmoqlarida foydalanish uchun stansiyalardan olingan ko‘p yillik meteorologik kattaliklar ma’lumotlari asosida hududlar iqlimiga oid ilmiy-amaliy bildirgich - ma’lumotnomalar tayyorlanadi. Bunday ma’lumot ayniqsa qishloq xo‘jaligi uchun juda muhim manba bo‘lib xizmat qiladi. Xulosa qilib aytganda, agro va gidrometeorologik stansiya va postlarda meteorologik kattaliklar va hodisalarni kuzatishga oid materiallar to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish amalga oshiriladi. 13.3. Agrometeorologik kuzatish tarkibi va dasturi Qishloq ho‘jalik ekinlari va chorvachilik sohasida asosiy agrometeorologik kuzatishlar hamda o‘lchashlar tarkibiga quyidagilar kiradi: - o‘simliklar rivojlanishini aniqlash uchun fenologik kuzatishlar; - o‘simliklar qalinligi va bo‘yini o‘lchash; - ekinlarning meteorologik hodisalar (qora sovuq, qurg‘oqchilik, do‘l, kuchli shamol va boshqalar) dan zarar ko‘rishi; - zararkunandalardan zarar ko‘rishi va kasallanishi; - yig‘ish-terishda noqulay ob-havo sharoitlari tufayli o‘simliklarning yotib qolishi; - qishloq xo‘jalik ekinlarining asosiy holatini baholash; - qishloq xo‘jalik ekinlarini mahsuldorlik elementlari va hosilini aniqlash; - barcha dala ishlarini kuzatish va ob-havo ta’sirini baholash; - qoramol va qorako‘l qo‘ylarini boqishda yaylov sharoitlarini hisobga olgan holda kuzatish; 6
- qishda kuzgi don ekinlari va mevali daraxtlar holatini kuzatish;
- bog‘larda va kuzgi don ekinlari dalalarida harorat, qor qoplami, tuproqning
muzlashi va erishini kuzatish;
- asosiy ekinzorlarda va yaylovlarda tuproqning turli chuqurligida namligini
aniqlash. Bunda tuproq namligi oddiy ko‘z bilan kuzatiladi va asboblar yordamida
aniqlanadi;
- qishdagi sovuqning ta’sirini aniqlash: a) kuzgi bug‘doy ekilgan maydondan
30x30 sm yuzali, balandligi 15-20 sm bo‘lgan tuproq qatlamini issiq xonaga
ko‘chirish,  yaxi  erigandan  so‘ng  tirik  va  nobud  bo‘lgan  o‘simliklar  sonini
hisoblash; b) mevali daraxtlarni 1 yoki 2 yoshdagi novda shoxchasini xonada suvli
idishga solib kuzatish.
YUqorida keltirilgan agrometeorologik kuzatishlar va o‘lchashlar butun MDH
mamlakatlari, shular qatorida O‘zbekistondagi stansiya va postlarda qabul etilgan
yagona uslubda «Raxnamo» dan foydalanib, agrometeorolog xodimlar tomonidan
bajariladi.
Agro va gidrometstansiyalarda, postlarda meteorologik kuzatish olib borilishi
majburiydir.
Gidrometstansiya  va  postlarda  quyidagi  asosiy  standart  agrometeorologik
kuzatishlar olib boriladi: 
Yilning iliq-issiq davrida
1. Haydalma tuproq qatlamining harorati.
2. SHoli paykalidagi suvning harorati.
3. Qishloq xo‘jalik ekin dalalarida yog‘inlar.
4. Tuproq yuqori qatlamining namligi (oddiy kuzatish-vuzual tarzda). Tuproq
qatqalog‘i.
5. Tuproqda ildiz joylashgan qatlamdagi namlik (asbob yordamida).
6. Qishloq xo‘jalik ekinlari, o‘t, daraxt va butazorlarning rivojlanish fazalari.
7.  Ekinlarning  holati:  o‘simlikning  zichligi,  bo‘yi,  begona  o‘t  bosganligi;
nomaqbul meteorologik hodisalardan, hashoratlardan zararlanganligi va kasalligi,
yotib qolganligi hamda o‘simlikning umumiy holatini sifatiy va miqdoriy baholash.
8. Mahsuldorlik  elementlarining shakllanishi,  o‘simlik massasining  ortishi,
7
Logotip
- qishda kuzgi don ekinlari va mevali daraxtlar holatini kuzatish; - bog‘larda va kuzgi don ekinlari dalalarida harorat, qor qoplami, tuproqning muzlashi va erishini kuzatish; - asosiy ekinzorlarda va yaylovlarda tuproqning turli chuqurligida namligini aniqlash. Bunda tuproq namligi oddiy ko‘z bilan kuzatiladi va asboblar yordamida aniqlanadi; - qishdagi sovuqning ta’sirini aniqlash: a) kuzgi bug‘doy ekilgan maydondan 30x30 sm yuzali, balandligi 15-20 sm bo‘lgan tuproq qatlamini issiq xonaga ko‘chirish, yaxi erigandan so‘ng tirik va nobud bo‘lgan o‘simliklar sonini hisoblash; b) mevali daraxtlarni 1 yoki 2 yoshdagi novda shoxchasini xonada suvli idishga solib kuzatish. YUqorida keltirilgan agrometeorologik kuzatishlar va o‘lchashlar butun MDH mamlakatlari, shular qatorida O‘zbekistondagi stansiya va postlarda qabul etilgan yagona uslubda «Raxnamo» dan foydalanib, agrometeorolog xodimlar tomonidan bajariladi. Agro va gidrometstansiyalarda, postlarda meteorologik kuzatish olib borilishi majburiydir. Gidrometstansiya va postlarda quyidagi asosiy standart agrometeorologik kuzatishlar olib boriladi: Yilning iliq-issiq davrida 1. Haydalma tuproq qatlamining harorati. 2. SHoli paykalidagi suvning harorati. 3. Qishloq xo‘jalik ekin dalalarida yog‘inlar. 4. Tuproq yuqori qatlamining namligi (oddiy kuzatish-vuzual tarzda). Tuproq qatqalog‘i. 5. Tuproqda ildiz joylashgan qatlamdagi namlik (asbob yordamida). 6. Qishloq xo‘jalik ekinlari, o‘t, daraxt va butazorlarning rivojlanish fazalari. 7. Ekinlarning holati: o‘simlikning zichligi, bo‘yi, begona o‘t bosganligi; nomaqbul meteorologik hodisalardan, hashoratlardan zararlanganligi va kasalligi, yotib qolganligi hamda o‘simlikning umumiy holatini sifatiy va miqdoriy baholash. 8. Mahsuldorlik elementlarining shakllanishi, o‘simlik massasining ortishi, 7
ekinlarning hosili.
9. Dalada o‘tkazilayotgan turli-tuman tadbirlar va hayvonlarni (qoramollarni)
o‘tlatishni kuzatish.
Yilning sovuq davrida
10.  Kuzgi  ekilgan  ekinlarni  tuplanish-bachkilanish  (poyaning  pastki
qismlaridan  bachki  poyalarni  o‘sib  chiqish  joyida),  ko‘p  yillik  o‘tlar,  mevali
daraxtlarning ildiz qismidagi tuproq harorati.
11. Tuproq qatlamining muzlagan va erigan chuqurligi (asbob yordamida).
12. Qishlaydigan dala ekinlari va mevali daraxtlar.
13. Qishlaydigan ekin dalalaridagi va mevali daraxt dalalaridagi qor qoplami.
14. Ildiz joylashgan tuproq qatlamlarning namligi (asbob yordamida).
Ilova: Qishloq xo‘jalik tumanlari boshqarmalariga tegishli agrometeorologik
postlarda № 8, 14 raqamlarda belgilangan kuzatishlar o‘tkazilmaydi; meteorologik
postlar birinchi toifada bo‘lsa № 2, 3, 8, 10, 11, 14 va ikkinchi toifadagilarida esa
№  2,  3,  5,  8,  10,  11,  14  raqamda  ko‘rsatilgan  agrometeorologik  kuzatishlar
o‘tkazilmaydi.
13.4. Agrometeorologik kuzatish uchastkalarini tanlash, 
tashkillashtirish va kuzatishni o‘tkazish
13.4.1. Kuzatish uchastkalarini tanlash tamoyillari
Barcha agrometeorologik kuzatishlar qishloq xo‘jaligida maxsus ajratilgan 
uchastkalarda olib boriladi. Qishloq xo‘jaligiga tegishli muassasalarning xo‘jalik 
dalalarida: ekinzorlarda, tajriba dalalarida, bog‘larda, polizlarda, yaylovlarda uni 
tanlab olinishi va stansiya yoki postlarga kuzatish olib borishga biriktirilishi 
agrometeorologik kuzatish uchastkalari (AKU) deyiladi
AKU ni tanlashda quyidagi ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak:
1. Tajriba kuzatish olib boriladigan erdagi ekinlarning maydoni bir gektardan
kam bo‘lmasligi kerak.
2. Meteorologik maydoncha (yoki post) bilan kuzatish uchastkalarining 
oralig‘idagi masofa 3 km dan oshmasligi kerak. Transport bilan ta’minlangan 
stansiyalarda 5-10 km bo‘lishi mumkin, lekin dala sharoitida relef bo‘yicha va 
tabiiy omillarning ta’siri jihatdan farq qilmasligi kerak.
3.  Meteorologik  maydonchaga  yaqin  xo‘jaliklarda  turli  ekinzorlar,  bog‘-
8
Logotip
ekinlarning hosili. 9. Dalada o‘tkazilayotgan turli-tuman tadbirlar va hayvonlarni (qoramollarni) o‘tlatishni kuzatish. Yilning sovuq davrida 10. Kuzgi ekilgan ekinlarni tuplanish-bachkilanish (poyaning pastki qismlaridan bachki poyalarni o‘sib chiqish joyida), ko‘p yillik o‘tlar, mevali daraxtlarning ildiz qismidagi tuproq harorati. 11. Tuproq qatlamining muzlagan va erigan chuqurligi (asbob yordamida). 12. Qishlaydigan dala ekinlari va mevali daraxtlar. 13. Qishlaydigan ekin dalalaridagi va mevali daraxt dalalaridagi qor qoplami. 14. Ildiz joylashgan tuproq qatlamlarning namligi (asbob yordamida). Ilova: Qishloq xo‘jalik tumanlari boshqarmalariga tegishli agrometeorologik postlarda № 8, 14 raqamlarda belgilangan kuzatishlar o‘tkazilmaydi; meteorologik postlar birinchi toifada bo‘lsa № 2, 3, 8, 10, 11, 14 va ikkinchi toifadagilarida esa № 2, 3, 5, 8, 10, 11, 14 raqamda ko‘rsatilgan agrometeorologik kuzatishlar o‘tkazilmaydi. 13.4. Agrometeorologik kuzatish uchastkalarini tanlash, tashkillashtirish va kuzatishni o‘tkazish 13.4.1. Kuzatish uchastkalarini tanlash tamoyillari Barcha agrometeorologik kuzatishlar qishloq xo‘jaligida maxsus ajratilgan uchastkalarda olib boriladi. Qishloq xo‘jaligiga tegishli muassasalarning xo‘jalik dalalarida: ekinzorlarda, tajriba dalalarida, bog‘larda, polizlarda, yaylovlarda uni tanlab olinishi va stansiya yoki postlarga kuzatish olib borishga biriktirilishi agrometeorologik kuzatish uchastkalari (AKU) deyiladi AKU ni tanlashda quyidagi ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak: 1. Tajriba kuzatish olib boriladigan erdagi ekinlarning maydoni bir gektardan kam bo‘lmasligi kerak. 2. Meteorologik maydoncha (yoki post) bilan kuzatish uchastkalarining oralig‘idagi masofa 3 km dan oshmasligi kerak. Transport bilan ta’minlangan stansiyalarda 5-10 km bo‘lishi mumkin, lekin dala sharoitida relef bo‘yicha va tabiiy omillarning ta’siri jihatdan farq qilmasligi kerak. 3. Meteorologik maydonchaga yaqin xo‘jaliklarda turli ekinzorlar, bog‘- 8
polizlar  va  boshqalar  mavjud  bo‘lsa  kuzatuvchining  ishini-yo‘lini  qisqartirish
uchun AKU ni shu xo‘jalikdan tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
AKU tanlashda sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan er bo‘lishidan qat’iy
nazar xo‘jalikdagi ishlab chiqarish jabhalaridagi ekinlarga mos bo‘lishiga e’tibor
berish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish talab darajasida bo‘lishi kerak.  Har
qaysi  kuzatish  uchastkalari  doimiy  son-raqam  bilan  belgilab  qo‘yiladi.  Bu
qo‘yilgan raqam uchastkalarning chizma shakllarida va dala kitobchasiga yoziladi.
AKU ning hududi iloji boricha bir turda bo‘lishini ta’minlash kerak. Masalan,
relefga nisbatan AKU ning tanlash nisbiy bo‘lib bunda tekis va egri-bugri erlar bir-
biridan 200 m balandlikdan oshmasligi lozim. Qiyalik ochiq erlarda shimoldan,
sharqdan, g‘arbdan va janubdan erga yorug‘lik tushadigan joylar tanlanadi. Ochiq
tekis dalalarda AKU tanlangan erlarning qiyaligi 2° (gradus) dan oshmasligi kerak.
Xo‘jaliklarda ekinlar joylashgan nishab erlarning yonbag‘irlaridagi maydonlarning
qiyaligi  2-5°,  o‘rtacha  qiyalik  5-10°,  tikroq  qiyaliklarida  -  10°  dan  oshishi
mumkin.
AKU ni tanlashda tuproq osti chuqurliklardagi suvlarning ko‘tarilishi va pastga
siljishi kabi ma’lumotlarga e’tiborni qaratish kerak. Bunda quyidagilarga rioya
qilinadi:
a) yil davomida qumloq tuproqlarda er osti suvining ko‘tarilishi 5 m dan,
qumtosh tuproqlarda 3 m dan ziyod bo‘lmasin. Tuproqning yaxlashiga va namlik
tartibotiga er osti suvining ta’siri sezilmasiligi kerak;
b) er osti suvi qumloq tuproqlarda 2 dan 5 m gacha, qumtosh tuproqli dalalarda
-  1  dan  3  m  gacha  bo‘lishi  kerak.  Bunda  faqat  ayrim  davrlarda  tuproqning
muzlashida va namlik tartibotida er osti suvlarining ta’siri bo‘ladi.
v) yilning ayrim davrlarida er osti suvlarining ko‘tarilishi qumloq tuproqlarda
2 m va undan kam, 1 m ham bo‘lishi mumkin.
AKU ni tanlashda tuproqning agrogidrologik xususiyatlarini ham e’tiborga 
olish zarur. Tuproqning 10 sm qatlamida o‘simlikning so‘lish namligi miqdori 3%,
maksimal gigroskopikligi esa absolyut quruq tuproqqa nisbatan 2% bo‘lsa; 
qumtosh aralashgan dalalarda so‘lish mumkin bo‘lgan namlik miqdori 2%, 
maksimal gigroskopik namlik 1% bo‘lgan maydonlar bir turdagi uchastkalar deb 
9
Logotip
polizlar va boshqalar mavjud bo‘lsa kuzatuvchining ishini-yo‘lini qisqartirish uchun AKU ni shu xo‘jalikdan tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi. AKU tanlashda sug‘oriladigan yoki sug‘orilmaydigan er bo‘lishidan qat’iy nazar xo‘jalikdagi ishlab chiqarish jabhalaridagi ekinlarga mos bo‘lishiga e’tibor berish va agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish talab darajasida bo‘lishi kerak. Har qaysi kuzatish uchastkalari doimiy son-raqam bilan belgilab qo‘yiladi. Bu qo‘yilgan raqam uchastkalarning chizma shakllarida va dala kitobchasiga yoziladi. AKU ning hududi iloji boricha bir turda bo‘lishini ta’minlash kerak. Masalan, relefga nisbatan AKU ning tanlash nisbiy bo‘lib bunda tekis va egri-bugri erlar bir- biridan 200 m balandlikdan oshmasligi lozim. Qiyalik ochiq erlarda shimoldan, sharqdan, g‘arbdan va janubdan erga yorug‘lik tushadigan joylar tanlanadi. Ochiq tekis dalalarda AKU tanlangan erlarning qiyaligi 2° (gradus) dan oshmasligi kerak. Xo‘jaliklarda ekinlar joylashgan nishab erlarning yonbag‘irlaridagi maydonlarning qiyaligi 2-5°, o‘rtacha qiyalik 5-10°, tikroq qiyaliklarida - 10° dan oshishi mumkin. AKU ni tanlashda tuproq osti chuqurliklardagi suvlarning ko‘tarilishi va pastga siljishi kabi ma’lumotlarga e’tiborni qaratish kerak. Bunda quyidagilarga rioya qilinadi: a) yil davomida qumloq tuproqlarda er osti suvining ko‘tarilishi 5 m dan, qumtosh tuproqlarda 3 m dan ziyod bo‘lmasin. Tuproqning yaxlashiga va namlik tartibotiga er osti suvining ta’siri sezilmasiligi kerak; b) er osti suvi qumloq tuproqlarda 2 dan 5 m gacha, qumtosh tuproqli dalalarda - 1 dan 3 m gacha bo‘lishi kerak. Bunda faqat ayrim davrlarda tuproqning muzlashida va namlik tartibotida er osti suvlarining ta’siri bo‘ladi. v) yilning ayrim davrlarida er osti suvlarining ko‘tarilishi qumloq tuproqlarda 2 m va undan kam, 1 m ham bo‘lishi mumkin. AKU ni tanlashda tuproqning agrogidrologik xususiyatlarini ham e’tiborga olish zarur. Tuproqning 10 sm qatlamida o‘simlikning so‘lish namligi miqdori 3%, maksimal gigroskopikligi esa absolyut quruq tuproqqa nisbatan 2% bo‘lsa; qumtosh aralashgan dalalarda so‘lish mumkin bo‘lgan namlik miqdori 2%, maksimal gigroskopik namlik 1% bo‘lgan maydonlar bir turdagi uchastkalar deb 9