AHOLINI ISH BILAN TAMINLASH
Reja:
1. Aholi bandligi va ishga joylashtirish sohasida davlat kafolatlari
2. Bandlik va ishga joylashtirish sohasida davlat kafolatlari
3. Bandlikni huquqiy tartibga solish
4. Ishsiz shaxsning huquqiy maqomi
Bandlik va ishga joylashtirish sohasida davlat kafolatlari
Bandlik va ish bilan ta’minlash sohasidagi davlat kafolatlari uning fuqarolar
oldidagi davlat satandartlari va umum tan olingan xalqaro huquq normalariga
muvofiq moddiy va nomoddiy boyliklarni taqdim qilishga qaratilgan majburiyatidir.
Xususan, davlat mazkur sohada quyidagilarni kafolatlaydi:
- ishsizlikdan himoya qilish;
- vakolatli davlat organlari orqali ishga joylashish va ish turini tanlashda
ko‘maklashish;
- aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirishni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 37-moddasiga muvofiq, “Har
bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va
qonunda ko‘rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir”.
SHuningdek,
O‘zbekiston
Respublikasi
Mehnat
kodeksining
58-moddasida
mehnat
qilish
huquqini
amalga
oshirish
kafolatlari
(58-modda) va ishga joylashishga davlat yo‘li bilan ko‘maklashish (59-modda)
haqidagi muhim qoidalar o‘rin olgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 1 maydagi (yangi
tahrirdagi) “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qonunida aholini ish bilan
ta’minlash sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari (5-modda) hamda davlat
tomonidan mehnat qilish huquqini kafolatlari (6-modda) mustahkamlab qo‘yilgan.
Mazkur Qonunda davlat aholining ayrim toifalarini ishga joylashtirishda
qo‘shimcha kafolatlarni nazarda tutadi. Xususan, mazkur Qonunning 7-moddasiga
muvofiq, davlat:
- ijtimoiy himoyaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida
teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga, shu jumladan o‘n
to‘rt yoshga to‘lmagan bolalari va nogiron bolalari bor yolg‘iz ota, yolg‘iz onalarga
hamda ko‘p bolali ota-onalarga;
- o‘rta maxsus ta’lim muassasalarini tamomlagan yoshlarga, shuningdek
kasb-hunar ta’limi muassasalarining va oliy ta’lim muassasalarining davlat grantlari
bo‘yicha ta’lim olgan bitiruvchilariga;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridan muddatli harbiy xizmatdan
bo‘shatilganlarga;
- nogironlarga va pensiya yoshiga yaqinlashib qolgan shaxslarga;
- jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan yoki sud qaroriga ko‘ra
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralariga tortilgan shaxslarga;
- odam savdosidan jabrlanganlarga qo‘shimcha kafolatlarni ta’minlaydi.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2017
yil
5 dekabrdagi 965-sonli “Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan va
mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga
joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish
tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, 2017 yil 29
dekabrdagi 1036-son qarori bilan “YAngi ish o‘rinlari tashkil etish va aholini ish
bilan ta’minlashda faol ishtirok etayotgan ish beruvchilarning reytingini aniqlash,
shuningdek,
ularga
ijtimoiy
rag‘batlantirish
choralarini
qo‘llash
tartibi
to‘g‘risida” nizom mazkur sohadagi muhim normativ hujjatlardan hisoblanadi.
SHuningdek, ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
safidan, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Favqulodda vaziyatlar
vazirligi qo‘shinlaridan bo‘shatilgan shaxslarni, saylab qo‘yiladigan lavozimlarga
saylangan xodimlarni, sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan xodimlarni
ishdan bo‘shaganidan so‘ng ishga joylashtirishda qo‘shimcha kafolatlar
mustahkamlangan.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi hududidan
tashqarida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish, mustaqil ish qidirish va ishga
joylashish huquqiga ega. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini mamlakat
hududidan tashqarida ishga joylashtirish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va
xususiy bandlik agentliklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bandlikni huquqiy tartibga solish
Bandlik muhim ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyalardan biri hisoblanadi. Bandlik
insonning faoliyati sifatida tabiiy ehtiyoj, hayot kechirishning bir qismi, biologik
mavjud bo‘lishning asosidir.
Bandlik – fuqarolarning qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, o‘z shaxsiy
va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq bo‘lgan, ularga ish haqi (mehnat
daromadi) keltiradigan faoliyatidir.
Unumli va ijodiy mehnat qilishga bo‘lgan o‘z qobiliyatlarini tasarruf etish va
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday faoliyat, shu jumladan haq
to‘lanadigan ishni bajarishga aloqasi bo‘lmagan faoliyat bilan shug‘ullanish mutlaq
huquqi fuqarolarga tegishlidir.
Majburiy mehnat, ya’ni biron-bir jazoni qo‘llash bilan tahdid qilish orqali ish
bajarishga majburlash taqiqlanadi, qonunda belgilangan hollar bundan mustasno.
Kishilarning ixtiyoriy ravishda ish bilan band bo‘lmasligi ularni javobgarlikka
tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi
qonunining 2-moddasiga muvofiq band aholi toifasiga quyidagilar kiradi:
- yollanib ishlayotgan, shu jumladan ishni haq evaziga to‘liqsiz ish vaqtida
yoki uyda bajarayotgan, shuningdek haq to‘lanadigan boshqa ishga, shu jumladan
vaqtinchalik ishga ega bo‘lgan;
- betobligi, ta’tilda, kasbga tayyorlashda, qayta tayyorlashda, malaka
oshirishda ekanligi, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi munosabati bilan,
shuningdek vaqtincha ish joyida bo‘lmaganda xodimning ish joyi qonun hujjatlariga
muvofiq saqlanib turadigan boshqa hollarda vaqtincha ish joyida bo‘lmagan;
- haq to‘lanadigan lavozimga saylangan yoki tayinlangan;
- o‘zini ish bilan mustaqil ta’minlayotgan, shu jumladan tadbirkorlik
faoliyati bilan shug‘ullanayotgan, hunarmandlar, oilaviy korxonalar ishtirokchilari,
dehqon xo‘jaliklari, ishlab chiqarish kooperativlari a’zolari, fermerlar va qonun
hujjatlariga muvofiq boshqalar;
- O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, shu jumladan O‘zbekiston
Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik
xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlarida
va ularning organlarida xizmatni o‘tayotgan, shuningdek muqobil xizmatni
o‘tayotgan;
- o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan nodavlat
notijorat tashkilotlarda, shu jumladan diniy tashkilotlarda ishlayotgan fuqarolar.
Ishsiz shaxsning huquqiy maqomi
Turli sabablarga ko‘ra vaqtincha ishsiz qolgan va mehnat daromadidan
mahrum bo‘lgan fuqarolarni hisobga olish hamda ularga ish topishda ko‘maklashish
mehnat qilish huquqi kafolatlaridan bo‘lib sanaladi. Aholi bandligiga oid
qonunchilik vaqtincha ishidan va mehnat daromadidan mahrum bo‘lib qolgan