Amaliy mashg‘ulot. Favqulodda vaziyatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish.

Yuklangan vaqt

2024-07-21

Yuklab olishlar soni

1

Sahifalar soni

23

Faytl hajmi

2,0 MB


 
 
 
 
Amaliy mashg‘ulot. Favqulodda vaziyatlarda birlamchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish. 
 
 
 
Reja: 
1. Jarohat tushunchasi va turlari. 
2. Qon ketishida turlari va qon ketishida 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 
3. Suyak sinishida 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 
4. Issiq va sovuq urushida 1- tibbiy yordam ko‘rsatish. 
5. Kuyganda 1- tibbiy yordam ko‘rsatish. 
6. Suvga cho‘kkan odamga 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 
7. O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari. 
8. Jarohatlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. 
9. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish. 
10. Halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish. 
 
1. Jarohat tushunchasi va turlari. 
Jarohat - organlar va to‘qimalar (teri, shilliq parda, ko‘pincha muskul, nerv, 
yirik tomir, suyak, bo‘g‘im, ichki organ va gavda bo‘shliqlari)ning tashqi ta’sir 
natijasida anatomik butunligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi.  
Jarohatlar o’q tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan 
tishlangan, kuygan va boshqa jarohatlar bo’lishi mumkin.  
O’q tekkan jarohatlar odamning o’qdan yoki oskolkadan yaralanishi natijasida 
paydo bo’ladi. Teshib o’tgan jarohatlarda o’q yoki oskolka kirgan va teshib chiqib 
ketgan teshiklar bo’ladi, uchi berk jarohatlarda o’q yoki oskolka to’qimalarda tiqilib 
qoladi, urinma jarohatlarda urinma yo’nalishda uchib kelgan o’q yoki oskolka 
Amaliy mashg‘ulot. Favqulodda vaziyatlarda birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Reja: 1. Jarohat tushunchasi va turlari. 2. Qon ketishida turlari va qon ketishida 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 3. Suyak sinishida 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 4. Issiq va sovuq urushida 1- tibbiy yordam ko‘rsatish. 5. Kuyganda 1- tibbiy yordam ko‘rsatish. 6. Suvga cho‘kkan odamga 1-tibbiy yordam ko‘rsatish. 7. O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari. 8. Jarohatlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. 9. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish. 10. Halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish. 1. Jarohat tushunchasi va turlari. Jarohat - organlar va to‘qimalar (teri, shilliq parda, ko‘pincha muskul, nerv, yirik tomir, suyak, bo‘g‘im, ichki organ va gavda bo‘shliqlari)ning tashqi ta’sir natijasida anatomik butunligi yoki fiziologik funksiyalarining buzilishi. Jarohatlar o’q tekkan, kesilgan, chopilgan, sanchilgan, urilgan, ezilgan, yirtilgan tishlangan, kuygan va boshqa jarohatlar bo’lishi mumkin. O’q tekkan jarohatlar odamning o’qdan yoki oskolkadan yaralanishi natijasida paydo bo’ladi. Teshib o’tgan jarohatlarda o’q yoki oskolka kirgan va teshib chiqib ketgan teshiklar bo’ladi, uchi berk jarohatlarda o’q yoki oskolka to’qimalarda tiqilib qoladi, urinma jarohatlarda urinma yo’nalishda uchib kelgan o’q yoki oskolka  
2 
 
yumshoq to’qimalarda tiqilib qolmasdan, balki teri va yumshoq to’qimalarni shikastlab 
o’tadi.  
Kesilgan va sanchilgan jarohatlarning zararlanish zonasi kichik, chetlari tekis 
bo’ladi, bunday jarohatlarning devorlari yashash qobiliyatini saqlab qoladi, ulardan 
ko’p qon ketadi, bunday jarohatlarga infeksiya boshqalaridan ko’ra kamroq yuqadigan 
bo’ladi.  
Sanchilgan jarohatlarning teshib o’tgan xillari teri va shilliq pardani uncha 
zaralamasa ham, ancha chuqur bo’lishi mumkin va ichki organlarni shikastlashi va 
ularga infeksiya o’tishi mumkin bo’lgani munosabati bilan kattagina xavf tug’diradi, 
ichki organlarga infeksiya o’tib qolsa, peritonit va sepsis boshlanib ketishi mumkin.  
Chopilgan jarohatlar har xil chuqurlikda bo’lib, yumshoq to’qimalarning urilib, 
lat yeyishi va ezilishiga olib boradi.  
Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarohatlar murakkab shaklda, chetlari notekis 
bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ancha joyi qonga, o’lik to’qimalarga to’lib turgan 
bo’ladi, bunday jarohatlarda infeksiya avj olishi uchun qulay shart-sharoitlar vujudga 
keladi.  
Yirtilgan jarohatlar qo’pol mexanik ta’sir tufayli paydo bo’lib, aksari terining 
sidirilib chiqishi, paylar, muskullar va tomirlarning shikastlanishi bilan birga davom 
etadi, ko’p ifloslangan bo’ladi. Tishlangan jarohatlarga hamisha so’lak tushgan bo’ladi. 
Yirtilgan (yulingan) jarohatda teri tagi bilan ko‘chib ketishi, teri osti kletchatkalari 
qattiq shikastlanishi mumkin.  
 
Operasiya jarohatlarini aytmaganda, jarohatlarning hammasi birlamchi tartibda 
infeksiyalangan, deb hisoblanadi. Jarohatlovchi narsa, tuproq, kiyim bo’laklari bilan 
birga, havodan va jarohatga qo’l urilgan mahalda unga mikroblar tushadi. Jarohatga 
tushib qolgan mikroblar uning yiringlab ketishiga, yallig’lanishga aloqador 
asoratlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.  
2 yumshoq to’qimalarda tiqilib qolmasdan, balki teri va yumshoq to’qimalarni shikastlab o’tadi. Kesilgan va sanchilgan jarohatlarning zararlanish zonasi kichik, chetlari tekis bo’ladi, bunday jarohatlarning devorlari yashash qobiliyatini saqlab qoladi, ulardan ko’p qon ketadi, bunday jarohatlarga infeksiya boshqalaridan ko’ra kamroq yuqadigan bo’ladi. Sanchilgan jarohatlarning teshib o’tgan xillari teri va shilliq pardani uncha zaralamasa ham, ancha chuqur bo’lishi mumkin va ichki organlarni shikastlashi va ularga infeksiya o’tishi mumkin bo’lgani munosabati bilan kattagina xavf tug’diradi, ichki organlarga infeksiya o’tib qolsa, peritonit va sepsis boshlanib ketishi mumkin. Chopilgan jarohatlar har xil chuqurlikda bo’lib, yumshoq to’qimalarning urilib, lat yeyishi va ezilishiga olib boradi. Urilgan, yirtilgan va ezilgan jarohatlar murakkab shaklda, chetlari notekis bo’lishi bilan xarakterlanadi. Ancha joyi qonga, o’lik to’qimalarga to’lib turgan bo’ladi, bunday jarohatlarda infeksiya avj olishi uchun qulay shart-sharoitlar vujudga keladi. Yirtilgan jarohatlar qo’pol mexanik ta’sir tufayli paydo bo’lib, aksari terining sidirilib chiqishi, paylar, muskullar va tomirlarning shikastlanishi bilan birga davom etadi, ko’p ifloslangan bo’ladi. Tishlangan jarohatlarga hamisha so’lak tushgan bo’ladi. Yirtilgan (yulingan) jarohatda teri tagi bilan ko‘chib ketishi, teri osti kletchatkalari qattiq shikastlanishi mumkin. Operasiya jarohatlarini aytmaganda, jarohatlarning hammasi birlamchi tartibda infeksiyalangan, deb hisoblanadi. Jarohatlovchi narsa, tuproq, kiyim bo’laklari bilan birga, havodan va jarohatga qo’l urilgan mahalda unga mikroblar tushadi. Jarohatga tushib qolgan mikroblar uning yiringlab ketishiga, yallig’lanishga aloqador asoratlarning paydo bo’lishiga olib kelishi mumkin.  
3 
 
Jarohatlarni mikroblar yuqishidan ehtiyot qilishning chorasi jarohatlangan joyga 
mikroblar o’tishiga yo’l qo’ymaydigan aseptic bog’lamni mumkin qadar ertaroq qo’yib 
bog’lashdir. 
Jarohatlar tanadan ayrim boʻshliqlarga (miya, koʻkrak, qorin, boʻgʻin) nisbatan 
ularning devoridan oʻtgan va oʻtmagan turlarga ham boʻlinadi. Macalan, koʻkrak 
boʻshligʻidagi jarohatlar oʻtuvchi harakterda boʻlsa, u holda koʻkrak boʻshligʻidagi 
aʼzolar (yurak, oʻpka, traxeya, qiziloʻngach, aorta va h. k.) shikastlanishi mumkin. 
 
Jarohatlarni davolashdan maqsad a'zo va to'qimalarning birlamchi shakli va 
funksiyalarini hech qanday asoratlarga yo'l qo'ymagan holda tiklashdan iboratdir. 
Jarohatlarni davolash biologiya, jarrohlik, biofizika va tibbiyot texnikasining hozirgi 
zamonda erishgan yutuq va usullarini qo'llab amalga oshiriladi. 
Aseptik, infeksiyalangan va yiringli jarohatlarni davolashning usullari (taktikasi) 
turlicha. Davolash usulini tanlashda shikastlangan kishining yordamga qanchalik o'z 
vaqtida murojaat qilishi, jarohatning turi, unga tushgan mikroorganizmlarning 
virulentligi va boshqa shu kabi omillar inobatga olinadi. Jarohatlarni davolashda 
jarrohlik usullari va bog'lashlar, mahalliy va umumiy dori-darmonlar qo'llash, 
fizioterapiya, davolash badan tarbiyasi va boshqalardan foydalaniladi. 
 
Kutilmaganda 
olingan 
jarohatlarning 
hammasi 
u 
yoki 
bu 
darajada 
infeksiyalangan bo'ladi. Birinchi yordamning vazifasi jarohatga ikkilamchi infeksiya 
tushmasligiga qaratilgan bo'lishi kerak. Shuning uchun birinchi yordam vaqtida 
jarohatlarga qo'l tekkizish yoki unga zond yuborish mumkin emas. Jarohat atrofidagi 
terini spirt, efir, benzin bilan artish (bunda, albatta, artish yo'nalishi jarohat tomondan 
periferiyaga (tashqariga) bo'lishi kerak) lozim. Iloji bo'lsa, jarohat atrofi antiseptik 
preparatlar bilan artiladi. Agar jarohatda g'ayritabiiy moddalar yoki keng yirtiqlar 
bo'lsa, ularni steril doka, salfetka yoki asboblar yordamida olib tashlashga ruxsat 
etiladi, jarohatni yuvishga ruxsat etilmaydi. Shundan keyin jarohat bog'lanadi, iloji 
3 Jarohatlarni mikroblar yuqishidan ehtiyot qilishning chorasi jarohatlangan joyga mikroblar o’tishiga yo’l qo’ymaydigan aseptic bog’lamni mumkin qadar ertaroq qo’yib bog’lashdir. Jarohatlar tanadan ayrim boʻshliqlarga (miya, koʻkrak, qorin, boʻgʻin) nisbatan ularning devoridan oʻtgan va oʻtmagan turlarga ham boʻlinadi. Macalan, koʻkrak boʻshligʻidagi jarohatlar oʻtuvchi harakterda boʻlsa, u holda koʻkrak boʻshligʻidagi aʼzolar (yurak, oʻpka, traxeya, qiziloʻngach, aorta va h. k.) shikastlanishi mumkin. Jarohatlarni davolashdan maqsad a'zo va to'qimalarning birlamchi shakli va funksiyalarini hech qanday asoratlarga yo'l qo'ymagan holda tiklashdan iboratdir. Jarohatlarni davolash biologiya, jarrohlik, biofizika va tibbiyot texnikasining hozirgi zamonda erishgan yutuq va usullarini qo'llab amalga oshiriladi. Aseptik, infeksiyalangan va yiringli jarohatlarni davolashning usullari (taktikasi) turlicha. Davolash usulini tanlashda shikastlangan kishining yordamga qanchalik o'z vaqtida murojaat qilishi, jarohatning turi, unga tushgan mikroorganizmlarning virulentligi va boshqa shu kabi omillar inobatga olinadi. Jarohatlarni davolashda jarrohlik usullari va bog'lashlar, mahalliy va umumiy dori-darmonlar qo'llash, fizioterapiya, davolash badan tarbiyasi va boshqalardan foydalaniladi. Kutilmaganda olingan jarohatlarning hammasi u yoki bu darajada infeksiyalangan bo'ladi. Birinchi yordamning vazifasi jarohatga ikkilamchi infeksiya tushmasligiga qaratilgan bo'lishi kerak. Shuning uchun birinchi yordam vaqtida jarohatlarga qo'l tekkizish yoki unga zond yuborish mumkin emas. Jarohat atrofidagi terini spirt, efir, benzin bilan artish (bunda, albatta, artish yo'nalishi jarohat tomondan periferiyaga (tashqariga) bo'lishi kerak) lozim. Iloji bo'lsa, jarohat atrofi antiseptik preparatlar bilan artiladi. Agar jarohatda g'ayritabiiy moddalar yoki keng yirtiqlar bo'lsa, ularni steril doka, salfetka yoki asboblar yordamida olib tashlashga ruxsat etiladi, jarohatni yuvishga ruxsat etilmaydi. Shundan keyin jarohat bog'lanadi, iloji  
4 
 
bo'lsa, steril material ishlatish kerak. Agar kuchli qon ketsa, jgut qo'yiladi, boshqa 
hollarda qon oqishi siqib bog'lash yo'li bilan to'xtatiladi 
 
 
Jarohatning bitishi murakkab jarayon boʻlib, organizmning umumiy va mahalliy 
reaksiyasiga bogʻliq. Organizmning holdan toyishi, avitaminozlar, diabet, kamqonlik, 
moddalar almashinuvining buzilishi jarohatning bitishini qiyinlashtiradi. Jarohatlangan 
aʼzoning qon bilan qanchalik taʼminlanishi, toʻqimalarning shikastlanish xarakteri ham 
muhim. Aʼzoning qon bilan yaxshiroq taʼminlanishi jarohatning bitishini tezlatadi. 
Masalan, bosh va yuzdagi jarohat boldirning oldingi yuzasidagi jarohatga nisbatan 
tezroq, majaqlangan, yulingan jarohat silliq kesilgan jarohatga qaraganda sekin bitadi. 
Jarohat yiringlamagan, chetlari bir-biriga tegib turgan (choklangan) boʻlsa, 5-7 kunda 
bitadi. Bu birlamchi tortishib (taranglanib) bitish deyiladi. Infeksiya tushgan 
(yiringlagan) jarohat, shuningdek, chetlari bir-biridan «qochgan» jarohat ikkilamchi 
tortishib (taranglanib) bitadi. Buning oʻziga xosligi shuki, biriktiruvchi toʻqima 
(granulyatsion toʻqima) rivojlanib, jarohat yuzini toʻldiradi. Shu tariqa pastroqdagi 
(ichkaridagi) toʻqimalarni tashqi taʼsirlardan saqlaydi va jarohatning bitishiga yordam 
beradi. Jarohat granulyatsiyalar bilan toʻlishidan tashqari, teri chetlaridan yangi hosil 
boʻlgan epiteliy qoplami oʻsadi. Birlamchi tortishib bitgan jarohat bilinar-bilinmas 
chandiq, ikkilamchi tortishib bitgan jarohat esa katta chandiq hosil qiladi. 
 
 
2. Qon ketishida turlari va qon ketishida birinchi tibbiy yordam 
ko‘rsatish. 
Qon quyidagi uch asosiy vazifani bajaradi: 
1. Organizm to‘qimalariga kislorod va to‘yimli moddalarni yetkazib berish 
hamda hayot faoliyati mahsulotlarini chiqarish. 
2. Antitelalarni ishlab chiqarish yo‘li bilan organizmni kasalliklardan himoya 
qilish hamda infeksiyadan muhofaza qilish. 
4 bo'lsa, steril material ishlatish kerak. Agar kuchli qon ketsa, jgut qo'yiladi, boshqa hollarda qon oqishi siqib bog'lash yo'li bilan to'xtatiladi Jarohatning bitishi murakkab jarayon boʻlib, organizmning umumiy va mahalliy reaksiyasiga bogʻliq. Organizmning holdan toyishi, avitaminozlar, diabet, kamqonlik, moddalar almashinuvining buzilishi jarohatning bitishini qiyinlashtiradi. Jarohatlangan aʼzoning qon bilan qanchalik taʼminlanishi, toʻqimalarning shikastlanish xarakteri ham muhim. Aʼzoning qon bilan yaxshiroq taʼminlanishi jarohatning bitishini tezlatadi. Masalan, bosh va yuzdagi jarohat boldirning oldingi yuzasidagi jarohatga nisbatan tezroq, majaqlangan, yulingan jarohat silliq kesilgan jarohatga qaraganda sekin bitadi. Jarohat yiringlamagan, chetlari bir-biriga tegib turgan (choklangan) boʻlsa, 5-7 kunda bitadi. Bu birlamchi tortishib (taranglanib) bitish deyiladi. Infeksiya tushgan (yiringlagan) jarohat, shuningdek, chetlari bir-biridan «qochgan» jarohat ikkilamchi tortishib (taranglanib) bitadi. Buning oʻziga xosligi shuki, biriktiruvchi toʻqima (granulyatsion toʻqima) rivojlanib, jarohat yuzini toʻldiradi. Shu tariqa pastroqdagi (ichkaridagi) toʻqimalarni tashqi taʼsirlardan saqlaydi va jarohatning bitishiga yordam beradi. Jarohat granulyatsiyalar bilan toʻlishidan tashqari, teri chetlaridan yangi hosil boʻlgan epiteliy qoplami oʻsadi. Birlamchi tortishib bitgan jarohat bilinar-bilinmas chandiq, ikkilamchi tortishib bitgan jarohat esa katta chandiq hosil qiladi. 2. Qon ketishida turlari va qon ketishida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Qon quyidagi uch asosiy vazifani bajaradi: 1. Organizm to‘qimalariga kislorod va to‘yimli moddalarni yetkazib berish hamda hayot faoliyati mahsulotlarini chiqarish. 2. Antitelalarni ishlab chiqarish yo‘li bilan organizmni kasalliklardan himoya qilish hamda infeksiyadan muhofaza qilish.  
5 
 
3. Qon butun organizm bo‘ylab aylanishi hisobiga tananing doimiy haroratini 
saqlab turish. 
Qon ketishi – qon tomirlari devori shikastlanishi yoki biror kasallik oqibatida 
yemirilishi, o‘tkazuvchanligining oshishi sababli ulardan qon oqishi. 
Qon ketish belgilari, qayerdan qon ketishiga qarab kapilyar, venadan, arterial, 
parenximatoz (jigar, o‘pka, buyrak va qorataloqdan) va ichki qon ketish turlariga 
bo‘linadi. Venadan qonning nisbatan sekin chiqishi va uning to‘q rangliligi bilan 
ajralib turadi. Arteriyadan qon ketishida esa tez va ko‘p qon oqishi, qonning otilib 
chiqishi, jarohatlangan joyda og‘riqning kuchliligi, behollik va qonning och qizil 
rangda bo‘lishini ko‘rish mumkin.  
Tashqi qon kegishida birinchi yordam ko‘rsatish: 
1. Jarohat siqiladi. 
2. Shikastlangan qo‘l yoki oyoqni balandroq ko‘tariladi. 
3. Jabrlanuvchini orqasi bilan yotqiziladi. 
4. Bosib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. 
5. Shokka qarshi chora qo‘llaniladi. 
Arterial qon ketishida arteriyani barmoq bilan bosish uslubi arterial qon 
ketishini to‘xtatishning bir usulidir. Uni jarohatni bevosita bosish bilan birga 
qo‘llaniladi. Bu usulga birinchi yordam ko‘rsatayotgan odam o‘z qo‘li bilan 
arteriyani shikastlangan joydan yuqoriroqdan bosadi. Arteriyaning barmoq bilan 
bosiladigan nuqtalari ko‘p, lekin ikki asosiy: yelka va son arteriyalarini eslab qolish 
kerak. Bu ishni kamida 10 minut davomida qilish zarur. Buning asosiy kamchiligi 
shundaki, yordam ko‘rsatayotgan odam bu vaqt ichida boshqa ish qila olmaydi.  
Qo‘l-oyoqdagi nazorat qilib bo‘lmaydigan qon ketishida bog‘lam (jgut) qo‘yish 
arterial qon ketishini to‘la to‘xtatishning samarali usulidir. Quyida bog‘lam qo‘yish 
qoidalari keltirilgan: 
- bog‘lam jarohatlangan joydan taxminan 5 sm yuqori qo‘yilishi kerak; 
- shikastlangan qo‘l yoki oyoq bilan bog‘lam orasiga qatlam qo‘yiladi; 
5 3. Qon butun organizm bo‘ylab aylanishi hisobiga tananing doimiy haroratini saqlab turish. Qon ketishi – qon tomirlari devori shikastlanishi yoki biror kasallik oqibatida yemirilishi, o‘tkazuvchanligining oshishi sababli ulardan qon oqishi. Qon ketish belgilari, qayerdan qon ketishiga qarab kapilyar, venadan, arterial, parenximatoz (jigar, o‘pka, buyrak va qorataloqdan) va ichki qon ketish turlariga bo‘linadi. Venadan qonning nisbatan sekin chiqishi va uning to‘q rangliligi bilan ajralib turadi. Arteriyadan qon ketishida esa tez va ko‘p qon oqishi, qonning otilib chiqishi, jarohatlangan joyda og‘riqning kuchliligi, behollik va qonning och qizil rangda bo‘lishini ko‘rish mumkin. Tashqi qon kegishida birinchi yordam ko‘rsatish: 1. Jarohat siqiladi. 2. Shikastlangan qo‘l yoki oyoqni balandroq ko‘tariladi. 3. Jabrlanuvchini orqasi bilan yotqiziladi. 4. Bosib turuvchi bog‘lam qo‘yiladi. 5. Shokka qarshi chora qo‘llaniladi. Arterial qon ketishida arteriyani barmoq bilan bosish uslubi arterial qon ketishini to‘xtatishning bir usulidir. Uni jarohatni bevosita bosish bilan birga qo‘llaniladi. Bu usulga birinchi yordam ko‘rsatayotgan odam o‘z qo‘li bilan arteriyani shikastlangan joydan yuqoriroqdan bosadi. Arteriyaning barmoq bilan bosiladigan nuqtalari ko‘p, lekin ikki asosiy: yelka va son arteriyalarini eslab qolish kerak. Bu ishni kamida 10 minut davomida qilish zarur. Buning asosiy kamchiligi shundaki, yordam ko‘rsatayotgan odam bu vaqt ichida boshqa ish qila olmaydi. Qo‘l-oyoqdagi nazorat qilib bo‘lmaydigan qon ketishida bog‘lam (jgut) qo‘yish arterial qon ketishini to‘la to‘xtatishning samarali usulidir. Quyida bog‘lam qo‘yish qoidalari keltirilgan: - bog‘lam jarohatlangan joydan taxminan 5 sm yuqori qo‘yilishi kerak; - shikastlangan qo‘l yoki oyoq bilan bog‘lam orasiga qatlam qo‘yiladi;  
6 
 
- bog‘lam sifatida bir necha bor taxlangan uch burchak bog‘ichga o‘xshash 
gazlamadan foydalanish mumkin, u qo‘l yoki oyoq atrofiga ikki marta o‘raladi. 
Arqon yoki chilvirdan foydalanish mumkin emas, chunki ular quyida joylashgan 
to‘qimani zararlantirishi mumkin. 
- bog‘lamni bir bor bog‘lab, biror narsa (ruchka, qaychi, taxtacha)ni ustiga 
qo‘yib, uning ustidan yana bir bor bog‘lab qo‘yiladi, so‘ng qon oqishi 
to‘xtamagunicha aylantiriladi. Narsani ikki marta tugib mahkamlab qo‘yiladi; 
- bog‘lamni har 15-20 daqiqada bo‘shatib turiladi. Jgut qo‘yilgan vaqt va sana 
yozib qo‘yiladi. 
Bog‘lam faqat bir soatgacha vaqtga qo‘yiladi. 
 
Ichki qon ketishi 
Ichki qon ketishini aniqlash tashqi qon ketishini aniqlashga qaraganda 
qiyinroq. Chunki uning belgi va alomatlari aniq ko‘rinmaydi va ma’lum vaqt 
o‘tgandan keyingina bilinishi mumkin. Shikastlangan joyda teri qontalashib qoladi. 
Yumshoq to‘qimalarda og‘riq bo‘lib, shishadi yoki qo‘l tekizganda qattiq tuyuladi. 
Ko‘ngil aynib, qayt qiladi. Qondirib bo‘lmaydigan tashnalik his etiladi. 
Ichki qon ketishida birinchi yordam ko‘rsatish 
Har qanday sharoitda ham birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy 
qoidalarga amal qilish lozim. Shok paytidagi yoki uning kuchayishining oldini 
olishdagi kabi yordam ko‘rsatiladi. Sovuq kompress og‘riqni kamaytirib, shishni 
qaytaradi. Shikastlangan joyga muzni dokaga, sochiqqa yoki matoga o‘rab qo‘yiladi. 
6 - bog‘lam sifatida bir necha bor taxlangan uch burchak bog‘ichga o‘xshash gazlamadan foydalanish mumkin, u qo‘l yoki oyoq atrofiga ikki marta o‘raladi. Arqon yoki chilvirdan foydalanish mumkin emas, chunki ular quyida joylashgan to‘qimani zararlantirishi mumkin. - bog‘lamni bir bor bog‘lab, biror narsa (ruchka, qaychi, taxtacha)ni ustiga qo‘yib, uning ustidan yana bir bor bog‘lab qo‘yiladi, so‘ng qon oqishi to‘xtamagunicha aylantiriladi. Narsani ikki marta tugib mahkamlab qo‘yiladi; - bog‘lamni har 15-20 daqiqada bo‘shatib turiladi. Jgut qo‘yilgan vaqt va sana yozib qo‘yiladi. Bog‘lam faqat bir soatgacha vaqtga qo‘yiladi. Ichki qon ketishi Ichki qon ketishini aniqlash tashqi qon ketishini aniqlashga qaraganda qiyinroq. Chunki uning belgi va alomatlari aniq ko‘rinmaydi va ma’lum vaqt o‘tgandan keyingina bilinishi mumkin. Shikastlangan joyda teri qontalashib qoladi. Yumshoq to‘qimalarda og‘riq bo‘lib, shishadi yoki qo‘l tekizganda qattiq tuyuladi. Ko‘ngil aynib, qayt qiladi. Qondirib bo‘lmaydigan tashnalik his etiladi. Ichki qon ketishida birinchi yordam ko‘rsatish Har qanday sharoitda ham birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha asosiy qoidalarga amal qilish lozim. Shok paytidagi yoki uning kuchayishining oldini olishdagi kabi yordam ko‘rsatiladi. Sovuq kompress og‘riqni kamaytirib, shishni qaytaradi. Shikastlangan joyga muzni dokaga, sochiqqa yoki matoga o‘rab qo‘yiladi.  
7 
 
Har soatda 15 minutdan sovuq kompress qilinadi. Ichki shikastlanishni yengiltaklik 
bilan “shunchaki ko‘kargan”ga yo‘ymaslik kerak. Jabrlanuvchini ko‘zdan kechirib, 
ichki organlari jiddiy shikastlanganmi yoki yo‘qmi, aniqlashga harakat qilish, agar 
jabrlanuvchi qattiq og‘riq borligidan shikoyat qilsa yoki qo‘li yoxud oyog‘ini 
qimirlata olmasa zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak. 
Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketishi 
Qorin bo‘shlig’ida hayotiy muhim organlar joylashganligi bois bu sohadagi 
shikastlanish o‘limga olib kelishi mumkin. Bu yerda joylashgan ichki organlar, 
organizmning boshqa zonalaridan farqli ravishda, himoyalanmagan. Qorin bo‘shlig‘i 
organlaridan qon ketishi tashqi yoki ichki bo‘lishi mumkin. Hatto qon ko‘rinmasa 
ham, ichki organ yorilganda shokka olib keladigan darajada qattiq ichki qon ketishi 
mumkin. Qorin shikastlanishi juda og‘riqli bo‘ladi. 
Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish. 
Qorin qanday shikastlanmasin birinchi yordam ko‘rsatish qoidalariga amal 
qilish kerak. Zudlik bilan tez yordam chaqirib, shokka qarshi choralar ko‘rishga 
harakat qilish kerak. Tana haroratini normal tutib, tashqi qon ketishida qo‘shimcha 
yordam ko‘rsatish zarur: 
1. Jabrlanuvchini ehtiyotkorlik bilan orqasi bilan yotqizish. 
2. Jarohat atrofidagi kiyimni yechish. 
3. Ochiq jarohatga namlangan toza tampon-bog‘lam qo‘yish. (Krandagi iliq 
suvdan ham foydalanish mumkin). 
4. Qon oqishini to‘xtatish uchun jarohatni bosmaslik kerak. 
5. Ichki organlar jarohat orqali tashqariga chiqib qolgan hollarda ularni qorin 
bo‘shlig‘iga qaytarib solmaslik zarur. 
Burun qonashi 
Burunda shikastlanganda qon ko‘p ketadigan ko‘plab qon tomirlar mavjud. 
Odatda qon burun kataklaridan oqadi, lekin nafas olganda nafas yo‘liga tushib, 
bo‘g‘ilishga yoki qayt qilishga olib kelishi mumkin. Burun, odatda, zarbadan 
7 Har soatda 15 minutdan sovuq kompress qilinadi. Ichki shikastlanishni yengiltaklik bilan “shunchaki ko‘kargan”ga yo‘ymaslik kerak. Jabrlanuvchini ko‘zdan kechirib, ichki organlari jiddiy shikastlanganmi yoki yo‘qmi, aniqlashga harakat qilish, agar jabrlanuvchi qattiq og‘riq borligidan shikoyat qilsa yoki qo‘li yoxud oyog‘ini qimirlata olmasa zudlik bilan tez yordam chaqirish kerak. Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketishi Qorin bo‘shlig’ida hayotiy muhim organlar joylashganligi bois bu sohadagi shikastlanish o‘limga olib kelishi mumkin. Bu yerda joylashgan ichki organlar, organizmning boshqa zonalaridan farqli ravishda, himoyalanmagan. Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketishi tashqi yoki ichki bo‘lishi mumkin. Hatto qon ko‘rinmasa ham, ichki organ yorilganda shokka olib keladigan darajada qattiq ichki qon ketishi mumkin. Qorin shikastlanishi juda og‘riqli bo‘ladi. Qorin bo‘shlig‘i organlaridan qon ketganda birinchi yordam ko‘rsatish. Qorin qanday shikastlanmasin birinchi yordam ko‘rsatish qoidalariga amal qilish kerak. Zudlik bilan tez yordam chaqirib, shokka qarshi choralar ko‘rishga harakat qilish kerak. Tana haroratini normal tutib, tashqi qon ketishida qo‘shimcha yordam ko‘rsatish zarur: 1. Jabrlanuvchini ehtiyotkorlik bilan orqasi bilan yotqizish. 2. Jarohat atrofidagi kiyimni yechish. 3. Ochiq jarohatga namlangan toza tampon-bog‘lam qo‘yish. (Krandagi iliq suvdan ham foydalanish mumkin). 4. Qon oqishini to‘xtatish uchun jarohatni bosmaslik kerak. 5. Ichki organlar jarohat orqali tashqariga chiqib qolgan hollarda ularni qorin bo‘shlig‘iga qaytarib solmaslik zarur. Burun qonashi Burunda shikastlanganda qon ko‘p ketadigan ko‘plab qon tomirlar mavjud. Odatda qon burun kataklaridan oqadi, lekin nafas olganda nafas yo‘liga tushib, bo‘g‘ilishga yoki qayt qilishga olib kelishi mumkin. Burun, odatda, zarbadan  
8 
 
shikastlanadi. Natijada qon oqadi. Yuqori qon bosimi yoki dengiz sathidan 
balandlikning keskin o‘zgarishi ham burun qonashiga olib kelishi mumkin. 
Burun qonaganda birinchi yordam ko‘rsatish: 
1. Jabrlanuvchidan o‘tirib, boshini bir oz oldinga egishni va ayni mahalda 
burun kataklarini 10-15 minut siqib turishni iltimos qilinadi. 
2. Qon oqishi to‘xtashi bilan, jabrlanuvchiga qayta qonamasligi uchun burnini 
ishqalamaslikni, kavlamaslikni va qoqmaslikni tayinlanadi. 
3. Sanab o‘tilgan choralar yordam bermasa, qon oqishi qaytalasa yoki u yuqori 
qon bosimining oqibati bo‘lsa, vrachga murojaat qilish zarur. 
4. Jabrlanuvchi xushdan keta boshlasa, qon erkin oqib chiqishi uchun uni 
yonboshlatib yotqizib, zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. 
3.Suyak sinishida birinchi tibbiy yordam. 
Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib 
singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud. 
Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qo‘l yoki oyoqqa suyak sinishiga 
olib keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda sodir bo‘ladi. Singan suyak uchi 
terini yirtib, tashqariga chiqib qoladi yoki bironta buyum teri qoplamni teshib o‘tib, 
suyakni sindiradi. Taxmin qilingan siniq atrofidagi yumshoq to‘qimaning har qanday 
zararlanishi ochiq sinishdan darak beradi. Yopiq sinishda teri qoplami zararlanmay 
qoladi-ki, sinishning bunday turi ko‘proq uchraydi. Ochiq sinish nisbatan xavfli, 
chunki jarohatga infeksiya tushirish yoki qon yo‘qotish xavfi mavjud bo‘ladi. 
Suyakning bo‘linishi yoki darz ketishi, shuningdek uning to‘la sinishi suyak 
sinishiga kiradi. Sinish doim ham ko‘zga ko‘rinib turmaydi. 
Son suyagining sinishi oyoqning o‘ziga xos deformatsiyasiga olib keladi. 
Shikastlangan oyoq sog‘iga qaraganda kaltaroq ko‘rinadi va tashqariga ag‘darilgan 
bo‘lishi mumkin. 
Chiqish 
Chiqish - suyakning bo‘g‘imdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishidir. 
Chiqish, odatda, katta kuch ta’siri ostida ro‘y beradi. 
8 shikastlanadi. Natijada qon oqadi. Yuqori qon bosimi yoki dengiz sathidan balandlikning keskin o‘zgarishi ham burun qonashiga olib kelishi mumkin. Burun qonaganda birinchi yordam ko‘rsatish: 1. Jabrlanuvchidan o‘tirib, boshini bir oz oldinga egishni va ayni mahalda burun kataklarini 10-15 minut siqib turishni iltimos qilinadi. 2. Qon oqishi to‘xtashi bilan, jabrlanuvchiga qayta qonamasligi uchun burnini ishqalamaslikni, kavlamaslikni va qoqmaslikni tayinlanadi. 3. Sanab o‘tilgan choralar yordam bermasa, qon oqishi qaytalasa yoki u yuqori qon bosimining oqibati bo‘lsa, vrachga murojaat qilish zarur. 4. Jabrlanuvchi xushdan keta boshlasa, qon erkin oqib chiqishi uchun uni yonboshlatib yotqizib, zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. 3.Suyak sinishida birinchi tibbiy yordam. Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud. Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qo‘l yoki oyoqqa suyak sinishiga olib keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda sodir bo‘ladi. Singan suyak uchi terini yirtib, tashqariga chiqib qoladi yoki bironta buyum teri qoplamni teshib o‘tib, suyakni sindiradi. Taxmin qilingan siniq atrofidagi yumshoq to‘qimaning har qanday zararlanishi ochiq sinishdan darak beradi. Yopiq sinishda teri qoplami zararlanmay qoladi-ki, sinishning bunday turi ko‘proq uchraydi. Ochiq sinish nisbatan xavfli, chunki jarohatga infeksiya tushirish yoki qon yo‘qotish xavfi mavjud bo‘ladi. Suyakning bo‘linishi yoki darz ketishi, shuningdek uning to‘la sinishi suyak sinishiga kiradi. Sinish doim ham ko‘zga ko‘rinib turmaydi. Son suyagining sinishi oyoqning o‘ziga xos deformatsiyasiga olib keladi. Shikastlangan oyoq sog‘iga qaraganda kaltaroq ko‘rinadi va tashqariga ag‘darilgan bo‘lishi mumkin. Chiqish Chiqish - suyakning bo‘g‘imdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishidir. Chiqish, odatda, katta kuch ta’siri ostida ro‘y beradi.  
9 
 
Suyak boshchasi o‘zining normal holatidan tashqari chiqsa, boylamlar 
cho‘ziladi yoki uziladi. Chiqishga sabab bo‘lgan kuch ta’sirida suyak sinishi hamda 
yaqin atrofdagi nervlar va qon tomirlari zararlanishi mumkin. Chiqishni bo‘g‘imlar 
shaklining ko‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga 
qarab aniqlasa bo‘ladi. 
Boylamlarning cho‘zilishi va uzilishi 
Suyak odatiy harakat amplitudasidan tashqari 
chiqqanda boylam cho‘ziladi. Bo‘g‘inga haddan 
tashqari og‘ir yuk tushishi boylamlarning to‘la uzilishiga hamda suyak chiqishiga 
olib kelishi mumkin. Bunday hollarda suyak sinishi ham mumkin. 
Boylamlar yengil cho‘zilganda, odatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa 
vaqt og‘riq sezib yurishi mumkin, biroq tezda bir oz og‘riq his qilgan holda yoki 
umuman og‘riq his qilmay jismoniy faollikni yangidan boshlab yuborishi mumkin. 
Ba’zan boylamlarning cho‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyroq funksional 
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam 
hollarda qayta sinadi. Bo‘g‘im esa, boylamlar cho‘zilganidan yoki uzilganidan keyin, 
ancha beqaror (o‘ynoqi) bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol qayta shikastlanish ehtimolini 
oshiradi. 
Immobilizatsiya – jarohatlangan a’zoni harakatsizlantirishdir. 
Tananing shikastlangan qismini harakatsizlantirib (ko‘zg‘almaydigan qilib) 
qo‘yish natijasida og‘riqni kamaytirishga, qo‘shimcha shikastlanishning oldini 
olishga, qon ketishi xavfini kamaytirishga, tananing jarohatlangan qismida qon 
aylanishi buzilishi ehtimolini kamaytirishga, yopiq siniqning ochiq siniqqa aylanib 
ketishining oldini olishga erishiladi. 
Shikastlangan joyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bog‘lam qo‘yish yoki 
bint bilan o‘rash orqali qimirlamaydigan qilib qo‘yiladi. Buning uchun shinadan 
foydalaniladi. Shina uch xil: yumshoq, qattiq va anatomik bo‘ladi. Yumshoq shina 
sifatida taxlangan adyol, sochiq, yostiq, qimirlatmaydigan bog‘lam yoki bintdan 
foydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, karton, buklangan jurnal va 
9 Suyak boshchasi o‘zining normal holatidan tashqari chiqsa, boylamlar cho‘ziladi yoki uziladi. Chiqishga sabab bo‘lgan kuch ta’sirida suyak sinishi hamda yaqin atrofdagi nervlar va qon tomirlari zararlanishi mumkin. Chiqishni bo‘g‘imlar shaklining ko‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga qarab aniqlasa bo‘ladi. Boylamlarning cho‘zilishi va uzilishi Suyak odatiy harakat amplitudasidan tashqari chiqqanda boylam cho‘ziladi. Bo‘g‘inga haddan tashqari og‘ir yuk tushishi boylamlarning to‘la uzilishiga hamda suyak chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda suyak sinishi ham mumkin. Boylamlar yengil cho‘zilganda, odatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa vaqt og‘riq sezib yurishi mumkin, biroq tezda bir oz og‘riq his qilgan holda yoki umuman og‘riq his qilmay jismoniy faollikni yangidan boshlab yuborishi mumkin. Ba’zan boylamlarning cho‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyroq funksional oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam hollarda qayta sinadi. Bo‘g‘im esa, boylamlar cho‘zilganidan yoki uzilganidan keyin, ancha beqaror (o‘ynoqi) bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol qayta shikastlanish ehtimolini oshiradi. Immobilizatsiya – jarohatlangan a’zoni harakatsizlantirishdir. Tananing shikastlangan qismini harakatsizlantirib (ko‘zg‘almaydigan qilib) qo‘yish natijasida og‘riqni kamaytirishga, qo‘shimcha shikastlanishning oldini olishga, qon ketishi xavfini kamaytirishga, tananing jarohatlangan qismida qon aylanishi buzilishi ehtimolini kamaytirishga, yopiq siniqning ochiq siniqqa aylanib ketishining oldini olishga erishiladi. Shikastlangan joyni taxtakachlash, qattiq tutib turuvchi bog‘lam qo‘yish yoki bint bilan o‘rash orqali qimirlamaydigan qilib qo‘yiladi. Buning uchun shinadan foydalaniladi. Shina uch xil: yumshoq, qattiq va anatomik bo‘ladi. Yumshoq shina sifatida taxlangan adyol, sochiq, yostiq, qimirlatmaydigan bog‘lam yoki bintdan foydalaniladi. Qattiq shinaga taxtacha, metall tilimi, karton, buklangan jurnal va  
10 
 
hokazolar kiradi. Anatomik shinada jabrlanuvchining o‘z tanasidan foydalaniladi. 
Masalan, qo‘l - jabrlanuvchining ko‘kragiga bint bilan tortib qo‘yilishi, oyog‘i – sog‘ 
oyog‘iga bog‘lab qo‘yilishi mumkin. 
Shina qo‘yishda quyidagilarga rioya qilinadi: 
1. Shikastlangan joy holatini o‘zgartirmasdan taxtakachlanadi 
2. Ham shikastlangan joy, ham undan yuqorida va quyida joylashgan 
bo‘g‘imlar qo‘shib taxtakachlanadi 
3. Taxtakachlashdan oldin ham, keyin ham tananing shikastlangan qismidagi 
qon aylanishini tekshiri, shikastlangan qo‘l yoki oyoq barmoqlarini tekshirish, ular 
ushlaganda iliq va tirnog‘i yoni pushti rang bo‘lishi lozim. Uvishgani to‘g‘risida 
shikoyat bo‘lsa, bog‘lam bo‘shatiladi. 
4. Taxtakachni shikastlangan joyning yuqorisidan hamda quyisidan mahkamlab 
qo‘yish lozim. 
Ochiq siniqdan tashqari har qanday shikastlanishda muz qo‘yiladi. Sovuq 
og‘riqni kamaytirib, shishni pasaytiradi, chunki u qon tomirlarini toraytiradi. Odatda, 
sovuq narsa har soatda 15 minutdan qo‘yiladi. Zarur bo‘lgan hollarda 
shikastlanishdan keyingi dastlabki ikki kecha-kunduz davomida shunday qilinadi. 
Teri qoplamini muhofaza qilish uchun muz kompress bilan teri orasiga doka 
yoki mato qatlami qo‘yiladi. Muzni polietilen paketga solib hamda uni ho‘llangan 
sochiqqa o‘rab kompress qilish ham mumkin. Ochiq sinishda sovuq kompress 
qo‘yilmaydi, chunki singan joyga bosim bilan ta’sir ko‘rsatish og‘riqni keltirib 
chiqaradi. Boylam va muskullar cho‘zilganda, shish qaytgach (odatda, 2-3 kundan 
so‘ng), shikastlangan qismga qon oqimini kuchaytirish uchun iliq kompress qo‘yiladi. 
Shunda bitish jarayoni tezlashadi. 
Shikastlangan joyni ko‘tarib qo‘yish qon oqimini sekinlashtiradi, bu o‘z 
navbatida shishni kamaytiradi.  
4. Sovuq va issiq urushida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. 
10 hokazolar kiradi. Anatomik shinada jabrlanuvchining o‘z tanasidan foydalaniladi. Masalan, qo‘l - jabrlanuvchining ko‘kragiga bint bilan tortib qo‘yilishi, oyog‘i – sog‘ oyog‘iga bog‘lab qo‘yilishi mumkin. Shina qo‘yishda quyidagilarga rioya qilinadi: 1. Shikastlangan joy holatini o‘zgartirmasdan taxtakachlanadi 2. Ham shikastlangan joy, ham undan yuqorida va quyida joylashgan bo‘g‘imlar qo‘shib taxtakachlanadi 3. Taxtakachlashdan oldin ham, keyin ham tananing shikastlangan qismidagi qon aylanishini tekshiri, shikastlangan qo‘l yoki oyoq barmoqlarini tekshirish, ular ushlaganda iliq va tirnog‘i yoni pushti rang bo‘lishi lozim. Uvishgani to‘g‘risida shikoyat bo‘lsa, bog‘lam bo‘shatiladi. 4. Taxtakachni shikastlangan joyning yuqorisidan hamda quyisidan mahkamlab qo‘yish lozim. Ochiq siniqdan tashqari har qanday shikastlanishda muz qo‘yiladi. Sovuq og‘riqni kamaytirib, shishni pasaytiradi, chunki u qon tomirlarini toraytiradi. Odatda, sovuq narsa har soatda 15 minutdan qo‘yiladi. Zarur bo‘lgan hollarda shikastlanishdan keyingi dastlabki ikki kecha-kunduz davomida shunday qilinadi. Teri qoplamini muhofaza qilish uchun muz kompress bilan teri orasiga doka yoki mato qatlami qo‘yiladi. Muzni polietilen paketga solib hamda uni ho‘llangan sochiqqa o‘rab kompress qilish ham mumkin. Ochiq sinishda sovuq kompress qo‘yilmaydi, chunki singan joyga bosim bilan ta’sir ko‘rsatish og‘riqni keltirib chiqaradi. Boylam va muskullar cho‘zilganda, shish qaytgach (odatda, 2-3 kundan so‘ng), shikastlangan qismga qon oqimini kuchaytirish uchun iliq kompress qo‘yiladi. Shunda bitish jarayoni tezlashadi. Shikastlangan joyni ko‘tarib qo‘yish qon oqimini sekinlashtiradi, bu o‘z navbatida shishni kamaytiradi. 4. Sovuq va issiq urushida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish.  
11 
 
Past harorat ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishiga sovuq urishi deyiladi. 
Sovuq urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda 
og‘riq, so‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yo‘qoladi.  
Og‘ir-yengilligiga va chuqurligiga ko‘ra sovuq olishning to‘rt darajasi farq 
qilinadi. Uning darajasini shikastlangan kishini isitishdan keyin, ba’zan bir necha kun 
o‘tgach aniqlash mumkin. 
Sovuq urishining I darajasi terida qon aylanishining buzilishlari  bilan 
xarakterlanadi, lekin bu o‘zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib 
ketgan, bir oz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yo‘qolgan. 
Isitishdan so‘ng teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi, bunda ko‘pincha 
lo‘qillagan og‘riq bo‘ladi. Yallig‘lanish (shish, qizillik, og‘riq bir necha kungacha 
saqlanib, so‘ngra asta-sekin yo‘qoladi. Keyinroq terining po‘st tashlashi va qichishi 
kuzatiladi. Sovuq urgan soha ko‘pincha sovuqqa ojiz bo‘lib qoladi. 
Sovuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga 
chiqadi. Isitishdan so‘ng shikastlangan kishining oqargan terisi to‘q qizil-ko‘kimtir 
tusga kiradi, tezda to‘qimalar shishib rivojlanib, sovuq urgan joy atrofiga ham 
tarqaladi. Sovuq urgan sohada tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar 
hosil bo‘ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi, terida 
sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin, biroq ayni 
vaqtda birmuncha og‘riq bo‘lishi qayd qilinadi. 
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati 
ko‘tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Ikkilamchi infeksiya 
rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari 
granulyasiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda) ko‘chib tushadi. Bu 
joydagi teri uzoq vaqtgacha ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi. 
Sovuq urishining III darajasida qon ta’minotining buzilishi (tomirlar 
trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to‘qimalarning har xil chuqurlikda 
nekrozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog‘li chuqur shikastlanganlik asta-sekin 
aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to‘q qo‘ng‘ir 
11 Past harorat ta’sirida to‘qimalarning shikastlanishiga sovuq urishi deyiladi. Sovuq urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda og‘riq, so‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yo‘qoladi. Og‘ir-yengilligiga va chuqurligiga ko‘ra sovuq olishning to‘rt darajasi farq qilinadi. Uning darajasini shikastlangan kishini isitishdan keyin, ba’zan bir necha kun o‘tgach aniqlash mumkin. Sovuq urishining I darajasi terida qon aylanishining buzilishlari bilan xarakterlanadi, lekin bu o‘zgarishlar tiklanadi. Shikastlangan kishining terisi oqarib ketgan, bir oz shishgan, sezuvchanligi keskin pasaygan yoki batamom yo‘qolgan. Isitishdan so‘ng teri ko‘kimtir-qizil tusga kiradi, shish kamayadi, bunda ko‘pincha lo‘qillagan og‘riq bo‘ladi. Yallig‘lanish (shish, qizillik, og‘riq bir necha kungacha saqlanib, so‘ngra asta-sekin yo‘qoladi. Keyinroq terining po‘st tashlashi va qichishi kuzatiladi. Sovuq urgan soha ko‘pincha sovuqqa ojiz bo‘lib qoladi. Sovuq urishining II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan so‘ng shikastlangan kishining oqargan terisi to‘q qizil-ko‘kimtir tusga kiradi, tezda to‘qimalar shishib rivojlanib, sovuq urgan joy atrofiga ham tarqaladi. Sovuq urgan sohada tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar hosil bo‘ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi, terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin, biroq ayni vaqtda birmuncha og‘riq bo‘lishi qayd qilinadi. Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati ko‘tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Ikkilamchi infeksiya rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari granulyasiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda) ko‘chib tushadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi. Sovuq urishining III darajasida qon ta’minotining buzilishi (tomirlar trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to‘qimalarning har xil chuqurlikda nekrozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog‘li chuqur shikastlanganlik asta-sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to‘q qo‘ng‘ir  
12 
 
rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Terining nekrozga uchragan 
qismi atrofida yallig‘langan gardish (demarkatsion chiziq) paydo bo‘ladi. Chuqur 
to‘qimalarning shikastlari 3-5 kun o‘tgach, avj olayotgan nam gangrena ko‘rinishida 
aniqlanadi. To‘qimalarning sezuvchanligi butunlay yo‘qoladi, biroq bemorlar azob 
beradigan og‘riqdan nolishadi. 
Sovuq urishining IV darajasi to‘qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, 
suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishda 
tananing shikastlangan qismini isitib bo‘lmaydi, u sovuqligicha qoladi va hech 
narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar bilan qoplanadi. 
Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Ro‘y-rost demarkatsion chiziq 10-17 
kun o‘tgach paydo bo‘ladi. Shikastlangan zona tezda qorayadi va quriy boshlaydi 
(mo‘miyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko‘chib tushish jarayoni ko‘pga 
cho‘ziladi (1-2 oy), jarohat juda sekin bitadi. 
Bu davrda bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, organlarda distrofik 
o‘zgarishlar kuzatiladi. Doimiy og‘riq va intoksikatsiya bemorni holdan ketkazadi, 
qon tarkibi o‘zgaradi, bemorlar boshqa kasalliklarga tezda chalinadigan bo‘lib 
qoladilar. 
Sovuq urishida birinchi yordam ko’rsatishda sovuq urgan kishini, avvalo, 
iliq xonaga olib kirish, so‘ngra uni isitish chorasini ko‘rish lozim. Asta-sekin isitish 
kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma’qul. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. 
Tananing hamma qismlarini birin-ketin massaj qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha 
isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan va oyoq-qo‘llarning qotib qolishi yo‘qolgandan 
keyin tiriltirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi, sun’iy nafas oldiriladi, yurak massaj 
qilinadi. Bemor o‘zicha nafas ola boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so‘ng 
uni karavotga olib yotqiziladi, issiq qilib o‘rab qo‘yiladi, issiq kofe, choy, sut 
beriladi. Oyoq-qo‘llarning sovuq urganligidan darak beradigan alomatlar bo‘lganda 
tegishli yordam ko‘rsatiladi. Shikastlangan kishilarni albatta davolash muassasasiga 
olib borish kerak. Transportda olib borishda ularnipg qaytadan sovqotmasligi uchun 
hamma choralarni ko‘rish shart.  
12 rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi. Terining nekrozga uchragan qismi atrofida yallig‘langan gardish (demarkatsion chiziq) paydo bo‘ladi. Chuqur to‘qimalarning shikastlari 3-5 kun o‘tgach, avj olayotgan nam gangrena ko‘rinishida aniqlanadi. To‘qimalarning sezuvchanligi butunlay yo‘qoladi, biroq bemorlar azob beradigan og‘riqdan nolishadi. Sovuq urishining IV darajasi to‘qimalarning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishda tananing shikastlangan qismini isitib bo‘lmaydi, u sovuqligicha qoladi va hech narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlik bilan to‘lgan pufaklar bilan qoplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Ro‘y-rost demarkatsion chiziq 10-17 kun o‘tgach paydo bo‘ladi. Shikastlangan zona tezda qorayadi va quriy boshlaydi (mo‘miyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko‘chib tushish jarayoni ko‘pga cho‘ziladi (1-2 oy), jarohat juda sekin bitadi. Bu davrda bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, organlarda distrofik o‘zgarishlar kuzatiladi. Doimiy og‘riq va intoksikatsiya bemorni holdan ketkazadi, qon tarkibi o‘zgaradi, bemorlar boshqa kasalliklarga tezda chalinadigan bo‘lib qoladilar. Sovuq urishida birinchi yordam ko’rsatishda sovuq urgan kishini, avvalo, iliq xonaga olib kirish, so‘ngra uni isitish chorasini ko‘rish lozim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan ma’qul. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin massaj qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan va oyoq-qo‘llarning qotib qolishi yo‘qolgandan keyin tiriltirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkaziladi, sun’iy nafas oldiriladi, yurak massaj qilinadi. Bemor o‘zicha nafas ola boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so‘ng uni karavotga olib yotqiziladi, issiq qilib o‘rab qo‘yiladi, issiq kofe, choy, sut beriladi. Oyoq-qo‘llarning sovuq urganligidan darak beradigan alomatlar bo‘lganda tegishli yordam ko‘rsatiladi. Shikastlangan kishilarni albatta davolash muassasasiga olib borish kerak. Transportda olib borishda ularnipg qaytadan sovqotmasligi uchun hamma choralarni ko‘rish shart.  
13 
 
Oftob urgan yoki issiq elitgan kishini darhol toza havoga olib chiqib soyaga 
o‘tqazib qo‘yish, tanasini siqib turgan kiyimlarini yechib, yelpig‘ich yoki choyshab 
bilan yelpish, badanini sovitish, boshini sovuq suv bilan namlash kerak. Unga ko‘p 
suyuqlik - tuz qo‘shilgan sovuq suv, sovuq choy va qahva ichirish tavsiya etiladi. Issiq 
urgan kishiga novshadil spirti hidlatiladi, badani uqalanadi. Bemorning nafasi 
qiyinlashib yoki to‘xtab qolgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish kerak. 
5. Kuyganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. 
Kuyish, odatda, yumshoq to‘qimaning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, 
elektr toki yoki quyosh nurlari ta’siri ostida zararlanishidir. 
Kuyishda, dastavval terining ustki qatlami-epidermis zararlanadi. Kuyish 
kuchayib borsa, terining quyi qatlamlari ham zararlanadi. Kuyish jarayonida teri 
qoplamining yaxlitligi buziladi, oqibatda zararlangan joyga infeksiya tushishi, 
suyuqlik yo‘qotilishi yoki zararlangan sohaning harorat me’yori (termoregulyasiya) 
buzilishi mumkin. Kuyish chuqur kechsa, to‘qimaning quyi qatlamlari, nafas olish 
tizimi va ko‘z ham zararlanishi mumkin. 
Toʻqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi:  
I darajada — teri qizarib, bir oz shishadi, 4-5 kundan soʻng tuzala boshlaydi.  
II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan toʻla 
pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab 
turadi. Yaraga infeksiya tushmasa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi.  
III darajada — kuyish chuqurligiga qarab ikkiga bo’linadi. III-A terining 
surg’ichsimon qismigacha kuyish, III-B so’rg’ichsimon qismidan ham chuqurroq 
tarqalib teri osti yog’ qavatlarigacha kuyish. Igna sanchib ko’rganda og’riq bo’lsa bu 
III-A kuyish, og’riq bolmasa III-B kuyish bo’ladi. Juda yuqori harorat, alanga, 
shuningdek elektr toki ta’sirida hamda yashin urganda uchinchi darajali kuyish ro‘y 
berishi mumkin. 
IV darajada — teri va teri osti toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) 
kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha 
13 Oftob urgan yoki issiq elitgan kishini darhol toza havoga olib chiqib soyaga o‘tqazib qo‘yish, tanasini siqib turgan kiyimlarini yechib, yelpig‘ich yoki choyshab bilan yelpish, badanini sovitish, boshini sovuq suv bilan namlash kerak. Unga ko‘p suyuqlik - tuz qo‘shilgan sovuq suv, sovuq choy va qahva ichirish tavsiya etiladi. Issiq urgan kishiga novshadil spirti hidlatiladi, badani uqalanadi. Bemorning nafasi qiyinlashib yoki to‘xtab qolgan bo‘lsa, sun’iy nafas oldirish kerak. 5. Kuyganda birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Kuyish, odatda, yumshoq to‘qimaning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, elektr toki yoki quyosh nurlari ta’siri ostida zararlanishidir. Kuyishda, dastavval terining ustki qatlami-epidermis zararlanadi. Kuyish kuchayib borsa, terining quyi qatlamlari ham zararlanadi. Kuyish jarayonida teri qoplamining yaxlitligi buziladi, oqibatda zararlangan joyga infeksiya tushishi, suyuqlik yo‘qotilishi yoki zararlangan sohaning harorat me’yori (termoregulyasiya) buzilishi mumkin. Kuyish chuqur kechsa, to‘qimaning quyi qatlamlari, nafas olish tizimi va ko‘z ham zararlanishi mumkin. Toʻqimalarning zararlanishiga qarab kuyishning 4 darajasi farqlanadi: I darajada — teri qizarib, bir oz shishadi, 4-5 kundan soʻng tuzala boshlaydi. II darajada — qizargan teri yuzasida tiniq, sargʻish, suyuqlik bilan toʻla pufakchalar paydo boʻladi, ular yorilganda terining yuza qavati ochilib, bezillab turadi. Yaraga infeksiya tushmasa, 10—15 kunda chandiqsiz tuzaladi. III darajada — kuyish chuqurligiga qarab ikkiga bo’linadi. III-A terining surg’ichsimon qismigacha kuyish, III-B so’rg’ichsimon qismidan ham chuqurroq tarqalib teri osti yog’ qavatlarigacha kuyish. Igna sanchib ko’rganda og’riq bo’lsa bu III-A kuyish, og’riq bolmasa III-B kuyish bo’ladi. Juda yuqori harorat, alanga, shuningdek elektr toki ta’sirida hamda yashin urganda uchinchi darajali kuyish ro‘y berishi mumkin. IV darajada — teri va teri osti toʻqimalari (pay, muskullar va hatto suyaklar) kuyib koʻmirga aylanadi. Odatda, kuygan joy juda sekin tuzaladi, koʻpincha oʻsha  
14 
 
joyda chuqur chandiqlar paydo boʻladi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chandiqlar 
(ogʻir turlari) ular harakatini cheklab qoʻyishi mumkin. 
Klinik jihatdan I, II va III-A kuyish yuza kuyish, III-B va IV daraja chuqur 
kuyish hisoblanadi. 
Kuyishning ogʻir-yengilligi faqat kuyish darajasiga qarab emas, balki qancha 
joy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% 
hisobida) aniqlanadi. Iinson kafti 1 % hisoblanadi. 
Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda kuygan joyni suvga tiqib yoki unga 
suv quyib sovutiladi, biroq suv haddan tashqari sovuq bo‘lmasligi kerak. Zararlangan 
joyni sovutgach, infeksiya tushishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda og‘riqni yengillashtirish 
uchun toza salfetka o‘raladi. 
Pufakchalarni yorish mumkin emas, chunki terining butunligi infeksiya 
tushishidan saqlaydi. Pufakchalar o‘zi yorilgan bo‘lsa, zararlangan joyni 
jarohatlangandagi kabi, sovunlab yuvib, sterillangan bog‘lam bog‘lanadi.  
Uchinchi va to’rtinchi darajali kuyishda nafas yo‘llari yoki o‘pka 
kuyganidan gumon qilinsa, nafas olinishini muntazam kuzatib boriladi. Nafas yo‘llari 
kuysa, shishib, jabrlanuvchining nafas olishini qiyinlashtirib qo’yishi mumkin. 
Kuygan joyga ho‘llangan sochiq yoki boshqa bironta mato bosiladi. Bu kompress 
ustiga suv quyib, uni doim sovuq tutib turiladi. Aks holda darrov isib, qurib qoladi. 
Uchinchi va to’rtinchi darajali kuyish shok holatiga olib kelishi mumkin.  
Agar kuygan joy katta bo‘lsa, butun jarohatlangan joyni birvarakay sovutishga 
urinmaslik kerak, bu hol jabrlanuvchi tana haroratining umumiy pasayib ketishiga 
olib kelishi mumkin. Kuygan joyning bir qismini sovutib, qolgan joyiga toza mato 
yopib qo‘yiladi.  
Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharoitida 
ham ro‘y berishi mumkin. Kimyoviy modda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda 
davom etaveradi. Shuning uchun bunday modda teriga tushsa, uni darhol bartaraf 
etish chorasini ko‘rish kerak.  Buning uchun: 
14 joyda chuqur chandiqlar paydo boʻladi. Boʻyin va boʻgʻim atrofidagi chandiqlar (ogʻir turlari) ular harakatini cheklab qoʻyishi mumkin. Klinik jihatdan I, II va III-A kuyish yuza kuyish, III-B va IV daraja chuqur kuyish hisoblanadi. Kuyishning ogʻir-yengilligi faqat kuyish darajasiga qarab emas, balki qancha joy kuyganligiga, yaʼni shikastlangan kishining butun gavda yuzasiga qarab (% hisobida) aniqlanadi. Iinson kafti 1 % hisoblanadi. Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda kuygan joyni suvga tiqib yoki unga suv quyib sovutiladi, biroq suv haddan tashqari sovuq bo‘lmasligi kerak. Zararlangan joyni sovutgach, infeksiya tushishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda og‘riqni yengillashtirish uchun toza salfetka o‘raladi. Pufakchalarni yorish mumkin emas, chunki terining butunligi infeksiya tushishidan saqlaydi. Pufakchalar o‘zi yorilgan bo‘lsa, zararlangan joyni jarohatlangandagi kabi, sovunlab yuvib, sterillangan bog‘lam bog‘lanadi. Uchinchi va to’rtinchi darajali kuyishda nafas yo‘llari yoki o‘pka kuyganidan gumon qilinsa, nafas olinishini muntazam kuzatib boriladi. Nafas yo‘llari kuysa, shishib, jabrlanuvchining nafas olishini qiyinlashtirib qo’yishi mumkin. Kuygan joyga ho‘llangan sochiq yoki boshqa bironta mato bosiladi. Bu kompress ustiga suv quyib, uni doim sovuq tutib turiladi. Aks holda darrov isib, qurib qoladi. Uchinchi va to’rtinchi darajali kuyish shok holatiga olib kelishi mumkin. Agar kuygan joy katta bo‘lsa, butun jarohatlangan joyni birvarakay sovutishga urinmaslik kerak, bu hol jabrlanuvchi tana haroratining umumiy pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Kuygan joyning bir qismini sovutib, qolgan joyiga toza mato yopib qo‘yiladi. Kimyoviy moddalar ta’sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharoitida ham ro‘y berishi mumkin. Kimyoviy modda teriga ta’sir etib turar ekan, kuydirishda davom etaveradi. Shuning uchun bunday modda teriga tushsa, uni darhol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak. Buning uchun:  
15 
 
1. Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan teridan sidirib 
tashlanadi. 
2. Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi. 
Yuqori bosimli oqimdan foydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada 
ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvish 
davom ettiriladi. 
3. Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi. 
4. Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida yoki tez 
yordam yetib kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyoviy modda sog‘ ko‘zga 
tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq tutish, zararlangan ko‘zni bog‘lab 
qo‘yish lozim. 
Agar kuyish noma’lum tabiatli kimyoviy modda ta’sirida kelib chiqsa, oqar suv 
ostida ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyoviy moddaning ta’sirini kuchaytirib 
yuborishi ham mumkin. Agar kuydiruvchi modda oltingugurt kislotasi bo‘lsa, uni 
rezina qo‘lqoplar kiygan holda, quruq salfetka bilan shimdirib olish kerak. Shundan 
keyingina oqar suv bilan chayish va quruq steril bog‘lam qo‘yish zarur. 
Agar kimyoviy modda tabiati aniq bo‘lsa, masalan kislota bilan kuyganda 2 
foizli soda eritmasi bilan, kimyoviy modda ishqor bo‘lsa – bor kislotasi qo‘shilgan 
suv bilan yoki limon kislotasi bilan yuvsa bo‘ladi. So‘ngra quruq va steril bog‘lam 
qo‘yish kerak. 
6. Suvga cho‘kkan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. 
Nafas yo‘llariga suv g‘ayriixtiyoriy kirsa, cho‘kish xavfi tug‘iladi. Bu hol 
ko‘pincha o‘smirlarda, bolalarda hamda mast holdagi katta yoshlilarda sodir bo‘ladi. 
Bunday vaziyatda dastlab nafas olish, so‘ng yurak faoliyati to‘xtaydi.  
Cho‘kayotgan odamga yordam ko‘rsatishning turli usullari bor, biroq, ularning 
hech biri universal emas. Bir qarorga kelishdan olish, ushbu vaziyatda foydalanish 
mumkin bo‘lgan eng xavfsiz usulni tanlash kerak.  
1. So‘z bilan yordam ko‘rsatish usuli 
15 1. Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan teridan sidirib tashlanadi. 2. Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi. Yuqori bosimli oqimdan foydalanmaslik kerak, chunki bu kuygan teriga yanada ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvish davom ettiriladi. 3. Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi. 4. Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida yoki tez yordam yetib kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyoviy modda sog‘ ko‘zga tushmasligi uchun jarohatlangan ko‘zni pastroq tutish, zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘yish lozim. Agar kuyish noma’lum tabiatli kimyoviy modda ta’sirida kelib chiqsa, oqar suv ostida ushlab turmagan ma’qul, chunki suv kimyoviy moddaning ta’sirini kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Agar kuydiruvchi modda oltingugurt kislotasi bo‘lsa, uni rezina qo‘lqoplar kiygan holda, quruq salfetka bilan shimdirib olish kerak. Shundan keyingina oqar suv bilan chayish va quruq steril bog‘lam qo‘yish zarur. Agar kimyoviy modda tabiati aniq bo‘lsa, masalan kislota bilan kuyganda 2 foizli soda eritmasi bilan, kimyoviy modda ishqor bo‘lsa – bor kislotasi qo‘shilgan suv bilan yoki limon kislotasi bilan yuvsa bo‘ladi. So‘ngra quruq va steril bog‘lam qo‘yish kerak. 6. Suvga cho‘kkan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish. Nafas yo‘llariga suv g‘ayriixtiyoriy kirsa, cho‘kish xavfi tug‘iladi. Bu hol ko‘pincha o‘smirlarda, bolalarda hamda mast holdagi katta yoshlilarda sodir bo‘ladi. Bunday vaziyatda dastlab nafas olish, so‘ng yurak faoliyati to‘xtaydi. Cho‘kayotgan odamga yordam ko‘rsatishning turli usullari bor, biroq, ularning hech biri universal emas. Bir qarorga kelishdan olish, ushbu vaziyatda foydalanish mumkin bo‘lgan eng xavfsiz usulni tanlash kerak. 1. So‘z bilan yordam ko‘rsatish usuli  
16 
 
O‘zimiz uchun xavfsiz joydan turib, jabrlanuvchiga qanday harakat qilish 
kerakligini aniq, ravshan va qisqa qilib aytish, shuningdek unga so‘z bilan dalda 
berish kerak. Doim jabrlanuvchining ko‘ziga qarashga harakat qilinadi. 
2. Narsa irg‘itish usuli 
Jabrlanuvchidan uncha uzoqda bo‘lmagan  holatda qo‘l ostida maqbul 
suzadigan buyum bo‘lsa, uni jabrlanuvchi ushlab oladigan qilib irg‘itiladi. 
3. Tortib chiqarish usuli 
Qo‘l ostidagi buyumni, masalan, eshkak yoki arqonni, uni suzuvchi vositaga 
bog‘lab, jabrlanuvchiga tashlanadi yoki uzatiladi. Ayni mahalda turgan joyni o‘zida 
mahkam joylashib olib, toki jabrlanuvchini suvdan tortib chiqarilar ekan, tananing 
og‘irlik markazi quyida bo‘lishi kerak. 
4. Sayoz joyda suvga tushib yordam ko‘rsatish 
Agar odam sayoz joyda halokatga uchragan bo‘lsa, oyoqni suv tubiga kattiq 
tirab olib, bir qo‘l bilan bironta ishonchli tayanch narsani, masalan, bog‘lash 
qurilmasini ushlab olgan holda, jabrlanuvchiga tayoq uzatiladi. Agar bunda ancha 
odam to‘planib qolgan bo‘lsa,  jabrlanuvchiga yordam berish uchun ulardan jonli 
zanjir hosil qilish mumkin. 
5. Qayiqdan foydalanish 
Cho‘kayotgan odamga kichikroq qayiqda unga bironta suzuvchi buyum 
tashlaydigan yoki tayoq uzatadigan qilib yaqinlashishga intilish kerak. Shundan 
so‘ng, 
jabrlanuvchini 
tortib 
kelish 
yoki 
qayiqqa 
chiqarib 
olish 
kerak. 
Jabrlanuvchining vazni, holati, qayiqning  chidamliligini va hokazolarni hisobga 
olgan holda qaror qabul qilinadi. Cho‘kayotgan odamni qutqarayotganda hech 
qachon qayiqda bor bo‘y bilan tik turmaslik kerak. 
6. Suzib borib qutqarish 
Agar cho‘kayotgan odamning oldiga suzib borishga to‘g‘ri kelsa, biron-bir 
qutqarish vositasini olish lozim. Xavfni kamaytirish uchun jabrlanuvchiga juda yaqin 
bormaslik, undan birmuncha narida to‘xtash va qutqarish vositasini uzatish kerak. 
Qutqarish vositasini jabrlanuvchi bilan qutqaruvchi  o‘rtasida tutib turib, u bilan ko‘z 
16 O‘zimiz uchun xavfsiz joydan turib, jabrlanuvchiga qanday harakat qilish kerakligini aniq, ravshan va qisqa qilib aytish, shuningdek unga so‘z bilan dalda berish kerak. Doim jabrlanuvchining ko‘ziga qarashga harakat qilinadi. 2. Narsa irg‘itish usuli Jabrlanuvchidan uncha uzoqda bo‘lmagan holatda qo‘l ostida maqbul suzadigan buyum bo‘lsa, uni jabrlanuvchi ushlab oladigan qilib irg‘itiladi. 3. Tortib chiqarish usuli Qo‘l ostidagi buyumni, masalan, eshkak yoki arqonni, uni suzuvchi vositaga bog‘lab, jabrlanuvchiga tashlanadi yoki uzatiladi. Ayni mahalda turgan joyni o‘zida mahkam joylashib olib, toki jabrlanuvchini suvdan tortib chiqarilar ekan, tananing og‘irlik markazi quyida bo‘lishi kerak. 4. Sayoz joyda suvga tushib yordam ko‘rsatish Agar odam sayoz joyda halokatga uchragan bo‘lsa, oyoqni suv tubiga kattiq tirab olib, bir qo‘l bilan bironta ishonchli tayanch narsani, masalan, bog‘lash qurilmasini ushlab olgan holda, jabrlanuvchiga tayoq uzatiladi. Agar bunda ancha odam to‘planib qolgan bo‘lsa, jabrlanuvchiga yordam berish uchun ulardan jonli zanjir hosil qilish mumkin. 5. Qayiqdan foydalanish Cho‘kayotgan odamga kichikroq qayiqda unga bironta suzuvchi buyum tashlaydigan yoki tayoq uzatadigan qilib yaqinlashishga intilish kerak. Shundan so‘ng, jabrlanuvchini tortib kelish yoki qayiqqa chiqarib olish kerak. Jabrlanuvchining vazni, holati, qayiqning chidamliligini va hokazolarni hisobga olgan holda qaror qabul qilinadi. Cho‘kayotgan odamni qutqarayotganda hech qachon qayiqda bor bo‘y bilan tik turmaslik kerak. 6. Suzib borib qutqarish Agar cho‘kayotgan odamning oldiga suzib borishga to‘g‘ri kelsa, biron-bir qutqarish vositasini olish lozim. Xavfni kamaytirish uchun jabrlanuvchiga juda yaqin bormaslik, undan birmuncha narida to‘xtash va qutqarish vositasini uzatish kerak. Qutqarish vositasini jabrlanuvchi bilan qutqaruvchi o‘rtasida tutib turib, u bilan ko‘z  
17 
 
va so‘z aloqasi bog‘lanadi. Jabrlanuvchiga dalda berib, uni suzish vositasi yordamida 
qirg‘oq tomon tortib borayotganda oyogini ishlatishga majbur etish lozim  
Jabrlanuvchini suvdan chiqarib olgach, uni qattiq joyga yotqizib yuqori nafas 
yo‘llarini tozalash, nafas olayotgan-olmayotganini 5 sekund ichida aniqlash, nafas 
olmayotgan bo‘lsa, sun’iy o‘pka ventilyasiyasini amalga oshirish, uyqu arteriyasidan 
tomir urishini tekshirish, tomir urmayotgan bo‘lsa, yurak-o‘pka faoliyatini tiklash 
choralarini ko‘rish lozim. 
7. O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari. 
Organizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yoki o‘limga olib keladigan 
har qanday modda zahar hisoblanadi. Zaharlanish oqibatlari  zaharli modda turiga, 
miqdoriga, zaharlanish ro‘y bergan vaqtga, zaharli modda bilan kontakt qancha vaqt 
davom etganligiga,  jabrlanuvchining fiziologik ko‘rsatkichlari (yoshi, og‘irligi)ga va 
organizmga tushish usuliga bog‘liq bo‘ladi.  
Zaharli modda inson organizmiga to‘rt xil yo‘l bilan: ovqat hazm qilish yo‘li, 
nafas yo‘llari, teri orqali hamda in’eksiya orqali tushishi mumkin. 
Zaharlanishda 
birinchi 
yordam 
ko‘rsatishda 
jabrlanuvchidan 
yoki 
guvohlardan qanday turdagi zaharlovchi modda qabul qilingani, qancha qabul 
qilingani va qancha vaqt o‘tgani so‘rab-surishtiriladi. 
Agar zaharli modda turi noma’lum bo‘lsa, tibbiy ekspertiza qilish uchun qusuq 
massasidan ozroq olinadi. 
Og‘iz orqali zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish. Bir litr qaynatilgan 
va xona haroratigacha sovitilgan suv bemorga ichiriladi va barmoqni og‘ziga tiqib, 
qayt qildiriladi. Agar jabrlanuvchi bexush, tortishib turgan, homilador ayol bo‘lsa, 
o‘yuvchi modda (kislota yoki ishqor) yoxud tarkibida neft bo‘lgan mahsulot (kerosin 
yo benzin) yutgan, yurak xastaligi bo‘lsa, uni qayt qildirib bo‘lmaydi. 
Qayt qildirganda yutilgan zaharli moddaning faqat bir qismi organizmdan 
chiqadi, shuning uchun qayt qilganidan keyin zaharli moddaning oshqozondagi 
konsentratsiyasini kamaytirish uchun jabrlanuvchiga 5-6 stakan suv ichirib, zarur 
holatlarda yana qayt qildiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. 
17 va so‘z aloqasi bog‘lanadi. Jabrlanuvchiga dalda berib, uni suzish vositasi yordamida qirg‘oq tomon tortib borayotganda oyogini ishlatishga majbur etish lozim Jabrlanuvchini suvdan chiqarib olgach, uni qattiq joyga yotqizib yuqori nafas yo‘llarini tozalash, nafas olayotgan-olmayotganini 5 sekund ichida aniqlash, nafas olmayotgan bo‘lsa, sun’iy o‘pka ventilyasiyasini amalga oshirish, uyqu arteriyasidan tomir urishini tekshirish, tomir urmayotgan bo‘lsa, yurak-o‘pka faoliyatini tiklash choralarini ko‘rish lozim. 7. O‘tkir zaharlanishlar va ularga qarshi kurash chora tadbirlari. Organizmga tushganda zaharlanishga, kasallikka yoki o‘limga olib keladigan har qanday modda zahar hisoblanadi. Zaharlanish oqibatlari zaharli modda turiga, miqdoriga, zaharlanish ro‘y bergan vaqtga, zaharli modda bilan kontakt qancha vaqt davom etganligiga, jabrlanuvchining fiziologik ko‘rsatkichlari (yoshi, og‘irligi)ga va organizmga tushish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Zaharli modda inson organizmiga to‘rt xil yo‘l bilan: ovqat hazm qilish yo‘li, nafas yo‘llari, teri orqali hamda in’eksiya orqali tushishi mumkin. Zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatishda jabrlanuvchidan yoki guvohlardan qanday turdagi zaharlovchi modda qabul qilingani, qancha qabul qilingani va qancha vaqt o‘tgani so‘rab-surishtiriladi. Agar zaharli modda turi noma’lum bo‘lsa, tibbiy ekspertiza qilish uchun qusuq massasidan ozroq olinadi. Og‘iz orqali zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatish. Bir litr qaynatilgan va xona haroratigacha sovitilgan suv bemorga ichiriladi va barmoqni og‘ziga tiqib, qayt qildiriladi. Agar jabrlanuvchi bexush, tortishib turgan, homilador ayol bo‘lsa, o‘yuvchi modda (kislota yoki ishqor) yoxud tarkibida neft bo‘lgan mahsulot (kerosin yo benzin) yutgan, yurak xastaligi bo‘lsa, uni qayt qildirib bo‘lmaydi. Qayt qildirganda yutilgan zaharli moddaning faqat bir qismi organizmdan chiqadi, shuning uchun qayt qilganidan keyin zaharli moddaning oshqozondagi konsentratsiyasini kamaytirish uchun jabrlanuvchiga 5-6 stakan suv ichirib, zarur holatlarda yana qayt qildiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi.  
18 
 
Nafas yo‘lidan kiradigan gazsimon toksinlar bilan zaharlanishda birinchi 
yordam ko‘rsatishda jabrlanuvchini ochiq havoga olib chiqib, tez yordam chaqirish 
zarur. Nafas yo‘llari, nafas olishi va tomir urishini kuzatib turing va zarur bo‘lsa, 
birinchi yordam ko‘rsatiladi. Tez yordam yetib kelgunicha jabrlanuvchiga qulay 
tarzda joylashib olishda yordam berish kerak. 
Teri qoplamasi orqali zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatishda zaharli 
modda bilan ifloslangan kiyimni yechib olib,  yuvilmagunicha ularga tegmaslikka 
harakat qilish kerak. Jarohat, masalan, kuygan joy bo‘lsa, toza yoki sterillangan ho‘l  
bog‘lam qo‘yiladi. 
Terida toshma yoki pufakchalar paydo bo‘lsa, zararlangan joyni qichishini 
kamaytirish uchun, ichimlik sodasi eritmasi bilan 20 minut davomida yuviladi. 
Terini zaharli o‘simliklar tegishidan ehtiyot qilish, himoya qo‘lqopi kiyib, 
zararlangan joylarni darhol sovunlab yuvib tashlash, quruq kimyoviy moddalarni 
artib tashlash, teri qoplamasiga zarar yetkazmaslikka harakat qilish, kimyoviy 
moddalar ko‘zga va teriga tushishidan ehtiyot bo‘lish lozim. 
8. Jarohatlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. 
Hodisa sodir bo‘lgan joyda jabrlanuvchilar soni qutqaruvchilarnikidan ko‘p 
bo‘lsa, jabrlanuvchilarni saralash — ajratishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda 
hammaga baravar birinchi yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmaydi. Bunda dastavval 
kimga yordam ko‘rsatishni hal qilib olish lozim. Qutqaruvchi ko‘pchilikning 
manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishi kerak. Dastlab eng jiddiy 
shikastlanganlarga yordam ko‘rsatiladi. Bir jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilsa-da, 
uning hayotini saqlab qolib bo‘lmaydigan, shu vaqt ichida boshqasi hayotdan ko‘z 
yumishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno. Masalan, avtomobil halokatida 
uch kishi jabrlandi, deylik. Bittasining yuragi to‘xtadi, qolgan ikkitasida esa kuchli 
qon ketmoqda. Agar birinchi jabrlanuvchining hayotini tiklash choralari ko‘rila 
boshlansa, bu ish natija bermasligi mumkin. Shu vaqtning ichida qolgan ikkitasining 
ahvoli yomonlashib, o‘limga olib kelishi mumkin. Shu tariqa, bittasining o‘limiga 
ko‘nikib, kuchli qon ketayotgan ikkitasining hayotini saqlab qolish imkoniyati bor. 
18 Nafas yo‘lidan kiradigan gazsimon toksinlar bilan zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatishda jabrlanuvchini ochiq havoga olib chiqib, tez yordam chaqirish zarur. Nafas yo‘llari, nafas olishi va tomir urishini kuzatib turing va zarur bo‘lsa, birinchi yordam ko‘rsatiladi. Tez yordam yetib kelgunicha jabrlanuvchiga qulay tarzda joylashib olishda yordam berish kerak. Teri qoplamasi orqali zaharlanishda birinchi yordam ko‘rsatishda zaharli modda bilan ifloslangan kiyimni yechib olib, yuvilmagunicha ularga tegmaslikka harakat qilish kerak. Jarohat, masalan, kuygan joy bo‘lsa, toza yoki sterillangan ho‘l bog‘lam qo‘yiladi. Terida toshma yoki pufakchalar paydo bo‘lsa, zararlangan joyni qichishini kamaytirish uchun, ichimlik sodasi eritmasi bilan 20 minut davomida yuviladi. Terini zaharli o‘simliklar tegishidan ehtiyot qilish, himoya qo‘lqopi kiyib, zararlangan joylarni darhol sovunlab yuvib tashlash, quruq kimyoviy moddalarni artib tashlash, teri qoplamasiga zarar yetkazmaslikka harakat qilish, kimyoviy moddalar ko‘zga va teriga tushishidan ehtiyot bo‘lish lozim. 8. Jarohatlanganlarni tibbiy saralash (triaj) qoidalari. Hodisa sodir bo‘lgan joyda jabrlanuvchilar soni qutqaruvchilarnikidan ko‘p bo‘lsa, jabrlanuvchilarni saralash — ajratishga to‘g‘ri keladi. Bunday vaziyatda hammaga baravar birinchi yordam ko‘rsatishning imkoni bo‘lmaydi. Bunda dastavval kimga yordam ko‘rsatishni hal qilib olish lozim. Qutqaruvchi ko‘pchilikning manfaatlaridan kelib chiqib qaror qabul qilishi kerak. Dastlab eng jiddiy shikastlanganlarga yordam ko‘rsatiladi. Bir jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatilsa-da, uning hayotini saqlab qolib bo‘lmaydigan, shu vaqt ichida boshqasi hayotdan ko‘z yumishi mumkin bo‘lgan hollar bundan mustasno. Masalan, avtomobil halokatida uch kishi jabrlandi, deylik. Bittasining yuragi to‘xtadi, qolgan ikkitasida esa kuchli qon ketmoqda. Agar birinchi jabrlanuvchining hayotini tiklash choralari ko‘rila boshlansa, bu ish natija bermasligi mumkin. Shu vaqtning ichida qolgan ikkitasining ahvoli yomonlashib, o‘limga olib kelishi mumkin. Shu tariqa, bittasining o‘limiga ko‘nikib, kuchli qon ketayotgan ikkitasining hayotini saqlab qolish imkoniyati bor.  
19 
 
Katta miqyosdagi tabbiy ofat, avariya va katastrofalarda ko‘plab insonlar 
jarohat oladilar. Tibbiy saralashda jarohat olganlar rangli tasmalar yoki qog‘ozlar 
bilan belgilanadi. 
«Qizil» - jarohati og‘irlar, tez tibbiy yordamga muhtojlar kiradi;  
«Sariq» — tibbiy yordamga muhtoj, ammo ma’lum muddatgacha kutishi 
mumkin bo‘lgan jarohat olganlar; 
«Yashil» - jarohat olganlami tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, lekin ular uzoq 
vaqtgacha kutishi mumkin bo’lganlar; 
«Qora» -  nafas olmayotganlar (o’lganlar) 
Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yoki qog‘oz hamda himoya vositalari - 
qo‘lqop, maska, ko‘zoynak va boshqalar bo‘lishligi shart. 
 Triaj vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi, faqat triajni qisqa 
fursatda o‘tkazish talab etiladi. Triaj o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng, ularga birinchi 
tibbiy yordam ko‘rsatiladi. 
9. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish. 
Davolash muassasalariga kelgan bemor yoki jarohatlangan odamlarning 
ko‘pchiligi kasalxonalarga yurib borolmaydi. Ularni ko‘tarib olib borishga to‘g‘ri 
keladi. Shuningdek, baxtsiz hodisa yuz berganda bemorlar harakat qila olmaydi. Shu 
boisdan barcha aholi va talabalar odamlarni va bemorlarni kasalxonaga ko‘tarib olib 
borish usullarini yaxshi bilishlari kerak. Bemorlar kasalxonaga qo‘lda va nosilka 
(zambil)da, 
shuningdek, 
qo‘lda 
yasalgan 
har 
xil 
materiallardan 
qilingan 
(improvizirovanniy) nosilkalarda olib boriladi. Standart nosilkaning og‘irligi 9,5— 
10 kg, uzunligi - 221 sm, kengligi - 55,1 sm, balandligi - 16,4 sm bo‘ladi. Keyingi 
vaqtda yengilroq — og‘irligi 7,5 kg bo‘lgan nosilka konstruksiyasi ishlab chiqilgan. 
19 Katta miqyosdagi tabbiy ofat, avariya va katastrofalarda ko‘plab insonlar jarohat oladilar. Tibbiy saralashda jarohat olganlar rangli tasmalar yoki qog‘ozlar bilan belgilanadi. «Qizil» - jarohati og‘irlar, tez tibbiy yordamga muhtojlar kiradi; «Sariq» — tibbiy yordamga muhtoj, ammo ma’lum muddatgacha kutishi mumkin bo‘lgan jarohat olganlar; «Yashil» - jarohat olganlami tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, lekin ular uzoq vaqtgacha kutishi mumkin bo’lganlar; «Qora» - nafas olmayotganlar (o’lganlar) Jabrlanganlarni saralashda rangli tasma yoki qog‘oz hamda himoya vositalari - qo‘lqop, maska, ko‘zoynak va boshqalar bo‘lishligi shart. Triaj vaqtida jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmaydi, faqat triajni qisqa fursatda o‘tkazish talab etiladi. Triaj o‘tkazib bo‘lingandan so‘ng, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatiladi. 9. Jabrlanganlarni transportirovka qilishda yordam ko‘rsatish. Davolash muassasalariga kelgan bemor yoki jarohatlangan odamlarning ko‘pchiligi kasalxonalarga yurib borolmaydi. Ularni ko‘tarib olib borishga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, baxtsiz hodisa yuz berganda bemorlar harakat qila olmaydi. Shu boisdan barcha aholi va talabalar odamlarni va bemorlarni kasalxonaga ko‘tarib olib borish usullarini yaxshi bilishlari kerak. Bemorlar kasalxonaga qo‘lda va nosilka (zambil)da, shuningdek, qo‘lda yasalgan har xil materiallardan qilingan (improvizirovanniy) nosilkalarda olib boriladi. Standart nosilkaning og‘irligi 9,5— 10 kg, uzunligi - 221 sm, kengligi - 55,1 sm, balandligi - 16,4 sm bo‘ladi. Keyingi vaqtda yengilroq — og‘irligi 7,5 kg bo‘lgan nosilka konstruksiyasi ishlab chiqilgan.  
20 
 
 
Meditsina nosilkasi (a) va yasama nosilkalar (b, v). 
 
Aholi orasida yoppasiga shikastlanish va jarohatlanish ro‘y berganda 
qutqaruvchi otryadlar tashkil qilinib, ularda nosilka ko‘taruvchi zvenolar ham bo‘ladi. 
“Qizil yarim oy jamiyati” esa sanitar drujinalar tashkil qiladi. Qutqaruvchi otryadlar 
va sanitar drujinalar bemorlarga zarur meditsina yordami ko‘rsatishi bilan birga, 
jarohatlanganlarni favqulodda vaziyat yuz bergan hududdan olib chiqishga ham 
yordam beradi. Nosilka ko‘taruvchi zveno to‘rt kishidan iborat bo‘ladi.  
Favqulodda vaziyat yuz bergan joyda ko‘p odam jarohatlanganda ularni tez 
olib chiqib ketish uchun nosilkalar yetarli bo‘lishi kerak. Ular yetishmay qolganda 
turli materiallar (masalan, yog‘och, adyol, qoplar)dan ham nosilka o‘rnida 
foydalanish mumkin.  
Qishda tunuka, fanerdan foydalanib chana yasab, jarohatlangan odamni unga 
kamar bilan bog‘lab olib ketish mumkin. Adyol va kiyimlardan foydalanib yasama 
nosilkalar tayyorlash mumkin. 
Shikastlangan kishilarni zararlanishning og‘ir-yengilligiga ko‘ra guruhlarga 
bo‘lib ketma-ket transportirovka qilinadi: 
1-guruh.  Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i og‘ir shikastlanganlar, behush, shok, 
koma, kollaps holatidagi bermorlar, kalla suyagi shikastlangan, oyog‘i va qo‘li 
kesilgan, ochiq suyak sinishi bo‘lgan, kuygan bemorlar. 
2-guruh.  Oyoq yoki qo‘l suyaklari yopiq singan, ko‘p qon yo‘qotgan, biroq 
qon oqishi to‘xtatilgan bemorlar. 
20 Meditsina nosilkasi (a) va yasama nosilkalar (b, v). Aholi orasida yoppasiga shikastlanish va jarohatlanish ro‘y berganda qutqaruvchi otryadlar tashkil qilinib, ularda nosilka ko‘taruvchi zvenolar ham bo‘ladi. “Qizil yarim oy jamiyati” esa sanitar drujinalar tashkil qiladi. Qutqaruvchi otryadlar va sanitar drujinalar bemorlarga zarur meditsina yordami ko‘rsatishi bilan birga, jarohatlanganlarni favqulodda vaziyat yuz bergan hududdan olib chiqishga ham yordam beradi. Nosilka ko‘taruvchi zveno to‘rt kishidan iborat bo‘ladi. Favqulodda vaziyat yuz bergan joyda ko‘p odam jarohatlanganda ularni tez olib chiqib ketish uchun nosilkalar yetarli bo‘lishi kerak. Ular yetishmay qolganda turli materiallar (masalan, yog‘och, adyol, qoplar)dan ham nosilka o‘rnida foydalanish mumkin. Qishda tunuka, fanerdan foydalanib chana yasab, jarohatlangan odamni unga kamar bilan bog‘lab olib ketish mumkin. Adyol va kiyimlardan foydalanib yasama nosilkalar tayyorlash mumkin. Shikastlangan kishilarni zararlanishning og‘ir-yengilligiga ko‘ra guruhlarga bo‘lib ketma-ket transportirovka qilinadi: 1-guruh. Ko‘krak va qorin bo‘shlig‘i og‘ir shikastlanganlar, behush, shok, koma, kollaps holatidagi bermorlar, kalla suyagi shikastlangan, oyog‘i va qo‘li kesilgan, ochiq suyak sinishi bo‘lgan, kuygan bemorlar. 2-guruh. Oyoq yoki qo‘l suyaklari yopiq singan, ko‘p qon yo‘qotgan, biroq qon oqishi to‘xtatilgan bemorlar.  
21 
 
3-guruh. Kam qon yo‘qotgan, biroq qon oqishi to‘xtagan, mayda suyaklari 
singan, lat yegan bemorlar. 
Bu guruhlarning har biridagi kichik yoshdagi bolalarni onasi yoki otasi bilan 
birinchi navbatda evakuatsiya qilish zarur. 
Kasallar va shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko‘proq 
avaylaydigan sharoitlar yaratib, olib ketilayotgan odamni hammadan qulay va turli 
vaziyatda yotqizib qo‘yish kerak. Olib borish va tashishda noto‘g‘ri harakat qilinsa, 
bu ahvolni yomonlashtirib, qo‘shimcha shikast paydo bo‘lishiga olib kelishi, qon 
oqishining kuchayishiga, singan suyakning o‘rnidan siljib qolishiga sabab bo‘lishi 
mumkin. 
Davolash muassasalari odamlar zararlangan joydan uzoq bo‘lsa yoki birinchi 
yordam beruvchi otryadlar shahardan tashqarida joylashgan bo‘lsa, bemorlar 
mashinada evakuatsiya qilinadi. Tinchlik vaqtida esa bemorlar kasalxonaga faqat 
maxsus sanitar mashinada yuboriladi. Favqulodda vaziyat yuz berganda ko‘p odam 
shikastlanadi. Davolash muassasalari yaqinda bo‘lsa, shikastlangan odamlarni olib 
borishda transportning hamma turlaridan foydalanish mumkin.  
10. Halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish. 
Ba’zida tabiiy ofat natijasida minglab oilalar boshpanasiz qoladilar va noqulay, 
juda qiyin sharoitga tushib qoladilar. Binolar buzilishi oqibatida oqova kanallari 
izdan chiqishi, kir yuvish va hammom xizmatlarining yomonlashuvi natijasida 
yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi uchun qulay vaziyat tug‘iladi. Bu sharoitda tibbiy 
xizmat oldida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish vazifasi paydo bo‘ladi. 
Bu esa halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish va tibbiy-sanitar 
oqibatlarini tugatish tadbirlarini o’tkazishni talab etadi.  
Aholini yaxshi, sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, maishiy 
chiqindilarni markazlashtirilgan tarzda olib chiqib ketish, sifatli va to‘laqonli oziq-
ovqat bilan ta’minlash, hammomlarning doimiy ravishda ishlashi, yuqumli 
kasalliklaming oldini olishga yordam beradi. Esda saqlash lozimki, bolalarga yuqumli 
kasalliklar juda tez yuqadi. 
21 3-guruh. Kam qon yo‘qotgan, biroq qon oqishi to‘xtagan, mayda suyaklari singan, lat yegan bemorlar. Bu guruhlarning har biridagi kichik yoshdagi bolalarni onasi yoki otasi bilan birinchi navbatda evakuatsiya qilish zarur. Kasallar va shikastlangan odamlarni olib borishda mumkin qadar ko‘proq avaylaydigan sharoitlar yaratib, olib ketilayotgan odamni hammadan qulay va turli vaziyatda yotqizib qo‘yish kerak. Olib borish va tashishda noto‘g‘ri harakat qilinsa, bu ahvolni yomonlashtirib, qo‘shimcha shikast paydo bo‘lishiga olib kelishi, qon oqishining kuchayishiga, singan suyakning o‘rnidan siljib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Davolash muassasalari odamlar zararlangan joydan uzoq bo‘lsa yoki birinchi yordam beruvchi otryadlar shahardan tashqarida joylashgan bo‘lsa, bemorlar mashinada evakuatsiya qilinadi. Tinchlik vaqtida esa bemorlar kasalxonaga faqat maxsus sanitar mashinada yuboriladi. Favqulodda vaziyat yuz berganda ko‘p odam shikastlanadi. Davolash muassasalari yaqinda bo‘lsa, shikastlangan odamlarni olib borishda transportning hamma turlaridan foydalanish mumkin. 10. Halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish. Ba’zida tabiiy ofat natijasida minglab oilalar boshpanasiz qoladilar va noqulay, juda qiyin sharoitga tushib qoladilar. Binolar buzilishi oqibatida oqova kanallari izdan chiqishi, kir yuvish va hammom xizmatlarining yomonlashuvi natijasida yuqumli kasalliklar paydo bo’lishi uchun qulay vaziyat tug‘iladi. Bu sharoitda tibbiy xizmat oldida yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish vazifasi paydo bo‘ladi. Bu esa halokat o‘choqlarida sanitar-epidemik tadbirlarni o‘tkazish va tibbiy-sanitar oqibatlarini tugatish tadbirlarini o’tkazishni talab etadi. Aholini yaxshi, sifatli ichimlik suvi bilan uzluksiz ta’minlash, maishiy chiqindilarni markazlashtirilgan tarzda olib chiqib ketish, sifatli va to‘laqonli oziq- ovqat bilan ta’minlash, hammomlarning doimiy ravishda ishlashi, yuqumli kasalliklaming oldini olishga yordam beradi. Esda saqlash lozimki, bolalarga yuqumli kasalliklar juda tez yuqadi.  
22 
 
Yuqumli kasallikning paydo bo‘lish omillari: 
Kasallik yuqtiradigan manbaning mavjudligi; 
Kasallik yuqish va tarqalish yo‘llarining mavjudligi; 
Kasallikka beriluvchi odamlarning mavjudligi. 
Kasallikning yuqish yo‘llari: 
Havo-tomchi; 
Og‘iz orqali; 
Qon orqali; 
Kontakt yo‘li. 
Yuqumli kasalliklar paydo bo‘lish xavfi: 
Aholi zichligi; 
Aholining ko‘chib yurishi; 
Kommunikatsiya tarmoqlarining ishdan chiqishi; 
Sog‘liqni saqlash dasturlarining bajarilmay qolishi. 
Kasallik tarqalishining oldini olish: 
Kuzatish (observatsiya): 
Kasallik o‘chog‘iga kirishni cheklash; 
Kasallik o‘chog‘idan chiqishni cheklash; 
Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni cheklash. 
Karantin: 
Kasallik o‘chog‘iga kirishni taqiqlash; 
Kasallik o‘chog‘idan chiqishni taqiqlash; 
Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni taqiqlash; 
Kasallik tarqalishining oldini olish. 
Dezinfeksiya 
- 
biologik 
shikastlanish 
o‘chog‘ida 
olib 
boriladigan 
zararsizlantirish 
tadbirlari 
hisoblanadi. 
Dezinfeksiya 
o‘tkazishda 
maxsus 
dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa vositalar ham ishlatiladi.  
Dezinfeksiya mexanik, fizik va kimyoviy usulda amalga oshiriladi. 
22 Yuqumli kasallikning paydo bo‘lish omillari: Kasallik yuqtiradigan manbaning mavjudligi; Kasallik yuqish va tarqalish yo‘llarining mavjudligi; Kasallikka beriluvchi odamlarning mavjudligi. Kasallikning yuqish yo‘llari: Havo-tomchi; Og‘iz orqali; Qon orqali; Kontakt yo‘li. Yuqumli kasalliklar paydo bo‘lish xavfi: Aholi zichligi; Aholining ko‘chib yurishi; Kommunikatsiya tarmoqlarining ishdan chiqishi; Sog‘liqni saqlash dasturlarining bajarilmay qolishi. Kasallik tarqalishining oldini olish: Kuzatish (observatsiya): Kasallik o‘chog‘iga kirishni cheklash; Kasallik o‘chog‘idan chiqishni cheklash; Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni cheklash. Karantin: Kasallik o‘chog‘iga kirishni taqiqlash; Kasallik o‘chog‘idan chiqishni taqiqlash; Kasallik o‘chog‘idan o‘tishni taqiqlash; Kasallik tarqalishining oldini olish. Dezinfeksiya - biologik shikastlanish o‘chog‘ida olib boriladigan zararsizlantirish tadbirlari hisoblanadi. Dezinfeksiya o‘tkazishda maxsus dezinfeksiyalovchi vositalar fenol, krezol, lizol va boshqa vositalar ham ishlatiladi. Dezinfeksiya mexanik, fizik va kimyoviy usulda amalga oshiriladi.  
23 
 
Favqulodda vaziyatlar markazlarida epidemik qatlamlar va ommaviy tibbiy-
sanitar yo‘qotishlar yuzaga kelish ehtimoli borligi munosabati bilan tibbiy yordam 
ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘tkazish uchun katta miqdorda tibbiy tuzilmalarni 
jalb qilish kerak bo‘ladi. Jarohatlanganlarni davolash esa ko‘p sonli tibbiyot 
muassasalaridan foydalanishni talab qiladi. 
23 Favqulodda vaziyatlar markazlarida epidemik qatlamlar va ommaviy tibbiy- sanitar yo‘qotishlar yuzaga kelish ehtimoli borligi munosabati bilan tibbiy yordam ko‘rsatish va profilaktik tadbirlar o‘tkazish uchun katta miqdorda tibbiy tuzilmalarni jalb qilish kerak bo‘ladi. Jarohatlanganlarni davolash esa ko‘p sonli tibbiyot muassasalaridan foydalanishni talab qiladi.