Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915)

Yuklangan vaqt

2024-09-03

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

6

Faytl hajmi

23,0 KB


 
 
 
 
 
 
Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915) 
 
Reja: 
1. Ijod yo‘li. 
2. A.N. Skryabin musiqiy tili. 
3. Fortepiano ijodi. 
4. Simfonik ijodi. 
 
 
  
1.Ijod yo‘li. Aleksandr Nikolaevich Skryabin—kompozitor, pianist, pedagog. O‘z 
zamondoshlari orasida ijodiy qiyofasining murakkabliligi bilan ajralib turadi. 
Skryabinning XIX asr 90-yillari va XX asr boshlarida yaratgan asarlarida shu davrning 
keskin siyosiy kurashining kuchayishi va jamiyat atmosferasining salbiy vaziyati aks 
etdi. Asarlaridagi musiqiy tilning targ‘iboti o‘zining serma’noliligi va g‘oyalarning yangi 
ekanligi bilan real voqelikni ifodalagan. 
  
Uning g‘oyalari nihoyatda keng edi. Skryabin ijodiy yo‘li mobaynida katta 
evolyusiyani bosib o‘tdi. Yoshlik davrlarida u mumtoz klassik an’analariga aloqador 
bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarida, XIX asrning boshi impressionizm va ekspressionizm 
oqimlariga murojaat qilgan. Hayotining kechki davrida esa simvolizmning adabiy -badiiy 
oqimiga aloqador bo‘lgan. 
  
Aleksandr Nikolaevich Skryabin 1871-yil 26 dekabr Moskva shahrida tavallud 
topdi. Uning otasi Nikolay Aleksandrovich Skryabin diplomat, onasi Lyubov Petrovna 
Skryabina pianinochi ijrochi edi. Aleksendr Nioklaevich Skryabin yoshligida Moskva 
kadet korpusida( Dvoryanlarning bolalaridan ofitserlar tayyorlagan o‘rta harbiy bilim 
yurti) tahsil olgan. Musiqaga bo‘lgan layoqati bolaligidan boshlangan. Georgiy 
Eduardovich Konyus, Nikolay Sergeevich Zverevlardan fortepiano darslarini 
Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915) Reja: 1. Ijod yo‘li. 2. A.N. Skryabin musiqiy tili. 3. Fortepiano ijodi. 4. Simfonik ijodi. 1.Ijod yo‘li. Aleksandr Nikolaevich Skryabin—kompozitor, pianist, pedagog. O‘z zamondoshlari orasida ijodiy qiyofasining murakkabliligi bilan ajralib turadi. Skryabinning XIX asr 90-yillari va XX asr boshlarida yaratgan asarlarida shu davrning keskin siyosiy kurashining kuchayishi va jamiyat atmosferasining salbiy vaziyati aks etdi. Asarlaridagi musiqiy tilning targ‘iboti o‘zining serma’noliligi va g‘oyalarning yangi ekanligi bilan real voqelikni ifodalagan. Uning g‘oyalari nihoyatda keng edi. Skryabin ijodiy yo‘li mobaynida katta evolyusiyani bosib o‘tdi. Yoshlik davrlarida u mumtoz klassik an’analariga aloqador bo‘lgan bo‘lsa, keyingi yillarida, XIX asrning boshi impressionizm va ekspressionizm oqimlariga murojaat qilgan. Hayotining kechki davrida esa simvolizmning adabiy -badiiy oqimiga aloqador bo‘lgan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin 1871-yil 26 dekabr Moskva shahrida tavallud topdi. Uning otasi Nikolay Aleksandrovich Skryabin diplomat, onasi Lyubov Petrovna Skryabina pianinochi ijrochi edi. Aleksendr Nioklaevich Skryabin yoshligida Moskva kadet korpusida( Dvoryanlarning bolalaridan ofitserlar tayyorlagan o‘rta harbiy bilim yurti) tahsil olgan. Musiqaga bo‘lgan layoqati bolaligidan boshlangan. Georgiy Eduardovich Konyus, Nikolay Sergeevich Zverevlardan fortepiano darslarini  
 
olgan.1888-yilda Moskva konservatoriyasiga o‘qishga kirib Vasiliy Ilich Safonov sinfida 
fortepianodan, S.I.Taneev sinfida nazariyadan, Arenskiy sinfida kompozitorlikdan saboq 
ola boshlagan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin umri mobaynida ikki marotaba uylangan 
bo‘lib birinchi rafiqasi Vera Ivanovna Skryabina (Isakovich), ikkinchi rafiqasi esa 
Tatyana Fedorovna Shletser edi. 
  
Uning ijodiy yo‘lini uch davrga bo‘lamiz. Ilk ijod davri 80-90yillar oxiri. 1894-yil 
Skryabin Moskva konservatoriyasi professori bo‘lib, o‘zining pedagogik qobiliyatini 
ko‘rsatdi. 
  
U Rossiya va xorijda konsert chiqishlarini bergan. Bunda, Skryabinning asarlarini 
nashriyotdan chiqargan, Skryabinning xorijiy konsert safarlariga homiylik qilgan 
Belyaev unga katta yordam ko‘rsatdi. Skryabinning 90-yillaridagi ijodi ancha xarakterli 
bo‘lib ular orasidagi fortepiano uchun yozilgan asarlari yorqin, ifodali mazmun kasb etdi. 
Bular ”Uchinchi sonata”, bir qator prelyudiyalar va etyudlardir. 
  
Ijodining ikkinchi davri 1900-1909 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davr Skryabin uchun 
“gullab yashnash” davri bo‘ldi. Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, (“Ilohiy poema”) 
simfoniyalari ko‘rimli o‘rinni egallaydi. Bir paytning o‘zida fortepiano uchun - To‘rtinchi 
sonata, “Tragicheskaya poema” (Fojeali poema), “Sataninskaya poema” ( Shayton 
poemasi) va prelyudiyalari yaratilgan. 
   
1904-1910 yillari Shveysariya, Italiya, Fransiya, Amerika Birlashgan shtatlarida 
yashab ijod qilgan. Xorijda Skryabin orkestr uchun “Poema ekstaza”, Beshinchi sonata 
kabi yirik shaklli asarlarini yaratdi. Hayotining so‘nggi 1910-1915 yillari Moskvada 
o‘tdi. Rossiya, Gollandiya, Angliya kabi shaharlariga konsert safarlarini amalga oshirdi. 
Bu paytga kelib, uning ijodi rus musiqa hayotida yanada ko‘rimli joyni egallaydi. Bu 
davrda orkestr, fortepiano va xor uchun so‘zsiz kuylaydigan “Prometey”( Poema ognya, 
Olov poemasi) simfonik poemasini, 5 ta sonata “ K plameni” ( Alanga uchun) poemasini, 
fortepiano uchun p’esalarlarni yaratadi. Skryabinda, san’at turli ko‘rinishlarini bir 
butunlikka birlashtiruvchi “Misteriya”(O‘rta asrlarda diniy drama) buyuk asarini yaratish 
fantastik g‘oyasi tug‘ildi. U san’at sintezini orzu qilar edi. “Prometey” partiturasiga, 
mavjud bo‘lmagan, cholg‘uga atalgan, bo‘lak nota yo‘lagini olib kirdi. Shu bilan birga 
olgan.1888-yilda Moskva konservatoriyasiga o‘qishga kirib Vasiliy Ilich Safonov sinfida fortepianodan, S.I.Taneev sinfida nazariyadan, Arenskiy sinfida kompozitorlikdan saboq ola boshlagan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin umri mobaynida ikki marotaba uylangan bo‘lib birinchi rafiqasi Vera Ivanovna Skryabina (Isakovich), ikkinchi rafiqasi esa Tatyana Fedorovna Shletser edi. Uning ijodiy yo‘lini uch davrga bo‘lamiz. Ilk ijod davri 80-90yillar oxiri. 1894-yil Skryabin Moskva konservatoriyasi professori bo‘lib, o‘zining pedagogik qobiliyatini ko‘rsatdi. U Rossiya va xorijda konsert chiqishlarini bergan. Bunda, Skryabinning asarlarini nashriyotdan chiqargan, Skryabinning xorijiy konsert safarlariga homiylik qilgan Belyaev unga katta yordam ko‘rsatdi. Skryabinning 90-yillaridagi ijodi ancha xarakterli bo‘lib ular orasidagi fortepiano uchun yozilgan asarlari yorqin, ifodali mazmun kasb etdi. Bular ”Uchinchi sonata”, bir qator prelyudiyalar va etyudlardir. Ijodining ikkinchi davri 1900-1909 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davr Skryabin uchun “gullab yashnash” davri bo‘ldi. Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, (“Ilohiy poema”) simfoniyalari ko‘rimli o‘rinni egallaydi. Bir paytning o‘zida fortepiano uchun - To‘rtinchi sonata, “Tragicheskaya poema” (Fojeali poema), “Sataninskaya poema” ( Shayton poemasi) va prelyudiyalari yaratilgan. 1904-1910 yillari Shveysariya, Italiya, Fransiya, Amerika Birlashgan shtatlarida yashab ijod qilgan. Xorijda Skryabin orkestr uchun “Poema ekstaza”, Beshinchi sonata kabi yirik shaklli asarlarini yaratdi. Hayotining so‘nggi 1910-1915 yillari Moskvada o‘tdi. Rossiya, Gollandiya, Angliya kabi shaharlariga konsert safarlarini amalga oshirdi. Bu paytga kelib, uning ijodi rus musiqa hayotida yanada ko‘rimli joyni egallaydi. Bu davrda orkestr, fortepiano va xor uchun so‘zsiz kuylaydigan “Prometey”( Poema ognya, Olov poemasi) simfonik poemasini, 5 ta sonata “ K plameni” ( Alanga uchun) poemasini, fortepiano uchun p’esalarlarni yaratadi. Skryabinda, san’at turli ko‘rinishlarini bir butunlikka birlashtiruvchi “Misteriya”(O‘rta asrlarda diniy drama) buyuk asarini yaratish fantastik g‘oyasi tug‘ildi. U san’at sintezini orzu qilar edi. “Prometey” partiturasiga, mavjud bo‘lmagan, cholg‘uga atalgan, bo‘lak nota yo‘lagini olib kirdi. Shu bilan birga  
 
ma’lum mavzu va garmoniyaga muvofiq holda, zal qizil, ko‘k va boshqa ranglar 
to‘lqinida yoritilishi kerak. 
2. Musiqiy tili. Skryabin XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy 
madaniyatning yirik namoyondalaridan biridir. Skryabin o‘zining tovush dunyosini, 
obrazlar tartibini, ifodalar vositasini yaratgan dadil targ‘ibotchidir. Musiqiy tilidagi yangi 
xususiyatlar uning garmoniyasida yorqin ifoda kasb etdi. Yangi ifodali vositalarni 
topishda izlanish Skryabin ijodiy yo‘lidir. Rimskiy-Korsakov va boshqa bir 
kompozitorlar (ayniqsa List va Vagner) uslublarini rivojlantirgan holda, Skryabin 
o‘zining uslubiga xos, asta-sekin boyitilgan va o‘tkir garmoniya, spesifik xususiyatlariga 
keladi. Nonakkordlarning keng qo‘llanilishi Skryabin garmonik tilining xususiyatiga 
kiradi. 
Skryabin musiqasining usuliga kelsak, u impulsli, tezkordir. Urg‘uning keskinligi, 
muayyan aniqlikga ega bo‘lmagan variantlarning ko‘pliligi, yangi usul tarkibida 
takrorlanayotgan mavzu, tovush tusining ko‘pliligi Skryabin musiqasiga notinch, 
besabrlik xarakterini beradi. 
3. Fortepiano ijodi. Skryabin iste’dodli pianist. Skryabin o‘z ijrosida asabiy 
hissiyotni va shu bilan birga ilhomlantiruvchi ohang tusining bukiluvchanligini, sur’at va 
usulning o‘zgaruvchanligini, nozik tovushlilik ranglarining turliligini va boyligini 
pedalizatsiya texnikasi mahorati orqali yetkazib bera olar edi. “Unda go‘zal va yumshoq 
tovush maftunkorligi, barmoqlarida aniq harakatlilik bor bo‘lib, royal, kichik passajlarda 
ajoyib, mislsiz yangrar edi“, deb eslagan pianist M. A. Pressman. “ Skryabin ijrosi aniq 
badiha kabi, sirli, ishqiy bo‘lib, uning texnikasi xaqida gapirish kerak emas . Uning 
o‘yinini eshitayotib, texnikasi xaqida o‘ylamaysiz, hayolingizga ham kelmaydi. Uni faqat 
tinglab, ijodiy irodasi bilan sizni tinglashga va hayajonlanishga majbur qilayotgani ----
Buyuk san’at ekanligiga amin bo‘lib, bosh egasiz”, deb xarakterlagan ekan, Skryabin 
ijrosi ashaddiy ixlosmandi bo‘lgan taqrizchilardan biri . 
Fortepiano asarlari uning asarlari ichida katta qismni tashkil etadi. Konsert , 10 ta 
sonata , si minorli fantaziya, “Tragicheskaya“(Fojeali),“Sataninskaya”(Shaytoniy), “ K 
plameni” (Alanga uchun) poemalari, noktyurn kabi asarlari yirik asarlar sirasiga kiradi. 
Ijodida miniatyuralar ham katta qismni tashkil qiladi: prelyudiyalar, etyudlar, 
ma’lum mavzu va garmoniyaga muvofiq holda, zal qizil, ko‘k va boshqa ranglar to‘lqinida yoritilishi kerak. 2. Musiqiy tili. Skryabin XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy madaniyatning yirik namoyondalaridan biridir. Skryabin o‘zining tovush dunyosini, obrazlar tartibini, ifodalar vositasini yaratgan dadil targ‘ibotchidir. Musiqiy tilidagi yangi xususiyatlar uning garmoniyasida yorqin ifoda kasb etdi. Yangi ifodali vositalarni topishda izlanish Skryabin ijodiy yo‘lidir. Rimskiy-Korsakov va boshqa bir kompozitorlar (ayniqsa List va Vagner) uslublarini rivojlantirgan holda, Skryabin o‘zining uslubiga xos, asta-sekin boyitilgan va o‘tkir garmoniya, spesifik xususiyatlariga keladi. Nonakkordlarning keng qo‘llanilishi Skryabin garmonik tilining xususiyatiga kiradi. Skryabin musiqasining usuliga kelsak, u impulsli, tezkordir. Urg‘uning keskinligi, muayyan aniqlikga ega bo‘lmagan variantlarning ko‘pliligi, yangi usul tarkibida takrorlanayotgan mavzu, tovush tusining ko‘pliligi Skryabin musiqasiga notinch, besabrlik xarakterini beradi. 3. Fortepiano ijodi. Skryabin iste’dodli pianist. Skryabin o‘z ijrosida asabiy hissiyotni va shu bilan birga ilhomlantiruvchi ohang tusining bukiluvchanligini, sur’at va usulning o‘zgaruvchanligini, nozik tovushlilik ranglarining turliligini va boyligini pedalizatsiya texnikasi mahorati orqali yetkazib bera olar edi. “Unda go‘zal va yumshoq tovush maftunkorligi, barmoqlarida aniq harakatlilik bor bo‘lib, royal, kichik passajlarda ajoyib, mislsiz yangrar edi“, deb eslagan pianist M. A. Pressman. “ Skryabin ijrosi aniq badiha kabi, sirli, ishqiy bo‘lib, uning texnikasi xaqida gapirish kerak emas . Uning o‘yinini eshitayotib, texnikasi xaqida o‘ylamaysiz, hayolingizga ham kelmaydi. Uni faqat tinglab, ijodiy irodasi bilan sizni tinglashga va hayajonlanishga majbur qilayotgani ---- Buyuk san’at ekanligiga amin bo‘lib, bosh egasiz”, deb xarakterlagan ekan, Skryabin ijrosi ashaddiy ixlosmandi bo‘lgan taqrizchilardan biri . Fortepiano asarlari uning asarlari ichida katta qismni tashkil etadi. Konsert , 10 ta sonata , si minorli fantaziya, “Tragicheskaya“(Fojeali),“Sataninskaya”(Shaytoniy), “ K plameni” (Alanga uchun) poemalari, noktyurn kabi asarlari yirik asarlar sirasiga kiradi. Ijodida miniatyuralar ham katta qismni tashkil qiladi: prelyudiyalar, etyudlar,  
 
noktyurnlar, mazurkalar, ekspromtlar. Kompozitorning falsafiy-estetik qarashlarini aks 
ettiruvchi “Zagadka” (Jumboq), “Ironiya”(Hazil), “Maska” (Niqob), “Strannost” 
(Ajiblik) kabi poemalari ajoyib, sirli nomlarga ega. 
10 sonatasining ichidan 3 ta sonatasi an’anaviy sonata sikllaridir. qolgan sonatalar 
esa bir qismlidir. 
 Skryabin fortepiano asarlari uning uslubi evolyusiyasini aks ettirgan. Ilk davrining 
asarlari melodik tilning go‘zalliligi va kuychanligi bilan ajralib turadi. Skryabin lirik 
melodiyasi egiluvchan va bukiluvchan bo‘lib, qalb kechinmalarini nozik tuslarda 
yetkazadigan, o‘ziga xos (izvilistыy) suratiga ega. Skryabin, ohang kuychanligidan qat’iy 
nazar, vokal qo‘shiqli xarakteridan holiroq, instrumental cholg‘u musiqasiga ahamiyat 
bergan, bu xislat aynan uning dramatik epizodlaridagi musiqasida paydo bo‘ladi. O‘tkir 
sinishlar, sakramalar, qo‘shimcha ta’kidlangan skryabincha usulning xarakterli xislatlari 
uning melodikasiga xosdir. Skryabin uchun odatiy bo‘lgan metrik siljishlar, sinkopalar, 
punktir usuli, pauzalar, titroq hayajon bilan nozik ifodaning bo‘rtirilgan, notinchlikning 
mardonavor yuksalish bilan bo‘lgan uyg‘unligini yaratadi.  
Skryabin deyarli fuga, fugato kabi imitatsion polifoniya shakllariga murojaat 
qilmagan. Biroq polifoniyacha fikr yuritgan. Murakkab ohanglashtirilgan shakllar bilan 
boyitilgan bayon, cholg‘u vosita ifodasini chuqur anglaganligini ko‘rsatadigan 
skryabincha fortepiano uslubiga xosdir. 
4. Simfonik ijodi. 1900-yillarda kompozitorning falsafiy konsepsiyasi tiniqlashib, 
g‘oyalari ulkan qanot qoqdi. San’at vositasida dunyoni o‘zgartirib yuborish g‘oyasi uning 
birinchi simfoniyasi(1900 y.), ”Bojestvennaya poema” (Ilohiy poema) /1904 y./ nomli 
uchinchi simfoniyasi, “Poema ekstaza”(Jazava dostoni(1907y.), “Prometey” (1910y. ) 
kabi bir qismli poema asarlarida aks etgan. Kulminatsiyaning(avj, cho‘qqi) yuqori 
yuksakligiga intilgan holda, kompozitor orkestr tarkibini kengaytirib organ, qo‘ng‘iroqlar 
partiyasini, “Prometey”ga so‘zsiz xor va maxsus chiroqlar partiyasini olib kirgan. 
Skryabin asarlari ekstaz g‘oyasini, ko‘rinmas kosmik sohalarga intilish g‘oyasini, san’at 
kuchining o‘zgartirilib yuborilishi g‘oyasini tug‘diradi. A.N. Skryabin fikriga ko‘ra --- 
musiqa, she’riyat, raqs, me’morchilik va chiroq kabi, san’atning barcha turlari 
birlashmasini o‘z ichiga olgan “Misteriya” asari, shohona ixtiroga aylanishi kerak edi. 
noktyurnlar, mazurkalar, ekspromtlar. Kompozitorning falsafiy-estetik qarashlarini aks ettiruvchi “Zagadka” (Jumboq), “Ironiya”(Hazil), “Maska” (Niqob), “Strannost” (Ajiblik) kabi poemalari ajoyib, sirli nomlarga ega. 10 sonatasining ichidan 3 ta sonatasi an’anaviy sonata sikllaridir. qolgan sonatalar esa bir qismlidir. Skryabin fortepiano asarlari uning uslubi evolyusiyasini aks ettirgan. Ilk davrining asarlari melodik tilning go‘zalliligi va kuychanligi bilan ajralib turadi. Skryabin lirik melodiyasi egiluvchan va bukiluvchan bo‘lib, qalb kechinmalarini nozik tuslarda yetkazadigan, o‘ziga xos (izvilistыy) suratiga ega. Skryabin, ohang kuychanligidan qat’iy nazar, vokal qo‘shiqli xarakteridan holiroq, instrumental cholg‘u musiqasiga ahamiyat bergan, bu xislat aynan uning dramatik epizodlaridagi musiqasida paydo bo‘ladi. O‘tkir sinishlar, sakramalar, qo‘shimcha ta’kidlangan skryabincha usulning xarakterli xislatlari uning melodikasiga xosdir. Skryabin uchun odatiy bo‘lgan metrik siljishlar, sinkopalar, punktir usuli, pauzalar, titroq hayajon bilan nozik ifodaning bo‘rtirilgan, notinchlikning mardonavor yuksalish bilan bo‘lgan uyg‘unligini yaratadi. Skryabin deyarli fuga, fugato kabi imitatsion polifoniya shakllariga murojaat qilmagan. Biroq polifoniyacha fikr yuritgan. Murakkab ohanglashtirilgan shakllar bilan boyitilgan bayon, cholg‘u vosita ifodasini chuqur anglaganligini ko‘rsatadigan skryabincha fortepiano uslubiga xosdir. 4. Simfonik ijodi. 1900-yillarda kompozitorning falsafiy konsepsiyasi tiniqlashib, g‘oyalari ulkan qanot qoqdi. San’at vositasida dunyoni o‘zgartirib yuborish g‘oyasi uning birinchi simfoniyasi(1900 y.), ”Bojestvennaya poema” (Ilohiy poema) /1904 y./ nomli uchinchi simfoniyasi, “Poema ekstaza”(Jazava dostoni(1907y.), “Prometey” (1910y. ) kabi bir qismli poema asarlarida aks etgan. Kulminatsiyaning(avj, cho‘qqi) yuqori yuksakligiga intilgan holda, kompozitor orkestr tarkibini kengaytirib organ, qo‘ng‘iroqlar partiyasini, “Prometey”ga so‘zsiz xor va maxsus chiroqlar partiyasini olib kirgan. Skryabin asarlari ekstaz g‘oyasini, ko‘rinmas kosmik sohalarga intilish g‘oyasini, san’at kuchining o‘zgartirilib yuborilishi g‘oyasini tug‘diradi. A.N. Skryabin fikriga ko‘ra --- musiqa, she’riyat, raqs, me’morchilik va chiroq kabi, san’atning barcha turlari birlashmasini o‘z ichiga olgan “Misteriya” asari, shohona ixtiroga aylanishi kerak edi.  
 
Uning asarlari katta darajada badiiy yakunliligi, katta, kuchli emotsional ta’sirliligi bilan 
ajralib turadi. 
 A.N. Skryabin ijodi XX asr fortepiano va simfonik musiqasiga katta ta’sir etdi. 
Musiqa va chiroqni umulashtirish (sintezi) g‘oyalari kelajakda rivojlana boshladi. 
 
Nazorat savollari: 
 
1. Skryabin ijod yo‘lini kuzating. 
2. Skryabin asarlari musiqiy tili. 
3. Skryabin-- pianinochini xarakterlab bering. 
4. Fortepiano ijodi. 
5. Simfonik asarlari. 
 
Tinglash uchun tavsiya etiladigan musiqiy asarlar: 
1. “ Poema Ekstaza” 
2. Simfoniya№3 “ Bojestvennaya poema” 
3. 24 prelyudii 
 
Tayanch iboralar: 
 
1. Impressionizm.---XIX asr 70-yillarida avval fransuz rassomchiligida, so‘ngra 
musiqa, adabiyot, teatrda paydo bo‘lgan badiiy oqim. Kompozitor impressionistlar 
musiqasida arang ko‘zga ilingan psixologik ruhiy holat kayfiyatlarining yetkazilib 
berilishi eng asosiydir. Ipressionizm namoyondalari K.Debyussi, M.Ravel, P.Dyuk va 
boshqalar. 
2. Simvolizm.---Fransiyada paydo bo‘lgan adabiy-badiiy, falsafiy-estetik 
yo‘nalish. Simvolizm asosida xaqiqiy dunyo sirlariga g‘ayri-tabiiy, mistik tarzda kirish, 
“yuqori sezgirlik “ tushunchasi. 
 
Adabiyot: 
Uning asarlari katta darajada badiiy yakunliligi, katta, kuchli emotsional ta’sirliligi bilan ajralib turadi. A.N. Skryabin ijodi XX asr fortepiano va simfonik musiqasiga katta ta’sir etdi. Musiqa va chiroqni umulashtirish (sintezi) g‘oyalari kelajakda rivojlana boshladi. Nazorat savollari: 1. Skryabin ijod yo‘lini kuzating. 2. Skryabin asarlari musiqiy tili. 3. Skryabin-- pianinochini xarakterlab bering. 4. Fortepiano ijodi. 5. Simfonik asarlari. Tinglash uchun tavsiya etiladigan musiqiy asarlar: 1. “ Poema Ekstaza” 2. Simfoniya№3 “ Bojestvennaya poema” 3. 24 prelyudii Tayanch iboralar: 1. Impressionizm.---XIX asr 70-yillarida avval fransuz rassomchiligida, so‘ngra musiqa, adabiyot, teatrda paydo bo‘lgan badiiy oqim. Kompozitor impressionistlar musiqasida arang ko‘zga ilingan psixologik ruhiy holat kayfiyatlarining yetkazilib berilishi eng asosiydir. Ipressionizm namoyondalari K.Debyussi, M.Ravel, P.Dyuk va boshqalar. 2. Simvolizm.---Fransiyada paydo bo‘lgan adabiy-badiiy, falsafiy-estetik yo‘nalish. Simvolizm asosida xaqiqiy dunyo sirlariga g‘ayri-tabiiy, mistik tarzda kirish, “yuqori sezgirlik “ tushunchasi. Adabiyot:  
 
 
1. Levashova O.E., Keldыsh Yu.V., Kandinskiy AI. Istoriya russkoy muzыki. M. 
1979. t II 
2. Igor Belza. “ Aleksandr Nikolaevich Skryabin” Izdatelstvo “Muzыka” 
Moskva.1983 g. 
 
1. Levashova O.E., Keldыsh Yu.V., Kandinskiy AI. Istoriya russkoy muzыki. M. 1979. t II 2. Igor Belza. “ Aleksandr Nikolaevich Skryabin” Izdatelstvo “Muzыka” Moskva.1983 g.