Amaliy mashg‘ulot. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil etish
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
13
Faytl hajmi
103,5 KB
Amaliy mashg‘ulot. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan
ishlarni tashkil etish
Reja:
1. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil
etish.
2. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari.
3. Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o‘tkazish.
1. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni tashkil
etish.
Qutqaruv xizmati — faoliyati bo‘yicha yagona tizimga birlashtirilgan,
asosini professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning
oldini olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan
boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui.
Qutqaruv tuzilmasi — favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni
bartaraf etish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan, asosini maxsus texnika,
asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta'minlangan
qutqaruvchilar bo‘linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati
tarkibiga kiruvchi tuzilma;
Qutqaruv ishlari — favqulodda vaziyatlar zonasida odamlarning hayotini
asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlash, yuridik hamda jismoniy shaxslarning mol-
mulkini, atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish
va ularga xos bo‘lgan xavfli omillar ta'sirini yo‘qotish yoki imkon qadar
kamaytirishga qaratilgan harakatlar.
Qutqaruv ishlariga avariya-qutqaruv, qidiruv-qutqaruv, tog‘-kon qutqaruv,
suv-qutqaruv, gaz-qutqaruv ishlari, shuningdek yong‘inlarni o‘chirish hamda boshqa
tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bilan
bog‘liq ishlar kiradi.
Avariya-qutqaruv ishlarining turlari:
- harakat marshrutlari va ish uchastkalari (ob’ektlari) razvedkasi;
- harakat marshrutlari va ish uchastkalari (ob’ektlari)dagi yong‘inlarni
cheklash va bartaraf etish;
- jabrlanganlarni qidirib topish va ularni vayron bo‘lgan, zararlangan,
yonayotgan binolardan, suv, gaz, tutun bosgan bino hamda vayrona uyumlari
orasidan olib chiqish;
- jabrlanganlarga
birinchi
tibbiy
yordamni
ko‘rsatish
hamda
ularni
shifoxonalarga joylashtirish;
- aholini xavfsiz joylarga ko‘chirish;
- epidemiya yuzaga kelishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida zarur sanitariya-
gigiena choralari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish;
- aholini suv, oziq-ovqat va eng zarur narsalar bilan ta’minlash;
Kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlarning turlari:
- vayrona uyumlari orasida va zararlangan hududlarda kolonna yo‘llarni
tayyorlash, ya’ni piyodalar va transport vositalari uchun yo‘l ochish;
- qutqaruv ishlarini olib borish uchun sharoit yaratish maqsadida gaz,
energetika, vodoprovod, maishiy chiqindi va texnologik tarmoqlardagi avariyalarni
cheklash;
- imorat va inshootlarning bosib tushish xavfi bo‘lgan harakat xavfsizligiga
hamda avariya-qutkaruv ishlarini olib borishga halaqit beradigan konstruksiyalarini
mustahkamlash yoki buzib tashlash;
- qutqaruv ishlarini o‘tkazishni ta’minlash maqsadida, zararlangan aloqa
yo‘llarini va kommunal-energetika tarmoqlarini tuzatish yoki qayta tiklash.
Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni muvaffaqiyatli
amalga oshirishga quyidagicha erishiladi:
- razvedka ishlarini o‘z vaqtida va doimiy tashkil etish;
- boshqaruvni doimiy va qat’iyat bilan tashkil etish;
- fuqaro muhofazasi kuch va vositalaridan guruhlarni tezkorlik bilan
tashkil etish, ularni favqulodda vaziyat sodir bo‘lgan hududlarga olib kelish;
- boshqaruv organlari va tuzilmalarning ma’naviy-ruhiy tayyorligi;
- favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro mohofazasi kuch
va vositalarining ishlashini uzviy bog‘liq holda olib borish;
- favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lgan ob’ektda yoki hududlarda komendantlik
xizmatini tashkil etish;
- favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, avariya-qutqaruv ishlarini
amalga oshirishda FVDT kuchlarini moddiy hamda transport vositalari bilan
ta’minlash;
- favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish uchun avariya-qutqaruv va
boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirishda texnika xavfsizligi
qoidalarini bilish va ularga amal qilish.
Zilziladan so‘ng:
- avvalo vayrona uyumlari ostida qolgan, qulab tushishi ehtimoli mavjud
bo‘lgan hamda yonayotgan binolar va inshootlarda odamlarni qutqarish ishlari
vayrona ostida qolib ketgan odamlar chiqarayotgan tovushlarni ushlay oladigan
maxsus elektron geofon uskunalari yordamida amalga oshiriladi;
- ikki millionga yaqin hidni ajrata oladigan maxsus o‘rgatilgan itlardan
foydalaniladi. SHu sababli ular qor, yer qatlamlari, vayronalar ostida qolib ketgan
insonlarni qidirish uchun mo‘ljallangan eng zamonaviy elektron uskunalardan ham
samaraliroqdir.
Suv toshqinida odamlarni qutqarish, suv bosgan hududlarda qolib ketgan
odamlarni qidirish, ularni suzish vositalari yoki vertolyotlarga joylashtirish va
xavfsiz joyga evakuatsiya qilishdan iborat bo‘ladi.
Sel oqimlari yoki ko‘chki hodisasi xavfi tug‘ilganida va vaqt yetarli bo‘lganida
aholi xavfli hududlardan xavfsiz joylarga evakuatsiya qilinadi. Odamlar bilan
birgalikda moddiy boyliklar, qishloq xo‘jaligi hayvonlari ham ko‘chiriladi.
Ishlab chiqarish halokatlari va yirik avariyalarida zudlik bilan xabar berish,
ishchi-xizmatchilar, avvalo xavf-xatar tahdid qilayotgan yaqin atrofda yashovchi
aholi muhofazasini tashkil etish zarur.
Birinchi navbatda odamlarni qutqarish bo‘yicha ishlarni olib borish, ularga 1-
tibbiy yordamni ko‘rsatish va shifoxonalarga olib borish kerak.
Ob’ektning zararlangan hududlarini o‘rganib chiqib, yong‘inlarni cheklash va
o‘chirish, shikastlovchi omillarning oldini olish va cheklash lozim.
2. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari.
Avariya va halokatlarning oqibatlarini tezroq bartaraf etish uchun, odatda,
anchagina katta kuch va vositalar talab etiladi. Favqulodda vaziyat oqibatlarini
bartaraf etishda tuzilmalar, turli maqsadlarda tuzilgan shtatdagi bo‘linmalar,
zaruriyat tug‘ilsa ob’ektning ishchi-xizmatchilari, shuningdek yaqin atrofda
yashovchi aholi ishtirok etadi. Qutqaruv ishlariga jalb etilganlarning barchasi
xavfsizlik qoidalari bilan tanish bo‘lishlari va ushbu qoidalarga qat’iy amal qilishlari
zarur.
Avariya-qutqaruv ishlarini o‘tkazish haqida tezda qaror qabul qilish bilan
birga vazifalarni ijrochilarga o‘z vaqtida yetkazilishining ham, ular bajarilishini aniq
tashkil etishning ham ahamiyati katta.
Tasarrufdagi fuqaro muhofazasi organlariga, tuzilmalar komandirlariga,
biriktirilgan qismlar (bo‘linmalar)ga vazifalar fuqaro muhofazasi boshlig‘ining
shaxsan o‘zi tomonidan yoki fuqaro muhofazasi organlari orqali buyruqlar yoki
farmoyishlar shaklida beriladi.
Fuqaro muhofazasi boshlig‘i tasarrufidagi fuqaro muhofazasi kuchlarini
boshqarish va ular tomonidan qo‘yilgan vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishi
uchun to‘la javobgardir.
Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining qarorini to‘la amalga oshirishga imkon
beruvchi boshqaruvning to‘liq, samarali va moslashuvchan tizimisiz favqulodda
vaziyatlar sharoitida murakkab vazifalarni bajarish mumkin emas.
Qutqaruv tuzilmasi – favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf
etish ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan, asosini maxsus texnika, asbob-
uskunalar, aslaqa-anjomlar va boshqa qutqaruv vositalari bilan ta’minlangan
qutqaruvchilar bo‘linmalari tashkil etgan mustaqil tuzilma yoki qutqaruv xizmati
tarkibiga kiruvchi tuzilma.
Qutqaruv xizmati – faoliyati bo‘yicha yagona tizimga birlashtirilgan, asosini
professional qutqaruv tuzilmalari tashkil etgan, favqulodda vaziyatlarning oldini
olish va ularni bartaraf etishga doir vazifalarni hal qilish uchun mo‘ljallangan
boshqaruv organlari, kuchlar va vositalar majmui.
Qutqaruv vositalari – qutqaruv ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan
texnik, ilmiy-texnik va intellektual mahsulot, shu jumladan maxsus aloqa va
boshqaruv vositalari, texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar, mol-mulk,
qutqaruv ishlarini bajarish texnologiyasiga doir uslubiy materiallar, videomateriallar,
fotomateriallar, elektron hujjatlar, shuningdek elektron-hisoblash mashinalari uchun
dasturiy mahsulotlar va ma’lumotlar bazalari va h.k.
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining
2011
yil
24 avgustda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda
ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimini yanada takomillashtirish
to‘g‘risida»gi 242-sonli qarorida FVDT ning favqulodda vaziyatlar oqibatlarini
bartaraf etish uchun tashkil etiladigan kuch va vositalar belgilab berilgan.
FVDTning favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish kuch va vositalari
quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
- Favqulodda
vaziyatlar
vazirligiga
to‘g‘ridan-to‘g‘ri
hamda
tezkor
bo‘ysinuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari;
- vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va
tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va
funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari
va tuzilmalari;
- Qizil Yarim oy Jamiyati ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari) va
«Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi respublika
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari professional mutaxassislar bilan to‘ldirilgan va jahon
stantartlariga javob beruvchi maxsus qidiruv asboblari hamda qutqarish uskunalari
bilan jihozlangan, shuningdek energiya ta’minoti, maxsus kiyim-boshlarning
mustaqil manbalari, yetarlicha suv, oziq-ovqat hamda qidiruv-qutqaruv va boshqa
kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni avtonom rejimda kamida 72 soat ichida
ta’minlashni hisob-kitob qilinib chiqarilgan xarajat materiallariga ega bo‘lgan
doimiy tayyorgarlikdagi avariya-qutqaruv va qidiruv-qutqaruv tuzilmalarini o‘z
ichiga oladi.
Favqulodda vaziyatlar vazirligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysinuvchi tuzilmalar:
- Tez harakat qilish respublika ko‘p tarmoqli markazi;
- Tez harakat qilish maxsus otryadi;
- «Qamchiq» va «Rezak» qidiruv-qutqaruv otryadlari
- favqulodda vaziyatlar boshqarmalarining avariya-qutqaruv otryadlaridan
iborat.
Ularning asosiy vazifalari:
- favqulodda vaziyatga tezkor kirishish, favqulodda vaziyatlarni cheklash va
oqibatlarini bartaraf etishda samarali harakatlarga shay turish;
- razvedka o‘tkazish, vaziyatni baholash va Favqulodda vaziyatlar vazirligiga
tezkor ma’lumot yuborish;
- jarohatlanganlarni, moddiy boyliklarni qidirib topish, qidiruv-qutqaruv
ishlarini o‘tkazish.
Favqulodda
vaziyatlar
vazirligiga
tezkor
bo‘ysinuvchi
respublika
ixtisoslashtirilgan tuzilmalari:
- Respublika yong‘inga qarshi harbiylashgan maxsus otryadi;
- Sog‘liqni saqlash vazirligining respublika tezkor tibbiy yordam respublika
ilmiy markazi;
- «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining aviaotryadi;
- O‘zbekiston
avtomobil
va
daryo
transporti
agentligining
hamda
«Toshshahartransxizmat» uyushmasining avtotransport va avtosanitariya otryadlari;
- vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlarni tugatish va FVDT
kuchlari harakatlarini va tadbirlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan boshqa tarkibiy
bo‘linmalari.
Vazirlik va idoralarning harbiylashtirilgan va professional ixtisoslashtirilgan
bo‘linmalari idoraga qarashli ob’ektlarda ishlab chiqarish – texnologiya avariyalari
va halokatlar bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish, shuningdek
epidemiyalar, epizootiyalar va epifitotiyalar yuzaga kelganda maxsus vazifalarni hal
etish uchun mo‘ljallangan.
Hududiy quyi tizimlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, shaharlar
va tumanlarda) qurilish, qurilish-montaj, avtokorxonalar va boshqa tashkilotlar
negizida mahalliy boshqaruv organlarining hududiy avariya-qutqaruv va avariya-
tiklash tuzilmalari, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligining viloyat (shahar,
tuman) avtootryadlari, tezkor tibbiy yordam markazlari, qutqaruv komandalari
tashkil etiladi.
Korxonalar rahbarlarining qarorlari bilan kuchli xavfli ob’ektlarda mavjud
ixtisoslashtirilgan xizmatlar va bo‘linmalar (qurilish, kimyo, tibbiy va boshq.)
negizida bevosita ob’ektlarda shtatsiz ixtisoslashtirilgan avariya-qutqarish va
avariya-tiklash tuzilmalari tuziladi.
FVDT tarkibiga kiruvchi hududiy, maxsus va ob’ekt tuzilmalari O‘zbekiston
Respublikasi Bosh Vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2007 yil 10 noyabrdagi
3-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Nizom asosida tashkil etiladi.
Umumiy yo‘nalishdagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari – tegishli hududlar
hamda ob’ektlarda favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv boshqa kechiktirib
bo‘lmaydigan ishlarni olib borish uchun tashkil etiladi: shahar va tumanlarning
mexanizatsiya ishlari yig‘ma otryadlari (komandalari), xavfli hududlarda joylashgan
qishloq (mahalla fuqarolar yig‘inlarining yig‘ma komandalari (guruhlari),
ob’ektlarning umumiy yo‘nalishdagi otryadlari (komandalari, guruhlari).
Fuqaro muhofazasi xizmat tuzilmalari – hududlar va ob’ektlarda favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlar yuzaga kelganda maxsus ishlarni
bajarish hamda umumiy yo‘nalishdagi fuqaro muhofazasi tuzilmalari oldiga
qo‘yilgan vazifalarni hal etishda yordam ko‘rsatish maqsadida tashkil etiladigan
tuzilmalar:
- razvedka guruhlari, radiatsion va kimyo nazorat zvenolari va postlari;
- aloqa komandalari, guruhlari va zvenolari;
- tibbiyot otryadlari, guruhlari, sanitar drujinalar va postlar;
- yong‘in xavfsizligi komandalari, bo‘linmalari va zvenolari;
- muhandislik komandalari, guruhlari va zvenolari;
- avariya-texnik komandalari;
- avtomobil otryadlari;
- jamoat tartibini saqlash komandalari va guruhlari;
- savdo va oziq-ovqat bilan ta’minlash bo‘linmalari;
- ko‘chma avto yoqilg‘i quyish stansiyalari;
- suv tashish zvenolari;
- texnik ta’minot bo‘linmalari (ko‘chma ta’mirlash-tiklash guruhlari);
- hayvonlarni muhofazalash bo‘yicha guruhlar va zvenolar;
- qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini muhofazalash bo‘yicha guruhlar va zvenolar.
Ob’ekt tuzilmalari barcha iqtisodiyot ob’ektlarida tuziladi. Ular umumiy
yo‘nalishdagi (ixtisoslashgan) va ob’ekt xizmat tuzilmalariga bo‘linadi:
- razvedka guruhlari, zvenolari;
- aloqa va xabar berish guruhlari, zvenolari;
- qutqaruv komandalari yoki guruhlari;
- sanitar drujinalari yoki sanitar postlari;
- jamoat tartibini saqlash guruhlari;
- yong‘in xavfsizligi guruhlari (bo‘linma, zvenolari);
- himoya inshootlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha guruhlar yoki zvenolar);
- avariya-texnik guruhlar;
- radiatsion-kimyoviy nazorat postlari va boshqa tuzilmalar.
FVDT kuch va vositalaridan foydalanish tartibi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish ular balansida turadigan
avariya ob’ektlari, vazirliklar va idoralarning, hududida favqulodda vaziyatlar
yuzaga kelgan hokimliklarning kuchlari va vositalari bilan amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish ob’ektlarning, vazirliklar (idoralar) va
hokimliklarning tezkor guruhlari (mutaxassislari) rahbarlarining bevosita rahbarligi
ostida amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etishda, agar bu birlashmalarning
qutqaruvchilari attestatsiya tartibida tasdiqlangan tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan
bo‘lsa, jamoat birlashmalari ham ishtirok etishlari mumkin.
Qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni
bartaraf
etishga
jalb
qilish
tartibi
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasining 2010 yil 5 yanvar kuni qabul qilingan 2-sonli «Qutqaruv
xizmatlari va qutqaruv tuzilmalarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb
qilish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida»gi qarori bilan belgilanadi.
Qutqaruv xizmatlarini favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilish
quyidagicha amalga oshiriladi:
- xizmat ko‘rsatilayotgan ob’ektlar va hududlarda favqulodda vaziyatlarning
oldini olish hamda ularni bartaraf etishga joir harakatlar rejasiga muvofiq;
- favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan va ularning ko‘lami kengaya boshlagan
taqdirda belgilangan tartibda;
- mazkur qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari faoliyatiga rahbarlik
qilayotgan yoki buning uchun qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlarga ega
bo‘lgan davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari,
tashkilotlar, shu jumladan jamoat birlashmalari mansabdor shaxslarining qaroriga
binoan.
Yirik ko‘lamli tabiiy va texnogen favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda
shoshilinch qutqaruv ishlarini bajarish va jabrlangan aholiga yordam ko‘rsatish
uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan O‘zbekiston
Respublikasi Mudofaa vazirligining muhandislik-sapyorlik bo‘linmalari, kimyoviy
himoya bo‘linmalari va boshqa harbiy bo‘linmalari, harbiy transport aviatsiyasi va
va harbiy-tibbiy xizmat muassasalari jalb etilishi mumkin.
Qutqaruv xizmatlarini O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqarida
favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb etish O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Favqulodda
vaziyatlarning
turi
va
ko‘lamlariga
qarab
qutqaruv
xizmatlarining o‘zaro hamkorligini muvofiqlashtirish:
- respublika darajasida – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar
vazirligi tomonidan tuzilmasida qutqaruv xizmatlari mavjud bo‘lgan davlat va
xo‘jalik boshqaruvi organlari bilan birgalikda;
- mahalliy va ob’ekt darajasida – mahalliy davlat hokimiyati organlari va
favqulodda vaziyatlar bo‘yicha hududiy boshqarmalar tomonidan idoraviy mansub
hududlardagi tashkilotlar va ob’ektlarning qutqaruv xizmatlari bilan birgalikda
amalga oshiriladi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishga jalb qilinadigan va unda
qatnashadigan qutqaruv xizmatlari favqulodda vaziyatni bartaraf etish ishlari
tegishli rahbarining tezkor bo‘ysinishiga jalb qilinadi.
3. Zararsizlantirish ishlari turlari va ularni o‘tkazish
Ommaviy qirg‘in qurollarining qo‘llanishi yoki ayrim texnogen tusdagi
favqulodda vaziyatlar oqibatida insonlar, atrof-muxit, suv, oziq-ovqatlar, texnika,
transport vositalari va inshoatlar radioaktiv zarrachalar, zaxarli kimyoviy yoki
bakterial moddalar bilan zararlanishi mumkin. Aholini shu kabi zararlanishlardan
himoya qilish maqsadida maxsus ishlov berish tadbirlari amalga oshiriladi.
Maxsus ishlov berish – ommaviy qirg‘in qurollari talofatlarini yo‘qotish
jarayonining asosiy qismini tashkil etib u qutqaruv va tiklash ishlarini olib
borishda kompleks vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Maxsus ishlov berish omili to‘liq va qisman ishlov berish turlariga bo‘linadi
To‘liq ishlov berish omili deyilganda qo‘yilgan vazifalarni bajarishda hech qanday
ximoya vositalarisiz amalga oshirish ya’ni xavfsiz sharoit yaratish tushuniladi.
Qisman ishlov berish omillarida esa qo‘yilgan vazifalarni faqat terini ximoyalovchi
vositalarsiz amalga oshirish sharoiti tushuniladi.
Maxsus ishlov berish omili - atrof muxitni zararsizlantirish va fuqarolarni
sanitar qayta ishlov berishdan tashkil topgan.
Fuqarolarni sanitar ishlovdan o‘tkazish xammom, dushxona va boshqa
maxsus yuvinish joylarida amalga oshiriladi. Texnika hamda transport vositalarini
zararsizlantirish avtoservis va boshqa tamirlovchi korxonalarda amalga oshiriladi.
Zararsizlantirish omiliga asosan dezaktivatsiya, degazatsiya va dezinfeksiya
jarayonlari kiradi.
Dezaktivatsiya - zararlangan vositalar (kiyim-kechak, ximoya vositalari, suv,
texnika, transport vositalari) va inshoatlardagi radioaktiv moddalarning faolligini
yo‘qotish tadbirlaridir.
Dezaktivatsiyaning to‘liq va qisman turlari mavjud bo‘lib u asosan mexanik
va fizik-kimyoviy usul bilan amalga oshiriladi. Mexanik usulda radioaktiv
moddalar bilan zararlangan sirt yuzalarini artish orqali, fizik-kimyoviy usulda esa
turli xildagi kimyoviy modda eritmalari bilan yuvish orqali amalga oshiriladi.
Dezaktivatsiyada asosan suv ishlatilib radioaktiv moddalarning yuviluvchanligini
oshirishda turli kislotalar va ishqorlar ishlatiladi. Masalan, SF-2, OR-7, OR-10,
Na3RO4 trilon V, shavel, limon kislotalari va uning tuzlari.
Degazatsiya – kimyoviy zaxarlovchi moddalarni parchalab, zararsiz
moddalar xosil qilish va ularning miqdorini kamaytirish uchun qo‘llaniladi.
Degazatsiya omili maxsus texnikalar yordamida amalga oshiriladi. Degazatsiya
qiluvchi moddalarga kimyoviy moddalar, ularni oksidlovchi xlorli birikmalar
(gipoxloridlar, xloramin) va ishqorli birikmalar (NaON) soda, ammiak, ammiakli
tuzlar) kiradi. Bu birikmalarning hammasi eritma holida ishlatiladi.
Erituvchi sifatida asosan suv, dixloretan, trixloretan, benzin ishlatiladi.
Degazatsiya qiluvchi eritma 1,5% li geksaxlormelamin yoki 10% li dixloramin
eritmasi iprit va boshqa kimyoviy moddalarni zararsizlantirishda ishlatiladi.
Degazatsiya qiluvchi eritma 2,2% li NaON, 5% li monoetanolamin va 20% li
ammiakli suv eritmasidan tashkil topib, zoman tipidagi zaxarlovchi moddalarni
zaxarsizlantiradi. Terini zararlovchi va asabni falajlovchi zaxarli moddalarni
zararsizlantirishda xlorli ohak eritmasi ishlatiladi.
Kimyoviy qurollar bilan zararlangan atrof muxit kimyoviy yoki mexanik
usulda degazatsiya qilinadi. Kimyoviy usul bo‘yicha yuqorida aytilganidek,
degazatsiyalovchi modda eritmalari bilan qayta ishlanadi. Mexanik usulda esa
zararlangan joylarning ustki qisimlari (7-8 sm qalinlikda) olib tashlanadi yoki
o‘sha joyning ustini qalin somon, taxtalar bilan berkitilib, ximoya qilinadi.
Dezaktivatsiya va degazatsiya omillarining tozaligi dozimetrik va kimyoviy
nazorat asboblar bilan tekshiriladi.
Dezinfeksiya
-
biologik
shikastlanish
o‘chog‘ida
olib
boriladigan
zararsizlantirish
tadbirlari
hisoblanadi.
Dezinfeksiya
o‘tkazishda
maxsus
dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa degazatsiyalovchi
ishqorlar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya omillarining tozaligi bakteriologik usul
orqali nazorat qilinadi.
Dezinseksiya bu xashoratlarga qarshi kurash va ularni yuqotish, qirish
ishlaridir. Bu ishlarda mexanik, kimiyoviy, fizikaviy, biologik va tabiy usullardan
foydalaniladi.
Derratizatsiya – kemiruvchilarga qarshi kurash.
Sanitar qayta ishlash maxsus qayta ishlov berish usulining asosini tashkil
etib, u fuqarolarni radioaktiv, kimyoviy va bakterialogik moddalar bilan
zararlanishining oldini olishda qo‘llaniladigan omillardan tashkil topgan.
Sanitar qayta ishlash qisman va to‘liq turlarga bo‘linadi. Qisman sanitar
qayta ishlash - barcha kiyim-kechak, shaxsiy ximoya vositalari, terining ochiq
qolgan qismlarini mexanik usulda tozalash xisoblanadi.
To‘liq sanitar qayta ishlash deganda tana a’zolarini zararsizlantiruvchi
usullarni qo‘llash (yuvish dezinfeksiya qilish) tushuniladi. Bu barcha tana
a’zolarimizni, kiyim-kechak, ximoya vositalari va boshqalarni zararsizlantirish
maqsadida qo‘llaniladi. Bu usul bo‘yicha shikastlangan xududdan chiqqan
fuqarolar, ishchi-xizmatchilar, tuzilmalar jalb qilinadi.
To‘liq sanitar qayta ishlash omili maxsus qurilgan yuvinish shaxobchalarida
amalga oshiriladi. Bunda fuqarolar bir tomondan kirib, kiyim-kechak, ximoya
vositalarini yechib, yuvinib, og‘iz, ko‘z ichlarini zararsizlantirib, ikkinchi
tomondan dozimetrik, kimyoviy tekshiruvdan o‘tib, so‘ngra toza kiyim-kechak
kiyishadi va ikkinchi dozimetrik ko‘rikdan o‘tishadi.
Zararlangan kiyimlar, ximoya vositalari, maxsus usullar yordamida
zararsizlantiriladi. Shikastlangan xududdan chiqishda yuqorida aytilgan muolajalar
yuqori saviyada o‘tkazilsa, zararlanish ko‘lami shuncha kichik va talofatlar
ko‘payishining oldi olingan bo‘ladi.