Akmeologiyaning o‘ziga xos uslubiy yo‘nalishi
Reja:
Akmeologiyaning rivojlanish bosqichlari.
Akmeologiyaning nazariy metodlari tizimi.
Tabiiyki, akmeologiya fanining tarixiy va madaniy ildizlari uzoq-uzoqlarga
borib taqaladi. Bu o‘rinda bizga Avestoning kitobi, Bexustin bitiklari va hatto
ajdodlarimiz qabr toshlaridagi yozuvlar ham muhim tadqiqot manbayi bo‘lib xizmat
qiladi.
Zardushtiylik ta’limotining muqaddas kitobi «Avesto»da mukammallik haqida
ayrim qaydlarni ko‘rish mumkin:
«— Ey olamni yaratgan Zot!
Ey Haqiqat!
Zamin, hammadan ko‘ra baxtliroq (mukammal — T.G.) bo‘lgan dunyodagi
ikkinchi joy qaer?
Axura Mazda javob berdi:
— Bunday joy bir Ashavan uy tiklagan makondir. O‘sha uyda Mo‘bat ro‘zg‘or
tebratadi. Sigirlar galasi va uy bekasi, farzandlar va suruvlar yashaydi bu uyda.
Sigirlar galasi yaxshi parvarish qilinadi... Tevalar xo‘raki farovon, yaxshi itlarning
rizqi serob.Uy bekasi baxtiyor. Farzandlar shodmon. Hamisha olov gurillab turadi.
Tiriklikning go‘zal bir hodisasi yaxshilikka qovushadi».
Abu Rayhon Beruniyning «Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida
akmeologik qarashlar yaqqol namoyon bo‘ladi. Shuningdek, Abu Nasr Forobiy,
Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, kabi allomalar asarlarida tariximiz va
madaniyatimiz yorqin ravishda ko‘zga komadi. IX—XII- asrlarda va undan keyingi
davrlarda mintaqamiz tarixiga oid solnomalar va risolalar talaygina yaratildi. Bular
orasida «Buxoro tarixi», «Kesh va Nasaf o‘tmishi», «Samarqand tarixi», «Xorazm
tarixi» kabi u yoki bu hudud o‘tmishi, aholi turish-iurmushi, siyosiy ijtimoiy ahvoli
to‘g‘risida katta-kichik asarlar vujudga keldi. Mahmud Qoshg‘ariyning uch jildlik
«Turkiy so‘zlar lug‘ati» o‘zbek va boshqa turkiy tillar tarixini o ‘rganishdagi muhim
manbadir. Akademik B.Axmedovning «O‘zbekiston xalqlari tarixi manba!ari»
kitobida o‘lkamiz tarixiga oid o‘rta asrlarda yaratilgan yetmish olti asarga izohlar
beriladi. Vatanimiz tarixini chuqurroq o‘rga- mshda «Nizomul-mulkning
«Siyosatnomasi»,
An-Nasaviyning
«Sulton
Jamshiddin
Manguberdi»,
Sohibqironning «Temur tuzuk/ari», Ali Yazdiyning «Zafamomasi» Mirzo
Ulug‘bekning «To‘rt ulus tarixi», Zahiriddin Boburning «Boburnoma», Abulg
‘ozixonning «Shajarayi turk», M.Solihning «Shayboniynoma» asarlari ham muhim
manbadir.
Akmeologiyada obektiv va subektiv omillarga katta e’tibor qaratiladi. Bu omillar
o‘zaro aloqadorlikda bo‘lib, katta yoshdagi nsonni akme darajasiga erishishiga
imkoniyatlar yaratadi.
Akmeologiyaning rivojlanishi to‘rt bosqichdan iborat ketma-ketlikka ega bo‘lib,
birinchi bosqich — latent, ya’ni insonshunoslikning yangi jabhalarini
o‘rganishda
tarixiy, madaniy- ma ‘naviy, ijtimoiy-axloqiy, falsafiy, ilmiy va pedagogik
bilimlar ko‘rinishida bo‘lladi. Baholash uchun birlamchi latentli xususiyatning
tashqi ko‘rinishlar — aniq obektning munosabatida joyga ega yoki ega emas
jamlanmasi asosida tartibli shkala yordamida «Gutman shkalasi» nomini olgan
mos keluvchi shkalalar tuzilishining maxsus algoritmi ishlab chiqilgan1. Kasbiy
rivojlanishni baholash uchun tartibli o‘lchovlarning tarqalishi tipik tartibli
shkalani keltirib chiqaradigan «egallagan amaliga mos» — «ishni yaxshilanishi
sharti
asosida egallagan amaliga mos» — «faoliyat turini o‘zgartirish taklif etiladi»
kabi attestatsiyaviy tahlillrning odatiy yakuni bilan izohlangan.
Akmeologiyaning latent bosqichi rivojiga Sankt-Peterburg maktabi vakilasi
Nina Vasilevna Kuzmina asos soldi. U mustaqil ravishda bog‘cha tarbiyachilari,
maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining turli fanlar, jumladan, rus
1 H/IOE; B.A. CoiLHOJiorHHecKoe uccjiejioBaHHe. MeToaojiorwa, nporpaM- Ma, MeiOAbi. - M.: 1987. C. 98—102.
tili va adabiyoti, chet tili, fizika, matematika, tarix, pedagogika, psixologiya va
xususiy uslubiyotchi o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini aniqlash bo‘yicha umumiy
o‘rta hamda kasbiy tayyorgarlik va fanlararo kompleks tadqiqotlami tashkil etib,
akmeologiya predmetini ishlab chiqdi. Uning tadqiqot obekti — bog‘cha
tarbiyachilari, maktab, kasb-hunar kollejlari va oliy o‘quv yurtlarining turli fanlar,
jumladan, rus tili va adabiyoti, chet tili, fizika, matematika, tarix, pedagogika,
psixologiya va xususiy uslubiyotchi o‘qituvchilari belgilandi.
Latent bosqichining asosiy jihati shundaki, 10—15 kishilik katta bo‘lmagan
mehnat jamoalarining samaradorlik koeffitsientini baholashda tartib bo‘yicha
klassifikatsiya metodi yaxshi va yomon ishchilami ajratib ko‘rsatishni ko‘zlagan va
shu bois ham u yetarlicha tarqalgan. Buning uchun ekspertlar ishchilami eng
yaxshisidan boshlab eng yomonigacha tartibda hamda baholanadigan mezonlar
bo^yicha taqsimlab chiqadilar. Bunday baholash tufayli jamoaga odilona tartibli
yakuniy baho berish imkoniyati tug‘iladi.
Akmeformni o‘rganish va tahlil qilish asnosida, ijodiy kasbiy mahorat hamda
professionalizmni rivojlantirish uchun optimal texnologiyalar yaratish maqsadida
akmeologiya turli kasb faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislaming ish
jarayoni va usullari ustida kompleks tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Ayni paytda
muvaffaqiyatga erishish uchun qiyosiy jihatdan boshqa bilimlami ham tadqiq
qilmoqda. Chunonchi, falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, genetika va
pedagogika kabi fanlardan unumli tarzda foydalanilmoqda.
Akmeologiya o‘zining ontologik ma’nosini inson hayot faoliyatida psixologik
va kasb-korda ijtimoiy-axloqiy yutuqlarga eri- shishini ifodalash, tasvirlash va
akmeform fenomenologiyasi tahlili orqali aks ettiradi. Fencmenologiyaning
akmeologik jihati mehnatda ijodiy mahorat bilan ko‘rsatiladi.
Ikkinchi bosqich kombinatsion bo‘lib, akmeologiya atamasi bilan asoslanadi.
Ammo fikrimizcha, haqiqatan ham akmeologiya atamasi fanda keskin va ijobiy
burilish yasadi. Ammo bu, yangi fan yaratildi, degani emas. Zero, akmeologiyaning
tarixi uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Bu haqda oldingi faslda falsafly-etik tahliliy
xulosalarni berdik.
Akmeologiya — tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida kasbiy
rnahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi haqidagi ta - limot bo‘lib, insonning
yetuklik bosqichida rivojlanish qonunlari va mexanizmi haqida yanada yuksakroq
darajalarni egallash feno- menologiyasini tadqiq etadi. Akmeologiyada mahsuldorlik
tushun- chasini ochib beruvchi kasbiy faoliyat kategoriyasi tahlil qilinadi.
Shuningdek, samarador faoliyat, professionalizm va ijod rivojla- nishidagi hamda
texnologiyani ishlab chiqib, kasb faoliyatida yuksaklikka erishishning yo‘nalish va
usullarini izlash va
ularning bu jarayon qonuniyatlariga
tatbiq
etish,
professionalizmning ijodiy yutuqlari sari yo‘naltirilgan samarador tizimlar
darajalarini bel- gilash bilan shug‘ullanadi.
Globallashuv davrida fan va texnologiyalar rivojlanish cho‘qqisiga chiqar ekan,
«barkamol avlod», «akmeshaxs» kabi tushunchalar ilmiy muomalaga kirib keldi.
Buning asosiy sababi — insonning intellektual qobiliyati zamon va makon bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, fan va texnologiyalar rivojiga qarab mukam- mallashib
boradi va nihoyat o‘z «akme»siga erishadi.
Akmeologiyaning eng muhim jihati — yuksak kasb-korlikning ijodiy pog‘onaga
ko‘tarilishidagi
turli
jihatlarini
o‘rganuvchi
inson
muammolari
bilan
shug‘ullanuvchi insonshunoslik fanidan ajrab chiqqan muhim zamonaviy tarmoq
bo‘lib, insonning kasb- hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji,
millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy-axloqiy ta- raqqiyotning
iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatiariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga
xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch
va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga
erishishi jihatlarini fanlar, ayniqsa, insonshunoslik bilan uyg‘unlikda o‘rganishdan
iboratdir.
Hozirgi globallashuv sharoitida yoshlaming ma’naviy olamini yuksak darajada
shakllantirmasdan, ularni ijtimoiy-axloqiy jara- yonlaining ijodkor subektiga
aylantirmasdan tasavvur qilib bo‘lmaydi. Yurtboshimiz LA.Karimov ta’biri bilan
aytganda: «Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk insonlar hal qiladi»2.
Albatta, yoshlarning har jabhada ijodkorligini shakllantirish o‘ziga xos ilmiy-amahy
tamoyillar bilan chambarchas bogiiqdir.
Uchinchi inkubatsion bosqich N. V.Kuzmina tomonidan insonning yashirin
xislat va fazilatlari hamda kasbiy yashirin imkoni- yatlari bazasini ochishda z,arur
2 Karimov l.A. Vatan sajdagob kabi muqaddasdir. T. 3. — T.: «Q‘zbekiston». 1996. 34-b.
bo‘lganakmeologik masalalaming konstelyatsion yechimi borasidagi konseptual
g‘oyalariga to‘g‘ri keladi. To ‘plangan ma ‘lumotlar XX asming ikkinchi yarmida
tadqiqotchi B.Ananevning umumlashtirish va tizjmga solish, insonshunoslik tahlili
va dijferensiatsiyasidagi xizmatlari orqali yuzaga chiqdi. Bu bosqich akmeologiyada
rivojlanish dasturining ishga iushirilishi, ya ‘ni amalga oshirilishi bilan tugadi.
To‘rtinchi institusional bosqichda qator ijtimoiy tuzilishlar ya- ratilishi bilan
bog‘liq holda o‘quv yurtlarida akmeologiya kafedra- lari, laboratoriyalari va,
nihoyat, Xalqaro akmeologik fanlar aka- demiyasi ochildi3. Bu akademiya
tuzilmalarida ilmiy izlanishlar olib boriladi, akmeologik texnologiyalar ishlab
chiqiladi.
Bugungi kunga kelib, fan va texnologiyalar rivojlanish cho‘q- qisiga chiqqan bir
vaqtda «barkamol avlod», «akmeshaxs» kabi yangi tushunchalar ilmiy muomalaga
kirib keldi. Buning asosiy sababi — insonning intellektual qobiliyati zamon va
makon bilan chambarchas bog ‘liq bo‘lib, fan va texnologiyalar rivojiga qarab
mukammallashib boradi va, nihoyat, o ‘z «akme»siga erishadi.
Akmeologiyaning eng muhim jihati — yuksak kasb-korlikning ijodiy pog‘onaga
ko‘tarilishidagi
turli
jihatlarini
o‘rganuvchi
inson
muammolari
bilan
shug‘ullanuvchi insonshunoslikdan ajrab chiqqan muhim zamonaviy tartnoq bo‘lib,
insonning kasb-hunami bilim va tafakkur orqali chuqur egallashi, uning jamiyat
rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy,
siyosiy, ma ‘naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta ‘sirini kuchaytirishga xizmat
qilishini anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas
‘uliyatini ado etishga saiflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishi
jihatlarini fanlar bilan uyg ‘unlikda o ‘rganishdan iboratdir.
Akmeformni o‘rganish va tahlil qilish, ijodiy kasbiy mahorat hamda
professionalizmni rivojlantirish uchun optimal texnologiyalar yaratish maqsadida
akmeologiya turli kasb faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ish
jarayoni va usullari ustida kompleks tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Ayni paytda,
muvaffaqiyatga erishish uchun boshqa bilimlami ham tadqiq qilmoqda. Chunonchi,
falsafa, sotsiologiya, psixologiya, fiziologiya, genetika va pedagogika kabilardan
unumli tarzda foydalanmoqda. Akmeologiya o‘zining ontologik ma’nosini inson
3 Bu crinda Rossiya akmeologiya akademiyasi va akmeologlar uyushmasi nazarda tutilgan.