Amaliy mashg‘ulot. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralari
Yuklangan vaqt
2024-07-21
Yuklab olishlar soni
2
Sahifalar soni
30
Faytl hajmi
510,0 KB
Amaliy mashg‘ulot. Yong‘in xavfsizligi asoslari. Yong‘in xavfsizligini
ta’minlash choralari
Reja:
1. Yong‘inni o‘chirish usullari va vositalari.
2. Yong’indan xabar berish vositalari, yong‘in ofatida inshootlardagi
fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi.
3. Yong’in sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilish qoidalari.
4. Is gazidan zaharlanishning oldini olish hamda tabiiy gaz va boshqa
muqobil yoqilg‘i turlari bilan ishlaydigan isitish pechlaridan xavfsiz foydalanish.
1. Yong‘inni o‘chirish usullari va vositalari.
Har qanday yong‘inni o‘chirganda yong‘inning kuchayishiga olib
kelayotgan omillarni va sharoitini aniqlash muhim o‘rinni egallaydi. Bunda
yonishning davom etishini to‘xtatuvchi sharoit yaratish katta ahamiyatga ega.
Yong‘inni o‘chirganda qattiq jismlar yonganda yong‘inning tezligi 4 m/min,
suyuqliklar yuzasi bo‘yicha esa 30 m/min ekanligini hisobga olish kerak.
Yong‘in holatini aniqlash yong‘in o‘chirish ekipajlarining yong‘inni
o‘chirishga chiqqan vaqtidan boshlab to uni bartaraf qilguncha o‘tkaziladi.
Yong‘inda quyidagilar aniqlanishi lozim:
- odamlar uchun xavfning bor yoki yo‘qligi, ularning turgan joylari,
qutqarishning usullari;
- yong‘in sodir bo‘lgan joy, yong‘inning o‘lchamlari, olovning tarqalish
yo‘llari;
- yong‘in joyiga kuch va vositalarni kiritish yo‘llari va imkoniyatlari;
- portlash xavfi, zaharlanish, binoning qulashi, tez alangalanuvchi va
portlovchi moddalar hamda kuchlanish ostidagi elektr qurilmalarning bor yoki
yo‘qligi;
- mol-mulklarni xavfsiz joyga olib chiqish, ularni olovdan, tutundan va
yong‘in o‘chirish vositalari ta’siridan saqlash zarurati;
- bino qismlarini ochish va ajratish zarurati;
- yong‘in joyiga yaqin bo‘lgan suv manbalari va ulardan foydalanish
usullari;
- joylarda o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalarining borligi va ularning
texnik holati, ulardan foydalanish tartibi.
Yong‘in vaqtida quyidagi holatlar bo‘lishi mumkin:
- odamlarning ko‘pligi, yordamga muhtojligi;
- binolar qurilishining murakkabligi;
- tik va qiya yo‘nalishlarda texnologik qurilmalar, yonuvchi materiallar,
ayvonlar, tuynuklar, derazalar, bo‘shliqlar va ventelatsiya tizmalari orqali olovning
tarqalishi;
- haroratning tez ko‘tarilishi va issiq havo oqimlarining ochiq joylarga
o‘tishi;
- modda va materiallarning issiqlik ta’sirida gaz-bug‘ havo aralashmasini
hosil qilishi;
- tutun, zaharli gazlarning ajralishi va ularning tez tarqalishi;
- elektr kuchlanishi ostidagi asboblarning mavjudligi;
- bosim ostida turgan idish va asbob sig‘imlarining portlashi;
- bino, qurilma va texnologik uskunalarning buzilishi hamda qulashi;
- bino ichida ko‘p miqdorda ilmiy, moddiy va boshqa qimmatbaho
boyliklarning mavjudligi.
Yong‘inni quyidagi usullar orqali o‘chirish mumkin:
- kuch va vositalarni hal qiluvchi yo‘nalishga kiritish;
- yong‘in o‘chirish vositalarini uzluksiz ta’minlash;
- yonayotgan materiallar ustiga sovituvchi yong‘in o‘chirish vositalarini
uzatish;
- yong‘in maydonida yoki uning atrofida yonmaydigan gaz yoki bug‘
aralashmalarini hosil qilish va yong‘in jarayonini kimyoviy to‘xtatish;
- yong‘inni o‘chirish vositalari yordamida yonayotgan material atrofida yoki
yong‘in maydonida va havo orasida himoya qatlamini hosil qilish.
Yong‘inda odamlarga xavf solishini, portlash xavfini, olovning tez
tarqalishini hamda yong‘in o‘chirishni ta’minlaydigan harakat hal qiluvchi
yo‘nalish hisoblanadi.
Yong‘inni bartaraf etish uchun birinchi navbatda ichki yong‘in o‘chirish
jo‘mraklari, o‘rnatilgan yong‘in o‘chirish qurilmalaridan foydalaniladi.
O‘t o‘chirish vositalari sifatida suv, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik
ko‘piklar, inert va yonmaydigan gazlar, qattiq, paroshoksimon materiallar va
maxsus kimyoviy moddalar va aralashmalardan foydalaniladi.
Suv bilan o‘chirish. Suv eng ko‘p tarqalgan arzon va shuning bilan birga
deyarli hamma yerda mavjud bo‘lgan o‘t o‘chirish vositasi bo‘lib, har qanday
kattalikdagi yong‘inlarni o‘chirish mumkin.
Suvning o‘t o‘chirishdagi asosiy xususiyati uning ko‘p miqdorda issiqlik
yutishiga asoslangan. U yonayotgan o‘choqning haroratini keskin kamaytirib,
yonmaydigan holatga olib keladi. 1 litr suvni 1°C gacha isitish uchun 4,2 kJ
issiqlik sarflanadi. Demak, 1 litr suvni havo harorati 20°C dan qaynash
haroratigacha chiqarish uchun 335 kJ issiqlik sarflanadi. Uning bug‘ga aylanishi
uchun esa 2260 kJ issiqlik ketadi.
Suv yonayotgan zonadan kislorodni siqib chiqarib alanganing o‘chishini
ta’minlaydi. Suv bilan reaksiyaga kirishishi mumkin bo‘lgan moddalarni, masalan,
ishqoriy metallar: kaliy, natriylarni suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Chunki bu
metallar hattoki 0°C dan past haroratda ham suv bilan reaksiyaga kirishib, suv
tarkibidan vodorodni siqib chiqaradi, uning havo bilan aralashmasi portlashga
xavfli aralashma hosil qiladi. Shuningdek, kuchlanish ostida bo‘lgan elektr
qurilmalarini ham suv bilan o‘chirib bo‘lmaydi. Bunda o‘chiruvchi hayoti uchun
xavfli vaziyat vujudga keladi. Chunki suv elektr tokini yaxshi o‘tkazadi.
Bundan tashqari yonayotgan kalsiy karbidni (CaS2) ham suv bilan o‘chirib
bo‘lmaydi, natijada atsetilen ajralib chiqib portlash xavfi vujudga keladi.
Suvni kuchli oqim sifatida, purkash yo‘li bilan mayda zarrachalar holida va
shuningdek, ko‘piklantirilgan holatlarda qo‘llab, olovni o‘chirish mumkin. Kuchli
suv oqimi sifatida yonayotgan zonaga yo‘naltirilgan suv, birinchidan, alangaga
zarba beradi, ikkinchidan, yonayotgan yuzani sovutadi. Shu yo‘l bilan
alangalanayotgan yong‘inlarni uzoqdan turib o‘chirish mumkin.
Bunday yong‘inlarda olov tafti kuchli bo‘lganligidan yaqin kelish
imkoniyati deyarli bo‘lmaydi. Kuchli suv oqimi bunday yong‘inga yo‘naltirilganda
asosan sovutish hisobiga alanga susayadi va alanga tarmoqlari suv kuchi bilan uzib
yuboriladi. Ammo kuchli suv oqimi bilan har qanday yong‘inni ham o‘chirish
imkoniyati bo‘lavermaydi. Masalan, bunday usuldan yengil alangalanuvchi
suyuqliklarni o‘chirishda foydalanish, aksincha, yomon oqibatga olib keladi.
Chunki yengil alangalanuvchi suyuqliklar kuchli suv oqimi ta’sirida katta
maydonlarga tarqab ketishi, suvdan yengil bo‘lganligi sababli suv yuzasida
yonishini davom ettirishi va shuning natijasida yong‘inning katta maydonlarga
tarqab ketishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Agar suv purkash yo‘li bilan ishlatilsa, bunda suv zarralarining kattaligi
0,1 mm dan kichkina bo‘lsa, unda suv zarralarining yonuvchi jismlar bilan
tutashish yuzalari katta bo‘lganligi sababli yonayotgan zonadan issiqlikni yutish
kattalashadi, shuningdek, suv zarralari kichik hajmga ega bo‘lganligi sababli,
uning bug‘lanishi kuchayadi. Bunda havo siqib chiqarilib, o‘chirish o‘z-o‘zidan
tezlashadi.
Binolarning ichidagi yong‘inlarni suv purkash usulida o‘chirish ham yaxshi
natija beradi. Bu usul bilan xonadagi haroratni pasaytirish va tutunga qarshi
kurashish mumkin. Bunda suvni binoning yuqori qismiga purkash kerak toki,
purkalgan suv iloji boricha ko‘proq yonish mahsulotlariga tegadigan bo‘lsin.
Purkalgan suv zarrachalari pastga qarab yo‘naladi, ko‘tarilayotgan issiqlik bilan
to‘qnashib bug‘ga aylanadi va bu bug‘ yo‘nalishini o‘zgartirib, yuqoriga qarab
ketadi. Bug‘ xonaning yuqori tomonini egallab yonayotgan zonani bosadi. Yirikroq
zarrachalar esa qizib, pastga qarab yo’nalish davrida yonishdan hosil bo‘lgan
mahsulotlar bilan birikib, pastroqdagi yonish o‘chog‘iga yo‘naladi va bu yerda
bug’lanib, yana havoning o‘rnini egallaydi. Bu bilan ajralayotgan tutun bosimi
xonani sovutadi, bosim ortishi hisobiga esa kislorodli havoning kirish yo‘lini
kamaytiradi. Bu esa yong‘inni o‘chirish imkoniyatini beradi.
Bug‘ yordamida o‘chirish. Ba’zi bir sanoat korxonalarida ishlab chiqarish
jarayonida juda ko‘p miqdorda bug‘ hosil bo‘lishi mumkin. Bunday korxonalarda
yong‘in chiqqan taqdirda bug‘dan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bug‘ bilan o‘chirishning asosiy qonuniyati shuki, xonalarga yuborilgan bug‘
kislorodga boy havoni siqib chiqarib, uning o‘rnini egallaydi. Bug‘ning o‘t
o‘chirish samaradorligi uning ma’lum bir xonaga yuborilgan miqdoriga bog‘liq
bo‘ladi. Bug‘ yonayotgan xonadagi asosiy bo‘shliqlarning hammasini to‘ldirib,
kislorodli havoni butunlay siqib chiqarishi kerak. Bunda hosil bo‘ladigan ortiqcha
namlik o‘t o‘chirishning asosiy vositasi bo‘la olmaydi.
Bug‘ bilan o‘t o‘chirishning mazmunini quyidagicha tushuntirish mumkin.
Yong‘in bo‘layotgan xonaga qisqa muddat (5-10 minut) ichida ko‘p miqdorda,
ya’ni u to‘lguncha bug‘ yuboriladi va tirqishlar iloji boricha berkitiladi. Bug‘
xonani butunlay qoplab, u yerdagi kislorodli havoni qisman siqib chiqaradi, qolgan
qismida, xonaning yong‘in hisobiga va yuborilgan bug‘ hisobiga 85°S dan ortiq
isib ketganligi sababli kislorod miqdori 31 foizga qisqaradi va xonadagi kislorod
miqdori 15-16 foizga kamayadi. Bu esa yong‘inning davom etishi imkoniyatini
yo’qotadi.
Yong‘inga qarshi suv ta’minoti. Odatda o‘t o‘chirish uchun ishlatiladigan
suv katta bosim ostida kuchli oqim sifatida alangalanayotgan joyga yuboriladi.
Buning uchun yetarli bo‘lgan bosimni shahar sharoitida umumiy shahar
vodoprovod tarmoqlari orqali hosil qilinadi. Yoki bo‘lmasa ba’zi bir yerlarda
maxsus tayyorlangan hovuz va idishlardan foydalanish mumkin.
Past bosimga mo‘ljallangan vodoprovod tizimidagi suv bosimi ma’lum
miqdordagi suvni yer yuzasidan kamida 10 metr uzoqlikka o‘tishi kerak.
Yuqori bosimga mo‘ljallangan vodoprovod tizimida esa ma’lum miqdordagi
suvni stvollar yordamida binoning eng yuqori nuqtasidan kamida 10 metr
uzoqlikka otib berishi kerak. Bunday vazifalar vodoprovod baklarini yetarli
darajadagi balandlikka o‘rnatish bilan yoki ayrim hollarda nasoslar yordamida
bajariladi.
Sanoat korxonalarida o‘t o‘chirish uchun kerak bo‘ladigan suv miqdori
sanoat korxonasining yong‘in toifasi va bu binoning o‘tga chidamlilik darajasiga
va uning umumiy hajmiga qarab belgilandi.
Yong‘inga qarshi vodoprovod tizimlari aylanma vodoprovod tizimiga ikkita
suv quvuri bilan ulanadi. Yong‘inga qarshi gidrantlar sanoat korxonasi maydonida
bir-biridan 100 m dan ortiq bo‘lmagan masofada joylashtiriladi, ular bino devoriga
va ko‘chalar kesishgan joylarga 5 m dan yaqin bo‘lmasligi kerak.
Yong‘inni ichkari tomonidan o‘chirishga mo‘ljallangan vodoprovodlardagi
suv miqdori, ikki joydan kuchli oqim sifatida suv berilganda, har biri 2,5 l/s suv
miqdorini ta’minlay olishi kerak.
Yong‘in o‘chirish yenglari yumshoq to‘qima materiallardan ishlangan
bo‘ladi va diametri 51 va 66 mm qilib tayyorlanadi. Ularning uzunligi 10 va 20 m.
Bino ichkarisida o‘rnatilgan yong‘inga qarshi gidrantlar oralig‘i 10 yoki 20 metrli
yenglar yordamida yong‘inni o‘chirish uchun kuchli suv oqimi binoning eng
baland va eng uzoq nuqtasini ikkala gidrant orqali suv purkash imkoniyatini
beradigan qilib o‘rnatiladi. Ichkarida o‘rnatilgan yong‘in kranlari pol yuzasidan
135 sm balandlikda o‘rnatiladi.
Ko‘pik bilan o‘chirish. Ko‘pik bu suyuqlikning maydalangan tizimi bo‘lib,
bunda havo bir-biridan suyuqlikning tarang sirtlari bilan ajratilgan bo‘ladi. Ko‘pik
hosil qilishi uchun havo zarralarini suv qobig‘i bilan o‘rash, ya’ni havo zarralarini
suvga singdirish kerak.
Ishqorlar bilan kislotalar aralashmasining kimyoviy reaksiyasi, yoki suv
bilan ko‘pik hosil qiluvchi modda va havo aralashmasini mexanik aralashtirish
asosida ko‘pik hosil qilinadi.
Kimyoviy ko‘pik 80% karbonat angidrid gazi, suv va 0,3% ko‘pik hosil
qiluvchi moddadan tashkil topadi. Mexanik ko‘piklar esa 90% havo, 9,6% suv va
0,44% ko‘pik hosil qiluvchi moddadan iborat bo‘ladi.
Qattiq moddalar va asosan yengil alangalanuvchi suyuqliklar yonib ketganda
ko‘pik bilan o‘chirish yaxshi natija beradi. Chunki yengil alangalanuvchi
suyuqliklar solishtirma og‘irligi suvdan yengil va ularni suv bilan o‘chirib
bo‘lmaydi.
Ko‘pik bilan o‘chirishning asosiy xususiyati shuki, u yengil alangalanuvchi
suyuqlik yuzasini yoki qattiq jism yuzasini yupqa ko‘pik qavati bilan qoplab,
yonayotgan modda bilan havodagi kislorod o‘rtasida to‘siq hosil qiladi. Bu
to‘siqning mustahkamligi ko‘pikning tuyg‘unlik xossasiga bog‘liq bo‘ladi. Ko‘pik
tez alangalanuvchi suyuqlikdan ancha yengil bo‘lganligi sababli, uning yuzasida
muhofaza qobig‘i tashkil etadi, bu qobiq suyuqlik bug‘lari hosil bo‘lishiga
to‘sqinlik qiladi, shuningdek, kislorodni kiritmaydi. Agar ko‘pikning turg‘unligi
kam bo‘lsa, unda suyuqlik yuzasida uzilish hosil bo‘lishi mumkin, ya’ni tarang
tortilib turgan parda ochilib ketishi mumkin, bu esa, albatta, alangalanishning
qaytadan boshlanishiga sharoit yaratadi. Bundan tashqari ko‘pikning issiqlik
o‘tkazish xususiyati juda past bo‘lganligidan, yonayotgan yuzadan issiqlikning
suyuqlik yuzasiga ta’sir etishiga to‘siqlik qiladi.
Kimyoviy ko‘piklar asosan qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlarda keng
qo‘llaniladi.
O‘chirish uchun ishlatiladigan ko‘piklarning tavsifli belgilari, ularning
turg‘unligi va ko‘pik hosil qilish darajasidir. Ko‘pik hosil qilish darajasi bu
ko‘pikni hosil qilish uchun sarflanadigan moddalarga nisbati hisoblanadi. Ko‘pik
hosil qilish darajasi kimyoviy ko‘piklar uchun 5, mexanik ko‘piklar uchun 8-12
bo‘lishi mumkin. Yuqori ko‘piruvchi mexanik ko‘piklarda bu miqdor 100 va
undan katta bo‘ladi. Ko‘pikning turg‘unligi esa uning katta haroratda so‘nmasdan,
ma’lum vaqtgacha chidash berishi hisoblanadi. Kimyoviy ko‘piklar suyuqlik
yuzasida bir soatgacha, RO-1 yordamida olingan mexanik ko‘piklar 30 min, RO-6
yordamida hosil qilingan ko‘piklar esa 40-45 minut turg‘unlikka ega bo‘lishi
mumkin.
Sanoat korxonalaridagi o‘t o‘chirish tizimlarining asosiy qismini suv va
ko‘piksimon moddalar tashkil qiladi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, suv va ko‘pik
bilan hamma yerda va har qanday yong‘inlarni o‘chirish mumkin emas. Chunki
ba’zi bir holatlarda kimyoviy reaksiyalar sanoat chiqindilari ta’sirida yetarli
darajada unumdor ko‘pik ajratmasdan, ulardan boshqa moddalar ajralib chiqishi
yong‘inning kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Ko‘pikni xilma-xil qurilmalarda hosil qilish mumkin: bular doimiy
o‘rnatilgan, ko‘chirib yurish mumkin bo‘lgan yoki harakatlanuvchi qurilmalar va
qo‘lda ishlatiladigan o‘t o‘chirgichlardir.
Qo‘lda ishlatiladigan ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar juda keng tarqalgan. Bunga
sabab o‘t o‘chiruvchi moddani istalgan vaqtda ishlatish mumkin. Uni bir odam bir
necha sekund davomida ishga tayyorlashi va oson ishlatishi mumkin. Bundan
tashqari, undan ajralib chiqadigan ko‘piksimon modda oqim sifatida anchagina
bosim yordamida (6-8 atmosfera) bir necha metr masofadagi yonayotgan zonaga
(6-8 metr) yo‘naltirilishi mumkin.
Sanoat korxonalarida faqat qattiq yoki suyuq moddalargina emas, balki
elektr qurilmalari, stanoklar va boshqalar ham yonib ketishi mumkin. Ma’lumki,
yuqorida aytib o‘tilgan o‘t o‘chirish vositalarini qo‘llash, ya’ni ko‘pik yoki suv
yordamida o‘chirish, ular elektr tokini yaxshi o‘tkazganligi tufayli ularni elektr
qurilmalarini o’chirishda, mutlaqo ishlatib bo‘lmaydi. Chunki bunda o‘t
o‘chiruvchining elektr toki ta’siriga tushib qolish xavfi bor. Shuning uchun bunday
hollarda karbonat kislotalaridan foydalaniladi.
Eng ko‘p ishlatiladigan karbonat angidridi (CO2) havodan 1,5 barobar og‘ir
bo‘lganligi sababli, pol sathidagi yonuvchi hajmni sovutish bilan birga unga
keladigan kislorod yo‘lini to‘sish evaziga, yong‘inni tez o‘chirish imkonini beradi.
1 litr suyuq karbonat angidridi, balondan ochiq havoga chiqarilganda uning hajmi
506 litrga ko‘payadi.
Ma’lumki, karbonat angidridi o‘t o‘chirgichlarga to‘ldiriladi. Bunday o‘t
o‘chirgichlarning OU-2, OU-5, OU-8 turlari keng qo‘llaniladi. Bu o‘t
o‘chirgichlarni ishlatishda uning yuqori qismiga o‘rnatilgan ventil burab ochiladi.
O‘t o‘chirgichga to‘ldirilgan suyultirilgan CO2 bosim ostida uning ichki tomonidan
siqib chiqarila boshlaydi. Suyultirilgan CO2 katta tezlik bilan bug‘lanishi hisobiga
qorsimon massaga aylanadi. Nihoyatda sovuq bo‘lganligi uchun elektr qurilmasiga
yo‘naltirilgan taqdirda uni o‘rab sovutadi (uning sovuqligi -81°C atrofida bo‘ladi)
va havo o‘tkazmaganligi sababli olovni o‘chirishga erishiladi. Bu o‘t
o‘chirgichlarning son ko‘rsatkichlari uning hajmini bildiradi.
Sanoatda karbonat kislotali, zambilg‘altaklakka o‘rnatilgan 25, 50 litr va
undan katta hajmdagi turlari ham mavjud. Bundan tashqari tarkibiga galogenlar
(ftor, xlor, brom, yod) qo‘shilgan o‘t o‘chirgichlardan ham keng foydalaniladi.
Asosiy xususiyati shuki, ular kimyoviy reaksiyani to‘xtatishi mumkin.
Maxsus kimyoviy vositalar yordamida o‘chirish
Yonuvchi metallarni o‘chirish juda mushkul ish. Bunday yonuvchi metallar
qatoriga kaliy, natriy, litiy, sirkoniy, magniy va boshqalarni kiritish mumkin. CO2
magniyning yonishini tezlashtirib yuboradi. Yonayotgan metallga suv sepib
o‘chirmoqchi bo‘lsangiz, unda portlash ro‘y berib, metall parchalari ancha uzoq
masofalarga tarqalib, yonish zonasini kengaytirib yuboradi. Hattoki, quruq qum
ham yonayotgan metall ta’siriga tushib qolishi va qumning parchalanishi
kuzatiladi. Bunda sof kremniy birikmalari hosil bo‘ladi. Kremniy namlikni o‘ziga
tortib, reaksiyaga kirishadi, natijada yonuvchi va zaharli kremniy oksidi hosil
bo‘ladi. Shuning uchun bunday metallarni o‘chirishda maxsus kimyoviy
kukunlardan foydalaniladi. Asosan kukunsimon grafit, natriy karbonat Na2CO3,
magniy karbonat MgCO3, magniy peroksidi MgO2 va ularning aralashmalari,
shuningdek, suyultirilgan inert gazlardan foydalanish mumkin.
Yong’inni o’chirish uslublari va o’t o’chirgich moddalarning xususiyatlariga
mos ravishda yong’inni o’chirish vositalari tanlab olinadi. Ular asosiy, maxsus va
yordamchi vositalarga bo’linadi.
Asosiy vositalar – yong’inga o’t o’chirgich moddalarni (suv, ko’pik, kukun,
karbonat angidrid gazi va boshqalar) sepish uchun belgilangan. Bularga avtomobil,
avtosisterna, motopompa, o’t o’chirgichlar va boshqalar kiradi.
Maxsus vositalar - yong’inni o’chirishda maxsus ishlarni bajarish uchun
ishlatiladi. Ularga avtonarvonlar va tirsakli ko’targichlar, yoritish va aloqa
avtomobillari, shuningdek operativ avtomobillar kiradi.
Yordamchi vositalar - yong’inni o’chirishdagi ishlarni bajarish uchun
yetarli sharoit yaratadi. Bularga avtosuvquygichlar, yuk avtomobillari, avtobuslar,
traktor va boshqa mashinalar kiradi.
Birlamchi o’t o’chirish vositalari yong’in boshlanganda alangani keng
tarqalib ketishini to’xtatish va o’chirish uchun qo’llaniladi.
1. O’t o’chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o’t o’chirgichlar ko’pikli,
gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo’linadi.
2. Hajm bo‘yicha yong‘in o‘chirish vositalari quyidagi turlarga bo‘linadi:
- kichik hajmli, hajmi 5 litrgacha;
- o‘rta hajmli (sanoatdagi), hajmi 5 litrdan 10 litrgacha;
- muqim o‘rnatilgan va ko‘chma, hajmi 10 litrdan yuqori.
3. Yong‘in o‘chirish vositalarini o‘t o‘chirgichlardan uzatilishi bo‘yicha
quyidagi turlarga bo‘linadi:
- o‘t o‘chirgich qismida joylashgan maxsus kichik idishda ishchi gaz bosimi
ostida;
- o‘t o‘chirgichning korpusiga oldindan haydalgan gaz bosimi ostida;
- yong‘in o‘chirish vositalarini o‘zining bosimi ostida.
4. O‘t o‘chirish vositalarini ishga tushirish bo‘yicha quyidagi turlarga
bo‘linadi:
- jo‘mrakli;
- pistolet shaklidagi yopib-ochish moslamasi bilan;
- piropatron orqali ishga tushirish;
- doimiy bosim manbai orqali ishga tushirish.
Yonishdan hosil bo‘lgan mahsulotlar asosan qattiq changsimon moddalar,
bug‘lar va gazlardan iborat bo‘ladi. Ular tufayli hosil bo‘ladigan harorat esa
moddaning yonganda issiqlik ajratishi, yonish tezligi va alanganing tarqalishi,
shuningdek, binoning hajmi va havo almashish sharoitlariga bog‘liq bo‘ladi.
Yong‘in vaqtida ko‘p miqdorda inert gazlar, yonuvchi gazlar va shuningdek,
tutun ajralib chiqadi. Yonuvchi gazlarning asosiy qismi zaharli bo‘lib, ularning
zararli ta’siri yonayotgan materiallarning turi va yonishning jadalligiga bogliq.
Yong‘inga qarshi muhofaza qatlamlari yonganda (brom birikmalari va xlor),
yog‘och materiallar, polimer qurilish materiallari va boshqa juda ko‘p hollarda
zararli ta’siri bor, jumladan, zaharli gazlar ajralib chiqadi. To‘la yonib bo‘lmagan
qoldiq mahsulotlar qizigandan keyin va sof alanga oqim ta’sirida qaytadan alanga
olib ketishi mumkin.
Avtomatik o‘t o‘chirish vositalari
Avtomatik o‘t o‘chirish tizimiga sprinkler qurilmalari kiradi. Sprinklerlar
asosan yong‘in xavfi yuqori bo‘lgan korxonalarda o‘rnatiladi.
Sprinkler qurilmalari o‘rnatiladigan xonalarga yoki sexlarga bosim ostida
suv o‘tkazuvchi quvurlar o‘tkaziladi va bu quvurlarga sprinkler boshchalari
o‘rnatiladi. Mabodo yong‘in sodir bo‘lsa, issiqlik ta’sirida sprinkler ishga tushadi,
ya’ni suv chiqish teshigi ochilib, suv sepa boshlaydi. Uning suv chiqarish
teshigidan ma’lum masofada o‘rnatilgan doira shaklidagi to‘siq suvni keng
ko‘lamda sachrashini ta’minlaydi; Har bir sprinkler boshchasi 6-9 m2 maydonga
suv sachratib, o‘t o‘chirishni ta’minlaydi. Bunday qurilmalar o‘rnatilgan
korxonalarda sodir bo‘lgan yong‘inlarning 90 foizi shu qurilmalar o‘t o‘chirish
komandalari kelguniga qadar o‘chirishga ulgurgani aniqlangan.
Sprinkler qurilmasining asosiy ishchi qismi sprinkler boshchasi hisoblanadi.
Uning bir tomoni rezbali qilib tayyorlangan. Shu tomonini suv o‘tkazuvchi
quvurga burab o‘rnatib qo‘yiladi. Uning ikkinchi tomoniga bronzadan qilingan
halqa, halqa tutqichi oxiriga esa deflektor o‘rnatilgan. U sprinkler boshchasi
teshigidan chiqadigan suvga to‘siq vazifasini bajaradi. Suv deflektorga urilib har
tomonga yoyilib sochiladi. Bronza halqa sprinkler boshchasiga yupqa metalldan
qilingan diafragmani qisib turadi. Diafragma o‘rtasida teshik qolib, u shisha klapan
bilan berkitilgan. Bu klapanni yupqa plastinka ushlab turadi. Plastinka asosi halqa
bilan yengil eruvchan modda yordamida yopishtirib qo‘yilgan. Yengil eruvchan
moddaning eruvchanligi sharoitga moslab tanlanishi mumkin. Agar bino ichidagi
havo harorati ko‘tarilsa, unda yengil eruvchan modda erib ketadi va bu diafragma
teshigini berkitib turgan shisha klapanning tushib ketishiga sababchi bo‘ladi.
Shundan keyin sprinkler boshchasi ma’lum maydon bo‘ylab suv sepa boshlaydi.
Sprinkler tizimiga keltirilgan suv ma’lum qurilmalar orqali o‘tganligi
sababli, bu qurilmalar yong‘in chiqqanini bildiruvchi sirena bilan signal beradi.
Sprinkler qurilmalari bilan bir qatorda drencher qurilmalaridan ham keng
foydalaniladi. Drencher qurilmalarining sprinklerdan asosiy farqi shuki, unda
yengil eruvchan qulfli qurilma
o‘rnatilmaydi. Ularni ishlatish
asosan suv o‘tkazish kranlarini
ochish
yo‘li
bilan
amalga
oshiriladi.
Yong’inga
qarshi
burchakdagi birlamchi vositalar va ulardan foydalanish qoidalari:
2 ta o’t o’chirish vositasi (foydalanish to’g’risidagi yo’riqnoma bilan); 2 ta
konus shaklidagi chelak; 2 ta kurak; 2 ta changak (bagor); 2 ta bolta; suv
to’ldirilgan idish (bochka); qum to’ldirilgan yashik.
O’t o’chirish vositasidan foydalanish qoidalari:
- yong’inga qarshi burchakdan o’t o’chirish vositasini (ognetushitel) olib
yong’in o’chog’iga shamol esayotgan tomondan yaqinlashishi, plombani uzib
purkagichni olov tomonga qaratishi va richagni bosib olovni o’chirishga kirishish
lozim. Bunda xavfsizlik qoidalariga amal qilish kerak.
Changak, bolta va lomdan foydalanish qoidalari:
- changak pollarni ochish, panjaralarni ajratish, turli materiallarni chiqarib
tashlash, yong’in sodir bo’lgan joyni tozalash uchun ishlatiladi. Hozirda asosan
uzunligi 3 metr, og’irligi 6 kilogrammdan oshmagan metaldan tayyorlangan
changaklardan foydalaniladi;
- bolta va lom eshiklarni ochish, panjaralarni ajratish va pollarni buzish
uchun ishlatiladi.
Konussimon chelak, suv va qum to’ldirilgan idishlardan foydalanish:
- chelak suvga to’ldirilib olovning ustiga sepiladi;
- kurak yordamida olov ustiga qum sepiladi yoki olovni tarqalib ketishini
cheklash maqsadida perimetr bo’ylab tashlab chiqiladi;
- kichik
ko’lamli
yong’inlarni
o’chirishda
qalin
jundan
to’qilgan
materiallarni (namat, kigiz) yonayotgan buyumlar ustiga yopib kislorod kirishini
bo’g’ish (to’xtatish) va yong’inni o’chirish mumkin.
Yong’inga qarshi suv kranlaridan foydalanish qoidalari:
- yong’inga qarshi shkafni ochib yong‘in o‘chirish yenglari (shlangalarni)
yoyish (tarqatish); ularni suv kranlariga ulash; suv kranlarini ochish; yonayotgan
joyga stvolni to’g’rilab suv purkash orqali yong’inni o’chirish mumkin.
Elektr tokidan zararlanishni oldini olish maqsadida stvolni kuchlanish ostida
bo’lgan elektr o’tkazgichlar, vositalar va jihozlariga to’g’rilash taqiqlanadi. Buning
uchun birinchi navbatda elektr kuchlanishini o’chirish talab etiladi.
2. Yong’indan xabar berish vositalari va yong‘in ofatida inshootlardagi
fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi.
Yong’indan xabar berish vositalari.
Yong’indan xabar berish vositalari yong’inga qarshi kurashishda eng muhim
omillardan biri hisoblanadi. Yong‘indan xabar berish vositalari deb yong‘in haqida
xabar berishni shakllantiradigan qurilmalariga aytiladi.
Yong‘indan xabar berish vositalari yong‘in o‘chog‘ini boshlanish jarayonida
aniqlash, uning sodir bo‘lgan vaqti va joyini xabar qilish uchun hamda zarur
bo’lganda tutun so‘rg’ich yoki o‘tni o‘chiruvchi uskunalar ishlashini avtomatik
tarzda boshqarish uchun xizmat qiladi.
Turli ob’ektlarni yong‘indan muxofazalash uchun mo‘ljallangan asosiy
texnik vositalariga yong‘indan xabar berish va o‘chirish qurilmalari kiradi.
Yong‘indan xabar berish (signalizatsiya) vositasi yong‘in paydo bo‘lish joyi
to‘g‘risida tez va aniq xabar berishi lozim.
Zamonaviy yong‘indan xabar berish vositasi qo‘shimcha ravishda
ob’ektdagi yong‘in o‘chirish vositalarini ham ishga tushirilishini avtomatik
ravishda ta'minlashi mumkin. Ushbu uskuna xabar berish tarmog‘iga ulangan va
muhofazalangan xonalarga o‘rnatilgan yong‘in xabar bergichlarni, qabul qilish –
nazorat stansiyasini, xabar berish tizimining tovush berish va yoritish, hamda
yong‘inni avtomatik o‘chirish va tutunni chiqarib yuborish vositalarini o‘z ichiga
oladi.
Elektr xabar berish tizimining mustahkamliligi barcha elementlari va ular
orasidagi aloqa doimo kuchlanish ostida ishlashi bilan ta’minlanadi. Shu bilan
birga qurilmaning ishlashi doimo nazorat ostida bo‘ladi.
Yong’indan xabar berish tizimining eng asosiy elementi yong‘inni
tavsiflovchi fizik parametrlar bo‘lmish tutun, yorug‘lik yoki u yerdagi haroratni
elektr signalga aylantirib beruvchi yong‘indan xabar bergichlari hisoblanadi.
Harakatga keltirish bo‘yicha yong‘indan xabar bergichlar qo‘lda va
avtomatik turlarga bo‘linadi. Qo‘lda harakatga keltiriladigan yong‘indan xabar
bergichlar ma’lum shakldagi elektr signalini aloqa tarmog‘iga tugmachani bosgan
paytda beradi. Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar yong‘in yuzaga kelgan
paytda atrof muhitdagi parametrlarni o‘zgarishi bilan ulanadi.
Datchikni hamjixatlikda ishlashini yuzaga keltiruvchi faktorga ko‘ra yong‘in
xabar bergichlar issiqlik (tashqi muhit haroratini ko’tarilishini sezuvchi); tutunli
(yonayotgan mahsulotlarning tutunini sezuvchi); yorug’lik (alanganing yorug’lik
nurini sezuvchi); kombinatsiyalashgan (issiqlik va tutunni sezuvchi); ultratovushli
(yonishdagi ultratovush maydonining o’zgarishini sezuvchi) va boshqa turlarga
bo‘linadi.
Tutundan xabar bergichlar - infraqizil, ultrabinafsha yoki ko‘rinuvchi
nurlanish
spektrda
yutuvchi
yoki
tarqatuvchi
hususiyatga
ega
yonish
mahsulotlariga ta’sirchan xabar bergichlardir. Tutunni sezuvchi yong‘in xabar
bergichlarning sezish elementi sifatida fotoelement yoki ionlashgan kamera, hamda
differensial fotoreleni o‘z ichiga oladi. Tutunni sezuvchi yong‘in xabar bergichlar
ikki xil bo‘ladi: nuqtaviy, ya'ni o‘rnatilgan yerda tutun paydo bo‘lish ta’siriga
javob beruvchi va chiziqli–hajmli, ya’ni qabul qilgich bilan nur tarqatgich
orasidagi yorug‘likka soya tushish tamoyili asosida ishlaydi.
Tutundan xabar bergichlar nuqtaviy, chiziqli, aspirasion va avtonom bo‘lib,
eng ko‘p tarqalgan xabar bergichlar hisoblanadi. Optik vositalar yordamida tutunni
topishga asoslangan tutundan xabar bergichlar har xil rangdagi tutunlarga turlicha
ta'sir ko‘rsatadi. Hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan optik xabar bergichlarning
texnik tavsifida qora emas, balki kulrang tutunga sezuvchanlikning nominal
miqdorlari ko‘rsatilgan. Ko‘pincha aniq qiymatlar o‘rniga sezuvchanlik diapazoni
ko‘rsatiladi. Xonani ta'mirlash vaqtida tutundan xabar bergichlar chang tushmasligi
uchun yopib qo‘yish kerak.
Alangadan xabar bergichlar - tutayotgan o‘chog‘dagi yoki elektromagnit
nurlanish alangasidan ta’sirlanuvchi xabar bergichlardir. Alangadan xabar
bergichlar odatda yong‘inni sezishning yuqori samaradorligi zarur bo‘lgan
zonalarda foydalaniladi, chunki alangadan xabar bergichlar orqali yong‘inni sezish
issiqdan xabar bergichlar ishlab ketishiga kerak bo‘ladigan qiymatlardan ancha
ilgari amalga oshadi. Alangadan xabar bergichlar sezilarli issiqlik almashinuvi va
ochiq maydonchalari mavjud bo‘lgan hamda tutun va issiqdan xabar bergichlarni
ishlatish imkon bo‘lmagan zonalarda qo‘llaniladi. Alangadan xabar bergichlar
agregatlarni avariyaga uchraganida qizib ketishini aniqlashda, avtomobil
salonidagi yong‘inni sezishda, agregatlarning to‘shamalari ostidagi qizishlarni
aniqlashda qo‘llaniladi.
Ultratovush xabar bergichlar 1979 yildan chiqarila boshlandi. Yong‘in
yuzaga kelganida havo muhitida turbulent oqimlar hosil bo‘ladi. Ularning
ta’siridan xonadagi ultratovush maydoni ham o‘zgaradi. Issiq oqimning
yutilishidan ultratovush energiyasining o‘zgarishi yuz beradi va turbulent
oqimning qismiy chegarasi aks etadi, u turg‘un bo‘lmaganligi sababli ultratovush
maydonida amplituda-fazoviy modulyasiya yuzaga keladi.
Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin qayta
ulanish amalga oshuvchi, ya'ni yong‘in taxlikasidan xabar berilgach, ularni yana
qaytadan ishlab ketishiga sabab bo‘ladigan faktorlar qolmaganidan so‘ng hech
qandan qismlarini o‘zgartirmay, yana nazorat xolatiga o‘tuvchi qayta xabar
bergichlar quyidagi turlarga bo‘linadi:
- avtomatik ravishda qayta ulanish amalga oshuvchi yong‘indan xabar
bergichlar - ishlab ketgandan keyin o‘zi nazorat xolatiga o‘tuvchi;
- masofadan qayta ulanish amalga oshuvchi yong‘indan xabar bergichlar -
ishlab ketgandan keyin o‘zi masofadan berilgan komanda yordamida nazorat
xolatiga o‘tuvchi;
- elementlarini o‘zgartiruvchi qayta ulanish amalga oshuvchi yong‘indan
xabar bergichlar - ishlab ketgandan keyin nazorat xolatiga faqat ba'zi
elementlarini o‘zgartirib o‘tuvchi;
- qayta ulanish imkoni yo‘q yong‘indan xabar bergichlar - ishlab ketgandan
keyin nazorat xolatiga o‘tmaydigan.
Avtomatik yong‘indan xabar bergichlar signal berishiga ko‘ra quyidagi
turlarga bo‘linadi:
- yong‘in belgilari bor yoki yo‘qligi haqidagi xabarlarni bitta yo‘nalishda
beruvchi ikki rejimli yong‘indan xabar bergichlar;
- yong‘in belgilari bor yoki yo‘qligi haqidagi xabarlarni bir yo‘nalishda
cheklangan (ikki yoki undan ortiq) turdagi tinch, yong‘in xavfi va boshqa
signallarni beruvchi ko‘p rejimli yong‘indan xabar bergichlar;
- analog yong‘indan xabar bergichlar, ular nazorat qilinayotgan yong‘in
belgilarining qiymatlarini kattaligini, yoki analog/raqamli, to‘g‘ridan to‘g‘ri
yong‘in xavfi signali bo‘lmagan signallarni uzatishga mo‘ljallangan.
Yong‘in ofatida inshootlardagi fuqarolarni evakuatsiya qilish tartibi.
Yong’in sodir bo’lganda odamlar xavfsizligini ta’minlash maqsadida
shoshilinch evakuatsiya tadbirlari o’tkaziladi. Bunda evakuatsiya vaqti (tev) o’ta
mihim ko’rsatkichlardan biri sanaladi va u xavfli yong’in omillari chiqish
yo’llarini to’sib qo’yishi mumkin bo’lgan vaqtdan ko’p bo’lmasligi kerak. Ta’lim
muassasalarining ko’pgina binolari, inshootlari va binolari uchun bu vaqt tegishli
usullar yordamida hisoblanadi va 4 minutdan 10 minutgacha bo’lishi mumkin.
Evakuatsiya vaqtini hisoblash quyidagicha ifodalanishi mumkin:
tev = tav + txv + tyv + thv,
Bu yerda:
tev - odamlarni xavfli zonadan evakuatsiya qilish vaqti;
tav - yong’in belgilarini aniqlash vaqti;
txv - xabar berish vaqti, ya’ni odamlarni yong’in sodir bo’lganligi va
favqulodda evakuatsiya zarurligi to’g’risida ogohlantirish vaqti;
tyv - yig’ish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti;
thv - odamlarning xavfsiz hududga qarab harakatlanish vaqti.
Yong’in belgilarini aniqlash vaqti (tav) - tashkiliy va texnik tadbirlar majmui
bilan belgilanadi: navbatchi kuchlar va vositalar, xabar berish (signalizatsiya)
tizimlarining mavjudligi, yong’in hodisasi to’g’risida qaror qabul qilish
algoritmlari va boshqalar. Vaqtning yuqori darajasi yong’inni aniqlash va xabar
berish oralig’idagi davr davomiyligi bilan belgilanadi va odamlarni evakuatsiya
qilish to’g’risida qaror qabul qilish tezligiga, ogohlantirish tizimining tayyorligi va
ishonchliligiga va boshqa omillarga bog’liq.
Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti (tyv) - asosan yong’indan
xabar berish (signalizatsiya) tizimining turiga bog’liq. Misol uchun, agar yong’in
to’g’risida ovozli xabar uzatilsa, taxminan bir daqiqadan so’ng odamlarni
evakuatsiya qilish boshlanadi. Agar yong’in xaqidagi xabar qo’ng’iroqlar, rangli
signallar va boshqalar orqali uzatilsa, yig’ish va evakuatsiya uchun tayyorgarlik
vaqti 4 daqiqadan ko’proq vaqt olishi mumkin.
Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqti (tyv) quyidagilarni o’z
ichiga olishi mumkin:
1. Yong’in to’g’risidagi xabarning ishonchliligi tekshirish (aniqlash).
2. Uskunalarni o’chirish, hujjatlar va materiallarni yig’ishtirish, kiyinish.
3. Evakuatsiya yo’llarini qidirish.
4. Chalkashlikliklarga olib keluvchi ma’lumotlar bilan bog’liq noto’g’ri
harakatlar.
Yig’ilish va evakuatsiya qilishga tayyorgarlik vaqtni xodimlarni yong’in
tartib-qoidalariga o’rgatish, evakuatsiya yo’llarini belgilash, doimiy tarzda o’quv
mashq va mashg’ulotlari o’tkazish yo’li bilan qisqartirish mumkin.
Umuman olganda, bino va inshootlarda odamlarning harakatlanishi zaruriy
funksional jarayon hisoblanadi. Bu jarayonni amalda oshirishda odamlarning
harakati me’yoriy yoki majburiy holda bo‘lishi mumkin. Birinchisida odamlarning
bino va inshootlarda kundalik ehtiyoj yuzasidan normal harakatlanishi bilan
ifodalansa, ikkinchisida bino va xonalardan yong‘in yoki zilzila sharoitida
odamlarni xavfli muhitdan xavfsiz joyga majburiy ko‘chish uchun mo‘ljallangan
harakati tushuniladi. Majburiy evakuatsiya jarayoni ikkita yoki to‘rtta pog‘onada
o‘tkaziladi.
Birinchi pog‘onada - bu binoning oxirgi qavatida joylashgan barcha
xonalarda odamlarning yo‘lakka chiqish harakatidir.
Ikkinchi pog‘onaga - odamlarning yo‘lakka chiqish eshigidan to
zinapoyagacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishi uchun mo‘ljallangan harakati kiradi.
Bunda harakatlanuvchi oqim yo‘lak bo‘ylab o‘tadi. Agar bino bir qavatli bo‘lsa,
evakuatsiya ikkinchi pog‘onadan so‘ng tugashi mumkin.
Uchinchi pog‘onaga - odamlarning yuqori qavatning zinapoyaga kelishidan
to birinchi qavatdagi zinapoyadan chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib
o‘tish uchun qilingan harakati kiradi.
To‘rtinchi pog‘onaga - odamlarning zinapoyadan tushgandan keyin ayvon
va yo‘laklar orqali tashqariga chiqish eshigigacha bo‘lgan masofani bosib o‘tishiga
qaratilgan harakati kiradi.
Evakuatsiya yo‘llarining tarkibiy qismlari.
Odamlarning binodagi harakatlanish jarayoni, yong’in yoki biror tabiiy ofat
paytida ayniqsa keskin tus oladi. Bunday hollarda harakatlanishni to’g’ri
ta’minlash odamlar hayotini saqlab qolishga garov bo‘la oladi. Har qanday xonada
ham yong‘in sodir bo‘lish ehtimoli mavjud ekanligini inobatga olsak, barcha
xonalardan va umuman binodan odamlarni xavfsiz joyga ko‘chirish uchun
evakuatsiya yo‘llarini rejalashtirish majburiy tadbirlardan hisoblandi.
Evakuatsiya yo‘llari deb, bino va inshootlarda xavfli holat yuzaga kelganda,
odamlarni bino ichida joylashgan doimiy ish joyidan, qisqa vaqt ichida tashqariga
olib chiqadigan elementlar tizimiga aytiladi. Bunday elementlarga odamlarning
doimiy ish joyidan eng qisqa yo‘l bilan tashqariga olib chiqadigan yo‘nalish
bo‘ylab joylashgan yo‘laklar, zinapoyalar va maydonchalar, darvozaxonalar,
chiqish eshiklari va boshqalar kiradi.
Evkuatsiya vaqtida binodan chiqish eshiklari ikkitadan kam bo‘lmagan
holda loyihalashtiriladi. Xonalardan chiqish eshiklari va binodan chiqish
darvozalari bir-biridan ma’lum masofada uzoqlashtirilgan bo‘ladi.
Binolarning yer osti qavatlaridan evakuatsiya qilishda odamlarning harakat
yo‘nalishi bo‘ylab, yonuvchi ashyolar saqlanadigan omborxonalar mavjud
bo‘lmasa, umumiy zinapoyalar orqali chiqishlariga ruxsat etiladi. Agar yerto‘lada
bunday omborlar mavjud bo‘lsa va bu omborlar uchun alohida chiqish yo‘li asosiy
evakuatsiya yo‘lidan o‘tda yonmaydigan devor bilan to‘silgan bo‘lsagina, ulardan
evakuatsiya qilishda umumiy zinapoyadan foydalanishga ruxsat beriladi. Agar
yerto‘lada joylashgan xonaning sathi 300 m2 gacha bo‘lib, undagi odamlar soni 15
kishidan oshmagan bo‘lsa, xonadan chiqish oson bo‘lishi uchun maxsus
moslamalar mavjud bo‘lgan taqdirda, tik o‘rnatilgan narvon bilan yerto‘la tomidagi
0,9x0,9 m2 o‘lchamlik tuynuk orqali yoki tashqi devorda o‘rnatilgan o‘lchami
0,75x1,5 m2 ga teng bo‘lgan deraza orqali evakuatsiya qilish mumkin bo‘ladi.
Yerto‘lada ishlovchilar soni 5 kishidan oshmasa, undan chiqish uchun bitta tuynuk
yoki deraza qo‘yish kifoya qiladi.
Binoning qaysi qavatida bo‘lishidan qat’iy nazar, agar xonadan chiqish
eshigi, shu qavatdagi 2 ta evakuatsiya chiqish darvozasiga olib boradigan bo‘lsa,
bu xonadan chiqish uchun 1 ta evakuatsiya eshigi qo‘yilishi mumkin. Faqat
xonadagi eng uzoq joylashgan ish joyidan bu eshikkacha bo‘lgan masofa 25
metrdan uzoq bo‘lmasligi va bir smenada ishchilar soni A va B toifadagi xonalarda
5 kishidan, D toifadagi xonada 25 kishidan, E va F toifadagi 50 kishidan
oshmasligi shart.
Evakuatsiya yo‘nalishi bo‘ylab joylashgan yo‘l qismlari (oraliq yo‘laklar,
yo‘lak, zinapoyalar va h.k) har xil texnik qurilmalar bilan toraymasligi, balki
aksincha yo‘l-yo‘lakay qo‘shilib boruvchi odamlar oqimini hisobga olgan holda
kengayib borishi inobatga olinishi lozim bo‘ladi. Barcha evakuatsiya yo‘llari tabiiy
yoki sun’iy yorug‘lik bilan ta’minlangan bo‘lishi va sun’iy yorug‘lik tizimi albatta,
ham umumiy, ham avariya elektr tarmog‘idan ishlashga moslashtirilgan bo‘lishi
kerak.
Evakuatsiya paytida xonalardan ko‘chayotgan odamlarning soniga, binoning
o‘tga chidamlilik darajasiga xonalarning toifasi va hajmiga qarab chiqish
eshiklarining kengligi hisoblab chiqariladi. Asosiy yo‘laklarning kengligi 120
santimetrdan kam bo‘lmasligi kerak.
Maydoni 1000m2 dan katta bo‘lmagan va yo‘lak bo‘ylab eng uzoq
joylashgan xona eshigidan to tashqariga chiqish yoki zinapoyaga kelishigacha
bo‘lgan masofa 1-jadvalda berilgan qiymatlardan oshmasligi kerak. Ishlab
chiqarish korxonalarida evakuasiya davrida chiqish eshiklarining o‘lchami 1 m
kenglikdan o‘tish mumkin bo‘lgan odamlar soni 2-jadvalda keltirilgan.
Yo‘lakdagi eshikdan tashqaridagi chiqish joyigacha bo‘lgan masofa
1-jadval
Xonadan
chiqish
yo‘lining
joylashishi
Xona
toifalari
Binoning
o‘tga
chidamlilik
darajasi
Odamlar oqimiga qarab belgilangan
masofa, m
1-2
2-3
3-4
4-5
А va B
I, II, IIIa
60
50
40
35
D
I, II, III, IIIa
120
95
80
65
IIIb, IV
85
65
55
45
V
60
50
40
35
E va F
I, II, III, IIIa
180
140
85
100
IIIb, IV
25
100
70
70
V
90
70
60
50
Oxiri
berk
yo‘lak
Barcha
toifalar
uchun
I, II, III, IIIa
30
25
20
15
IIIb, IV
20
15
15
10
V
15
10
10
8
Sanoat korxonalarida 1 metr kenglikdagi chiqish eshigidan o‘tish
mumkin bo‘lgan odamlar soni
2-jadval
Xona toifalari
Binoning o‘tga chidamlilik
darajasi
1
metr
kenglikdagi
evakuasiya
eshigidan
chiqishi
lozim
bo‘lgan
odamlar soni
А va B
I, II, IIIa
85
D
I, II, III, IIIa
175