ALOHIDA FAOLIYAT TURLARI. MOTIVATSIYALARNING O‘RGANILGANLIGI.
Yuklangan vaqt
2025-03-18
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
47
Faytl hajmi
59,4 KB
P
A
G
E
ALOHIDA FAOLIYAT TURLARI. MOTIVATSIYALARNING
O‘RGANILGANLIGI.
REJA:
KIRISH
I – BOB. FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
1.1. Faoliyatning va uning tuzilishi
1.2. Harakatni boshqarish va nazorat qilish.
1.3. Faoliyatping asosiy turlari va odamda ularning rivojlantirilishi
II – BOB. FAOLIYATING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA FAOLIYATNING
PSIXOLOGIK NAZARIYALARI.
2.1. Faoliyating psixologik tavsifi
2.2. Faoliyatning psixologik nazariyalari.
2.3. Motiv va motivatsiya, Inson faoliyatining motivatsiyasi
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
P
A
G
E
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Insonning dunyoga kelishi nafaqat tug'ilishdan
iborat tabiiybiologik hodisa, balki tug'ilgandan so‘ng o‘z davrining taraqiyoti
darajasiga ko‘tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribaga ega bo‘lishi, jamiyatda o‘z
o‘rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonning faol ishtirokchisiga aylanishi, bu
jarayonda keksa avlod o‘zining yashash, kurash va mehnat tajribasi, bilim va
ko‘nikmalarini yosh avlodga beradi. Bu esa tarbiya deb ataluvchi shaxsning
shakllanishi, rivojlanishida muhim rol o‘ynaydigan ijtimoiy hodisa orqali amalga
oshiriladi.
Qolaversa, barkamol, yetuk shaxslarni yetishtirish ham ko‘payib, o‘zgarib
boradi. Ma'lumki, har qanday jamiyat o‘z a'zolari bilan insonparvarlik munosabatida
bo‘lishga intiladi va uning maqsadi-insonning o‘z-o‘zini namoyon qilishi, o‘z-o‘zini
tasdiqlashi, jamiyat tomonidan shaxs sifatida tan olinishi zaruriyatini amalga
oshirish uchun yo‘l ochib berishdir.
Bugungi kunda butun dunyoda ro‘y berayotgan siyosiy, ijtimoiy va ijtimoiy
o‘zgarishlar ta'lim-tarbiya nazariyasi va amaliyotida juda ko‘p o‘zgarishlarni keltirib
chiqardi. Yangi ijtimoiy sharoitda mavjud pedagogik amaliyotni metodologik va
amaliy muammolarni nazariy nuqtai nazardan chuqur anglamasdan amalga oshirib
bo‘lmaydi, chunki bu muammolarni hal qilmasdan ta'lim va tarbiyaning ta'siri
bo‘lmaydi.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o‘z-o‘zini anglab, har bir
harakatini muvofiqlashtiruvchi shaxsga xos bo‘lgan eng muhim va umumiy
xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha ―actus‖ - harakat, ―activus‖ - faol
so‘zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha xatti -
harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir.
Bu - o‘sha oddiy qo‘limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog‘liq
elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg‘onish paytlarimizda amalga
oshiradigan mavhum fikrlashimizgacha bo‘lgan murakkab harakatlarga aloqador
ishlarimizni tushuntirib beradi. Shuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi
P
A
G
E
va o‘z-o‘zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida
ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali bayon etiladi.
Har qanday sharoitda ham barcha harakatlar ham ichki-psixologik, ham
tashqi - muvofiqlik nuqtai nazaridan ong tomonidan boshqarilib boradi. Ijtimoiy
amaliyotning turli sohalarida ongli ravishda ishtirok etishga intilayotgan o‘z
hayotini yaratuvchisi sifatida harakat qila oladigan, shaxsning ijtimoiy yo‘nalishini
shakllantirish uchun shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy harakatlarga tayyorgarlik
ko‘rish, yosh avlodlarni atrofdagi haqiqatni ijodiy o‘zgartirishga qaratilgan
faoliyatga jalb qilish maqsadida maktab va boshqa ijtimoiy institutlarning ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatini tashkil etishda faollashishi zarurligini
tushunishga olib keladigan inson tarbiyasi ustuvor vazifadir.
Psixologik va pedagogik hodisa sifatida o‘smirlarning ijtimoiy faolligini
o‘rganishga bo‘lgan qiziqish, ularning psixofizyologik xususiyatlari, ijtimoiy
ahamiyatga ega bo‘lgan harakatlar qilish istagi va istagi tufayli ushbu yosh
toifasidagi vakillarning mavjudligi bilan bog'liq.
Qadriyatlar tizimining harakatchanligi, ijtimoiy makonni kengaytirishga
bo‘lgan ehtiyojni ilgari surish, tengdoshlar orasida o‘zini himoya qilish va
boshqalarning roziligini olish, o‘zlarini shaxsiyat va o‘smirlarga xos bo‘lgan boshqa
xususiyatlar sifatida bilish, bu yoshdagi bolalarni maktab, oila, jamoatchilikning eng
zaif va diqqatga sazovor joylariga aylantiradi.
Konstruktiv ijtimoiy faoliyatni shakllantirish zamonaviy jamiyat talablariga
javob beradigan uyushgan muhitni yaratishni o‘z ichiga oladi. Ta'lim
muassasalarining devorlarida bunday muhitning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
uchun boshqa ijtimoiy institutlarni (oilalar, jamoat tashkilotlari) tarbiyalash
jarayoniga kiritish kerak, bu esa jamiyat hayotining etarli darajada aks ettirilishini
ta'minlaydi. Ta'lim muassasalari bolaning eng yaqin atrof - muhitiga-uning oilasiga
ta'lim ta'sirining xususiyatlarini hisobga olmaydi.
Mavzuning maqsadi. Shu munosabat bilan maktab va oila o‘rtasidagi
o‘zaro munosabatlar tizimini o‘smirlarning ijtimoiy faolligini shakllantirish omili
sifatida ishlab chiqish muammosi o‘ta dolzarbdir.
P
A
G
E
Ijtimoiy faollik kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi
fikrlari, his-tuyg‘ulari va hatti-harakatlarini jamlashga jamiyat hayotiga baho
berishga va shu asosda ijtimoiy voqelikning tegishli tomonlarini o‘zgartirishga ta‘sir
ko‘rsatadi.
Inson mavjud ekan u o`zining hayotiy tajribasiga asoslanib, u yoki bu holda
idrok etish, olamni anglash, narsa va hodisalarni ajratish kabi xususiyatlarga ega
ekanligi haqida o`ziga - o`zi hisob beradi. Inson olamni qabul qilibgina qolmay, unda
harakat qiladi, o`z faolligini namoyon etadi, qaror qabul qiladi, maqsadga intiladi,
qiyinchiliklarga duch kelganida qat’iyatlilik va irodaviy sifatlarni namoyon qiladi.
Inson biror bir jihati bilan boshqalardan farq qiladi: kimdir texnikaga qiziqadi,
boshqa birov musiqaga, yana kimdir sportga, kimdadir qobiliyatlar, boshqada she’r
yozish, uchinchisida texnik qobiliyatlar mavjud, kimdir harakatchan, boshqa birov
bosiq, befarq, uchnchisi – dilkash, chaqqon, birov mehnatsevar va kamsuqum va
xokozo.
Tashviqot ishining obyekti. Alohida faoliyat turlari ushbu ishning
o‘rganiladigan obyekti hisoblanadi.
Tashviqot ishining predmeti. Ushbu ishning predmeti sifatida faoliyatning
va uning tuzilishi, harakatni boshqarish va nazorat qilish, faoliyatning asosiy turlari
va odamda ularning rivojlantirilishi o‘rganiladi.
Tashviqot ishining vazifalari quyidagilardan iborat:
Faoliyatning va uning tuzilishi
Harakatni boshqarish va nazorat qilish
Faoliyatping asosiy turlari va odamda ularning rivojlantirilishi
Faoliyating psixologik tavsifi
Faoliyatning psixologik nazariyalari
Motiv va motivatsiya, Inson faoliyatining motivatsiyasi o‘rganiladi.
Tashviqot ishining tuzilishi. Ushbu tashviqot ishi kirish, ikkita bob, oltita
paragraff, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar qismidan iborat bo‘lib, jami 47 betni
tashkil qiladi.
P
A
G
E
I – BOB. FAOLIYAT VA UNING MAQSADLARI HAQIDA TUSHUNCHA.
1.1. Faoliyatning maqsadi va uning tuzilishi
Faoliyat va uning maqsadlari haqida tushuncha. Agar hayvonlarning xatti-
harakati butunlay atrof-muhit bilan belgilansa, kishining faolligi uning ilk
yoshlaridanoq butun insoniyat tajribasi va jamiyat talablariga ko‘ra yo‘naltirib bori-
ladi. Xatti-harakatning bu turi shu qadar o‘ziga xoslikka egaki, psixologiyada uni
atash uchun maxsus termin — faoliyat termini qo‘llaniladi. Faollikning bu, alohida
maxsus insoniy turi- ning farq qiluvchi psixologik belgilari nimalardan iborat?
Bu farq qiluvchi belgilardan biri shundan iboratki, faoliyat- ning mazmuni
tamomila uni keltirib chiqargan ehtiyoj bilan belgilanmaydi. Basharti motiv
sifatidagi ehtiyoj faoliyatga turt- ki berib, uni rag‘batlantirar ekan, u holda
faoliyatning shakl- lari va mazmuni ijtimoiy shart-sharoitlar, talablar va tajriba bilan
belgilanadi. Masalan, kishini ishlashga undagan motiv (sabab) ovqatga nisbatan
ehtiyoj tug‘ilishidan ham kelib chiqishi mumkin. Lekin odam stanokni, masalan,
uning ochligini bartaraf etish uchun emas, balki bu unga topshirilgan detalni
tayyorlash imkonini bergani uchun ham boshqaradi. Uning faoliyat mazmuni
shunchaki ehtiyoj bilan emas, balki maqsad bilan undan jamiyat talab qilayotgan
muayyan mahsulotni tayyorlash uchun belgilanadi. Kishining nima uchun muayyan
tarzda harakat qilayotgani uning nimani ko‘zlab ish qilayot- ganiga mos kelmaydi.
Uni faoliyatga undovchi xohish-istak- lar, sabab bilan ushbu faoliyatni
yo‘naltiruvchi bevosita maqsad bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Binobarin, faoliyatning birinchi farqli belgisi shundan ibo- ratki, u faollik
manbayi bo‘lgan ehtiyoj sifatida yuzaga chiqqan holda faollikning yo‘naltiruvchisi
bodgan anglashilgan maqsad bilan boshqariladi.
Faoliyat muvaffaqiyatli bo‘lishi uchun psixika narsalar- ning xususiy obyektiv
xossalarini aks ettirishi va ular bilan (organizmning ehtiyojlari bilan emas) oldiga
qo‘yilgan maqsad- ga erishish usullarini ham belgilab berishi lozim. Va nihoyat,
faoliyat kishining xulq-atvorini maqsadga qaratilgan harakat- larni ro‘yobga
chiqarish, xususan olganda esa yuzaga kelgan ehtiyojlarni, o‘zicha zudlik bilan
qondira
olmaydigan,
ya’ni
bevosita
madadga
tayanmaydigan
faollikni
P
A
G
E
rag'batlantirish va qo‘llab-quvvatlash imkonini beradigan darajada boshqarishga
qodir bodishi kerak. Bundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat bi 1 ish va iroda bilan
chambarchas bogdiq bodadi, ularga tayanadi, bi- lish va irodaviy jarayonlarsiz yuz
berishi mumkin emas.
Demak, faoliyat - kishining anglanilgan maqsad bilan boshqarib turiladigan
ichki (psixik) va tashqi (jismoniy) faol- ligidir.
Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish mumkin bodishi uchun kishi faolligida
anglanilgan maqsadning mavjudligini aniqlash lozim. Faoliyatning barcha qolgan
jihatlari — uning motivlari, bajarilish usullari, tegishli axborotni tanlash va qayta
ishlash anglanilgan bodishi ham, anglanilmagan bodishi ham mumkin. Ular
shuningdek, chala-yarim tarzda anglanilgan va hatto noto‘g‘ri anglanilgan bod ish i
ham mumkin. Masalan, maktabgacha tarbiya yoshidagi bola uni o‘ynashga majbur
qila- digan ehtiyojni kamdan kam tarzda anglab yetgani kabi kichik yoshdagi
maktab o‘quvchisi o‘z o‘qish faoliyatining motivlarini anglamagan holda ish
ko‘radi. Intizomsiz o‘smir o‘z xatti-harakatlarining haqiqiy motivlarini chala-yarim
va ko‘pincha noto‘g‘ri anglaydi.
Faoliyatning tuzilishi. Faoliyat — voqelikka nisbatan faol munosabat
bildirishning shunday bir shaklidirki, u orqali kishi bilan uni qurshab turgan olam
o‘rtasida real bogianish hosil qilinadi. Odam faoliyat orqali tabiatga, narsalarga,
boshqa kishilarga ta’sir ko‘rsatadi. Faoliyatda u o‘z ichki xususiyatlarini ishga solib
va namoyon qilib, narsalarga nisbatan subyekt sifatida, odamlarga nisbatan esa shaxs
sifatida gavdalanadi. O‘z navbatida ularning javobiy ta’sirotini his qilgan holda, u
shu yo‘l bilan odamlarning, narsalarning, tabiat va jamiyatning haqiqiy, obyektiv,
muhim xususiyatlarini bilib oladi. Lining qarshisida narsalar obyektlar sifatida,
odamlar esa shaxs sifatida gavdalandi.
Harakat va sa’y-harakatlar. Toshning og‘irligini bilish uchun uni ko‘tarib
ko‘rmoq, parashyutning chidamliligini aniqlash uchun esa unda samolyotdan sakrab
ko‘rmoq kerak. Kishi toshni ko‘tarayotib va parashyutdan tushayotib, faoliyat orqali
ularning real xususiyatlarini bilib oladi.
P
A
G
E
U ana shu real harakatlarni timsoliy harakatlar bilan almashtirishi, ya’ni «tosh
og‘ir» deb aytishi yoki parashyutdan tushish tezligi va traektoriyasini tegishli
formula bo‘yicha hisoblab chiqishi mumkin. Lekin hamisha ham ish, amaliy faoliyat
birinchi galda turadi.
Ushbu faoliyatda faqat tosh yoki parashyutning emas, balki kishining ham o‘z
xususiyatlari (u nima uchun toshni ko‘tardi, parashyutdan foydalandi va hokazo)
ham namoyon bo‘ladi. Amaliyot kishining nimani bilishi va nimani bilmasligini,
uning olamda nimani ko‘rayotgan va nimani ko‘rmayotganini, nimani tanlab
olayotgani va nimani rad etayotganini belgilaydi hamda ko‘rsatadi. Boshqacha
so‘zlar bilan aytganda, u kishi psixikasining mazmunini hamda ma’ruza uning
mexanizmlarini belgilab bcradi va shu bilan barobar ularni namoyon qiladi.
Faoliyatga yo‘llagan maqsad, odatda, yo ko‘proq, yo ozroq darajada
uzoqlashgan boladi. Uning uchun ham unga erishish kishi ana shu maqsad yo‘lida
harakat qila borgan sari uning oldida paydo bo‘ladigan qator juz’iy vazifalarning
kishi tomonidan izchillik bilan hal etila borishidan tarkib topadi.
Misol uchun, ishchining mehnat faoliyati, jumladan, umuman muayyan bir
mahsulotni talab qilingan sifat darajasida ishlab chiqarishdan iborat yagona
maqsadga va mo‘ljallangan mehnat unumdorligiga erishishga qaratilgan deylik. Bu
maqsadni amalga oshirish uchun vaqtning har bir bo‘lagi mobaynida ma’lum bir
joriy vazifalarni bajarish, masalan, detaliyyo‘lni, zagotovka (tanavor)ni o‘lchab
chiqish, xomashyoni apparatga solish va shu kabilarni muvaffaqiyatli hal etish zarur
bo‘ladi. Faoliyatning yolg‘iz bitta oddiy joriy vazifani bajarishga yo‘naltirilgan
nisbatan tugallangan har bir shunday qismini harakat deb atashadi.
Biz yuqorida keltirgan mehnat harakatlari narsalar bilan amalga oshiriladigan
ishlardan iborat. Tashqi olamdagi narsalarning holatini yoki xususiyatlarini
o‘zgartirishga qaratilgan harakatlarni shunday deb atashadi.
Narsalar bilan bajariladigan har qanday ish (harakat) makon va zamonda
bog‘langan muayyan sa y-harakatlardan tarkib topdi. Masalan, «а» harfini yozish
harakati ruchka (qalam)ga va bir-biriga nisbatan muayyan tarzda joylashgan bosh,
ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan ruchka (qalam)ni bosishdan, so‘ngra ruchka
P
A
G
E
(qalam)ni qog‘oz ustida ushlab turish va ma’lum birjoyda pero qog‘ozga tekkunga
qadar pastga tushirishdan, keyin esa peroni yuqoridan o‘ngdan chap tomonga qarab
va so‘ngra soat millariga qarshi yo‘nalishda doira shaklida yurgizib, yuqorida yozuv
boshlangan nuqtada to‘xtash, egilgan chiziq bo ylab pastga xuruj qildirish, doiraning
quyi qismiga yotgan joyda о ngga qarab burish va chapdan o‘ngga qarab yoysimon
shaklni chizish bilan tugallashdan tarkib topadi.
Kishining narsalar bilan qiladigan sa’y-harakatlari tahlili shuni ko‘rsatadiki,
ularning barchasi ham tashqi rang-barangligiga qaramasdan, qoida tariqasida
gavdaning, oyoqlarning va boshning yordamchi sa’y-harakatlari bilan birga
qo‘shilgan uchta oddiy qismdan «olish», «ko‘chirish», «qo‘yib yuborish»dan tarkib
topadi. Sa’y-harakatlarning har xil turlarida bu qismlar o‘z traektoriyasi, qanchalik
davom etishi, kuchi, tezligi, sur’ati (ma’lum bir vaqt mobaynida takrorlanish soni)
bilan ular tananing qaysi bir qismi bilan bajarilishiga qarab farqlanadi. Sifat nuqtayi
nazaridan sa’y-harakatlar aniqligi, nishonga tegishi, epchilligi va umumlashganligi
bilan belgilanadi.
P
A
G
E
1.2. Harakatni boshqarish va nazorat qilish.
Sa’y-harakatlarning bajarilishi uzluksiz ravishda nazorat qilib va uning
natijalari harakatning pirovard maqsadi bilan, taqqoslangan holda to‘g‘rilab
(korrektirovka qilib) boriladi.
Ana shunday nazorat va korrektirovka buzilgan taqdirda bemorlar hatto eng
sodda harakatlarni ham muvaffaqiyatli bajara olmaydigan bo‘lib qoladilar. Ular stol
ustidagi stakanni qo‘liga olishda hamisha adashib, qo‘lni boshqa tomonga
cho‘zadilar, suv ichish uchun stakanni og‘izlariga to‘g‘ri olib bora olmaydilar, uni
keyin o‘rniga qo‘ya olmaydilar. Ular stulga to‘g‘ri o‘tira olmaydilar, nonni kesaman
deb qo‘l barmoqlarini kesib yuborishadi, satrlarga rioya qilgan holda chiziqlar
o‘tkazishga qodir emaslar va hokazo.
Harakat qay yo‘sinda nazorat qilib boriladi? Bu o‘rinda hali ko‘p narsa
aniqlangan emas. Bu, shubhasiz, sezgi a’zolari (ko‘rish, eshitish, mushaklar sezgisi)
vositasidagina ro‘y berishi mumkin. Sa’y-harakatlarni sensor nazorat qilishi (sezgi
a’zolari yordamida nazorat qilish)ning roli sinab ko‘rilayotgan kishi geometrik
shaklning, masalan, olti burchakli yulduzning tasvirini uning oynadagi aksiga qarab
turib chizishi lozim bo‘lgan tajribalarda durustgina isbot etiladi.
Odatda buni oldiniga sira bexato bajarib bo‘lmaydi, chunki kishi oynada
qalamning odam qo‘li harakat qilayotgan tomonga emas, balki qarama-qarshi
tomonga qarab yurgizilayotganini ko‘radi. Sinalayotgan kishi faqat mashq qilish
tufayligina ko‘rish natijasida olingan ma’lumotlardan foydalanishni va ularni
qo‘lning harakati bilan to‘g'ri muvofiqlashtirishini o‘rganadi.
Sinab ko‘rilayotgan odamga tajriba jarayonida narsalarning va qo‘l
harakatlarining amaldagi holatini jiddiy ravishda buzib ko‘rsatadigan prizmali
ko‘zoynak taqilib o‘tkazilgan tajribalar shu nuqtayi nazardan olganda yanada
qiziqarliroqdir.
Bunday holatda kishi o‘zining sa’y-harakatlarini to‘g’ri boshqarish
(narsalarni ushlash, ularga yaqinlashish, belgilangan joyga qo‘yish va shu kabi
jarayonlarni bajarish) qobiliyatini mutlaqo yo‘qotib qo‘yishi ma’lum bo‘ldi. Faqat
uzoq vaqt mobaynida mashq qilganidan keyingina u bunday buzilishlarni
P
A
G
E
to‘g‘rilashga o‘rgandi. Agar ko‘rish signallari yana taxminan o,27 soniyasiga
kechika boshlagan bo‘lsa, buzilishlarga ko‘nikishiga hech qanaqa mashq bilan
erishib bo‘lmasdi. Ha, aytgancha, faol sa’y-harakat qilish imkoniyatidan mahrum
bo‘lgan hayvonlar ham agar oldingi oyoqlarining harakatlarini ko‘rib turmasalar, uni
boshqara olmaydilar.
Bundan ma’lumki, sa’y-harakatlarni boshqarish teskari aloqa prinsipiga
binoan amalga oshiriladi. Sezgi a’zolari ana shunday aloqa vositasi, narsalar va sa’y-
harakatlarning muayyan idrok etiladigan va harakat moijallari (orientirlari) rolini
o‘ynaydigan bclgilari axborot manbayi bolib xizmat qiladi. Teskari aloqaning
bunday shaklini P.K.Anoxin teskari afferentatsiya deb atadi.
Shunday qilib, ashyoviy (yoki boshqa xildagi tashqi) harakatning bajarilishi
ma’lum bir tizimga oid sa’y-harakatlarni amalga oshirish bilangina cheklanmaydi.
U muqarrar ravishda sa y-harakatlarning joriy natijalari va harakatlar obyektining
xususiyatlariga muvofiq tarzda sa’y-harakatlarni sensor (hissiy) nazorat va
korrektirovka qilishni o‘z ichiga oladi. Miyaga tashqi muhitning holati, unda sa’y-
harakatlar qanday ro‘y berayotgani va lining natijalari haqidagi axborotni yetkazib
turadigan hissiy orientirlarini o‘zlashtirish ana shu jarayonning negizi hisoblanadi.
Chunonchi, temirchi temirning qizdirilishi darajasini lining rangiga qarab
chamalab ko‘rib, bolg‘ani urish kuchini shunga mutanosiblashtiradi. Duradgor
randani bosish kuchini va sa’y-harakat tezligini yog‘ochning qarshiligini
o‘zgaruvchan mushaklar sezgisi orqali moslashtiradi. Kranchi yukni qo‘l va
oyoqlarining qat’iy ravishda bir-biriga mutanosib va uzluksiz sa’y-harakatlari bilan
traektoriyasini ko‘rish orqali nazorat qilgan holda uyg‘unlashtirib, murakkab va eng
qulay traektoriya bo‘ylab o‘tkazadi. Haydovchi mashinani to‘xtatarkan, tormoz
tepkisini bosish kuchini mashinaning harakati tezligi, yo‘lning holati, mashinaning
vazni va shu kabilar bilan uyg‘unlashtiradi.
Ko‘rib turganimizdek, ushbu barcha mo‘ljallar sa’y-harakatlarni alohida
o‘zicha emas, balki harakat maqsadiga muvofiq tarzda belgilaydi. Masalan, doira
chizig‘i chizish va bo‘lak chiziqlarni o‘lchash uchun foydalanish urinishlarning turli
xil tizimini taqozo etadi. Qalam bilan «а» harfini yozishda «о» harfini yozish
P
A
G
E
chog‘idagiga qaraganda boshqacha urinish bo‘ladi. Kechikib qolib avtobus
orqasidan chopayotgan yo‘lovchining sa’y-harakatlari tizimi rekord qo‘yishni niyat
qilgan yengil atletikachini sira ham qanoatlantirmaydi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, harakat tarkibiga kiruvchi sa’y-harakatlar tizimi
pirovard natijasida ushbu harakatning maqsadi bilan boshqariladi va yo‘naltiriladi.
Qilinayotgan sa’y-harakatlarning natijalari aynan shu maqsad nuqtayi nazaridan
baholanadi va to‘g‘rilab turiladi. Aynan shu harakatning maqsadi uni bajarishda,
nazorat qilish va yaxshi izga solishda narsalarning qaysi bir xususiyati va holati
mo‘ljal bo‘la olishini belgilab beradi.
Nomlarning rang-barangligi ushbu modellar mohiyati nimadan iboratligi, ular
miyada qanday tarkib topishi va amal qilishi haqida tavsiya etilayotgan
gipotezalarning rang-barangligini aks ettiradi. Bularning hammasini hozircha biz
aniq bilmaymiz. Lekin bo‘lg‘usi harakatlar va ulardan kutilayotgan natija miyada
oldindan allaqanday tarzda tasavvur qilinishining o‘zi shak-shubhasizdir. Aks holda,
yuqorida ko‘rib o‘tganimizdek, faoliyatning o‘zi ham bo‘lishi mumkin emas edi.
P
A
G
E
1.3. Faoliyatping asosiy turlari va odamda ularning rivojlantirilishi
Kishi faoliyati ongli ravishdagi faollik sifatida uning ongi shakllana va
rivojlana borishi tufayli tarkib topadi va rivojlanadi. Uning o‘zi ongning shakllanishi
hamda rivojlanishi negizi, uning mohiyati manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Faoliyatning shakllantirilishi
Faoliyat hamisha kishining boshqa odamlar bilan muayyan munosabatlari
tizimida yuz beradi. U boshqa odamlarning yordami va ishtirokini taqozo etadi,
ya’ni birgalikdagi faoliyat xususiyatiga ega bolladi. Uning natijalari tevarak-
atrofdagi olamga, boshqa kishilarning hayoti va taqdiriga muayyan ta’sir ko rsatadi.
Uning uchun faoliyatda kishining faqat narsalarga munosabati emas, balki uning
boshqa odamlarga bo‘lgan munosabati ham doimo olz ifodasini topadi.
Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, faoliyatda kishining shaxsi ifodalanadi va
anglash chogida faoliyat uning shaxsini shakllantiradi.
Ahil, uyushgan jamoaning sobitqadamlik bilan olib borilayotgan ijtimoiy
foydali faoliyatida ishtirok etish kishida jamoatchilikni, uyushqoqlikni, o‘z
manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan bog'lash ko‘nikmasini rivojlantiradi. Xulq-
atvordagi jasurliklar takrorlanib, odat tusiga kirib qoladi. Ma’lum bir sharoitlarda
sodir bo‘ladigan muayyan xatti-harakatlar shaxs fazilati darajasiga ko‘tariladigan
odatlarni keltirib chiqaradi.
Kishida xilma-xil faoliyat turlarining paydo boiishi va rivojlanishi murakkab
hamda uzoq davom etadigan jarayondir.
Bolaning faolligi faqat asta-sekinlik bilan rivojlanish jarayonida, tarbiya va
ta’lim ta’siri ostidagina ongli ravishda maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat shaklini
kasb etadi.
Bu faollik oldiniga impulsiv xatti-harakat xususiyatiga ega bo‘ladi.
Tugkilganidan keyingi dastlabki kunlarda bolaning xulq-atvori bir nechtagina oddiy
tug‘ma reaksiya — himoyalanish (nur yoruglashganda yoki baland tovush
chiqqanida ko‘z qorachig‘ining torayishi, og‘riq sezgan paytida ingrashi va
bezovtalana
boshlashi),
ovqat
so‘rash
(tamshanishi),
chalkash-chulkash
(tebratilganda jimib qolishi) va birmuncha keyinroq esa mo‘ljallash-izlanish
P
A
G
E
(qo‘zg‘atuvchiga boshini o‘girishi, narsalarga qarashi va boshqalar) kabi reaksiyalar
bilan cheklanadi. o‘n birinchi-o‘n ikkinchi kunligidan tortib chaqaloqda dastlabki
shartli reflekslar shakllana boshlaydi. Shu tufayli bir yoshi mobaynida bolada
izlanish xulq-atvori (ushlash, ko‘zdan kechirish, har xil shaklda aylantirish)
rivojlana boradi, buning natijasida u tashqi dunyodagi narsalarning xossalari haqida
ma’lumot yig‘adi va harakatlar uyg‘unligini o‘zlashtiradi. Ta’lim olishi va taqlid
qilishi ta’sirida bir yoshidan boshlab bolada amaliy xulq-atvor shakllana boradi.
Buning yordamida bola buyumlarni ishlatishning insoniy usullarini va ularning
ijtimoiy amaliyotdagi ahamiyatini o‘zlashtira boshlaydi.
Faollikning ushbu shakllari bilan birgalikda kommunikativ xulq-atvor bolaga
o‘z ehtiyojlari va istaklarini qondirish, ijtimoiy talablarni va axborotni o‘zlashtirishi
uchun yordam beradigan asosiy vosita rivojlana boshlaydi.
Dastlabki kezlarda bu xulq-atvor nutqqacha davri shakllari (baqirish, imo-
ishora qilish, miniika) orqali rcfyobga chiqariladi. Yetti-sakkiz oyligidan bola
oldiniga sustroq, keyinroq esa faol ravishda insoniy muloqot, hamjihatlik va axborot
ayirboshlashning asosiy vositasi — nutqiy xulq-atvorni o‘zlashtira boshlaydi.
Nutqning o‘zlashtirilishi timsollarni buyumlardan va harakatlardan ajratish uchun,
ma’nolarni bo‘rttirib ko‘rsatish, ularni qayd etish va xulq-atvorni idora qilishda
ularga tayanib ish tutish uchun hal qiluvchi negiz yaratadi.
О‘yin
Hayotining birinchi yillaridayoq bolada faoliyatning oddiy shakllarini
o‘zlashtirishi uchun dastlabki shart-sharoitlar tarkib topa boshlaydi. Ulardan
birinchisi o‘yin faoliyati hisoblanadi. Ma’lumki, o‘yin faoliyati hayvonlarning
bolalarida ham kuzatiladi. Bu — ularning turli xildagi xarxashalaridan, urishishning
taqlid qilinishi, u yoqdan-bu yoqqa chopishi va hokazolardan iboratdir. Ba’zi bir
hayvonlarning buyumlarni o‘ynashlari ham kuzatiladi. Jumladan, mushukcha
dumalayotgan ip koptogidan koYlarini uzmay qarab o‘tiradi va unga tashlanadi, uni
dumalatadi va hokazo. Kuchukcha topgan lattasini pol ustida sudrab yurib, titkilay
boshlaydi. Hayvon bolalarining o‘yin jarayonidagi qilig'ini avvalo ularning
organizmidagi faollikka, jamlangan kuch-quvvatni sarflashga bo lgan chtiyojni
P
A
G
E
qondirishi deb qarash mumkin. Ular och qolganlarida yoki kamroq oziqa berilganda,
yuksak haroratli muhitning ta’siri ostida va nihoyat, hayvonning tanasi haroratini
oshirib yuboradigan yoki miyaning faolligini susaytirib qo‘yadigan kimyoviy
moddalar ta’siri ostida o‘yinni to‘xtatishlari ana shundan dalolat beradi. Agar
hayvon birmuncha vaqt mobaynida o‘ynaydigan sherigidan mahrum etib qo‘yilsa’
keyinchalik lining qo‘zg‘alishi va o‘yin faoliyati keskin kuchayadi, ya’ni go‘yo
tegishli kuch-quvvat to‘plangani kabi hodisa ro‘y beradi. Bu hodisa «o‘yinga
to‘ymaslik» deb ataladi.
O‘yin faoliyati bilan organizmda kuch-quvvat almashinuvi o‘rtasidagi
bog'Ianish o‘yinga nisbatan maylning tug‘ilishiga olib keladi. Lekin okyin faoliyatini
ro‘yobga chiqaradigan fe’l-atvor shakllari qanday va qayoqdan paydo bo‘ladi?
Kuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, bulardan ba’zi birlari, masalan, mushukchadagi
«sichqon ovlash» ishtiyoqi hayvonning tug'ma instinktiv harakatlari jumlasiga
kiradi. Boshqa bir xillari esa, masalan, shimpanze bolasining katta yoshdagi
maymunlar va odamlarning harakatlarini takrorlashi taqlid qilish orqali yuz beradi.
Uchinchi bir xili tevarak-atrofdagi olam bilan o‘zaro birgalikda harakat qilish
jarayonida hayvonlarning o‘zlari tomonidan topiladi. Shunday qilib, hayvon bolalari
harakatlarining manbayi ham xuddi katta yoshdagi hayvonlarda bo‘lgani kabi
turlarga xos instinktlarda, taqlid qilishda, o‘rganishda mujassamlashgandir. Shuning
uchun ham hayvon bolalarining xatti-harakatlari katta yoshdagi hayvonlarning
turlariga oid fe’l-atvorga o‘xshamasligi mumkin emas. Lekin bu harakatlar katta
yoshdagi hayvonlarda ovqatlanishga, dushmanlardan o‘zini himoya qilishga,
muhitda to‘g‘ri mo‘ljal olishga, xavfxatardan saqlanishga va shu kabilarga bo‘lgan
muayyan real biologik ehtiyojlarni qondirishi uchun xizmat qiladi. Hayvon
bolalarida esa xuddi ana shu harakatlar shunchaki «faoliyat» o‘rnida sodir bo‘ladi
va o‘zining real biologik maqsadlaridan ajralgandir. Ular o‘yin faoliyatining o‘ziga
xos tub xususiyati ana shunda mujassamlashgandir. Uning maqsadi o‘zining
yordami tufayli muvaffaq boiinadigan amaliy natijalarga erishishdan emas, balki
amalga oshiriladigan «faoliyat»ning o‘zidan iboratdir.
P
A
G
E
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, o‘yin bolalarda ham o‘z faolligini ro‘yobga
chiqarish shakli, hayot kechirish va faoliyat ko‘rsatish shakli bo‘lib xizmat qiladi.
Shu tarzda u funksional mamnunlik bilan bog‘liqdir. Faollikka bo‘lgan ehtiyoj uning
qo‘zg‘atuvchisi bo‘lsa, taqlid qilish va tajriba esa manbayi hisoblanadi. Lekin
bolaning o‘yin harakatlari avval boshdanoq buyumlardan foydalanishning insoniy
usullari va amaliy xulq-atvorning katta yoshdagilar bilan muloqot jarayonida va
katta yoshlilar rahbarligida o‘zlashtirib olinadigan insoniy shakllari zamirida
rivojlana boradi. Bu hoi bolalar o‘yin taoliyatining prinsipial jihatdan muhim
xususiyatlarini belgilab be radi, uning shakllari, manbalari, mexanizmlari,
funksiyalari va natijalari hayvonlarning o‘yinidan tubdan larq qilishiga olib keladi.
Bola o‘z tajribasida qurol buyumlar bilan bir vaqtning о zic a boshqa turdagi
buyumlar — o‘yinchoqlarga duch keladi. О yinchoqlarini ishlatishning insoniy usuli
— o‘yin, ya ni ular yordamida allaqanday boshqa, haqiqiy buyumlar va harakatlarni
ifoda etishdir. Katta yoshdagilar bolalarni o‘yinchoqlardan ana shu tarzda
foydalanishga o‘rgatadi. Ular bolaga qo‘g‘irchoqqa suv qanday ichirilishi, uni
qanday qilib tebratish kerakligini, sayr qildirishni, o‘yinchoq ayiq bolasini qanday
ovqatlantirishni, mashinani qanday qilib haydash kerakligini ko‘rsatishadi va
hokazo.
Lekin bolada o‘yinchoqqa nisbatan «haqiqiy» buyumning tasviri sifatidagi
munosabatning o‘zi o‘yin faoliyatiga faqat so z aralashuvi munosabati bilan hosil
bodadi.
Kichkina bola (bir yoshdan ikki yoshga qadar) hali, masalan, tebratish,
ovqatlantirish va boshqa shu kabi harakatlarni qo‘g ir_ choqdan chokpga ko‘chira
olmaydi. U tegishli buyumsiz harakatni tasvirlashni yoki bu harakatni bir buyumdan
ikkinchisiga ko‘chirishni uddalay olmaydi. Bunday jarayonlar u faqat nutqni
egallagandagina yuz berishi mumkin. Bola payraxaga qo‘g‘irchoq sifatida muomala
qila boshlashi uchun uni qo‘g‘irchog‘im deb (masalan, «Katya» deb) ataydigan
bo‘lishi kerak. U ovqatlantirish harakatini qo‘g‘irchoqdan toychaga ko‘chirishi
uchun unga katta yoshdagi kishilar «toychani ovqatlantir» va hokazo deb aytishi
kerak. Keyinroq so‘z kattalar «haqiqiy» buyumlarda kuzatadigan harakatlarni
P
A
G
E
bolaning o‘zi ham mustaqil ravishda o‘yinchoqqa ko‘chirishiga imkoniyat yaratadi.
Bola so‘zning ahamiyatini amaliy harakatlar orqali yoki katta yoshdagilarning
harakatlarini kuzatish natijasida o‘zlashtirib olgan holda so‘z bilan birgalikda bu
harakatlarni o‘ynaydigan buyumlariga ko‘chiradi. Bu o‘rinda o‘yin faoliyati
buyumning ahamiyatini belgilaydigan harakatlarni o‘sha buyumning okzidan
ajratishdan va bu harakatlarni boshqa buyumga — o‘yinchoqqa ko‘chirishdan iborat
bo‘ladi. Uning faoliyati tufayli so‘zning ahamiyatini buyumning tashqi
ko‘rinishidan amalda ajratiladi va bu mohiyat buyum ustidagi harakatlar bilan, uning
kishi faoliyatidagi vazifasi bilan bog‘lanadi.
Bu jarayon qanchalik chuqurlasha borgan sari so‘z buyumlar bilan bevosita
boglanishidan xoli bo‘la boradi. So‘zning ahamiyati tashqi harakatlarda, so‘ngra esa
harakat to‘g‘risidagi tasavvurda borgan sari kengroq ifodalana boshlaydi. Buyumlar
bilan bajariladigan real harakatlarni nutq harakatlari bilan almashtirish imkoniyatlari
paydo bo‘ladi. To‘rt-besh yoshga yetganda okyinchoqlar bilan o‘ynash chog‘idagi
real harakatlar borgan sari yo‘qola boradi va nutq harakatlarga aylana boshlaydi.
Bola qo‘g‘irchoqni ovqatlantirish jarayonini batafsil tasvirlash o‘rniga endi
qoshiqchani uning og‘ziga bir martagina tutish va «Ovqatlantiryapman... Endi bas,
to‘yib qolding», deyish bilan kifoyalanadi va hokazo.
Uchinchi yoshning o‘rtalariga borib bolada o‘z harakatlarini boshqalarning
harakatlariga qarshi qo‘yish paydo bo‘ladi, bola faoliyati va istaklarining tashqi
olamga hamda boshqa odamlarga e’tirozini ifoda etuvchi «meni» ajralib turadi.
Buyumlarga bo‘lgan munosabat odamlarning buyumlarga nisbatan funksiyalari
sifatida namoyon ЬоЧа boshlaydi. Rolli o‘yinlar paydo bo‘ladi. Rolli o‘yinlarda bola
katta yoshdagi kishilarning o‘zi kuzatgan ijtimoiy funksiyalarini, ularning shaxs
sifatidagi xulq-atvorini aynan takrorlaydi. Jumladan, ikki yashar qizcha
qo‘g‘irchoqni ovqatlantirarkan, ovqat yedirish o‘yini bilan ovora bo‘lsa, to‘rt yashar
bola qo‘gkirchoqni ovqatlantirayotganda qizini ovqatlantirayotgan ona bo‘lib
o‘ynaydi. Bolaning sotsial tajribasi kengaya borgan sari maishiy mavzuga oid
sujetlar («оpа», «tarbiyachi», «kino», «bolalar bog‘chasi», «hayvonot bog‘i»),
ishlab chiqarishga oid sujetlar («uchuvchilar», «tramvay», «zavod») va so‘ngra
P
A
G
E
ijtimoiy-siyosiy («urush» va shu kabi) sujetlar bilan boyitila boradi. Bunda o‘yin
mazmuni konkret harakatlarni tasvirlashdan odamlar o‘rtasidagi munosabatlarini
tasvirlashga tobora ko‘proq ko‘chiriladi.
Та’lim
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari
shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv
faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari
mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta'kidlaydi.
D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyatiga,
mazmuniga va o‘zini namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta'kidlaydi.
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida
o‘zgarish yuz beradi. Uning ma’suli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor.
Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bog’liq
bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati ta'lim, o‘qish va o‘rganish degan tushunchalar bilan
bevosita bog’liqdir. Ta'lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati,
o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir.
Ta'lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, xarakatlarni, xulq-atvorning
shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv
faoliyati bilan bog’liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga,
o‘rgatishga xizmat qiladi.
O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
1. O‘quv motivlari.
2.O‘quv topshiriqlari.
3. O‘quv xarakatlari.
4. O‘qituvchining nazorati.
5. O‘qituvchining baxolashi.
D.B.Elkoninning ta'kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu
faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga
o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.
P
A
G
E
Ta'lim jarayoni alohida tashkil etiladigan hamda boshqariladigan faoliyat
bo‘lib, u o‘quvchilarning o‘quv faoliyatlarini tashkil etadi va ularni boshqaradi.
Ta'lim jarayoni besh elementdan iborat:
1. Ta'limning maqsadi - nima uchun o‘qitish kerak?
2. Ta'limning mazmuni - nimaga o‘qitish kerak?
3. Ta'limning metodlari, usullari va pedagogik muloqot yo‘llari.
4. Ta'lim beruvchi.
5. O‘quvchi.
Ta'lim jarayonini tashkil etish: ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini
muvaffaqiyatli tashkil etish uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli
xossalari xususidagi axborotning o‘zlashtirilishi: faoliyatning ana shu barcha turlari
tarkib topgan usullari va jarayonlarining o‘zlashtirilishiga; maqsadga muvofiq
keladigan usullar va jarayonlarni to‘g’ri tanlash va foydalanishga bog’liq.
Ta'lim jarayonining muvaffaqiyati:
1. Motivasiya.
2. Ma'lumot usullari.
3. Ma'lumotning tushunarliligi.
4. Xotira.
5. Ma'lumotni qo‘llash.
Ta'lim va ta'lim jarayonida bolaning rivojlanishi muammosi yosh davrlari va
pedagogik psixologiya fanining asosiy masalalaridan biridir. Ta'lim va rivojlanish
muammosiga doir qator nazariyalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan biri:
1. Aqliy xatti-xarakatlar, bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni bosqichma-
bosqich rivojlantirish nazariyasi (P.Ya.Galperin).
P.Ya.Gal'perin nazariyasi bo‘yicha bilimlarni o‘zlashtirish jarayoni olti
bosqichni boshidan kechirib, ularga:
1. Motivasiya.
2. Tushuntirish.
3. Moddiy formadagi xatti-xarakatlarni bajarish.
4. Baland ovozda xatti-xarakatlar va vazifalarni bajarish.
P
A
G
E
5. Bajariladigan xatti-xarakatlarni ichki rejada ovoz chiqarmay bajarish.
6. Faoliyatni fikran bajarish kiradi.
Ushbu nazariyada ta'limning uchta asosiy turlari ajratiladi:
- birinchi turda - xatti-xarakatlarni o‘zlashtirish xatolar bilan kechadi,
berilayotgan material yetarli darajada anglanilmaydi, ta'lim oluvchi ta'limning asl
mohiyatini tushunib yetmaydi;
- ikkinchi turda - materialni nisbatan dadil va to‘la tushunilishi va material
bilan bog’liq tushunchalarni ajratilishi bilan xarakterlanadi;
- uchinchi tur - tez, samarador va bexato xatti-xarakatlarni o‘zlashtirilishini
ta'minlab beradi.
V.V.Davidov nazariyasi. Ushbu nazariya kichik maktab yoshidagi
o‘quvchilarni ilmiy tushunchalarni o‘zlashtirilishini tashkil qiladi.
Bunda o‘quvchilar tomonidan ta'lim jarayonida nazariy tushunchalar tizimini
o‘zlashtirilishi lozim bo‘lib, bu o‘z o‘rnida xususiydan umumiy bilimlarga o‘tilishni
ta'minlaydi. Qator nazariyalar muammoli ta'lim bilan bog’liq bo‘lib, L.V.Zankov va
A.M.Matyushkin tomonidan olib borilgan tadqiqotlar ta'limda muammoli darslarni
tashkil etishga qaratilgandir.
Ta'limning psixolik asoslari muammosi ko‘pgina masalalarni qamrab oladi.
Ta'limning muvaffaqiyati bir qator psixologik omillarga boqliq bo‘ladi. Avvalo
o‘quvchining o‘qishga bo‘lgan munosabatiga to‘xtaylik. Bu munosabat diqqatda,
his-tuyg’ularda, qiziqishlar va irodada, shuningdek, shaxsning tutgan yo‘lida
namoyon bo‘ladi.
Ta'lim jarayoni avvalo o‘quvchilar diqqatini yo‘lga solishni talab etadi.
Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot texnologiyalari vositalaridan
foydalanish ta'lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradi. Ta'lim jarayonida
ta'lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga keltirishgina emas, balki
o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialini idrok etishga tayyor turishlarini
kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib turadi. O‘qitish
jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‘quvchilar diqqatini materialning
asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.
P
A
G
E
Ta'lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan
beriladigan ko‘rsatmalarga ham bog’liq. O‘qituvchining roli shundan iboratki, u
o‘quvchilarga tegishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod
esda olib qolishi kerakligini, nimani butunlay esda olib qolmasdan, faqat tushunib
olish kifoya qilishini, nimani so‘zma-so‘z esda olib qolishni, nimaning ma'nosini o‘z
so‘zlari bilan aytib berish uchun esda olib qolish zarurligini ko‘rsatib o‘tishi lozim.
Kuzatishlar ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda
ko‘pincha notog’ri tasavvurlar vujudga keladi.
O‘qitishning emosionalligi ta'limning muvaffaqiyatliligini ta'minlovchi
omillardan biridir. Ta'lim berish jarayoni emosional jarayon.
Agar o‘quvchilarga berilayotgan axborot ularda hech qanday his-tuyg’u
uyg’otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning
psixik holatlari, ya'ni ularning muayyan bir paytdagi kechinmalari haqida ham
borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, optimistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda
samarali qiladi. O‘quvchilar emosional ruhdagi materialni durustroq o‘zlashtirib
oladilar.
O‘tkazilgan tajribalar o‘quvchilar hech qanday his-tuyg’u uyg’otmaydigan
materialga qaraganda, emosional ruhdagi materialni yaxshiroq eslab qolishlarini
ko‘rsatadi. O‘qituvchi o‘quv jarayonining emosional tomoni haqida g’amxo‘rlik
qilishi kerak. Bu muammo juda muhim ahamiyatga ega, Chunki, birinchidan,
ta'limning mazmuni nihoyatda murakkablashib, hajmi esa g’oyat kattalashib ketgan.
Uning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishiga erishish uchun o‘quvchilarning o‘quv
faoliyatini kuchaytirish lozim. Ijobiy tuyg’ular o‘quv mehnatining samaradorligiga
kuchli ta'sir etadi. fafsala bilan bajarilgan beg’araz munozara paydo bo‘ladi,
baxslashiladi, befarq qaragan yoki undan ham salbiy munosabatda bo‘lgan ishga esa,
hech qanday hafsala bo‘lmaydi.
Jamiyatimizdagi mehnat - haqiqiy ijod, quvonch manbai. Maktab
o‘quvchilarida o‘quv mehnatiga ijobiy munosabat uyg’otib, mehnatning haqiqiy
ijodga, quvonch manbaiga aylanishiga ko‘maklashish kerak.
P
A
G
E
Qadimda greklar juda ajoyib iborani qo‘llaganlar: "Talaba -to‘ldirilib turilishi
kerak bo‘lgan idish emas, balki yoqib turilishi lozim bo‘lgan mash'aldir". Bu
fikrning tagida chuqur ma'no bor. Zero, o‘qituvchi biz yuqorida ta'kidlab o‘tgan
ta'lim metodlari: muammoli ta'lim, qisman izlanish metodi va tadqiqot metodlaridan
keng qo‘llanishi kerak. Ta'lim jarayonini bugungi kundagi asosiy talablaridan biri
erkin fikrlovchi, mustaqil tafakkurga ega bo‘lgan shaxsni shakllantirish bo‘lib,
yuqorida aytib o‘tilgan metodlardan foydalanish uchqunlardan katta mash'allar
paydo bo‘lishini ta'minlab beradi.
Ta'lim jarayonida o‘quvchilarning bilishga qiziqishlari g’oyat katta rol
o‘ynaydi. Ma'lumki, qiziqish o‘quvchilarning emosional bezagi, biror buyumni,
biror faoliyatni tanlash munosabati va yo‘nalishidir.
Ma'lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o‘quvchilarning ta'lim
jarayonida aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har
bir o‘qituvchi o‘z o‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib
toptirishga harakat qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta'limga faol munosabat
namoyon bo‘ladi. Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki
yoqimli bo‘lgan muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar
shaxsning muhim va individual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar
o‘quvchilar hayotida katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi
asosiy turtkilar - motivlardir. Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini
durustroq o‘zlashtirib olishlariga, aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining
kengayishiga imkon beradi.
O‘qituvchilarning vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi
bilan shug’ullanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish
va kengaytirish, ta'sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat
bilan shug’ullanish istagiga, mayliga aylantirishdir.
O‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni
yenga olishida, ishdan chalg’itadigan narsalar bilan shug’ullanishdan o‘zini tiya
olishida, unda o‘qishga ishtiyo? tarkib toptirishda namoyon bo‘ladigan iroda, ta'lim
jarayonida alohida axamiyat kasb etadi.
P
A
G
E
Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, iroda bu shaxsning o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadining aniqligi, uni amalga oshirish uchun intilishi, maqsad yo‘lida
ma'lum bir qarorga kelish tezligi va uni o‘z vaqtida ijro etishi bilan belgilanadigan
sifatidir. Ta'lim jarayonida o‘quv materialiga bo‘lgan diqqatning barqaror bo‘lishida
irodaviy zo‘r berishning ahamiyati nihoyatda kattadir. Ta'limda iroda o‘quvchida
maktab va uyda o‘tkaziladigan mashg’ulotlarga tayyor turishda namoyon bo‘ladi.
O‘quv materialini o‘rganish, eslab qolish va o‘quvchining irodaviy zo‘r berishiga
bog’liq. Iroda o‘quvchilarning fikrlash faoliyatlarida - masalani yechishga,
qo‘yilgan savolga javob topishga va hokazolarga intilishida namoyon bo‘ladi. Ular
o‘quvchilarda ko‘nikma, va malakalarni hosil qilishda ham tarkib topadi.
Psixologlar olib borgan tadqiqotlarda o‘quvchilar tomonidan berilgan materialning
o‘zlashtirilishi ko‘p jihatdan irodaning tarbiyalanishiga bog’liqdir. Irodaviy aktivlik
ta'limning zarur shartidir. Ta'lim muassasasidagi ta'lim jarayonining o‘zi
o‘quvchilardan irodaviy o‘stirish omillaridan biridir. Bunda o‘quvchilarning
kundalik rejimi, o‘sish va oqilona dam olishni bir-biri bilan to‘g’ri almashtirib
turishda katta rol o‘ynaydi.
Ta'lim jarayonida bilish jarayonlarini shakllantirishga alohida e'tibor berish
lozim. Zero bilish jarayonlari juda murakkab faoliyat bo‘lib, unda jonli
mushohadadan mavhum tafakkurga, mavhum tafakkurdan esa amaliyotga o‘tiladi,
ana shundan so‘ng ob'ektiv haqiqat bilib olinadi. Binobarin, biz birinchi navbatda
ko‘rib chiqishimiz lozim bo‘lgan narsa o‘quv materalini idrok qilish jarayonidir.
Umumiy psixologiya kursidan ma'lumki, idrok bu narsa va hodisalarni sezgi
organlariga ta'sir etishi natijasida ularning kishi psixikasida yaxlit obrazini paydo
bo‘lishi bo‘lib, idrok etish jarayoni ta'limda turli formalarda o‘qituvchining og’zaki
hikoya qilishida, suhbat o‘tkazishda, ma'ruza o‘qishida, kinodars, televizion parcha,
sxemalar va ko‘rgazmali qurollar ko‘rsatish, ekskursiyalar o‘tkazish, o‘quvchining
o‘ziga darsliklar hamda boshqa qo‘llanmalarni o‘qitish tarzida o‘tishi mumkin.
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, idrokni tarkib toptirishda o‘quvchilarning yosh
xususiyatlarini
hisobga
olish
nihoyatda
muhimdir.
P
A
G
E
Chunki, fazoni, vaqtni va harakatlarni idrok etishda ham yosh xususiyatlarda turli
farqlar mavjud bo‘ladi.
Biologik yo‘l bilan nasldan-naslga faqat organizmning sotsial tajribani, xulq-
atvor va faoliyatning insoniy shakllarini amalda o‘zlashtirish uchun zarur bo‘lgan
ayrim xususiyatlarigina o‘tishi mumkin. Bola xulq-atvorining tug‘ma biologik
xususiyatlarga oldindan qat’iy xoli ekanligi uning hayvon bolasiga nisbatan eng
rnuhim afzalligi hisoblanadi. Ana shunday afzallik tufayli kishi xulq-atvori turlari
va faoliyati usullari evolutsiyasining boshlanishi uning organizmining biologik
rivojlanishi bilan emas, balki jamiyatning tarixiy rivojlanishi bilan belgilana
boshladi.
Shunday qilib, o‘rgatish bolada xulq-atvoming va borliqni aks ettirishning
insoniy shakllarini hosil qilishga yordam beradigan yetakchi rivojlanish omili
sifatida amal qiladi.
Lekin bola xulq-atvori va faoliyatining biz hoziiga qadar ko‘rib chiqqan
barcha turlarida ushbu pirovard natija, ya’ni ijtimoiy tajribaning o‘zlashtirilishi
faoliyatning aynan o‘z maqsadlariga to‘g‘ri kelgani yo‘q. Bola buyumlarni biron-bir
narsani o‘rganish uchun u yoqdan-bu yoqqa surmaydi. U dastlabki qadamlar
qo‘yayotganida va ilk bor gapirishga urinayotganida yurish va gapirishni o‘rganishni
maqsad qilib qo‘ymagan bo‘ladi. Uning xatti-harakatlari tekshirib ko‘rishga, faollik
ko‘rsatishga, buyumlarga egalik qilishga, tevarak-atrofdagilarga ta’sir o‘tkazishga
va shu kabilarga bo‘lgan bevosita ehtiyojlarni qondirishga qaratilgandir. Tegishli
harakatlarning va axborotning o‘zlashtirilishi shu sababdan ham bola uchun maqsad
emas, balki tegishli ehtiyojlarni qondirish vositasi sifatida xizmat qiladi.
Faoliyatning alohida turi bola hayotida sodir bo‘ladigan vaqt ham yetib keladi.
Bu maqsad bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvor shakllarini
o‘zlashtirishga qaratilgan faoliyatdir. Subyektning o‘rganishni o‘ziga maqsad qilib
olgan bunday o‘ziga xos faoliyati ta’lim deb ataladi. U quyidagilardan tarkib topadi:
a) ideal va amaliy faoliyatning u yoki bu turini muvaffaqiyatli tashkil etish
uchun zarur bo‘lgan tashqi olamning muhim ahamiyatli xossalari xususidagi
axborotning o‘zlashtirilishi (bu jarayonning mahsuli — bilimlardir);
P
A
G
E
b) faoliyatning ana shu barcha turlari tarkib topadigan usullarva
jarayonlaming o‘zlashtirilishi (bu jarayon mahsuli malakalardir)d) qo‘yilgan vazifa
va ilgari surilgan maqsadga muvo lq keladigan usullar va jarayonlarni to‘g‘ri tanlash
hamda nazorat qilish uchun ko‘rsatilgan axborotdan foydalamsh yo‘larning
egallanishidir (bu jarayon mahsuli -ko‘nikmalar hosil qilinishidir).
Shunday qilib, ta’lim kishining harakatlari muayyan 1 limlar, malakalar,
ko‘nikmalarni o‘zlashtirib olishga qaiatilgan ongli maqsad bilan idora qilingan
joydagina yuz beradi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ta’lim o‘ziga xos insoniy fao1yatdir. Hayvonlarda
esa faqat o‘rganish bo‘lishi mumkin. Le kin odamda ham faqat u o‘z xatti-
harakatlarini anglab yetgaci yuksak xayoliy maqsadga (idealga) ko‘ra yo‘naltirish
layoqa tiga ega bo‘lgandagina ta’lim faoliyati yuz berishi mumkin. Bunday
layoqatning yetarli darajadagi rivojlanishiga laqat о ti-yetti yoshga chiqqan paytga
kelib, faoliyatning oldingi turlari — o‘yin, nutq amaliy xulq-atvor va shu kabilar
negizida shakllana borgan holda erishiladi. o‘quv faoliyatini shakllantirishning eng
birinchi asosiy sharti — bolada muayyan bilimlarm, ko‘nikma va malakalarni
o‘zlashtirish uchun anglanilgan motivlar tughlishi hisoblanadi.
Katta
yoshli
kishilar
bolaning
rivojlanishiga
faol
ijtimoiy
ta’sir
ko‘rsatuvchilar sifatida namoyon bo‘ladilar. Ular Lining faoliyati va xulq-atvorini
uyushtiradilar, ularni insoniyatning ijtimoiy praktikasi doirasida yo‘naltiradilar.
Bola faoliyati va xulq-atvorini ularning insoniyat ijtimoiy tajribasini o‘zlashtirish
sari yo‘naltirishdan iborat ushbu faol jarayon o‘qitish deb ataladi. Bola shaxsining
rivojlanishiga uning ta’siri nuqtavi nazaridan olinganda bu jarayon tarbiya deb
ataladi. Та lim va tarbiyani amalga oshirishga yordam beradigan asosiy vositalar —
bu bajarilishi lozim bo‘lgan ishni ko‘rsatish va tushuntirishdan, rag'batlantirish va
jazolashdan, vazifalar va talablar qo‘yishdan, tekshirish va tuzatishdan iboratdir.
Katta yoshli kishilar ushbu ta’sirlar yordamida bolada bilimlarni egallashga va
faoliyat koTsatishga istak tug'dirgan. uni yolnaltirgan, nazorat qilgan, to‘g’rilab
borgan va shu yo‘sinda uni shakllantirgan holda bu faoliyatni boshqarib turadilar.
Mehnat
P
A
G
E
Mehnat — bu ma’lum bir ijtimoiy foydali (yoki hech bo‘lmaganda jamiyat
tomonidan iste’mol qilinadigan) moddiy yoki ma’naviy mahsulotni ishlab
chiqarishga yo‘naltirilgan faoliyat demakdir. Mehnat faoliyati kishining eng
yetakchi, asosiy faoliyatidir. Insoniyat agar mehnat qilishni to‘xtatadigan bo‘Isa, u
(tur sifatida) o‘z hayot-mamotini tugallagan bo‘lar edi. Lining uchun ham mehnat
faoliyati kishining hayot kechirishini, boshqa turlar ustidan g‘alaba qozonishini
hamda tabiat kuclilari va moddalaridan foydalanishini ta’min etadigan o‘ziga xos
turga oid xulq-atvori deb hisoblanishi mumkin.
Mehnat faoliyati odamlar iste’mol qiladigan buyumlarni va ana shundan
iste’mol qilinadigan buyumlarni ishlab chiqarish uchun zarur buyumlarni — don va
mashinalarni, mebel va qurollarni, kiyim-kechak va avtomobillarni hamda shu
kabilarni ishlab chiqarish maqsadini ko‘zlagan bo‘lishi mumkin. Bular energiyadan
(issiqlik, yorug‘lik, elektr, harakat) va axborot vositalaridan (kitoblar, chizmalar,
filmlar) iborat bo‘lishi mumkin. Pirovardida bu ideologiya mahsulotlari (fan, san’at,
g‘oyalar) va kishilarning xulq-atvorini hamda mehnatini uyushtiruvchi (boshqaruv,
nazorat qilish, muhofaza qilish, tarbiyalash) harakatlar bo‘lishi ham mumkin.
Bu o‘rinda kishi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot uning o‘z
ehtiyojlarini qondirish uchun zarurligi yoki zarur emasligining ahamiyati yo‘q. Agar
bu mahsulot umuman jamiyatga kerak boisa, uning o‘zi kifoya. Xususan, kishi
faoliyatining maqsadlari uning shaxsiy ehtiyojlari bilan belgilanmaydi. Bunday
maqsadlarni unga jamiyat belgilab berayotir, faoliyatning o‘zi esa muayyan ijtimoiy
topshiriqni bajarish shaklini kashf etmoqda. Shunday qilib, kishilarning mehnat
faoliyati o‘z mohiyatiga ko‘ra ijtimoiy hisoblanadi. U jamiyat ehtiyojlari bilan
shakllanadi, belgilanadi, yo‘naltiriladi va boshqariladi.
Bu faoliyat o‘z xarakteriga ko‘ra ham ijtimoiy hisoblanadi. Hozirgi jamiyatda
mehnat taqsimoti tufayli kishi o‘zi uchun talab qilingan barcha narsalarni faqat
ishlab chiqarmaydigan emas, balki bironta ham mahsulotni ish lab chiqarishda
deyarli hech qachon boshidan oxiriga qadar ishtirok etmaydi. Uning uchun ham
kishi hayot uchun talab qilinadigan barcha narsalarni oz mehnatiga ayirboshlangan
tarzda jamiyatdan olishi kerak. Shaxsning ehtiyojlari tashqaridan qaraganda uning
P
A
G
E
oz mehnati bilan emas, balki jamiyat tomonidan qondirilayotgandek bo‘lib tuyuladi.
Buning qanday yuz bcrishi jamiyatda hukmron bo‘lgan ishlab chiqarish
munosabatlari tizimilan elgilanadi. Uning uchun ham jamiyatda har qanday ma su
otning ishlab chiqari1ishi ayni paytda mehnat qi 1 ish, uning mahsulini taqsimlash,
ayirboshlash va iste’mol qi1ish jarayonida odamlarning muayyan munosabatlarini
ro‘yobga chiqarish bo‘lib ham hisoblanadi.
Bu xildagi harakatlarni bajarish va boshqarish uchun axborotni qayta
ishlashning oliy jarayonlaridan foydalanish va eng avvalo, tasavvur va tafakkurni
ishga solish zarurdir.
Bulardan shu narsa ravshanki, kishi psixikasining bu ajoyib xususiyatlari
manbayini isbot qilish maqsadida «ruh»ning qandaydir alohida xususiyatlarini
o‘ylab topishga hojat yo‘qBularga bo‘lgan zarurat inson faoliyati qonuniyatlari bilan
belgilanadi, ya’ni kishining ijtimoiy-mehnat mohiyatiga ega bo lgan jonzot sifatida
mavjudligi shaklining o‘zidan kelib chiqqandir.
Ro yobga chiqarilishi uchun yuksak psixik funksiyalar bajarilishini taqozo
etarkan, jamoa mehnat faoliyati ayni chog‘da insoniyatning rivojlanish jarayonida
ularning shakllanishi uchun asos va shart-sharoitlar yaratadi.
Misol uchun ibtidoiy ovchilar o‘rtasidagi hurkituvchilarning xatti-
harakatlarini olib ko‘raylik. Ularning harakatlari o‘z holicha o‘ljani ushlashga
qaratilgan bo‘lmaydi. Bunisi tugul, agar u yolg‘iz o‘zi harakat qiladigan bollsa, u
holda uning bu harakatlari o‘ljaning osongina qochib ketishiga olib kelgan bo‘lardi
— uning o‘zi esa qolardi. Shuning uchun uning butun faoliyati faqat boshqa
kishilarning — ovchilarning faoliyati bilan uyg‘unlashgan tarzdagina biron-bir
ma’no kasb etadi. Hayvon hurkituvchi maqsadga erishish uchun ovchilarning
harakatlarini hisobga olishi, ya’ni bug‘uni duch kelgan tomonga haydamasdan, balki
ovchilar tomonga haydashi kerak. Shu tariqa uning xatti-harakatlari biologik
mohiyatga ega bo‘lgan maqsadga qaratilgan bo‘lmasdan, aksincha ijtimoiy mohiyat
kasb etadi. U ichki instinktiv kechinmalar shaklida emas, balki tashqi real obyektlar
bilan bo‘ladigan harakatlarning idrok etilishi orqali aks etadi. Shu tarzda obyektlar
P
A
G
E
va ular bilan bajariladigan harakatlarning timsollari faoliyatga undaydigan biologik
ehtiyojning xayoldagi kechinishidan amaliyotning o‘zi bilan ajratiladi.
Voqelikka nisbatan bunday munosabatda bo‘lish esa, yuqorida ko‘rib
o‘tganimizdek, ongning negizini tashkil etadi. U kishini buyumlarga nisbatan
faoliyat subyektiga va odamlarga nisbatan esa shaxsga aylantiradi. U kishini
tevarak-atrofdagi damning qulidan uning sohibi darajasiga ko‘taradi, kishiga bu
olamni qayta o‘zgartirish va uzoqqa mo‘ljallangan maqsadlarga erishish uchun
intilish imkonini beradi, kishining xatti-harakatlarini ongli ravishda rejalashtirilgan
faoliyatga va uning Yer kurrasida mavjudligini esa moslashgan holda hayot
kechirishdan ma’lum bir mazmun va yuksak maqsadga ega bo‘lgan faol hayot
kechirishga aylantiradi.
P
A
G
E
II – BOB. FAOLIYATING PSIXOLOGIK TAVSIFI VA FAOLIYATNING
PSIXOLOGIK NAZARIYALARI.
2.1. Faoliyating psixologik tavsifi
Tirik mavjudotlarning atrofdagi olam bilan hayotiy ahamiyatga molik
bog‘lanishlar bo‘lishini ta’minlaydigan faoliyati ularga xos yalpi xususiyat
hisoblanadi.
Jonli mavjudotni muayyan tarzda va muayyan yo‘nalishda harakat qilishga
undaydigan ehtiyojlar uning faolligi manbayi bolib hisoblanadi. Ehtiyoj — jonli
mavjudotning hayot kechirishining konkret shart-sharoitlariga uning qaramligini
ifoda etuvchi va bu shart-sharoitlarga nisbatan uning faolligini vujudga keltiruvchi
holatidir.
Kishining faolligi ehtiyojlarning qondirilishi jarayonida namoyon boladi.
Xuddi shu o‘rinda odamning faolligi shakllari bilan hayvonning xatti-harakatlari
faolligi o‘rtasidagi tafovutlar ayon bo‘ladi. Hayvon o‘z ehtiyojlarining obyekti
bo‘lishi hamda unda ularni egallab olish uchun faol intilishga da’vat etishi ehtimoli
borligini olzining tabiiy tuzilishiga (tanasining va a’zolarining tuzilishiga,
instinktlarining boyligiga) ko‘ra bamisoli oldindan bilishi tufayli faollik bilan
harakat qiladi. Hayvonlar ehtiyojining qondirilishi jarayoni ularning muhitga
yaxshiroq moslashuvini ta’minlaydi. Masalan, qunduz xatti-harakatining tug‘ma
ravishda hosil bo‘lgan programmasi uning quruvchilik ehtiyojlarini qamrab
qolmasdan, balki bu ehtiyojlarni qondirish obyektlari: to‘g‘on quriladigan
daraxtlarning navlari, daraxtlarning suvga yaqinligi, «o‘rmon kesish» usullari
(qunduzlar daraxtning shoxi aynan suvga tushishini mo‘ljallab, uning suvga qarshi
tomonini kemiradi) va hokazolar ham aks etgan bo‘ladi.
Shunday qilib, hayvonning ehtiyojlarida uning faolligi omili sifatida tabiatdan
olingan buyum bevosita ishtirok etadi.
Odamning faolligi va faollikning manbayi bo‘lgan insoniy ehtiyojlar
tamomila boshqacha manzara kasb etadi. Kishining ehtiyoji uni tarbiyalash
jarayonida, ya’ni kishilik madaniyati olami bilan yaqinlashtirish jarayonida
shakllanadi.
P
A
G
E
Tabiatdan olinadigan buyum shunchaki oddiy oija, ya’ni faqat biologik
ma’noga ega ovqat tarzidagi buyum bo‘lmay qoladi. Odam qurollar yordamida
buyumni
tarixiy
taraqqiyot
mahsuli
hisoblanmish
xususiy
ehtiyojlariga
moslashtirilgan holda tubdan o‘zgartirishga qodirdir. Shuning uchun ham kishining
o‘z ehtiyojlarini qondirish jarayoni ijtimoiy taraqqiyot bilan belgilanadigan faoliyat
shaklini egallashning faol, muayyan maqsadga yo‘naltirilgan jarayoni sifatida
alohida ajralib turadi.
Ehtiyojlar qondirilishi jarayonida rivojlanib va o‘zgarib boradi. Ular hozirgi
zamon kishisida lining ajdodlarida bo‘lganiga qaraganda boshqachadir, lining
avlodlarida ham boshqacha bo‘ladi. Kishining ehtiyojlarini to‘la-tokkis qondirish uni
har tomonlama rivojlantirishning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi, lekin bu
yakkayu yagona shart emas, albatta. Bulling ustiga kamolotga erishishning boshqa
shart-sharoitlari (va birinchi navbatda mehnat) mavjud bo‘lmasa, o‘z ehtiyojlarini
osongina qondirish imkoniyati kishini ko‘pincha inqirozga uchratadi. Mehnat bilan
yo‘naltirilmaydigan tekinxo‘rlik ehtiyojlari zid xulq-atvor (ba’zan esa jinoiy xatti-
harakatjning manbayi bo‘lib qolishi mumkin va ayrim kishilarda shunday
bo‘lmoqda.
Mehnat qilishga bo‘lgan ehtiyojning yanada rivojlanishi ishlab chiqarishni
rivojlantirish, ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini maksimal darajada
avtomatlashtirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ish vaqtini qisqartirish natijasida,
faqat ijtimoiy foydali mehnatdan o‘zini namoyon eta oladigan bunyodkorlik
kuchlarini jonlantirish oqibatida yuz beradi, deb hisoblash uchun asos bor. Hozir
ba’zan og‘ir va zerikarli bo‘ladigan mehnat sogMom, har tomonlama kamolga
yetgan kishi uchun quvonch va rohat-farog‘at manbayiga aylanadi.
«Umumiy ta’lim va hunar maktabini isloh qilishning asosiy yo nalishlari»da
o‘quvchilarning mehnat tarbiyasi va kasbga yo naltirilishi qanday rol o‘ynashi
ta’kidlangandir.
Ehtiyojlarni tanlash va shakllantirish masalasi axloqiy tarbiyaning eng muhim
vazifalaridan hisoblanadi. A.S.Makarenko buni aniq-ravshan tarzda ta’kidlagan
hamda insoniy ehtiyojlarni tanlash va tarbiyalash, ularni kishini yanada barkamollik
P
A
G
E
sari kurashga odatlantiradigan oksha ma’naviy cho‘qqiga ko‘tarish lozimligi haqida
yozgan edi.
Ehtiyojlarning turlari
Kishining ehtiyojlari ham ijtimoiy, ham shaxsiy xarakterga egadir. Bu,
birinchidan, hatto shunchaki tor ma’nodagi shaxsiy xarakterga ega bo‘lib
tuyuladigan (masalan, oziqovqat bilan bog‘liq) ehtiyojlarni qondirish uchun ham
ijtimoiy mehnat taqsimotining ma’sulidan (dasturxonga non seleksiyachilar,
agronomlar,
traktorchilar,
kombaynchilar,
elevatorlarning
xodimlari,
tegirmonchilar, novvoylar, sotuvchilar va boshqa shu kabi odamlar mehnat g‘ayrat-
shijoatlarining moddiylashgan mahsuli sifatida kelib tushadi) foydalanilishida o‘z
ifodasini topadi. Ikkinchidan, kishi o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mazkur
ijtimoiy muhitda tarkib topgan vositalar va usullardan foydalanadi, hamda muayyan
shart-sharoitlarga ehtiyoj sezadi. Bir parcha go‘shtni iste’mol qilish uchun hech
bo‘lmaganda o‘sha go‘sht tegishli usulda tayyorlangan bo‘lishi lozim. Kishida
likopcha, pichoq va vilka, ba’zi bir gigiyena talablariga rioya qilish va shu kabilarga
ehtiyoj tug'iladi. Va nihoyat, uchinchidan, kishining ko‘pgina ehtiyojlari uning tor
ma’nodagi shaxsiy talab-ehtiyojlaridan ko‘ra ko‘proq kishi o‘zi mansub bo‘lgan va
birgalikda mehnat qiladigan jamiyatning, jamoaning, guruhning ehtiyojlarini
ifodalaydi jamoa ehtiyojlari kishining shaxsiy ehtiyojlari tusini kasb etadi.
Bu jarayon quyidagi misolda o‘zining yorqin ifodasini topishi mumkin.
Yig‘ilishda ma’ruza qilishdan iborat jamoat topshirig‘iga ega bo‘lgan o‘quvchi
ma’ruzaga uni tayyorlashning o‘zi, aytaylik, qiziqarli kitobni o‘qishga qaraganda
ham jozibaliroq mashg‘ulot ekanligi sababli emas, balki u jamoaning talabini
bajarishga o‘zida juda zo‘r ehtiyoj sezayotganligi uchun ham g'oyat puxtalik bilan
tayyorgarlik ko‘radi.
Ehtiyojlar kelib chiqishiga va predmetiga ko‘ra farqlanadi.
Kelib chiqishiga ko‘ra ehtiyojlar tabiiy va madaniy bo‘lishi mumkin.
Tabiiy ehtiyojlarda kishining faollik kasb etayotgan faoliyati, lining hayoti va
lining avlodi hayotini saqlash va qodlab-quvvatlash uchun zarur bodgan shart-
sharoitlarga bo‘ysunganlik ifodalanadi, barcha odamlarda ovqatlanishga, suv
P
A
G
E
ichishga, qarama-qarshi jinsning mavjud bodishiga, uxlashga, sovuqdan va haddan
ziyod issiqdan saqlanishga va hokazolar tabiiy ehtiyoj bodadi. Agar tabiiy
ehtiyojlardan qaysi biri biron darajada uzoq vaqt davomida qondirilmasdan qolsa,
odam muqarrar ravishda halok bodadi yoki sulolasini davom ettirish imkoniyatidan
mahrum bodadi.
Garchand tabiiy ehtiyojlar (ularning soniga kokra) odamning hayvon
ajdodlaridagi va ibtidoiy odamlardagi kabi tarzda qolgan bodsa ham lekin ular o‘z
psixologik mohiyatiga ko‘ra hayvonlarning tabiiy ehtiyojlaridan tubdan farq qiladi.
Ehtiyojlarni qondirishning usullari va qurollari o‘zgaribgina qolmasdan, eng
muhimi, ehtiyojlarning o‘zi o‘zgarib bormoqda.
Madaniy ehtiyojlarda odamning faol faoliyati insoniyat madaniyatining
mahsuliga bogdiq ekanligi ifodalanadi; lining ildizlari butunlay kishilik tarixining
sarhadlariga borib taqaladi. U yoki bu xilda tarkib topgan madaniyat sharoitlarida
bironbir tabiiy ehtiyojni qondirish vositasi bodib xizmat qiladigan narsalar (vilka va
qoshiq, ovqatni yeyish uchun ishlatiladigan cho‘plar) ham, shuningdek, boshqa
odamlar bilan mehnat va madaniy munosabat bogdash uchun, kishining murakkab
va rang-barang ijtimoiy hayot kechirishi uchun zarur bodgan narsalar ham madaniy
ehtiyojlar obyekti hisoblanadi. Turli iqtisodiy va ijtimoiy tuzum sharoitida kishida
lining tarbiyasiga va xulq-atvorning keng yoyilgan hamda udum bodgan odatlari va
shakllarini o‘zlashtirishiga bogdiq holda turli xildagi madaniy ehtiyojlar tugdladi.
Agar kishining madaniy ehtiyojlari qondirilmasa, u halok bodmaydi (tabiiy
ehtiyojlari qondirilmagan sharoitda ana shunaqa bodishi mumkin edi), lekin undagi
odamiylik sifatlari jiddiy zararlanadi.
Kishi ehtiyojlarining rivojlanishi xususiyatlari
Hayvonning xatti-harakati hamisha u yo bu ehtiyojni qondirishga bevosita
yo‘naltirilgan bo‘ladi. Ehtiyoj hayvonni faqat faollikka undab qolmasdan, balki
ushbu faollikning shakllarini ham belgilaydi. Misol uchun ovqatlanish ehtiyoji
(ochlik) hayvonda, jumladan, ovqatlanish faolligini vujudga keltiradi — og‘zida
so‘lak ajratila boshlanadi, ovqatni izlash yoki o‘ljani poylash, egallash va uni
iste’mol qilish kabi jarayonlar yuz bera boshlaydi.
P
A
G
E
Shartli refleks — bu faollikni yangi qo‘zg‘atuvchilar (masalan, qo‘ng‘iroq
chalinishi) bilan yoki yangi harakatlar (masalan, tepkini bosish) bilan bog‘lanishi
mumkin. Lekin bunda hayvonning xatti-harakati tuzilishi shundayligicha qoladi.
Qo‘ng‘iroqning chalinishi tashqi qo‘zg‘atuvchilar oqimidan aynan ovqatlanish
haqida xabar beruvchi signal sifatida ajralib turadi. Hayvon tepkini bosishni aynan
ovqatning olinishiga olib keluvchi xatti-harakat tarzida bajaradi. Boshqa so‘zlar
bilan aytganda, hayvon eng murakkab shartli reflekslar orqali faoliyat ko‘rsatgan
taqdirda ham ehtiyojlar to‘g‘ridan to‘g‘ri uning psixikasining ham aks ettirish, ham
yolnaltirish funksiyalarini belgilaydi. Hayvon organizmining talab-ehtiyojlari
psixika tevarak-atrofdagi olamga nimalarni in’om etishi va qanday javob xatti-
harakatlarini keltirib chiqarishini belgilab beradi.