Aliment ndirishTO’g’risida-gi ishlarni sudda ko'rish-ning protsessual xususi-yatlari
Yuklangan vaqt
2025-09-03
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
18
Faytl hajmi
88,5 KB
MAVZU:
ALIMENT NDIRISHTO’G’RISIDA-
GI ISHLARNI SUDDA KO'RISH-
NING PROTSESSUAL XUSUSI-
YATLARI
REJA:
•Aliment huquq va majburiyatlarining umumiy
tavsifi va turiari
•Aliment to‘lash (undirish)ning shakllari
0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA KODEKSINING 11-MODDASIDA
BELGILANGANIDEK, OILAVIY HUQUQLAMI HIMOYA QILISH ASOSAN
FUQAROLIK SUD ISHLARINI YURITISH QOIDALARI BO‘YICHA UMUMIY
SUDLARDA KO‘RIB HAL ETILADI.
Sudlarda bolalaming huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan fuqarolik ishlari, jumladan,
aliment undirish, otalikni belgilash, otalikka e'tiroz bildirish, ota-onalik huquqidan mahrum qilish, uni
cheklash, tiklash va bekor qilish, shuningdek, farzandlikka olishni bekor qilish yoki haqiqiy emas, deb
topish to‘g‘risidagi hamda bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq boshqa nizolar ko‘rib chiqilmoqda.
Bunday turkumdagi ishlar fuqarolik sudlarida sud ishlarini yuritishning da'vo qo‘zg‘atish, alohida ish
yuritish, davlat organlari va boshqa organlar, shuningdek, mansabdor shaxslaming xatti- harakatlari
(qarorlari) ustidan berilgan shikoyat va arizalar bo‘yicha ish yuritish hamda qonunda belgilangan
holatlarda buyruq tartibida ish yuritish asosida ko'rib hal qilinadi.
Bolalarning aliment olish huquqlari hamda ota-onalarning aliment berish majburiyatlari ota-ona
g‘amxo‘rligining asosini tashkil etadi. Ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga ta'minot berish shartligi
haqida 0‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-mod- dasi, 0‘zbekiston Respublikasi Oila
kodeksining 96-moddasida ko'rsatib o‘tilgan. Ota-onaning voyaga yetmagan bolaga aliment to'lash
majburiyati uning bolaga nisbatan g‘amxo‘rlik ko‘rsatish shakli hamda moddiy jihatdan ta'minlash
majburiyati sanaladi.
ALIMENT «ALIMENTIUM» SO‘ZIDAN OLIN-GAN
BO‘LIB, «OZIQ-OVQAT, TA’MINOT» MA’NOLARINI ANGLATADI.
Aliment — voyaga yetmagan bolalarni mulkiy huquqlaridan biri,
yashash manbai, ta'minot shakli sanaladi. U bolalaming ota-onasi
o‘zaro nikohda yoki nikohda turmasligidan, shuningdek, nikohi
haqiqiy emas, deb topilishidan qat’i nazar, to‘lanadi. Faqat bolaning
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasida aliment to‘lovchi ota-ona
sifatida ko'rsatilgan yoki bolaga nisbatan otalik belgilangan bo‘lishi
lozim.
0‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OILA KODEK-
SIDA ALIMENT HUQUQ VA MAJBURIYATLARINING
QUYIDAGI TURLARI MAVJUD:
• ota-onaning voyaga yetmagan bolalariga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari;
• ota-onaning voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga nisbatan aliment
huquq va majburiyatlari;
• ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari;
• bolalar muassasalariga joylashtirilgan bolalarga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari;
• voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalarning mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj o‘z ota-
onasiga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari;
• muomalaga layoqatsiz, yordamga muhtoj er-xotinlar va sobiq er-xotinlarning bir-birlariga nisbatan
aliment huquq va majbu- riyatlari;
• qarindoshlar va boshqa shaxslaming bir-birlariga nisbatan aliment huquq va majburiyatlari kabi
turlari mavjudligi belgilangan.
ALIMENT MAJBURIYATLARI QUYIDAGI
SHAKLLARDA, AMALGA OSHIRILADI:
• aliment majburiyatlarini
ixtiyoriy amalga oshirish;
• aliment
majburiyatlarini
kelishuv yo‘li
bilan amalga
oshirish;
• aliment
majburiyatlarini sud
tomonidan majburiy
tartibda amalga
oshiriladi.
Aliment to‘lashning ixtiyoriy shaklida- aliment tolashi shart bo’lgan
shaxs alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan o‘zi yoki o‘z arizasiga muvofiq
ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa turdagi
mablag' olayotgan joyida to’laydi. Alimentning bunday shaklida aliment
to’lovchi shaxsan o‘zi yoki pochta orqali tegishli pul mablag’larini
topshirishi mumkin bo’ladi.
Aliment to ‘lashning kelishuv shakli - nikoh shartnomasida yoki
alohida kelishuv bitimi asosida ixtiyoriy tarzda vujudga keladi.
Kelishuv ota-onalarning o‘zaro nikohda yoki nikohdan ajrashganliklaridan
qat'i nazar, tuzilishi mumkin.
ALIMENT TO‘LASH TO‘G‘RISIDA KELISHUV BITIMI TUZISHNING O‘ZIGA
XOS XUSUSIYATLARI MAVJUD:
• aliment tolash to‘g‘risidagi kelishuv yozma shaklda tuzilib, notarial tartibda tasdiqlangan
bo’lishi;
• aliment tolash to‘g‘risidagi kelishuv ijro varaqasi kuchiga ega ekanligi;
• aliment to’lash to‘g‘risidagi kelishuv asosan aliment tolovchi ishlab turgan korxona,
tashkilot, muassasa hisob-kitob bo’limi tomonidan ushlanib qolishga yoki aliment tolovchi
tomonidan pul yoki boshqa shakldagi to’lovlar asosida to’lashga yol qo‘yilishi;
• aliment to’lash to‘g‘risidagi kelishuv tuzish keyinchalik nizo kelib chiqqanda sudga
murojaat etishni istisno etmasligi;
• aliment tolashning kelishuv shakli aliment huquq va majburiyatlarining barcha turlariga
nisbatan qoilanilishi;
• alimentlar aliment to’lashi shart bo’lgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga
nisbatan ulushlarda vaqti-vaqti bilan to’lanadigan qat’iy summada, bir yo’la pul bilan
to’lanadigan qat'iy summada, mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda
(masalan, moddiy yordam yoki xizmatlar ko‘rsatish shaklida ham) to’lanishi va boshqalar
bilan izohlanadi.
Aliment undirishning majburiy shakli sud tomonidan amalga
oshiriladigan harakat boiib, bu, o‘z navbatida, qonunda ko‘rsatilgan
aliment majburiyatlariga doir normalar buzilganda yoki o‘sha
majburiyatlar aliment toiovchi tomonidan bajarilmaganda tegishli
mablag1 sud tartibida aliment toiovchidan majburiy tartibda undiriladi.
Sud tartibida aliment undirishga buyruq tartibida hamda sudning hal
qiluv qaroriga asosan yoi qo‘yiladi. Aliment undirish yuzasidan sudga
da’vo arizasi bilan ota-onadan biri yoki aliment olish huquqiga ega
boigan boshqa subyektlar, shuningdek, prokuror, vasiylik va homiylik
organi murojaat qilishga haqli.
0‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 90-moddasida shunday deyiladi: «Voyaga
yetmagan bolalar o‘z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda
va tartibda ta'minot olish huquqiga ega. Voyaga yetmagan bolalar ta’minoti uchun olingan
mablag‘, pensiya, nafaqa, uning otasi yoki onasi tasarrufida boMib, bolaning ta'minoti, tarbiyasi
va ta'lim olishi uchun sarflanishi kerak».
Aliment bola ota-onasining birga yashashidan, o'zaro nikohda ekanligidan va bolaning ota-
onasi bilan yoki ulardan biri bilan birga yashash-yashamasligidan qat’iy nazar, to’lanishi kerak.
Bu majburiyat ota-ona yoki ulardan biri tomonidan ixtiyoriy yoki kelishuv asosida,
shuningdek, sud tartibida amalga oshiriladi. Yuridik manbalarda aliment huquq va
majburiyatlarining ixtiyoriy va kelishuv shakli aliment to’lash deb yuritilsa, sud tartibida sud
buyrug’i yoki hal qiluv qarori chiqarish usulini aliment undirish deb ataladi. Voyaga yetmagan
bolalaming aliment olish huquqi ulami ta’minlashga qaratilgan bo’lib, bu o‘z navbatida,
bolalarni oziqlantirish, kiyintirish, o'qitish, sog’lig’ini saqlash va boshqa yashash uchun kerakli
vositalar bilan ta'minlash, qolaversa g‘amxo‘rlik qilish harakatlarining boshqa moddiy
shakllarida ko‘rinadi.
Bu g‘amxo‘rlik, birinchidan, ota-ona, ikkinchidan, davlat tomonidan amalga oshiriladi.
VOYAGA YETMAGAN BOLALARNING ALIMENT HUQUQ VA MAJBURIYATLARI BOSHQA
SUBYEKTLARNING ALIMENT HUQUQ VA MAJBURIYATLARIDAN DEYARLI FARQ QILIB,
O‘ZIGA XOS, MODDIY VA PROTSESSUAL XUSUSIYATLARGA EGA, JUMLADAN,
ALIMENTGA OID MODDIY-HUQUQIY XUSUSIYATLARGA:
• bolani ta'minlashning muhim vositasi ekanligi;
• bolaning yashashi uchun asosiy manba ekanligi;
• ota-onaning voyaga yetmagan bolaga nisbatan majburiyatini amalga oshirish usuli ekanligi;
• bolaning tug‘ilishidan to voyaga etguncha to'lanishi shartligi;
• bolaning yashash yoki tarbiyalanish joyidan qat'i nazar, unga toManishi shartligi;
• bolaning ta'minlanganligi yoki uning biror mashg'ulot bilan shug'ullanishidan qat'i nazar, aliment to‘lanishi shartligi;
• bolaning ota (onasi) yoki ulardan birining ota-onalik huqu- qidan mahrum qilinishi yoki ular o‘rtasida ota-onalik huquqining
cheklanishi ota-onalik munosabatlarining tugatilishidan qat’i nazar, bolaga nisbatan aliment majburiyatlarining saqlanishi;
• voyaga yetmagan yoki voyaga yetgan mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj bolalariga aliment to‘lash haqidagi sudning hal qiluv
qarorini bajarishdan bo‘yin tovlagan shaxslar ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligi;
• bolalarga aliment va boshqa ta'minotlar berishda ota-ona majburiyatlarining tengligi;
• aliment to‘lashda ota-ona o'rtasida ixtiyoriy to‘lov shakliga yoki kelishuv tuzishga yo‘l qo'yilishi;
• voyaga yetmagan bolalarga ta'minot berishning tartibi va shakli ota-onalar tomonidan mustaqil ravishda qonun talablariga rioya
qilgan holda belgilanishi mumkinligi (ixtiyoriy, kelishuv va nikoh shartnomasi);
• ota-onalar bolalarga nisbatan aliment to'lash tartibi va shakli haqidagi kelishuv qonunda belgilangan qoidalarga va bolaning
manfaatlariga zid bo‘lmasligi shartligi;
•
har bir bola uchun undiriladigan aliment miqdori qonun huijatlari bilan belgilangan eng kam ish
haqining 3/1 qismidan kam bo'lmasligi lozimligi;
•
ota-onaning bolalar ta'minoti uchun qo‘shimcha xarajatiar (bolaning og‘ir kasalligi, og‘ir
shikastlanishi va boshq.)da ishtirok etishi shartligi;
•
aliment 0‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqa- risida pul yoki natura tarzida olingan
barcha turdagi daromadlardan ushlab qolinishi;
•
qonunda ko'rsatilgan asoslarga binoan voyaga yetmagan bolaga nisbatan to'lanadigan aliment
miqdorini kamaytirish yoki aliment toMovchining aliment toMashdan ozod qilishga yo‘1 qo‘yilishi;
•
aliment toMashi shart bo'lgan shaxs tomonidan alimentni ixtiyoriy ravishda shaxsan o‘zi naqd pul
asosida yoki o‘z arizasiga muvofiq ishlab turgan joyida yoxud pensiya, nafaqa, stipendiya va boshqa
turdagi mablag‘ olayotgan joyida toManishi (0‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 135-
moddasi);
•
alimentlar: aliment toMashi shart boMgan shaxsning ish haqi va (yoki) boshqa daromadiga nisbatan
ulushlarda; vaqti-vaqtida pul bilan toManadigan qatMy summada; bir yoMa pul bilan toManadigan
qatMy summada; mol-mulk bilan yoki kelishuvda qayd etilgan boshqa usullarda toManishi mumkinligi;
•
alimentning ixtiyoriy ravishda toMab turilishi aliment undi- ruvchini aliment undirish haqidagi da'vo
yoki ariza bilan xohlagan vaqtda sudga murojaat qilishi huquqidan mahrum etmasligi (0‘zbekiston
Respublikasi Oila kodeksining 135-moddasi);
•
alimentning sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishi.