AGROMETEOROLOGIYANING PREDMETI, OB’EKTI MAQSAD VAZIFALARI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

23

File size

Fayl hajmi

35,6 KB


AGROMETEOROLOGIYANING PREDMETI, OB’EKTI MAQSAD
VAZIFALARI
Reja:
1. Agrometeorologiya predmeti
2. Agrometeorologiyaning tadqiqot usullari
3. Agrometeorologiyaning asosiy vazifalari
4. O‘zbekistonda agrometeorologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi
5. O‘rta Osiyoda hozirgi zamon agrometerologiya fanini va uning rivojlanishida
O‘zbekiston olimlarining hissasi
Mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  tar-moqlari  istalgan
hududning tabiiy, shu jumladan, iqlim sharoiti bilan bevosita uzviy bog‘langan.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi tabiiy sharoitlarda etishtiriladi.
O‘simliklarning  o‘sishi,  rivojlanishi  va  hosildorligi  ularga  tushuvchi  quyosh
radiatsiyasi  issiqligiga,  quyosh  radiatsiyasi  vujudga  keltiradigan  tabiiy
yoritilganlikka,  havo  va  tuproq  harorati  va  namligiga,  ob-havo  sharoitining
o‘zgarishlariga va hudud iqlimining xususiyatlariga kuchli darajada bog‘liq.
Bu fikrimizni tushunish uchun ushbu misolni keltiramiz.
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa-rishida paxtachilik
etakchi tarmoq bo‘lib hisoblanadi. Paxta tolasi olinadigan g‘o‘za o‘simligi quyosh
nuri hamda havo harorati uzoq muddat davomida o‘sish va rivojlanishga etarli
bo‘lgan  hududlardagina  etishtiriladi.  Xuddi  shunday  talablarga  O‘zbekiston
Respublikasining iqlim sharoiti mos bo‘lgani uchun ham bizning mamlakatimizda
paxtachilik taraqqiy etgan.
G‘o‘zaning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun (chigitning unib chiqishini
ham  e’tiborga  olganda)  eng  qulay  havo  harorati  25-30°C  hisoblanadi.  Havo
Logotip
AGROMETEOROLOGIYANING PREDMETI, OB’EKTI MAQSAD VAZIFALARI Reja: 1. Agrometeorologiya predmeti 2. Agrometeorologiyaning tadqiqot usullari 3. Agrometeorologiyaning asosiy vazifalari 4. O‘zbekistonda agrometeorologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi 5. O‘rta Osiyoda hozirgi zamon agrometerologiya fanini va uning rivojlanishida O‘zbekiston olimlarining hissasi Mamlakatimiz qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi tar-moqlari istalgan hududning tabiiy, shu jumladan, iqlim sharoiti bilan bevosita uzviy bog‘langan. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining asosiy qismi tabiiy sharoitlarda etishtiriladi. O‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligi ularga tushuvchi quyosh radiatsiyasi issiqligiga, quyosh radiatsiyasi vujudga keltiradigan tabiiy yoritilganlikka, havo va tuproq harorati va namligiga, ob-havo sharoitining o‘zgarishlariga va hudud iqlimining xususiyatlariga kuchli darajada bog‘liq. Bu fikrimizni tushunish uchun ushbu misolni keltiramiz. O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqa-rishida paxtachilik etakchi tarmoq bo‘lib hisoblanadi. Paxta tolasi olinadigan g‘o‘za o‘simligi quyosh nuri hamda havo harorati uzoq muddat davomida o‘sish va rivojlanishga etarli bo‘lgan hududlardagina etishtiriladi. Xuddi shunday talablarga O‘zbekiston Respublikasining iqlim sharoiti mos bo‘lgani uchun ham bizning mamlakatimizda paxtachilik taraqqiy etgan. G‘o‘zaning normal o‘sishi va rivojlanishi uchun (chigitning unib chiqishini ham e’tiborga olganda) eng qulay havo harorati 25-30°C hisoblanadi. Havo
harorati 25°C dan pasayib ketsa g‘o‘zaning rivojlanishi sustlashadi, havo harorati
12°C dan pasayganida esa o‘sish g‘oyat sekinlashib ketadi, nihoyat, havo haro-rati
0°C dan pasayganida esa o‘simlikni sovuq uradi.
G‘o‘zani parvarish qilishda, garchi ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan bo‘lsa-da,
yoz  faslida  havo  harorati  pastroq  bo‘lgan  yillarda  ko‘saklarning  ochilishi  va
pishishi  keyinga surilib ketadi  va yoppasiga  paxta terimiga  kirishish  muddati
kechikib boshlanadi, dalalardagi paxtani to‘la yig‘ib-terib olish ishi kuzgi sovuqlar
va yog‘inlar boshlanishigacha davom etadi, natijada terib olinadigan paxtaning
sifati pasayadi va hosilning qisman nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yiladi.
Don ekinlaridan olinadigan hosil miqdori ham ob-havo sharoitlariga bevosita
bog‘liqligini ko‘pchilik biladi.
Agar lalmikor erlardagi bug‘doy (yoki arpa) donlari pishib etilayotgan davrda
uzoq vaqt havo jazirama issiq va nisbiy  namligi 30% dan kam bo‘lib tursa,
pishgan donlarning ancha qismi puch bo‘lib qoladi.
Don ekinlarining hosili pishishi davrida tez-tez kuchli shamollarning esishi va
yomg‘irlarning yog‘ishi, havoning past haro-rati pirovard natijada hosil miqdorini
kamaytirib yuboradi.
Dalalarda erlarni ekin ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish (yoki sepish), turli xil
agrotadbirlarni o‘tkazish, hosilni yig‘ib-terib olish muddatlarini tanlash, joyning
ob-havo sharoitini hisobga olib bajariladi.
SHunday qilib, qishloq xo‘jaligi xodimlari turli xil ekinlarni parvarish qilishda,
ulardan yuqori hosil olish uchun deh-qonchilikning umumiy qonuniyatlari va uning
ayrim sohalariga doir bilimlardan tashqari, quyosh radiatsiyasi va uning oqim
turlari,  tabiiy  yoritilganlik,  fotosintetik  faol  radiatsiya  (FFR),  havo  va  tuproq
haroratining o‘zgarishi, havo va tuproq namligi, turli xil yog‘inlar, shamollar, havo
massalarining  harakati,  siklonlar  va  antitsiklonlar  paytidagi  ob-havo,  qish-loq
xo‘jaligi uchun xavfli bo‘lgan meteorologik hodisalar, umuman olganda ob-havo
o‘zgarishlarining o‘simlikka ta’siri haqi-dagi bilimlarga ega bo‘lishlari hamda ob-
havoni  belgilaydigan element(unsur)larning har  birini  u yoki  bu meteorologik
asbob yordamida o‘lchay olishlari va o‘lchash natijalarini baholash malakasiga ega
bo‘lishlari kerak.
Qishloq  xo‘jaligi  oliy  o‘quv  yurtlarida  bu  kabi  ma’lumotlarni  talabalar
Logotip
harorati 25°C dan pasayib ketsa g‘o‘zaning rivojlanishi sustlashadi, havo harorati 12°C dan pasayganida esa o‘sish g‘oyat sekinlashib ketadi, nihoyat, havo haro-rati 0°C dan pasayganida esa o‘simlikni sovuq uradi. G‘o‘zani parvarish qilishda, garchi ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan bo‘lsa-da, yoz faslida havo harorati pastroq bo‘lgan yillarda ko‘saklarning ochilishi va pishishi keyinga surilib ketadi va yoppasiga paxta terimiga kirishish muddati kechikib boshlanadi, dalalardagi paxtani to‘la yig‘ib-terib olish ishi kuzgi sovuqlar va yog‘inlar boshlanishigacha davom etadi, natijada terib olinadigan paxtaning sifati pasayadi va hosilning qisman nobudgarchiligiga yo‘l qo‘yiladi. Don ekinlaridan olinadigan hosil miqdori ham ob-havo sharoitlariga bevosita bog‘liqligini ko‘pchilik biladi. Agar lalmikor erlardagi bug‘doy (yoki arpa) donlari pishib etilayotgan davrda uzoq vaqt havo jazirama issiq va nisbiy namligi 30% dan kam bo‘lib tursa, pishgan donlarning ancha qismi puch bo‘lib qoladi. Don ekinlarining hosili pishishi davrida tez-tez kuchli shamollarning esishi va yomg‘irlarning yog‘ishi, havoning past haro-rati pirovard natijada hosil miqdorini kamaytirib yuboradi. Dalalarda erlarni ekin ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish (yoki sepish), turli xil agrotadbirlarni o‘tkazish, hosilni yig‘ib-terib olish muddatlarini tanlash, joyning ob-havo sharoitini hisobga olib bajariladi. SHunday qilib, qishloq xo‘jaligi xodimlari turli xil ekinlarni parvarish qilishda, ulardan yuqori hosil olish uchun deh-qonchilikning umumiy qonuniyatlari va uning ayrim sohalariga doir bilimlardan tashqari, quyosh radiatsiyasi va uning oqim turlari, tabiiy yoritilganlik, fotosintetik faol radiatsiya (FFR), havo va tuproq haroratining o‘zgarishi, havo va tuproq namligi, turli xil yog‘inlar, shamollar, havo massalarining harakati, siklonlar va antitsiklonlar paytidagi ob-havo, qish-loq xo‘jaligi uchun xavfli bo‘lgan meteorologik hodisalar, umuman olganda ob-havo o‘zgarishlarining o‘simlikka ta’siri haqi-dagi bilimlarga ega bo‘lishlari hamda ob- havoni belgilaydigan element(unsur)larning har birini u yoki bu meteorologik asbob yordamida o‘lchay olishlari va o‘lchash natijalarini baholash malakasiga ega bo‘lishlari kerak. Qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarida bu kabi ma’lumotlarni talabalar
agrometeorologiya fanini o‘rganish jarayonida o‘zlashtiradilar.
1. Agrometeorologiya predmeti
Qishloq  xo‘jaligi  uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  meteorologik,  iqlim,
gidrologik va tuproq sharoitlarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish ob’ektlari
va  jarayonlari  bilan  o‘zaro  ta’sirini  o‘rganadigan  fan  qishloq  xo‘jaligi
meteorologiyasi deb ataladi. 
Hozirgi  zamon  qishloq  xo‘jaligi  meteorologiyasi  agrometeorologiya,
agroiqlimshunoslik, agrogidrologiya va zoometeorologiya kabi sohalar bilan uzviy
bog‘liq.  Agrometeorologiyani  qishloq  xo‘jaligi  meteorologiyasining  asosiy,
yetakchi bo‘limi deb aytish mumkin.
Agrometeorologiya  qishloq  xo‘jaligi  meteorologiyasining  meteorologik
sharoitlarini, qishloq xo‘jalik o‘simliklarining o‘sish, rivojlanish va hosilining
shakllanish  jarayonlari  va  agrotexnik  tadbirlar  bilan  o‘zaro  ta’sirini
o‘rganadigan sohasidir.
Agrometeorologiya bo‘yicha ayrim darsliklarda agrometeorologiya predmetiga
quyidagicha ta’rif berilgan: “Agrometeorologiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
uchun  ahamiyatga  ega  bo‘lgan  meteorologik,  iqlim,  gidrologik  va  tuproq
sharoitlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlari va jarayonlari bilan o‘zaro
ta’sirini  o‘rganadigan  fandir”.  Agrometeorologiyaga  berilgan  bu  ta’rifning
mazmuni qishloq xo‘jaligi meteorologiyasiga berilgan ta’rif  bilan deyarli  mos
tushadi. 
Bu yerda qayd etilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlari tushunchasiga
qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlari kiradi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi
jarayonlariga esa dehqonchilikda yerni ekin ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish (yoki
sepish, ko‘chat o‘tkazish) dan toki hosilini yig‘ib-terib olishgacha qo‘llaniladigan
agrotadbirlarni,  chorvachilikda  esa  yem-xa-shak  yetishtirish,  hayvonlarni  tabiiy
sharoitda oziqlantirish, saqlash va asrash texnologiyalarini tushuniladi.
Agrometeorologiyaning o‘rganish ob’ektlariga ob-havo, iqlim, tuproqning suv va
issiqlik rejimi, fizik va fizik-mexanik xossalari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylov
o‘simliklari va qishloq xo‘jalik hayvonlari hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chi-
qarishi jarayonlari kiradi. Agrometeorologiyada barcha ob’ekt-lar organizmning
Logotip
agrometeorologiya fanini o‘rganish jarayonida o‘zlashtiradilar. 1. Agrometeorologiya predmeti Qishloq xo‘jaligi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan meteorologik, iqlim, gidrologik va tuproq sharoitlarining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish ob’ektlari va jarayonlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fan qishloq xo‘jaligi meteorologiyasi deb ataladi. Hozirgi zamon qishloq xo‘jaligi meteorologiyasi agrometeorologiya, agroiqlimshunoslik, agrogidrologiya va zoometeorologiya kabi sohalar bilan uzviy bog‘liq. Agrometeorologiyani qishloq xo‘jaligi meteorologiyasining asosiy, yetakchi bo‘limi deb aytish mumkin. Agrometeorologiya qishloq xo‘jaligi meteorologiyasining meteorologik sharoitlarini, qishloq xo‘jalik o‘simliklarining o‘sish, rivojlanish va hosilining shakllanish jarayonlari va agrotexnik tadbirlar bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan sohasidir. Agrometeorologiya bo‘yicha ayrim darsliklarda agrometeorologiya predmetiga quyidagicha ta’rif berilgan: “Agrometeorologiya qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan meteorologik, iqlim, gidrologik va tuproq sharoitlarini qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlari va jarayonlari bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganadigan fandir”. Agrometeorologiyaga berilgan bu ta’rifning mazmuni qishloq xo‘jaligi meteorologiyasiga berilgan ta’rif bilan deyarli mos tushadi. Bu yerda qayd etilgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi ob’ektlari tushunchasiga qishloq xo‘jalik ekinlari va hayvonlari kiradi, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi jarayonlariga esa dehqonchilikda yerni ekin ekishga tayyorlash, ekinlarni ekish (yoki sepish, ko‘chat o‘tkazish) dan toki hosilini yig‘ib-terib olishgacha qo‘llaniladigan agrotadbirlarni, chorvachilikda esa yem-xa-shak yetishtirish, hayvonlarni tabiiy sharoitda oziqlantirish, saqlash va asrash texnologiyalarini tushuniladi. Agrometeorologiyaning o‘rganish ob’ektlariga ob-havo, iqlim, tuproqning suv va issiqlik rejimi, fizik va fizik-mexanik xossalari, qishloq xo‘jaligi ekinlari, yaylov o‘simliklari va qishloq xo‘jalik hayvonlari hamda qishloq xo‘jaligi ishlab chi- qarishi jarayonlari kiradi. Agrometeorologiyada barcha ob’ekt-lar organizmning
atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri nuqtai nazaridan o‘rganiladi.
Shunday qilib, agrometeorologiya, bir tomondan, meteorologik kattaliklarning
o‘zgarishini  o‘rgansa,  ikkinchi  tomondan,  meteorologik  kattaliklar  ta’sirida
madaniy  va  cho‘l-yaylov  o‘simliklarining  o‘sishi  va  rivojlanishini  bir  vaqtda
(paralel) kuzatib boradi va bu kuzatishlar asosida ob-havo va iqlim sharoitlarining
o‘simlikka ta’sirini aniqlaydi.
Bu fan XIX asrning oxiridan boshlab meteorologiya fanining qishloq xo‘jaligi
ishlab chiqarishiga qo‘llanishini o‘rgana-digan bo‘limi sifatida rivojlana boshlagan.
Meteorologiya – Yer atmosferasi, uning tuzilishi va xossalari, atmosferada
ro‘y beradigan turli hodisalarni o‘rganadigan fandir. 
Meteorologiya fanining asosiy vazifasi atmosferada ro‘y beradigan hodisalarni
fizika  fani  nuqtai  nazaridan  tushuntirishdir.  Meteorologiya  fani  havo  tarkibi,
zichligi,  harorati  va  namligi,  nuriy  energiya  va  uning  aylanishlari,  bulutlar,
yog‘inlar, atmosferada havo massalarining vujudga kelishi va harakati, dovullar,
qora  sovuq  (sovuq  urish)  lar,  qurg‘oqchilik,  atmosfera  holatini  tavsiflaydigan
boshqa juda ko‘p kattaliklar va hodisalarni quruqlik hamda Dunyo okeani sirti
bilan o‘zaro ta’sirda o‘rganadi. Meteorologiya so‘zining o‘zi qadimgi yunon tilida
«meteor»   osmon hodisasi, «logos» o‘rganish, bilish degan ma’noni bildiradi.
Shunday  qilib,  meteorologiya  osmon  hodisalarini  o‘rganadigan  fandir.
Meteorologiyaning  asosiy  vazifasi  atmosfera  jarayonlarini  o‘rganish  bilan
cheklanmasdan, balki ularga faol ta’sir etish – ob-havoning noqulay hodisalari
zararini yo‘qotish yoki kamaytirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Masalan,
do‘l yog‘adigan bulutlarga ta’sir etib yirik do‘l yog‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu
bilan ekinlarni do‘l urishdan saqlab qolish usullarini ishlab chiqadi.
Atmosfera  holatining  keskin  o‘zgarishiga  sabab  bo‘ladigan  biror  fizik
jarayonga atmosfera hodisasi deb yuritiladi. Biror joyda aniq bir vaqtdagi yoki
vaqt  oralig‘idagi  meteorologik  kattaliklar  va  hodisalar-ning  majmuasi  bilan
tavsiflanadigan atmosfera holati ob-havo deyiladi.
Meteorologiya ba’zan ob-havo to‘g‘risidagi fan deb ham ataydilar. Sodda qilib
aytilgan bu ta’rif fanning hozirgi kundagi mazmunini to‘g‘ri ko‘rsatadi, deb ayta
olamiz.
Havo  holati  va  ba’zi  atmosfera  hodisalarining  turlicha  tavsiflariga
Logotip
atrof-muhit bilan o‘zaro ta’siri nuqtai nazaridan o‘rganiladi. Shunday qilib, agrometeorologiya, bir tomondan, meteorologik kattaliklarning o‘zgarishini o‘rgansa, ikkinchi tomondan, meteorologik kattaliklar ta’sirida madaniy va cho‘l-yaylov o‘simliklarining o‘sishi va rivojlanishini bir vaqtda (paralel) kuzatib boradi va bu kuzatishlar asosida ob-havo va iqlim sharoitlarining o‘simlikka ta’sirini aniqlaydi. Bu fan XIX asrning oxiridan boshlab meteorologiya fanining qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishiga qo‘llanishini o‘rgana-digan bo‘limi sifatida rivojlana boshlagan. Meteorologiya – Yer atmosferasi, uning tuzilishi va xossalari, atmosferada ro‘y beradigan turli hodisalarni o‘rganadigan fandir. Meteorologiya fanining asosiy vazifasi atmosferada ro‘y beradigan hodisalarni fizika fani nuqtai nazaridan tushuntirishdir. Meteorologiya fani havo tarkibi, zichligi, harorati va namligi, nuriy energiya va uning aylanishlari, bulutlar, yog‘inlar, atmosferada havo massalarining vujudga kelishi va harakati, dovullar, qora sovuq (sovuq urish) lar, qurg‘oqchilik, atmosfera holatini tavsiflaydigan boshqa juda ko‘p kattaliklar va hodisalarni quruqlik hamda Dunyo okeani sirti bilan o‘zaro ta’sirda o‘rganadi. Meteorologiya so‘zining o‘zi qadimgi yunon tilida «meteor»  osmon hodisasi, «logos» o‘rganish, bilish degan ma’noni bildiradi. Shunday qilib, meteorologiya osmon hodisalarini o‘rganadigan fandir. Meteorologiyaning asosiy vazifasi atmosfera jarayonlarini o‘rganish bilan cheklanmasdan, balki ularga faol ta’sir etish – ob-havoning noqulay hodisalari zararini yo‘qotish yoki kamaytirish masalalari bilan ham shug‘ullanadi. Masalan, do‘l yog‘adigan bulutlarga ta’sir etib yirik do‘l yog‘ishiga yo‘l qo‘ymaslik va shu bilan ekinlarni do‘l urishdan saqlab qolish usullarini ishlab chiqadi. Atmosfera holatining keskin o‘zgarishiga sabab bo‘ladigan biror fizik jarayonga atmosfera hodisasi deb yuritiladi. Biror joyda aniq bir vaqtdagi yoki vaqt oralig‘idagi meteorologik kattaliklar va hodisalar-ning majmuasi bilan tavsiflanadigan atmosfera holati ob-havo deyiladi. Meteorologiya ba’zan ob-havo to‘g‘risidagi fan deb ham ataydilar. Sodda qilib aytilgan bu ta’rif fanning hozirgi kundagi mazmunini to‘g‘ri ko‘rsatadi, deb ayta olamiz. Havo holati va ba’zi atmosfera hodisalarining turlicha tavsiflariga
meteorologik kattaliklar deyiladi.
Meteorologik  kattaliklar  tushunchasi  atmosfera  holatini  miqdor  jihatdan
tavsiflash uchun kiritiladi. Havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol
tezligi  va  yo‘nalishi,  bulut  miqdori,  yog‘ingarchilik,  ko‘rinuvchanlik  uzoqligi
asosiy me-teorologik kattaliklar hisoblanadi. Har bir kattalikning qiymati u yoki bu
o‘lchov  birligida  ifoda  qilinadi.  Masalan,  atmosfera  bosimi  asosan  gPa
(gektopaskal) birlikda ifodalansada, ko‘pincha uning mm simob ustuni tarzida
qo‘llanili-shini ham uchratamiz.
Quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosfera nurlanishi, quyosh shafag‘i (yog‘dusi)
ning  davomiyligi  kabi  nur  energiyaning  ba’zi  tavsiflarini  ham  meteorologik
kattaliklarga qo‘shish mumkin.
Meteorologik hodisalarga - tuman, yaxmalak, qor bo‘ronlari, chang va qum
bo‘ronlari, momaqaldiroq, quyun, shudring, qirov va boshqalar kiradi. Ularni sifat
jihatdan  yoki  meteorologik  kattaliklar  yordamida  ifodalash  mumkin.  Masalan,
«quyuq tuman tushdi» yoki «10-15 m masofani ko‘rish mumkin bo‘lgan tuman
tushdi» va h.k.
Meteorologik kattaliklar va hodisalar o‘zaro bog‘liq, ulardan birining o‘zgarishi
boshqalarining  o‘zgarishini  yuzaga  keltiradi.  Masalan,  atmosferadagi
jarayonlarning rivojlanishida bulutlik o‘zgarsa, uning o‘zgarishi o‘z navbatida havo
harorati, namligi, yog‘inlar, shamollarning o‘zgarishiga olib keladi. Natijada, ob-
havo ham o‘zgaradi. Shuning uchun ham ob-havo tez o‘zgaruvchan va turlicha
bo‘ladi.
Meteorologik kattaliklarning biror vaqt oralig‘i uchun qiymatlari meteorologik
sharoitlar (ob-havo sharoitlari) deb yuritiladi.  Ob-havo tushunchasi bilan iqlim
tushunchasi chambarchas bog‘langan. Har birimiz «ob-havo rejimi» degan so‘zlarni
ko‘p eshitganmiz, uning mazmunini yaxshi tushunish uchun dastavval, «rejim (yoki
tartibot)» so‘zining ma’nosini qaraylik.
Odatda, jarayon va hodisalarning vaqt o‘tishi bilan qonuniy ravishda almashib
turishi rejim deb yuritiladi. Ob-havo rejimi esa atmosferada ro‘y beradigan tabiiy
hodisalarning yil davomida qonuniyatli almashinib oldinma-keyin kelishini bildiradi.
Masalan, O‘zbekistonda yozda ob-havo juda isib ketadi, qishda esa sovuq bo‘lib
turadi, so‘ngra ob-havo bahorda yana isiy boshlaydi. Bunday almashinuv har yili
Logotip
meteorologik kattaliklar deyiladi. Meteorologik kattaliklar tushunchasi atmosfera holatini miqdor jihatdan tavsiflash uchun kiritiladi. Havo harorati va namligi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va yo‘nalishi, bulut miqdori, yog‘ingarchilik, ko‘rinuvchanlik uzoqligi asosiy me-teorologik kattaliklar hisoblanadi. Har bir kattalikning qiymati u yoki bu o‘lchov birligida ifoda qilinadi. Masalan, atmosfera bosimi asosan gPa (gektopaskal) birlikda ifodalansada, ko‘pincha uning mm simob ustuni tarzida qo‘llanili-shini ham uchratamiz. Quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosfera nurlanishi, quyosh shafag‘i (yog‘dusi) ning davomiyligi kabi nur energiyaning ba’zi tavsiflarini ham meteorologik kattaliklarga qo‘shish mumkin. Meteorologik hodisalarga - tuman, yaxmalak, qor bo‘ronlari, chang va qum bo‘ronlari, momaqaldiroq, quyun, shudring, qirov va boshqalar kiradi. Ularni sifat jihatdan yoki meteorologik kattaliklar yordamida ifodalash mumkin. Masalan, «quyuq tuman tushdi» yoki «10-15 m masofani ko‘rish mumkin bo‘lgan tuman tushdi» va h.k. Meteorologik kattaliklar va hodisalar o‘zaro bog‘liq, ulardan birining o‘zgarishi boshqalarining o‘zgarishini yuzaga keltiradi. Masalan, atmosferadagi jarayonlarning rivojlanishida bulutlik o‘zgarsa, uning o‘zgarishi o‘z navbatida havo harorati, namligi, yog‘inlar, shamollarning o‘zgarishiga olib keladi. Natijada, ob- havo ham o‘zgaradi. Shuning uchun ham ob-havo tez o‘zgaruvchan va turlicha bo‘ladi. Meteorologik kattaliklarning biror vaqt oralig‘i uchun qiymatlari meteorologik sharoitlar (ob-havo sharoitlari) deb yuritiladi. Ob-havo tushunchasi bilan iqlim tushunchasi chambarchas bog‘langan. Har birimiz «ob-havo rejimi» degan so‘zlarni ko‘p eshitganmiz, uning mazmunini yaxshi tushunish uchun dastavval, «rejim (yoki tartibot)» so‘zining ma’nosini qaraylik. Odatda, jarayon va hodisalarning vaqt o‘tishi bilan qonuniy ravishda almashib turishi rejim deb yuritiladi. Ob-havo rejimi esa atmosferada ro‘y beradigan tabiiy hodisalarning yil davomida qonuniyatli almashinib oldinma-keyin kelishini bildiradi. Masalan, O‘zbekistonda yozda ob-havo juda isib ketadi, qishda esa sovuq bo‘lib turadi, so‘ngra ob-havo bahorda yana isiy boshlaydi. Bunday almashinuv har yili
takrorlanib turadi. Ob-havoning bunday tartib bilan oldinma-keyin almashinuvida
har qaysi faslda katta chetlashishlar ro‘y bermaydi. Masalan, Toshkentda qishda
yanvar oyida +35S, +40°C issiq bo‘lmagan yoki yozda iyul oyida sovuq tushib qor
yog‘magan.
Shunday qilib, atmosferada ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlarning bir-
biriga yaqin tarzda takrorlanib turishi ob-havo rejimi deyiladi. 
Biror joyning geografik joylashuv o‘rni bilan bog‘liq holdayuzaga kelgan
ko‘p yillik ob-havo rejimiga yoki ma’lum bir joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik ob-
havo rejimiga iqlim deyiladi.
Biror hududning har yilgi ob-havosi yuqorida aytganimizdek, bir xil tarzda
takrorlanavermaydi. Ba’zi yillari yoz juda issiq bo‘lib, qish esa sovuq bo‘lishi,
boshqa bir yillari esa yoz salqinroq, qish esa iliqroq kelishi va yog‘ingarchilik ko‘p
bo‘lishi mumkin. Masalan, 2000-2001 yillarda O‘zbekistonda qish iliq va kam qorli
bo‘ldi. Bu ma’lumot O‘zbekiston iqlimini yumshoq, iliq deb tasdiqlashga yetarli
bo‘lmaydi. O‘zbekistonning 1956 yilgi iqlim ma’lumotlarida o‘sha yili respublikada
qishda qor juda ko‘p yog‘ib, kuchli sovuqlar bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Bu ma’lumot
bilan  cheklanib  O‘zbekistonning  iqlimini  qishda  qattiq  sovuq  va  serqorli  deb
bo‘lmaydi.
Shuning uchun ma’lum bir hududning iqlimi deganda, ko‘p yillar davomida shu
hududda kuzatilgan ob-havo rejimining o‘rtacha qiymatiga asoslanishimiz kerak.
Ma’lumki,  meteorologiya  fani  atmosferada  ro‘y  beradigan  hodisalarning  paydo
bo‘lishi  va  rivojlanishini  (qayerda  bo‘lishidan  qat’iy  nazar)  umumiy  tarzda
o‘rganadi, iqlimshunoslik fani esa bu jarayonlarning ma’lum biror hududdagi ko‘p
yillik o‘rtacha holatini o‘rganadi.
Meteorologik kattaliklar  va jarayonlar o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi  va
hosildorligiga, hayvonlarning holati va mahsuldorligiga oz yoki ko‘p darajada ta’sir
qiladi,  shuning  uchun  ularni  agrometeorologiya  fanida  ham  o‘rganiladi.  Bunda
meteoro-logik kattaliklar va hodisalarning ta’siri, tuproqning suv va issiqlik rejimi
bilan birgalikda tahlil qilinadi. Tuproqning suv rejimini esa gidrologik kattaliklar
tavsiflaydi.
Ob-havo va iqlimning qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga ta’-sirini tavsiflash uchun
agrometeorologik va agroiqlim sharoitlar tushunchalaridan foydalaniladi.
Logotip
takrorlanib turadi. Ob-havoning bunday tartib bilan oldinma-keyin almashinuvida har qaysi faslda katta chetlashishlar ro‘y bermaydi. Masalan, Toshkentda qishda yanvar oyida +35S, +40°C issiq bo‘lmagan yoki yozda iyul oyida sovuq tushib qor yog‘magan. Shunday qilib, atmosferada ro‘y beradigan hodisalar va jarayonlarning bir- biriga yaqin tarzda takrorlanib turishi ob-havo rejimi deyiladi. Biror joyning geografik joylashuv o‘rni bilan bog‘liq holdayuzaga kelgan ko‘p yillik ob-havo rejimiga yoki ma’lum bir joyga xos bo‘lgan ko‘p yillik ob- havo rejimiga iqlim deyiladi. Biror hududning har yilgi ob-havosi yuqorida aytganimizdek, bir xil tarzda takrorlanavermaydi. Ba’zi yillari yoz juda issiq bo‘lib, qish esa sovuq bo‘lishi, boshqa bir yillari esa yoz salqinroq, qish esa iliqroq kelishi va yog‘ingarchilik ko‘p bo‘lishi mumkin. Masalan, 2000-2001 yillarda O‘zbekistonda qish iliq va kam qorli bo‘ldi. Bu ma’lumot O‘zbekiston iqlimini yumshoq, iliq deb tasdiqlashga yetarli bo‘lmaydi. O‘zbekistonning 1956 yilgi iqlim ma’lumotlarida o‘sha yili respublikada qishda qor juda ko‘p yog‘ib, kuchli sovuqlar bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Bu ma’lumot bilan cheklanib O‘zbekistonning iqlimini qishda qattiq sovuq va serqorli deb bo‘lmaydi. Shuning uchun ma’lum bir hududning iqlimi deganda, ko‘p yillar davomida shu hududda kuzatilgan ob-havo rejimining o‘rtacha qiymatiga asoslanishimiz kerak. Ma’lumki, meteorologiya fani atmosferada ro‘y beradigan hodisalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini (qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar) umumiy tarzda o‘rganadi, iqlimshunoslik fani esa bu jarayonlarning ma’lum biror hududdagi ko‘p yillik o‘rtacha holatini o‘rganadi. Meteorologik kattaliklar va jarayonlar o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga, hayvonlarning holati va mahsuldorligiga oz yoki ko‘p darajada ta’sir qiladi, shuning uchun ularni agrometeorologiya fanida ham o‘rganiladi. Bunda meteoro-logik kattaliklar va hodisalarning ta’siri, tuproqning suv va issiqlik rejimi bilan birgalikda tahlil qilinadi. Tuproqning suv rejimini esa gidrologik kattaliklar tavsiflaydi. Ob-havo va iqlimning qishloq xo‘jaligi ob’ektlariga ta’-sirini tavsiflash uchun agrometeorologik va agroiqlim sharoitlar tushunchalaridan foydalaniladi.
Qishloq  xo‘jalik  o‘simliklari  va  hayvonlari  holati  va  mahsuldorligini
aniqlaydigan meteorologik va gidrologik kattaliklar majmuasi agrometeorologik
omillar, ularning biror vaqt davomidagi qiymatlari agrometeorologik sharoitlar,
olingan joydagi agrometeorologik sharoitlarning ko‘p yillik rejimi agroiqlimiy
sharoitlar deb yuritiladi.
Shunday qilib, agrometeorologiya ob-havo va iqlimning qish-loq xo‘jaligi ishlab
chiqarishida qo‘llanishini o‘rganadi. 
Shuni yana takrorlab o‘tamizki, agrometeorologiyaning fan sifatidagi xususiyati
shundaki,  u  bir  necha  fanlar:  meteorologiya,  agronomiya,  biologiya,  biofizika,
tuproqshunoslik, tuproq iqlimi, iqlimshunoslik, ekologiya, o‘simliklar fiziologiyasi,
fizika, geografiya va boshqa fanlarning o‘zaro oralig‘ida vujudga kelgan va ularning
har biri bilan uzviy bog‘lanishga ega. Biroq agrometeorologiya predmeti bu fanlar
predmetlaridan farq qiladi.
Agrometeorologiya  fani,  shuningdek,  meteorologiyaning  atmosferada  ro‘y
beradigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini o‘rganadigan va ob-havoni oldindan
aytish  usullarini  ishlab  chiqish  bilan  shug‘ullanadigan  bo‘limi  –  sinoptik
meteorologiya, iqlim hosil qiluvchi omillarni, turli hududlarning iqlim resurslarini
va iqlim o‘zgarishini o‘rganadigan bo‘limi  iqlimshunoslik fanlari bilan ham uzviy
bog‘langan.
2. Agrometeorologiyaning tadqiqot usullari
Agrometeorologiyada ham boshqa tabiiy fanlar, jumladan, fizika fanidagi kabi
tadqiqotlarning uchta: kuzatish, tajriba va nazariy tahlil kabi umumiy usullaridan
foydalaniladi:
1. Kuzatish  usuli.  Bu  usulda  Yer  sharining  turli  joylaridagi  meteorologik
observatoriyalar,  meteorologik  stansiyalar  va  postlar,  turli  maqsadlarda
uyushtirilgan ekspeditsiyalarda  asboblar  yordamida  aniq dasturlarga amal  qilib
kuzatish ishlari olib boriladi va kuzatish natijalari tahlil qilinadi. 
2. Tajriba usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, unda qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon (yoki hodisa) ni sun’iy ravishda
amalga oshirish uchun tajribalar o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda bu usul juda kam
rivojlanganligini ta’kidlab o‘tamiz.
3. Nazariy  tahlil  qilish  usuli.  Bu  usul  agrometeorologik  jarayon  (hodisa)
Logotip
Qishloq xo‘jalik o‘simliklari va hayvonlari holati va mahsuldorligini aniqlaydigan meteorologik va gidrologik kattaliklar majmuasi agrometeorologik omillar, ularning biror vaqt davomidagi qiymatlari agrometeorologik sharoitlar, olingan joydagi agrometeorologik sharoitlarning ko‘p yillik rejimi agroiqlimiy sharoitlar deb yuritiladi. Shunday qilib, agrometeorologiya ob-havo va iqlimning qish-loq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llanishini o‘rganadi. Shuni yana takrorlab o‘tamizki, agrometeorologiyaning fan sifatidagi xususiyati shundaki, u bir necha fanlar: meteorologiya, agronomiya, biologiya, biofizika, tuproqshunoslik, tuproq iqlimi, iqlimshunoslik, ekologiya, o‘simliklar fiziologiyasi, fizika, geografiya va boshqa fanlarning o‘zaro oralig‘ida vujudga kelgan va ularning har biri bilan uzviy bog‘lanishga ega. Biroq agrometeorologiya predmeti bu fanlar predmetlaridan farq qiladi. Agrometeorologiya fani, shuningdek, meteorologiyaning atmosferada ro‘y beradigan hodisalarning fizik qonuniyatlarini o‘rganadigan va ob-havoni oldindan aytish usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan bo‘limi – sinoptik meteorologiya, iqlim hosil qiluvchi omillarni, turli hududlarning iqlim resurslarini va iqlim o‘zgarishini o‘rganadigan bo‘limi  iqlimshunoslik fanlari bilan ham uzviy bog‘langan. 2. Agrometeorologiyaning tadqiqot usullari Agrometeorologiyada ham boshqa tabiiy fanlar, jumladan, fizika fanidagi kabi tadqiqotlarning uchta: kuzatish, tajriba va nazariy tahlil kabi umumiy usullaridan foydalaniladi: 1. Kuzatish usuli. Bu usulda Yer sharining turli joylaridagi meteorologik observatoriyalar, meteorologik stansiyalar va postlar, turli maqsadlarda uyushtirilgan ekspeditsiyalarda asboblar yordamida aniq dasturlarga amal qilib kuzatish ishlari olib boriladi va kuzatish natijalari tahlil qilinadi. 2. Tajriba usuli. Bu usulning mohiyati shundaki, unda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun ahamiyatga ega bo‘lgan jarayon (yoki hodisa) ni sun’iy ravishda amalga oshirish uchun tajribalar o‘tkaziladi. Hozirgi vaqtda bu usul juda kam rivojlanganligini ta’kidlab o‘tamiz. 3. Nazariy tahlil qilish usuli. Bu usul agrometeorologik jarayon (hodisa)
larning  nazariy  ravishda  aniqlangan  umumiy  qonuniyatlarini  fizika,  biologiya,
o‘simliklar fiziologiyasi, termodinamika va boshqa fanlar qonunlaridan foydalanib,
matematikani jalb qilgan holda miqdoriy shaklda ifodalashga asoslangan.
Yuqorida  biz  tadqiqotlarning  umumiy  usullarini  ko‘rsatib  o‘tdik.
Agrometeorologiyada  bu  usullarga  asoslanib  ishlab  chiqil-gan  quyidagi  xususiy
tadqiqot usullari ham keng rivojlangan:
1.  Meteorologik hodisalar va o‘simliklarni parallel ravishda kuzatishlar
olib borish usuli.
Agrometeorologiyada  tadqiqotlarning  eng  asosiysi  bo‘lgan  bu  usulda
o‘simliklarning  holati,  o‘sishi,  rivojlanishi  va  meteorologik  sharoitlar  ayni  bir
vaqtda parallel  ravishda kuzatib boriladi.  Bu usul  yordamida dala kuzatishlari
davrida olingan materiallarga asoslanib, kuzatishlar o‘tkazilayotgan joydagi ob-havo
sharoitlari  bilan  o‘simliklarning  o‘sishi,  rivojlanishi  va  hosilining  shakllanishi
orasida sifat va miqdoriy bog‘lanishlar o‘rganiladi, o‘simliklarning asosiy hayot
omillari - yorug‘lik, issiqlik, namlik va oziq moddalar miqdorlariga talabi, turli xil
o‘simliklar uchun bu omillarning eng oz va ko‘p miqdorlari, qora sovuq (sovuq
urish),  qurg‘oqchilik  va  boshqa  hodisalarning  o‘simlikka  ta’siri  aniqlanadi.
Shuningdek,  kuzatish  materiallari  asosida  turli  xil  o‘simliklarda  rivojlanish
fazalarining  boshlanishi  uchun  kerak  bo‘lgan  havoning  samarali  haroratlari
yig‘indisi hisoblanadi.
2. Ekinlarni turli muddatlarda ekish usuli. O‘simliklarning turlicha ob-havo
sharoitlarida  o‘sish  va  rivojlanish  qonuniyatlarini  aniqlash  uchun  ko‘p  yillik
agrometeorologik kuzatishlar olib borish kerak. Tadqiqotlar o‘tkazish muddatini
tezlashtirish uchun ekinlarni oldinma-keyingi muddatlarda ekish usuli qo‘llaniladi.
Bu usulda ekinlarni daladagi o‘zaro teng maydonlarga har xil muddatlarda ekiladi,
ularning o‘sish va rivojlanishi hamda olingan joyning ob-havo sharoitlariga doir
parallel kuzatishlar olib boriladi. Bu usul qo‘llanganda o‘rganilayotgan ekin navini
bahordan boshlab vegetatsiya davrining oxirigacha har 5-10 kun o‘tgandan keyin
ekib boriladi. Bunda turli muddatlarda ekilgan ekinlarning rivojlanishi har xil
meteorologik sharoitlarda o‘tadi. Masalan, erta bahor paytida ekilgan urug‘lardan
unib  chiqqan  o‘simliklarning  dastlabki  rivojlanish  fazalari  tuproq  va  havo
haroratining pastroq bo‘lgan davrida o‘tsa, yozda ekilgan ekinlarning dastlabki
Logotip
larning nazariy ravishda aniqlangan umumiy qonuniyatlarini fizika, biologiya, o‘simliklar fiziologiyasi, termodinamika va boshqa fanlar qonunlaridan foydalanib, matematikani jalb qilgan holda miqdoriy shaklda ifodalashga asoslangan. Yuqorida biz tadqiqotlarning umumiy usullarini ko‘rsatib o‘tdik. Agrometeorologiyada bu usullarga asoslanib ishlab chiqil-gan quyidagi xususiy tadqiqot usullari ham keng rivojlangan: 1. Meteorologik hodisalar va o‘simliklarni parallel ravishda kuzatishlar olib borish usuli. Agrometeorologiyada tadqiqotlarning eng asosiysi bo‘lgan bu usulda o‘simliklarning holati, o‘sishi, rivojlanishi va meteorologik sharoitlar ayni bir vaqtda parallel ravishda kuzatib boriladi. Bu usul yordamida dala kuzatishlari davrida olingan materiallarga asoslanib, kuzatishlar o‘tkazilayotgan joydagi ob-havo sharoitlari bilan o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosilining shakllanishi orasida sifat va miqdoriy bog‘lanishlar o‘rganiladi, o‘simliklarning asosiy hayot omillari - yorug‘lik, issiqlik, namlik va oziq moddalar miqdorlariga talabi, turli xil o‘simliklar uchun bu omillarning eng oz va ko‘p miqdorlari, qora sovuq (sovuq urish), qurg‘oqchilik va boshqa hodisalarning o‘simlikka ta’siri aniqlanadi. Shuningdek, kuzatish materiallari asosida turli xil o‘simliklarda rivojlanish fazalarining boshlanishi uchun kerak bo‘lgan havoning samarali haroratlari yig‘indisi hisoblanadi. 2. Ekinlarni turli muddatlarda ekish usuli. O‘simliklarning turlicha ob-havo sharoitlarida o‘sish va rivojlanish qonuniyatlarini aniqlash uchun ko‘p yillik agrometeorologik kuzatishlar olib borish kerak. Tadqiqotlar o‘tkazish muddatini tezlashtirish uchun ekinlarni oldinma-keyingi muddatlarda ekish usuli qo‘llaniladi. Bu usulda ekinlarni daladagi o‘zaro teng maydonlarga har xil muddatlarda ekiladi, ularning o‘sish va rivojlanishi hamda olingan joyning ob-havo sharoitlariga doir parallel kuzatishlar olib boriladi. Bu usul qo‘llanganda o‘rganilayotgan ekin navini bahordan boshlab vegetatsiya davrining oxirigacha har 5-10 kun o‘tgandan keyin ekib boriladi. Bunda turli muddatlarda ekilgan ekinlarning rivojlanishi har xil meteorologik sharoitlarda o‘tadi. Masalan, erta bahor paytida ekilgan urug‘lardan unib chiqqan o‘simliklarning dastlabki rivojlanish fazalari tuproq va havo haroratining pastroq bo‘lgan davrida o‘tsa, yozda ekilgan ekinlarning dastlabki
rivojlanish fazalari issiq va quruq ob-havo sharoitida o‘tadi. Ekinlarni oldinma-
keyingi muddatlarda ekish bo‘yicha tajribalar natijasida olingan joyda hattoki bir
yilning o‘zidayoq u yoki bu meteorologik sharoitning o‘simlikka qanday ta’sir
ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar olish mumkin.
3. Ekinlarni turli geografik joylarda ekish usuli. Bu usulda tekshirilayotgan
o‘simlik navi urug‘larini turli qit’alardagi mamlakatlarda yoki biror mamlakatning
turli geografik joylari (har xil tuproq va iqlim sharoitlari) da bir vaqtda ekiladi. Bu
usulda ham oldinma-keyingi ekish usuldagi vazifalar hal qilinadi, chunki har xil
tuproq-iqlim sharoitiga ekilgan navlar turlicha - namlik, harorat, kun uzunligida
o‘sadi va rivojlanadi. Bu usul tanlangan joylarga aynan bir xil navlarni bir vaqtda
ekish, bir xil agrotexnik tadbirlarni qo‘llash va bir xil dasturdagi agrometeorologik
kuzatishlar o‘tkazishni talab qiladi.
O‘z-o‘zidan  ayonki,  turlicha  tuproq-iqlim  sharoitidagi  farq-lar
tekshirilayotgan o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga har xil ta’sir
qiladi. Bu usul nisbatan kam qo‘llaniladi, chunki bir mamlakatning turlicha tuproq-
iqlim  sharoitlarida  yoki  turli  mamlakatlarda  olingan  ekinni  bir  vaqtda  ekish
tashkiliy jihatdan juda qiyin.
4.  Dala-tajriba  usuli. Bu  usulda  dala  tajribalarida  maxsus  qurilmalar  va
tadbirlar yordamida o‘simliklarni parvarish qilishning agrometeorologik sharoitlari
sun’iy ravishda o‘zgartiladi (tajriba dasturiga muvofiq tuproq harorati va namligi,
yoritilganlik jadalligi va davomiyligi va boshqalar boshqariladi).
5.  Fitotron  usuli.  Fitotron  sun’iy  iqlim  hosil  qiladigan  qurilma  bo‘lib,
o‘simliklar uning ichida sun’iy iqlim sharoitida parvarish qilinadi.
Ularda  o‘simliklarni  yorug‘lik,  issiqlik,  namlik,  gaz  tarkibi  va  oziq
moddalarning har xil qiymatlarida parvarish qilinadi va turlicha agrometeorologik
sharoitlarning o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganiladi.
6. Masofadan turib o‘lchash usuli. Bu usulda vertolyotlar, samolyotlar va Yer
sun’iy  yo‘ldoshlarida  o‘rnatilgan  asboblar  yordamida  katta  maydonlardagi
ekinlarning holati, harorat rejimi, namligi va boshqalar o‘rganiladi.
7. Matematik modellash usuli. Keyingi yillarda agrometeorologiyada bu usul
tez  rivojlanmoqda  va  u  agrometeorologik  sharoitlarning  o‘simlik  o‘sishi,
rivojlanishi va mahsuldorligiga ta’sirini matematik qonun va qoidalar yordamida
Logotip
rivojlanish fazalari issiq va quruq ob-havo sharoitida o‘tadi. Ekinlarni oldinma- keyingi muddatlarda ekish bo‘yicha tajribalar natijasida olingan joyda hattoki bir yilning o‘zidayoq u yoki bu meteorologik sharoitning o‘simlikka qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumotlar olish mumkin. 3. Ekinlarni turli geografik joylarda ekish usuli. Bu usulda tekshirilayotgan o‘simlik navi urug‘larini turli qit’alardagi mamlakatlarda yoki biror mamlakatning turli geografik joylari (har xil tuproq va iqlim sharoitlari) da bir vaqtda ekiladi. Bu usulda ham oldinma-keyingi ekish usuldagi vazifalar hal qilinadi, chunki har xil tuproq-iqlim sharoitiga ekilgan navlar turlicha - namlik, harorat, kun uzunligida o‘sadi va rivojlanadi. Bu usul tanlangan joylarga aynan bir xil navlarni bir vaqtda ekish, bir xil agrotexnik tadbirlarni qo‘llash va bir xil dasturdagi agrometeorologik kuzatishlar o‘tkazishni talab qiladi. O‘z-o‘zidan ayonki, turlicha tuproq-iqlim sharoitidagi farq-lar tekshirilayotgan o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga har xil ta’sir qiladi. Bu usul nisbatan kam qo‘llaniladi, chunki bir mamlakatning turlicha tuproq- iqlim sharoitlarida yoki turli mamlakatlarda olingan ekinni bir vaqtda ekish tashkiliy jihatdan juda qiyin. 4. Dala-tajriba usuli. Bu usulda dala tajribalarida maxsus qurilmalar va tadbirlar yordamida o‘simliklarni parvarish qilishning agrometeorologik sharoitlari sun’iy ravishda o‘zgartiladi (tajriba dasturiga muvofiq tuproq harorati va namligi, yoritilganlik jadalligi va davomiyligi va boshqalar boshqariladi). 5. Fitotron usuli. Fitotron sun’iy iqlim hosil qiladigan qurilma bo‘lib, o‘simliklar uning ichida sun’iy iqlim sharoitida parvarish qilinadi. Ularda o‘simliklarni yorug‘lik, issiqlik, namlik, gaz tarkibi va oziq moddalarning har xil qiymatlarida parvarish qilinadi va turlicha agrometeorologik sharoitlarning o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’siri o‘rganiladi. 6. Masofadan turib o‘lchash usuli. Bu usulda vertolyotlar, samolyotlar va Yer sun’iy yo‘ldoshlarida o‘rnatilgan asboblar yordamida katta maydonlardagi ekinlarning holati, harorat rejimi, namligi va boshqalar o‘rganiladi. 7. Matematik modellash usuli. Keyingi yillarda agrometeorologiyada bu usul tez rivojlanmoqda va u agrometeorologik sharoitlarning o‘simlik o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga ta’sirini matematik qonun va qoidalar yordamida
matematik modellarini tuzish imkoniyatini beradi.
Masalan,  «tuproqo‘simlikatmosfera»  tizimida  issiqlik, namlik,  energiya
almashinishi jarayonlarining matematik qonun va qoidalar yordamida matematik
modeli tuziladi va yechiladi.
8. Matematik statistika usuli. Bu usulda o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi va
mahsuldorligining shakllanishiga ob-havo sharoitlarining ta’sirini aniqlash uchun
juda ko‘p kuzatishlar  o‘tkaziladi. So‘ngra bunday kuzatishlar natijalarini ishlab
chiqish  asosida  o‘simliklar  o‘sishi,  rivojlanishi  va  mahsuldorligining  ob-havo
sharoitlariga bog‘liqligi xususiyati o‘rganiladi.
Yuqorida  bayon  qilingan  agrometeorologik  tadqiqot  usullarining  birinchisi
hozirgi vaqtda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘st-ligi (MDH) dagi gidrometeorologiya
va  tabiiy  muhitni  muhofaza  qilish  boshqarmalariga  qarashli  2300  dan  ortiq
meteorologik stansiyalardagi kuzatishlar dasturiga asos qilib olingan.
Bu tadqiqot usullari dehqonchilik va o‘simlikshunoslikning quyidagi asosiy
qonunlariga asoslangan:
1.  O‘simlik  uchun  asosiy  hayot  omillarining  teng  ahamiyatlilik  va
almashtirib  bo‘lmaslik  qonuni.  O‘simlikning  o‘sishi  va  rivojlanishi  uchun
yorug‘lik, issiqlik, havo, suv va oziq elementlar zarur. O‘simlik uchun asosiy hayot
omillarining har biri o‘zaro teng ahamiyatga ega. Ularning birini ikkinchisi bilan
almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, o‘simlik vegetatsiyasi davrida suv ko‘p bo‘lgani
bilan  yorug‘lik  yetishmasa,  o‘simlikda  generativ  organlar  shakllanmaydi,  azot
miqdori yetarli bo‘lsada, fosfor yetishmasa, o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi.
O‘simlik  barcha  asosiy  hayot  omillari  bilan  birgalikda  yetarlicha
ta’minlanganidagina normal o‘sadi va rivojlanadi.
2.  O‘simlik  uchun  muhit  omillarining  teng  ahamiyatga  ega  emaslik
qonuni. O‘simliklarning butun hayot faoliyati muhit ta’sirida o‘tadi. O‘simlikka
ta’siri  bo‘yicha  muhit  omillari  asosiy-birinchi  darajali  va  asosiy  bo‘lmagan
ikkinchi darajali omillarga ajratiladi. Asosiy hayot omillari  yorug‘lik, issiqlik,
namlik,  havo  va  oziq  moddalar  o‘simlikka  bevosita  kuchli  ta’sir  ko‘rsatadi.
O‘simlikka asosiy omillar birgalikda ta’sir qiladi va har biri yetarli bo‘lgandagina
o‘simlik normal rivojlanadi. Asosiy omillar o‘simlikning butun hayoti davrida va
o‘simlik o‘sayotgan barcha yerlarda ta’sir etadi. Asosiy bo‘lmagan omillarga -
Logotip
matematik modellarini tuzish imkoniyatini beradi. Masalan, «tuproqo‘simlikatmosfera» tizimida issiqlik, namlik, energiya almashinishi jarayonlarining matematik qonun va qoidalar yordamida matematik modeli tuziladi va yechiladi. 8. Matematik statistika usuli. Bu usulda o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligining shakllanishiga ob-havo sharoitlarining ta’sirini aniqlash uchun juda ko‘p kuzatishlar o‘tkaziladi. So‘ngra bunday kuzatishlar natijalarini ishlab chiqish asosida o‘simliklar o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligining ob-havo sharoitlariga bog‘liqligi xususiyati o‘rganiladi. Yuqorida bayon qilingan agrometeorologik tadqiqot usullarining birinchisi hozirgi vaqtda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘st-ligi (MDH) dagi gidrometeorologiya va tabiiy muhitni muhofaza qilish boshqarmalariga qarashli 2300 dan ortiq meteorologik stansiyalardagi kuzatishlar dasturiga asos qilib olingan. Bu tadqiqot usullari dehqonchilik va o‘simlikshunoslikning quyidagi asosiy qonunlariga asoslangan: 1. O‘simlik uchun asosiy hayot omillarining teng ahamiyatlilik va almashtirib bo‘lmaslik qonuni. O‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun yorug‘lik, issiqlik, havo, suv va oziq elementlar zarur. O‘simlik uchun asosiy hayot omillarining har biri o‘zaro teng ahamiyatga ega. Ularning birini ikkinchisi bilan almashtirib bo‘lmaydi. Masalan, o‘simlik vegetatsiyasi davrida suv ko‘p bo‘lgani bilan yorug‘lik yetishmasa, o‘simlikda generativ organlar shakllanmaydi, azot miqdori yetarli bo‘lsada, fosfor yetishmasa, o‘simlik yaxshi rivojlanmaydi. O‘simlik barcha asosiy hayot omillari bilan birgalikda yetarlicha ta’minlanganidagina normal o‘sadi va rivojlanadi. 2. O‘simlik uchun muhit omillarining teng ahamiyatga ega emaslik qonuni. O‘simliklarning butun hayot faoliyati muhit ta’sirida o‘tadi. O‘simlikka ta’siri bo‘yicha muhit omillari asosiy-birinchi darajali va asosiy bo‘lmagan ikkinchi darajali omillarga ajratiladi. Asosiy hayot omillari yorug‘lik, issiqlik, namlik, havo va oziq moddalar o‘simlikka bevosita kuchli ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikka asosiy omillar birgalikda ta’sir qiladi va har biri yetarli bo‘lgandagina o‘simlik normal rivojlanadi. Asosiy omillar o‘simlikning butun hayoti davrida va o‘simlik o‘sayotgan barcha yerlarda ta’sir etadi. Asosiy bo‘lmagan omillarga -
shamol, bulutlik, tuman va boshqalarni qo‘shish mumkin. Asosiy bo‘lmagan muhit
omillari o‘simlik hayotining ayrim davrlarida va kichik hududlarda ta’sir qiladi.
Asosiy bo‘lmagan muhit omillari asosiy omillarning ta’sirini kuchaytiradi yoki
zaiflashtiradi. 
Masalan,  osmonni  to‘la  qoplagan  bulutlik  tuproqning  kechasi  sovishini
kamaytiradi, qora sovuqlar paytida esgan shamol sovuq havo massalarini ekinlar
ustidan haydab, qora sovuqlar-ning o‘simlikka zararli ta’sirini kamaytiradi. Bahor
oxiri yoki kuz boshlarida tuman tushgan bo‘lsa, suv bug‘ining kondensatsiyasida
ajralgan issiqlik, tuproqning nur chiqarib sovishidan vujudga keladigan qora sovuq
hodisasini  butunlay  yo‘qotadi  yoki  birmuncha  zaiflashtiradi.  Natijada  qora
sovuqning ekinlarga zararli ta’siri qisman kamayadi yoki butunlay ro‘y bermaydi. 
3. Minimumlik qonuni. Bu qonunga muvofiq ekinlardan olinadigan hosil
miqdori minimumdagi omilga bog‘liq. Masalan, tuproqda oziq moddalar yetarli
bo‘lsada,  namlik  yetishmasa  ho-sil  namlik  miqdori  bilan  cheklanadi.  Bunday
sharoitda  minimumdagi  omilning  zararli  ta’sirini  kamaytirish  uchun  ekinni
sug‘orish yoki suv kamchil bo‘lsa tuproqda nam to‘plash yoki nam saqlashga
qaratilgan agrotexnik tadbirlarni qo‘llash zarur.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan fermerlar ekinlarning vegetatsiya davrida
birinchi, ikkinchi yoki keyinchalik minimum bo‘lib qoladigan omillarni bilishlari
va ularning cheklovchi ta’sirini agrotexnik hamda boshqa tadbirlar qo‘llab, bartaraf
qilib borishlari lozim.
4. Optimumlik qonuni. Bu qonunga muvofiq o‘simliklar barcha hayot omillari
bilan yetarli miqdorda ta’minlanganidagina eng yuqori hosil beradi. O‘simliklar
hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar bir vaqtda optimal darajada yaratilgan
va o‘simlikning barcha rivojlanish fazalarida hayot omillarining hammasiga talabi
yetarli darajada qondirilib borilganda ulardan har doim yuqori hosil olinadi.
5.  Maksimumlik  qonuni.  Dehqonchilikda  yuqorida  bayon  qi-lingan
qonunlardan tashqari maksimumlik qonuni ham mavjud.
Asosiy  hayot  omillaridan  birortasi  maksimal  bo‘lib  ketsa,  u  o‘simlikning
o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, hosilning kamayishiga va sifatining
pasayishiga olib keladi. Masalan, g‘o‘zaga o‘g‘itni optimal miqdordan ko‘p solinsa
g‘ovlab ketadi, ko‘saklari kech ochiladi, paxta tolasi kalta va sifatsiz bo‘lib qoladi.
Logotip
shamol, bulutlik, tuman va boshqalarni qo‘shish mumkin. Asosiy bo‘lmagan muhit omillari o‘simlik hayotining ayrim davrlarida va kichik hududlarda ta’sir qiladi. Asosiy bo‘lmagan muhit omillari asosiy omillarning ta’sirini kuchaytiradi yoki zaiflashtiradi. Masalan, osmonni to‘la qoplagan bulutlik tuproqning kechasi sovishini kamaytiradi, qora sovuqlar paytida esgan shamol sovuq havo massalarini ekinlar ustidan haydab, qora sovuqlar-ning o‘simlikka zararli ta’sirini kamaytiradi. Bahor oxiri yoki kuz boshlarida tuman tushgan bo‘lsa, suv bug‘ining kondensatsiyasida ajralgan issiqlik, tuproqning nur chiqarib sovishidan vujudga keladigan qora sovuq hodisasini butunlay yo‘qotadi yoki birmuncha zaiflashtiradi. Natijada qora sovuqning ekinlarga zararli ta’siri qisman kamayadi yoki butunlay ro‘y bermaydi. 3. Minimumlik qonuni. Bu qonunga muvofiq ekinlardan olinadigan hosil miqdori minimumdagi omilga bog‘liq. Masalan, tuproqda oziq moddalar yetarli bo‘lsada, namlik yetishmasa ho-sil namlik miqdori bilan cheklanadi. Bunday sharoitda minimumdagi omilning zararli ta’sirini kamaytirish uchun ekinni sug‘orish yoki suv kamchil bo‘lsa tuproqda nam to‘plash yoki nam saqlashga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni qo‘llash zarur. Dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan fermerlar ekinlarning vegetatsiya davrida birinchi, ikkinchi yoki keyinchalik minimum bo‘lib qoladigan omillarni bilishlari va ularning cheklovchi ta’sirini agrotexnik hamda boshqa tadbirlar qo‘llab, bartaraf qilib borishlari lozim. 4. Optimumlik qonuni. Bu qonunga muvofiq o‘simliklar barcha hayot omillari bilan yetarli miqdorda ta’minlanganidagina eng yuqori hosil beradi. O‘simliklar hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha sharoitlar bir vaqtda optimal darajada yaratilgan va o‘simlikning barcha rivojlanish fazalarida hayot omillarining hammasiga talabi yetarli darajada qondirilib borilganda ulardan har doim yuqori hosil olinadi. 5. Maksimumlik qonuni. Dehqonchilikda yuqorida bayon qi-lingan qonunlardan tashqari maksimumlik qonuni ham mavjud. Asosiy hayot omillaridan birortasi maksimal bo‘lib ketsa, u o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishiga salbiy ta’sir etib, hosilning kamayishiga va sifatining pasayishiga olib keladi. Masalan, g‘o‘zaga o‘g‘itni optimal miqdordan ko‘p solinsa g‘ovlab ketadi, ko‘saklari kech ochiladi, paxta tolasi kalta va sifatsiz bo‘lib qoladi.
Ortiqcha o‘g‘itlashning salbiy ta’siri hosil beradigan boshqa ekinlarda ham ro‘y
beradi. Qishda issiqxonalar-da havo haroratini har doim 25°C dan yuqori qilib
saqlash,  u  yerda  yetishtirilayotgan  pomidor  yoki  bodring  ekinlari  hosili-ning
kamayishiga olib keladi. Shuning uchun issiqxonalarda maksimal omil-havoning
ortiqcha isishiga yo‘l qo‘ymaslik (kechasi isitishni pasaytirish) kerak.
6.  O‘simlik  hayotida  kritik  davrlar  qonuni.  Bu  qonunning  mohiyati
shundaki, har qanday o‘simlik turi hayotining turli davrida u yoki bu asosiy hayot
omiliga o‘ta talabchan bo‘ladi.
Masalan,  kuzgi  bug‘doy  nay  o‘rash  davridan  boshoqlanishgacha  jadal
o‘sganligi uchun suvga juda talabchan bo‘ladi. Gullash davridan pishishgacha esa
issiqlikka talabi kuchayadi. Ammo gullash davridagi 40°C dan oshiq havo harorati
hosilning kamayishiga olib keladi. 
O‘simlik hayotidagi kritik davrlarda o‘simlikning eng ko‘p talab qiladigan u
yoki bu asosiy hayot omilining miqdori aniq-lanib, ekinlarni parvarishlashda unga
rioya qilish kerak.
7. Ekinlarni navbatlab ekish qonuni. Bu qonunning mohiyati shundaki, bir
maydonga har yili bir ekinni takrorlab ekavermasdan, balki 1-2 yil ekilgandan
keyin  boshqa  turdagi  ekin  bilan  almashtirib  (navbatlab)  ekiladi.  Masalan,  bu
qonunga amal qilinganda, donli ekinlar biror maydonga surunkasiga 1-2 yildan
ortiq  ekilmay,  qator  oralari  ishlanadigan  yoki  yem-xashak  ekinlari,  ya’ni
makkajo‘xori, beda va boshqalar bilan almashtiriladi.
Ekin turlarini to‘g‘ri navbatlab ekilganda ularning hosil-dorligi, bir ekinni har
yili takrorlab ekishga qaraganda (boshqa shartlar hammasi bir xil bo‘lganda) yuqori
bo‘ladi.
3. Agrometeorologiyaning asosiy vazifalari
Biz  avval  agrometeorologiyaning  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  bilan
chambarchas  bog‘liq  ekanligini  ta’kidlaganmiz.  Shuning  uchun  ham
agrometeorologiyaning asosiy vazifalari quyidagi-lardan iborat: 
1)  mamlakatimizning  turli  geografik  joylarida  qishloq  xo‘jaligi  ishlab
chiqarishining  meteorologik  va  iqlim  sharoitlari  shakllanishi  qonuniyatlarini
o‘rganish; 
Logotip
Ortiqcha o‘g‘itlashning salbiy ta’siri hosil beradigan boshqa ekinlarda ham ro‘y beradi. Qishda issiqxonalar-da havo haroratini har doim 25°C dan yuqori qilib saqlash, u yerda yetishtirilayotgan pomidor yoki bodring ekinlari hosili-ning kamayishiga olib keladi. Shuning uchun issiqxonalarda maksimal omil-havoning ortiqcha isishiga yo‘l qo‘ymaslik (kechasi isitishni pasaytirish) kerak. 6. O‘simlik hayotida kritik davrlar qonuni. Bu qonunning mohiyati shundaki, har qanday o‘simlik turi hayotining turli davrida u yoki bu asosiy hayot omiliga o‘ta talabchan bo‘ladi. Masalan, kuzgi bug‘doy nay o‘rash davridan boshoqlanishgacha jadal o‘sganligi uchun suvga juda talabchan bo‘ladi. Gullash davridan pishishgacha esa issiqlikka talabi kuchayadi. Ammo gullash davridagi 40°C dan oshiq havo harorati hosilning kamayishiga olib keladi. O‘simlik hayotidagi kritik davrlarda o‘simlikning eng ko‘p talab qiladigan u yoki bu asosiy hayot omilining miqdori aniq-lanib, ekinlarni parvarishlashda unga rioya qilish kerak. 7. Ekinlarni navbatlab ekish qonuni. Bu qonunning mohiyati shundaki, bir maydonga har yili bir ekinni takrorlab ekavermasdan, balki 1-2 yil ekilgandan keyin boshqa turdagi ekin bilan almashtirib (navbatlab) ekiladi. Masalan, bu qonunga amal qilinganda, donli ekinlar biror maydonga surunkasiga 1-2 yildan ortiq ekilmay, qator oralari ishlanadigan yoki yem-xashak ekinlari, ya’ni makkajo‘xori, beda va boshqalar bilan almashtiriladi. Ekin turlarini to‘g‘ri navbatlab ekilganda ularning hosil-dorligi, bir ekinni har yili takrorlab ekishga qaraganda (boshqa shartlar hammasi bir xil bo‘lganda) yuqori bo‘ladi. 3. Agrometeorologiyaning asosiy vazifalari Biz avval agrometeorologiyaning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi bilan chambarchas bog‘liq ekanligini ta’kidlaganmiz. Shuning uchun ham agrometeorologiyaning asosiy vazifalari quyidagi-lardan iborat: 1) mamlakatimizning turli geografik joylarida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining meteorologik va iqlim sharoitlari shakllanishi qonuniyatlarini o‘rganish;
2)  meteorologik  omillarning  o‘simlik  va  hayvonlarning  holati,  o‘sishi,
rivojlanishi va mahsuldorligiga ta’sirini miqdor jihatdan baholash usullarini ishlab
chiqish va takomillashtirish;
3)  meteorologik  omillarning  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  zararkunandalari  va
kasalliklarining  rivojlanishi  va  tarqalishiga  ta’sirini  miqdor  jihatdan  baholash
usullarini ishlab chiqish;
4) qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishi, o‘sishi, hosil miqdori va sifati
bashoratlari  usullarini  ishlab  chiqish.  O‘zbekiston  Respublikasida  paxtachilik
rivojlanganligi uchun g‘o‘zaning turli navlari, duragaylarining o‘sish, rivojlanish
va  paxta  hosilining  miqdori  hamda  sifati  bashoratlarini  ishlab  chiqish  va
takomillashtirish; 
5)  qishloq  xo‘jalik  ekinlarining  yangi  navlari  va  duragaylarini  geografik
joylashtirishni asoslash;
6)  ob-havo  va  iqlimning  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishi  uchun  xavfli
hodisalariga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish va agrometeorologik asoslash;
7) ekinlarni parvarishlashda agrotexnikani ob-havoning mavjud va kutilayotgan
sharoitlariga moslab tanlash (tabaqalash) ni asoslash;
8) yerlar melioratsiyasi va dehqonchilikdagi jadal texnologiyalarni agroiqlimiy
jihatdan asoslash;
9)  qishloq  xo‘jaligi  ishlab  chiqarishini  agrometeorologik  axborotlar  bilan
ta’minlash usullarini takomillashtirish.
4. O‘zbekistonda agrometeorologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi
Ma’lumki, biz qishloq xo‘jalik ekinlari bo‘lgan joylardan biri - chorvachilik
mahsulotlari bilan oziqlanamiz, kiyinamiz. Tabiiyki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari
asosan ochiq yerlarda yetishtiriladi.
Yer yuzida insonlarning yashashi uchun tabiiy geografik qulay sharoitlar, ikki
daryo - Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan hudud bo‘lgan. Bu hududda
dehqonchilik, chorvachilik va mayda hunarmandchilik qadimdan rivojlangan.
Tog‘lar oralig‘idagi vodiylarning sersuvligi, bog‘lar, yer osti boyliklari, tabiiy
yaylovlar,  insonlarning  yashashiga  tabiiy  sharoitlar  mavjudligi,  chorvachilik,
Logotip
2) meteorologik omillarning o‘simlik va hayvonlarning holati, o‘sishi, rivojlanishi va mahsuldorligiga ta’sirini miqdor jihatdan baholash usullarini ishlab chiqish va takomillashtirish; 3) meteorologik omillarning qishloq xo‘jalik ekinlari zararkunandalari va kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishiga ta’sirini miqdor jihatdan baholash usullarini ishlab chiqish; 4) qishloq xo‘jalik ekinlarining rivojlanishi, o‘sishi, hosil miqdori va sifati bashoratlari usullarini ishlab chiqish. O‘zbekiston Respublikasida paxtachilik rivojlanganligi uchun g‘o‘zaning turli navlari, duragaylarining o‘sish, rivojlanish va paxta hosilining miqdori hamda sifati bashoratlarini ishlab chiqish va takomillashtirish; 5) qishloq xo‘jalik ekinlarining yangi navlari va duragaylarini geografik joylashtirishni asoslash; 6) ob-havo va iqlimning qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi uchun xavfli hodisalariga qarshi kurash usullarini ishlab chiqish va agrometeorologik asoslash; 7) ekinlarni parvarishlashda agrotexnikani ob-havoning mavjud va kutilayotgan sharoitlariga moslab tanlash (tabaqalash) ni asoslash; 8) yerlar melioratsiyasi va dehqonchilikdagi jadal texnologiyalarni agroiqlimiy jihatdan asoslash; 9) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini agrometeorologik axborotlar bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish. 4. O‘zbekistonda agrometeorologiya fani rivojlanishining qisqacha tarixi Ma’lumki, biz qishloq xo‘jalik ekinlari bo‘lgan joylardan biri - chorvachilik mahsulotlari bilan oziqlanamiz, kiyinamiz. Tabiiyki, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosan ochiq yerlarda yetishtiriladi. Yer yuzida insonlarning yashashi uchun tabiiy geografik qulay sharoitlar, ikki daryo - Sirdaryo va Amudaryo oralig‘ida joylashgan hudud bo‘lgan. Bu hududda dehqonchilik, chorvachilik va mayda hunarmandchilik qadimdan rivojlangan. Tog‘lar oralig‘idagi vodiylarning sersuvligi, bog‘lar, yer osti boyliklari, tabiiy yaylovlar, insonlarning yashashiga tabiiy sharoitlar mavjudligi, chorvachilik,
dehqonchilik,  mayda  hunarmandchilik  rivojlanganligi  fanda  isbotlangan.  Bu
hududda  miloddan  avval  davlat  shakllanganligi  va  fan  taraqqiy  etganligini
isbotlovchi  dalillar  yetarlidir.  Har  xil  tarixiy  davrlarda  bu  yerlar  Baqtriya,
Movarounnahr, Turkiston, O‘rta Osiyo va hozirda Markaziy Osiyo deb atalayotgan
bu hudud Yevrosiyo qit’asining ichkarisidagi, Atlantika va Tinch okeanlaridan 4500
km uzoqlikda bo‘lib, qurg‘oqchil iqlimga ega. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasi
tarqoq  dehqon  xo‘jaligi  shakllanganligi  bilan  farqlanib,  XX  asrgacha
agrometeorologiya taraqqiyoti mustaqil fan sifatida juda sekin rivojlangan. Turli
tarixiy-ilmiy hujjatlar asosida O‘rta Osiyoning olimlari tahlillari natijasida qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishining ob-havo va iqlimga mosligini, havo, suv, tuproq
muqaddasligini isbotlanishi qadimgi zamonda agrometeorologiya fanining kurtaklari
paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratdi. Masalan, 2700 yil oldin yozilgan «Avesto»
kitobida agrometeorologik elementlar: havo, suv, tuproq tabiatning ajralmas qismi
bo‘lib, ilohiy sanalar edi. Kimki suvni, havoni, tuproqni ifloslantirsa, o‘sha davrdagi
qabul qilingan qonun bo‘yicha jazolangan. «Avesto» kitobi hozirgi paytda ham boy
tarixiy-diniy ma’naviyatga ega xalqimizning katta ahamiyatli kitobi hisoblanadi. 
Bu kitob hozir ham yosh avlodni tarbiyalashda ularning o‘z ona yerini sevib
asrashga undaydi, Orol muammosi paydo bo‘lgan hozirgi vaqtda xalqni tabiatga
alohida e’tibor berishga chorlaydi.
Qadimiy tarixdan  ma’lumki, kundalik hayotda  insonlar  faoliyati  sonlar  va
o‘lchashlarga juda bog‘liq bo‘lgan. Ko‘p sonlilar va o‘lchashlar natijasini aniq bir
qolipga  solish  kerakligini  tushunib  yetganlar,  chunki  inson  aqli  juda  ko‘p
o‘lchashlarni, sonlarni miyasida saqlamaydi.
Hozirgi vaqtda agrometeorologik masalalarni yechishda matematik va elektron
hisoblash mashinalaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Matematikani qo‘llashdan
har xil hisob-kitoblar yechimini topishda shaxsiy elektron hisoblash mashinalari
(SHEHM) uchun maxsus dastur - hisoblash algoritmini tayyorlashga to‘g‘ri keladi.
«Algoritm» lotincha so‘z bo‘lib, u buyuk matematik, geograf Muso al-Xorazmiy
ismidan  olingan.  Al-Xorazmiy  birinchi  bo‘lib,  Yerning  quruq  qismini
obodonlashtirilgan hududga bo‘lishda o‘sha davrdagi iqlim nazariyasidan to‘g‘ri
foydalangan  va  uning  yozgan  asarlari  hozir  ham  o‘zining  ilmiy  qimmatini
yo‘qotmagan.
Logotip
dehqonchilik, mayda hunarmandchilik rivojlanganligi fanda isbotlangan. Bu hududda miloddan avval davlat shakllanganligi va fan taraqqiy etganligini isbotlovchi dalillar yetarlidir. Har xil tarixiy davrlarda bu yerlar Baqtriya, Movarounnahr, Turkiston, O‘rta Osiyo va hozirda Markaziy Osiyo deb atalayotgan bu hudud Yevrosiyo qit’asining ichkarisidagi, Atlantika va Tinch okeanlaridan 4500 km uzoqlikda bo‘lib, qurg‘oqchil iqlimga ega. Ammo Markaziy Osiyo mintaqasi tarqoq dehqon xo‘jaligi shakllanganligi bilan farqlanib, XX asrgacha agrometeorologiya taraqqiyoti mustaqil fan sifatida juda sekin rivojlangan. Turli tarixiy-ilmiy hujjatlar asosida O‘rta Osiyoning olimlari tahlillari natijasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining ob-havo va iqlimga mosligini, havo, suv, tuproq muqaddasligini isbotlanishi qadimgi zamonda agrometeorologiya fanining kurtaklari paydo bo‘lishiga imkoniyat yaratdi. Masalan, 2700 yil oldin yozilgan «Avesto» kitobida agrometeorologik elementlar: havo, suv, tuproq tabiatning ajralmas qismi bo‘lib, ilohiy sanalar edi. Kimki suvni, havoni, tuproqni ifloslantirsa, o‘sha davrdagi qabul qilingan qonun bo‘yicha jazolangan. «Avesto» kitobi hozirgi paytda ham boy tarixiy-diniy ma’naviyatga ega xalqimizning katta ahamiyatli kitobi hisoblanadi. Bu kitob hozir ham yosh avlodni tarbiyalashda ularning o‘z ona yerini sevib asrashga undaydi, Orol muammosi paydo bo‘lgan hozirgi vaqtda xalqni tabiatga alohida e’tibor berishga chorlaydi. Qadimiy tarixdan ma’lumki, kundalik hayotda insonlar faoliyati sonlar va o‘lchashlarga juda bog‘liq bo‘lgan. Ko‘p sonlilar va o‘lchashlar natijasini aniq bir qolipga solish kerakligini tushunib yetganlar, chunki inson aqli juda ko‘p o‘lchashlarni, sonlarni miyasida saqlamaydi. Hozirgi vaqtda agrometeorologik masalalarni yechishda matematik va elektron hisoblash mashinalaridan keng ko‘lamda foydalaniladi. Matematikani qo‘llashdan har xil hisob-kitoblar yechimini topishda shaxsiy elektron hisoblash mashinalari (SHEHM) uchun maxsus dastur - hisoblash algoritmini tayyorlashga to‘g‘ri keladi. «Algoritm» lotincha so‘z bo‘lib, u buyuk matematik, geograf Muso al-Xorazmiy ismidan olingan. Al-Xorazmiy birinchi bo‘lib, Yerning quruq qismini obodonlashtirilgan hududga bo‘lishda o‘sha davrdagi iqlim nazariyasidan to‘g‘ri foydalangan va uning yozgan asarlari hozir ham o‘zining ilmiy qimmatini yo‘qotmagan.
Ahmad al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Quva qishlog‘ida tug‘ilgan (taxminan
797 dan 865 yilgacha yashagan). Xalifa al-Mutavakkil qaroriga binoan 861 yilda
Fustot (Misr) shahriga kelgan. Kelishdan maqsad Nil daryosining suvini o‘lchash
asbobi  nilomerni  tuzatish  bo‘lgan  va  Nil  daryosining  suvini  o‘lchash  bilan
shug‘ullangan. Nil daryosining sersuvlik sathini aniqlab, ekinlardan qancha hosil olish
mumkinligini bashoratlagan va shunga qarab aholidan qancha miqdorda soliq olishga
oid tavsiyalar bergan.
Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay, 1394-1449 y) buyuk o‘zbek astronomi
va matematigi. Samarqandga ko‘zga ko‘ringan olimlarni taklif qilib ular yordamida
observatoriya  qurgan.  Ulug‘bek  va  uning  shogirdlari  astronomiyaga  oid  juda
muhim ilmiy ishlarni bajardilar. Jumladan, ular turli joylarning geografik kengligi
va uzunligini, quyoshning chiqishi va botishi aniq vaqtlarini ko‘rsatib berdilar. Bu
esa  agrometeorologiyaning  muhim  omili  bo‘lgan  quyosh  yog‘dusining
davomiyligini hisoblab chiqish imkoniyatini yaratadi. 
Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1550 y) Hindistonda uch asr hukmronlik
qilgan Boburiylar sulolasining asoschisidir.  Uning «Boburnoma» kitobida O‘rta
Osiyoning iqlimiy sharoiti, qishloq xo‘jaligi bayoni keltirilgan. Bu kitobda tevarak
atrofdagi  tabiat:  daryolar,  tog‘lar,  o‘simliklar  va  yaylovlar  shakllanishi,
o‘simliklarning hosildorligi, har xil iqlimiy sharoitga bog‘liqligi haqida yozilgan.
O‘rta Osiyoning qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi, uning iqlimi, tabiati XI-
XII  asrlarda  O‘rta  Osiyo  olimlari  Beruniy,  Al  Umariy,  Mahmud  Qoshg‘ariy,
Muhammad Ibn Najib Bekon kitoblarida ham qayd qilingan. Ayniqsa bundan 500-
550  yil  ilgari  yozilgan  qo‘lyozma  «Ziratnoma»  -  «Dehqonchilik  ilmi»  kitobi
alohida tarixiy ahamiyatga ega. Bu kitobda XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo
sharoitida dehqonchilik bilan shug‘ullanishda ko‘p yillik ekinlarni ekish muddati,
agrotexnik tadbirlar, hosilni yig‘ib olish davri kabi ma’lumotlar jamlangan. Bundan
tashqari, o‘simliklarni qora sovuqlardan saqlab qolish haqida ham yozilgan. Qish
mavsumida o‘simliklarni sovuqdan asrash va ularni ustini yopish, masalan, anjirni
qish  mavsumida    -6°C  haroratda  sovuq  urishi  mumkinligi  yozilgan,  lekin
achinarlisi  shuki,  qanday  qilib  harorat  o‘lchanganligi  va  qanday  qilib  muhim
agrometeorologik  ko‘rsatkich  o‘rnatilganligi  haqida  yozilmagan.  Har  xil
zararkunandalar bilan kurashish haqida ham keng ma’lumot berilgan. O‘zbekiston
Logotip
Ahmad al-Farg‘oniy Farg‘ona vodiysining Quva qishlog‘ida tug‘ilgan (taxminan 797 dan 865 yilgacha yashagan). Xalifa al-Mutavakkil qaroriga binoan 861 yilda Fustot (Misr) shahriga kelgan. Kelishdan maqsad Nil daryosining suvini o‘lchash asbobi nilomerni tuzatish bo‘lgan va Nil daryosining suvini o‘lchash bilan shug‘ullangan. Nil daryosining sersuvlik sathini aniqlab, ekinlardan qancha hosil olish mumkinligini bashoratlagan va shunga qarab aholidan qancha miqdorda soliq olishga oid tavsiyalar bergan. Mirzo Ulug‘bek (Muhammad Tarag‘ay, 1394-1449 y) buyuk o‘zbek astronomi va matematigi. Samarqandga ko‘zga ko‘ringan olimlarni taklif qilib ular yordamida observatoriya qurgan. Ulug‘bek va uning shogirdlari astronomiyaga oid juda muhim ilmiy ishlarni bajardilar. Jumladan, ular turli joylarning geografik kengligi va uzunligini, quyoshning chiqishi va botishi aniq vaqtlarini ko‘rsatib berdilar. Bu esa agrometeorologiyaning muhim omili bo‘lgan quyosh yog‘dusining davomiyligini hisoblab chiqish imkoniyatini yaratadi. Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1550 y) Hindistonda uch asr hukmronlik qilgan Boburiylar sulolasining asoschisidir. Uning «Boburnoma» kitobida O‘rta Osiyoning iqlimiy sharoiti, qishloq xo‘jaligi bayoni keltirilgan. Bu kitobda tevarak atrofdagi tabiat: daryolar, tog‘lar, o‘simliklar va yaylovlar shakllanishi, o‘simliklarning hosildorligi, har xil iqlimiy sharoitga bog‘liqligi haqida yozilgan. O‘rta Osiyoning qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi, uning iqlimi, tabiati XI- XII asrlarda O‘rta Osiyo olimlari Beruniy, Al Umariy, Mahmud Qoshg‘ariy, Muhammad Ibn Najib Bekon kitoblarida ham qayd qilingan. Ayniqsa bundan 500- 550 yil ilgari yozilgan qo‘lyozma «Ziratnoma» - «Dehqonchilik ilmi» kitobi alohida tarixiy ahamiyatga ega. Bu kitobda XV-XVI asrlarda Markaziy Osiyo sharoitida dehqonchilik bilan shug‘ullanishda ko‘p yillik ekinlarni ekish muddati, agrotexnik tadbirlar, hosilni yig‘ib olish davri kabi ma’lumotlar jamlangan. Bundan tashqari, o‘simliklarni qora sovuqlardan saqlab qolish haqida ham yozilgan. Qish mavsumida o‘simliklarni sovuqdan asrash va ularni ustini yopish, masalan, anjirni qish mavsumida -6°C haroratda sovuq urishi mumkinligi yozilgan, lekin achinarlisi shuki, qanday qilib harorat o‘lchanganligi va qanday qilib muhim agrometeorologik ko‘rsatkich o‘rnatilganligi haqida yozilmagan. Har xil zararkunandalar bilan kurashish haqida ham keng ma’lumot berilgan. O‘zbekiston
Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida bu kitobning asl nusxasi
№ 565 raqami bilan saqlanadi. 
O‘zbekiston  Mustaqillikga  erishgandan  keyin  tarixiy  hujjatlar,  ilmiy
kitoblarimizni izlab topish, jamlash va chet el kutubxonalarida saqlanayotgan asl
nusxalarini  qaytarib  olib  kelish  ishlari  olib  borilmoqda.  Yaqin  kelajakda
agrometeorologiyaga oid tarixiy ilmiy ishlar topilishi shubhasizdir.
5. O‘rta Osiyoda hozirgi zamon agrometerologiyafanini va uning
rivojlanishida 
O‘zbekiston olimlarining hissasi
Hozirgi zamon agrometeorologiyasi XIX asr oxirlarida meteorologiya fanining
amaliy bo‘limi hisoblanib, keyinchalik mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Uning
dastlabki asoschilari rus olimlari A.I. Voyeykov va P.I. Brounov agrometeorologik
izlanishlarning  tamoyillarini  ishlab  chiqdilar.  Keyinchalik  bu  izlanishlar,
tamoyillardan G‘arb davlatlarining barchasi va Amerikada foydalanishdi.
Hozirgi zamon nuqtai nazaridan O‘zbekistonda agrometeorologiya bo‘yicha XX
asrning boshlarida birmuncha fenologik kuzatishlar tashkil etilgan. Lekin o‘sha davrda
o‘simlikning  o‘sishi,  rivojlanishini  kuzatishda  yagona  uslub  bo‘lmagan.
Agrometeorologik kuzatishlarning yillik qatori asosan qisqa, tadqiqot ob’ektlari tez-
tez o‘zgarib turgan. Turkistonda  iqlimni  tizimli  o‘rganish  XIX asrning  ikkinchi
yarmidan boshlangan. 
Bunga isbot sifatida 1993 yili Sankt-Peterburgda chop etilgan «O‘rta Osiyoda
gidrometeorologiyaning  rivojlanishi  bayoni»  kitobini  keltiramiz.  XIX  asrning
o‘rtalari va XX asrning 60-yillariga qadar O‘zbekistonda agrometeorologiyaning
rivojlanishi L.N. Babushkinning «O‘zbekistonda agrometeorologiya asoslari» (2004)
kitobida yoritilgan. Bu kitoblar asosida gidrometeorologiya sohasida xizmat etgan
olim va mutaxassislarning agrometeorologiyaga oid asosiy ishlari bilan tanishtirib
o‘tamiz. 
1921  yili  maxsus  «Hosilga  xizmat»  va  Turkiston  meteorologiya  instituti
(Turkmet) tashkil etilgan, keyinchalik 1925 yildan boshlab uning nomi o‘zgartirilib
O‘rta  Osiyo  meteorologiya  instituti  (O‘OMI)  deb  atalgan.  Uning  vazifasiga
respublikada  qishloq  xo‘jalik  ekinlari  holatini,  rivojlanishini  agrometeorologik
Logotip
Fanlar Akademiyasining Sharqshunoslik instituti fondida bu kitobning asl nusxasi № 565 raqami bilan saqlanadi. O‘zbekiston Mustaqillikga erishgandan keyin tarixiy hujjatlar, ilmiy kitoblarimizni izlab topish, jamlash va chet el kutubxonalarida saqlanayotgan asl nusxalarini qaytarib olib kelish ishlari olib borilmoqda. Yaqin kelajakda agrometeorologiyaga oid tarixiy ilmiy ishlar topilishi shubhasizdir. 5. O‘rta Osiyoda hozirgi zamon agrometerologiyafanini va uning rivojlanishida O‘zbekiston olimlarining hissasi Hozirgi zamon agrometeorologiyasi XIX asr oxirlarida meteorologiya fanining amaliy bo‘limi hisoblanib, keyinchalik mustaqil fan sifatida ajralib chiqdi. Uning dastlabki asoschilari rus olimlari A.I. Voyeykov va P.I. Brounov agrometeorologik izlanishlarning tamoyillarini ishlab chiqdilar. Keyinchalik bu izlanishlar, tamoyillardan G‘arb davlatlarining barchasi va Amerikada foydalanishdi. Hozirgi zamon nuqtai nazaridan O‘zbekistonda agrometeorologiya bo‘yicha XX asrning boshlarida birmuncha fenologik kuzatishlar tashkil etilgan. Lekin o‘sha davrda o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishini kuzatishda yagona uslub bo‘lmagan. Agrometeorologik kuzatishlarning yillik qatori asosan qisqa, tadqiqot ob’ektlari tez- tez o‘zgarib turgan. Turkistonda iqlimni tizimli o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlangan. Bunga isbot sifatida 1993 yili Sankt-Peterburgda chop etilgan «O‘rta Osiyoda gidrometeorologiyaning rivojlanishi bayoni» kitobini keltiramiz. XIX asrning o‘rtalari va XX asrning 60-yillariga qadar O‘zbekistonda agrometeorologiyaning rivojlanishi L.N. Babushkinning «O‘zbekistonda agrometeorologiya asoslari» (2004) kitobida yoritilgan. Bu kitoblar asosida gidrometeorologiya sohasida xizmat etgan olim va mutaxassislarning agrometeorologiyaga oid asosiy ishlari bilan tanishtirib o‘tamiz. 1921 yili maxsus «Hosilga xizmat» va Turkiston meteorologiya instituti (Turkmet) tashkil etilgan, keyinchalik 1925 yildan boshlab uning nomi o‘zgartirilib O‘rta Osiyo meteorologiya instituti (O‘OMI) deb atalgan. Uning vazifasiga respublikada qishloq xo‘jalik ekinlari holatini, rivojlanishini agrometeorologik