Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915)

Time

Yuklangan vaqt

2025-11-08

Downloads

Yuklab olishlar soni

0

Pages

Sahifalar soni

5

File size

Fayl hajmi

23,0 KB


Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915)
 
1. Aleksandr Nikolaevich Skryabinning ijod yo’li.
2. A.N. Skryabin musiqiy tili.
3. Aleksandr Skryabinning fortepiano ijodi.
4. Aleksandr Skryabinning simfonik ijodi.
 
1.  Ijod  yo’li. Aleksandr  Nikolaevich Skryabin—kompozitor, pianist,
pedagog. O’z zamondoshlari orasida ijodiy qiyofasining murakkabliligi bilan ajralib
turadi. Skryabinning XIX asr 90-yillari va XX asr boshlarida yaratgan asarlarida shu
davrning keskin siyosiy kurashining kuchayishi va jamiyat atmosferasining salbiy
vaziyati aks etdi. Asarlaridagi musiqiy tilning targ’iboti o’zining serma’noliligi va
g’oyalarning yangi ekanligi bilan real voqelikni ifodalagan.
 
Uning g’oyalari nihoyatda keng edi. Skryabin ijodiy yo’li mobaynida katta
evolyutsiyani bosib o’tdi. Yoshlik davrlarida u mumtoz klassik an’analariga aloqador
bo’lgan  bo’lsa,  keyingi  yillarida,  XIX  asrning  boshi  impressionizm  va
ekspressionizm  oqimlariga  murojaat  qilgan.  Hayotining  kechki  davrida  esa
simvolizmning adabiy -badiiy oqimiga aloqador bo’lgan.
 
Aleksandr  Nikolaevich  Skryabin  1871-yil  26  dekabr  Moskva  shahrida
tavallud  topdi.  Uning  otasi  Nikolay  Aleksandrovich  Skryabin  diplomat, onasi
Lyubov Petrovna Skryabina pianinochi ijrochi edi. Aleksendr Nioklaevich Skryabin
yoshligida  Moskva  kadet  korpusida(  Dvoryanlarning  bolalaridan  ofitserlar
tayyorlagan  o’rta  harbiy  bilim  yurti)  tahsil  olgan.  Musiqaga  bo’lgan  layoqati
bolaligidan  boshlangan.  Georgiy  Eduardovich  Konyus,  Nikolay  Sergeevich
Zverevlardan  fortepiano  darslarini  olgan.1888-yilda  Moskva  konservatoriyasiga
o’qishga  kirib  Vasiliy  Ilich  Safonov  sinfida  fortepianodan,  S.I.Taneev  sinfida
Logotip
Aleksandr Nikolaevich Skryabin ( 1871-1915) 1. Aleksandr Nikolaevich Skryabinning ijod yo’li. 2. A.N. Skryabin musiqiy tili. 3. Aleksandr Skryabinning fortepiano ijodi. 4. Aleksandr Skryabinning simfonik ijodi. 1. Ijod yo’li. Aleksandr Nikolaevich Skryabin—kompozitor, pianist, pedagog. O’z zamondoshlari orasida ijodiy qiyofasining murakkabliligi bilan ajralib turadi. Skryabinning XIX asr 90-yillari va XX asr boshlarida yaratgan asarlarida shu davrning keskin siyosiy kurashining kuchayishi va jamiyat atmosferasining salbiy vaziyati aks etdi. Asarlaridagi musiqiy tilning targ’iboti o’zining serma’noliligi va g’oyalarning yangi ekanligi bilan real voqelikni ifodalagan. Uning g’oyalari nihoyatda keng edi. Skryabin ijodiy yo’li mobaynida katta evolyutsiyani bosib o’tdi. Yoshlik davrlarida u mumtoz klassik an’analariga aloqador bo’lgan bo’lsa, keyingi yillarida, XIX asrning boshi impressionizm va ekspressionizm oqimlariga murojaat qilgan. Hayotining kechki davrida esa simvolizmning adabiy -badiiy oqimiga aloqador bo’lgan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin 1871-yil 26 dekabr Moskva shahrida tavallud topdi. Uning otasi Nikolay Aleksandrovich Skryabin diplomat, onasi Lyubov Petrovna Skryabina pianinochi ijrochi edi. Aleksendr Nioklaevich Skryabin yoshligida Moskva kadet korpusida( Dvoryanlarning bolalaridan ofitserlar tayyorlagan o’rta harbiy bilim yurti) tahsil olgan. Musiqaga bo’lgan layoqati bolaligidan boshlangan. Georgiy Eduardovich Konyus, Nikolay Sergeevich Zverevlardan fortepiano darslarini olgan.1888-yilda Moskva konservatoriyasiga o’qishga kirib Vasiliy Ilich Safonov sinfida fortepianodan, S.I.Taneev sinfida
nazariyadan, Arenskiy sinfida kompozitorlikdan saboq ola boshlagan. Aleksandr
Nikolaevich  Skryabin  umri  mobaynida  ikki  marotaba  uylangan  bo’lib  birinchi
rafiqasi  Vera  Ivanovna  Skryabina  (Isakovich),  ikkinchi  rafiqasi  esa  Tatyana
Fedorovna Shletser edi.
 
Uning ijodiy yo’lini uch davrga bo’lamiz. Ilk ijod davri 80-90 yillar oxiri.
1894-yil Skryabin Moskva konservatoriyasi professori bo’lib o’zining pedagogik
qobiliyatini ko’rsatdi.
 
U Rossiya va xorijda kontsert chiqishlarini bergan. Bunda, Skryabinning
asarlarini nashriyotdan chiqargan, Skryabinning xorijiy kontsert safarlariga homiylik
qilgan Belyaev unga katta yordam ko’rsatdi. Skryabinning 90-yillaridagi ijodi ancha
xarakterli bo’lib ular orasidagi fortepiano uchun yozilgan asarlari yorqin, ifodali
mazmun kasb etdi. Bular ”Uchinchi sonata”, bir qator prelyudiyalar va etyudlardir.
 
Ijodining  ikkinchi  davri  1900-1909  yillarga  to’g’ri  keladi.  Bu  davr
Skryabin  uchun  “gullab  yashnash”  davri  bo’ldi.  Birinchi,  Ikkinchi,  Uchinchi,
(“Ilohiy  poema”)  simfoniyalari  ko’rimli  o’rinni  egallaydi.  Bir  paytning  o’zida
fortepiano  uchun  -  To’rtinchi  sonata,  “Tragicheskaya  poema”  (Fojeali  poema),
“Sataninskaya poema” ( Shayton poemasi) va prelyudiyalari yaratilgan.
 
1904-1910  yillari  Shveytsariya, Italiya, Frantsiya, Amerika  Birlashgan
shtatlarida yashab ijod qilgan. Xorijda Skryabin orkestr uchun “Poema ekstaza”,
Beshinchi sonata kabi yirik shaklli asarlarini yaratdi. Hayotining so’nggi 1910-1915
yillari Moskvada o’tdi. Rossiya,  Gollandiya, Angliya kabi shaharlariga kontsert
safarlarini amalga oshirdi. Bu paytga kelib, uning ijodi rus musiqa hayotida yanada
ko’rimli  joyni  egallaydi.  Bu  davrda  orkestr,  fortepiano  va  xor  uchun  so’zsiz
kuylaydigan “Prometey”( Poema ognya, Olov poemasi) simfonik poemasini, 5 ta
sonata “ K plameni” ( Alanga uchun) poemasini, fortepiano uchun p’esalarlarni
yaratadi.  Skryabinda,  san’at  turli  ko’rinishlarini  bir  butunlikka  birlashtiruvchi
“Misteriya”(O’rta asrlarda diniy drama) buyuk asarini yaratish fantastik g’oyasi
tug’ildi.  U  san’at  sintezini  orzu  qilar  edi.  “Prometey”  partiturasiga  mavjud
bo’lmagan, cholg’uga atalgan, bo’lak nota yo’lagini olib kirdi. Shu bilan birga
ma’lum mavzu va garmoniyaga muvofiq holda, zal qizil, ko’k va boshqa ranglar
to’lqinida yoritilishi kerak.
 
Logotip
nazariyadan, Arenskiy sinfida kompozitorlikdan saboq ola boshlagan. Aleksandr Nikolaevich Skryabin umri mobaynida ikki marotaba uylangan bo’lib birinchi rafiqasi Vera Ivanovna Skryabina (Isakovich), ikkinchi rafiqasi esa Tatyana Fedorovna Shletser edi. Uning ijodiy yo’lini uch davrga bo’lamiz. Ilk ijod davri 80-90 yillar oxiri. 1894-yil Skryabin Moskva konservatoriyasi professori bo’lib o’zining pedagogik qobiliyatini ko’rsatdi. U Rossiya va xorijda kontsert chiqishlarini bergan. Bunda, Skryabinning asarlarini nashriyotdan chiqargan, Skryabinning xorijiy kontsert safarlariga homiylik qilgan Belyaev unga katta yordam ko’rsatdi. Skryabinning 90-yillaridagi ijodi ancha xarakterli bo’lib ular orasidagi fortepiano uchun yozilgan asarlari yorqin, ifodali mazmun kasb etdi. Bular ”Uchinchi sonata”, bir qator prelyudiyalar va etyudlardir. Ijodining ikkinchi davri 1900-1909 yillarga to’g’ri keladi. Bu davr Skryabin uchun “gullab yashnash” davri bo’ldi. Birinchi, Ikkinchi, Uchinchi, (“Ilohiy poema”) simfoniyalari ko’rimli o’rinni egallaydi. Bir paytning o’zida fortepiano uchun - To’rtinchi sonata, “Tragicheskaya poema” (Fojeali poema), “Sataninskaya poema” ( Shayton poemasi) va prelyudiyalari yaratilgan. 1904-1910 yillari Shveytsariya, Italiya, Frantsiya, Amerika Birlashgan shtatlarida yashab ijod qilgan. Xorijda Skryabin orkestr uchun “Poema ekstaza”, Beshinchi sonata kabi yirik shaklli asarlarini yaratdi. Hayotining so’nggi 1910-1915 yillari Moskvada o’tdi. Rossiya, Gollandiya, Angliya kabi shaharlariga kontsert safarlarini amalga oshirdi. Bu paytga kelib, uning ijodi rus musiqa hayotida yanada ko’rimli joyni egallaydi. Bu davrda orkestr, fortepiano va xor uchun so’zsiz kuylaydigan “Prometey”( Poema ognya, Olov poemasi) simfonik poemasini, 5 ta sonata “ K plameni” ( Alanga uchun) poemasini, fortepiano uchun p’esalarlarni yaratadi. Skryabinda, san’at turli ko’rinishlarini bir butunlikka birlashtiruvchi “Misteriya”(O’rta asrlarda diniy drama) buyuk asarini yaratish fantastik g’oyasi tug’ildi. U san’at sintezini orzu qilar edi. “Prometey” partiturasiga mavjud bo’lmagan, cholg’uga atalgan, bo’lak nota yo’lagini olib kirdi. Shu bilan birga ma’lum mavzu va garmoniyaga muvofiq holda, zal qizil, ko’k va boshqa ranglar to’lqinida yoritilishi kerak.
2.  Musiqiy  tili.  Skryabin  XIX  asr  oxiri  va  XX  asr  boshlaridagi  badiiy
madaniyatning yirik namoyondalaridan biridir. Skryabin o’zining tovush dunyosini,
obrazlar tartibini, ifodalar vositasini yaratgan dadil targ’ibotchidir. Musiqiy tilidagi
yangi  xususiyatlar  uning  garmoniyasida  yorqin  ifoda  kasb  etdi.  Yangi  ifodali
vositalarni  topishda  izlanish  Skryabinning ijodiy  yo’lidir. Rimskiy-Korsakov  va
boshqa bir kompozitorlar (ayniqsa List va Vagner) uslublarini rivojlantirgan holda,
Skryabin o’zining uslubiga xos, asta-sekin boyitilgan va o’tkir garmoniya, spetsifik
xususiyatlariga  keladi.  Nonakkordlarning  keng  qo’llanilishi  Skryabin  garmonik
tilining xususiyatiga kiradi.
Skryabin musiqasining usuliga kelsak u impulsli, tezkordir. Urg’uning keskinligi,
muayyan aniqlikga ega bo’lmagan variantlarning ko’pliligi, yangi usul tarkibida
takrorlanayotgan mavzu, tovush tusining ko’pliligi Skryabin musiqasiga notinch,
besabrlik xarakterini beradi.
 
3. Fortepiano ijodi. Skryabin iste’dodli pianist. Skryabin o’z ijrosida asabiy
hissiyotni va shu bilan birga ilhomlantiruvchi ohang tusining bukiluvchanligini,
sur’at va usulning o’zgaruvchanligini, nozik tovushlilik ranglarining turliligini va
boyligini pedalizatsiya texnikasi mahorati orqali etkazib bera olar edi. “Unda go’zal
va yumshoq tovush maftunkorligi, barmoqlarida aniq harakatlilik bor bo’lib royal
kichik passajlarda ajoyib mislsiz yangrar edi“, deb eslagan pianist M. A. Pressman. “
Skryabin ijrosi aniq badiha kabi, sirli, ishqiy bo’lib, uning texnikasi xaqida gapirish
kerak emas . Uning o’yinini eshitayotib, texnikasi xaqida o’ylamaysiz, hayolingizga
ham  kelmaydi.  Uni  faqat  tinglab,  ijodiy  irodasi  bilan  sizni  tinglashga  va
hayajonlanishga majbur qilayotgani ----Buyuk san’at ekanligiga amin bo’lib, bosh
egasiz”,  deb  xarakterlagan  ekan,  Skryabin  ijrosi  ashaddiy  ixlosmandi  bo’lgan
taqrizchilardan biri .
Fortepiano asarlari uning asarlari ichida katta qismni tashkil etadi. Kontsert , 10 
ta sonata , si minorli fantaziya, “Tragicheskaya“(Fojeali),“Sataninskaya”(Shaytoniy),
“ K plameni” (Alanga uchun) poemalari, noktyurn kabi asarlari yirik asarlar sirasiga 
kiradi. Ijodida miniatyuralar ham katta qismni tashkil qiladi: prelyudiyalar, etyudlar, 
noktyurnlar, mazurkalar, ekspromtlar. Kompozitorning falsafiy-estetik qarashlarini 
aks ettiruvchi “Zagadka” (Jumboq), “Ironiya”(Hazil), “Maska” (Niqob), “Strannost” 
(Ajiblik) kabi poemalari ajoyib sirli nomlarga ega.
Logotip
2. Musiqiy tili. Skryabin XIX asr oxiri va XX asr boshlaridagi badiiy madaniyatning yirik namoyondalaridan biridir. Skryabin o’zining tovush dunyosini, obrazlar tartibini, ifodalar vositasini yaratgan dadil targ’ibotchidir. Musiqiy tilidagi yangi xususiyatlar uning garmoniyasida yorqin ifoda kasb etdi. Yangi ifodali vositalarni topishda izlanish Skryabinning ijodiy yo’lidir. Rimskiy-Korsakov va boshqa bir kompozitorlar (ayniqsa List va Vagner) uslublarini rivojlantirgan holda, Skryabin o’zining uslubiga xos, asta-sekin boyitilgan va o’tkir garmoniya, spetsifik xususiyatlariga keladi. Nonakkordlarning keng qo’llanilishi Skryabin garmonik tilining xususiyatiga kiradi. Skryabin musiqasining usuliga kelsak u impulsli, tezkordir. Urg’uning keskinligi, muayyan aniqlikga ega bo’lmagan variantlarning ko’pliligi, yangi usul tarkibida takrorlanayotgan mavzu, tovush tusining ko’pliligi Skryabin musiqasiga notinch, besabrlik xarakterini beradi. 3. Fortepiano ijodi. Skryabin iste’dodli pianist. Skryabin o’z ijrosida asabiy hissiyotni va shu bilan birga ilhomlantiruvchi ohang tusining bukiluvchanligini, sur’at va usulning o’zgaruvchanligini, nozik tovushlilik ranglarining turliligini va boyligini pedalizatsiya texnikasi mahorati orqali etkazib bera olar edi. “Unda go’zal va yumshoq tovush maftunkorligi, barmoqlarida aniq harakatlilik bor bo’lib royal kichik passajlarda ajoyib mislsiz yangrar edi“, deb eslagan pianist M. A. Pressman. “ Skryabin ijrosi aniq badiha kabi, sirli, ishqiy bo’lib, uning texnikasi xaqida gapirish kerak emas . Uning o’yinini eshitayotib, texnikasi xaqida o’ylamaysiz, hayolingizga ham kelmaydi. Uni faqat tinglab, ijodiy irodasi bilan sizni tinglashga va hayajonlanishga majbur qilayotgani ----Buyuk san’at ekanligiga amin bo’lib, bosh egasiz”, deb xarakterlagan ekan, Skryabin ijrosi ashaddiy ixlosmandi bo’lgan taqrizchilardan biri . Fortepiano asarlari uning asarlari ichida katta qismni tashkil etadi. Kontsert , 10 ta sonata , si minorli fantaziya, “Tragicheskaya“(Fojeali),“Sataninskaya”(Shaytoniy), “ K plameni” (Alanga uchun) poemalari, noktyurn kabi asarlari yirik asarlar sirasiga kiradi. Ijodida miniatyuralar ham katta qismni tashkil qiladi: prelyudiyalar, etyudlar, noktyurnlar, mazurkalar, ekspromtlar. Kompozitorning falsafiy-estetik qarashlarini aks ettiruvchi “Zagadka” (Jumboq), “Ironiya”(Hazil), “Maska” (Niqob), “Strannost” (Ajiblik) kabi poemalari ajoyib sirli nomlarga ega.