Albumin va globulin oqsillari haqida tushuncha
Albuminlar (lot. albumen-tuxum oqsili) — hayvon va oʻsimlik toʻqimalari
tarkibiga kiradigan oddiy oqsillar; tuxum oqi, qon zardobi, sut, oʻsimliklar urugʻida
boʻladi. Albuminlar past molekulyar ogʻirlikka ega; suvda, kuchsiz tuzli eritmalarida
eriydi (50 % gacha), neytral tuzlarning yuqori konsentratsiyasida choʻkadi.
Albuminlar uchraydigan joyiga qarab zardob albumini, tuxum albumin (ovalbumin),
sut albumini deb nomlanadi. Zardob albumini (mal. og`irligi 69 kDa, tarkibida 17 ta
disulfid bog`lari bor, 585 ta aminokislota qoldig`idan iborat) qon tarkibidagi
oqsillarning asosini (55%) va qon onkotik bosimining 80% ni tashkil etadi.
Albuminlar jigarda hosil bo`ladi. Qonda bir qator moddalar: erkin yogʻ kislotalari,
xolesterin, bilirubin, o`t kislota tuzlari, dorivor preparatlar – antibiotiklar, sulfanil
amidlar, steroid va tireoid gormonlarni tashishda, shuningdek, zaharli moddalar –
ogʻir metallarni zararsizlantirishda ishtirok etadi. Albuminlar toʻqimalarda suv-tuz
va azot almashinuvida muhim rol uynaydi.
Tuxum tarkibida ko`plab oqsillar bo`lib (taxminan 60-65%), bular oddiy va
murakkab oqsillar: ovalbumin 75%, ovomukoidlar 13%, ovomutsin 7%,
ovokonalbumin 3%, ovoglobulin 2% kabilar uchraydi.
Ovalbumin asosiy protein bo'lib, tuxum oqi oqsilining og'irligi bo'yicha 54-
58% (umumiy oqsillarining 45%) ni tashkil qiladi. Bu molekulyar og'irligi 44,5 kDa
va izoelektrik nuqtasi (IEP) 4,5 bo'lgan monomer fosfogliko-oqsildir. Tuxumni uzoq
vaqt saqlash yoki termik ishlov berish natijasida ovalbumin S-ovalbumin deb
nomlanuvchi deaminatsiyalangan shakilga o`tadi. Tovuq ovalbuminining to'liq
aminokislotalar ketma-ketligi 385 ta qoldiqni o'z ichiga oladi. Asosiy vazifasi
embrionni himoya qilish va ozuqa moddalar bilan ta’minlashdir. Shuningdek,
ovalbumin lipidlarni oksidlanishdan himoyalab, antioksidantlik, mikroblarga qarshi
faollikni namoyon qiladi va immunitetni rag'batlantiradi.
Ovokonalbumin tuxum oqining massasida 3% ni tashkil qiladi (tuxumdagi
umumiy protein miqdorining 13,5%) va temirni bog'lash funktsiyasini bajaradi.
Globulinlar kuchsiz kislotali oqsil bo`lib, suvda erimaydi, lekin suyultirilgan
neytral tuzli eritmalarida (masalan, 5% natriy xlorid eritmasi) va ishqoriy
eritmalarida yaxshi eriydi. Ammoniy sulfatning 50% gacha bo`lgan tuzli
eritmalarida cho'kmaga tushadi. Dukkakli va donli ekinlarda (odamlar uchun
o'simlik oqsillarining asosiy manbalari), qon plazmasida (serumglobulin: Alfa 1
globulin (𝛼1),
Alfa 2 globulin (𝛼2),
Betta globulin (𝛽), Gamma globulin (𝛾)),
to'qimalarda (hujayra globulin), sutda (laktoglobulin) va tuxumda (ovoglobulin)
mavjud.
Qon zardobidagi globulinlar (molekulyar massasi 450000 – 630000, 150 kDa)
bir necha fraksiyalardan iborat: α, β, γ .
γ – globulinlar organizmni viruslar, bakteriyalar va ularning toksinlaridan
saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Sababi, qondagi antitelolar deb ataluvchi
moddalar asosan γ globulinlardan iborat.
α – globulinlar karbonsuv prostatik gruppa tutgan oqsil - glikoproteindir.
Plazmada aylanib yurgan glyukozaning 60% glikoproteinlar tarkibida bo‘ladi. Bu
oksillar gormon, vitamin, mikroelement va lipidlarni tashiydi. Eritropoetin,
plazminogen va protrombinlar α globulin turkumiga kiradi.
β – globulinlar fosfolipid, xolesterin, steroid gormoni va metal
kationlarini tashishda ishtirok etadi. Bu oqsil turkumiga temirni tashib yuruvchi
transferrin, shuningdek, qon ivishida qatnashuvchi plazma faktorlari kiradi.
γ – globulinlar (JgA, JgG, JgM, JgD va JgE) immunoglobulinlardan
tashkil topgan. Organizmni virus va bakteriyalardan himoya qiladi va ularning
toksinlaridan saqlashda muhim ahamiyatga egadir. Sababi, qondagi antitelolar deb
ataluvchi moddalar asosan γ globulinlardan iborat, chunki qonning α va β
agglyutininlari γ - globulin turkumiga kiradi. Globulinlar jigarda, suyak ko‘migida,
taloqda va limfa tugunlarida hosil bo‘ladi.
Albumin va globulin oqsillarining o`xshashliklari:
1. Oddiy oqsillar;
2. Yopishqoqliklari yuqori;
3. Kam diffuziyalanadi;
4. Elektr maydonda xarakatchan;
5. Shishish xususiyatiga ega;
6. Past osmotik bosimga ega.
Albumin va globulin oqsillarning farqlari:
1. Molekulyar massalari turlicha;
2. Vazifalari turlicha;
3. Eruvchanligi farqli: albumin NH4SO4 bilan to`la to`yinganda cho`kadi,
globulin NH4SO4 ning chala to`yingan eritmasida cho`kadi
4. Albumin qizdirilganda cho`kadi, globulinlar koagulyatsiyalanadi;
Tuxum oqsilidan albuminni kristall holda ajiratish