Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887)
Reja:
1.Hayotiy va ijodiy yo’li.
2. Ijodiga xarakteristika.
3.”Knyaz Igor” operasi.
4. Simfonik ijodi.
1.Hayotiy va ijodiy yo’li. Aleksandr Porfirevich Borodin--kompozitor ,yirik
olim – ximik, jamoat arbobi va musiqiy tanqidchidir. U “Knyaz’ Igor” buyuk operasi,
simfoniyalar, kamer cholg’u va fortepiano asarlari, Borodinning o’z she’rlariga
yozilgan romans, qo’shiqlarining avtoridir. Borodin musiqa xaqida ko’plab maqolalar
yozgan, adabiyot va musiqiy tanqid javhalarida ham o’z ishlari bilan mashhurdir.
Pedagoglik sohasida ham faoliyat yuritib 42 tadan oshiq ilmiy ishlar muallifidir.
Bular, Borodin yaratib ketgan ishlarning to’liq ro’yxati emas. 60-yillar rus musiqa
madaniyatining daho namoyondalari o’ziga xos keng dunyo qarashlari bilan ajralib
turar edilar. Borodin qudratli yirik olim va buyuk kompozitor, adabiyotni ham yaxshi
tushunishidan, fikrlarining aniq va teranligi bilan ajralib turar edi. Bir so’z bilan
aytganda u go’zal, kelishgan, mehribon zukko, hayotiy kuch quvvatga ega inson edi.
Aleksandr Porfirevich Borodin 1833-yil 11 noyabr Peterburg shahrida tug’ilgan.
Aleksandr Porfirevich Borodinning asl otasi gruzin millatiga mansub knyaz Luka
Stepanovich Gedeanov bo’lib, onasi esa oddiy mayda savdogar-askar oilasidan
bo’lgan Avdotya Konstantinovna Antonova edi. Borodin o’z familiyasini knyaz
xizmatkori Porfiriy Ionovich Borodindan meros qilib olgan, uning onasi oddiy oiladan
bo’lganligi uchun knyaz bolaga o’z familiyasini berishi mumkin emas edi. Ilk
bolaligidan boshlab uning musiqaga qiziqishi va xarakterida maqsadga intiluvchanlik
xislatlari paydo bo’la boshladi. O’qituvchilarining rahnamoligi ostida fortepiano va
fleyta musiqa cholg’ularida va violonchel cholg’usida mustaqil chalishni o’rgana
boshladi. Borodinda kompozitorlik qobiliyati erta boshlandi. Bolaligida fortepiano
uchun polka, fleyta uchun kontsert, ikkita skripka va violonchel uchun trio asarlarini
yaratgan. O’zining do’sti bilan Betxoven, Gaydn va Mendelson asarlarini
fortepianoda 4 qo’lda ijro etishar edi.
Borodinni yoshligidan ikkita hissiyot qiziqtirar edi: musiqaga bo’lgan qiziqish va
ximiyaga bo’lgan qiziqish. Borodinning ijodiy etuklik davrida ximiyachi olimlar
“Borodinni musiqa ilm fandan chalg’itmoqda“deb o’pkalanishsa, musiqa
namoyondalari “ Ilm fan unga musiqa bilan shug’ullanishga xalaqit bermoqda “ deb
ayblashar edi.
1850-yilda Borodin Peterburgdagi Tibbiy xirurgik akademiyasiga o’qishga kiradi.
Bu erda u ximiyani chuqur o’zlashtira boshladi. U o’qituvchisi, do’sti va rahbari
bo’lgan professor N.Zininning sevimli o’quvchilaridan biri edi. N.Zininning
laboratoriyasida ko’p yillar mobaynida o’tkazgan tashviqotlari mobaynida
M.Butlerov bilan do’stlashadi va tez orada Borodin olim bo’lib etishadi.
Ammo Borodin musiqani unutmagan holda ansambl jamoalarida chalar va romans,
kamer ansambl uchun asarlar yaratar va havaskor to’rtlik kvartet kichik jamoalarida
chalar edi.Glinkaning “Ivan Susanin” operasini yoddan bilar edi. Akademiyada
ishlash bilan birgalikda u musiqa garmoniyasi va polifoniyasini ham o’rganib borar
edi. 1855-yilda Borodinga imtiyozli tabib diplomi topshiriladi. Keyingi yilda Borodin
harbiy gospital shifoxonasining ikkinchi ordinatori bo’lib tayinlanadi. Shunday qilib
uning hayotida uchinchi yo’l, tibbiyotga bo’lgan yo’l ochiladi. Bu gospitalda u
keyinchalik eng yaqin do’sti bo’lib qoladigan ofitser Modest Petrovich Musorgskiy
bilan tanishadi.
Borodinning doktorlik dissertatsiyasiga tanlagan mavzusi tibbiyotdan ko’ra
ximiyaga yaqinroq edi. 1858-yilda dissertatsiyani omadli himoya qilib, “Tibbiyot
fanlari doktori” nomiga sazovor bo’ldi va shu davrdan boshlab ximiya kafedrasida
assistent lavozimida ishlay boshladi. Yosh mutaxassis sifatida uni xorijga safariga,
komandirovkaga jo’natishadi 1859-yilda Borodin, Evropaning ilmiy markazi
hisoblanmish Germaniyaning Geydelburg shahridagi eng qadimiy universitetiga
keladi. Bu erda, kelajakda mashhur bo’lgan fiziolog I.M.Sechenov, vrach S.P.Botkin,
ximik Dmitriy Ivanovich Mendeleev kabi yosh mutaxassilar bilan do’stlashadi.
Komandirovka nihoyasida Borodin ko’plab ilmiy ishlarni yaratdi.
Geydelberg shahrida keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan iste’dodli rus pianinochisi
Ekaterina Sergeevna Protopova bilan tanishadi. Bu ayol Betxoven, Shuman, List kabi
kompozitorlarning fortepiano uchun yaratgan asarlarini juda yaxshi bilar edi. Aynan
shu ayol, Borodinning musiqa olamiga kirib kelishiga yordam berdi. Borodin Shuman
va Shopen kabi kompozitorlar ijodining ixlosmandiga aylandi. 1862-yilda Borodin
Rossiyaga qaytib keldi va ximiya tibbiy-xirurgiya kafedrasiga professor bo’lib
tayinlanganidan so’ng, ximiya sohasida yangi ilmiy izlanishlar qilishga kirishib ketdi.
Borodinning Balakirev bilan bo’lgan tanishuvi uning hayotida keskin o’zgarishlar
bo’lishiga turtki bo’ldi. Borodinning Balakirev, Stasov va “Qudratli To’da”ning
qolgan a’zolari ta’siri ostida kompozitorlik faoliyati boshlandi. Borodinda Glinka kabi
musiqiy estetik dunyoqarashlari paydo bo’ldi. Uning ilk asarlarida “milliy epik”
,“mardlilik” tematikasidagi ko’rinishlar paydo bo’la boshladi. “Qudrat To’da”
to’garagiga a’zo bo’lganidan boshlab rus xalq milliy maktabining mustaqil etuk
kompozitorlik xususiyati paydo bo’la boshladi unda. Rafiqasi Protopovaning
salomatligi og’irlashgani sababli, ular Italiyaga ketishadi. Italiyada Borodinni iliq
kutib olishadi va uning tasarrufiga qulay sharoitda bo’lgan ajoyib laboratoriyani
berishadi. U tezda italyan tilini o’zlashtirib olish bilan birga fizikani ham o’rgana
boshlaydi . Ishdan bo’sh paytlarida 2 ta skripka 2 ta alt skripka va violonchel uchun
kvintet va fortepiano 4 qo’l ijrosi uchun tarantella asarlarini yozadi.
1862-69 yillarda, Borodin o’zining “Bogato’ri” (Pahlavonlar) nomli birinchi
simfoniyasini yaratadi. « Spyahaya knyajna»( Uxlayotgan knyazning uzatilmagan
qizi), «Morskaya tsarevna” (Dengiz malikasi), “Pesnya temnogo lesa”( Zulmatli
o’rmon qo’shig’i) romanslari, “More”(Dengiz) dramatik balladasi, “Otravoy polno’
pesni moi” (Qo’shiqlarim zaharga to’la), “Falshivaya nota” kabi lirik romanslari uning
asarlaridir. 1869-yilda Balakirev rahbarligida, sahnada ijro etilgan Borodinning
birinchi simfoniyasi omadli namoyish etiladi. Shu davrdan boshlab, Borodin to’garak
a’zolari oldida nafaqat yirik olim va jamoat arbobi sifatida, balki yorqin, iste’dodli
kompozitor sifatida ham tan olinadi. O’zining kompozitorlik qobiliyatiga ishona
boshlagan Borodin “Knyaz’ Igor” operasi va 2 chi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi.
Stasov uning 2 chi simfoniyasini “ Bogato’rskaya” deb bejiz nomlamagan. Borodin
o’zining kompozitorlik faoliyatiga juda ham jiddiy yondashgan. Borodin “Knyaz
Igor”operasi ustida 18 yil davomida ishlaganiga qaramasdan operani tugatishga ulgura
olmagan, bunga sabab uning ilm, jamoat va pedagoglik sohalarida bandligi edi.
Hayotining so’nggi 10 yilligida biz Borodinni kompozitor sifatida ko’ramiz. 1877-
yilda venger kompozitori va pianinochisi Ferents List bilan tanishuvi natijasida
Baden-Baden shahrida uning birinchi simfoniyasi namoyish etilgan. 1879-81 yillarda
Borodin “Knyaz Igor”operasiga bir qancha sahnalarni, birinchi kamonli kvartetini, “V
sredney Azii” (O’rta Osiyoda) deb nomlangan simfoniyasini, bir talay romanslarni
yaratgan bo’lib, uchinchi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. 1882-yilda “Rus musiqa
jamiyati” Moskva kontsertida uning ikkinchi kamonli kvartetining 3 chi qismi
(“Noktyurn”) omadli ijro etiladi, bu asarni rus lirik qo’shig’ining marvaridi desak
adashmaymiz. Bu kvartet Peterburgda ham ijro etilgan.
1877-yilda Borodinning xorijga bo’lgan safari boshlanadi u erda kompozitorning
asarlari ijro etiladi. Borodin xorijda ko’plab frantsuz, nemets, belgiya muzikantlari
bilan tanishadi. Borodinning simfoniyalari va kvartetlari Evropa va Amerika kabi
xorij mamlakatlarida juda mashhur bo’lgan. 1886-yilda Antverpen shahrida uning
asarlari juda tantanali qabul qilingan.
1887-yil 15 fevral kuni Borodin yurak xurujidan vafot etgan. Vafot etgan kunining
erta tongida kompozitor uchinchi simfoniyasining tugallanish qismini yozayotgan edi.
Simfoniyani nihoyasiga etkazishga ulgura olmadi. Simfoniyani, Borodin xotirasini
xotirlab Glazunov nihoyasiga etkazgan. Tugallanmagan “Knyaz Igor” operasini esa
Glazunov va Rimskiy- Korsakov kabi kompozitorlar yozib va orkestrlashtirib
nihoyasiga etkazib qo’yishgan.Opera premerasi 1890-yilda birinchi bor Peterburgda
va 1898- yil Moskva shahrida namoyish etilgan. Bu opera- opera teatrlari asarlar
dasturining sevimli operalaridan biri hisoblanadi.
Nazorat savollari:
1.1.1. Borodin “ Knyaz Igor “ operasini nechchi yil yozgan?
1.1.2. Borodinning otasi kim bo’lgan?
1.1.3. Borodin musiqa faoliyati bilan birga qaysi sohada ham ham faoliyat
yuritgan?
1.2.1. Borodinning rafiqasi kim bo’lgan?
1.2.2. Borodin ijodida yaratilgan nechta simfoniya mavjud?
1.2.3. Borodin qachon vafot etgan?
2-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Aleksandr Porfirevich
Borodin ijodiga xarakteristika beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Aleksandr Porfirevich Borodin ijodiga xarakteristika beradi.
2- masalaning asosiy bayoni:
2. Ijodiga xarakteristika. Borodin musiqiy me’rosiga xarakteristika berishdan
oldin Borodinning shaxsini tavsiflaymiz. Borodin rus ilm-fani va rus olimlarining
qiziqishlarida mustaqil yo’nalishni lozim topgan inson edi. U avvalambor rus ilm-
fanini va rus musiqasi yutuqlarini xorijda targ’ib qilinishini tarafdori bo’lgan.
Borodinda rus jamiyati oldidagi javobgarlik hissi kuchli bo’lgan. 1870- yillarda
“Xotin qizlar tabibchilik kurslarida”, “Pedagoglik va ilmiy jamoatchilik ishlari”da
ulkan ishlarni olib borgan. “Rus ximiklar jamiyati” qoshidagi “Rus tabiblari
jamiyati”da tashabbuskor insonlardan biri bo’lgan. U ilm-fan va san’at sohalarida bir
so’z bilan aytganda, entsiklopediya darajasida oliy, serqirrali ma’lumotga ega bo’lgan.
U har bir sohadagi o’z ishlariga ma’suliyatlik va javobgarlik hissi bilan yondashgan.
O’zining qarashlari va ishga va insonlarga bo’lgan munosabatlari bilan barchaga
o’rnak bo’la olgan. Borodinni juda hurmat qilgan musiqiy tanqidchi Stasov Borodin
xaqida barcha ma’lumotlarni to’plab, 1889-yil “A.P. Borodin : Ego jizn perepiska i
muzo’kalno’e stati” nomli, kompozitorning biografiyasi tushirilgan kitobni yozgan.
Hozirgi kunda bu kitob Borodinning hayoti va ijodi dokumentlashtirilgan, hujjatiy
kitob hisoblanadi. Glinkaning an’analarini davom ettirgan holda, Borodin rus
simfonizmining yangi mustaqil epik ko’rinishini va shu bilan birga rus epik operasini
yaratdi. A.S. Pushkin, M.I.Glinka, Borodin kabi insonlar hayotni kuch va quvonchga
to’la tarzda, rus xalqining qudratli ruhiga ishongan holda, hayotga ishonuvchanlik,
optimistik ruhda qarashgan. Borodinning epik obrazlari rus tarixi va xalq qahramonlik
eposidan olingan.
Shu qatorda Borodin asarlarida ravon, mardona va shu bilan bir qatorda ehtirosli
lirika yo’g’rilgan. Kulgu va askiyaga to’la obrazlari ham yo’q emas, masalan “Knyaz
Igor” operasidagi Skula va Eroshka obrazlari, simfoniya va kvartetlardagi skertso,
“Spes”(Kibr-havo), “Serenada cheto’rex kavalerov”( To’rt kavalerlar qo’shig’i) kabi
romanslaridir.
Rus obrazlari bilan bir qatorda, Sharq obrazlari ham bor. Borodin musiqiy
dramaturgiyasidagi asosiy printsiplar, ichki g’oyaviy va qarama- qarshili tugallangan
obrazlarni o’z ichiga oladi. Uning musiqasi xuddi bir tarix kabi, voqealarning sekin
rivojlanishi, insonlar va tabiat obrazlari kabidir.
Borodin musiqasi sonata shaklida rivojlangan, uch qismli kontsentratsiyalidir
(Zich joylashuv). Borodin musiqasi, rus dehqon qo’shiqlari kabi sokin, ravon va
tuzilishi tomonidan davriyasizdir.
Borodin garmoniyada o’zini novator sifatida ko’rsatdi.Uning garmoniyasi go’zal
va rang-barang, turli-xil ladlar, kvarta va sekunda akkordlari tuzilmasidan, asosan
diatonika va ba’zi paytda chiroyli xromatizmlardan iborat.
Nazorat savollari:
2.1.1. Borodin qaysi jamoatchilik ishlarida ulkan ishlar olib borgan?
2.1.2. Musiqiy tanqidchi Stasov Borodin xaqida qanday kitob yaratgan?
2.1.3. Borodin musiqasining garmoniyasiga ta’rif bering?
2.1.4. “Serenada cheto’rex kavalerov” romansi muallifi kim?
3-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Aleksandr Porfirevich
Borodinning “ Knyazb Igor” operasi xaqida tushuntirib beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
3.1. “ Knyaz Igor” operasi yaratilishi tarixi bilan tanishadi.
3.2. “ Knyaz Igor” operasining adabiy syujeti bilan tanishadi.
3- masalaning asosiy bayoni:
3.”Knyaz Igor” operasi. Borodinning eng katta ahamiyatga ega musiqasi,
milliy qahramonona eposga tegishli bo’lgan asari “Knyaz Igor.” operasidir. XII asr
madaniyatining qadimiy rus haykali “Slovo o polku Igoreve” opera syujetini
Borodinga Stasov taklif etgan. Bu voqeada erga ega bo’lgan rus xalqi va o’troq Sharq
xalqi o’rtasidagi yorqin fojeali asr kurashi aks etgan. Borodin bu voqea davrining
tarixiy materialini o’rganib chiqib, bir paytning o’zida “Knyaz Igor” operasiga libretto
yozadi. “Knyaz Igor” operasi 4 sahna va prologdan iborat. Bu operada, tarixiy xalq
musiqa dramasi, epos-doston ko’rinishlari yoritilgan. Opera 18 yil yozilsada
nihoyasiga etkazilmgan edi. Borodin xotirasiga bag’ishlab A.K.Glazunov avtor
xomaki nusxasi va dastlabki namunalaridan asolanib etishmayotgan epizodlarni
tamomlab qo’ygach, N.A. Rimskiy-Korsakov katta qismini cholg’ulashtirdi.” Igorev
qo’shini xaqida so’z” Shimoliy Novgorod knyazi Igor Svyatoslavichning
qipchoqlarga yurgan qo’shini xaqidadir.
“Knyaz Igor”operasi mavzusi: Qadim rus Putivle shahri hokimi knyaz Igor
o’z qo’shini bilan qipchoqlarga yurish qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Xalq
tantana bilan knyazni sharaflamoqda.To’satdan erni qorong’ulik qoplab, quyosh
tutiladi. Buni yomonlik nishonasiga yo’ygan xalq va boyonlar (boyarlar) knyazga
safarni qoldirish kerak ekanligini aytib, ko’ndirmoqchilar. Knyaz rafiqasi Yaroslavna
ham unga qolishi kerak ekanligini uqtirib, yalinmoqda. Igor o’z so’zidan qaytmoqchi
emas. Rafiqasini, uning akasi Vladimir Galitskiy qaramog’iga topshirib, dushman
bilan jang qilish uchun qo’shin tortib ketadi. Galitskiy Igor ketganidan foydalanib,
qarol, cho’ri, malaylar bilan araqxo’rlik qilib, o’zboshimchalik qila boshlaydi. Ziyofat
tepasida Igor qo’shinidan qochib kelgan Skula va Eroshkalar turadi. Anchadan beri
Putivle hokimligini qo’lga kiritish orzusida bo’lgan Galitskiy saroy ichida yashovchi
xalqga zulm qilib, jabrlashni boshlaydi. Qo’rslik bilan bir qizni o’g’irlab olib keladi.
Qizni qo’yib yuborishini iltimos qilib kelgan dugonalarini haydab yuboradi. Ularni
xafa qilgan surbet, dilozordan himoya qilishni Yaroslavnadan iltimos qilishadi.
Yaroslavna akasining qilmishlarini qoralagan taqdirda ham unga kuchi etmasligini
tushunar edi. Boyonlar yomon xabar olib kelishadi. Igor qo’shini engilib, o’zi
yaralangan va o’g’li bilan birga asrlikka olingan edi. Putivlega esa qipchoqlar qo’shin
tortib kelayotgan edilar. Xavf xatar bonglari eshitilmoqda.
Qipchoqlar qarorgohida oqshom. Qipchoq qizlari o’z qo’shiq-raqslari bilan
qipchoq xoni Konchakov qizi ko’nglini olmoqdalar. Ammo u Igor o’g’li Vladimirni
sevib qolgan. Igor og’ir o’yga tolgan. Sodiq Ovlur unga qochishni taklif qilmoqda.
Igor asrlikdan qutulishni orzu qilsada, sirli ravishda qochib ketishni o’ziga ep ko’rmay
ikkilanmoqda. Uning olijanobliligi va jasoratiga qoyil qolgan Konchakov xoni Igorni
faxrli mehmoni deb biladi. Xon uni mehmoni sifatida ozod qilmoqchi, faqat Igor
qipchoqlarga boshqa qilich ko’tarmaslikka so’z berishi kerak. Igor agar ozodlikka
erishsa, qipchoqlarga yana qo’shin tortib kelishini dadil aytadi. Knyazning o’y
fikrlarini tarqatish maqsadida xon qizlarga qo’shiq aytishlarini amr qiladi.
Qipchoq xoni qo’shini Putivle shahridan boy o’lja bilan qaytib kelayotganini
eshitgan Igor qochishga ahd qiladi.Ovlur bilan kelishgan holda soqchilar uyquga
ketganida qochishni rejalashtiradilar. Bu suhbatdan xabar topgan xon qizi
Vladimirdan uni tashlab ketmasligini yalinib yolvoradi. Qizga befarq bo’lmagan
Vladimirni Vatan oldidagi vazifasi burchi hissi qiynaydi va qochishga ahd qiladi. Xon
qizi uxlayotgan soqchilarni uyg’otib, qochayotgan Vladimirni olib qoladi.
G’azablangan qipchoqlar xondan Vladimirni qatl etishlarini talab qiladi, ammo Xon
Vladimirni o’zining kuyovi deb e’lon qiladi.
Putivle erta tongida, shahar devori oldida Yaroslavna achchiq alam bilan
yig’lamoqda. U shamolga, quyoshga va Dnepr daryosiga murojaat qilib, sevimli
Igorni qaytarib berishlarini so’ramoqda. Uzoqdan otliqlar paydo bo’ladi. Ular Igor va
Ovlurdir. Ularni esankirab qolgan Skula va Eroshkalar ko’radi. Mug’ombir, ziyrak
Skula qo’ng’iroq bonglarini urib, birinchi bo’lib Knyaz qaytib kelayotgani xaqida
xalqga xabar berish lozimligini taklif qiladi. Uning bu mug’ombirlik taklifi qo’l kelib,
xursandchilik xabarini olib kelganlari uchun kechiriladilar. Xalq bilan birga ular
Igorni sharaflaydilar.
Nazorat savollari:
3.1.1. Borodin “ Knyaz Igor” operasini qaysi tarixiy materialga asoslanib yaratgan?
3.1.2. “ Knyaz Igor” operasi librettosini kim yozgan?
3.2.1. Igor personaji xaqida so’zlab bering?
3.2.2. “ Knyaz Igor” operasidagi Galitskiy personaji xaqida so’zlab bering?
4-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Aleksandr Porfirevich
Borodinning simfonik ijodi xaqida tushuntirib beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
4.1. Borodinning simfonik ijodi bilan tanishadi.
4 - masalaning asosiy bayoni:
4.
Simfonik
ijodi.
Borodin
rus
klassik
simfoniyalarini
yaratgan
kompozitorlardan biridir. Uning birinchi simfoniyasi Rimskiy-Korsakov va
Chaykovskiyning simfoniyalari bilan bir paytda paydo bo’ldi. Bu opera, rus
simfonizmidagi qahramonona-epik yo’nalishi boshlanishiga yo’l qo’yib berdi.
Borodin simfonik g’oyalarining xususiyatlari, birinchi simfoniyasi va 1876-yilda
yaratilgan “Bogato’rskaya”(Qahramonona) nomli ikkinchi simfoniyalarida yorqin
ifoda aks etdi. Bu simfoniyalar jahon xalq pahlavonlik dostonlari bilan aloqador,
qahramonona ruhiyatda yaratilgan. 1880-yilda yaratilgan “V sredney Azii”(O’rta
osiyoda) simfonik kartinasida qarama qarshi, rus ruhida bo’lgan qo’shiqlar va sharqiy
musiqiy ohanglari o’rtasidagi musiqiy ishlanmani ko’rishimiz mumkin. Musiqada
mardonavor ruh aksini kuchaytirish uchun Borodin butun orkestr unisonini(bir xil
balandlikda bo’lgan ovozlar o’zaro mosligini) ko’p ishlatgan.
Nazorat savollari:
4.1.1. Borodinning ikkinchi simfoniyasi qanday nom olgan?
4.1.2. “ V sredney Azii” simfonik kartinasi muallifi kim?
4.1.3. “ V sredney Azii” simfonik kartinasining musiqiy ishlanmasiga ta’rif bering.
5-asosiy masala bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Aleksandr Porfirevich
Borodinning romanslariga ta’rif beradi.
Identiv o’quv maqsadlari:
5.1. Borodinning romanslari xaqida ma’lumot oladi.
5 - masalaning asosiy bayoni:
5. Romanslari. Borodin kamer-vokal janrlarida Glinkaning an’analarini davom
ettirgan va yangilagan. Borodin tomonidan Pushkin, Nekrasov, A.Tolstoy, Geyne
matnlariga yozilgan 18 ta romans va qo’shiqlar yaratilgan. Borodinning she’rlariga
yozilgan romanslari ham yo’q emas. Borodin o’z romanslarida Dargomijskiy va
Musorgskiy kabi insoniy nutqga emas, asosan musiqa ohangiga e’tibor qaratgan.
Fortepiano ijrosi,uning uchun juda muhim edi. Rus qahramonlari eposi obrazlarini
romansga olib kirgan birinchi kompozitordir.
Musorgskiyning bevaqt o’limiga bag’ishlab 1881-yilda yozilgan “ Dlya beregov
otchizno’ dalnoy “ romansida fojeali hissiyotning kuchi va chuqurligi, sokinlik va
taqvodorlik xususiyatlari ifoda etilgan. Romans musiqasida afsus, nadomat hissiyoti
ifodalangan.
Nazorat savollari:
5.1.1. Borodin tomonidan nechta romans va qo’shiqlar yaratilgan?
5.1.2. Borodin o’z romanslarida asosan nimaga e’tibor qaratgan?
5.1.3. Borodinning “ Dlya beregov otchizno’ dalnoy “ romansi qaysi kompozitorga
bag’ishlangan?
Umumiy nazorat savollari:
1. A.P.Borodinning hayoti va ijod yo’lini kuzating.
2. Kompozitor siymosiga xarakteristika bering.
3. Borodinning ijodi va uslubiga xarakteristika bering.
4. “Knyaz Igor” operasi mavzusini aytib bering.
5. Borodinning simfonik ijodi.
6. A.P. Borodin ijodining ahamiyati.
Tinglash uchun tavsiya qilinadigan musiqiy asarlar:
1.”Pesnya temnogo lesa”
2. “Dlya beregov otchizno’ dalnoy”
3. Simfoniya №2 “Bogato’rskaya”(Qahramonona)
4. « Knyaz Igor» operasi .Uvertyura.
5. “ Knyaz Igor” operasidan « Polovetskie plyaski»
Tayanch iboralar:
1. Organno’y punkt pedal –bir tovushning basda uzoq vaqt cho’zilib turishi yoki
bir xil balandlikdagi tovushning basda qaytarilishi. Bu vaqt yuqorigi tovushlarda
muzika asarining akkordlari almashib turadi. Ikkinchi turli Organ punkti pedal deb
ataladi.
2. Ostinatnost- Musiqa asarida biron bir melodik yoki ritmik yoki garmonik
aylanmasining qaytarilib turishi. Boshqa tovush va ovozlarning mustaqil
rivojlanishida birlashadi, shakllangan muhim vazifani ijro etadi.
Foydalanilgan adabiyotlar :
1. A.N. Soxor .”A.P.Borodin” v kn. Russkaya muzo’kalnaya literatura. L. 1980. g.
2. A.P. Borodin v vospominaniyax sovremennikov. M. 1985 .g.
3. Yakovlev V. «Jizn muzo’ka Borodina» v kn. Izbranno’e trudo’ o muzo’ke. M. 1971.
g.
4. Elena Dulova « A.P.Borodin»Moskva « Detskaya literatura» 1990 g.
5. R.Dobrovenskiy «Kompozitor ihuhiy neizvestnosti» Povest o Borodine. Moskva «
Muzo’ka» 1978 g.
6. T.Popova « Borodin» Izdatelstvo «Muzo’ka» Moskva 1972 g.