ALISHER NAVOIYNING FALSAFIY QARASHLARI. ALISHER NAVOIY ASARLARIDA JAMIYAT BILAN INSON MUNOSABATI VA KOMIL INSON GʻOYASI
Yuklangan vaqt
2024-03-26
Yuklab olishlar soni
3
Sahifalar soni
14
Faytl hajmi
98,5 KB
ALISHER NAVOIYNING FALSAFIY QARASHLARI.
ALISHER NAVOIY ASARLARIDA JAMIYAT BILAN INSON
MUNOSABATI VA KOMIL INSON GʻOYASI
1
Reja:
Kirish
1. Temuriylar davr falsafasi
2. Xarakat turlari va ularning o'zaro aloqadorligi.
3. Ahloqiy tamoyillar va ularning mazmuni.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
2
Kirish
O‘rta asrlarda Sharq olamida yashab ijod etgan buyuk alloma va
mutafakkirlarning ilmiy merosini chuqur muhokama qilish va anglash, uning
zamonaviy sivilizatsiya tarixida tutgan o‘rni va roliga baho berish bugungi kun
falsafasining dolzarb masalalaridan biridir. Ana shu bebaho ilmiy merosni yanada
teran tadqiq etish va ommalashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarga yangi turtki
berish, Sharqning ulug‘ allomalari tomonidan amalga oshirilgan kashfiyotlar
zamonaviy ilm-fan va taraqqiyot uchun naqadar dolzarb va zarur ekanini ochib
berishning ahamiyati ham shunchalik muhimdir.
Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, millatimiz faxri,
iftixori hisoblangan ulug’ alloma – Ibn Sinoning xizmatlari xolisona baholanayotir.
Tarixiy haqiqatga asoslangan tarixiy xotira tiklanmoqda. Olimning ilmiy, falsafiy,
ijtimoiy- siyosiy va tabiiy qarashlari juda serqirradir. Qaysi fan sohasiga qalam
urmasin, unda o’z zikrini qoldira olgan. Mutafakkir o’z asarlarida ilm va odob-
axloq uyg’unligi, barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat,
insonlarning o’zaro do’stligi hamkorligi, rahbarning burchi va mas’uliyati
to’g’risida qiziqarli g’oyalarni ilgari surgan.
Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda va xorijda Ibn Sino ilm-merosini
o’rganishga e’tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida Ibn Sino
asarlarining qo’lyozmalari saqlanadi, jumladan, O’zbekiston FASHI da alloma
qalamiga mansub 50 asarning 60 ta qo’lyozmasi mavjud. Yevropa olimlaridan
E.Bishmann, Yu.Russka Karra devo, arab, eron, turk olimlaridan M.U.Najotiy,
A.N.Nodir, Yahyo Mahdaviy, Umar Farruh ma’lum hissa qo’shganlar. Yurtimizda
Ibn Sino asarlarini tarjima va tadqiq etishda sharqshunos olimlar Hamidullin Sh.H,
S.Mirzaev, SagadeyevA.V, A.Semyonov, H.Hikmatullaevlar ulkan ishlarni amalga
oshirdilar.
Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn
Sinoning “Axloq” to’g’risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi.
3
Mantiqiylik tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta’sir etuvchi baxt-
saodat masalasining ahamiyati aqlning yuqori o’rinda ekanligi bilan belgilanib,
tadqiq qilindi. Inson hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga
erishishda duch keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin
etildi.
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda
erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak
deb ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan
adolatli qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat
a’zolarining hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik
jazolanishi, basharti podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ysa, xalqning unga
qarshi qo’zg’oloni to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim. Ibn
Sino o’zining “Axloq haqidagi risola”sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha’n,
qadr-qimmat, qanoat, saxiylik, g’ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay
bilishlik, ilm-ma’rifatli bo’lish, ochiqlik, vijdonlilik, do’stlik, sadoqatlilik,
kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi shaxs ma’naviyati kategoriyalariga ta’rif beradi.
Ibn Sino o’zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib,
kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari
haqida to’xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan
paydo bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishiga hukumat ahllarning ham
ta’siri kattadir. Olimning axloqiy qarashlarini uning “ash-Shifo” asarlarining
ko’pgina bo’limlarida ham uchratamiz. Bunda Ibn Sino insonda bo’ladigan
g’azablanish,xavfning paydo bo’lishi, qo’rqoqlikning ma’nisi, uyalish va surbetlik
xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g’amxo’rlik
va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga,kishidagi xasad,
o’ch olish, g’ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta’rif
beradi.
Ibn Sino arzimagan kasallikka bardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning
4
mehnati evaziga topilganlarni o’zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni
qoralaydi,ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham
kishining or-nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn
Sino yozadi : “ Insonlarning doimiy tobe bo’lib yashashlari, boshqalar tomonidan
o’z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik
kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo’lishiga sabab bo’ladi”.
Abu Ali Ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma’rifatni
egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini
ochib avlodlarga
etkazishi
kerak.
Bu
maqsadga
etishish
uchun
inson
qiyinchiliklardan qo’rqmasligi zarur, deydi u:
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk
bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish
kerakligini ta’kidlaydi.
Ibn Sino , insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va
xatti-harakatlarini qarama-qarshi qo’yadi. U , inson qochishi kerak bo’lgan
nuqsonlarga aldash, nafrat, zaiflik,rashk, adovat, o’ch olish, sergaplik, so’kinish,
bo’xton, bema’nilik, irodasizlik va boshqa yomon xislatlarni kiritadi. Eng katta
nuqson deb, kishining yuksak fazilati hisoblangan, ilmga qarama-qarshi turgan
johillikni tushunadi. Uningcha, yanglishish – fikr ravshanligiga, ahmoqlik–
ziyraklikka, nafrat–sevgiga, takabburlik va shafqatsizlik – adolatga qarshi turadi.
Axloq normalarini kasb etishda odat kata rol o’ynaydi, “ Yomon xulq kabi, yaxshi
xulq ham odat tufayli erishiladi. Ibn Sino o’zini nazoratga olish maqsadida shunday
deydi: - “Men tafakkur qilib, o’zimga zarur bo’lgan nasalarni o’qishga kirishdim;
bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zimni ko’p yomon kirdikorlardan saqlashga ulgura
oldim; yomonliklardan chetlashishga olib boradigan har xil xususiyatlarimni bilib
oldim. Qaysi fe’l-atvorim menga do’stu, qaysinisi dushman ekanini, qaysilarini
meni to’gri yo’lga-yu, qaysilari egri yo’lga boshlashini angladim. Xullas, men
o’zimni o’zim yaxshilab sinchiklab o’rgandim, kimligimni tushundim va shundan
5
keyin bilib ishimni qilgan edim, kata-katta yutuqlarga erishdim”. O’z qissalarida
Ibn
Sino
mardlikni
targ’ib
qilib,
munofiqlik,
sergaplik,
yolg’onchilik,
ishyoqmaslikni, riyokorlarning ikkiyuzlamachiliklarini fosh etadi. Ibn Sino
kishilarni ilm-fanni o’rganishga, kasb-hunar egallashga da’vat etadi. Demak, Ibn
Sino asarlari O’rta Osiyo xalqlari pedagogik qarashlari, o’rta asrlardagi ilm-fan
tarixini o’rganishda ham eng muhim sarchashmalardan bo’lib hisoblanadi.
Ibn Sinoning ta’lim-tarbiyaga oid fikr mulohazalari uning bizgacha yetib
kelgan juda ko’p asarlari orasida tarqoq holda saqlanib qolgan. Agar qadimgi yunon
faylasuflari Platon va Arastular o‘sib kelayotgan avlod ta’lim-tarbiyasini davlat
zimmasiga yuklagan, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat majburiyatiga
ag’darib qo’ygan va bola tarbiyasi bilan shug’ullanish jamiyat va davlat manfaatlari
uchun zarur va foydaliroq, deb ta’kidlab, bu tarzdagi qarashlari bilan tarbiyani ota- ona
gardanidan soqit qilgan bo’lsalar, Ibn Sino bu vazifa birinchi galda oilaga taalluqli
ekanini asoslab berishga urinadi. U jahon pedagogikasi tarixida birinchilardan bo‘lib
farzand tarbiyasida oqila ayol kishining salohiyatini ko‘tarish zarur ekaniga alohida
e’tibor qaratgan edi. Navoiy falsafasining, uning inson haqidagi fikrlarini, estetik
gʻoyalarini, borliq haqidagi fikrlarini anglash bugungi kunning muhim vazifalaridan
biridir. Navoiyning mutlaq borliq mavjudligini tan olib, uni zamon va makon nuqtai
nazaridan cheksiz deb izohlaydi. Borliqni avvali va oxiri yoʻq, deb hisoblaydi.
“Hayrat ul-abror” asarida Navoiy mutlaq borliqqa shunday taʼrif beradi:
Ey senga mabdada abaddek azal,
Zot-i qadimning abadiy, lam yazal.
Ne boʻlub avvalda bidoyat senga,
Ne kelib ohirda nihoyat senga
Ushbu asarda Navoiy azal va abadning nisbiyligini haqida mantiqiy xulosa
chiqaradi. Makonning toʻliqlik va boʻshliqdan iborat, deb hisoblaydi. Mutlaq borliq
esa ikki qismni ichiga oladi: “Ne anga zamonu makon ihtimoli, ne zamonu makon
andin xoli. Ne xalo aning yeridur, ne malo, ammo ham xalo-vu ham malo andin toʻla”
6
Mutlaq borliqning asosiy xususiyatlaridan birini Navoiy nuqtai nazaridan
zotning vojibligini, yaʼni obyektivlik gʻoyasini ilgari suradi. Bu borliq insonga taʼsiri
boʻlmaydi, u bor boʻlgan va bor boʻladi. Nisbiy borliqni esa olim borliqqa qaram deb
koʻradi. Mutlaq borliq taʼsirida nisbiy borliq bor boʻladi, yoki, aksincha yoʻq boʻlishi
mumkin. Lekin nisbiy borliq mutlaq borliqqa hech qanday taʼsir oʻtkazolmaydi:
Arzu falak yoʻqidinu boridin,
Barchaning ixfosiyu izhoridin.
Ne azamat ichra anga sud oʻlub,
Ne jabarutiga ziyon bud oʻlub
Mutlaq borliq yagonadir, va ushbu mutlaq borliq haqida Navoiy shunday deydi:
Hamd angakim, vojibgʻi bi-z-zot erur,
Homid aning zotiga zarrot erur.
Vahdat-i zotiga quyoshdek tanuq,
Zarradin afzun-u quyoshdin yoruq
Navoiyning qarashlarida borliqning paydo boʻlishi mutlaq borliq harakati bilan
bogʻliq deb koʻrsatilgan:
Chu bir junbish etti ayon bahr-i zot,
Padid oʻldi amvojidin koinot
Dunyoda hech qaysi narsa oʻzidan oʻzi paydo boʻlmaydi va yoʻq boʻlmaydi.
Koinotda qancha cheksiz boʻlsa ham, unda boʻshliq boʻlmaydi. Koinotda barcha narsa
bir biriga bogʻliqdir, har biri biriga vosita:
Qatragacha qulzum-i zaxxordin,
Zarragacha shamsa-yi zarkordin.
Oni munga, muni anga band etib,
Bir-biriga barchani payvand etib.
Vositalar boʻldi ayon toʻ-batoʻ,
Bir-biriga bogʻlanibon moʻ-bamoʻ
7
Koinotdagi bor narsalar turli-tuman narsalardan iboratdir. Mavjudotlar esa
zamon va makon bilan cheklanib qoʻyilgan. Koinotdagi bor narsalar avvali va oxiri
mavjud. Hamma narsa bor boʻladi va belgilangan vaqtdan keyin yoʻq boʻladi. Lekin
borning yoʻq boʻlishi nisbiydir. Navoiy “Hayrot ul-abror” asarida koinotning vujudga
kelishini shunday koʻrsatib beradi:
Andaki bor erdi nihon bu jahon,
Balki nihondagi jahondek nihon,
Ne sochibon kun yuzi barg-i suman,
Ne kechaning turrasi mushk-i Xoʻtan,
Ne ochibon koʻkda shafaq lolalar,
Ne yogib anjumdin anga jolalar
Koinotning eng oliy mavjudoti sifatida Alisher Navoiy insonni ifoda etadi. Inson
mutlaq borliqning ijodi natijasida paydo boʻlib, unda mutlaq borliq oʻz ifodasini
topadi. Faqatgina inson soʻzlash, fikrlash, mutlaq borliqni anglash qobiliyatiga ega
boʻlib, koʻnglida haqiqat xazinasi mujassam etgan:
Ganjing aro naqd farovon edi,
Lek baridin gʻaraz inson edi.
Turfa qalomingga dagi komil ul,
Sirr-i nihoningga dagʻi homil ul.
Koʻngliga qilding chu aqin ganji qism,
Jismini ul ganjga qilding tilism
Navoiy insonning oʻz maʼnaviy va ruhiy tabiati bilan boshqa mavjudotlardan
ajralishi, har bir insonning insoniylik darajasi uning maʼnaviy yuksalish darajasi bilan
belgilaydi. Kishining qiymati uning odamiyligi bilan belgilanadi. Uning odamiyligi
esa mol-dunyosi koʻpligi yoki martabasi balandligi bilan emas, balki ushbu molu
dunyosini xalq xizmatiga sarflashi bilan belgilanishi afzalroqdir. Boylik orttirish,
ushbu yoʻlda insonlarga jabr qilish, mansabga intilish, va ushbu yoʻlda kishilarga
zulm oʻtkazish bilan ovora boʻlgan insonlardan koʻra, shoir oddiy va kambagʻal bir
8
komilni yoki dehqonni ming karra afzal koʻradi. Chunki birinchisi borliq qonunlardan
bexabar va qimmatbaho insoniylikni oʻtkinchi molu dunyoga almashtirib, hayotini
maqsadsiz oʻtkazadi. Ikkinchi inson esa oʻz mehnati bilan oʻziga va jamiyatga bebaho
naf qiladi. Hodisalarga toʻgʻri koʻz bilan qaragan insonlarni Navoiy “maʼno ahli” deb
biladi, yuzaki qarashlarga ega odamlarni esa “suvrat ahli” deb ataydi.
Shoir inson mohiyatini uning ijtimoiy faoliyatida – jamiyatga foydali kasb bilan
shugʻullanishi, xalqqa manfaati tegishi, odamlarning ogʻirini yengil qilishida, deb
biladi. Uning xalq gʻamini oʻz gʻami deb bilmaydigan odamni odam qatoriga
qoʻshmasligi bejiz emas:
Odamiy ersang, demagil odami
Onikim, yoʻq halq gʻamidin gʻami
Alisher Navoiy nafsoniyatiga berilib ketgan insonlarni tanqid ostiga oladi.
Bunday dardga chalingan insonlarni birovning tushgan kulfatga parvo qilmaydi,
birovga yaxshilikni ravo koʻrmaydi, har doim yolgʻiz oʻzi haqida qaygʻuradi. Bunday
odamlar “barchaga oʻzgadan oʻzi azizroq va oʻzgalar soʻzidan oʻz soʻzi azizroq” deb
taqiqlaydi. Navoiy odamlarni yomon xislatlardan holi koʻrishni xohlaydi.
“Mahbub ul-qulub” asarida Alisher Navoiy odam va odamiylik haqida, chin
insoniy fazilatlar toʻgʻrisida asrlar mobaynida xalq tajribasi va bilimi haqida yigʻilgan
fikrlarni bayon etadi. Ushbu asarda shoir oʻzining ijtimoiy gʻoyalarini ilgari suradi,
chuqurlashtiradi, yangi dalillar bilan isbotlaydi.
Navoiy inson maʼnaviy dunyosini boyitish uchun, eng avvalo, oʻzini anglashi
zarur deb hisoblaydi. Ushbu yoʻlda quyidagi amallarga boʻysinishi lozim: birinchidan,
nafsiy quvvatlarni maʼnaviy quvvatlarga boʻysindirishi; ikkinchidan, ilm olishi va
hunar egallashi; uchinchidan, ilm, hunar, mol-dunyosini ezgulikka yoʻnaltirishi;
toʻrtinchidan, koʻnglini insondagi goʻzallik bilan boy ettirishi.
Navoiy oʻz davrining mashhur davlat arbobi boʻlishi bilan bir vaqtda u buyuk
mutafakkir ham edi. Shoir siyosat, davlat qonunlariga oid maxsus asarlar yozib,