ALISHER NAVOIY IJODI (Alisher Navoiy ijodida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar, “Hayrat ul abror” va “Farhod va Shirin” dostonlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarning aksi.)

Yuklangan vaqt

2024-05-17

Yuklab olishlar soni

3

Sahifalar soni

14

Faytl hajmi

28,6 KB


Ilmiybaza.uz 
 
 
 
 
 
ALISHER NAVOIY IJODI 
 
Reja: 
1. Alisher Navoiy ijodida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar. 
2. “Hayrat ul abror” va “Farhod va Shirin” dostonlarida bolalar tarbiyasiga oid 
fikrlarning aksi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Ilmiybaza.uz ALISHER NAVOIY IJODI Reja: 1. Alisher Navoiy ijodida ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta’limiy qarashlar. 2. “Hayrat ul abror” va “Farhod va Shirin” dostonlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarning aksi.
Ilmiybaza.uz 
 
Alisher Navoiy – bolalar kitobxonligida 
Inson axloqiy fazilatlari, ta’lim-tarbiyasi Sharq adabiyotining yetakchi mavzu 
va mohiyatini tashkil etishi bejiz emas. Bu mavzudagi adabiyot-pandnomalardan 
tashqari, badiiy yuksak dostonlar, nasriy asarlarda ham “ma’viza”, ya’ni o‘git-
nasihat xarakteridagi qismlar bo‘lganligi adabiyotning didaktik tabiatini 
oydinlashtiradi. Inson odobi, ongi, ilm-u amali tufayli barcha maxluqotlarning 
afzali, sharifi deb ta’riflanishi turkiy adabiyotda Navoiy dahosi bilan boshlanadi. 
Qariyb olti asrdirki, Alisher Navoiy xalq faxri, tilimizning bayroqdori, she’riyat 
mulkining sultoni, madaniyat va ma’naviyatimizning porloq quyoshi bo‘lib 
kelayotir. “Yoshlarimiz Navoiyni qanchalik chuqur va puxta bilsa,–deb yozadi 
I.Haqqul,– ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini o‘shancha kengroq egallaydi. 
Navoiyning so‘zlari diliga o‘rnashgan odam, o‘zi istasin-istamasin, odamiylik 
sharafi va kuch-quvvatini idrok etadi. Navoiyni yetarli darajada bilish-adolat, 
diyonat va imon-e’tiqodning kuchiga ishonch demak”. XV asrning so‘nggi choragi, 
XVI asrdan e’tiboran Navoiy asarlarini o’qish o‘ziga xos an’anaga aylana borgan. 
Sharq xalqlari kitobxonligida fors-tojik tilida shohnomaxonlik, sa’diyxonlik, 
hofizxonlik, rumiyxonlik, jomiyxonlik bilan birga, turkiy (eski o‘zbek) tilidagi 
yassaviyxonlik, qissaxonlik yonida navoiyxonlik ham qaror topgan. Jumladan, 
bolalar kitobxonligida Navoiy asarlarining ayricha ahamiyati borligi bejiz emas. 
Ulug‘ mutafakkir yosh avlod tarbiyasi uchun alohida e’tibor zarurligini o‘z 
dostonlari va asarlarida yorqin ifoda etgan. Xususan, “Xamsa”ning dastlabki uch 
dostoni – “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, shuningdek, 
“Mahbub ul-qulub”, “Arba’in” (Qirq hadis)da shoirning axloqiy qarashlari o‘z 
tajassumini topgandir. Navoiy “Xamsa”sidagi kirish dostoni “Hayrat ul-abror” 
(Yaxshilarning hayrati) falsafiy, ta’lim-tarbiyaga oid she’riy asar bo‘lib, u Sharq 
adabiyotidagi xamsanavislik an’anasiga muvofiq yozilgan bo‘lib, didaktik 
mazmundadir. Navoiy dostonining muqaddima qismidagi munojotlarda Allohning 
buyuk va beqiyos go‘zalligini ta’rif va tavsif etish bilan birga, shoir barcha mavjudot 
orasida eng ulug‘i, eng sharaflisi insondir, degan fikrni badiiy yuksak darajada ifoda 
etadi:  
Ilmiybaza.uz Alisher Navoiy – bolalar kitobxonligida Inson axloqiy fazilatlari, ta’lim-tarbiyasi Sharq adabiyotining yetakchi mavzu va mohiyatini tashkil etishi bejiz emas. Bu mavzudagi adabiyot-pandnomalardan tashqari, badiiy yuksak dostonlar, nasriy asarlarda ham “ma’viza”, ya’ni o‘git- nasihat xarakteridagi qismlar bo‘lganligi adabiyotning didaktik tabiatini oydinlashtiradi. Inson odobi, ongi, ilm-u amali tufayli barcha maxluqotlarning afzali, sharifi deb ta’riflanishi turkiy adabiyotda Navoiy dahosi bilan boshlanadi. Qariyb olti asrdirki, Alisher Navoiy xalq faxri, tilimizning bayroqdori, she’riyat mulkining sultoni, madaniyat va ma’naviyatimizning porloq quyoshi bo‘lib kelayotir. “Yoshlarimiz Navoiyni qanchalik chuqur va puxta bilsa,–deb yozadi I.Haqqul,– ma’rifat, ezgulik, komillik sirlarini o‘shancha kengroq egallaydi. Navoiyning so‘zlari diliga o‘rnashgan odam, o‘zi istasin-istamasin, odamiylik sharafi va kuch-quvvatini idrok etadi. Navoiyni yetarli darajada bilish-adolat, diyonat va imon-e’tiqodning kuchiga ishonch demak”. XV asrning so‘nggi choragi, XVI asrdan e’tiboran Navoiy asarlarini o’qish o‘ziga xos an’anaga aylana borgan. Sharq xalqlari kitobxonligida fors-tojik tilida shohnomaxonlik, sa’diyxonlik, hofizxonlik, rumiyxonlik, jomiyxonlik bilan birga, turkiy (eski o‘zbek) tilidagi yassaviyxonlik, qissaxonlik yonida navoiyxonlik ham qaror topgan. Jumladan, bolalar kitobxonligida Navoiy asarlarining ayricha ahamiyati borligi bejiz emas. Ulug‘ mutafakkir yosh avlod tarbiyasi uchun alohida e’tibor zarurligini o‘z dostonlari va asarlarida yorqin ifoda etgan. Xususan, “Xamsa”ning dastlabki uch dostoni – “Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, shuningdek, “Mahbub ul-qulub”, “Arba’in” (Qirq hadis)da shoirning axloqiy qarashlari o‘z tajassumini topgandir. Navoiy “Xamsa”sidagi kirish dostoni “Hayrat ul-abror” (Yaxshilarning hayrati) falsafiy, ta’lim-tarbiyaga oid she’riy asar bo‘lib, u Sharq adabiyotidagi xamsanavislik an’anasiga muvofiq yozilgan bo‘lib, didaktik mazmundadir. Navoiy dostonining muqaddima qismidagi munojotlarda Allohning buyuk va beqiyos go‘zalligini ta’rif va tavsif etish bilan birga, shoir barcha mavjudot orasida eng ulug‘i, eng sharaflisi insondir, degan fikrni badiiy yuksak darajada ifoda etadi:
Ilmiybaza.uz 
 
Barchasini garchi latif aylading,  
Barchadin insonni sharif aylading.  
“Hayrat ul-abror” asarining boshlanishi uch hayrat tavsifidan iborat. Ularda 
tabiat, koinot va insonning ulug‘ligi va go‘zalligi tasvir etilgan. Bu uch 
mavjudotning yagonaligi, bir-biridan ajralmasligi, ularning hayratomuz darajadagi 
uyg‘unligi uch hayratning asosiy mundarijasini tashkil etadi. 63 bobdan tarkib 
topgan dostonning 21 faslini an’anaviy muqaddimaviy boblar, 40 bobini – 20 
maqolat va 20 hikoyat, qolgan ikki bobini esa – xotima va bir hikoyat tashkil etadi. 
Dostondagi yigirma maqolat komil inson o‘zida mujassam etmog‘i lozim bo‘lgan 
fazilatlar izhoridan iborat. Asarning bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya 
masalasiga bag‘ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolatida odob va 
kamtarlikni ulug‘lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr va mulohazalarini bayon 
qilishi bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir adablilik 
to‘g‘risida fikr yuritarkan, uni kichiklarga baxtiyorlik, ulug‘larga yuksak 
martabalilik omili, deb biladi. Bunda tavoze’ – kamtarlikni asosiy vosita sifatida 
talqin etadi. Alisher Navoiy axloqiy qarashlarini ifodalashda hayotiy detallardan 
keng foydalanadi: “Qachonki yangi chiqqan oy tavoze’ saqlab, qaddini xam qildi, u 
kun sayin kamol topa boshladi. ...Osmon ham tavoze`ga rioya qilib egilgani uchun 
butun olam uning amriga buysunadi...” Hayo va adab insonning sharaf belgisi ekan, 
kulgi– adabsizlikning belgisi sifatida talqin etiladi. Shoir kaklikning qahqahasi ovchi 
tuzog‘iga, g‘unchaning ochilishi (kulib) xazon bo‘lishiga, chaqmoqning kulgisi 
yerga pastlashishiga sabab bo‘lganini tasviriy ufodalar orqali ko‘rsatib beradi. 
Shuningdek, Alisher Navoiy kamtarinlik to‘g‘risidagi me’yorni shunday ko‘rsatadi: 
qulga bek ortiqcha tavozu’ korsatsa, o‘ziga azob-uqubat iplarini orttirgan bo‘ladi. 
Gadoning oldida sajda qilish marhamat emas; unga bir dirham bersang, bu unga 
nisbatan marhamat ko‘rsatishdir. O‘rindan turib bolaga joy berish ham adabdan 
emas; keksalar bu ishni adab hisoblashmaydi.  
Shu tariqa, shoir adablilik shartlarini saqlashda har bir odamning darajasiga 
qarab bajarish loyiqligini ta’kidlaydi. Jumladan, ulug‘ mutafakkir yosh bolaga 
nisbatan eng zarur ish, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir, deb ko‘rsatadi. Uning 
Ilmiybaza.uz Barchasini garchi latif aylading, Barchadin insonni sharif aylading. “Hayrat ul-abror” asarining boshlanishi uch hayrat tavsifidan iborat. Ularda tabiat, koinot va insonning ulug‘ligi va go‘zalligi tasvir etilgan. Bu uch mavjudotning yagonaligi, bir-biridan ajralmasligi, ularning hayratomuz darajadagi uyg‘unligi uch hayratning asosiy mundarijasini tashkil etadi. 63 bobdan tarkib topgan dostonning 21 faslini an’anaviy muqaddimaviy boblar, 40 bobini – 20 maqolat va 20 hikoyat, qolgan ikki bobini esa – xotima va bir hikoyat tashkil etadi. Dostondagi yigirma maqolat komil inson o‘zida mujassam etmog‘i lozim bo‘lgan fazilatlar izhoridan iborat. Asarning bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga bag‘ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolatida odob va kamtarlikni ulug‘lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr va mulohazalarini bayon qilishi bilan birga, takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir adablilik to‘g‘risida fikr yuritarkan, uni kichiklarga baxtiyorlik, ulug‘larga yuksak martabalilik omili, deb biladi. Bunda tavoze’ – kamtarlikni asosiy vosita sifatida talqin etadi. Alisher Navoiy axloqiy qarashlarini ifodalashda hayotiy detallardan keng foydalanadi: “Qachonki yangi chiqqan oy tavoze’ saqlab, qaddini xam qildi, u kun sayin kamol topa boshladi. ...Osmon ham tavoze`ga rioya qilib egilgani uchun butun olam uning amriga buysunadi...” Hayo va adab insonning sharaf belgisi ekan, kulgi– adabsizlikning belgisi sifatida talqin etiladi. Shoir kaklikning qahqahasi ovchi tuzog‘iga, g‘unchaning ochilishi (kulib) xazon bo‘lishiga, chaqmoqning kulgisi yerga pastlashishiga sabab bo‘lganini tasviriy ufodalar orqali ko‘rsatib beradi. Shuningdek, Alisher Navoiy kamtarinlik to‘g‘risidagi me’yorni shunday ko‘rsatadi: qulga bek ortiqcha tavozu’ korsatsa, o‘ziga azob-uqubat iplarini orttirgan bo‘ladi. Gadoning oldida sajda qilish marhamat emas; unga bir dirham bersang, bu unga nisbatan marhamat ko‘rsatishdir. O‘rindan turib bolaga joy berish ham adabdan emas; keksalar bu ishni adab hisoblashmaydi. Shu tariqa, shoir adablilik shartlarini saqlashda har bir odamning darajasiga qarab bajarish loyiqligini ta’kidlaydi. Jumladan, ulug‘ mutafakkir yosh bolaga nisbatan eng zarur ish, uni kichkinaligidan parvarish qilishdir, deb ko‘rsatadi. Uning
Ilmiybaza.uz 
 
e’tiroficha, tarbiyaning biri bolaga yaxshi ism qo‘yish bo‘lib, uni nomi bilan 
chaqirganlarida uyaladigan bo‘lmasligi kerak. Navoiy bolaga ilmu-adab o‘rgatish 
uchun muallim chaqirish lozimligini uqdirar ekan, shafqat qilish foydali, ammo 
ortiqchasi zarardir, deydi. Binobarin, har xil balolardan farzandini o‘z mehri bilan 
asrashni ota-onaning tavoze’si hisoblasa, ota-onani hurmat qilish–“buni bajarish 
uning(farzand) uchun majburiyatdir”,– deydi. Shoir katta-yu kichikka qarata ota-
onaga xizmatni birdek qilish, xizmati qancha ortiq bo‘lsa ham, kam deb bilishni o‘z 
o‘gitlarida ilgari suradi:  
Boshni fido ayla ato qoshig‘a,  
Jismni qil sadqa ano boshig‘a.  
Ikki jahoningga tilar sen fazo-  
Hosil et ushbu ikkisidin rizo.  
Tun-u kuningga aylagali nur posh,  
Birisin oy angla, birisin quyosh.  
Dostonning sakkizinchi maqolatida Navoiy yolg‘izlikka nisbatan ko‘pchilik-
jamoatni ulug‘lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do‘st bo‘lishlarini istaydi. 
“Hayrat ul-abror”ning o‘ninchi maqolati rostgo‘ylik, halollik va to‘g‘rilikka 
bag‘ishlangan. Shoir yolg‘on so‘zlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” 
masalida ovchining tuzog‘iga tushgan Durroj obrazida hikoya qiladi.  
Masalda keltirilishicha, bir beshada sher yashar, har gal bolalasa, chumolilar (mur) 
uning bolasini nobud qilaverganidan yurak oldirib qo‘ygandi. Shu sababli:  
Tishlabon ul moyai payvandini  
Og‘zida asrar edi farzandini.  
Biroq shu “beshada” bir durroj ham yashar, hamisha sher vahmidan 
cho‘chiyverganidan qo‘qqisdan: “farr eta” uchar, bundan shervachcha seskanib 
ketardi. Bu holdan sher g‘am chekardi, nihoyat sherning  
Ko‘ngli bu ishdin bo‘lib ozorlik,  
Boshladi durroj bila yorlik.  
Va unga boshiga har qanaqa tashvish tushsa, ko‘maklashmoqqa so‘z berib, 
qo‘qqisdan uchaverib, uning bolasini qo‘rqitmasligini shart qilib qo‘yadi. Endi 
Ilmiybaza.uz e’tiroficha, tarbiyaning biri bolaga yaxshi ism qo‘yish bo‘lib, uni nomi bilan chaqirganlarida uyaladigan bo‘lmasligi kerak. Navoiy bolaga ilmu-adab o‘rgatish uchun muallim chaqirish lozimligini uqdirar ekan, shafqat qilish foydali, ammo ortiqchasi zarardir, deydi. Binobarin, har xil balolardan farzandini o‘z mehri bilan asrashni ota-onaning tavoze’si hisoblasa, ota-onani hurmat qilish–“buni bajarish uning(farzand) uchun majburiyatdir”,– deydi. Shoir katta-yu kichikka qarata ota- onaga xizmatni birdek qilish, xizmati qancha ortiq bo‘lsa ham, kam deb bilishni o‘z o‘gitlarida ilgari suradi: Boshni fido ayla ato qoshig‘a, Jismni qil sadqa ano boshig‘a. Ikki jahoningga tilar sen fazo- Hosil et ushbu ikkisidin rizo. Tun-u kuningga aylagali nur posh, Birisin oy angla, birisin quyosh. Dostonning sakkizinchi maqolatida Navoiy yolg‘izlikka nisbatan ko‘pchilik- jamoatni ulug‘lab, kishilarning bir-birlari bilan ahil, do‘st bo‘lishlarini istaydi. “Hayrat ul-abror”ning o‘ninchi maqolati rostgo‘ylik, halollik va to‘g‘rilikka bag‘ishlangan. Shoir yolg‘on so‘zlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzog‘iga tushgan Durroj obrazida hikoya qiladi. Masalda keltirilishicha, bir beshada sher yashar, har gal bolalasa, chumolilar (mur) uning bolasini nobud qilaverganidan yurak oldirib qo‘ygandi. Shu sababli: Tishlabon ul moyai payvandini Og‘zida asrar edi farzandini. Biroq shu “beshada” bir durroj ham yashar, hamisha sher vahmidan cho‘chiyverganidan qo‘qqisdan: “farr eta” uchar, bundan shervachcha seskanib ketardi. Bu holdan sher g‘am chekardi, nihoyat sherning Ko‘ngli bu ishdin bo‘lib ozorlik, Boshladi durroj bila yorlik. Va unga boshiga har qanaqa tashvish tushsa, ko‘maklashmoqqa so‘z berib, qo‘qqisdan uchaverib, uning bolasini qo‘rqitmasligini shart qilib qo‘yadi. Endi
Ilmiybaza.uz 
 
durroj uning yonida cho‘chimay, emin-erkin yashay boshlaydi. Hatto shu emin-
erkinligiga ishonch hosil qilish uchun sherni sinamoqchi bo‘lib, bir gal ovchi domiga 
tushdim deya faryod ko‘taradi. Sher uni qutqarmoqqa borsa, faryod yolg‘on bo‘lib 
chiqadi. Durroj bu harakatini bir necha bor takrorladi. Shu sababli sher unga 
ishonmay qo‘ydi, Boshqa bir mahalda durroj chindan ham sayyod domiga tushadi. 
Bu gal u:  
Qichqiribon dom aro ul mubtalo,  
Necha dedi, dod meni tuttilo.  
Sher qulog‘iga yetib ul maqol,  
Savtini doyimgidek etti xayol.  
Ko‘p eshitib erdi bu yolg‘onini,  
O‘yla gumon etti chin afg‘onini.  
Har necha kim rost fig‘on ayladi,  
Sidqini ham kizb gumon ayladi.  
Shu tariqa, durroj o‘z yolg‘onining qurboni bo‘ldi. Masaldan kelib chiqqan xulosa 
shu!  
Ilm ahllariga bag‘ishlangan o‘n birinchi maqolatda ilm va ilm ahli, qalam ahli, 
el manfaati, savob va jaholat, xudbinlik va xudbinlarga munosabat kabi masalalar 
axloqiy tahlil etiladi. Navoiy bir musofir, kambag‘al odamning chinakam ilm olishi 
uchun ne-ne muhtojlik, qashshoqlik, ochlik va sarson-sargardonliklar mashaqqatini 
bayon qilar ekan, ilmda sohibqiron bo‘lguncha o‘ttiz yillik davr o‘tishini, shunda 
ham bitta-ikkitagina kamolot egasi bo‘lib yetishishini asoslaydi. Ammo, uning 
ko‘ngli ilm maskani, ilm dargohi, uning bir qatra vujudi ilm daryosiga aylangani 
ulkan muvaffaqiyat sifatida talqin etiladi. Alisher Navoiy olimlik martabasini ana 
shunday yuksaklikda ko‘radi. U ilm ahli deganda ko‘p tillarni va bilimlarni 
egallagan qomusiy olimlik sharafini nazarda tutib, ularning johillarga xizmat 
qilishini esa zolimlik, deb baholaydi.  
Navoiy olimlar bilan jaholat egasi bo‘lgan bek-u amaldorlarning surati va 
siyratini taqqoslarkan, hayotiy detallarni ayni muqoyasa sifatida eslatib o‘tadi: 
“Egnidagi to‘nida yuzta yirtiq bo‘lsa ham, gulning to‘ni yirtiq-yirtiq ekani ayb emas-
Ilmiybaza.uz durroj uning yonida cho‘chimay, emin-erkin yashay boshlaydi. Hatto shu emin- erkinligiga ishonch hosil qilish uchun sherni sinamoqchi bo‘lib, bir gal ovchi domiga tushdim deya faryod ko‘taradi. Sher uni qutqarmoqqa borsa, faryod yolg‘on bo‘lib chiqadi. Durroj bu harakatini bir necha bor takrorladi. Shu sababli sher unga ishonmay qo‘ydi, Boshqa bir mahalda durroj chindan ham sayyod domiga tushadi. Bu gal u: Qichqiribon dom aro ul mubtalo, Necha dedi, dod meni tuttilo. Sher qulog‘iga yetib ul maqol, Savtini doyimgidek etti xayol. Ko‘p eshitib erdi bu yolg‘onini, O‘yla gumon etti chin afg‘onini. Har necha kim rost fig‘on ayladi, Sidqini ham kizb gumon ayladi. Shu tariqa, durroj o‘z yolg‘onining qurboni bo‘ldi. Masaldan kelib chiqqan xulosa shu! Ilm ahllariga bag‘ishlangan o‘n birinchi maqolatda ilm va ilm ahli, qalam ahli, el manfaati, savob va jaholat, xudbinlik va xudbinlarga munosabat kabi masalalar axloqiy tahlil etiladi. Navoiy bir musofir, kambag‘al odamning chinakam ilm olishi uchun ne-ne muhtojlik, qashshoqlik, ochlik va sarson-sargardonliklar mashaqqatini bayon qilar ekan, ilmda sohibqiron bo‘lguncha o‘ttiz yillik davr o‘tishini, shunda ham bitta-ikkitagina kamolot egasi bo‘lib yetishishini asoslaydi. Ammo, uning ko‘ngli ilm maskani, ilm dargohi, uning bir qatra vujudi ilm daryosiga aylangani ulkan muvaffaqiyat sifatida talqin etiladi. Alisher Navoiy olimlik martabasini ana shunday yuksaklikda ko‘radi. U ilm ahli deganda ko‘p tillarni va bilimlarni egallagan qomusiy olimlik sharafini nazarda tutib, ularning johillarga xizmat qilishini esa zolimlik, deb baholaydi. Navoiy olimlar bilan jaholat egasi bo‘lgan bek-u amaldorlarning surati va siyratini taqqoslarkan, hayotiy detallarni ayni muqoyasa sifatida eslatib o‘tadi: “Egnidagi to‘nida yuzta yirtiq bo‘lsa ham, gulning to‘ni yirtiq-yirtiq ekani ayb emas-
Ilmiybaza.uz 
 
ku! Quyoshning yalang‘ochligi uning ziynati-ku; bulutdan libos kiyganda esa, 
hamma yoqni qorong‘ilik bosadi. ...Er kishining sharafi kiyimda emas; dur sadafdan 
uzoq bo‘lsa, bahosi kamaymaydi. Pashshaning ham ust libosi zarrin, ammo uning 
qo‘nadigan joyi o‘limtiklarning ustidir.” (Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. Nasriy 
bayon qiluvchi A.Hayitmetov. –T., 1974. –B.85. ) 
Darhaqiqat, ma’rifatparvar va buyuk shoir Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy 
qarashlari hozirgi kunda ham shu jihatlari bilan o'z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. 
U o‘z zamonidayoq yoshlarni ilm-hunar egallash, mehnatni sevishga undab, 
o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, Vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqdirgan. 
Navoiy ta’limotida ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish, 
o‘rganish ta’kidlanadi. Bu jihat shoirning o‘z hayotiy tajribasida ham yetakchi 
shiorga aylanganini, ya’ni juda yoshligidan ta’lim olgani, o‘qishga berilganidan 
anglash mumkin. Qolaversa, 4-5 yoshlaridanoq ko‘p she’rlarni yod bilganligi, 
Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini ham bolalik 
chog‘laridayoq qayta-qayta o‘qib, yod olgani bu fikrni asoslaydi. Alisher Navoiy 
umrining so‘nggi damlarigacha iqtidorli yoshlarga, ma’rifatga katta e’tibor 
qaratganligini kuzatish mumkin. U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va 
tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik 
qilganligi, podsho Husayn Boyqarodan o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar 
ochishni talab qilgani, shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani ham 
navoiyshunoslar tomonidan ko‘p ta‘kidlangan. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa 
nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining 
“Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun 
zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo‘lgan mablag‘ ajratgani ana shunday 
e’tiborli dalillardan.  
Navoiy dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu quyosh o‘z atrofidagi 
yulduzlarga nur sochadi, ya’ni mudarris “abjadxonalar”ga, hali ilmdan bexabar 
bo‘lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ta’lim-
tarbiyaviy fikrlarini o‘zi yaratgan badiiy asarlarida ko‘proq barkamol insonni 
ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz 
Ilmiybaza.uz ku! Quyoshning yalang‘ochligi uning ziynati-ku; bulutdan libos kiyganda esa, hamma yoqni qorong‘ilik bosadi. ...Er kishining sharafi kiyimda emas; dur sadafdan uzoq bo‘lsa, bahosi kamaymaydi. Pashshaning ham ust libosi zarrin, ammo uning qo‘nadigan joyi o‘limtiklarning ustidir.” (Alisher Navoiy. Hayrat ul-abror. Nasriy bayon qiluvchi A.Hayitmetov. –T., 1974. –B.85. ) Darhaqiqat, ma’rifatparvar va buyuk shoir Alisher Navoiyning axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham shu jihatlari bilan o'z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda. U o‘z zamonidayoq yoshlarni ilm-hunar egallash, mehnatni sevishga undab, o‘rganilgan ilm va hunarni xalq, Vatan yo‘lida sarf qilish zarurligini uqdirgan. Navoiy ta’limotida ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o‘qish, o‘rganish ta’kidlanadi. Bu jihat shoirning o‘z hayotiy tajribasida ham yetakchi shiorga aylanganini, ya’ni juda yoshligidan ta’lim olgani, o‘qishga berilganidan anglash mumkin. Qolaversa, 4-5 yoshlaridanoq ko‘p she’rlarni yod bilganligi, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini ham bolalik chog‘laridayoq qayta-qayta o‘qib, yod olgani bu fikrni asoslaydi. Alisher Navoiy umrining so‘nggi damlarigacha iqtidorli yoshlarga, ma’rifatga katta e’tibor qaratganligini kuzatish mumkin. U mehnatkash xalq bolalarini o‘qitish va tarbiyalash uchun maktablar ochish va madrasalar qurish to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilganligi, podsho Husayn Boyqarodan o‘g‘il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qilgani, shaxsan o‘zi madrasalar qurishda tashabbus ko‘rsatgani ham navoiyshunoslar tomonidan ko‘p ta‘kidlangan. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o‘zining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo‘lgan mablag‘ ajratgani ana shunday e’tiborli dalillardan. Navoiy dars beruvchini quyoshga o‘xshatadi va bu quyosh o‘z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni mudarris “abjadxonalar”ga, hali ilmdan bexabar bo‘lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi. Alisher Navoiy ta’lim- tarbiyaviy fikrlarini o‘zi yaratgan badiiy asarlarida ko‘proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz
Ilmiybaza.uz 
 
ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning xislati juda katta, deb hisoblaydi. Alisher 
Navoiy inson shaxsining kamol topishi bolalikdan boshlanajagini nazarda tutib, 
dostonlaridagi ayrim boblarni qahramonlarining bolalik tarbiyasiga bag‘ishlaydi. 
Jumladan, Farhod va Majnun bolaligi tasviri bunga yorqin dalil bo`la oladi.  
U axloqiy-ta’limiy qarashlarini butun hayoti va ijodiy faoliyatining sintezi 
hisoblanuvchi “Mahbub ul-qulub” (“Ko'ngillarning sevgani”) pandnomasida yanada 
chuqurlashtirgan. Bu asar shoirning ustozlari Shayx Sa’diyning “Guliston” va 
“Bo‘ston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” singari didaktik adabiyot 
an’analaridan ijodiy ilhomlanib yozilgandir. “Mahbub ul-qulub”da buyuk shoir va 
mutafakkirning jamiyatdagi turli qatlamlariga mansub shaxslar to‘g‘risida umr bo‘yi 
qilgan kuzatuvlaridan kelib chiqqan xulosalari yakun topgan. Unda Navoiy yaxshi 
fe’l-xususiyatlarni sanab o‘tgan, odamlar uchun foydali o‘git va misollar keltirgan. 
Ayniqsa, o‘gitlar shoirning barhayot da’vatlari tarzida navqiron avlodlarni asrlar 
osha barkamollik sari undab kelmoqda. Va aytish joizki, Navoiy asarlari xuddi shu 
nuqtayi nazardan nafaqat bugun, balki o‘tmishda ham bolalar kitobxonligi asosi 
sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan.  
To‘rt asrdan ziyodroq davr mobaynida Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz 
qo‘lyozma kitoblar (devonlar, bayozlar va tazkiralar)dan o‘qib o‘rgandi, shoir 
g‘azallari negizida yaratilgan qo‘shiqlar ham navoiyxonlikda ayricha ahamiyat kasb 
etdi. Maktablarda ham, madrasalarda, davra va suhbatlarda ham shoir asarlariga 
rag‘bat tobora kuchaya bordi.  
Xususan, XIX asrning so‘nggi choragidan e’tiboran shoir asarlarini ko‘p sonli 
adadlarda toshbosma (litografiya) va tipografiyalarda chop etish yo‘lga quyilgach, 
bu jarayon yanada chuqurlasha va kengaya bordi. XX asrda Navoiy asarlarini o‘qib-
o‘rganish o‘rta va oliy maktab dasturlaridan keng o‘rin oldi, asrning oxirlariga borib 
esa, bog‘chalar ta’limi doirasiga ham kiritila boshlandi. Shu zaylda turli yoshdagi 
kitobxonning o‘z Navoiysi qad rostlaydigan bo‘ldi. Shu ehtiyoj “Xamsa” 
dostonlarining, shuningdek, “Lison ut-tayr” va “Mahbub ul-qulub” asarlarining 
hozirgi adabiy tilda qayta aytilgan nasriy bayonlari va tabdillarini yaratishga, 
Ilmiybaza.uz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning xislati juda katta, deb hisoblaydi. Alisher Navoiy inson shaxsining kamol topishi bolalikdan boshlanajagini nazarda tutib, dostonlaridagi ayrim boblarni qahramonlarining bolalik tarbiyasiga bag‘ishlaydi. Jumladan, Farhod va Majnun bolaligi tasviri bunga yorqin dalil bo`la oladi. U axloqiy-ta’limiy qarashlarini butun hayoti va ijodiy faoliyatining sintezi hisoblanuvchi “Mahbub ul-qulub” (“Ko'ngillarning sevgani”) pandnomasida yanada chuqurlashtirgan. Bu asar shoirning ustozlari Shayx Sa’diyning “Guliston” va “Bo‘ston”, Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston” singari didaktik adabiyot an’analaridan ijodiy ilhomlanib yozilgandir. “Mahbub ul-qulub”da buyuk shoir va mutafakkirning jamiyatdagi turli qatlamlariga mansub shaxslar to‘g‘risida umr bo‘yi qilgan kuzatuvlaridan kelib chiqqan xulosalari yakun topgan. Unda Navoiy yaxshi fe’l-xususiyatlarni sanab o‘tgan, odamlar uchun foydali o‘git va misollar keltirgan. Ayniqsa, o‘gitlar shoirning barhayot da’vatlari tarzida navqiron avlodlarni asrlar osha barkamollik sari undab kelmoqda. Va aytish joizki, Navoiy asarlari xuddi shu nuqtayi nazardan nafaqat bugun, balki o‘tmishda ham bolalar kitobxonligi asosi sifatida ma’lum va mashhur bo‘lgan. To‘rt asrdan ziyodroq davr mobaynida Alisher Navoiy asarlarini xalqimiz qo‘lyozma kitoblar (devonlar, bayozlar va tazkiralar)dan o‘qib o‘rgandi, shoir g‘azallari negizida yaratilgan qo‘shiqlar ham navoiyxonlikda ayricha ahamiyat kasb etdi. Maktablarda ham, madrasalarda, davra va suhbatlarda ham shoir asarlariga rag‘bat tobora kuchaya bordi. Xususan, XIX asrning so‘nggi choragidan e’tiboran shoir asarlarini ko‘p sonli adadlarda toshbosma (litografiya) va tipografiyalarda chop etish yo‘lga quyilgach, bu jarayon yanada chuqurlasha va kengaya bordi. XX asrda Navoiy asarlarini o‘qib- o‘rganish o‘rta va oliy maktab dasturlaridan keng o‘rin oldi, asrning oxirlariga borib esa, bog‘chalar ta’limi doirasiga ham kiritila boshlandi. Shu zaylda turli yoshdagi kitobxonning o‘z Navoiysi qad rostlaydigan bo‘ldi. Shu ehtiyoj “Xamsa” dostonlarining, shuningdek, “Lison ut-tayr” va “Mahbub ul-qulub” asarlarining hozirgi adabiy tilda qayta aytilgan nasriy bayonlari va tabdillarini yaratishga,
Ilmiybaza.uz 
 
qolaversa, kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangani “Qiziq hikoyalar” (1991) 
nashrini amalga oshirishgacha olib keldi.  
Buyuk gumanist bolalarga kelajak sohiblari sifatida qaradi, shunga ko‘ra ularning 
tarbiyasiga alohida e’tibor berish zarurligini uqtirarkan, bu sohadagi axloqiy 
qarashlarini “Xamsa” dostonlarida, xususan, dastlabki uch dostoni –“Hayratul-
abror” (“Yaxshilarning hayrati”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”da, 
shuningdek, “Lison-ut-tayr” (“Qush tili”), “Mahbub ul-qulub” (“Qalblarning 
sevgani”) hamda “Arba’in hadis” (“Qirq hadis”) kabi asarlarida olg‘a surdi. Bu 
asarlar bolalar navoiyxonligida ayricha mavqe hosil qilib keldi.  
Alisher Navoiy komil insonning shakllanishi bolalikdan boshlanajagini nazarda 
tutib, Farhod va Majnunlarning bola sifatida ulg‘ayish jarayonlarini ko‘rsatishga 
alohida e’tibor berdi. Farhod tirnoqqa zor Chin mulkining shohi xonadonida 
tug‘iladi, bu orziqib kutilgan xurramligu ushalgan armonning nishonasi edi. Shu 
sababli shoir murg‘akkina chaqaloqni tubandagicha tanishtiradi:  
Ko‘zida ashk selidan asarlar,  
Damida oh dudidin xabarlar.  
Muhabbat nuri olinda huvaydo,  
Jamolida vafo tug‘rosi paydo.  
Falak deb dard elining shohi oni,  
Malak deb dard o‘ti ogohi oni.  
Bu chizgilarda chaqaloqning kelajagiga daxldor bashorat tajassum topgan, ya’ni, 
yig‘lab dunyoga kelgan bu chaqaloqning nafasida ne-ne mashaqqatlarni 
kechajagidan xabar berguvchi ohlar tutuni o‘rlab turgan ekan. Manglayida esa 
muhabbat nuri porlayotganidan, chehrasidan vafo tug‘ro(tamga)sining barqi 
mavjud. Osmon uni barcha dardlilarning shohi timsolidagi farishta qilib yaratgan 
go‘yo, u barchaning dardidan “ogoh” – xabardor o‘g‘lon bo‘lib dunyoga kelgan. Shu 
bois uning nomi ham o‘ziga mos bo‘lmog‘i, hadisda aytilganiday, o‘z ota-onasidan 
oladigan birinchi mukofoti munosib ism bo‘lmog‘ini asoslarkan, shoir dastlab 
bunday o‘g‘ilga ota bo‘lish nasib etgan shohning ruhiy holatini shunday ifodalaydi:  
Ato ul durga chun nazzora qildi,  
Ilmiybaza.uz qolaversa, kichik yoshdagi bolalarga mo‘ljallangani “Qiziq hikoyalar” (1991) nashrini amalga oshirishgacha olib keldi. Buyuk gumanist bolalarga kelajak sohiblari sifatida qaradi, shunga ko‘ra ularning tarbiyasiga alohida e’tibor berish zarurligini uqtirarkan, bu sohadagi axloqiy qarashlarini “Xamsa” dostonlarida, xususan, dastlabki uch dostoni –“Hayratul- abror” (“Yaxshilarning hayrati”), “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”da, shuningdek, “Lison-ut-tayr” (“Qush tili”), “Mahbub ul-qulub” (“Qalblarning sevgani”) hamda “Arba’in hadis” (“Qirq hadis”) kabi asarlarida olg‘a surdi. Bu asarlar bolalar navoiyxonligida ayricha mavqe hosil qilib keldi. Alisher Navoiy komil insonning shakllanishi bolalikdan boshlanajagini nazarda tutib, Farhod va Majnunlarning bola sifatida ulg‘ayish jarayonlarini ko‘rsatishga alohida e’tibor berdi. Farhod tirnoqqa zor Chin mulkining shohi xonadonida tug‘iladi, bu orziqib kutilgan xurramligu ushalgan armonning nishonasi edi. Shu sababli shoir murg‘akkina chaqaloqni tubandagicha tanishtiradi: Ko‘zida ashk selidan asarlar, Damida oh dudidin xabarlar. Muhabbat nuri olinda huvaydo, Jamolida vafo tug‘rosi paydo. Falak deb dard elining shohi oni, Malak deb dard o‘ti ogohi oni. Bu chizgilarda chaqaloqning kelajagiga daxldor bashorat tajassum topgan, ya’ni, yig‘lab dunyoga kelgan bu chaqaloqning nafasida ne-ne mashaqqatlarni kechajagidan xabar berguvchi ohlar tutuni o‘rlab turgan ekan. Manglayida esa muhabbat nuri porlayotganidan, chehrasidan vafo tug‘ro(tamga)sining barqi mavjud. Osmon uni barcha dardlilarning shohi timsolidagi farishta qilib yaratgan go‘yo, u barchaning dardidan “ogoh” – xabardor o‘g‘lon bo‘lib dunyoga kelgan. Shu bois uning nomi ham o‘ziga mos bo‘lmog‘i, hadisda aytilganiday, o‘z ota-onasidan oladigan birinchi mukofoti munosib ism bo‘lmog‘ini asoslarkan, shoir dastlab bunday o‘g‘ilga ota bo‘lish nasib etgan shohning ruhiy holatini shunday ifodalaydi: Ato ul durga chun nazzora qildi,
Ilmiybaza.uz 
 
Sadafdek og‘zi kulmakdin yoyildi.  
Shundan so‘ng shoir chaqaloqqa ism qo‘yish tafsilotiga o‘tadi. Unga tanlangan ism 
qismatiga daxldor besh so‘zning bosh harflaridan tuzilgan: “firoq”dan – “f”, 
“rashk”dan – “r”, “hajr”dan –“h”, “oh”dan – “o” va nihoyat, “dard”dan – “d” 
harflarining bir-biriga “murakkab” qilinishi asosida hosil bo`lgan, uni bunyodga 
keltirgan “ustodi ishq”ning irodasi shunday:  
Anga farzona Farhod ism qo‘ydi,  
Hurufi maxzanin besh qism qo‘ydi.  
Firoqu rashku hajru oh ila dard,  
Biror harf ibtidodin aylabon fard.  
Borin ustodi ishq etgach murakkab,  
Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab.  
Ko‘rinayotirki, chaqaloqning tug‘ilishi – jismoniy hodisa bo‘lsa, unga ism qo‘yish 
– ma’naviy hodisa. Navoiy chaqaloqning jismoniy ulg‘ayishini ma’naviy 
ulg‘ayishga omixtalashtirgan holda tasvirlashga ayricha e’tibor berarkan, bunda 
dastlab, allaning nechog‘li katta ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi:  
Arusi charx tun-kun doya kirdor,  
Bo‘lib har tavri holidin xabardor.  
Beshik davrida chiniyu xitoyi,  
Bo‘lib yuz no‘sh lab dostonsaroyi.  
Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu.  
Anga uyqu keturmakka navogo‘  
Doya tun-kun uni parvarish qilib, “dostonsaro”lik, ko‘zlariga noz uyquni chorlash 
uchun “navogu”lik qilib allalar aytib, quvnab-yashnab ulg‘ayishiga ma’naviy asos 
solganliklaridan u bir yoshni to‘ldirganidayoq, oyoqda turadi: beshikni tark etib, 
mustaqil yura boshlaydi. Shu zaylda u hammaning suyumlisi bo‘lib ardog‘lanadi.  
Bu yanglig‘ chun bir o‘ldi yoshi oning,  
Sharaf durriga yetti boshi oning.  
Qadam urdiyu tarki mahd qildi,  
Kuyub emgak, yururga jahd qildi.  
Ilmiybaza.uz Sadafdek og‘zi kulmakdin yoyildi. Shundan so‘ng shoir chaqaloqqa ism qo‘yish tafsilotiga o‘tadi. Unga tanlangan ism qismatiga daxldor besh so‘zning bosh harflaridan tuzilgan: “firoq”dan – “f”, “rashk”dan – “r”, “hajr”dan –“h”, “oh”dan – “o” va nihoyat, “dard”dan – “d” harflarining bir-biriga “murakkab” qilinishi asosida hosil bo`lgan, uni bunyodga keltirgan “ustodi ishq”ning irodasi shunday: Anga farzona Farhod ism qo‘ydi, Hurufi maxzanin besh qism qo‘ydi. Firoqu rashku hajru oh ila dard, Biror harf ibtidodin aylabon fard. Borin ustodi ishq etgach murakkab, Tarakkubdin bu ism o‘ldi murattab. Ko‘rinayotirki, chaqaloqning tug‘ilishi – jismoniy hodisa bo‘lsa, unga ism qo‘yish – ma’naviy hodisa. Navoiy chaqaloqning jismoniy ulg‘ayishini ma’naviy ulg‘ayishga omixtalashtirgan holda tasvirlashga ayricha e’tibor berarkan, bunda dastlab, allaning nechog‘li katta ahamiyatga egaligini ta’kidlaydi: Arusi charx tun-kun doya kirdor, Bo‘lib har tavri holidin xabardor. Beshik davrida chiniyu xitoyi, Bo‘lib yuz no‘sh lab dostonsaroyi. Ko‘zining nozi eldin eltib uyqu. Anga uyqu keturmakka navogo‘ Doya tun-kun uni parvarish qilib, “dostonsaro”lik, ko‘zlariga noz uyquni chorlash uchun “navogu”lik qilib allalar aytib, quvnab-yashnab ulg‘ayishiga ma’naviy asos solganliklaridan u bir yoshni to‘ldirganidayoq, oyoqda turadi: beshikni tark etib, mustaqil yura boshlaydi. Shu zaylda u hammaning suyumlisi bo‘lib ardog‘lanadi. Bu yanglig‘ chun bir o‘ldi yoshi oning, Sharaf durriga yetti boshi oning. Qadam urdiyu tarki mahd qildi, Kuyub emgak, yururga jahd qildi.