ALISHER NAVOIY. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ MASALALARI (Alisher Navoiyning nutq madaniyati va voizlarga munosabati, Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni, “Mahbubul qulub”, “Muhokamatul- lug‘atayn” va “Nazmul Javohir” asarlari)
Yuklangan vaqt
2024-05-25
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
9
Faytl hajmi
36,2 KB
Ilmiybaza.uz
ALISHER NAVOIY. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TIL VA NUTQ
MASALALARI
Reja:
1. Alisher Navoiyning tilga munosabati.
2. Buyuk mutaffakkir ijodida nutq madaniyatining yoritilishi.
3. Alisher Navoiyning nutq madaniyati va voizlarga munosabati.
4. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostoni, “Mahbubul qulub”,
“Muhokamatul- lug‘atayn” va “Nazmul Javohir” asarlari bilan
tilimizning yuksalishiga qo ‘shgan hissasi.
Ilmiybaza.uz
Asrlar mobaynida til– milliy ma’naviyatimiz ko‘zgusi bo‘lib kelgan. Buni o‘zbek
she’riyatining gultoji deya e’tirof etilgan Mir Alisher Navoiy davridan to bugungacha
o‘tkir qalam sohiblari yaratishgan badiiy ijod mahsullariga payvand milliy
qadriyatlarimiz, ma’naviyatimiz rivoji misolida kuzatishimiz mumkin.
O‘zbek adabiy tili mustaqil til sifatida XX asrdan boshlab shakllana boshladi
va to hozirgi kunimizgacha bu tilda ko‘plab ilmiy va badiiy asarlar yaratildi.
Xususan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘otit-turk”, Yysuf Xos Hojibning
“Qutadg‘u bilig”, Xorazmiyning “Muhabbatnoma”, Rabg‘uziyning “Qissai
Rabg‘uziy”, shuningdek, Atoyi, Sakkokiy, Sayfi Saroiy, Mavlono, Lutfiylarning
yaratgan boy ilmiy-adabiy meroslarini tilga olish mumkin.
Ayniqsa, turkiy tilning beqiyos imkoniyatlarini ko‘rsatishda Alisher
Navoiyning buyuk xizmatlarini alohida e’tirof etish joiz. Chinakam ma’nodagi so‘z
mulkining sultoni Alisher Navoiyning so‘z va o‘tkir nutq, til va jamiyat borasidagi
fikrlari alohida diqqatga molikdir. So‘z dahosiga daho so‘zchi sifatida adoqsiz
ehtirom va inja sezgi bilan munosabatda bo‘lgan adib o‘z asarlarining aksariyatida,
xususan, muhtasham "Xamsa"sining barcha dostonlari (alohida-alohida boblar)da,
"Mahbub ul-qulub", "Muhokamat ul-lug‘atayn", "Nazm ul-javohir" va boshqa
ko‘plab asarlarida so‘zning buyuk qudrati va nutq mahoratining xosiyatiga oid
betakror fikrlarni bayon qilgan.
"Muhokamat ul-lug‘atayn"da aytilishicha, so‘z go‘yoki bir durdir, durning
doimiy makoni dengiz tubi bo‘lsa, so‘zning muntazam makoni ko‘ngildir.
Dur g‘avvos tarafidan dengiz tubidan chiqarilib, jilvalantirilsa va uning qiymati
javhariga ko‘ra baholansa, so‘z sohibi ixtisos tomonidan ko‘ngildan tashqariga olib
chiqiladi va notiqning qiymati so‘z qo‘llash mahoratiga, uni jilvalantirish
qobiliyatiga qarab belgilanadi.
Boshqacha aytganda, dengiz tubida harakatsiz imkoniyat tarzida turgan
qimmatbaho durlar g‘avvos , tomonidan harakatga keltiriladi, ko‘ngil tubida
imkoniyat tarzida turgan sehrli so‘zlar esa so‘zlovchi tomonidan nutqiy jarayonga
olib kiriladi va o‘z jilvasini namoyon etadi.
Ilmiybaza.uz
Alisher Navoiy bu fikrlarni davom ettirib yozadi: "So‘z durrining tafovuti
mundish dog‘i beg‘oyatroq va martabasi mundin ham benihoyatrokdur.
Andoqki, sharafidin o‘lgan badang‘a ruhi pok etar, kasifidin hayotliq tang‘a
zahri halok xosiyati zuhur etar".
Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san’ati
haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy
va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.
Alisher Navoiy asarlarida chunonchi, nutq odobining talablari haqida fikrlar
bor.
1.
Tilni, so‘zni qadrla, uni hurmat qil:
Donau dur so‘zini afsona bil,
So‘zni jahon bahrida durdona bil . (Xamsa, 34- bet.)
2.
Yaxshi so‘zlay olish (nutq)—san’atdir, noyob hunardir. Uni
egallashga intilgin: Erdin so’z hunar, enchidin bo‘z hunar.
(«Mahbubo‘l-qulub», 82-bet.)
3.
Insonning odob-axloqini belgilaydigan omillardan biri uning
so‘zi, nutqidir: Suvning mazasi muz bila, oshning mazasi tuz bila,
odam yaxshilig‘i so‘z bila. («Mahbubul-qulub», 79- bet.)
So‘z zohir etar zamir ishi ko‘pragidin, Til muxbir erur ko‘ngul nihon
emgagidin, Fahm ayla kishi holini so‘z demagidin, Kim berdi xabar hadisi
ko‘nglidagidin. («Nazmul-javohir» dan, 41- bet.)
4. Kishining so‘zi (nutqi) uning aqliy kamolotidan darak beradi:
Odamki demak birla kiromiydiru bas, So‘z durri ishining intizomiduru bas,
Sihhat opchaki, ahli aql komiduru bas, Aqlig‘a dalil aning kalomiduru bas.
(«Nazmul-javohir» dan, 25- bet.)
5.
So‘zlaganda o‘ylab so‘zla, tushunib, bilib gapir:
So‘zni ko‘nglungda pishqarmaguncha tilga kelturma,
Harnakim ko‘nglungda bo‘lsa til surma. («Mahbubo‘l-qulub», 83- bet.)
6. Xushmuomala, shirin so‘z bo‘l ozor berma:
Tiling bilan kishilarga
Ilmiybaza.uz
Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar, Har neki ag‘yor durur yor aylar,
So‘z qattig‘i el ko‘ngliga ozor aylar, Yumshog‘i ko‘ngullarni giriftor aylar.
(«Nashul-javohir»dan, 43- bet.)
7. Tilingni tiy. Ko‘p so‘z, ezma va vaysaqi bo‘lma. Bu zararlidir.
Befoyda so‘zni ko‘p aytma va foydalig‘ so‘zni ko‘p eshiturdin qaytma. Oz
degan oz yanchilur, oz egan oz yiqilur.
(«Mahbubo‘l-qulub»dan, 82-bet.)
8. Gapirganda qaytariqlardan qoch, chunki ular fikrning ta’sirini susaytiradi:
Bir deganni ikki demak xush emas, So‘z chu takror topti dilkash emas.
(«Xamsa»,448-bet).,
Biz nutqimiz orqali boshqalar bilan muomalaga kirishamiz, fikrimizni bayon
etamiz. Har bir shaxsga xos xususiyatlar uning nutqida namoyon bo‘ladi. mutafakkir
shoir va yozuvchilarning asarlarida Navoiy boshlab bergan o‘zbek mumtoz adabiy
tili me`yorlari mukammalashib bordi.O‘ z asarlarida nutqning kishilar kundalik
ehtiyojini qondiruvchi nodir vosita ekanligini qayd etdi.
“Mahbub ul-qulub” asarida voizlar til odobi xususida fikr yuritsa,
“Muhokamatul- lug‘atayn” asarida o‘zbek adabiy tilining boyligini e’tirof etdi.
Nainki e‘tirof etdi, balki tilning ijtimoiy hodisa ekanligini ta’kidladi. So‘zning
tarixiy-madaniy xizmati beqiyos, ammo til imkoniyatlari nutq jarayonidagina ochib
beriladi. Agar nutq bo‘lmas ekan, tilning, so‘zning cheksiz imkoniyatlari ro‘yobga
chiqib chiqmay qolaveradi. “Majolisun-nafois” da so‘zning voizlari hayotida tutgan
orni haqida ham shaxsiy mulohazalar bayon qilinadi. “Nazmul javohir” asarida esa
so’z qudratli vosita ekanligi, insonga hayotiy zarurat sanalishi aytib o‘tiladi.
Tarixdan ma’lumki, Navoiyning o‘zi ham mohir notiq bo‘lgan va shirin kalomi,
o‘tkir tafakkuri bilan xalq qalbidan joy olgan va o‘z asarlarida ham xaloyiqqa naf’i
tegadigan, el yuragidan joy oladigan shirin-zabon so‘zlar so‘zlashni, chiroyli va
ravon nutq tuzish yo‘llarini o‘rganish lozimligi haqida mukammal fikrlar bayon
etgan. “Nazmul javohir” asarida til insonni hayvondan ajratuvchi gavhardir, deb
ta’kidlaydi:
So‘zdurki, nishon berur o‘lukka jondin,
Ilmiybaza.uz
So‘zdurki, berur jonga xabar jonondin.
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin,
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin.
Tirik insongina so‘zlash qobiliyatiga ega, so‘z tufayli u tirik ekanligini isbot etadi.
So‘z do‘stdan, yoru-birodardan xabar beradi. Insonni hayvondan judo qilgan ham
so‘z ekan, demak dunyoda so‘zdan gavhari sharif-ulug‘ narsa yo‘qdir.
Yaxshi so‘z kishiga jon baxsh etsa, yomon so‘z insonni halok etishi ham
mumkin. Til-ma’rifat va adabiyot quroli ekan, so‘z so‘zlashdan maqsad ma’no
ifodalashdir deydi shoir. 60 “Ammo chun alfoz va iboratdin murod ma’nidir va
mazkur maxluqotdin maqsud insondur va ul mahzari maoniy va bayon, so‘z aning
so‘zidadir va takallum aning kalomida bordur”. Ya‘ni, ma’no tufayli so‘z tilga
keladi va ul so‘zdan ma’no fahm bo‘ladi. Navoiy til va tafakkurni uzviy birlikda
oladi. U ma’no birlamchi, shaklni ikkilamchi, deb hisoblaydi va ma’noga so‘zning
joni deb ta’rif beradi.
Navoiy
tilni
o‘sib,
rivojlanib
boruvchi,
jamiyatning
ehtiyojiga
muvofiqlashuvchi zarurat ekanligini anglab, tillar o‘zaro aloqada bo‘ladi, bir-biriga
chatishadi, deb hisoblaydi. Navoiy kishining nutq qobiliyatini tug‘ma ekanligini
ta’kidlaydi. “Muhokamatul-lug‘atayn” asarida arab tili “kalomi ilohiy” deb
ulug‘lanadi, fors va turkiy tili solishtiriladi. Olim bu asarda ikki tilning lug‘at
boyligi, so‘z yasalishi, fonetik tarkibi, uslubiyati kabi xususiyatlarini chog‘ishtirib,
badiiy imkoniyatlari jihatidan turkiy tilning fors tilidan qolishmasligini isbotlaydi.
Hattoki, fors-tojik tilida, ekvivalenti bo‘lmagan o‘zbekcha so‘zlarni misol
keltiradi. “Muhokamatul lug‘atayn” asari bevosita tilshunoslikning nazariy
muammolarini hal qilishga, o‘zbek tilining boshqa tillar orasida tutgan o‘rnini
belgilab berishga, o‘zbek nutqi madaniyatini o‘rganishga qaratilgan. Mutafakkir
asarlarida o‘zbek tilining leksik boyliklaridan, sinonim va omonimlaridan, xalq
ta’biri, maqol va matallaridan, frazeologik, ideomatik birikmalaridan, jumla
tuzilishidan keng foydalandi.
Alisher Navoiyning nutq madaniyati masalalariga bag‘ishlangan fikrlari
yanada mukammalroq ifodalangan asari “Mahbub ul-qulub” dir. Chunki shoir bu
Ilmiybaza.uz
asarida tilning ahamiyati, undan foydalanish, nutq so‘zlovchi dilidagi fikrni to‘g‘ri
aks ettirish lozimligi haqida fikrlar bayon qiladi. Navoiy til deganda nutqni ko‘zda
tutgan. Til, ya’ni so’z o‘zining ko‘p yaxshi fazilatlari bilan nutq uchun material
ekanligini, nutqning qo‘polligi, maqsadga muvofiq bo‘lmasligi so‘zlovchiga zarar
yetkazishini alohida ta’kidlab o‘tadi. Mayin, yoqimli, shirali ovoz bilan so‘zlash
odobi haqida, o‘ylamasdan so‘zlamaslik lozimligi haqida: “Tildin azubat
dilpisanddur va miynat sudmand. Chuchuk tilki achig‘liqqa evruldi, zarari oni
bo‘ldi.
Chuchuk
so‘z
sof
ko‘ngullarga
nushdir...
So‘zni
ko‘ngulda
pishqormaguncha tilga kelturma, harnakim ko‘nglungda bo‘lsa, tilga surma” deydi.
Buning ma’nosi shundayki, tilning shirin, yoqimli va yumshoqligi foydadir.
Chuchuk til achchiqqa aylansa tinglovchiga zarar yetkazadi.
Nutq nazariyasi bilan jiddiy shug‘ullangan shoir “Mahbubul-qulub” asarining
24-bobini voizlik ilmiga bag‘ishlaydi. Navoiyning o‘zi ham notiqlik san’atini o‘z
davrida yuksak darajaga ko‘targan. “Tilga ixtiyorsiz-elga e’tiborsiz” yoki
“Ma’dani inson gavhari so‘z durur, gulshani odam samari so‘z durur” deb yozadi.
“Mahbubul-qulub” da “Og‘ziga kelganni demoq-nodonning ishi”, “Aytar so‘zni
ayt, aytmas so‘zdan qayt”, “Chin so’z-mo’tabar yaxshi so‘z-muxtasar” kabi
hikmatli so‘zlar, maqollar anchagina. Navoiy ham shu mazmundagi baytlar
yaratadi. Xalqimiz tili achchiq, inson ko‘ngliga ozor beruvchi kishilarga “tili
zahar”, “tilidan zahar tomadi” kabi nisbatlarni beradi. Bunday kishilardan hamma
o‘zini chetga tortadi. Dildan suhbatlashishni istamaydi, aksincha, zarurat
yuzasidangina muomala qilishga majbur bo‘ladi. Navoiy “Xamsa” ning deyarli
barcha dostonlarida “So‘z ta’rifida...” sarlavhasi ostida boblar ajratadi. O‘zining
g‘azallaridan birida so‘z haqida fikr yuritar ekan, “Xamsa” dagi har bir harf (so‘z
emas, harf) o‘zida ko‘plab durlarni jamlagan “bahr erur” ligini ta’kidlaydi.
Kengroq mazmunda esa, har bir so‘zga singdirilgan chuqur mohiyat va ma’no
nazarga olinsa ham xato bo‘lmaydi.
Professor A.Hayitmetov shunday yozadi: “Navoiy “so‘z” ni o‘z asarlarida
ko‘p ma’noda ishlatadi. U “so‘z” termini ostida insoniyatning hamma ma’naviy
boyligini-alohida ijtimoiy kategoriya bo‘lgan tilni ham, ideologiya shakllaridan
Ilmiybaza.uz
hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham tushuna beradi hamda ularni ko‘p
vaqt bir-biridan farq qilmaydi”. Navoiy “so‘z” haqida gapirganda quyidagilarni
e’tiborga oladi: 1. So‘z-til ma’nosida. 2. So‘z-muomala, gapirish, nutq mohiyatida.
3. So‘z-badiiy ijodda, mazmunni shakllantiruvchi vosita tarzida. Navoiy talqinicha,
so‘zning (tilning) insoniyat hayotidagi o‘rni beqiyos. U insonning insonligini,
barcha jonzotlardan yuksak ekanligini anglatuvchi unsur. Ollohning bashariyatga
in’om etgan ulug‘ ne’mati tildir.
Ha, Navoiy so‘zni ajib, sehrli va qimmatbaho gavhar sifatida e’zozlaydi.
Ko‘pgina baytlarda, ayniqsa, “Xamsa”, “Mahbubul qulub” singari asarlarida so‘z,
uning o‘rni, inson hayotidagi ahamiyati, so‘zlash madaniyati, so‘z ning badiiy
ijoddagi mavqie, so‘z odobi kabi tomonlar xususida mulohazalar bildiradi.
“Nazmul javohir” (“Nazmlar javohiri”) asarida shoirning axloqiy qarashlari bayon
etiladi. Alisher Navoiyning til va nutq, nutq odobi, nutqiy madaniyat, nutq san’ati
haqida aytgan fikrlarida qadimiy turkiy xalqlarning nutq madaniyati borasidagi boy
va noyob merosi mahorat bilan umumlashtirilgan.
Navoiy o‘zbek adabiy tilini, rivojlantirish, bu tilda go‘zal asarlar yaratish,
o‘zbek tilini yuqori mavqega ko‘tarish, uni xalq manfaatlariga xizmat qildirishni
orzu qiladi. U o‘zbek tilini kamsitgan, bu tilda yaxshi asarlar yozish mumkin emas,
turkiy tilga bee’tibor bo‘lgan kishilarga munosib javob bera oldi. O‘zbek adabiy
tilini boyitdi, ravnaq toptirdi. Navoiy o‘zi berayotgan ma‘lumotlarning aniq, to‘g‘ri
bo‘lishiga ham e’tibor beradi. Til va nutq masalalari asl mohiyati Navoiy asarlarida
o‘zining yorqin dalilini topdi desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bobur, Ogahiy,
Komil Xorazmiy, Munis, Mashrab, Maxmur, Gulxaniy, Nodira, Uvaysiy,
Muqimiy, Furqat, Avaz O‘tar, Fitrat, Behbudiy, So‘fizoda kabi mutafakkir shoir va
yozuvchilarning asarlarida Navoiy boshlab bergan o‘zbek mumtoz adabiy tili
masalalari mukammalashib bordi.
Nazorat uchun savollar
1. Alisher Navoiyning tilga munosabati.
2. Buyuk mutaffakkir ijodida nutq madaniyatining yoritilishi.
Ilmiybaza.uz
3. Alisher Navoiyning nutq madaniyati va voizlarga munosabati.
4. Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonida so‘zga berilgan ta’rifni izohlab
bering.
5. “Mahbubul qulub” va “Nazmul Javohir” asarlari bilan tilimizning
yuksalishiga qo ‘shgan hissasi.
6. “Muhokamatul- lug‘atayn” asari qanday asarligini tushuntiring.
1-topshiriq.Quyidagi baytlarni izohlang.
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
To‘rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
2-topshiriq.Aqliy hujum uchun savollar.
Dunyoda qancha til bor?
Til oilalari va guruhlarini bilasizmi?
Nima uchun qarindosh tillar deb ataymiz?
Til bilgan-ei biladi hikmatli so‘zini sharhlang?
Tilshunoslik sohasining buyuk vakillarini ayting?
“Tilga e’tibor-elga e’tibor” fikri kimga tegishli?
3-topshiriq.
So‘z guharig‘a erur oncha sharaf,
Kim bo‘la olmas anga gavhar sadaf.
To‘rt sadaf gavharining durji ul,
Yetti falak axtarining burji ul.
So‘zdin etib o‘tqa azimat Xalil,
So‘z yukiga xomil o‘lub jabroil.
Tengriki, insonni qilib ganji roz,
So‘z bila hayvondin anga imtiyoz.
Donai dur so‘zni afsona bil,
Ilmiybaza.uz
So‘zni jahon bahrida durdona bil.
4-topshiriq. Quyida berilgan fikrlarning qaysilari to‘g‘ri?
A. Kaykovus yolg‘onga o‘xshagan rostdan, rostga o‘xshagan yolg‘on yaxshiligini,
uning qabul bo‘lishini uqtiradi. Bu bilan u notiqni asosli gapirishga chaqiradi.
B. Kaykovus yolg‘onga o‘xshagan rostdan, rostga o‘xshagan yolg‘on yaxshiligini,
uning qabul bo‘lishini uqtiradi. Bu bilan u notiqni kerakli o‘rinda yolg‘on gapirishga
chaqiradi.
D.Kaykovusning fikricha, notiq tinglovchi uni eshitmaganida behuda zahmat
chekkan bo‘ladi.
E. Kaykovusning fikricha, notiq noo‘rin gapirganida behuda zahmat chekkan
bo‘ladi.
F. «Mahbub-ul qulub»da Navoiyning voizlarga eng birinchi talabi- haq so‘zni aytish
G. «Mahbub-ul qulub»da Navoiyning voizlarga eng birinchi talabi - nutqining
tinglovchi uchun yangilik bo‘lishi.
H. Navoiyning fikricha, notiq xalq dardini gapirsa, voizning so‘ziga kirmagan kishi
gunohkor bo‘ladi.
J. Navoiyning fikricha, notiq olim va aytganiga amal qiladigan kishi bo‘lsa voizning
so‘ziga kirmagan kishi gunohkor bo‘ladi.