ALOHIDA TERGOV HARAKATLARINI O’TKAZISHNING ETIK VA AXLOQIY ASOSLARI
Yuklangan vaqt
2025-09-07
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
15
Faytl hajmi
98,5 KB
ALOHIDA TERGOV HARAKATLARINI O’TKAZISHNING ETIK VA AXLOQIY
ASOSLARI
Reja:
1. Dastlabki tergov harakatlarini olib borishning umumiy qoidalari
2. Ayrim tergov harakatlarini olib borishga bo’lgan etik va axloqiy talablar
3. Ehtiyot chorasini tanlashning axloqiy asoslari
1. Dastlabki tergov harakatlarini olib borishning umumiy qoidalari
Sud bosqichiga qadar isbot qilishdagi dastlabki tergovni “dastlabki” deyilishiga
sabab, aksariyat hollarda, u sudda ishni ko’rib chiqishdan oldin olib boriladi”.1 Ba’zi
olimlar uni suddan oldin va sud uchun xizmat qilyotgan faoliyat2, deb qarashadi.
Mazmunan qaralganda “dastlabki tergov” quyidagi faoliyatlarni o’z ichiga oladi,
ya’ni protsessual qonunda belgilangan tartibda vakolatli davlat organlari tomonidan
jinoyatlarni tez va to’la ochish, aybdorlarni fosh etish, jinoyat ishi bo’icha ishda
qatnashayotgan fuqoralarning huquq va manfaatlarini ta’minlash va adolatli qarorlar qabul
qilish shular jumlasiga kiradi.
Tergov harakatlari deb jinoyat protsessual qonunda ko’zda tutilgan va davlat
tomonidan majburiyligi ta’minlanadigan muomala va usullar yig’indisiga aytiladi.
Jinoyat-protsessual qonunda to’g’ridan - to’g’ri ko’rsatilganki, surishtiruvchi,
tergovchi, prokuror va sud ishdagi barcha holatlarni sinchkovlik bilan, to’la, har
tomonlama va xolisona ko’rib chiqishga asoslangan holda qonunga hamda huquqiy onga
1 Aлексеев Н.С. tahriri ostida. Уголовный процесс. М.,1989, -209 b.
2 Строгович М.С. Курс советского уголовного процесса 2 том М.1970.-40 b.
amal qilib o’zlarining ichki ishonchlari bo’yicha dalillarga baho beradilar. Ichki ishonch bu
- kishining shunday holatiki, u mavjud dalillar yig’indisidan, tizimidan kelib chiqadigan
yagona mumkin bo’lgan xulosa borligini bildiradi.
Dalillarni qabul qilish va tekshirishni o’z ichiga olgan tergov harakatlari qonun bilan
tartibga solinadi. Jinoyat-protsessual normalardagi axloqiy mezonlar odatda ta’qiqlar
shaklida bo’ladi. Bunday taqiqlar sha’n va qadr-qimmatni kamsitishga qaratilgan harakatni
taqiqlash, ko’rsatuvlarni kuch ishlatib, qo’rqitish va boshqa shunga o’xshash choralar orqali
olishning, sir saqlanishi kerak bo’lgan ma’lumotlarni tarqatishning ta’qiqlanishida
ko’rinadi.
D. P. Коtоv o’rinli ta’kidlaganidek, adolat va insonparvarlik tamoyillari, sha’n va
qadr-qimmatni hurmat qilish kabilar qatoriga quyidagi axloqiy normalarni kiritish lozim:
har qanday qonun buzilishlariga yo’l qo’ymaslik, jinoyat protsessual madaniyatga, xolislik,
qat’iylikka qatiy amal qilish, g’arazgo’ylikning, ishonchsizlikning, ayblov tomonga
og’ishning, taxminiylikning bo’lmasligiga erishish, har qanday tergov harakatlarini olib
borishda ayrim shaxlar va jamoalarga ziyon etkazmasliklarni kiritish lozim. 3
Tergov harakatlari olib borilayotganda jinoyat protsessi printsiplariga, ya’ni
shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish (O’z R JPK 18-m), gumon qilinuvchi,
ayblanuvchi va sudlanuvchini himoyalanish huquqi bilan ta’minlash (O’z R JPK 24-m),
aybsizlik prezumptsiyasi (O’z R JPK 14-m), dalillarni bevosita va og’zaki usulda
tekshirishga (O’z R JPK 26-m) so’zsiz rioya qilinishi lozim.
Tergov amaliyotida, afsuslar bo’lsinki, qonunga rioya qilish, suningdek etika
normalarini bajarish borasida barchaga ma’lum bo’lgan kamchiliklar mavjud. Bular
qatoriga birgina taxminni ishlab chiqish bilan bog’liq ayblov tomonga og’ish, tergovda
ishtirok etayotganlarning huquqini ta’minlamaslik, tergovni yuzaki olib borish, jinoyatning
ochilmasligiga olib keluvchi sustkashlik, tergov harakatlarini olib borishda va ular bo’yicha
bayonnoma yuritishda ifodalanadi. Ayrim tergov hujjatlarini qalbakilashtirish hollari ham
uchrab turadi. Bu kabi kamchiliklarga yo’l qo’ymaslik uchun ko’plab ob’ektiv va sub’ektiv
sabablarni bartaraf qilishni talab qiladi.
3 Кокорев Л. Д., Котов Д. Л. Указ. соч. С.110.
Tergovchining faoliyati u tomonidan protsessual qonunga rioya qilish qat’iy
ta’minlanganda, u ishda barcha ishtirok etayotganlarning qadr-qimmatini hurmat qilib
sog’lom axloqiy muhitni yaratgan holda tergov harakatlarini olib borganda, ob’ektiv
harakat qilganda muvaffaqiyatli bo’lishi mumkin.
Ko’rinib turibdiki, tergovchi yuqori darajadagi axloqiy va psixologik sifatlarga ega
bo’lishi lozim, aksincha unining shaxsi va xulq-atvoridagi axloqiy nuqsonlari xavfli
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tergovchi o’z faoliyati davomida uch turli, ya’ni
protsessual, kriminalistik va axloqiy qoidalarga asoslanadi. Protsessual normalar
tergovchidan tergov olib borish jarayonida tergovni qaysi shakllarda, qanday tartibda olib
borishlikni ko’rsatadi. Kriminalistika tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyalar tergovchiga
tergovni olib borishning taktik yo’nalishini belgilab olish, dastlabki tergov oldida turgan
jinoyatni tez va to’la ochish, aybdorlarni fosh qilishdek muhim vazifalarni eng samarali
amalga oshirishning uslub va yo’l-yo’riqlarini izlab topish imkoniyatini beradi. Axloqiy
normalar tergov olib borishdagi u yoki bu usullarining axloq nuqtai nazaridan maqbulligini
baholashga imkon beradi. Barcha tartib-qoidalar bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda bo’lsada,
lekin qonun ular orasida yuqori turadi. Tergovchi o’z kasbiy burchi uchun hamda dastlabki
tergov oldida turgan vazifalarning ijrosi uchun shaxsan axloqiy javobgar hisoblanadi.
Buning uchun u xolis, beg’araz, adolatli, insonparvar va xushyor bo’lishi kerak. Xizmat
faoliyatini amalga oshirayotganda chidamlilik, bosiqlik, xushmuomalalikka rioya qilishi
lozim. Jinoyatni tergov qilayotganda tergovchi sodir etilgan jinoyatga yoki jinoyat ish
bo’yicha tergov harakatklarini olib borishga u yoki bu shaklda daxldor bo’lgan
fuqarolarning keng doirasi bilan axloqiy munosabatlar tizimida harakat qiladi. Umuman
olganda tergovchining faoliyatiga yuqori axloqiy talablar qo’yiladi. Bu fuqarolar jinoyat
ishining yakunidan manfaatdor bo’lgan, o’zlarining huquq va manfaatlarini himoya qiluvchi
protsess ishtirokchilari hisoblanadi. Ular qatoriga qonun ayblanuvchi, jabrlanuvchi,
ularning vakillari, ayblanuvchining himoyachisi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar va
ularning vakillarini kiritadi. Tergovchida o’z vakolatlarini amalga oshirayotganida xuddi
shu shaxslar bilan munosabatlarda birinchi navbatda axloqiy huquq va axloqiy
majburiyatlar yuzaga keladi.
Bundan tashqari tergovchida axloqiy huquq va axloqiy majburiyatlar ishda ishtirok
etayotgan guvohlar, exspertlar, tarjimonlar, xolislar, mutaxassislar va haqiqatni aniqlash
yoki tergov harakatlarini tashkil etishda qatnashayotgan boshqa shaxalar bilan
munosabatlarda ham yuzaga keladi4.
2. Ayrim tergov harakatlarini olib borishga bo’lgan axloqiy talablar
Asosiy tergov harakatklarini olib borishda rioya qilinishi talab etiladigan axloqiy
talablar to’g’risida to’xtalib o’tamiz.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda rioya qilinishi talab etiladigan
axloqiy talablar.
Tergovchining huquqiy majburiyati jinoyatni tez va to’liq ochishdan va aybdorlarni
fosh qilishdan iborat. Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish aynan shu joyda jinoyat
sodir etilganligi yoki uning izlari borligi haqidagi ma’lumotlar bo’lgan taqdirda kechiktirib
bo’lmaydigan tergov harakatlarini olib borish haqidagi kriminalistik uslub qoidasi chuqur
axloqiy ahamiyatga ega.
Kechiktirib bo’lmaydigan tergov harakatlarini o’z vaqtida olib borish tergovchiga o’z
vaqtida jinoyat sodir etgan shaxsni aniqlash va uni ushlash chorasini ko’rish, sodir bo’lgan
hodisaning sharoiti, sodir bo’lish mexanismi va boshqa holatlarni aniqlash, jinoyatning
moddiy izlarini va predmetlarini topish, qayd qilish va olish, olingan narsalar, jinoyat
qurollari, predmetlarni ko’zdan kechirish borasida ularni saqlash choralarini ko’rish
imkonini beradi.
Amaliyotda uchrab turadigan hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishni
sustkashlik bilan amalga oshirish yoki bo’lmasa zarur bo’lganda uni o’tkazishdan bosh
tortish tergovchining kasbiy va axloqiy burchlariga zid harakat hisoblanadi.
Hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish bunday qaraganda biron-bir axloqiy
muammolarni keltirib chiqarmaydi, chunki unda faqat tergovchi va xolislar ishtirok
4 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 b.
etishadi. Ammo bu tergov harakati ham turli xil odamlar bilan munosabatga kirishishni
taqozo etadi va axloqiy jihatlarga ega bo’ladi.
O’z R JPK O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga binoan turar joyni ko’zdan
kechirish alohida tartib o’rnatadi. Turar joyni ko’zdan kechirish O’zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasining 27-moddasi talablariga qat’iy amal qilish zarurligi bilan bog’liq bo’lib,
unga ko’ra hech kim qonun nazarda tutgan hollardan va tartibdan tashqari birovning turar
joyiga kirishi mumkin emas. Bundan kelib chiqib, dastlabki tergovni olib borayotgan shaxs
turar joyni ko’zdan kechirishga zarurat bo’lganda unda istiqomat qilayotgan barcha
shaxslardan rozilik olishi kerak. Bu o’rinda turar joyni ko’zdan kechirishni tintuv o’tkazish
bilan almashtirmaslik zarur. Tergovchi voqeaga bevosita dahldor bo’lgan ob’ektlarnigina
ko’zdan kechirishi lozim.
Xolislar, mutaxassislar, ko’pchilik hollarda militsiya xodimlari ishtirokida hodisa
sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirishda ushbu jarayonda barcha ishtirok etayotganlar bilan
o’zaro to’g’ri munosabatlarni ta’minlash muhim hisoblanadi. Tergovchi ko’zdan
kechirishning barcha ishtirokchilari harakatlariga rahbarlik qiladi, hodisa sodir bo’lgan
joydan begonalarni ketkazib yuborish choralarini ko’radi. Ko’zdan kechirish jarayonida u
yoki bu shaxs hayotining sirli tomonlarini oshkor qilishga yo’l qo’yilmaydi. Yashash joyi
bo’lmagan, shuningdek turli yuridik shaxslar joylashgan binolarni ko’zdan kechirish yuridik
shaxs vakilining ishtirokida amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 138-moddasida murdani
ko’zdan kechirishning alohida qoidalari belgilangan. Murdani ko’zdan kechirish odatda u
topilgan joyni ko’zdan kechirish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi va bu holatda murdani
ko’zdan kechirish hodisa sodir bo’lgan joyni ko’zdan kechirish bayonnomasida qayd
etiladi.
Murdani ko’zdan kechirish mustaqil tergov harakati hisoblanadi, qachonki u
tergovchi kelgunga qadar hodisa sodir bo’lgan joydan boshqa joyga ko’chirilgan bo’ladi,
masalan, murdani ko’zdan kechirish o’likxonada (morg) da amalga oshiriladi va natijada
alohida bayonnoma tuziladi. Murdani ko’zdan kechirish aynan tergovchi tomonidan, ya’ni
O’zR JPK 345-moddasi 1-qismi 2- bandi talabiga asosan prokuratura organining tergovchisi
tomonidan xolislar, sud-tibbiyot experti ishtirokida olib boriladi. Shuningdek murdani
ko’zdan kechirishda kriminalistlar, kimyogarlar, biologlar va b. mutaxassislar ishtirok etishi
mumkin.
Agarda vafot etgan shaxs aniqlanmagan bo’lsa, bunday murdalarni krematsiya qilish
- maxsus pechlarda murdani kuydirish mumkin emas. Chunki, kelgusida bu murdani tanib
olish uchun tergov harakatlari o’tkazilishi mumkin. Tanib olinmagan murdani faqat
prokuror ruxsati bilan ko’miladi.5
O’zbekiston Respublikasi JPK 148-152-moddalarida esa murdani exgumatsiya qilish
asoslari, tartibi va unga oid protsessual harakatlar belgilangan. Exgumatsiya qilish
murdani qabrdan chiqarib olishni o’zida ifodalaydi. Murda ko’milgan joy deb o’lganlarni
komish uchun ajratilgan maxsus joy, ya’ni qabristonni yoki bo’lmasa jinoyatchi yoki
bo’lmasa jinoyatchilar tomonidan yashirincha murda ko’milgan joyni tushunish lozim.
Murdani exgumatsiya qilish tergovchining maxsus qarori asosida amalga oshiriladi.
Marhumning yaqin qarindoshlari yoki qarindoshlari murdani exgumatsiya qilishga qarshi
bo’lganlarida uni o’tkaziishlik uchun sudning qarori zarur bo’ladi.
Exgumatsiya qilishlik zarurat tugilganda, ya’ni ko’milgan murdani birinchi yoki
ikkinchi marotaba ko’zdan kechirishda, murdani tanib olish uchun korsatishda, birinchi
yoki ikkinchi marotaba expertiza o’tkazishda amalga oshiriladi. Expertiza tergovchi
tomonidan xolislar, sud-tibbiyot experti ishtirokida, sud-tibbiyot expertini ta’minlashning
imkoniyati bo’lmaganda shifokorning ishtirokida, boshqa mutaxassislar, shuningdek
murdani qabrdan olib chiqish uchun erni qazish ishlarini amalga oshiruvchi shaxslar
ishtirokida6 o’tkaziladi. Tergovchining qaroriga binoan exgumatsiya qilish paytida boshqa
shaxslar ham, masalan, gumon qilinuvchi yoki ayblanuvchi, sud tomonidan bunday qaror
chiqarilganda esa sudlanuvchi, jabrlanuvchi yoki guvohlar ishtirok etishlari, tanib olish
maqsadi ko’zlanganda marhumning qarindoshlari ham qatnoshishi mumkin bo’ladi.
Exgumatsiya o’tkazilgandan keyin murdani ko’mish va murda ko’milgan joyni
tartibga keltirish mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi. Shu sababli ham
exgumatsiya o’tkazish paytida mahalliy hokimiyat vakillari, ya’ni mahalla, qishloq
5 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -245-247 b.
6 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 b.
fuqarolar yig’inlari vakillari ishtiroki maqsadga muvofiq bo’ladi. Murdani ko’mish unga
nisbatan hurmat-ehtirom qoidalariga amal qilgan holda, diniy talablar va mahalliy urf-
odatlarga rioya qilib hamda vafot etgan shaxsning yaqinlari bildirgan istaklarni e’tiborga
olib bajarilishi kerak7.
Guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchining guvohlantirish o’tqazish to’g’risidagi
asoslantirilgan qarori yoki sudning shu to’gridagi ajrimiga asosan inson tanasida alohida
belgilar, tan jarohatlari, mastlik darajasi va boshqa xususiyat hamda belgilar, suningdek
jinoyat ishi uchun ahamiyatli bo’lgan holatlarni aniqlashlik uchun o’tkaziladi.
Guvohlantirish sud-tibbiyot expertizasi o’tkazilishi talab etilmaydigan va tanada jinoyat
izlarining bor-yo’qligini aniqlashgina etarli deb hisoblangan holatlarda amalga oshiriladi.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va jabrlanuvchi guvohlantirishi mumkin. O’z
R JPK 146 - moddasi bilan guvohlantirish-ning barcha ishtirokchilarining konstitutsiyaviy
huquqlari himoyalangan. Guvohlantirish chog’ida aniqlangan tanadagi alohida belgilarni sir
saqlash zarurligi haqida ogohlantirilishlari lozim. Shsaxsni yalang’ochlash yoki uning
badanidagi tirnalgan, shilingan, qontalash joylarni, shuningdek, ushbu Kodeks 142-
moddasining ikkinchi bandida nazarda tutilgan guvohlantirish surishtiruvchi, tergovchi yoki
sudning topshrig’iga binoan shifokor yoki boshqa mutaxassis tibbiy xodim tomonidan
guvohlan-tirilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi shaxslar huzurida o’tkaziladi. Bunday
hollarda guvohlantirilayotgan shaxsning or-nomusi, sha’ni, qadr-qimmati toptalmasligi
uchun tegishli choralar ko’rilishi lozim.8
Olib qo’yish va tintuv (O’zR JPK 20-bob) muhim tergov amallaridan hisoblanadi.
Olib qo’yish bu-qaerdaligi va kimdaligi ma’lum hamda jinoyat ishi uchun ahamiyatli
bo’lgan predmet va hujjatlarni majburan olib qo’yishdan iborat bo’lib, avval ularni ixtiyoriy
ravishda tergovchiga topshrilishi so’raladi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki predmet va
hujjatlarni saqlayotgan shaxs tomonidan ular ixtiyoriy topshrilsa bu haqda bayonnomada
ko’rsatiladi va qonunga binoan ashyoviy dalil deb e’tirof etiladi.
7 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -260-264 b.
8 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -256-257 b.
Jinoyat uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlarning aynan kimda va qaerdaligi
sud muhakomasi chog’ida ma’lum bo’lib qolsa, sud ham ularni olib qo’yishga haqli va bu
haqda tegishli ajrim chiqaradi.
O’zida davlat va harbiy sirni saqlaydigan hujjatlar va narsalarni olib qo’yishda shu
sirlar bilan tanishishga ruxsati bo’lgan xolislar taklif qilinadi va ular tegishli tartibda
ogohlantiriladi.
Tintuv bu - turar joylarda yoki boshqa joy yoxud xizmat, ishlab chiqarish binolarida
jinoyat ishiga aloqador bo’lgan, ish uchun ahamiyatli narsa va hujjatlar bor deb o’ylashga
asosli ma’lumotlarga ega bo’lganda, ularni izlash, topish va ishga qo’shish uchun amalga
oshiriladigan harakat hisoblanadi. Qonun bo’yicha tintuv shaxsga xizmat yoki boshqacha
tarzda qonuniy aloqasi bo’lmagan yoki uning huquqi bo’lmagan, shu jumladan,
qidirilayotgan shaxslarni va murdalarni topish maqsadida ham amalga oshiriladi. Tintuv –
tintuv o’tkazilayotgan shaxsning ixtiyoridan qat’i nazar, majburiy o’tkaziladigan harakat
hisoblanadi va fuqarolarning shaxsiy erkinligi, uy-joyining daxlsizligiga oid huquqlariga
ta’sir etishi bilan ajralib turadi.9
Qidiruv fuqaroning huquqini yuqori darajada cheklaydi va axloqiy normalarga
alohida aniq amal qilishlikni talab qiladi. Bu o’rinda A.F.Koni “Bu tergob harakatlari halol
kishining hayotiga notinchlik keltiradi va atrofidaglarning unga bo’lgan munosabatiga nifoq
soladi, shu sababli ular katta ehtiyotkorlik bilan qo’llanilishi lozim”, deb o’rinli
ta’kidlagan.10
Odatda tintuv gumon qilinuvchi va ayblanuvchiga nisbatan o’tkaziladi. Ammo tintuv
guvohga, jabrlanuvchiga va boshqa hech bir protssessual maqomga ega bo’lmagan
shaxslarga nisbatan ham o’tkazilishi mumkinligi istisno etilmaydi. Tintuv uni o’tqazish
uchun etarli huquqiy asoslar bo’lganda, ish holatlari bo’yicha u zarur bo’lganda, demakki
axloqan ma’qullanganda o’tkazilishi mumkin.
Surishtiruvchi, tergovchi olib qo’yish yoki tintuv o’tkazishga kirishishdan oldin olib
qo’yish yoki tintuv o’tkazilayotgan shaxsni qaror yoki ajrim bilan tanishtirib unga imzo
9 O’sha joyda: -275-276 b.
10 Кони А. Ф. Избранные произведения. М., 1959. Т. 1. С. 607.
qo’ydirishi shart. Ushbu tergov harakatlarini o’tkazish ertalab soat 06 dan kech soat 22 ga
qadarli amalga oshirilishi lozim.
Noqonuniy tintuv o’tqazish fuqaroning konstitutsiyaviy huquqining qo’pol buzilishi
hisoblanadi. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda va kechasi tegishli ruxsatsiz tintuv
o’tqazishga bunday ruxsatni olish murakkab bo’lganda yoki tintuv o’tqazishni paysalga
solish uning samarasiz bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan hollarda yo’l qo’yiladi.
Agar ertalab soat 06 dan kech soat 22 ga qadar tintuv yoki olib qo’yish tergov
harakatini joy va xonalarning ko’pligi, kech bo’lganligi va yorug’lik etarli emasligi sababli
tergov harakatini to’xtatib, qidirilayotgan xonani muhrlab, uni tergov harakatini davom
ettirishgacha muhofaza qilish choralari ko’rilishi kerak, muhofaza qilish imkoniyati
bo’lmasa tergov harakatini tungi vaqtda ham yoritish choralarini ko’rgan holda amalga
oshirilishi va tergov harakati yakunlanishi lozim. Kechiktirib bo’lmaydigan hollarda tintuv
prokurorning sanktsiyasisiz o’tkazilishi mumkin, lekin bunday holda o’tkazilgan tintuv
haqida yigirma to’rt soat ichida prokurorga xabar qilinadi, bunday yozma xabarnoma
asoslantirilgan bo’lishi kerak.11
Tergovchi tintuv o’tkazilayotganda tintuv kimnikida o’tkazilayotgan bo’lsa u
shaxsning ishtirokini ta’minlashga majbur, shuningdek tintuv o’tkazilayotgan xonada
yashayotgan bolalarni boshqa joyga o’tkazib turishlikni ta’minlashi lozim, agarda oilada
bemorlar bo’lsa tintuv ularning ahvoliga bevosita ta’sir qilmasligi uchun ularni boshqa
joyga olib o’tish zarur.12
Tintuv o’tkazilayotganda xolislar ishtiroki haqida har xil fikrlar bildirilgan. Amaliyot
korsatilishicha bu muhim institutga alohida e’tibor qaratilishi kerak. Tintuv tergov
harakatining ishning pirovard natijasiga muhim ta’sirini ko’zlagan holda, tintuv
qilinayotganga notonish bo’lgan kishilarni xolis tariqasida jalb qilishlik kerak, aslo uning
qo’shnilarini emas.
Tintuv tergov harakatini o’tkazilayotganida tergovchi tintuv o’tkazilayotgan
shaxsning shaxsiy hayotiga, shaxsiy va oilaviy sirlarining oshkor bo’lib ketmaslik
11 Qarang: O’zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga sharhlar.T.TDYI.2009. -280-281 b.
12 Васильева Г.А.Профессиональная этика юриста.Учебно-методический комплекс по дисциплине
Челябинск, 2005. 40-50 b.
choralarini imkon qadar ko’rishi kerak. Bunday talab uning yaqin kishilari, hatto ishga dahli
bo’lmagan boshqa shaxslarga tegishli ma’lumotlarga ham tegishli hisoblanadi.
G.A.Vasil’eva o’rinli ta’kidlaganidek, tintuv tergov harakatini o’tkazilayotganida
tergovchidan sabr-toqat va matonat talab etiladi, yopiq bino va narsalar turgan xonalarni
majburan ochish chorasini qo’llashga shoshilmasdan ularning egalari, vakolatli shaxslar
tomonida o’z ixtiyorlari bilan ochilishiga erishish, tintuvdan keyin sodir etilgan
tartibsizlikdan oldingi holatiga keltirish choralarini ko’rishi lozim. Fuqaronikida tintuv
o’tkazilishining o’zi, natijasidan qat’i nazar, uning obro’siga putur etkazadi. Su sababli
bunday shaxslarning qaysidir ma’noda obro’-e’tiborlarini tiklash lozimligi haqidagi fikr
bilan kelishish maqsadga muvofiq.
V. V. Leonenko bu borada, ya’ni ularning obro’-e’tiborlarini tiklash maqsadida
mahalliy hokimiyat organlarini, uy-joy boshqaruv organlarini, ular ishlayotgan
tashkilotlarni ularning jinoyatga dahldor emasliklari haqida rasmiy ravishda xabardor
qilishni o’rinli taklif etgan.13
Shaxsiy tintuv mustaqil tergov harakati bo’lib, tintuv qilinayotgan shaxsning
tanasidan, ust kiyimi va oyoq kiyimlaridan, shuningdek o’zi bilan olib yurgan narsalarida
jinoyat ishiga daxldor narsa va hujjatlarni olishdan iborat bo’ladi. Shaxsiy tintuv faqat
qo’zg’atilgan jinoyat ishlari bo’yicha o’tkazilishi mumkin. Lekin, jinoyat sodir etgan
shaxslarni va gumon qilinuvchini ushlanayotgan vaqtda ham shaxsiy tintuv o’tkazilishi
mumkin.
Shaxsiy tintuv va olib qo’yish – jinoyat sodir etishda gumon qilinayotgan shaxsni
ushlash chog’ida gumonlanuvchining yonida qurol borligiga yoxud jinoyat sodir etganligini
fosh qiladigan dalillardan qutulmoqchi ekanligiga etarli asoslar bo’lganda; gumon
qilinuvchiga nisbatan ushlab turish haqida qaror chiqarilib, uni ushlash joyiga olib
kelinganda; ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olish qo’llanganda, ayblanuvchining yonida
qurol, saqlanishi man etilgan buyumlar, ish uchun ahamiyatga molik narsa va hujjatlar
bo’lishi mumkin deb o’ylashga etarli asoslar bo’lganida majburan kuch ishlatish yo’li bilan
o’tkaziladi.
13 Леоненко В. В. Указ. соч. С. 71.