Ilmiybaza.uz
Aksiologik konsepsiyalar
REJA :
Qadriyatlar mazmuni va lug‘aviy izohlari.
Qadriyatlarning turkumlanish yo‘nalishlari.
V.E.Kemerov umumiy tahriri ostidagi zamonaviy falsafiy lugat(1998)da
«aksiologiya» tushunchasi insonda kelajakka bo‘lgan o‘zining hayotiy intilishlari,
mavjud hayot uchun mo‘ljalni ola bilish, o‘tmish, «boshqa», umumahamiyatlilikni
oqlash yoki ayblashni kadriyatli loyihalash shakl va usullari haqidagi ta’limot
sifatida ta’rif beriladi.
Aksiologiya tushunchasi qadriyat va kadriyatlar haqidagi ta’limotga Karaganda,
keyinroq paydo bo‘lgan. Mazkur tushuncha XIX asrning 2-yarmida nemis
qadriyatshunosi Eduard Gartman va fransuz olimi P.Lapilar tomonidan fanga
kiritilgan. Qadriyat tushunchasi maxsus falsafiy lug‘atda XIX -asrning 60-yillarida
paydo bo‘lganligi ta’kidlab o‘tilgan. Falsafiy lug‘atning 5-jildida qadriyatga
quyidagicha ta’rif berilgan:
«Qadriyat falsafiy va sotsiologik tushuncha. U birinchidan, bir ob’ektning ijobiy
va salbiy qimmatini, ikkinchidan, ijtimoiy ongning normativ belgilovchi-baholovchi
jihati (sub’ektiv kadriyatlar yoki ong qadriyatlari)ni ifoda etadi».
«Qadriyatlar va ijtimoiy taraqqiyot» nomli ilmiy ishlar to‘plamida: «Qadriyat
deyilganda, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy
guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular
tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari hodisalari
majmuini tushunmog‘imiz lozim», deb ta’kidlab o‘tilgan.
Ilmiybaza.uz
Mustaqillik izoxli ilmiy-ommabop lug‘at»da: «Qadriyatlar - jamiyatda kishilar
o‘rtasida obro‘ga, e’tiborga, hurmatga,nufuzga, ahamiyatga ega kishilar,
munosabatlar, holatlar, moddiy narsalar va ma’naviy boyliklar majmuasi», degan
ta’rif berilgan. qiladigan, modsiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy, mafkuraviy va
siyosiy omillar yig‘indisidir».
«Qadriyatlar, - deb yozadi O.Musurmonova, - inson tomonidan qadrlanadigan
narsalardan iborat bo‘lib, kishilarning talabi,xohishi, qiziqishi va maqsadi asosida
o‘zaro munosabat, o‘zaro ta’sir (atrof-muhit bilan, insonlar bilan) natijasida dunyoga
keladigan holatdir».
Siyosatshunos olim N.Jo‘raevning ta’kidlashicha, «Qadriyat deyilganda, inson
va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning
manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan tabiat va jamiyat xodisalari majmui
tushunilishi lozim».
Qadriyat tushunchasining kelib chiqishi shuni ko‘rastadiki,unda uch asosiy belgi
birlashadi: narsa va hodisalarni baholashga doir insonning amaliy va emotsional
munosabatini ta’riflash;
insonning psixologik tavsifini aniqlovchi axloqiy kategoriyalarni tavsif etish;
odamlar orasidagi munosabatlarni xarakterlovchi ijtimoiy hodisalarni ta’riflash.
«Qadriyat»
tushunchasining
rivoji
shartli
ravishda
qadriyatlarning
turli
ko‘rinish(iqtisodiy, psixologik, axloqiy, estetik, bilishga oid, ijtimoiy)larini ajratib
ko‘rsatish, inson tabiati, uning
bilishga
intilish
mexanizmlarini
anglab
yetish,
bilish
faoliyatining
harakatlantiruvchi kuchlarini aniqlashga imkon
beradi.
Ilmiy-pedagogik va falsafiy adabiyotlarda kadriyatlar umumlashtirgan tarzda
quyidagi o‘n guruhga tasnif etilgan:
1. Ma’naviy kadriyatlar shaxsni axloqiy shakllantirishning asosiy omili bo‘lib,
ular ilmiy-texnikaviy va intellektual, maorif, ta’lim-tarbiya, tibbiy xizmat, milliy
meros, turli shakllarda namoyon bo‘ladigan madaniyat durdonalari,til, adabiyot,
san’at, xalq xunarmandchiligi mahsulotlari, noyob
tarixiy va madaniy arxitektura va hokazolar hisoblanadi.
Ilmiybaza.uz
Shuningdek, o‘zbek xalqining milliy an’analari, bayramlari,udum va odatlari,
O‘zbekistonda o‘tgan mutafakkirlarning ma’naviy merosi, yozma asarlar, rivoyat va
afsonalar, muqaddas joylar, tarixiy yodgorliklar, musiqa va qo‘shiqlari, cholgu
asboblari,
o‘yinlari,
dehqonchilik
va
xunarmandchilik
kabilar
ma’naviy
qadriyatlarning asosini tashkil etadi. Ular kishilarning bir-birlariga, vatanga, oilasiga
bo‘lgan munosabatidagi axloq, xulq-atvorida, odob va xatti-harakatida namoyon
bo‘ladi.
2. Milliy kadriyatlar - millat shaxsining tili, tarixi,urf-odatlarida namoyon
bo‘ladi. Milliy kadriyatlar negizida «millat», «o‘zbek» degan so‘zlar o‘z ifodasini
topgan. «Millat» so‘zi arab tilida kuyidagi uch ma’noni anglatadi. Birinchidan-
mazhab; ikkinchi-ummat; uchinchi-xalq, qavm. Millat so‘zi Qur’oni
Karimda ham qo‘llanilgan. Qur’onda har bir millat vakili o‘z milliy
qadriyatlarini rivojlantirishi sababli o‘z millatidan,qavmidan kechib boshqa millatga
o‘tib olish gunoh deb ta’riflagan.
Yevropa adabiyotida qo‘llaniladigan «Natsiya» so‘zi kabila, xalq degan ma’noni
bildiradi, binobarin, bu ikki tushunchada ham muayyan etnik birlikning o‘ziga
xosligini bildiruvchi ma’no yotadi.M illiy qadriyatlar - millatga mansub bo‘lgan
umumjahon taraqqiyoti qonuniyatlaridan biri hisoblanadi. Milliy kadriyatlar - o‘z
millatidan, o‘z yurtidan faxrlanish, o‘zbek davlati fuqarosi ekanligidan g‘ururlanish
kabilardir.
3. Siyosiy qadriyatlar demokratiya yoki siyosiy jarayongina bo‘libgina qolmay,
shu bilan birga, xalqning turmush tarzi va uning bugungi ruhiyati, an’analari,
madaniyati, psixologiyasining xususiyatlarini ifoda etadi. Siyosiy kadriyatlar
dunyodagi barcha millat va dinga mansub shaxslar uchun keng imkoniyatlar yaratish
bilan birga, xalqaro demokratii talablariga javob beradi. Unda inson huquki,
sha’ni, or-nomusi va himoyasiga karatilgan barcha tamoyillar kafolatlanadi.
Mamlakatimiz xavfsizligi, barkarorlik va millatlararo hamjihatlikni saqlash, kelajak
avlodlarga obod va ozod Vatanni meros qoldirish mas’uliyatini oshiradi. Ichki va
tashqi siyosiy muvozanatini saklaydi. Siyosiy
kadriyatlar insoniyat tomonidan yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy
boyliklarni asrashda
va mustahkamlashda hamda ulardan foydalanishda
imkoniyatlar yaratadi.
Ilmiybaza.uz
4. Huquqiy kadriyatlar - bu jamiyat va madaniyat, davlat va huquq
yo‘nalishlarini o‘zida mujassam etib, har bir kishida huqukiy bilim, tafakkur va
dunyoqarashni shakllantiradi. Huquqiy kadriyatlar - umuminsoniy kadriyatlar va
jahon andozalari,huquqiy madaniyat bo‘yicha sharq falsafasi, o‘zbek milliy
mafkurasi, tarixiy-huquqiy meros va tajriba asosida kamol topadi. Huquqiy
kadriyatlar eng avvalo, umuminsoniy qadriyatlarga, umumjahon sivilizatsiyasiga, bu
sohada boshqa xalklar erishgan tajribalarga, xalqaro xuquqning me’yorlariga
asoslanadi. Tenglik, erkinlik, birodarlik, xalqlar va millatlararo do‘stlik,
insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, barcha
fuqarolarning teng hukuqligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi -
huquqiy kadriyatlar hisoblanadi. Xuquqiy kadriyatlar Uzbekistonda Konstitutsiya
va qonunlar bilangina emas, balki xalqning o‘z ongi, uning ma’naviy-axloqiy
dunyoqarashi va xuquqiy tajribasi, mehr-shafqati bilan mutahkamlanadi.
5. Mexnat qadriyatlari - tabiat bilan uygunlikda yashash,undan ibrat olish, uning
go‘zalliklaridan zavqlanish va tabiat qo‘ynida mehnat qilish kabilarni tashkil etadi.
Mehnat qadriyatlari - mexnat madaniyatining barcha elementlarini qamrab oladi.
Har bir yosh avlod hayotga qadam qo‘yar ekan, o‘z ajdodlaridan faqat mehnat
vositalarigina emas, balki mehnat madaniyatini ham meros qilib oladi. Shuning
uchun ham mehnat qadriyatlari o‘kuvchilarning qobiliyatlari, imkoniyatlari va
haqiqiy kuchlarini namoyon etish va takomillashtirish imkoniyatini beradi. Mehnat
qadriyatlarida hunarmandchilik, kasb-xunar egallash muhim o‘rin tutadi. Bunda
zardo‘zlik, yo‘rmado‘zlik, bo‘zchilik, yog‘och o‘ymakorligi, zargarlik, gilamchilik,
kashtado‘zlik, muqovasozlik,naqqoshlik, pichoqchilik, o‘ymakorlik kabi hunarlarni
o‘rganish - mehnat qadriyatlarining negizini tashkil etadi.
6. Turmush qadriyatlari - tarixan muayyan ijtimoiy munosabatlar uchun xos
bo‘lgan hayot va faoliyat shakllari tizimi bo‘lib, ular bevosita hayot sharoitlarini,
o‘ziga xos xususiyatlarni ifodalaydi. Odamlarning xulk-atvori, yurish-turishi,
muomalasi va tafakkur tarzi orqali namoyon bo‘ladi. Turmush madaniyatining
ma’naviy-axloqiy va huquqiy rivojlanishini qamrab oladi.
Turmush, xulq-atvor madaniyati, fuqarolarning huquq va erkinliklari jamiyat
a’zolarining ijtimoiy-huquqiy faolligi kabilar turmush qadriyatlari asosida namoyon
bo‘ladi.