Amaliy mashg‘ulot. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
1
Sahifalar soni
10
Faytl hajmi
62,0 KB
Amaliy mashg‘ulot. Hayot faoliyati xavfsizligining huquqiy asoslari.
Reja:
1. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida
qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini o’rganish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlarini o’rganish.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini o’rganish.
4. Davlat standartlarini o’rganish.
4. Favqulodda vaziyatlarda xavfsizlikni ta’minlash va fuqaro muhofazasi
sohasida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari
Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish -
favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish choralari, usullari,
vositalari tizimi, sa’y-harakatlari majmui.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish - oldindan o‘tkaziladigan hamda
favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi xavfini imkon qadar kamaytirishga, bunday
vaziyatlar ro‘y bergan taqdirda esa, odamlarning hayotini saqlab qolish va
sog‘lig‘ini saqlashga, atrof tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar
miqdorini kamaytirishga qaratilgan tadbirlar kompleksi.
Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish - favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda
o‘tkaziladigan hamda odamlar hayotini asrab qolish va sog‘lig‘ini saqlashga, atrof
tabiiy muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy talafotlar miqdorini kamaytirishga,
shuningdek favqulodda vaziyatlar ro‘y bergan zonalarning kengayishiga yo‘l
qo‘ymaslikka hamda xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan qutqaruv ishlari va
kechiktirib bo‘lmaydigan boshqa ishlar kompleksi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng aholi va
hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida bir qator ijobiy ishlar
amalga oshirildi. 1996 yil 4 martda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-
1378 Farmoni bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil etildi. Vazirlik faoliyat
yurita boshlagandan so‘ng aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza
qilish sohasining huquqiy asosini tashkil etuvchi qonunlar qabul qilindi. Jumladan:
Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust) – 5 ta bo‘lim, 27
moddadan iborat. Qonun aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli
favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladi hamda favqulodda vaziyatlar ro‘y berishi va rivojlanishining oldini
olish, favqulodda vaziyatlar keltiradigan talafotlarni kamaytirish va favqulodda
vaziyatlarni bartaraf etishni maqsad qilib qo‘yadi.
Fuqaro muhofazasi to‘g‘risida (2000 yil 26 may) – 4 ta bo‘lim,
23 moddadan iborat. Ushbu qonun fuqaro muhofazasi sohasidagi asosiy vazifalarni,
ularni amalga oshirishning huquqiy asoslarini, davlat organlarining, muassasalar va
tashkilotlarning vakolatlarini, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining huquqlari va
majburiyatlarini, shuningdek fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini belgilaydi.
Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida (1999 yil 20 avgust) –
15 modda. Ushbu qonunning maqsadi gidrotexnika inshootlarini loyihalashtirish,
qurish, foydalanishga topshirish, ulardan foydalanish, ularni rekonstruksiya qilish,
tiklash, konservatsiyalash va tugatishda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha faoliyatni
amalga oshirishda yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga solishdir.
Radiatsiyaviy xavfsizlik to‘g‘risida (2000 yil 31 avgust) – 5 ta bo‘lim,
28 moddadan iborat. Qonunning maqsadi radiatsiyaviy xavfsizlikni, fuqarolar
hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki, shuningdek, atrof muhitni ionlashtiruvchi
nurlanishning zararli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlash bilan bog‘liq
munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida (2006
yil 28 sentyabr) – 23 modda. Qonunning maqsadi xavfli ishlab chiqarish
ob’ektlarining sanoat xavfsizligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2000 yil 15 dekabr) – 6 ta bo‘lim,
31 moddadan iborat. Ushbu qonunning maqsadi terrorizmga qarshi kurash
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Qonunning asosiy vazifalari
shaxs, jamiyat va davlatning suverenitetini va hududiy yaxlitligini himoya qilish,
fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni saqlashdan iborat.
Ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida (2018 yil 30 iyul) – 5 bob 24
moddadan iborat. Ushbu Qonunning maqsadi ekstremizmga qarshi kurashish
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining
farmon va qarorlari.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 19 fevraldagi “Toshqinlar,
sel oqimlari, qor ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda
vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini tugatish borasidagi
chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-585-sonli Qarori. Toshqinlar, sel oqimlari, qor
ko‘chish va yer ko‘chki hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan aholi va
hududlarni muhofaza qilish bo‘yicha ishlarni o‘z vaqtida va samarali tashkil etish,
shuningdek ularning ehtimol tutilgan oqibatlarini tezkorlik bilan tugatish maqsadida
qabul qilingan. Har yili joriy yilga belgilangan qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari qabul qilinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 iyundagi “Favqulodda
vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish tizimi samaradorligini
tubdan
oshirish
chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi
PF-5066-sonli
Farmoni.
Farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish tizimi faoliyatini
takomillashtirishning eng muhim yo‘nalishlari va O‘zbekiston Respublikasi
Favqulodda vaziyatlar vazirligining vazifalari belgilandi.
Farmonga
muvofiq,
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi
huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi, Katta va alohida muhim suv
xo‘jaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish
davlat inspeksiyasi, Kichik hajmli kemalar davlat inspeksiyasi, shuningdek, Fanlar
akademiyasi Seysmologiya institutining Tezkor xabarlar xizmati O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ushbu Farmoni favqulodda
vaziyatlar rivojlanish xavfi yuqori bo‘lgan tumanlarda (shaharlarda) favqulodda
vaziyatlar bo‘yicha qo‘shimcha bo‘limlar va qutqaruv otryadlari tashkil etish orqali
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining salohiyatini mustahkamlash va quyi
bo‘g‘inlarini kengaytirishga qaratilgan.
Mazkur Farmonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini
bartaraf etish tizimi samaradorligini oshirish, kadrlar salohiyatini mustahkamlash,
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ilm-fan va texnika yutuqlarini
joriy etish, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash ko‘zda tutilgan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.
Farmonni
amalga
oshirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining quyidagi ikki qarori imzolandi:
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyun kundagi
“O’zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirish bo’yicha tashkiliy tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3029-sonli
qarori. Qaror bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimining tashkiliy tuzilmasi va
Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi tashkilotlar tashkiliy tuzilmalari
tasdiqlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 iyun kundagi "Aholi va
hududlarni favqulotda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida mutaxassislar
tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida"gi
PQ - 3030 - sonli qarori. Qarorda mutaхassislarni aholi va hududlarni favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida qayta tayyorlashva ularning malakasini
oshirish darajasi va sifatini yanada takomillashtirishni tubdan o'zgartirish,
tayyorgarlikdan o'tkazishning yagona tizimini yaratish, ilmiy-tadqiqotlar olib borish
samaradorligini oshirish, shuningdek, Fuqaro muhofazasi institutining moddiy-
teхnika bazasini rivojlantirish maqsadida bir qator vazifalar, jumladan, Fuqaro
muhofazasi institutining asosiy vazifalari belgilab berildi. Institutda 5A640103—
“Favqulodda vaziyatlarda aholi хavfsizligi” mutaхassisligi bo'yicha magistratura
ochildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 iyundagi “O‘zbekiston
Respublikasi aholisiga 2017 - 2021 yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam
ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3071-sonli
Qarori. Qarorda respublikaning ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamini yanada
rivojlantirishning eng muhim yo‘nalishlarini belgilash, uning geografiyasini tuman
(shahar) darajasigacha kengaytirish, hududiy ixtisoslashgan tibbiyot tashkilotlariga
tashkiliy-metodik
rahbarlik
qilish
uchun
respublika
ixtisoslashtirilgan
markazlarining mas’uliyatini oshirish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning
zamonaviy usullari va texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari nazarda
tutilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 avgustdagi “O‘zbekiston
Respublikasi hududi va aholisining seysmik xavfsizligi, seysmik chidamli
qurilish va seysmologiya sohasida ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlarini to‘g‘risida”gi PQ-3190-sonli Qarori.
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish
tizimi samaradorligini oshirish, aholi va hududlarni seysmik хavfdan himoya qilish
bo'yicha aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, seysmologiya
va seysmik chidamli qurilish sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini jahon talablari
darajasida o'tkazish uchun shart-sharoitlar yaratish, yer qobig'i shakli jiddiy
o'zgarishini kuzatuvchi, seysmik хavfni baholovchi va zilzilalarni prognoz qiluvchi
stansiyalar tarmog'ining moddiy-teхnik bazasini mustahkamlash maqsadida
O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi,
Davlat arхitektura va qurilish qo'mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining
seysmologiya, seysmik chidamli qurilish va seysmik хavfsizlik sohasidagi
tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek,
Fanlar akademiyasi G.O. Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti, M.T.
Urazbaev nomidagi Meхanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti hamda
Favqulodda
vaziyatlar
vazirligi
Seysmoprognostik
monitoring
respublika
markazining eksperimental bazasini zamon talablari darajasida modernizasiyalash
to'g'risidagi taklifi qabul qilingan.
Seysmologiya, binolar va inshootlarini seysmik chidamli qilib qurish
sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni yanada rivojlantirish va ularning samaradorligini
oshirish, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarning seysmik
хavfsizligi darajasini oshirish bo'yicha chora-tadbirlar majmui tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “Favqulodda
vaziyatlar tuzilmalarining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha
tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-4276-son Qarori. Qarorda “O‘zbekiston
Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom” va 2019 ― 2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi faoliyatini yanada
takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 10 apreldagi “O‘zbekiston
Respublikasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etish hamda
yong‘in xavfsizligini ta’minlashning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish
to‘g‘risida”gi PF-5706-son Farmoni.
Farmomga asosan mavjud shtat birliklari, moliyaviy va moddiy-texnik
bazasining to‘liq hajmida, doimiy joylashgan manzillari o‘zgartirilmagan holda
o‘rnatilgan tartibda berildi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga:
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligidan:
Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi, uning tarkibiy va hududiy tuzilmalari,
Davlat yong‘in xavfsizligi xizmatining tugatilishini nazarda tutgan holda;
Yong‘in xavfsizligi instituti;
Mudofaa vazirligidan — Gidrometeorologik jarayonlarga ta’sir ko‘rsatishni
boshqarish xizmati;
b) Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidan O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga — Gidrometeorologiya xizmati markazi.
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida mavjud
hamda berilayotgan shtat birliklari doirasida quyidagilar tashkil etildi:
Qutqaruv kuchlari xizmatini va favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishni tashkil
qilish bosh boshqarmasi;
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularda harakat qilish davlat tizimi
hamda fuqaro muhofazasining tashkiliy ta’minoti va rejalashtirish bosh
boshqarmasi;
Davlat yong‘in nazoratini tashkil etish bosh boshqarmasi;
Yong‘in xavfsizligi instituti, Boshlang‘ich tayyorgarlik va malaka oshirish
markazi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Fuqaro muhofazasi instituti negizida
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyuldagi “O‘zbekiston
Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4794-son Qarori.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasida seysmik xavfsizlikni ta’minlash
tizimini takomillashtirish dasturi tasdiqlangan.
Quyidagilar seysmik xavfsizlikni ta’minlashning asosiy yo‘nalishlari etib
belgilangan:
- aholining
seysmik
xavfsizligini
ta’minlashning
huquqiy
asoslarini
takomillashtirish;
- seysmik xavf darajasini kamaytirish choralarini ko‘rish;
- foydalanishda
bo‘lgan
va
foydalanishga
topshiriladigan
bino
va
inshootlarning seysmik mustahkamligini nazorat qilish;
- respublika
hududida
joylashgan
suv
omborlari
va
gidrotexnika
inshootlarining seysmik mustahkamligini nazorat qilish;
- seysmik
xavfsizlikni
ta’minlash
sohasiga
zamonaviy
axborot-
kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish;
- seysmik xavfsizlik va mustahkamlikni ta’minlashning zamonaviy uslub va
texnik vositalarini amaliyotga joriy etish;
- seysmik xavfsizlik va mustahkamlikni ta’minlashning ilmiy asoslari va
texnologiyalarini takomillashtirish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari: