Aholining transport harakatchanligi
Yo‘lovchining bir manzildan ikkinchi manzilga yetib borishi uning ko‘chishi
deb ataladi. Yo‘lovchining ko‘chishi transport vositasidan foydalangan holda,
piyoda harakatlanishi, ham transport vositasidan foydalangan holda, ham piyoda
harakatlanishi orqali amalga oshirilishi mumkin. Yo‘lovchining manziliga yetib
olishi uchun transport vositasidan foydalanishi yoki piyoda harakatlanishi uning
harakati deb ataladi. Bundan yo‘lovchining oddiy va murakkab harakatlari
farqlanadi. Yo‘lovchining oddiy harakatii deyilganda manziliga (eshikdan-eshikka)
piyoda harakatlanib yoki transport vositasidan foydalangan holda, qayta
o‘tirishlarsiz yetib olishi tushuniladi. Yo‘lovchining murakkab harakati deyilganda
esa, uning manzilga ham transport vositasidan foydalangan holda, ham piyoda
harakatlanishi orqali yoki faqat transport vositasidan foydalangan holda, ammo
transport vositalariga qayta o‘tirish orqali yetib olishi tushuniladi.
Yo‘lovchining transport vositasiga chiqqandan to tushgungacha bolgan davri
esa, uning qatnovi deb ataladi.
Aholining harakatlanish jadalligi ko‘rsatkichi aholining harakatchanligini
ifodalaydi. Hozirda aholi harakatchanligining potensial, real, absolyut, umumiy,
piyoda, tranportda, avtomobil transportida, hisobiy transport harakatchanlik
учетной транспортной подвижности tushunchalari mavjud.
Aholining harakatchanligi – aholining (mamlakat, shahar, tuman, qishloq) bir
kishiga to‘g‘ri keluvchi transport vositasida yoki piyoda harakatidir.
h
h
A
B H
(4.1.1)
bu yerda: Bh – aholining transport harakatchanligi; H – yillik harakatlar soni; Ah –
(mamlakat, shahar, tuman, qishloq) harakatda ishtirok etuvchilar soni.
Aholining transport harakatchanligi deyilganda aholining (mamlakat, shahar,
tuman, qishloq) bir kishiga to‘g‘ri keluvchi transport vositasidan foydalangan holda
amalga oshirilgan harakatlari soni.
A
Bth Q
(4.1.2)
bu yerda: Bth – aholining transport harakatchanligi; Q – ma’lum davr mobaynida (yil,
oy, …) tashilgan yo‘lovchilar soni; A – aholi soni.
Aholining avtomobil transportida harakatchanligi aholining (mamlakat,
shahar, tuman, qishloq) bir kishiga to‘g‘ri keluvchi avtomobil transportidan
foydalangan holda amalga oshirilgan harakatlari soni bilan tavsiflanadi.
Aholining hisobiy transport harakatchanligi deyilganda aholining (mamlakat,
shahar, tuman, qishloq) bir kishiga to‘g‘ri keluvchi barcha turdagi shahar yo‘lovchi
transportida amalga oshirilgan harakatlari soni. Bunda shaharga kirib keluvchi va
shahar atrofi yo‘lovchilar harakatlari, shunindek, bir yo‘nalishdan boshqasiga yoki
boshqa transport turiga qayta o‘tirishlar hisobiga amalga oshirilgan harakatlar ham
hisobga olinadi.
Aholining potensial harakatchanligi – aholining biologik va ijtimoiy
ehtiyojlari, davrning ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari, ishlab chiqarish zaruratlari,
tarixan shakllangan turmush tarzi, axborot va aloqa vositalari rivojlanishi bilan
belgilanadigan aholi talabiga mos keluvchi harakatlar sonidir.
Aholining real harakatchanligi – ma'lum joy va vaqt sharoitidagi
harakatlarning haqiqiy soni.
Aholining absolyut harakatchanligi – sinov tadqiqotlari bilan belgilanadigan
aholining ma'lum bir guruhining haqiqiy amalga oshirgan harakatlari soni. Masalan,
Ksh shahar, Ksha shahar atrofi, Kbsh boshqa shaharlar aholisi guruhlari uchun
harakatchanlik quyidagicha ifodalanadi,
sh
sh
sh
A
H
B
;
sha
sha
sha
A
H
B
;
bsh
bsh
bsh
A
H
B
(4.1.3)
bu yerda: Hsh, Hsha, Hbsh – mos ravishda shahar, shahar atrofi va boshqa shahardan
kelganlarning harakatlari soni.
Aholining umumiy harakatchanligi – aholi punktining ma’muriy chegarasi
ichida yashovchi aholi soniga to‘g‘ri keladigan, aholining barcha guruhlarining
harakatda ishtirok etuvchilari tomonidan vaqt birligidagi (yil, oy) harakatlari soni.
A
Hbsh
Hsha
Hsh
Buh
(4.1.4)
Aholining transport harakatchanligi ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy va hududiy
omillarni kelajakda o’zgarishini hisobga olgan holda statistik ma’lumotlar va sinov
tadqiqotlari hamda hisob-kitoblar asosida aniqlanadi.
Ijtimoiy omil tashishni tashkil etish muammolari, ya’ni, harakatlanuvchi
tarkib ishining ishonchliligi, foydalanish qulayligi, komfortligi, transportning inson
pisoxologiyasiga va atrof-muhitga ta’siri hamda turli transport ta’siri hududida
yashovchi aholiga me’yoriy sharoit taqdim etishga jamiyatning talablarini aks
ettiradi.
Iqtisodiy islohotlargacha yo‘lovchilarga taqdim etiladigan komfortga (xizmat
ko’rsatish sifati) ta’sir qiladigan asosiy ko’rsatkichlardan biri vaqt sarfi hisoblangan.
Vaqt sarfi ijtimoiy va iqtisodiy toifalar bo‘yicha qaraladi.
Aynan bir xil shahar yoki qishloq mavjud bo‘lmasada, olingan natijalar aholi
soniga ko’ra me’yorlari ishlab chiqiladi. 4.1.1-jadvalda shaharlar kattaligi bo‘yicha
aholining transport harakatchanligi o’zgarishi bo‘yicha ma’lumot ketirilgan.
4.1.1-jadval
Shahar kattaligi bo‘yicha aholining transport harakatchanligining o’zgarishi
Ko‘rsatkchlar
nomi
Shahar aholisi, ming odam
250-500
500-1000
1000 dan ko’p
Aholining
transport
harakatchanligi
600-900
700-1000
1100-1300
Maqsadi bo‘yicha harakatning solishtirma og’irligi, (%)
Ish bilan bog’liq
harakatchanlik
18-20
18-20
18-22
Madaniy-maishiy
harakatchanlik
34-37
35-38
37-41
Uyga qaytish bilan
bog’liq
harakatchanlik
45-46
44-45
43-44
Harakatlanish maqsadida transportdan foydalanishning o’rtacha koeffisiyenti
Ish bilan bog’liq
harakatchanlik
0,43-0,55
0,55-0,64
0,67-0,74
Madaniy-maishiy
harakatchanlik
0,34-0,4
0,35-0,39
0,42-0,5
Uyga qaytish bilan
bog’liq
harakatchanlik
0,35-0,45
0,34-0,5
0,47-0,49
Aholini transport harakatchanligi shahar yo‘lovchi transporti ish faoliyatini
ko‘rsatuvchi asosiy xarakteristika hisoblanadi. Bu integrallashtiruvchi ko‘rsatkich
bo‘lib, shahar hayotining jadalligi, qurilishi va ob’yektlar joylashuvining
xususiyatlari, yo‘lovchi transporti tizimining holati va rivojlanishi hamda
iqtisodiyotning rivojlanish darajalari kabi omillar ta’sirida shakllanadi. Shu sababli,
shaharlar, tumanlar, qishloqlar kesimida mazkur ko‘rsatkich turlicha bo‘ladi.
Qishloq aholisi harakatchanligini bir kishiga to’g’ri keladigan yillik qatnovlarni
quyidagi besh guruhga ajratish mumkin [14].
I – juda kam (10 dan kam);
II – kam (10 dan 30 gacha);
III – o’rta (30 dan 60 gacha);
IV – ko’p (60 dan 100 gacha);
V – juda ko’p (100 dan ko’p)
4.1.1-rasmda Hindiston shaharlarida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan
(tadqiqot 200,4 mln. aholini qamrab olgan) [24].