Amaliy mashg‘ulot. Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
108,5 KB
Amaliy mashg‘ulot. Favqulodda vaziyatlar turlari va xususiyatlari
Reja:
1. Zamonaviy qirg’in qurollari tasnifi.
2. Yadroviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari.
3. Kimyoviy qurollar, ularning ta’sir etish omillari.
4. Biologik qurollar, ularning ta’sir etish omillari.
Texnogen, tabiiy va ekologik tusdagi favqulodda vaziyatlar tinchlik davrida
sodir bo’lishi mumkin bo’lsa, harbiy harakatlar va terroristik faoliyat natijasida
ommaviy qirg’in qurollari qo’llanilishi mumkin.
Ommaviy qirg‘in qurollari quyidagi turlarga bo’linadi:
1. Yadroviy.
2. Kimyoviy.
3. Biologik (bakteriologik).
Yadroviy qurollar va ularning xususiyatlari. Yadroviy qurollar keng miqyosda
odamlarni, sanoat va turar joy markazlarini yo‘q qilish, inshootlarni, texnikalarni
ishdan chiqarish uchun mo‘ljallangan. Yadroviy qurollar yadro zaryadidan, qurolni
nishonga yo‘naltiruvchi qism va qurolni boshqaradigan qismlardan tashkil topgan.
Yadroviy aslahalar raketa, bomba, mina, snaryad, torpedo va boshqa ko‘rinishlarda
bo‘lishi mumkin.
Yadroviy qurollarning kuchi trotil ekvivalenti bilan o‘lchanadi. Bu degan so‘z
oddiy portlovchi modda trotil (trinitrotoluol) portlaganda ajraladigan energiya
miqdori o‘sha portlovchi moddaning portlash kuchiga ekvivalentdir. Trotil
ekvivalenti tonna (t), kilotonna (kt) va mega tonna (Mt) bilan o‘lchanadi.
2
Yadro qurolidagi portlovchi moddaning quvvatiga qarab juda kichik (quvvati 1
kt-gacha), kichik (1-10 kt), o‘rtacha (10-100 kt), katta (100 kt- 1 Mt) va juda katta (1
Mt dan yuqori) turlariga bo‘linadi.
Qo‘yilgan maqsadga ko‘ra, yadro portlatish er yuzida, er ostida, suv ostida va
har xil balandlikdagi atmosferada amalga oshiriladi.
Yadro qurolining hamma turdagi portlatishlarida quyidagi ta’sir etadigan
omillar hosil bo‘ladi:
1. Zarb to‘lqini.
2. Yorug‘lik nurlanishi.
3. O‘tuvchi radiatsiya.
4. Radioaktiv zararlanish.
5. Elektromagnit impulsi.
Bunda portlash energiyasining 50 foizi to‘lqin zarbasiga, 30-40 foizi yorug‘lik
nurlanishga, 5 foizi radiatsiya nurlariga va 15 foizi radioaktiv changlarni hosil
bo‘lishiga sarflanadi.
Zarb to‘lqini. Yadro aslahasining asosiy shikastlantiruvchi omillardan biri
hisoblanadi. To‘lqin zarbasi deganda yuqori haroratli, tovush tezligidan yuqori
tezlikka ega bo‘lgan siqilgan muhit tushuniladi. Qurol portlatilgan muhitiga qarab, u
havodagi, suvdagi va erdagi to‘lqin zarbalariga bo‘linadi. Havodagi to‘lqin
zarbasining kuchi portlatish o‘chog‘idan uzoqlashishi bilan kuchsizlanib boradi.
Masalan, 1000 m ga 1.4 soniyada, 2000 m. ga 4 soniyada, 3000 m ga 7 soniyada,
5000 m ga 12 soniyada etib keladi.
Demak, bulardan ko‘rinadiki, yadro qurolini portlash belgisini ko‘rgan har bir
fuqaro to‘lqin zarbasi omili kelguncha bekinuvchi inshootlarga etib borib,
saqlanishlari mumkin. To‘lqin zarbasining shikastlantiruvchi ta’sirining asosiy
ko‘rsatkichi uning ta’sir yo‘lida ortiqcha bosimni hosil bo‘lishidir. Yuqori bosim va
katta energiyaga ega bo‘lgan to‘lqin zarbasi odamga urilganda, uning bosimi keskin
ortib ketib, siqadi va tasodifan berilgan kuchni eslatadi. Ya’ni bamaylixotir turgan
odamga juda qisqa vaqt mobaynida 100 kg li bolg‘a bilan to‘satdan urgandagi holatga
o‘xshatish mumkin. Mana bunday ta’sir etishidan to‘lqin zarbasi odamlarni,
inshootlarni, harbiy texnikalarni va ob’ektlarni shikastlantiradi.
3
Yorug‘lik
nurlanishi
deganda
elektromagnit
nurlar
tushunilib,
unga
ultrabinafsha, infraqizil va ko‘rinadigan nurlar kiradi. Bunda nurlanishning manbaasi
yadro portlaganda hosil bo‘ladigan yarqirashdan, ya’ni yuqori haroratli yadro zaryadi,
havo, tuproq va toshdan iborat. Yorug‘lik nurlanishining ta’sir etish vaqti yadro
qurolining quvvatiga bog‘liq. Quvvat oshgan sari bu omilning ta’siri ham ortib
boradi.
Yorug‘lik nurlanish omili ta’sirida odamlarning ochiq qolgan joylari kuyadi,
ko‘zi xiralashadi, hayvonlarning junlari kuyadi va engil yonuvchan materiallar yonib
ketadi.
O‘tuvchi (singuvchi) radiatsiya - gamma nurlar va neytronlar oqimidan tashkil
topgan. Radiatsiya nurining manbayi bo‘lib yadro aslahasi portlaganda kechadigan
yadroviy reaksiya hamda yadrolarni radiaktiv parchalanishidan hosil bo‘ladi.
Radiatsiya omilining ta’sir vaqti 15-25sekundni tashkil etadi. Bu omilni asosiy
shikastlantiruvchi ta’siri-nurlantirish dozasi hisoblanadi.
Radiatsiya omilining ta’siri ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lganligidan
nurlanish kasalligini keltirib chiqaradi.
Radioaktiv zararlanish - boshqa shikastlovchi omillari ichida alohida o‘rin
tutib, uning ta’sir doirasi nafaqat aslaha portlatilgan hudud, balki o‘nlab, yuzlab
uzoqlikdagi joylarni o‘z ichiga oladi. Bu omil uzoq vaqt davomida katta hududni
zararlab, insonlarga, hayvonot dunyosiga qattiq shikast etkazadi. Radioaktiv
zararlanishning manbaasi yadroviy portlovchi moddaning parchalangan qismlari,
parchalanmagan yadroviy zaryadlar, aktivlangan tosh, tuproqlardan tashkil topgan
bulut hisoblanadi. Bularning hammasi atmosferaga ko‘tarilib, eng yuqori balandlikka
etgandan so‘ng turg‘unlashadi va metereologik sharoitlarga qarab har xil uzoqlikka
tarqalib erga tushadi va o‘sha erdagi jamiki narsalarni zararlaydi.
Portlash bulutida 35 ta kimyoviy elementning 80 ga yaqin izotopi hosil bo‘lib,
erga tushadi va ular ham o‘z navbatida parchalanib boradi. Radioaktiv bulut shamol
tezligi va yo‘nalishiga qarab ellips ko‘rinishida tarqalib erga tushadi. Radioaktiv
zarrachalarni erga tushgan miqdoriga qarab nisbiy 4 ta zararlangan hududga ajratish
mumkin: kuchsiz, kuchli, xavfli va juda xavfli hudud.
4
Elektromagnit
impulsi.
Yadroviy
portlashda
atmosferada
juda
katta
elektromagnit maydoni vujudga kelib, bunda to‘lqin uzunligi 1 dan 1000 m va undan
ham uzun bo‘ladi. Mana shu paydo bo‘lgan elektromagnit maydonning kuchi
elektromagnit impulsi deyiladi.
Elektromagnit impulsining ta’sir etuvchi kuchi havodagi va er osti
kabellaridagi elektr tokining qarshiligini, signalizatsiya, elektr o‘tkazuvchi va radio
uzatkich antennalarining qarshiligini keskin oshirib yuborib, turli darajadagi
falokatlarga olib keladi. Elektromagnit impulsining ta’sir darajasi, aslaha quvvatiga
va portlash balandligiga, portlash markazidan uzoqligi hamda atrof-muhit
xususiyatlariga bog‘liq.
Yadroviy portlashning ikkilamchi ta’sir omillari. Yadroviy aslahalar
shaharlarda yoki iqtisodiyot tarmoqlari joylashgan erlarga yaqin joylarda
portlatilganda ikkilamchi ta’sir omillari hosil bo‘ladiki, bunda portlash (modda
saqlanadigan idishlarni, tabiiy gaz kommunikatsiyasi va jihozlarning buzilishi),
yong‘in (isitish asboblari, engil yonuvchan suyuqliklar saqlanadigan jihozlar hamda
quvurlarning buzilishi), joylarni suv bosishi (gidroelektrostansiya platinalarini
buzulishi, yashash joylari, suv saqlagichlarning zararlanishi (AES, KTZM-kuchli
ta’sir etuvchi zaharli moddalar saqlanadigan jihozlarni hamda texnologik jarayonlarni
buzilishi), inshoot konstruksiyalarini to‘lqin zarbasi yoki erdagi seysmo-portlash
to‘lqinlarining ta’sirida izdan chiqishi va hokazolar kuzatilishi mumkin.
Ikkilamchi ta’sir omillarining eng xavfli manbasi katta yong‘in va yuqori
portlovchi moddalar qo‘llaniladigan korxonalar hisoblanadi. Masalan, gaz va neftni
qayta ishlaydigan tarmoqlari bor joylar. Bu tarmoqlarda texnologik jihozlar, idishlar,
quvurlar, ularga molik inshootlar buzilsa, gaz holdagi yoki siqilgan uglevodorodlar
chiqib havoda portlashi yoki yonishi mumkin.
Kimyoviy qurollarning turlari va xususiyatlari. Kimyoviy qurollar - zaharli
kimyoviy birikmalar bo‘lib, ular asosan zaharli moddalar hisoblanadi. Kimyoviy
qurollarning kuchi, ularning zaharli xususiyatiga qarab belgilanadi.
Kimyoviy qurollar himoyalanmagan odamlarni, hayvonlarni, o‘simlik, er, suv,
havo, inshoot, texnika va jamiki ko‘rinadigan narsalarni zaharlaydi. Bunday qurollar
asosan nafas yo‘li, teri, oshqozon-ichak va yaralangan joylarda qon yo‘li bilan ta’sir
5
qilishi mumkin. Zaharlovchi moddalarning kuchi uning zaharliligi, tez ta’sir
etuvchanligi va chidamliligi bilan o‘lchanadi.
Kimyoviy qurollar - nishonga tez va o‘ylangan maqsadga to‘la erishish darajasi
bo‘yicha ta’sir etishiga qarab eng xavfli va qudratli qirg‘in qurol hisoblanadi. Chunki
uning juda kichik dozasi ham juda qisqa vaqtda ta’sir etib, hamma narsani zaharlaydi.
Yana uning zaharlilik kuchi ma’lum vaqt mobaynida havoda, suvda, erda hamda
o‘simlik dunyosida saqlanib turadi.
Kimyoviy qurollarning shikastlash xususiyatiga ko‘ra tasnifi:
- Asabni falajlovchi - zarin, zoman, VX;
- Terini zararlovchi (yiringlatuvchi) - iprit;
- Umumiy zaharlovchi - sinil kislotasi, xlorsian;
- bo‘g‘uvchi - fosgen, difosgen;
- psixokimyoviy (ruxiyatga ta’sir etuvchi) – bi-zet;
- qaltiratuvchi (achishtiruvchi, ko‘zdan yosh oqizuvchi) - xloratsetofenon,
adamsit, SS, CR.
Asabni falajlovchi zaharli moddalar. Bu guruhga fosfor-organik zaharli
moddalar kiradi: zarin, zoman, VX. Ular hammasi rangsiz, hidsiz suyuqliklar bo‘lib,
bir-biridan uchuvchanligi, turg‘unligi va zaharliligi bilan farqlanadi. Bu xususiyatlar
ularning tuzilishi va fizik-kimyoviy xossalari turlicha bo‘lishligidadir. Lekin bu
guruhga kiruvchi qurollarning hammasi bir umumiy ta’sir xususiyatiga ega. Ya’ni
ular organizmga kirganda fermentlarni o‘ldirib, hamma asab impulslarini
ingibirlaydi, ya’ni sekinlatib to‘xtatadi va natijada zaharlanish yuz berib organizm
falajlanadi.
Zarin - uchuvchan zaharli modda hisoblanib, zichligi 1.1, qaynash harorati
158oC, muzlash harorati esa -56oC. U suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriydi.
Zarin kuchli zaharlovchi modda bo‘lib, uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 0.10 mg/l (1
daqiqa ichida). Uning par holdagisi kuchli ta’sir etadi, ayniqsa, ko‘z qorachig‘ini tez
kichraytirib yuboradi.
Zarindan zaharlanishning belgilari: mioz, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak
qafasini og‘rishi.
6
VX - yomon uchuvchan, suvda yomon, ammo organik erituvchilarda yaxshi
eriydigan, zaharli modda hisoblanadi. Uning zichligi 1.1, qaynash harorati esa 3000C,
muzlash harorati 500C. VX tarqalgan joylarda turg‘unligi: yozda - bir haftagacha,
qishda esa bir oy va undan ko‘p. Uning kuchli ta’siri aerozol holda kuzatiladi.
VX nafas yo‘llari, teri, kiyim-kechaklar orqali ham ta’sir etib, odamlarni kuchli
zaharlaydi. VXning o‘ldirish dozasi 1 minutda 0,01 mg/l, teri orqali ta’sir etganda 7
mg/l ni tashkil etadi.
Zoman - xossalari jihatidan zarin bilan VXni oralig‘idagi o‘rinni egalab, suvda
yomon eriydigan zaharli modda. Zaharliligi zarindan 5 marta kuchli, lekin VX dan
kuchsiz hisoblanadi.
Terini zaharlovchi xususiyatli qurollar guruhiga kiruvchi moddalar par va
aerozol holda ishlatilib, ular asosan teri va nafas yo‘llari orqali ta’sir etadi.
Iprit-rangsiz, moysimon suyuqlik bo‘lib, organik erituvchilarda yaxshi, ammo
suvda yomon eriydi. Iprit har xil g‘ovak materiallarga, lak, moy qoplamalariga rezina
mahsulotlariga yaxshi yutilib, ulardan chiqib ketishi juda qiyin. Ipritning zichligi 1.3,
qaynash harorati 217oC ga teng. Iprit bilan zaharlangan uchastkalardan uning uchishi
sekinlik bilan boradi. Shu sababdan u turg‘un zaharli modda hisoblanadi: ya’ni yozda
7-14 kungacha, qishda bir oy va undan yuqori muddatlarda saqlanib turadi. Uning
kuchli ta’siri tomchi holda kuzatiladi. Iprit-teri, ko‘z, nafas organlari hamda
oshqozon-ichak yo‘llarini zaharlaydi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi nafas yo‘li
orqali ta’sir etganda -1,3 mg/l, teri orqali ta’sir etganda - 5 mg/l ga teng.
Iprit ta’sirining belgilari: ikki-olti soat ichida terilar qizaradi, 24 soatdan keyin
pufakchalar hosil bo‘ladi, 2-3 sutkadan keyin esa ular yoriladi. Ipritning antidoti
yo‘q.
Umumiy zaharlovchi zaharli moddalar. Bu guruh moddalari nafas
organlarini ishdan chiqaradi. Odam organizmidagi to‘qimalarni oksidlanish
jarayonlarini to‘xtatib qo‘yadi.
Sinil kislotasi-rangsiz suyuqlik bo‘lib, achchiq bodom hidiga ega. Uning
zichligi 0.7, qaynash harorati 260C, muzlash harorati esa -140C. Sinil kislotani zaharli
darajasi asabni falajlovchi moddalardan kuchsiz hisoblanadi. Uning o‘rtacha o‘ldirish
dozasi 1 daqiqada 2 mg/l. Zaharlash belgilari: og‘izda metall mazasini hosil bo‘lishi,
7
tinka qurishi, bosh og‘rig‘i, organizm a’zolarining harakatini yo‘qolishi. Sinil
kislotasini antidoti amilnitrit va propil nitrit hisoblanadi.
Xlorsian - o‘ziga xos hidli rangsiz suyuqlik bo‘lib qaynash harorati 12.60C,
muzlash harorati -6.50C, zichligi 1.22. Uning kuchli ta’siri par holdagisi.
Bo‘g‘uvchi zaharli moddalar. Bu birikmalar nafas organlarini izdan chiqarib,
o‘pkani zararlaydi.
Fosgen - havodan 3,5 marta og‘ir bo‘lgan gazsimon modda. U asosan o‘pka
to‘qimalarini ishdan chiqaradi. Uning o‘rtacha o‘ldirish dozasi 1 daqiqada 3.2 mg/l.
Zaharlash belgilari: ko‘zdan yosh oqizadi, bosh aylanadi, holsizlanish kuzatiladi.
Fosgenni antidoti yo‘q.
Psixokimyoviy (ruhiyatga ta’sir etuvchi) zaharli moddalar. Bu guruh
moddalari asab sistemasiga muayyan ta’sir etib, insonni vaqtinchalik faoliyatini izdan
chiqaradi.
BZ - oq kristal kukun bo‘lib, uning zichligi 1.8, qaynash harorati 412oC,
suyulish harorati 190oC. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘lib, nafas
yo‘llari va oshqozon-ichak orqali ta’sir etadi.
Zaharlash belgilari: qusish, gapira olmaslik, so‘ngra gallutsinatsiya va
hayajonlanish.
Qaltiratuvchi zaharli moddalar. Bunday xususiyatli moddalar - ko‘zning
harakatchan qismini hamda nafas yo‘llarining yuqori qismini izdan chiqaradi. Bu
guruhga kiruvchi moddalardan CS va CR muhim ahamiyatga ega.
CS - oq kristal kukun bo‘lib, suvda yomon, atseton, benzollarda yaxshi eriydi.
Uning qaynash harorati 3150C, suyulish harorati 950C, solishtirma og‘irligi 1.0 ga
teng. Uning kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida. CSning havoda aerozol ko‘rinishidagi
miqdori 510-3 mg/lda hamma odamlarni birdan izdan chiqaradi, yuqori
konsentratsiyada esa terining ochiq joylarida kuyish sodir bo‘lib, nafas organlari
falajlanadi. Zararlanish belgilari: ko‘zning, ko‘krak qafasining qizishi, og‘rishi,
ko‘zdan yosh oqishi, yo‘tal va boshqalar.
CR qattiq kristall modda bo‘lib, zaharliligi BZdan yuqori. CR ham inson
terisini qattiq shikastlantiradi. Buning ham kuchli ta’siri aerozol ko‘rinishida bo‘ladi.
8
Biologik qurollar - bakterial vositalarga asoslangan (bakteriyalar, viruslar,
zamburug‘ va ular faoliyatining zaharli mahsulotlari). Kasallik tarqatuvchilar
(hasharotlar, kemiruvchilar) orqali yoki o‘q-doridagi suspenziya va kukunlar orqali
ishlatiladi.
Biologik vositalar qo‘llanishi oqibatida favqulodda epidemologik, epizootik va
epifitotik vaziyatlar yuzaga keladi.
Ularning xususiyatlari: bakteriologik vositaning juda kichik miqdori bilan
ommaviy kasalliklarning kelib chiqishi; kasallikning yashirin davri; kasallik ta’sirining
uzoq muddatligi; germetik berkitilmagan joylarga kira olish qobiliyati.
Quyidagi jadvalda ba’zi yuqumli kasalliklarning xususiyatlari keltirilgan:
Kasallik turi
Kasallikning tarqalishi
YAshirin
kasallik davri,
kun
Ish faoliyatini
yo‘qotish
muddati, kun
O‘lat
Kasallangan bemorlardan havo orqali, qurt-
qumursqalardan yuqishi orqali
3
7-14
Sibir yarasi Kasallangan hayvon juni, terisi ushlanganda,
zararlangan go‘shtdan
2-3
7-14
Sapa
Yuqoridagiga o‘xshash
3
20-30
Tularemiya Zararlangan suvdan foydalanganda,
kasallangan kemiruvchilar bilan
munosabatdan
3-6
40-60
Vabo
Zararlangan suv, ovqatdan
3
5-30
Sariq
bezgagi
Chivin chaqqanda, kasallangan odam,
hayvondan
4-6
10-14
Suvchechak Zararlangan narsa-buyumdan, kasallangan
odam bilan muloqatda
12
12-24
Botulizm
Zaharlangan oziq-ovqatlarni iste’mol
qilganda
0,5-1,5
40-60
O‘lat - odam va qishloq xo‘jaligi hayvonlarining eng xavfli yuqumli kasalligi
hisoblanib, uning tarqatuvchisi odam organizmidan tashqarida yashash davri qisqa
hisoblanadi. Lekin odam so‘lagi bilan chiqqan mikrob 10 kungacha yashashi
9
mumkin. O‘lat bilan kasallangan bemorning quvvati ketib, boshi og‘riydi, harorati
ko‘tariladi va ho‘l yo‘talish paydo bo‘ladi.
Vabo - bu ham juda xavfli hisoblanib, uning tarqatuvchisi vabo vibroini
mikrobidir. Vabo bilan kasallangan bemorni ichi ketib, qusadi, qaltiraydi va juda
ozib-to‘zib ketadi. Agar kasallik davolanmasa, tezda o‘ladi.
Sibir yarasi - buni tarqatuvchisi Sibir yarasi mikrobi hisoblanadi. U teri, nafas
yo‘li, oshqozon ichak yo‘li bilan kirib, o‘zini ta’sirini ko‘rsatadi. Agar u teriga tushsa,
avval dog‘ hosil bo‘ladi, so‘ngra u shishib ichiga qon to‘ladi va yorilib, yara hosil
qiladi. Sibir yarasi bo‘lgan tananing sezuvchanligi ancha pasayib ketadi.
Botulizm - bu kasallikni botulizm toksini tarqatadi. Bu toksin juda zaharli
hisoblanadi. Masalan, uning 0,00000012 g kristal holdagi toksini odamni zaharlashi
mumkin. Botulizm kasalligi oshqozon-ichak yo‘li bilan tarqatilib, asosan asosiy asab
tizimining, yurak asablarini izdan chiqaradi. Botulizm bilan kasallangan bemor
holsizlanadi, boshi og‘rib, ko‘rish qobiliyati pasayadi. Til muskullari falajlanadi.
Kasalning harorati normal odam haroratidan ancha past bo‘ladi va bu kasallik o‘z
vaqtida davolanmasa o‘lim bilan tugaydi.
Bakteriologik qurollar ishlatilganda suyuq yoki kukun holda erga,
o‘simliklarga va suvga tarqatiladi. Bularni esa qurt-qumursqalar tezlikda atrofga
tarqatib, biologik qurolning zararlash miqyosi kengayishiga sabab bo‘ladi.
Zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofazalanish tadbirlari majmui:
1. Aholini favqulodda vaziyatlardan muhofazalanishga tayyorlash (zamonaviy
qirg‘in vositalarini bilish; ulardan muhofazalana olish, birinchi tibbiy yordamni
ko‘rsata olish).
2. FVDT rahbarlari tomonidan aholi muhofazasiga doimiy rahbarlikni amalga
oshirish.
3. O‘z vaqtida va haqqoniy xabar berish va axborot uzatish.
4. Evakuatsiya (oldindan o‘tkaziladigan, qisman va to‘la).
5. Muhofaza vositalari (jamoa va shaxsiy, ro‘yxatdagi va qo‘l ostidagi)dan
mohirona foydalanish.
6. Maxsus
tadbirlar
(ma’muriy,
tibbiy-ma’muriy,
epidemiyaga
qarshi,
profilaktik, sanitar-gigienik, davolash-evakuatsiya)ni o‘tkazish.
10
7. Avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni o‘tkazish.
Zamonaviy qirg‘in vositalaridan muhofazani tashkil qilishda raqib tomonidan u
yoki bu qurolni qo‘llash ehtimolligini aniq bilish zarur. Har bir shikastlovchi omildan
esa maqsadga muvofiq keladigan usullarni, vositalar va muhofazalanish bo‘yicha
harakatlarni qidirib topish kerak. Muhofaza uchun ham ro‘yhatdagi, ham qo‘l ostidagi
muhofaza vositalaridan foydalanish lozim. Aholini muhofaza qilishda birinchi tibbiy
yordamning o‘z vaqtida va to‘g‘ri ko‘rsatilishi ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.