Aleksandr Porfirevich Borodin (1833 -1887)
1. Borodinning hayotiy va ijodiy yo’li.
2. Borodin ijodiga xarakteristika.
3. Borodinning ”Knyaz Igor” operasi.
4. Borodin simfonik ijodi.
5. Borodin romanslari.
1.Hayotiy va ijodiy yo’li. Aleksandr Porfirevich Borodin--kompozitor ,yirik
olim – ximik, jamoat arbobi va musiqiy tanqidchidir. U “Knyaz’ Igor” buyuk
operasi, simfoniyalar, kamer cholg’u va fortepiano asarlari, Borodinning o’z
she’rlariga yozilgan romans, qo’shiqlarining avtoridir. Borodin musiqa xaqida
ko’plab maqolalar yozgan, adabiyot va musiqiy tanqid javhalarida ham o’z ishlari
bilan mashhurdir. Pedagoglik sohasida ham faoliyat yuritib 42 tadan oshiq ilmiy
ishlar muallifidir. Bular, Borodin yaratib ketgan ishlarning to’liq ro’yxati emas. 60-
yillar rus musiqa madaniyatining daho namoyondalari o’ziga xos keng dunyo
qarashlari bilan ajralib turar edilar. Borodin qudratli yirik olim va buyuk kompozitor,
adabiyotni ham yaxshi tushunishidan, fikrlarining aniq va teranligi bilan ajralib turar
edi. Bir so’z bilan aytganda u go’zal, kelishgan, mehribon zukko, hayotiy kuch
quvvatga ega inson edi.
Aleksandr Porfirevich Borodin 1833-yil 11 noyabr Peterburg shahrida
tug’ilgan. Aleksandr Porfirevich Borodinning asl otasi gruzin millatiga mansub
knyaz Luka Stepanovich Gedeanov bo’lib, onasi esa oddiy mayda savdogar-askar
oilasidan bo’lgan Avdotya Konstantinovna Antonova edi. Borodin o’z familiyasini
knyaz xizmatkori Porfiriy Ionovich Borodindan meros qilib olgan, uning onasi oddiy
oiladan bo’lganligi uchun knyaz bolaga o’z familiyasini berishi mumkin emas edi.
Ilk bolaligidan boshlab uning musiqaga qiziqishi va xarakterida maqsadga
intiluvchanlik xislatlari paydo bo’la boshladi. O’qituvchilarining rahnamoligi ostida
fortepiano va fleyta musiqa cholg’ularida va violonchel cholg’usida mustaqil
chalishni o’rgana boshladi. Borodinda kompozitorlik qobiliyati erta boshlandi.
Bolaligida fortepiano uchun polka, fleyta uchun kontsert, ikkita skripka va
violonchel uchun trio asarlarini yaratgan. O’zining do’sti bilan Betxoven, Gaydn va
Mendelson asarlarini fortepianoda 4 qo’lda ijro etishar edi.
Borodinni yoshligidan ikkita hissiyot qiziqtirar edi: musiqaga bo’lgan qiziqish
va ximiyaga bo’lgan qiziqish. Borodinning ijodiy etuklik davrida ximiyachi olimlar
“Borodinni musiqa ilm fandan chalg’itmoqda“deb o’pkalanishsa, musiqa
namoyondalari “ Ilm fan unga musiqa bilan shug’ullanishga xalaqit bermoqda “ deb
ayblashar edi.
1850-yilda Borodin Peterburgdagi Tibbiy xirurgik akademiyasiga o’qishga
kiradi. Bu erda u ximiyani chuqur o’zlashtira boshladi. U o’qituvchisi, do’sti va
rahbari bo’lgan professor N.Zininning sevimli o’quvchilaridan biri edi. N.Zininning
laboratoriyasida ko’p yillar mobaynida o’tkazgan tashviqotlari mobaynida
M.Butlerov bilan do’stlashadi va tez orada Borodin olim bo’lib etishadi.
Ammo Borodin musiqani unutmagan holda ansambl jamoalarida chalar va
romans, kamer ansambl uchun asarlar yaratar va havaskor to’rtlik kvartet kichik
jamoalarida chalar edi.Glinkaning “Ivan Susanin” operasini yoddan bilar edi.
Akademiyada ishlash bilan birgalikda u musiqa garmoniyasi va polifoniyasini ham
o’rganib borar edi. 1855-yilda Borodinga imtiyozli tabib diplomi topshiriladi.
Keyingi yilda Borodin harbiy gospital shifoxonasining ikkinchi ordinatori bo’lib
tayinlanadi. Shunday qilib uning hayotida uchinchi yo’l, tibbiyotga bo’lgan yo’l
ochiladi. Bu gospitalda u keyinchalik eng yaqin do’sti bo’lib qoladigan ofitser
Modest Petrovich Musorgskiy bilan tanishadi.
Borodinning doktorlik dissertatsiyasiga tanlagan mavzusi tibbiyotdan ko’ra
ximiyaga yaqinroq edi. 1858-yilda dissertatsiyani omadli himoya qilib, “Tibbiyot
fanlari doktori” nomiga sazovor bo’ldi va shu davrdan boshlab ximiya kafedrasida
assistent lavozimida ishlay boshladi. Yosh mutaxassis sifatida uni xorijga safariga,
komandirovkaga jo’natishadi 1859-yilda Borodin, Evropaning ilmiy markazi
hisoblanmish Germaniyaning Geydelburg shahridagi eng qadimiy universitetiga
keladi. Bu erda, kelajakda mashhur bo’lgan fiziolog I.M.Sechenov, vrach
S.P.Botkin, ximik Dmitriy Ivanovich Mendeleev kabi yosh mutaxassilar bilan
do’stlashadi. Komandirovka nihoyasida Borodin ko’plab ilmiy ishlarni yaratdi.
Geydelberg shahrida keyinchalik uning rafiqasi bo’lgan iste’dodli rus
pianinochisi Ekaterina Sergeevna Protopova bilan tanishadi. Bu ayol Betxoven,
Shuman, List kabi kompozitorlarning fortepiano uchun yaratgan asarlarini juda
yaxshi bilar edi. Aynan shu ayol, Borodinning musiqa olamiga kirib kelishiga
yordam berdi. Borodin Shuman va Shopen kabi kompozitorlar ijodining
ixlosmandiga aylandi. 1862-yilda Borodin Rossiyaga qaytib keldi va ximiya tibbiy-
xirurgiya kafedrasiga professor bo’lib tayinlanganidan so’ng, ximiya sohasida yangi
ilmiy izlanishlar qilishga kirishib ketdi.
Borodinning Balakirev bilan bo’lgan tanishuvi uning hayotida keskin
o’zgarishlar bo’lishiga turtki bo’ldi. Borodinning Balakirev, Stasov va “Qudratli
To’da”ning qolgan a’zolari ta’siri ostida kompozitorlik faoliyati boshlandi.
Borodinda Glinka kabi musiqiy estetik dunyoqarashlari paydo bo’ldi. Uning ilk
asarlarida “milliy epik” ,“mardlilik” tematikasidagi ko’rinishlar paydo bo’la
boshladi. “Qudrat To’da” to’garagiga a’zo bo’lganidan boshlab rus xalq milliy
maktabining mustaqil etuk kompozitorlik xususiyati paydo bo’la boshladi unda.
Rafiqasi Protopovaning salomatligi og’irlashgani sababli, ular Italiyaga ketishadi.
Italiyada Borodinni iliq kutib olishadi va uning tasarrufiga qulay sharoitda bo’lgan
ajoyib laboratoriyani berishadi. U tezda italyan tilini o’zlashtirib olish bilan birga
fizikani ham o’rgana boshlaydi . Ishdan bo’sh paytlarida 2 ta skripka 2 ta alt skripka
va violonchel uchun kvintet va fortepiano 4 qo’l ijrosi uchun tarantella asarlarini
yozadi.
1862-69 yillarda, Borodin o’zining “Bogato’ri” (Pahlavonlar) nomli
birinchi simfoniyasini yaratadi. « Spyahaya knyajna»( Uxlayotgan knyazning
uzatilmagan qizi), «Morskaya tsarevna” (Dengiz malikasi), “Pesnya temnogo
lesa”( Zulmatli o’rmon qo’shig’i) romanslari, “More”(Dengiz) dramatik balladasi,
“Otravoy polno’ pesni moi” (Qo’shiqlarim zaharga to’la), “Falshivaya nota” kabi
lirik romanslari uning asarlaridir. 1869-yilda Balakirev rahbarligida, sahnada ijro
etilgan Borodinning birinchi simfoniyasi omadli namoyish etiladi. Shu davrdan
boshlab, Borodin to’garak a’zolari oldida nafaqat yirik olim va jamoat arbobi
sifatida, balki yorqin, iste’dodli kompozitor sifatida ham tan olinadi. O’zining
kompozitorlik qobiliyatiga ishona boshlagan Borodin “Knyaz’ Igor” operasi va 2 chi
simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. Stasov uning 2 chi simfoniyasini “
Bogato’rskaya” deb bejiz nomlamagan. Borodin o’zining kompozitorlik faoliyatiga
juda ham jiddiy yondashgan. Borodin “Knyaz Igor”operasi ustida 18 yil davomida
ishlaganiga qaramasdan operani tugatishga ulgura olmagan, bunga sabab uning ilm,
jamoat va pedagoglik sohalarida bandligi edi.
Hayotining so’nggi 10 yilligida biz Borodinni kompozitor sifatida
ko’ramiz. 1877-yilda venger kompozitori va pianinochisi Ferents List bilan tanishuvi
natijasida Baden-Baden shahrida uning birinchi simfoniyasi namoyish etilgan. 1879-
81 yillarda Borodin “Knyaz Igor”operasiga bir qancha sahnalarni, birinchi kamonli
kvartetini, “V sredney Azii” (O’rta Osiyoda) deb nomlangan simfoniyasini, bir talay
romanslarni yaratgan bo’lib, uchinchi simfoniyasi ustida ishlay boshlaydi. 1882-
yilda “Rus musiqa jamiyati” Moskva kontsertida uning ikkinchi kamonli
kvartetining 3 chi qismi (“Noktyurn”) omadli ijro etiladi, bu asarni rus lirik
qo’shig’ining marvaridi desak adashmaymiz. Bu kvartet Peterburgda ham ijro
etilgan.
1877-yilda Borodinning xorijga bo’lgan safari boshlanadi u erda
kompozitorning asarlari ijro etiladi. Borodin xorijda ko’plab frantsuz, nemets,
belgiya muzikantlari bilan tanishadi. Borodinning simfoniyalari va kvartetlari
Evropa va Amerika kabi xorij mamlakatlarida juda mashhur bo’lgan. 1886-yilda
Antverpen shahrida uning asarlari juda tantanali qabul qilingan.
1887-yil 15 fevral kuni Borodin yurak xurujidan vafot etgan. Vafot etgan
kunining erta tongida kompozitor uchinchi simfoniyasining tugallanish qismini
yozayotgan edi. Simfoniyani nihoyasiga etkazishga ulgura olmadi. Simfoniyani,
Borodin xotirasini xotirlab Glazunov nihoyasiga etkazgan. Tugallanmagan “Knyaz
Igor” operasini esa Glazunov va Rimskiy- Korsakov kabi kompozitorlar yozib va
orkestrlashtirib nihoyasiga etkazib qo’yishgan.Opera premerasi 1890-yilda birinchi
bor Peterburgda va 1898- yil Moskva shahrida namoyish etilgan. Bu opera- opera
teatrlari asarlar dasturining sevimli operalaridan biri hisoblanadi.
2. Ijodiga xarakteristika. Borodin musiqiy me’rosiga xarakteristika
berishdan oldin Borodinning shaxsini tavsiflaymiz. Borodin rus ilm-fani va rus
olimlarining qiziqishlarida mustaqil yo’nalishni lozim topgan inson edi. U
avvalambor rus ilm-fanini va rus musiqasi yutuqlarini xorijda targ’ib qilinishini
tarafdori bo’lgan. Borodinda rus jamiyati oldidagi javobgarlik hissi kuchli bo’lgan.
1870- yillarda “Xotin qizlar tabibchilik kurslarida”, “Pedagoglik va ilmiy
jamoatchilik ishlari”da ulkan ishlarni olib borgan. “Rus ximiklar jamiyati” qoshidagi
“Rus tabiblari jamiyati”da tashabbuskor insonlardan biri bo’lgan. U ilm-fan va san’at
sohalarida bir so’z bilan aytganda, entsiklopediya darajasida oliy, serqirrali
ma’lumotga ega bo’lgan. U har bir sohadagi o’z ishlariga ma’suliyatlik va
javobgarlik hissi bilan yondashgan. O’zining qarashlari va ishga va insonlarga
bo’lgan munosabatlari bilan barchaga o’rnak bo’la olgan. Borodinni juda hurmat
qilgan musiqiy tanqidchi Stasov Borodin xaqida barcha ma’lumotlarni to’plab, 1889-
yil “A.P. Borodin : Ego jizn perepiska i muzo’kalno’e stati” nomli, kompozitorning
biografiyasi tushirilgan kitobni yozgan. Hozirgi kunda bu kitob Borodinning hayoti
va ijodi dokumentlashtirilgan, hujjatiy kitob hisoblanadi. Glinkaning an’analarini
davom ettirgan holda, Borodin rus simfonizmining yangi mustaqil epik ko’rinishini
va shu bilan birga rus epik operasini yaratdi. A.S. Pushkin, M.I.Glinka, Borodin kabi
insonlar hayotni kuch va quvonchga to’la tarzda, rus xalqining qudratli ruhiga
ishongan holda, hayotga ishonuvchanlik, optimistik ruhda qarashgan. Borodinning
epik obrazlari rus tarixi va xalq qahramonlik eposidan olingan.
Shu qatorda Borodin asarlarida ravon, mardona va shu bilan bir qatorda
ehtirosli lirika yo’g’rilgan. Kulgu va askiyaga to’la obrazlari ham yo’q emas,
masalan “Knyaz Igor” operasidagi Skula va Eroshka obrazlari, simfoniya va
kvartetlardagi skertso, “Spes”(Kibr-havo), “Serenada cheto’rex kavalerov”( To’rt
kavalerlar qo’shig’i) kabi romanslaridir.
Rus obrazlari bilan bir qatorda, Sharq obrazlari ham bor. Borodin musiqiy
dramaturgiyasidagi asosiy printsiplar, ichki g’oyaviy va qarama- qarshili tugallangan
obrazlarni o’z ichiga oladi. Uning musiqasi xuddi bir tarix kabi, voqealarning sekin
rivojlanishi, insonlar va tabiat obrazlari kabidir.
Borodin musiqasi sonata shaklida rivojlangan,
uch qismli
kontsentratsiyalidir (Zich joylashuv). Borodin musiqasi, rus dehqon qo’shiqlari kabi
sokin, ravon va tuzilishi tomonidan davriyasizdir.
Borodin garmoniyada o’zini novator sifatida ko’rsatdi.Uning garmoniyasi
go’zal va rang-barang, turli-xil ladlar, kvarta va sekunda akkordlari tuzilmasidan,
asosan diatonika va ba’zi paytda chiroyli xromatizmlardan iborat.
3.”Knyaz Igor” operasi. Borodinning eng katta ahamiyatga ega musiqasi, milliy
qahramonona eposga tegishli bo’lgan asari “Knyaz Igor.” operasidir. XII asr
madaniyatining qadimiy rus haykali “Slovo o polku Igoreve” opera syujetini
Borodinga Stasov taklif etgan. Bu voqeada erga ega bo’lgan rus xalqi va o’troq
Sharq xalqi o’rtasidagi yorqin fojeali asr kurashi aks etgan. Borodin bu voqea
davrining tarixiy materialini o’rganib chiqib, bir paytning o’zida “Knyaz Igor”
operasiga libretto yozadi. “Knyaz Igor” operasi 4 sahna va prologdan iborat. Bu
operada, tarixiy xalq musiqa dramasi, epos-doston ko’rinishlari yoritilgan. Opera 18
yil yozilsada nihoyasiga etkazilmgan edi. Borodin xotirasiga bag’ishlab
A.K.Glazunov avtor xomaki nusxasi va dastlabki namunalaridan asolanib
etishmayotgan epizodlarni tamomlab qo’ygach, N.A. Rimskiy-Korsakov katta
qismini cholg’ulashtirdi.” Igorev qo’shini xaqida so’z” Shimoliy Novgorod knyazi
Igor Svyatoslavichning qipchoqlarga yurgan qo’shini xaqidadir.
“Knyaz Igor”operasi mavzusi: Qadim rus Putivle shahri hokimi knyaz Igor o’z
qo’shini bilan qipchoqlarga yurish qilishga tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Xalq
tantana bilan knyazni sharaflamoqda.To’satdan erni qorong’ulik qoplab, quyosh
tutiladi. Buni yomonlik nishonasiga yo’ygan xalq va boyonlar (boyarlar) knyazga
safarni qoldirish kerak ekanligini aytib, ko’ndirmoqchilar. Knyaz rafiqasi Yaroslavna
ham unga qolishi kerak ekanligini uqtirib, yalinmoqda. Igor o’z so’zidan qaytmoqchi
emas. Rafiqasini, uning akasi Vladimir Galitskiy qaramog’iga topshirib, dushman
bilan jang qilish uchun qo’shin tortib ketadi. Galitskiy Igor ketganidan foydalanib,
qarol, cho’ri, malaylar bilan araqxo’rlik qilib, o’zboshimchalik qila boshlaydi.
Ziyofat tepasida Igor qo’shinidan qochib kelgan Skula va Eroshkalar turadi.
Anchadan beri Putivle hokimligini qo’lga kiritish orzusida bo’lgan Galitskiy saroy
ichida yashovchi xalqga zulm qilib, jabrlashni boshlaydi. Qo’rslik bilan bir qizni