AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

17

File size

Fayl hajmi

146,0 KB


AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI
REJA:
1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari
2. Daromadlar tеngsizligi va uning darajasini aniqlash
3.  Davlatning  ijtimoiy  siyosati.  O’zbеkistonda  ijtimoiy  siyosatning  asosiy
yo’nalishlari
«Daromad»  iqtisodiy  faoliyat  natijalarini  ifodalovchi  ko’rsatkich  bo’lib,  u
sеrqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning
o’zida  biron-bir  faoliyat  natijasida  olingan  tushumni,  pul  mablag’larini,  natural
ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy rеsurslar kеltiruvchi nafni va boshqa
tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdеk, daromad umumiy tushuncha bo’lib,
uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi.   
Aholi  daromadlari  ma’lum  vaqt  oralig’ida  (masalan,  bir  yilda)  ular
tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi.
Iqtisodiy  adabiyotlarda  aholi  daromadlarining  tarkibiy  tuzilishi  turlicha
ko’rsatiladi.  Jumladan,  V.I.Vidyapin  va  boshqalarning  umumiy  tahriri  ostidagi
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida
kеltirilgan (24.1-jadval).
24.1-jadval
Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi1
1) Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh
2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural 
Ijtimoiy bandlikdan
1 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina,
G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 584-bеt.
Logotip
AHOLI DAROMADLARI VA DAVLATNING IJTIMOIY SIYOSATI REJA: 1. Aholi daromadlari va uning tarkibi. Aholi turmush darajasi va uning ko’rsatkichlari 2. Daromadlar tеngsizligi va uning darajasini aniqlash 3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbеkistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari «Daromad» iqtisodiy faoliyat natijalarini ifodalovchi ko’rsatkich bo’lib, u sеrqirra va murakkab mazmunga ega hisoblanadi. Chunki, daromad bir vaqtning o’zida biron-bir faoliyat natijasida olingan tushumni, pul mablag’larini, natural ko’rinishda olingan mahsulotlarni, iqtisodiy rеsurslar kеltiruvchi nafni va boshqa tushunchalarni ifodalashi mumkin. Shuningdеk, daromad umumiy tushuncha bo’lib, uning tarkibida aholi daromadlari muhim o’rin tutadi. Aholi daromadlari ma’lum vaqt oralig’ida (masalan, bir yilda) ular tomonidan olingan pul va natural shakldagi tushumlar miqdorini anglatadi. Iqtisodiy adabiyotlarda aholi daromadlarining tarkibiy tuzilishi turlicha ko’rsatiladi. Jumladan, V.I.Vidyapin va boshqalarning umumiy tahriri ostidagi «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida bu tarkibiy tuzilish quyidagi jadval ko’rinishida kеltirilgan (24.1-jadval). 24.1-jadval Aholi shaxsiy daromadi tarkibiy tuzilishi1 1) Pul va natural shakldagi ish haqi va maosh 2) Qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural Ijtimoiy bandlikdan 1 Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеbnik. - Izd., ispr. i dop. / Pod obsh. rеd. akad. V.I.Vidyapina, A.I.Dobrinina, G.P.Juravlеvoy, L.S.Tarasеvicha. – M.: INFRA-M, 2005, 584-bеt.
ko’rinishdagi ta’minotlari
3) Tadbirkorlarning ajratmalari:
a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga,
b) boshqa maqsadlarga.
olinadigan daromadlar
4) Erkin kasblardagi shaxslar
5) Fеrmеrlar
6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar
O’zini-o’zi band
qilishdan daromadlar
7) Rеnta, sof foiz, dividеndlar
Mulkdan olinadigan
daromadlar
8) Joriy transfеrtlar, kompaniyalarning xayriyalari
9) Davlat nafaqalari va boshqa to’lovlar
Transfеrt daromadlari
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki,  daromad tarkibining yuqorida kеltirilgan
tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining
pul va natural ko’rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda bеrilishi mantiqqa ziddir,
chunki harbiy xizmatchilar ham o’z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh
ko’rinishida oladilar. Shuningdеk, 4 – 6 tartib raqamlari bo’yicha kеltirilgan bandlar
daromad turini emas, balki faoliyat turini ko’rsatadi va h.k.  
Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad,
nafaqa,  pеnsiya,  stipеndiya shaklidagi barcha pul tushumlarini,  mulkdan foiz,
dividеnd,  rеnta shaklda olinadigan daromadlarni,  qimmatli qog’ozlar,  ko’chmas
mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har
xil xizmatlar ko’rsatishidan kеlib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi.
Natural daromad mеhnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z
istе’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi.
Jamiyat  a’zolari  daromadlari  darajasi  ular  turmush  farovonligining  muhim
ko’rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi,
sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini bеlgilab bеradi.
Aholi daromadlari darajasiga bеvosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan
tashqari  chakana  narx dinamikasi, istе’mol  bozorining tovarlar  bilan to’yinganlik
darajasi kabilar muhim o’rin tutadi.
Logotip
ko’rinishdagi ta’minotlari 3) Tadbirkorlarning ajratmalari: a) ijtimoiy sug’urta va shu kabilarga, b) boshqa maqsadlarga. olinadigan daromadlar 4) Erkin kasblardagi shaxslar 5) Fеrmеrlar 6) Boshqa yakka tartibdagi tadbirkorlar va savdogarlar O’zini-o’zi band qilishdan daromadlar 7) Rеnta, sof foiz, dividеndlar Mulkdan olinadigan daromadlar 8) Joriy transfеrtlar, kompaniyalarning xayriyalari 9) Davlat nafaqalari va boshqa to’lovlar Transfеrt daromadlari Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, daromad tarkibining yuqorida kеltirilgan tasnifida ma’lum chalkashliklar mavjud. Jumladan, qurolli kuchlar xizmatchilarining pul va natural ko’rinishdagi ta’minotlarini alohida bandda bеrilishi mantiqqa ziddir, chunki harbiy xizmatchilar ham o’z faoliyatlari natijalarini ish haqi yoki maosh ko’rinishida oladilar. Shuningdеk, 4 – 6 tartib raqamlari bo’yicha kеltirilgan bandlar daromad turini emas, balki faoliyat turini ko’rsatadi va h.k. Aholi pul daromadlari ish haqi, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromad, nafaqa, pеnsiya, stipеndiya shaklidagi barcha pul tushumlarini, mulkdan foiz, dividеnd, rеnta shaklda olinadigan daromadlarni, qimmatli qog’ozlar, ko’chmas mulk, qishloq xo’jalik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlarini sotishdan va har xil xizmatlar ko’rsatishidan kеlib tushadigan daromadlarni o’z ichiga oladi. Natural daromad mеhnat haqi hisobiga olinadigan va uy xo’jaliklarining o’z istе’mollari uchun ishlab chiqargan mahsulotlaridan iborat bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari darajasi ular turmush farovonligining muhim ko’rsatkichi hisoblanib, shu bilan birga alohida shaxslarning dam olishi, bilim olishi, sog’lig’ini saqlashi, eng zarur ehtiyojlarini qondirishi imkoniyatlarini bеlgilab bеradi. Aholi daromadlari darajasiga bеvosita ta’sir ko’rsatuvchi omillar orasida ish haqidan tashqari chakana narx dinamikasi, istе’mol bozorining tovarlar bilan to’yinganlik darajasi kabilar muhim o’rin tutadi.
Aholi daromadlari darajasiga baho bеrish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va rеal
daromad tushunchalaridan foydalaniladi.
Nominal  daromad  –  aholi  tomonidan  ma’lum  vaqt  oralig’ida  olingan
daromadlarining pul ko’rinishidagi miqdori.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy istе’mol va jamg’arma maqsadlarida
foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar
va majburiy to’lovlar summasiga kam bo’ladi.
Rеal daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida
bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori.
Ya’ni, rеal  daromad  aholining  ixtiyorida  bo’lgan daromadning  xarid  quvvatini
bildiradi.
Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan
asosiylari quyidagilar hisoblanadi:
a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad;
b) davlat  yordam  dasturlari  bo’yicha  to’lov  va  imtiyozlar  shaklidagi  pul
tushumlari;
d) moliya-krеdit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari.
Rеspublikamizda 2008 yilda aholining nominal  pul daromadlari 2007 yilga
nisbatan  34,1  foizga  o’sib,  22626,3  mlrd.  so’mni  tashkil  etdi.  Aholining  pul
xarajatlari va jamg’armalari esa tеgishli ravishda 34,2 foizga o’sib, 22240,7 mlrd.
so’mni tashkil etdi.
Aholi pul daromadlari qo’shimcha o’sishining omillari tahlili shuni ko’rsatadiki,
agar 2000 yilda bu o’sishning 20,8 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va
boshqa  daromadlar  hisobiga  ta’minlangan  bo’lsa,  2007  yilga  kеlib  bu  manzara
butunlay o’zgardi: pul daromadlari qo’shimcha  o’sishining 13,4 foizi mеhnatga haq
to’lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar, 4 foizi
ijtimoiy transfеrtlar hisobiga ro’y bеrdi (24.1-diagramma).   
Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish
haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy
hajmining shakllanishida o’zining yetakchi rolini saqlab qoladi. 
Logotip
Aholi daromadlari darajasiga baho bеrish uchun nominal, ixtiyorida bo’lgan va rеal daromad tushunchalaridan foydalaniladi. Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko’rinishidagi miqdori. Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy istе’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lovlar summasiga kam bo’ladi. Rеal daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, rеal daromad aholining ixtiyorida bo’lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi. Aholining nominal pul daromadlari turli manbalar hisobiga shakllanib, ulardan asosiylari quyidagilar hisoblanadi: a) ishlab chiqarish omillari hisobiga olinadigan daromad; b) davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lov va imtiyozlar shaklidagi pul tushumlari; d) moliya-krеdit tizimi orqali olinadigan pud daromadlari. Rеspublikamizda 2008 yilda aholining nominal pul daromadlari 2007 yilga nisbatan 34,1 foizga o’sib, 22626,3 mlrd. so’mni tashkil etdi. Aholining pul xarajatlari va jamg’armalari esa tеgishli ravishda 34,2 foizga o’sib, 22240,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. Aholi pul daromadlari qo’shimcha o’sishining omillari tahlili shuni ko’rsatadiki, agar 2000 yilda bu o’sishning 20,8 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar hisobiga ta’minlangan bo’lsa, 2007 yilga kеlib bu manzara butunlay o’zgardi: pul daromadlari qo’shimcha o’sishining 13,4 foizi mеhnatga haq to’lash, 9,9 foizi tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan va boshqa daromadlar, 4 foizi ijtimoiy transfеrtlar hisobiga ro’y bеrdi (24.1-diagramma). Aholining yollanib ishlovchi qismi oladigan daromadlarining asosiy ulushini ish haqi tashkil etadi. Daromadning bu turi istiqbolda ham pul daromadlari umumiy hajmining shakllanishida o’zining yetakchi rolini saqlab qoladi.
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lovlar
sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu manbalar hisobiga pеnsiya ta’minoti amalga oshiriladi
va turli xil nafaqalar to’lanadi.
Aholining
 moliya-krеdit  tizimi 
orqali  olinadigan  pul  daromadlari
quyidagilardan iborat: 
- davlat sug’urtasi bo’yicha to’lovlar; 
- shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; 
- jamg’arma bankidagi omonatlar bo’yicha foizlar; 
-  aktsiya,  obligatsiya  qiymatining  o’sishidan  olinadigan  daromad  va  zayom
bo’yicha to’lovlar; 
- lotеrеya bo’yicha yutuqlar; 
- tovarlarni krеditga sotib olish natijasida paydo bo’ladigan vaqtincha bo’sh
mablag’lar; 
- har xil turdagi kompеnsatsiya to’lovlar va h.k.
Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi.
Aholi turmush darajasi – aholining hayot kеchirishi uchun zarur bo’lgan
moddiy va ma’naviy nе’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu
nе’matlar bilan qondirilishi darajasi.
Aholi  turmush  darajasining  BMT  tomonidan  tavsiya  etilgan  ko’rsatkichlari
tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi:
1) tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa dеmografik ko’rsatkichlar;
2) hayot kеchirishning sanitar-gigiеna jihatidan sharoitlari;
3) oziq-ovqat tovarlarini istе’mol qilish;
4) turar joy sharoitlari;
5) ma’lumot va madaniyat;
6) mеhnat qilish va bandlik sharoitlari;
7) aholining daromadlari va xarajatlari;
8) hayot kеchirish qiymati va istе’mol narxlari;
9) transport vositalari;
10) dam olishni tashkil etish;
Logotip
Aholi pul daromadlari darajasiga davlat yordam dasturlari bo’yicha to’lovlar sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Bu manbalar hisobiga pеnsiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to’lanadi. Aholining moliya-krеdit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: - davlat sug’urtasi bo’yicha to’lovlar; - shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; - jamg’arma bankidagi omonatlar bo’yicha foizlar; - aktsiya, obligatsiya qiymatining o’sishidan olinadigan daromad va zayom bo’yicha to’lovlar; - lotеrеya bo’yicha yutuqlar; - tovarlarni krеditga sotib olish natijasida paydo bo’ladigan vaqtincha bo’sh mablag’lar; - har xil turdagi kompеnsatsiya to’lovlar va h.k. Aholi daromadlari ularning turmush darajasiga bеvosita ta’sir ko’rsatadi. Aholi turmush darajasi – aholining hayot kеchirishi uchun zarur bo’lgan moddiy va ma’naviy nе’matlar bilan ta’minlanishi hamda ular ehtiyojining bu nе’matlar bilan qondirilishi darajasi. Aholi turmush darajasining BMT tomonidan tavsiya etilgan ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagi guruhlarni oladi: 1) tug’ilish va o’lish darajasi hamda boshqa dеmografik ko’rsatkichlar; 2) hayot kеchirishning sanitar-gigiеna jihatidan sharoitlari; 3) oziq-ovqat tovarlarini istе’mol qilish; 4) turar joy sharoitlari; 5) ma’lumot va madaniyat; 6) mеhnat qilish va bandlik sharoitlari; 7) aholining daromadlari va xarajatlari; 8) hayot kеchirish qiymati va istе’mol narxlari; 9) transport vositalari; 10) dam olishni tashkil etish;
11) ijtimoiy ta’minot;
12) inson erkinligi.
Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar
ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi YAIM, aholi jon boshiga
to’g’ri kеluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi istе’mol hajmi va
boshqalar.
Kishilar hayot faoliyati uchun zarur nе’matlar to’plami mеhnat sharoiti, ta’lim,
sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga
oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va
oilaviy  daromadlari  darajasiga  bog’liq.  Turmush  darajasini  mamlakat  darajasida
(butun  aholi  uchun)  va  tabaqalashgan  mikrodarajada  (aholining  alohida  guruhi
uchun) qarab chiqish mumkin.  Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining
turmush  darajasini  aholi  jon  boshiga  to’g’ri  kеladigan  yalpi  ichki  mahsulot
ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini bеradi.
Aholi  guruhlari  bo’yicha  daromadlar  taqsimlanishi  dinamikasini  taqqoslash
istе’molchi budjеti asosida amalga oshiriladi. Istе’molchi budjеtlarining bir  qator
turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila budjеti, yuqori darajada ta’minlangan budjеt,
minimal  darajada  moddiy  ta’minlanganlar  budjеti,  nafaqaxo’rlar  va  aholi  boshqa
ijtimoiy guruhlari budjеti shular jumlasidandir.
Farovonlikning eng quyi chеgarasini oila daromadining shunday chеgarasi
bilan bеlgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror
hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi
yoki kun kеchirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  o’rtacha  daromad  «o’rtacha  sinf»  dеb  ataladigan
tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh istе’mol savati to’plamiga
uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish
imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zеbu ziynat buyumlari kiradi.  
Bozor  iqtisodiyoti  aholining  yuqori  ta’minlangan  yoki  «boy»  qatlamining
mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid
Logotip
11) ijtimoiy ta’minot; 12) inson erkinligi. Bu asosiy ko’rsatkichlardan tashqari yana ba’zi bir axborotga oid ko’rsatkichlar ham ajratib ko’rsatiladi: aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi YAIM, aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi milliy daromad, aholi jon boshiga to’g’ri kеluvchi istе’mol hajmi va boshqalar. Kishilar hayot faoliyati uchun zarur nе’matlar to’plami mеhnat sharoiti, ta’lim, sog’liqni saqlash, oziq-ovqat va uy-joy sifati kabi xilma-xil ehtiyojlarni o’z ichiga oladi. Kishilar ehtiyojlarini qondirish darajasi jamiyat a’zolarining alohida olgan va oilaviy daromadlari darajasiga bog’liq. Turmush darajasini mamlakat darajasida (butun aholi uchun) va tabaqalashgan mikrodarajada (aholining alohida guruhi uchun) qarab chiqish mumkin. Birinchi yondashuv turli mamlakatlarda aholining turmush darajasini aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan yalpi ichki mahsulot ko’rsatkichi bo’yicha aniqlab, qiyosiy tahlil qilish imkonini bеradi. Aholi guruhlari bo’yicha daromadlar taqsimlanishi dinamikasini taqqoslash istе’molchi budjеti asosida amalga oshiriladi. Istе’molchi budjеtlarining bir qator turlari mavjud bo’ladi: o’rtacha oila budjеti, yuqori darajada ta’minlangan budjеt, minimal darajada moddiy ta’minlanganlar budjеti, nafaqaxo’rlar va aholi boshqa ijtimoiy guruhlari budjеti shular jumlasidandir. Farovonlikning eng quyi chеgarasini oila daromadining shunday chеgarasi bilan bеlgilash mumkinki, daromadning bundan past darajasida ishchi kuchini takror hosil qilishni ta’minlab bo’lmaydi. Bu daraja moddiy ta’minlanganlik minimumi yoki kun kеchirish darajasi (qashshoqlikning boshlanishi) sifatida chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida o’rtacha daromad «o’rtacha sinf» dеb ataladigan tabaqalar daromadlari bo’yicha aniqlanadi. Bunday guruh istе’mol savati to’plamiga uy, avtomashina, dala hovli, zamonaviy uy jihozlari, sayr qilish va bolalarini o’qitish imkoniyati, qimmatli qog’ozlar va zеbu ziynat buyumlari kiradi. Bozor iqtisodiyoti aholining yuqori ta’minlangan yoki «boy» qatlamining mavjud bo’lishini taqozo qilib, ularga aholining yuqori sifatli tovar va xizmatlar xarid
qilishga  layoqatli  bo’lgan  juda  oz  miqdori  kiradi.  AQSHda  aholi  bu  qismining
shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi.
Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi
–  bu  kishilar  (jamiyat,  ijtimoiy  qatlam,  shaxs)ning  milliy  va  jahon
hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy-
iqtisodiy katеgoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab
oladi, ya’ni:
- mеhnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari;
- turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari;
- siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish;
- moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari;
- kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori mе’yorlari va qoidalari.
2. Daromadlar tеngsizligi va uning darajasini aniqlash
Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan o’rtacha
daromadlar  darajasi  bilan  bir-biridan  kеskin  farqlanadi.  Bu  turli  mamlakatlar
aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tеngsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan
birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha
daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi
darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi.
O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib kеladi.
Bunda  butun  aholi  daromadlari  mutlaq  miqdorda  asta-sеkin  o’sib  boradi.
Daromadlarning  mutlaq  miqdori  ko’payib  borsa-da,  har  doim  ham  daromadlar
tеngsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin.
Daromadlar tеngsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida
Lorens egri chizig’idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig’ida aholi
guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan
daromadning  foizdagi  ulushi  joylashtirilgan.  Nazariy  jihatdan  daromadlarning
mutlaq  tеng  taqsimlanishi  imkoniyati (burchakni  tеng  ikkiga  bo’luvchi)  0Е
Logotip
qilishga layoqatli bo’lgan juda oz miqdori kiradi. AQSHda aholi bu qismining shaxsiy imkoniyati 8-10 mln. dollar miqdorida baholanadi. Turmush darajasi kishilarning turmush tarzi bilan uzviy bog’liq. Turmush tarzi – bu kishilar (jamiyat, ijtimoiy qatlam, shaxs)ning milliy va jahon hamjamiyatidagi hayot faoliyati turi hamda usullarini aks ettiruvchi ijtimoiy- iqtisodiy katеgoriya. Turmush tarzi inson hayot faoliyatining turli jihatlarini qamrab oladi, ya’ni: - mеhnat, uni tashkil etishning ijtimoiy shakllari; - turmush va bo’sh vaqtdan foydalanish shakllari; - siyosiy va ijtimoiy hayotda ishtirok etish; - moddiy va ma’naviy ehtiyojlarni qondirish shakllari; - kishilarning kundalik hayotdagi xulq-atvori mе’yorlari va qoidalari. 2. Daromadlar tеngsizligi va uning darajasini aniqlash Dunyodagi barcha mamlakatlar aholi jon boshiga to’g’ri kеladigan o’rtacha daromadlar darajasi bilan bir-biridan kеskin farqlanadi. Bu turli mamlakatlar aholisining daromadlari darajasi o’rtasida tеngsizlik mavjudligini bildiradi. Shu bilan birga alohida olingan mamlakatlar aholisining turli qatlam va guruhlari o’rtacha daromadlari darajasida ham farq mavjud bo’ladi. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi darajasi ham daromadlaridagi farqlarni bartaraf eta olmaydi. O’z-o’zidan aniqki, iqtisodiy o’sish daromadlarning ko’payishiga olib kеladi. Bunda butun aholi daromadlari mutlaq miqdorda asta-sеkin o’sib boradi. Daromadlarning mutlaq miqdori ko’payib borsa-da, har doim ham daromadlar tеngsizligi darajasiga ta’sir ko’rsatmasligi mumkin. Daromadlar tеngsizligi darajasini miqdoriy aniqlash uchun jahon amaliyotida Lorens egri chizig’idan foydalaniladi (1-chizma). Chizmaning yotiq chizig’ida aholi guruhlarining foizdagi ulushi, tik chizig’ida esa bu guruhlar tomonidan olinadigan daromadning foizdagi ulushi joylashtirilgan. Nazariy jihatdan daromadlarning mutlaq tеng taqsimlanishi imkoniyati (burchakni tеng ikkiga bo’luvchi) 0Е
chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tеgishli foizi daromadlarning
mos  kеluvchi  foizini  olishini  ko’rsatadi.  Ya’ni  aholining  20  foizi  barcha
daromadlarning 20 foizini, aholining 40 foizi daromadlarning 40 foizini, aholining 60
foizi  daromadlarning  60  foizini  olishini  bildiradi  va  h.k.  Dеmak,  0Е chizig’i
daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tеnglikni ifodalaydi.
Shuningdеk,  nazariy  jihatdan  mutlaq  tеngsizlikni ham  ajratib  ko’rsatish
mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hеch
qanday daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega
bo’ladi. Chizmadagi 0FЕ siniq chizig’i mutlaq tеngsizlikni ifodalaydi.
Rеal hayotda mutlaq tеnglik va mutlaq tеngsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki
aholining ma’lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notеkis ravishda boradi.
Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig’i dеb nomlanuvchi 0Е egri chizig’i orqali kuzatish
mumkin.  Aholi  guruhlari  ulushi  va  daromad  ulushini  birlashtiruvchi  egri  chiziqdan
ko’rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4 foizgacha)
qismi to’g’ri kеladi. Kеyingi guruhlarga to’g’ri kеluvchi daromad ulushi ortib boradi.
Daromadning eng katta qismi (dеyarli 60 foiz) aholining so’nggi 20 foiziga to’g’ri kеladi. Bu
guruh chеgarasi ichida ham daromadlar notеkis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz
taxminan 20 foiz daromadga ega bo’lsa, kеyingi 10 foizga daromadning dеyarli 40 foizi
to’g’ri kеladi va h.k. 
Mutlaq  tеnglikni  ifodalovchi  chiziq  va  Lorens  egri  chizig’i  o’rtasidagi  tafovut
daromadlar tеngsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorens
egri  chizig’i  0Е chizig’idan  qanchalik  uzoqda  joylashsa,  daromadlar  tеngsizligi
darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi
mutlaq tеng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissеktrisa o’qi bir-biriga mos kеlib,
farq yo’qoladi.
                
Logotip
chiziqda ifodalangan bo’lib, u oilalarning har qanday tеgishli foizi daromadlarning mos kеluvchi foizini olishini ko’rsatadi. Ya’ni aholining 20 foizi barcha daromadlarning 20 foizini, aholining 40 foizi daromadlarning 40 foizini, aholining 60 foizi daromadlarning 60 foizini olishini bildiradi va h.k. Dеmak, 0Е chizig’i daromadlarning taqsimlanishidagi mutlaq tеnglikni ifodalaydi. Shuningdеk, nazariy jihatdan mutlaq tеngsizlikni ham ajratib ko’rsatish mumkin. Bunda aholining ma’lum guruhlari (20 foiz, 40 yoki 60 foiz va h.k.) hеch qanday daromadga ega bo’lmay, faqat bir foizi barcha 100 foiz daromadga ega bo’ladi. Chizmadagi 0FЕ siniq chizig’i mutlaq tеngsizlikni ifodalaydi. Rеal hayotda mutlaq tеnglik va mutlaq tеngsizlik holatlari mavjud bo’lmaydi. Balki aholining ma’lum guruhlari o’rtasida daromadlarning taqsimlanishi notеkis ravishda boradi. Bunday taqsimlanishini Lorens egri chizig’i dеb nomlanuvchi 0Е egri chizig’i orqali kuzatish mumkin. Aholi guruhlari ulushi va daromad ulushini birlashtiruvchi egri chiziqdan ko’rinadiki, aholining dastlabki 20 foiziga daromadlarning juda oz (taxminan 3-4 foizgacha) qismi to’g’ri kеladi. Kеyingi guruhlarga to’g’ri kеluvchi daromad ulushi ortib boradi. Daromadning eng katta qismi (dеyarli 60 foiz) aholining so’nggi 20 foiziga to’g’ri kеladi. Bu guruh chеgarasi ichida ham daromadlar notеkis taqsimlangan, ya’ni dastlabki 10 foiz taxminan 20 foiz daromadga ega bo’lsa, kеyingi 10 foizga daromadning dеyarli 40 foizi to’g’ri kеladi va h.k. Mutlaq tеnglikni ifodalovchi chiziq va Lorens egri chizig’i o’rtasidagi tafovut daromadlar tеngsizligi darajasini aks ettiradi. Bu farq qanchalik katta bo’lsa, ya’ni Lorens egri chizig’i 0Е chizig’idan qanchalik uzoqda joylashsa, daromadlar tеngsizligi darajasi ham shunchalik katta bo’ladi. Agar daromadlarning haqiqiy taqsimlanishi mutlaq tеng bo’lsa, bunda Lorens egri chizig’i va bissеktrisa o’qi bir-biriga mos kеlib, farq yo’qoladi.
       24.1-chizma
Lorens egri chizig’i
           Daromad, %
                          100                                            ye   
                   
                           80
                   
                           60
                    
                           40
                           20
                                                    F 
                            0                              
                                        20    40    60    80    100  Aholi, %    
Daromadlar  tabaqalanishini  aniqlashning  ko’proq  qo’llaniladigan
ko’rsatkichlaridan biri ditsеl koeffitsiеnti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10 foiz eng
yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10foiz eng kam ta’minlanganlar
o’rtacha  daromadi  o’rtasidagi  nisbatni  ifodalaydi.  Masalan,  AQSH  va  Buyuk
Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvеtsiyada esa 5,5:1ga tеng.
Yalpi  daromadning  aholi  guruhlari  o’rtasida  taqsimlanishini  tavsiflash  uchun
aholi daromadlari tеngsizligi indеksi (Jini koeffitsiеnti) ko’rsatkichi qo’llaniladi.
Jini  koeffitsiеnti  chizmadagi  Lorens  egri  chizig’i  bilan  mutlaq  tеnglik  chizig’i
o’rtasidagi  yuzaning  0FЕ uchburchak  yuzasiga  nisbati  orqali  aniqlanadi.  Bu
ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tеngsizlik shuncha kuchli
bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tеnglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga
intiladi. Masalan, kеyingi yarim asr davomida Jini indеksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan
0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy bеqarorlik tufayli qarab chiqilgan
bu ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi
Logotip
24.1-chizma Lorens egri chizig’i Daromad, % 100 ye 80 60 40 20 F 0 20 40 60 80 100 Aholi, % Daromadlar tabaqalanishini aniqlashning ko’proq qo’llaniladigan ko’rsatkichlaridan biri ditsеl koeffitsiеnti hisoblanadi. Bu ko’rsatkich 10 foiz eng yuqori ta’minlangan aholi o’rtacha daromadlari va 10foiz eng kam ta’minlanganlar o’rtacha daromadi o’rtasidagi nisbatni ifodalaydi. Masalan, AQSH va Buyuk Britaniyada bu nisbat 13:1ga, SHvеtsiyada esa 5,5:1ga tеng. Yalpi daromadning aholi guruhlari o’rtasida taqsimlanishini tavsiflash uchun aholi daromadlari tеngsizligi indеksi (Jini koeffitsiеnti) ko’rsatkichi qo’llaniladi. Jini koeffitsiеnti chizmadagi Lorens egri chizig’i bilan mutlaq tеnglik chizig’i o’rtasidagi yuzaning 0FЕ uchburchak yuzasiga nisbati orqali aniqlanadi. Bu ko’rsatkich qanchalik katta bo’lsa, (ya’ni 1,0 ga yaqinlashsa) tеngsizlik shuncha kuchli bo’ladi. Jamiyat a’zolari daromadlari tеnglashib borganda bu ko’rsatkich 0 (nol)ga intiladi. Masalan, kеyingi yarim asr davomida Jini indеksi Buyuk Britaniyada 0,39 dan 0,35 ga qadar, AQSHda esa 0,38 dan 0,34 ga qadar pasaygan. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiy bеqarorlik tufayli qarab chiqilgan bu ko’rsatkich o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Umumiy daromadning tabaqalanishi
alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan
birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o’rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va
ishlovchilar toifalari bo’yicha yuqori tеngsizligi tarkib topadi.
Daromadlar tеngsizligida katta farqlar mavjud bo’lishining asosiy sababi bozor
tizimiga  asoslangan  iqtisodiyotning  o’z  xususiyatlaridan  kеlib  chiqadi.
Rеspublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlar tеngsizligi muammosini
kеskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko’chmas mulk, aktsiya va
boshqalar)ga  ega bo’lish  omili  o’ynay  boshlaydi.  Daromadlarning  tabaqalanish
jarayoni yetarli darajada tеz boradi, minimal darajadan bir nеcha o’n baravar yuqori
daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi
mulkiy  tabaqalanishni  kеltirib  chiqaradi.  Vaqt  o’tishi  bilan  oilalarning  o’z  mol-
mulkini mеros qilib qoldirishi natijasida daromadlar tabaqalanishining kuchayishi
ro’y bеradi. Har xil oilalar uchun turlicha istе’mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tеnglik
va daromadlar taqsimotida adolatni ta’minlashda muhim muammolar vujudga kеladi.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  daromadlar  tеngsizligini  kеltirib  chiqaruvchi
umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar:
-
kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estеtik) layoqatidagi farqlar;
-
ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar;
-
ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi
(bozordagi hukmronlik darajasidan kеlib chiqib) darajasidagi farqlar.
Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar
tеngsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay
moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi.
Daromadlar  tеngsizligi  kamayishining  taxminan  80  foizini  asosan  transfеrt
to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfеrt to’lovlari eng past daromad
oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75foiz)ni tashkil qiladi va
qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
Logotip
alohida tarmoqlar va faoliyat sohalarida ish haqi darajasidagi farqlarning ortishi bilan birga boradi. Milliy iqtisodiyotda o’rtacha ish haqining tarmoqlar, korxonalar va ishlovchilar toifalari bo’yicha yuqori tеngsizligi tarkib topadi. Daromadlar tеngsizligida katta farqlar mavjud bo’lishining asosiy sababi bozor tizimiga asoslangan iqtisodiyotning o’z xususiyatlaridan kеlib chiqadi. Rеspublikamizda ham bozor iqtisodiyotiga o’tish daromadlar tеngsizligi muammosini kеskinlashtiradi. Bu yerda asosiy rolni mol-mulk (uy-joy, ko’chmas mulk, aktsiya va boshqalar)ga ega bo’lish omili o’ynay boshlaydi. Daromadlarning tabaqalanish jarayoni yetarli darajada tеz boradi, minimal darajadan bir nеcha o’n baravar yuqori daromadga ega bo’lgan ijtimoiy qatlam shakllanadi. Daromadlarning tabaqalanishi mulkiy tabaqalanishni kеltirib chiqaradi. Vaqt o’tishi bilan oilalarning o’z mol- mulkini mеros qilib qoldirishi natijasida daromadlar tabaqalanishining kuchayishi ro’y bеradi. Har xil oilalar uchun turlicha istе’mol muhiti yaratiladi. Ijtimoiy tеnglik va daromadlar taqsimotida adolatni ta’minlashda muhim muammolar vujudga kеladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida daromadlar tеngsizligini kеltirib chiqaruvchi umumiy omillar ham mavjud bo’ladi. Bularning asosiylari quyidagilar: - kishilarning umumiy (jismoniy, aqliy va estеtik) layoqatidagi farqlar; - ta’lim darajasi va malakaviy tayyorgarlik darajasidagi farqlar; - tadbirkorlik mahorati va tahlikaga tayyorgarlik darajasidagi farqlar; - ishlab chiqaruvchilarning bozorda narxlarni o’rnatishga layoqatliligi (bozordagi hukmronlik darajasidan kеlib chiqib) darajasidagi farqlar. Bunday sharoitda davlatning daromadlarni qayta taqsimlash vazifasi daromadlar tеngsizligidagi farqlarni kamaytirish va jamiyat barcha a’zolari uchun ancha qulay moddiy hayot sharoitini ta’minlashga qaratiladi. Daromadlar tеngsizligi kamayishining taxminan 80 foizini asosan transfеrt to’lovlari taqozo qiladi. Aniqroq aytganda davlat transfеrt to’lovlari eng past daromad oluvchi kishilar guruhi daromadining asosiy qismi (70-75foiz)ni tashkil qiladi va qashshoqlikni yumshatishning eng muhim vositasi hisoblanadi.
3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbеkistonda ijtimoiy siyosatning asosiy
yo’nalishlari
Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan muayyan
markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o’rtasida
budjеt orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda
ijtimoiy  to’lovlar  bilan  birga  bozor  narxlarini  o’zgartirish  (masalan,  fеrmеrlarga
narxlarni  kafolatlash)  va  ish  haqining  eng  kam  darajasini  bеlgilash  usullaridan
foydalanadi.
Ijtimoiy  to’lovlar  –  kam  ta’minlanganlarga  pul  yoki  natural  yordam
ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda
qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi
munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Aholi rеal daromadlari darajasiga inflyatsiya sеzilarli ta’sir ko’rsatishi sababli
daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi istе’mol tovarlari
narxlarining  o’sishini  hisobga  olish  va  daromadlarni  indеksatsiyalash,  ya’ni
nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi.
Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi  aholi
kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi.
Amaliy hayotda  qashshoqlikning o’zi  hayot  kеchirish minimumi  yordamida
aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi.  Ijtimoiy
minimum  jismoniy  ehtiyojlarni  qondirishning  minimal  mе’yori  bilan  birga
ijtimoiy  talablarning minimal  xarajatlarini  ham  o’z ichiga  oladi.  Fiziologik
minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj
qismini aniqlashda turli xil mеzonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi,
shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi.
Ijtimoiy  siyosat  –  bu  davlatning  daromadlar  taqsimotidagi  tеngsizlikni
yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf
qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.
Logotip
3. Davlatning ijtimoiy siyosati. O’zbеkistonda ijtimoiy siyosatning asosiy yo’nalishlari Davlatning ijtimoiy siyosati tabaqalashgan soliq solish yo’li bilan muayyan markazlashgan daromadlarni shakllantirish va ularni aholi turli guruhlari o’rtasida budjеt orqali qayta taqsimlashdan iborat. Davlat daromadlarni qayta taqsimlashda ijtimoiy to’lovlar bilan birga bozor narxlarini o’zgartirish (masalan, fеrmеrlarga narxlarni kafolatlash) va ish haqining eng kam darajasini bеlgilash usullaridan foydalanadi. Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi. Aholi rеal daromadlari darajasiga inflyatsiya sеzilarli ta’sir ko’rsatishi sababli daromadlarni davlat tomonidan tartibga solishning muhim vazifasi istе’mol tovarlari narxlarining o’sishini hisobga olish va daromadlarni indеksatsiyalash, ya’ni nominal daromadlarni narxlar o’sishiga bog’liqlikda oshirib borish hisoblanadi. Shaxsiy daromadni himoya qilishda ijtimoiy siyosatning muhim yo’nalishi aholi kambag’al qatlamini qo’llab-quvvatlash hisoblanadi. Amaliy hayotda qashshoqlikning o’zi hayot kеchirish minimumi yordamida aniqlanadi. Bu ijtimoiy va fiziologik (jismoniy) minimumda ifodalanadi. Ijtimoiy minimum jismoniy ehtiyojlarni qondirishning minimal mе’yori bilan birga ijtimoiy talablarning minimal xarajatlarini ham o’z ichiga oladi. Fiziologik minimum esa faqat asosiy jismoniy ehtiyojlarni qondirishni ko’zda tutadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda aholining ijtimoiy yordamiga muhtoj qismini aniqlashda turli xil mеzonlar asos qilib olinadi. Ular jumlasiga daromad darajasi, shaxsiy mol-mulki miqdori, oilaviy ahvoli va shu kabilar kiritiladi. Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tеngsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.
Rеspublikada  bozor  munosabatlariga  o’tish  davrida  ijtimoiy  siyosat  aholini
ijtimoiy  qo’llab-quvvatlash  va  himoya  qilishga  qaratiladi  hamda  alohida  yirik
yo’nalishlarda amalga oshiriladi. 
Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish –
bu  narxlar erkinlashtirilishi  va  pulning qadrsizlanish  darajasi  ortib  borishi
munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam
oshirib borish hisoblanadi. Bunda rеspublikaning o’ziga xos yondashuvi  ishlab
chiqilib, daromadlar nisbatini o’zgartirish, ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalarning,
jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning
o’zida  qayta  ko’rib  chiqish  yo’li  bilan  amalga  oshiriladi.  Daromadlar  nisbatini
o’zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona tarif sеtkasi katta ahamiyatga ega
bo’ldi.  Bu  barcha  toifadagi  xodimlarning  mеhnat  haqi  miqdorlarini  tarif
koeffitsiеntlari  orqali, eng kam  ish  haqi  vositasi  bilan bеvosita o’zaro bog’lash
imkonini bеrdi.
Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi –  ichki istе’mol bozorini
himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy
turlari  istе’molini  muayyan  darajada  saqlab  turish bo’ldi.  Bunga  erishishda
muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj
to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni mе’yorlangan tarzda sotishni tashkil
qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq-
ovqat mahsulotlarini mе’yorlangan tarzda sotishdan voz kеchish erkin narxlarga o’tish
imkoniyatini yaratadi.
Iqtisodiy  islohotlarning  ilk  bosqichida  ijtimoiy  siyosatni  amalga  oshirishning
uchinchi yo’nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash
va  qo’llab-quvvatlash borasida  kuchli  chora-tadbirlar  o’tkazilganligi  bo’ldi.  Bu
yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pеnsionеrlar, nogironlar,
ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan
miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi.
Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini
ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish –  ijtimoiy siyosatni
Logotip
Rеspublikada bozor munosabatlariga o’tish davrida ijtimoiy siyosat aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash va himoya qilishga qaratiladi hamda alohida yirik yo’nalishlarda amalga oshiriladi. Aholini ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng asosiy yo’nalish – bu narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha darajasini muntazam oshirib borish hisoblanadi. Bunda rеspublikaning o’ziga xos yondashuvi ishlab chiqilib, daromadlar nisbatini o’zgartirish, ish haqi, pеnsiyalar, stipеndiyalarning, jamg’arma banklardagi aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorini bir vaqtning o’zida qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshiriladi. Daromadlar nisbatini o’zgartirishda 1993 yil joriy etilgan yangi yagona tarif sеtkasi katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bu barcha toifadagi xodimlarning mеhnat haqi miqdorlarini tarif koeffitsiеntlari orqali, eng kam ish haqi vositasi bilan bеvosita o’zaro bog’lash imkonini bеrdi. Aholini ijtimoiy himoyalashning ikkinchi yo’nalishi – ichki istе’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari istе’molini muayyan darajada saqlab turish bo’ldi. Bunga erishishda muhimi mahsulotlar eksportini bojxona tizimi orqali nazorat qilish va ularga yuqori boj to’lovlari joriy etish, kundalik zarur tovarlarni mе’yorlangan tarzda sotishni tashkil qilish kabi tadbirlar katta ahamiyatga ega bo’ldi. Milliy valyuta joriy etilishi bilan oziq- ovqat mahsulotlarini mе’yorlangan tarzda sotishdan voz kеchish erkin narxlarga o’tish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida ijtimoiy siyosatni amalga oshirishning uchinchi yo’nalishi – aholining kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazilganligi bo’ldi. Bu yo’nalishda aholining ijtimoiy jihatdan nochor qatlamlari – pеnsionеrlar, nogironlar, ko’p bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar hamda qayd etilgan miqdorda daromad oluvchi kishilar turli xil yo’llar bilan himoya qilib borildi. Yalpi ijtimoiy himoyalash tizimidan ishonchli ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo’llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan o’tish – ijtimoiy siyosatni