O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI
O’ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI O’ZBEKISTON TARIXI KAFEDRASI
KURS ISHI
MAVZU: AMIR TEMUR DAVRIDA ICHKI VA TASHQI SIYOSATI
Tayyorladi:_______________
Qabul qildi:_______________
Toshkent – 2023
1
Mundarija
Kirish ........................................................................................................................ 3
I – Bob. Amir Temur davlati .................................................................................. 7
1.1 Temur davlatining tashqi siyosati ................................................................... 7
1.2 Temur davlatida obodonchilik ishlari ........................................................... 10
2.1 Temur davlatining tashqi siyosati ................................................................. 19
2.2. Temur tuzuklari ............................................................................................. 24
Xulosa ..................................................................................................................... 30
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ..................................................................... 31
2
3
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Ushbu kurs ishida buyuk bobokalonimiz Amir Temur va
temuriylar davrida vujudga kelgan ikkinchi uyg’onish davri renessansni kurtak
yoyishida va uning rivojlanishiga yaratgan shart sharoitlarni o'rganish va uni
xalqimiz ma‘naviy ongiga singdirish, ma'naviyatini boyitish masalasida amal
qilinishi lozim bo'lgan yo'nalishlar belgilab berilgan. Sohibqironning ilm fan
homiysi sifatida amalga oshirgan buyuk ishlarini o’rganmog’imiz va muhtaram
prezidentimiz ta’kidlagan uchinchi renessans ostonasida turgan ekanmiz o’sha
davrning yutuqli jihatlarini o’rganmog’imiz kerak bo’ladi. Kurs ishida Amir
Temurning olimu fuzalolarga ilm ahillariga bo’lgan munosabatini ularning davlat
boshqaruvudagi rolinining ahamiyatlari haqidagi ma’limotlar tadqiq etilgan.
Shuningdek, buyuk sohibqironning davlat boshqaruvidagi tajribasi va uning
bugungi kundagi amaliy ahamiyati ko'rsatib berilgan.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, o‘zining boy tarixini, milliy
qadriyatlarini o‘rganishga yanada e'tibor qaratdi, ularni jahon hamjamiyatiga
yanada yaqindan tanishtirish maqsadida mamlakat hududida joylashgan tarixiy
obidalarni tiklashga, tarixiy shaxslarning hayot va ijod yo‘llari yanada chuqur
o‘rganishga kirishildi.Jumladan, sohibqiron Amir Temur bilan bog‘liq tarixiy
haqiqatlar, hamonki, nafaqat o‘zbekistonlik, balki dunyo olimlarini ham qiziqtirib
kelmoqda. Amir Temur siymosi bilan chambarchas bog‘langan turli afsonalar,
bugun real hayotda o‘z haqiqatini topmoqda. Ana shunday tarixiy jumboqlardan
biri Sohibqironning o‘z ona vatani Kesh shahrida o‘zi uchun qurdirgan dahmasidir.
Ammo Amir Temur vafotidan keyin u yerga dafn etilmagan?
Ta’kidlash joiz, dastlabki bibliografik ko‘rsatkich mustaqillikkacha bo‘lgan
davrda tarixshunos olim B.V.Lunin tomonidan tuzilib adabiyotlar sohalar bo‘yicha
o‘n ikki qismga ajratib tasniflangan edi (Лунин Б.В. История, культура и
искусство времени тимуридов в советской литературе (библиографический
указатель) // Общественные науки в Узбекистане. – Ташкент, 1969. № 8-9. –
С. 100–145). Shu bilan birga, ushbu bibliografik ko‘rsatkichda mustabid sovet
davridagi mafkuraviy tazyiq ta’sirida Amir Temur hayoti va faoliyatiga oid
adabiyotlar “Umumiy tarix” qismiga kiritilgan.1 Ammo bu holat tadqiqotning ilmiy
ahamiyatini
pasaytirmaydi,
aksincha,
olimning
falsafiy
mushohadasining
nechog‘lik teran ekanligidan dalolat beradi. Ushbu bibliografik ko‘rsatkich tasnifi
mustaqillik yillarida B.V.Lunin tomonidan ancha rivojlantirilib bir necha
fundamental nashrlarda nafaqat keltirildi, balki olim tomonidan (Temur va
Ulug‘bek davri tarixi. – Toshkent: Qomuslar Bosh tahririyati, 1996. – B. 28–42)
Amir Temur davri asosiy manbalari hamda ilmiy adabiyotlarining tarixshunoslik
nuqtayi nazaridan tahlili ham amalga oshirildi. Shuningdek, xorij tarixshunoslari,
rus sharqshunos olimlari hamda sovet davrida tadqiqot olib borgan tarixchilarning
ilmiy ishlari tadrijiy ravishda o‘rganilib, ilk bor mavzuga oid tarixiy adabiyotlar
tarixshunoslikning yangicha talqinida o‘z bahosini oldi. Ushbu tayyorlangan
1 Azamat Ziyo. O`zbek davlatchiligi tarixi. Toshkent., «Sharq» 1999.-B.12-13
4
bibliografiya to‘plami hozirga qadar tadqiqotlarni amalga oshirishda muhim
ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Hozirga qadar respublikada mazkur mavzuga oid bir necha bibliografik
nashrlar amalga oshirilgan. Chunonchi, 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining
Misrdagi elchixonasi xodimlari tomonidan (Amir Temur va temuriylar haqida Misr
kutubxonalarida saqlanayotgan manba va qo‘llanmalar Fihristi. Muqaddima
muallifi: Boboxonov Sh. Tayyorlovchi: Nasrullo Mubashshir at-Taroziy. –
O‘zbekiston elchixonasi Qohira shahri, 1996. O‘zbek tilida – B. 1–37, arab tilida –
B. 1–422) Amir Temur va temuriylar haqida Misr kutubxonalarida saqlanayotgan
manba va qo‘llanmalar fihristi yaratildi. 1999-yilda esa akademik E.V.Rtveladze
va akademik A.X.Saidovlar tomonidan tayyorlangan “Amir Temur dunyo fani
ko‘zgusida” (Ртвеладзе Э.В., Саидов А.Х. Амир Темур в зеркале мировой
науки. – Ташкент: Издательский дом Мирэкономики и права, 1999. – 112 с.;
Ўша муаллифлар. Амир Темур в зеркале мировой истории. Библиография /
Отв. за выпуск Д.Нурматова. – Париж, 1996. – 28) nomli bibliografik nashrda
xorijiy tillarda chop etilgan adabiyotlar tizimga solindi. Mualliflar jahon
tarixshunosligida mustaqil “temurshunoslik” ilmiy yo‘nalishi shakllanganini
e’tirof etishdi. Shuningdek, “Amir Temur jahon tarixida” nomli nashrining “Amir
Temur davri tarixnavisligi” bobidagi “Ilmiy izlanishlar” qismida O‘zbekiston va
xorij tadqiqotchilarining ishlari tahlil qilindi. Nashrda “Amir Temur shaxsini
biryoqlama, tor va bir xil tarzda talqin etishdan iborat dastlabki ko‘nikmalardan uni
chuqur, keng va har yoqlama idrok etishga asta-sekin o‘tish tadriji sodir bo‘ldi”
(Amir Temur jahon tarixida. – Toshkent: Sharq, 2001. – B. 214–216), degan
xulosaga kelinishi tarixshunoslikdagi ilmiy burilishdir. 2003-yilda akademik
B.Ahmedov,
B.Qosimov,
I.Niyazov,
B.Bannopov,
M.Zikrullayev,
Ya.Muhammedov tomonidan ham temurshunoslik sohasida bir muncha tadqiqotlar
olib borilib, “Amir Temur bibliografiyasi” (Amir Temur bibliografiyasi.
B.Ahmedov,
B.Qosimov,
I.Niyazov,
B.Bannopov,
M.Zikrullayev,
Ya.Muhammedov. Markaziy Osiyoni tadqiq qilish Fransuz Instituti. Toshkent,
2003. – 114-b.) nashrdan chiqdi. 2010-yilda O.Rahmatullayeva tomonidan
tayyorlangan
“Amir
Temur
saltanati
tarixnavisligi”
nomli
bibliografik
ko‘rsatkichda faqat O‘zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan
adabiyotlar jamlanib sohalar bo‘yicha tasniflandi (Rahmatullayeva A. Amir Temur
saltanati tarixnavisligi (Bibliografik ko‘rsatkich). – T.: Fan va texnologiya,2010. –
95-b.). Amir Temur va temuriylar davri tarixshunosligi bo‘yicha O‘zbekistonda bir
muncha salmoqli ishlar amalga oshirilgan. Aksariyat tadqiqotchilarning yakdillik
bilan ta’kidlashicha, boshqa tarixiy davrni o‘rganishda adabiyotlar taqchilligi
qiynasa, bu davr tadqiqotchisiga esa adabiyotlarning ko‘pligi va turli munosabat
qiyinchilik tug‘diradi. Aynan shu jihat ham bibliografik tadqiqotlarga bo‘lgan
ehtiyojni kuchaytiradi.
Keyingi yillarda Amir Temur shaxsi va davriga oid birmuncha manbalar
tarjimasi, ilmiy, ilmiy-ommabop, badiiy adabiyotlar yaratildiki, ularni aniqlash,
5
tizimlashtirish zaruriyatini keltirib chiqardi. Mazkur loyihada mavzuni yorituvchi
yozma manbalar, monografiyalar, risolalar, dissertatsiya va avtoreferatlar ro‘yxati,
yubileylarga bag‘ishlangan albomlar, tarixiy ma’lumotnoma va solnomalar,
respublika va xalqaro konferensiya materiallari, o‘quv qo‘llanmalar, respublika va
xorijiy nashrlarda chop etilgan maqolalar jamlandi. Shuningdek, unda xorijiy
davlatlardagi kutubxonalar, muzeylar va fondlardan o‘rin olgan adabiyotlardan
ham imkon qadar foydalanildi. Jumladan, rus, ingliz, fransuz, turk, arab, fors
tillarida nashr etilgan 6 mingga yaqin turli kitob va maqolalar nashrlari imkon
qadar jamlanib, ma’lum bir tartibga solindi.
Mavzuning maqsad va vazifalari. Sohibqiron zamonasining ajoyib diplomati,
davlatlar o’rtasida do’stona munosabatlar o’rnatilishi va iqtisodiy aloqalar
rivojlanishining tarafdori sifatida ham mashhur edi. U olimlar va hokimlar,
me’morlar va shoirlarning buyuk homiysi yanglig’ dong chiqargan».
Davlat mustaqilligiga erishib, bugungi kunda demokratik-huquqiy davlat
qurayotgan xalqimiz Vatanimiz tarixida huquqiy davlat haqidagi tasavvur va
qarashlarning yuzaga kelishi hamda rivojlanishi, uning yuridik manbalari,
dunyoviy huquq va qonunchilik masalalarini ham bilishni istaydi, albatta. Ana shu
nuqtai nazardan qaraganda, Temur tuzuklarini tarixiy-huquqiy tadqiq etish alohida
dolzarblik kasb etadi. Zero, o’tmish merosimiz, uning boy davlatchilik va huquqiy
asoslari, xususan, Amir Temur davrida davlat va huquq borasida qo’llanilgan
adolatli tamoyillar bugungi kunda mustaqilligimizga ham xizmat qilib, shaxsning
yuksak
siyosiy,
axloqiy
va
huquqiy
madaniyatini
shakllantirishda
ko’maklashmoqda. Amir Temur hayoti va faoliyatini yorituvchi asosiy tarixiy
manbalar benihoya ko’p va xilma-xil bo’lib, bu uning nomi, jahon tarixidagi roli
beqiyos ekanligi va g’oyat mashhurligidan dalolat beradi. Bu masalalarga oid
manbalarning ilmiy tahlili jamiyatshunos olimlarimiz asarlarida, ayniqsa, o’zbek,
rus, ingliz tillarida nashr etilgan «Amir Temur jahon tarixida» nomli fundamental
tadqiqotda batafsil berilgan. Ushbu tadqiqotda mazkur mavzu bo’yicha jahonning
turli tillarida nashr etilgan adabiyotlar ro’yxati ham keltirilgan, shuningdek, Amir
Temur, Temuriylar davlati, uning tashkil topishi masalalariga bag’ishlangan, chet
ellarda va Respublikamizda olib borilgan tadqiqotlarning ilmiy tahlili ham bir
qator olimlarimizning kitoblarida yoritilgan.
«Temur tuzuklari» ilmiy jamoatchilikni 600 yil mobaynida qiziqtirib
kelmoqda. Albatta, ushbu davrda yaratilgan adabiyotlar juda ko’p, mavjud
adabiyotlarni agar yaratilish sanalariga ko’ra tasnif etsak, uch davrni ajratib
ko’rsatsa bo’ladi: 1) tuzuklar bo’yicha 1917 yilgacha olib borilgan tadqiqotlar; 2)
sho’rolar davrida yozilgan asarlar; 3) mustaqillik davrida yaratilgan ilmiy
izlanishlar. Jumladan, XIX asrning ikkinchi yarmida o’zining siyosiy-iqtisodiy
manfaatlaridan kelib chiqib, Turkistonni o’z ta’sir doirasiga olgan, o’lkada
mustamlakachilik rejimini o’rnatgan mustamlakachi ma’murlar Turkistonning boy
ma’naviy-huquqiy merosiga duch keldilar va bu merosni o’zida aks ettirgan ba’zi
asarlar, jumladan, «Temur tuzuklari» o’sha davrdayoq rus tiliga tarjima etildi va
ilmiy jamoatchilikka tanishtirildi. O’sha davrdagi rus olimlaridan biri D.I.Logofet
«Tuzuklar»ni o’rganib va unga yuksak baho berib: «Turkistonda huquqiy davlat va
6
Konstitusion Kodeks Yevropadan 500-400 yillar oldin vujudga kelgan», degan
fikrni ilgari suradi. Ba’zi rus olimlari esa «Temur tuzuklari»ga past nazar bilan
qarab, uning muallifi Amir Temur ekanligiga, hatto, shubha bildirganlar. Ana
shulardan birinchisi – taniqli sharqshunos olim V.V.Bartold o’zining 1918 yilda
nashr ettirgan dastlab «Ulug’bek va uning davri»2 asarida, shuningdek, keyinchalik
1928 yilda chop etilgan «Mir Alisher va siyosiy hayot» nomli maqolasida ushbu
fikrni olg’a surib va rivojlantirib, «Temur tuzuklari» XVII asrda Hindistonda
bitilgan asar degan fikrni ilgari suradi. V.V. Bartoldning ushbu fikrlari o’sha
davrdagi hukmron siyosatga hamohang aytilganligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Bunday yondashishlar asosida turkiy xalqlarning qadimiy davlatchilikka ega
bo’lganligi, uning o’ziga xos huquqiy manbalari hamda ularni yaratish an’analari
mavjud bo’lganligini kamsitib ko’rsatish niyatlari yotadi. Bunday fikrlar davlat va
huquq tarixi bilan shug’ullanuvchi rus va sobiq sovet olimlari o’rtasida ham o’z
samarasini bergan. Sobiq sovetlar davlati va huquqi tarixining (to’g’rirog’i,
Rossiya) birinchi darslik kitobini yozgan S.V.Yushkov «Temur tuzuklari»dek
huquq manbaini ko’rmaslikka olib, O’rta Osiyo xalqlarining huquqiy manbalari
faqat «Qur’on va unga berilgan sharhlar hamda «Hidoya» dangina iborat», degan
xato fikrning shakllanishga olib keldi. Ushbu fikr tarixiy-huquqiy fanlarda 90-
yillargacha hukmron bo’lib qoldi. «Pravda Vostoka» gazetasining xabar
berishicha, 1930 yillarda «Temur tuzuklari»ni o’rganish va uning barcha
tahrirlarini to’plash maqsadida, huquqshunoslardan iborat maxsus guruh ham
tuzilgan. «O’zbekiston huquqi va sovet qurilishi ilmiy tadqiqot instituti qoshida
tashkil qilingan bu guruh Tuzuklarning o’zbekcha va ruscha tarjimalarini topib
to’plagan», deb xabar beradi gazeta, agar bu haqiqatan shunday bo’lsa, biror joyda,
ya’ni institut kutubxonasi yoki arxivlarda turgandir ular... «Eng avvalo, rus tilida
tegishli sharhlar bilan to’la tarjimasini bosib chiqarish rejalashtirilgan. Buxoro,
Samarqand va Shahrisabz kabi shaharlar arxivlarida saqlanayotgan hujjatlarni
o’rganish uchun ilmiy xodimlar yuborilgan.
Kurs ishinin
g tarkibi. Kirish, ikki bob, to’rt qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
2 Бобобеков Ҳ., Каримов Ш., Содиқов М., Усмонов Қ., Холбоев С., Шоймардонов И. Ўзбекистон тарихи.
Қисқача маълумотнома. – Тошкент: Фан, 2007.
7
I – Bob. Amir Temur davlati
1.1 Temur davlatining tashqi siyosati
Temur o’zining hayoti davomida harbiy iste’dodi, mohir sarkardaliga,
diplomatliliga va yetuk davlat arbobi bo’lganligi tufayli yuksalish va
insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan ulkan markazlashgan daatat tuzishga
muvaffaq bo’ldi. Sohibqiron turk-Mug’ul an’analariga amal qilgan holda o’z
davlati hududlarini suyurg’ol (ulus) tariqasida inom qilish yo’li bilan boshkargan.
Temur Movarounnahrdan tashqaridagi yerlarini ulusga bo’lib, farzandlariga in’om
etdi. Bu masalaning e’tiborli tomoni shundaki, garchi sohibqiron tomonidan bo’lib
berilgan yerlar ichki mustaqillikka ega bo’lsalar-da, lekin amalda batamom
markaziy hokimiyatga bo’ysundilar. Temurning o’ta darajadagi zukkoligini
shundan bilsa bo’ladiki, u uluslar o’rtasida nizolar kelib chiqmasligi uchun
ularning faoliyatini doimo nazorat qilib turadi. Temur davlatining eng ko’zga
ko’ringan va muammoli tomoni sohibqiron kichik bir viloyat doirasida tarbiya
topgan davlat mafkurasining boshqaruv tayanchi kuchli hokimiyat tushundi va
davlat, saltanat ishlarini yuzaga chiqarishda kamchilikka yo’l qo’ymaydigan
vazirlarni tanlashga harakat qildi. Amir Temur vazir to’rtta sifatga ega bo’lishi
lozim hisoblagan: birinchisi-asllik, toza nasllilik, ikkinchisi-aql-farosatlilik,
uchinchisi-sipohu raiyat axdidan xabardorlik to’rtinchisi-sabr-chidamlilik va
tinchliksevarlik. Amir Temur hukmronlik qilgan davrlarda davlatning markaziy
ma’muriyati boshida devonbegi, arkbegi va to’rt vazir turgan. Vazirlar soliqlar
yig’ish, meros ishlari, askarlar maoshi va ularni oziq-ovqat bilan ta’minlash, saroy
xarajatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarni bajarganlar.
Bu davrlarda yerga egalikning baьzi turlari mavjud bo’lib, ular suyurg’ol
yerlar, vaqf yerlar, jamoa yerlari edi. Xususiy egalari tarxon unvonini olganlar,
davlatga soliq to’lashda ba’zi imkoniyatlarga ega bo’lganlar, vaqf yerlar masjid va
madrasalarga qarashli yerlar bo’lib, ular soliq to’lashdan ozod qilganlar. Amir
Temur davrida asosiy soliq daromad solig’i xiroj bo’lib, u olinadigan daromadning
uchdan bir qismiga teng bo’lgan. Temur tuzuklarida yozilishicha, kimki biron
sahroni obod qilsa, yoki yer osti suvlarini tortib oladigan inshoot qursa, yo, biron
bog’ ko’kartirsa, yoxud biron tashlandiq yerni obod qilsa, faqat yerni
o’zlashtirganining uchinchi yili (birinchi, ikkinchi yil umuman to’lamagan) qonun
doirasda xiroj solig’i olingan. Undan tashqari ushr, mol, suvloq soliq turlari
mavjud bo’lib, ular yillar davomida amal qilingan tartib-qoidalarga binoan
to’plangan.3 Soliq to’plovchi soliq yig’ish jarayonida soliqni yaxshi so’zlar bilan
to’plashi, aholini kaltaklash hollari, zanjirband etish hollari kelib chiqmasligini
nazorat qilishi shart edi. Amir Temur davlatni mustaxkamlashda qonun-
qoidalarning tutgan o’rniga keng e’tibor berdi. Fransuz olimi Alfons de Lamartin
3 Бўрибой Аҳмедов. Амир Темур сабоқлари 2-Том. Ғафур Ғулом номидаги Адабийот ва саньат нашрийоти.
Тошкент. 1999й. B.32-42
8
Amir Temur davlati haqida shuday degan edi: «Yevropa Iskandarda, na Atillada va
na Moskoviya zafarini quchgan fotih Napoleonda adolatli qonunlar asosiga
qurilgan bunday boshqaruvni bunyod etgan emas». «Davlat ishlarini, - deb edi
Amir Temur, - saltanat qonun-qoidalariga asoslaigan holda boshqardim. To’ra va
tuzukka tayanib saltanatda o’z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim».
Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab,
Samarqandni poytaxt qilib olgach, u katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga
aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan
keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar
barpo etildi. Hatto g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar
qo’nib o’tadigan sus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devolar bilan
o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi
nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy
bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi. Temur noyob
qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli
go’zal bog’lar qurdirardi. Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti
Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga
qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo
ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u
bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga
keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Axmad Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu
yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi
munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi
yotgani ma’lum.Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik
keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’yi harakatlari bilan
Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari
sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng
rivojlanishi shaxarlarda xunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib
borganida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning
tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari
nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.Amir Temur
davlatining mafkurasi ijtimoiy-iqtisodiy hayotni izga solib yo’naltirishdan tashkari
siyosiy hayotda ham kuch keng yo’lga qo’ydi. Sohibqiron chet davlatlar bilan
aloqani keng yo’lga qo’ydi.4 U davr shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda
qat’iy, faol harakat qilib, o’z saltanati dovrug’ini jahon miqyosiga chiqara oldi.
Sohibqironning Yildirim Boyazid ustidan bo’lgan g’alabalaridan so’ng Fransiya,
Angliya, Genuya va Vizantiya erkin aloqalarni, savdogarlar va mol almashishini
taklif etgan. Shunday qilib u Yevropa davlatlari bilan yaqin qo’shnichilik qilish,
savdo karvon yo’llarini rivojlantirish niyati borligini kursatib o’z davlati shuhratini
Yevropaga tarqata oldi. Uning saltanatini dovrug’i bu mamlakatlarga yetib borishi
bilan Fransiya, Angliya, Genuya, Vizantiya, Ispaniya kabi davlatlarning qirollari
4 Vohidov Sh., Xoliqova R. Markaziy Osiyodagi davlat boshqaruv tarixidan. Toshkent. Yangi asr avlodi. 2006.
B.12-13
9
sohibqiron bilan siyosiy, iqtisodiy, savdo aloqalari o’rnatshpga intilganlar, shu bois
ular sohibqiron huzuriga muntazam elchilar yuborib turganlar. Temurning chet
davlatlar bilan olib borgan diplomatik aloqalarida uning o’g’li Mironshoh ko’p
yordam bergan. Amir Temur davrida diniy ilmlar va dunyoviy fanlar barqaror
bo’lgan. Sohibqiron o’z davrining fan va madaniyatli jonkuyari sifatida shuhrat
qozondi. Temur taqvodor ruhoniylarga chuqur hurmat bilan qaradi. Ularning
duolarini oldi, doimo kamsitilgan mazhab tarafdorlarini o’z himoyasiga oldi.
Darvesh, faqir va miskinlarni o’ziga yaqin tutib, ularni ranjitmaslik uchun barcha
talablarini bajardi. O’rta Osiyo xalqlarining ma’naviy taraqqiyotida Temurr diniy
va dunyoviy bilimlariga e’tibor berishi ahamiyatga ega edi. Sohibqiron doimo ilm
ahli va ulamo bilan suhbatda bo’lib, qalbi toza kishilarga talpingan. Temur
davrdagi ilm-fan, me’morchilik, san’at sohalari o’z davriga nisbatan o’ta darajada
rivojlanib, yuksak ma’naviy boylik darajasiga ko’tarildi. Temur davrning nodir
qo’lyozmalari tarixiy mo’jizasiga aylanib qoldi. Din jamiyatda mafkuraning
ustunlaridan biri bo’lgan sababli sohibqiron dinga keng e’tibor berdi. U nafaqat
askarlarini, balki barcha fuqarolarini musulmonchilik tarbiyalashga harakat qilgan,
Uning doimo amal qilib kelgan «Kuch adolatdadir» degan so’zlari uning davlat
boshqarishdagi yuksak qobiliyatidan dalolat beradi. Mashhur muarrixlardan biri
Nizomiddin Shomiy o’zish «Zafarnoma» asarida shunday yozadi: «...uniig
adolatiyu siyosati o’rnatilgan kunlarda Movarounnahrning eng chekka joylardagina
emas, balki Xo’tan chegarasidan Dehli va Kanboyit atrofigacha, Bobil Abvobdan
to Misr va Rum hududigacha bo’lgan yerlardan savdogarlar u yerda tursin,
bolalaru, beva xotin ham ipakli matrlar, oltin-kumush va eng zarur tijorat mollari
keltirardilar va olib ketardilar. Hech bir kimsaning bir doniga ham ko’z olaytira
olmaydi va bir dirhamiga ham ziyon yetkazmaydi. Bu cheksiz ne’mat va poyonsiz
marhamatlar Amir sohibqironning siyosati va adolati natijasidandir». Amir
Temurning o‘zi o‘qimishliligi zukkoligi adabiyot va san‘atga qiziqishi shuning
bilan birgalikda o‘z ona tilidan tashqari boshqa bir nechta tillarni ham yaxshi
bilishi, shuning asosida turli xil davlatlardan olib kelingan olimu fuzalolar,
allomalar bilan ko‘plab suhbatlar uyushtirib turardi, keyinchalik Amir Temurning
bunday olib borgan oqilona siyosati zamirida XIV-XV asrlarda sharq musulmon
olamida IX- XII asrdan so‘ng yana bir uyg‘onish davrini renessansni vujudga
kelishida juda katta omil bo‘lib xizmat qildi desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Amir Temur har bir sohaga alohida e‘tibor qaratdi shu jumladan ta‘lim, ilm-fan
sohasiga asosiy e‘tiborini qaratdi. Ayniqsa mo‘g‘ullardan so‘ng ezilgan xalqning
o‘tmishini ajdodlarining qanday buyuk shaxslar ekanligini bilishi uchun tarix
sohasini rivojlantirdi. Temurning o‘zi ham tarixiy adabiyotlarni mutoala qilib borar
edi. Bu haqda Amir Temur saroyida 12 yoshida keltirilgan tarixchilik bilan
shug‘ullangan Ibn Arabshoh o‘zining Amir Temur tarixi kitobida shunday
keltiradi: “Temur tarix (kitob) lari, Xudoning raxmati va salomi bo‘lg‘ur anbiyolar
«Qissalarni podshohlar siyratlari va o‘tgan salaflar haqidagi hikoyalarni doimo-
saafarda, ham xadarda ham o‘qutib, qunt bilan tinglar edi».1 Ko’rinib turibdiki
Amir Temurning tarixga, o’tmishga, ajdodlari merosiga befarq qaramasligi uning
ezilgan xalqni qaytadan ma‘naviy jihatdan birlashtirishiga katta yordam berdi.
10
Amir Temur davlatida ilm- fan bilan shug‘ullanish uchun juda katta imkonoyatlar
yaratishi bilan birgalikda olimlarni har jihatdan qo‘llab quvvatlagan. Amir Temur
yurishalari vaqtida qaysi davlatga bormasin birinchi navbatda ilm ahllarini,
olimlarni va yozuvchilarni alohida e‘tibor bilan ulug‘lagan, izzat-ikrom ko’rsatib
ularni o‘z davlatiga olib kelgan va ilm bilan shug‘ullanish uchun barcha
sharoitlarni yaratib bergan. Shunday Amir Temurdan ro’shnolik ko’rgan o’zi
sevgan ilmi bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’lgan o’z davrining buyuk
shaxslaridan biri Ibn Xaldun: “Tangriga xamd bo’lsinki, qimmatimni biladigan,
xizmatimni qadrlaydigan va hurmatimni o’rniga qo’yadigan kishini menga ato
qildi”2 deb yozadi. Keyinchalik Ibn Xaldun Amir Temur bilan tanishgandan so‘ng
ungacha bo’lgan davrini besamar ketganligini anglaydi va afsus chekadi. Amir
Temur olimlar bilan suhbat va bahslar uyushtirishni yaxshi kо‘rgan, g‘oliblarga
qimmatbaho tuhfalar bergan. Amir Temur o’qimishli, dono kishilar davrasini, ular
bilan suhbat qilishni yoqtirgan, davlat ishlarini yo’lga qoyishda ular bilan
maslahatlashib ish ko’rgan.5 Shuning uchun ham u o‘zining “Tuzuklari”da qayd
etilgan 12 toifa va tabaqaning ikkinchisiga aqlli kishilar va kengash sohiblarlarni
kiritdi va ularni e‘tiborli shaxslar deb bildi.
1.2 Temur davlatida obodonchilik ishlari
Sohibqiron mamlakat obodonchiligiga ham juda katta e’tibor berdi. Dastlab,
Samarqandni poytaxt qilib olgach, u katta imtiyozlarga ega bo’lgan shaharga
aylanadi. Sohibqiron harakati bilan Samarqandda dunyoning yirik shaharlaridan
keltirilgan binokorlar, me’morlar tomonidan masjidlar, madrasalar, maqbaralar
barpo etildi. Hatto g’ariblarga oziq-ovqat beradigan g’aribxonalar, yo’lovchilar
qo’nib o’tadigan sus joylar ham qurilgan. Shahar atrofi mustahkam devolar bilan
o’ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So’zangaron va Feruza kabi
nomlar bilan darvozalar quriladi. Temurning qarorgohi sifatida noyob ma’muriy
bino Ko’ksaroy va Bo’stonsaroylar ham aynan shu yerda quriladi. Temur noyob
qurilishlardan tashqari Samarqand atrofida o’zining xeshu aqrabolariga atab turli
go’zal bog’lar qurdirardi. Temur ulkan sohibqiron sifatida o’zining ona yurti
Keshga katta diqqat-e’tibor bilan qaradi. Yozma manbalardagi ma’lumotlariga
qaraganda, Amir Temur Shahrisabzda Oqsaroy, jome’ masjid, madrasalar barpo
ettiradi. Sohibqirondagi ulug’ sahovatning yana bir tomoni shunda ediki, u
bepoyon dashtlar bilan qamrab olingan Turkiston shahrini ham obodonchiligiga
keng e’tibor berdi. Jumladan, Xoja Axmad Yassaviy maqbarasini qurish bilan bu
yerda nafaqat obodonchilik, balki ko’chmanchi va o’troq aholi orasidagi
munosabatni yaxshi yo’lga qo’yish, urug’lar o’rtasida tinchlik saqlash maqsadi
yotgani ma’lum.Amir Temur davrida yangi shaharlar, savdo va hunarmandchilik
keng rivojlanganligini aytib o’tmoq lozim. Temurning sa’yi harakatlari bilan
Buxoro, Shaxrisabz, Toshkent kabi shaharlar savdo va hunarmandchilik markazlari
5 Muhammad ali Balijuvoniy – Tarixi nofei. (Tojik tilidan tarjimasi, so’zboshi va izohlar muallifi Vohidov. Sh.
Toshkent:. 2001.B.12-15
11
sifatida rivojlanib bordi. Ayniqsa, bu davrlarda hunarmandchilikning keng
rivojlanishi shaxarlarda xunarmandchilik mahallalari, savdo rastalari soni ortib
borganida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Sohibqiron savdo yo’llari rivojiga, uning
tinchligiga keng e’tibor berib bordi. Shaxsan o’zining nazorati ostida savdo yo’llari
nazorat qilib borilishi savdo karvonlarining xavfsizligini ta’minladi.Umuman ilm-
fan, madaniyat, ma’naviyat, san’at sohasiga homiyligi g’amxo’rlik qilgani
musatqillik davri adabiyotlarida alohida ta’kidlanadi, xususan “Amir Temur jahon
tarixida” kitobida XIV-XV asrlardagi ikkinchi renessansni Amir Temurning
fidoyiligi bunyodkorligining natijasi ekanligi ta‘kidlab o’tiladi. Temur va
temuriylar davrida rivojlangan ayrim fanlar xususan matematika, geografiya,
gemetriya, astronomiya, tarix, falsafa, tibbiyot va adabiyot sohalarida shunday
ajiyib asarlar yaratildiki bu asarlar nafaqat sharq renessansi rivojida balki
yevropada ham uyg‘onish davrining vujudga kelishida va keyinchalik Evropa fan
yaraqqiyotining rivojlanishiga katta ahamiyat kasb etdi. Amir Temurdan keyin
uning bu ishlarini uning avlodlari nabiralari davom ettirdi. Amir Temurning
sevimli nabiralaridan biri buyuk olim Mirzo Ulug‘bek davrida ilm-fan, ma‘naviyat,
madaniyat va san‘at bobosi davridagidek rivojlandi. Ulug‘bekning Samarqanda
qurdirgan observatoriyasida Astronomik jadval tuzdi u yerda olib borilgan
astronomik kuzatishlar yordamida 1018 ta qo‘zg‘almas yulduzlarning joylashuvini
aniqladi. Bu observatoriyada olib borilgan astronomik kuzatishlar va astronomik
jadval XVII asrga kelib yevropada astronomiya sohasidagi yutuqlarga asosiy
qo‘llanmalardan biri bo‘lib qoldi. Bundan tashqari Ulug’bekning astronomiya
faniga doir “Ziji Ko‘ragoniy” asarining yaratilishi astronomiya fani uchun katta
kashfiyot bo‘ldi. Ulug’bek bobosi kabi ilm-fan sohasiga ham homiylik qildi, uning
o‘zi qurdirgan madrasalardan “ biriga ilm olish har bir musulmon yigit va qiz
uchun farzdir” degan o‘giti ilm ma’rifat uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Ulug’bekning o’zi ham adabiyot san’at sohasi bilan shug’ullanib turgan. Xususan
Alisher Navoiy o’zining “Majolisun Nafoisi” da Ulug’bek adiblarning homiysigina
emas, balki sheriyatning qadriga etuvchi edi, o’zi ham sher yozar edi, deb
ko’rsatgan”.4 Shundan ko’rinib turibdiki Ulug’bek har tomonlama ilm-fan,
madaniyat va san’atning rivojla nishiga katta xissa qo’shgan. Temuriylar davrida
bundan tashqari juda ko’plab olimlar, yozuvchilar, tarixchilar, mashoyiqlar,
hunarmand ustalar, xattotlar yetishib chiqdiki ular ham ikkinchi uyg’onish
davrining vujudga kelishi rivojlanishi va taraqqiy topishida alohida rol o’ynaganlar
desak aslo mubolag’a bo’lmaydi. Amir Temur shaxsi uning davlat tuzish hamda
askarboshilik faoliyati haqida yaqin-yaqingacha faqat bir tomonlama yondashib
kelindi. Shu davr to’g’risida ilmiy ish yozgan mualliflar, asosan,tarixchi Ibn
Arabshohning «Temur taqdirida taqdir ajoyibotlari» nomli asaridagi unga berilgan
ta’rifiga suyanib, uni rahmsiz, johil, zolim Chingizxondan hech kam bo’lmagan
o’rta asr hukmdori deb ta’riflab keldilar. Ammo shu narsani tan olish kerakki, Ibn
Arabshohning kitobi diqqat bilan o’qilsa, Temurga berilgan salbiy baholardan
ijobiylari ko’proq. Ammo Ovro’po tarixchilari shu kitobda keltirilgan uch
qatorgina ta’rifni ushlab olganlar, xolos. Shuning uchun ham bunday bir
tomonlama yondashishni, eng avvalo, g’arazsiz deb baholab bo’lmaydi, qolaversa,
12
bu tarixiy faktni buzib ko’rsatishdir. To’g’ri, Amir Temur o’z davrining hukmdori,
uning shaxsi ziddiyatli bo’lib, faoliyatida adolat va qatgiqqo’lliklar bir chiziqda
yotadi.
Uning davlat arbobi va askarboshilik faoliyatini ikki davrga bo’lish mumkin:
1. Temurning Chig’atoy ulusida hokimiyatni qo’lga kiritishi. Mo’g’ullar zulmini
ag’darib tashlab, mustaqil markazlashgan davlat tuzishi (1370-1380 yillar). 2.
Imperiyani kengaytirish maqsadida o’zga mamlakatlarni asoratga solish davri.
Markazlashgan davlat tuzilgach, butun kuchini qisman mudofaa va istilo
urushlariga burdi (1380-1405 yillar). Tez fursatda Xuroson va Eronni, Hindiston,
Iroq, Suriya va Misrni, Rum va Kavkazortini bosib olib, o’z davlati hududlariga
qo’shdi. Shunisi xarakterliki, faqatgina Temurda emas, balki o’rta asrning deyarli
barcha hukmdorlarida shunga o’xshash o’zga erlarni bosib olish kayfiyati mavjud
bo’lgan. Markazi Samarqand bo’lgan juda kuchli davlat vujudga kelgan bir davrda
Osiyoda ikkita kuchli Turk davlati bor zdi. Bu davrga kelib, Oltin O’rdada oz sonli
bo’lgan mo’g’ul urug’lari musulmonchilikni qabul qilib, turkiy urug’larga
tamomila singib ketgan edilar. Oltin O’rdaning davlat tili xorazmiy turkiy tili edi.
Anatoliyada esa qudratli Usmonli turklar davlati tashkil topib, ular Rum
(Vizantiyaga), Sharqiy Yevropaga tahdid solib turar edilar. Usmonli beklar
nasablari bo’yicha Markaziy Osiyolik turk beklariga yaqin edilar. Temur
davlatining yashash va yashamasligi ana shu ikki davlat bilan bo’ladigan
munosabatga ham bog’liq edi. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, Amir Temur ko’p
o’tmasdan, o’z ittifoqchisi bo’lgan Turk amiri Qozog’onning nabirasi Husaynni
jangda engib, 1370 yilda uning bosh kenti – Balxni qo’lga kiritadi va ikki daryo
oralig’ida markazlashgan kuchli davlat tuzishga kirishadi. Uning bu ishida
Chig’atoy beklari, harbiy boshliqlar, ruhoniylar va shaharliklar orasida tayanch
kuchlar vujudga keladi. Dastlab, u Keshga kelib, davlat vazirini, tuman boshliqlari
va mingboshilarni tayinlaydi. Xorazmdan boshqa barcha erlarni o’z hokimiyati
ostiga birlashtiradi. Mo’g’ullar davrida Xorazm ikki qismga bo’lingan bo’lib,
markazi Urganch shahri bo’lgan Shimoliy Xorazm, bu Oltin O’rda tarkibiga kirar
edi va ikkinchisi – Markazi Kat qal’asi bo’lgan Chig’atoy ulusiga kiradigan
Janubiy Xorazm edi. 1359 yilda Oltin O’rdada yuz bergan g’alayonlardan keyin bu
ikkala qismni Qo’ng’irot qabilasiga mansub so’fiylar birlashtirgan edi. Ammo bu
vaqtda sobiq Chig’atoy ulusida hokimiyatni o’z qo’lida to’plab olgan Amir Temur
o’zini shu ulusning ham vorisi deb hisoblab, Xorazmning Oltin O’rda bilan
birlashishiga norozi ekanligini bildiradi. Amir Temurning Turon elini birlashtirish
uchun olib borgan kurashi hokimiyat o’zbek amirlari qo’llariga o’tgan Oltin O’rda
davlatini buyuk davlatchilik siyosatiga qarshi qurash bilan birga boradi. Xorazmni
o’z davlatiga qo’shish uchun 4 marta yurish qilib, 1388 yilda uni uzil-kesil qo’shib
oldi. 1395 yilda u Shimoliy Kavkazdagi Terek daryosi bo’yida Oq O’rdaning
o’zbek amirlaridan bo’lgan To’xtamishxonga xalokatli zarba berganidan keyin
Oltin O’rdaning bosh kenti – Saroy Berkani egalladi. Oltin O’rdaga berilgan zarba
Amir Temur o’z davlati manfaatlaridan kelib chiqishiga qaramasdan, bu g’alaba
rus xalqiga va Rus davlatiga ko’rsatilgan katta yordam edi. Bu tarixiy holni ilg’or
13
fikrli rus tarixchilari A.Yu. Yakubovskiy va B.D.Grekovlar obektiv baho berib, tan
olganlar. To’g’risini aytganda, uning xizmatlarini to’g’ri tushunib tan olganlar
Rossiyada hozir ham ko’p. Shulardan biri Rossiyaning Pokistondagi elchisi
A.Yu.Alekseevning quyidagi so’zlari diqqatga sazovordir: «Amir Temur
To’xtamishxon ustidan qozonilgan g’alaba haqida Oltin O’rdani emirish bilan Rus
mamlakatini qariyb 200 yil davom etgan mo’g’ul-tatar zulmidan faqat ozod
qilibgina qolmay, balki Rossiyaning mustaqil davlat sifatida rivojlanishiga yo’l
ochib berdi. Bu tarixiy haqiqat. Lekin Rossiyada yaqin vaqtlargacha bu haqida
gapirilmas yoki gapirishni istashmasdi. Biroq bundan ko’z yumib bo’larmidi?!
Haqiqat – bu haqiqat!» 1405 yilda Amir Temur Xitoyga qilayotgan yurishida
kasallanib, vafot etadi. Garchi Ibn Arabshoh va ba’zi tarixchilar uni savodsiz,
shafqatsiz hukmdor sifatida yozib qoldirgan bo’lsalar-da, uning jahon tarixida
tutgan o’rni, o’zbek davlatchiligi, uning tarixi, madaniyati qahramonlik tarixi
oldidagi xizmatlari nihoyasizdir. Uning qiyinchilik bilan tuzgan davlati ko’p sonli
amirzodalar orasida tez bo’linib, parchalanib ketadi. Amir Temur vafotidan keyin
o’zaro hokimiyat uchun kurashlar kuchayadi. Shohrux (1405-1447) davrida garchi
Amir Temur davlatining bir qismi boy berilgan bo’lsa-da, ammo u qudratli davlat
edi. Bu davlat amalda ikkiga – bosh kenti Hirot bo’lgan Xuroson va bosh kenti
Samarqand bo’lgan Movarounnahrga bo’lingan. Shohrux 15 yoshli o’g’li
Ulug’bekni Samarqand hokimi, Amir Temurning safdoshi – askarboshi Shoh
Malikni esa unga Otabek qilib tayinlaydi. 1411 yildan e’tiboran, 17 yoshli
Ulug’bek Movarounnahr va Samarqandni mustaqil boshqardi. «U odil sudlov va
boshqarishni amalga oshirishda maqtovga sazovor qoidalarga rioya qildi», – degan
edi Davlatshoh Samarqandiy. Ulug’bek otasidan ikki yil keyin, o’z o’g’li
Abdullatifning fatvosi bilan 1449 yilda o’ldirildi. Undan keyingi davrda Dasht
o’zbeklarining ikki daryo oralig’i ishlariga aralashuvi kuchayib, ularning xoni
Abulxayrxon yordamida Mironshoh avlodlaridan bo’lgan Abu Sayid (1451-1469)
hokimiyatni qo’lga oladi. U Eronda Temuriylar hukmronligini tiklash uchun
qilingan urushda asir olinib, qatl etilgach, hokimiyat uning avlodlariga o’tadi.
Xurosonda esa Umarshayx avlodlaridan Sulton Husayn Boyqaro hukmdor bo’ladi.
XV asrning oxiri – XVI asrning boshlariga kelib, Temuriylar davlati o’zaro taxt
talashishlar va Dasht o’zbeklarining hujumlari ostida halokatga uchradi. Xullas,
Amir Temur, eng avvalo, xalqini va yurtini zolimlar iskanjasidan ozod etishda
mardlik va jasorat ko’rsatdi. Vatan iqboli, shonu shavkati uchun fidoyilarcha
kurashdi, o’zi aytganidek, «saltanat to’nini kiygach», tinchligu sog’lig’i ketdi, o’z
to’shagida rohatda uxlash, huzur-halovatidan voz kechdi. Ammo u «adlu insof
bilan jahon gulshani obod bo’lur» deya, o’zidan yaxshi nom qoldirdi. Bugunda u
tuzgan qudratli davlatning mohiyati va tarixda tutgan o’rniga ahamiyat berib, uning
o’zbek davlatchiligi borasidagi eng yaxshi an’analarini o’rganish, davlatining
vujudga kelishini yanada kengroq tahlil etish bugungi davlatchilik ishlarimizda
juda qo’l keladi. Shunday qilib, Amir Temur saltanatining tashkil topishi tasodifiy
bir hol bo’lmasdan, butun XIV asr ijtimoiy-siyosiy voqealari rivojlanishidagi
tarixiy jarayonning taqozosi edi. Markazlashgan davlat tashkil topishining ichki va
tashqi shart-sharoitlari mavjud edi. Ichki sabablari: a) Chig’atoy ulusining inqirozi
14
va siyosiy tarqoqlikning kuchayishi mamlakatning iqtisodiy ahvolining tobora
og’irlashib borayotganligi, shuning uchun dehqonlar, chorvadorlar, hunarmandlar,
savdogarlar-barcha aholi mamlakatni mo’g’ul zulmidan xalos qilish va uni
birlashtirish tarafdori edi; b) mo’g’ullar istibdodining o’rnatilishi, Chig’atoy
xonlaridan to Tarmashirin davrigacha islom dini mavqeini juda pasaytirib, uning
obro’sini tushirib yuborgan edi. Davlatda islom dini mavqeini tiklash butun
ruhoniylarning xohishiga aylangan, ular tezroq bu istibdodni tugatish tarafdori
edilar; v) o’zaro urushlar, hokimiyat talashishlar xalqning tinka-madorini quritib
yuborgan, shuning uchun butun xalq istiqlol va yagona davlat tarafdori edi. Tashqi
shart-sharoitlariga kelganimizda: a) Oltin O’rda, Oq O’rda tomonidan
Muovarounnahrda o’zgarishlar kuzatilar, vaqti-vaqti bilan Chig’atoy ulusi ishlariga
aralashish hollari yuz berib turardi; b) Chig’atoy ulisi ikkiga bo’linib, Mo’g’uliston
tashkil topgan va uning qudratli xoni Tug’luq Temurxon bu ulusni o’z davlatiga
qo’shib olish uchun ikki marta Movarounnahrga qo’shin tortib kelishi, ya’ni
qaytadan mo’g’ullar hukmronligini tiklashga intilish mavjud edi. Ana shu shart-
sharoitlar Amir Temurning markazlashgan Turkiston saltanatining tashkil topishini
tezlashtirdi. Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida buyuk sohibqiron Amir Temur
alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali
muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza
va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi. Uning to’g’risida keragidan ortiqcha ko’p
kitoblar, maqolalar, esdaliklar, sahna asarlari yaratilgan. Ammo ular bir-biriga
o’xshamaydi, bir-birini inkor etadi. B uyozma manbalarning ba`zilarida Temurning
ijtimoiy-siyosiy va davlat faoliyati xolisona va ilmiy nuqtai nazardan yoritilgan
bo’lsa, boshqa birovlarida g’arazlik, ochiqdan-ochiq dushmanlik, ko’rolmaslik
jarayonida turib, sub`ektiv fikr va xulosalar ilgari surilgan. Bunday manba
asarlarining mualliflari ulug’ bobolarimiz Amir Temurni «qonxo’r», «bosqinchi»,
«kallakesar», «o’g’ri» va hakozo deb tuhmat qiladilar. Masalaning eng ayanchli va
mudhish tomoni shundaki, G’arbiy Evropaning ilg’or mamlakatlari Angliya,
Frantsiya, Germaniya va boshqalarda ilm-fan va davlat arboblari Temurga ijobiy
baho berib, ilmiy, badiiy va sahna asarlari yozganlar, uni e`zozlab o’quv yurtlari
dasturlariga kiritganlar va muzeylar tashkil etganlar. Masalan, nemis olimi
Dagenxard 1913 yildayoq Ovrupa sharqshunoslarining Amir Temur va temuriylar
davriga bag’ishlangan asarlar ro’yxati bibiliografiyasini chop etgan edi.
Taniqli frantsuz olimlari L. Keren «Temerlan yoxud sohibqiron salatanati» va J.
Ru «Temerlan» nomli kitoblarida har biri amir Temur haqidagi 100 dan ortiq asar
ro’yxatini keltirgan bo’lsalar, «Ulug’bek astranomiya sultoni» (Parij-1994) nomli
to’plamda 40 asr, «Samarqand 1400-1500: Temerlan poytaxti: saltanat va
uyg’onish yuragi» (Parij-1995) nomli asarda 27 kitob haqida ma`lumot berilgan.
Abdulhay Habibiyning 1974 yili Tehronda nashr etilgan 1018 sahifadan iborat
«Temur davri san`atlari» nomli asari Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixi,
majaniyati va san`atiga oid kitob va risolalar ro’yxati hamda dunyoning qaysi
kutubxonalarida saqlanayotganligi bilan tanishtirishga bag’ishlangan.
«Ahmad Zakiy Validiy asarlarining tartibi» kitobida 23 asar va kitob ko’rsatilgan
(Yosh Leninchi gazetasi 1991 yil 1 iyun’) yoki N. Muhiddinovning «Temuriylar
15
tarixi-xalqimiz tarixi» maqolasida temuriylar sulolasi to’g’risidagi 44 dan ortiq
manba, asarlar ro’yxati berilgan (Fan va turmush 1992 yil 11-12 sonlar).
Akademik B. Ahmedovning «Tarixdan saboqlar» va «Amir Temur» asarlarida
sohibqiron va temuriylar sulolasi haqida ko’pgina tarixiy hamda hozirgi zamonda
chop etilgan kitoblar tahlil berilgan. Rus sharqshunoslari ham XIX asrning II-
yarmidan Amir Temur shaxsini o’rganishga astoydil kirishganlar. eng avvalo bir
qancha xorijiy davlatlarda chiqqan asrrlar rus tiliga tarjima qilingan. Masalan,
taniqli sharqshunos olim N. Ostroumovning tashabbusi bilan va uning rahbarligida
frantsuz tilidan tarjima qilingan «Temur tuzuklari» ni va e. M. Langleyning
«Temur hayoti» nomli asarlarini ko’rsatish mumkin.Bulardan tashqari Kastiliya
qirolining elchisi Rui Gonsales de Klavixoning «Amir Temur saroyiga sayohati
kundaliklari» 1990 yili Moskvada «Nauka» nashriyotida qayta nashr etildi.6 N.
Likoshin o’zbek tilidan Amir Temurning «Tarjimai holi»ni 1894 yilda rus tilida
nashr qilgan. T. N. Granovskiy, M. I. Ivanin, D. N. Logofet, L. Zimin, I.I.
Umnyakov va boshqa bir qator rus sharqshunoslari Amir Temurning sarkardalik
mahoratiga e`tibor berilgan maqolalarni chop ettirishgan. Rus temurshunosligida
ayniqsa, salmoqli o’rinni mashhur akademik V. V. Bartol’dning chuqur
tadqiqotlari «Turkiston mo’g’ul istilosi davrida», «Ulug’bek va uning davri»
kitoblari, hamda taniqli sharqshunos A. Yu. Yakubovskiyning «O’zbekiston
xalqlari tarixi» ning Amir Temur va temuriylarga bag’ishlangan bo’limi, uning
hammualliflikda B. D. Grekov bilan yozgan «Oltin O’rda va uning qulashi» va
boshqa bir necha maqolalari muhim o’rinni egallaydi. Bu va bir qator ko’zga
ko’ringan temurshunoslarning maqolalari 1922 yili nashr etilgan katta hajmli
to’plamda berilgan. Vatanimiz va davlatchiligimiz tarixida sohibqiron Amir Temur
alohida o’rinda turadi. Ulug’ bobomiz shaxsining murakkabligi munozarali
muammo emas. Shu boisdan ham Amir Temurga baho berganda uni bir xil andoza
va o’lchov bilan baholab bo’lmaydi. Shuni chuqur taassuf bilan ta`kidlamoq
lozimki, XX asrning 60-80 yillarida markscha-lenincha mafkura tayziqi ostida
bo’lgan ayrim sovet tarixchi olimlari Amir Temur shaxsini «faqat qora ko’zoynak
orqali» talqin etadilar. Ular Amir Temur bobomizni «qonxo’r», «bosqinchi»,
«kallakesar», «o’g’ri» va h. k. deb atadilar. Sobiq sho’rolar davrida markscha-
lenincha mafkura hukmronligi tufayli Amir Temur haqida ijobiy fikr bildirilgan
asar yoki maqola yozish u yoqda tursin, buyuk vatandoshimizning hatto nomini
ham tilga olish ta`qiqlab qo’yilgan edi. Amir Temurning nomi faqat qora
bo’yoqlarda o’quv qo’llanmalari va darsliklarga kiritildi. Amir Temur va
temuriylar sulolasi tarixini chuqur bilish nima uchun zarur? Birinchidan, o’z
tarixini, nasl-nasabini, merosini bilmagan millatning kelajagi bo’lmaydi. CHunki
har bir xalqning o’z tarixi mavjud. O’z tarixini bilmagan, uning ijobiy va salbiy
tajribalarini o’rganib, tegishli xulosalar chiqarmagan xalq bugungi hayotning
qadrini va muammolarini tushunib eta olmaydi, o’z kelajagi haqida aniq
tasavvurga, puxta ishlangan dasturga ega bo’la olmaydi. Biz kelajagi buyuk
6 Zamonov. A – “O’zbekiston tarixi”(ilmiy jurnal)., XVIII – XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligida harbiy boshqaruv
va qo’shin tuzilishi. 2014., B.43-50
16
O’zbekistonni barpo etishga kirishgan ekanmiz, bobokalonimizning ulug’ hayoti
va faoliyati bizga katta ishonch, intilish, qattiyat va kuch-quvvat baxsh etadi.
Ikkinchidan, Amir Temur va temuriylar tarixini har tomonlama chuqur o’rganish
faqat ilmiy va ma`rifiy ahamiyat kasb etib qolmasdan, tarbiyaviy va amaliy
ahamiyatga ham egadir. Bu davrda shikllangan va rivojlangan tarix saboqlaridan
mustaqillik yo’lida foydalanish zarur.
Tarix har bir insonni o’z vataniga muhabbat, sadoqat, o’z xalqining o’tmishi
qaqida aniq tasavvurga ega bo’lish, uning hozirgi kuni va kelajagi bilan
g’ururlanish ruhida tarbiyalashning muhim vositalaridan biridir. Shu boisdan Amir
Temur va temuriylar davri tarixini o’rganish va tahlil qilish hozirgi kunda ham o’z
ahamiyatini yo’qotmagan.
Bularni Amir Temur tarixi saboqlari deb atash mumkin. Saboqlarning eng asosiysi
quyidagilardir: Birinchisi, Amir Temur 150 yil qaramlikdan so’ng, o’zbek milliy
davlatchiligining mustaqilligini tiklagan, mamlakat va mintaqalarni birlashtirgan,
o’z zamonasi uchun dunyo miqyosidagi taraqqiyparvar markazlashgan davlat
boshqaruv tizimini yaratgan.
Ikkinchisi, sohibqiron o’z saltanatida tinchlik, osoyishtalik va barqarorlikni
ta`minlashga eng asosiy vazifa deb qaragan va bu borada barcha choralarni ishga
solgan. Buning natijasida iqtisodiy, madaniy va siyosiy sohalarda ulkan yutuqlarga
erishilgan. Bu zotning adolatli, xalqparvar siyosati natijasidir. Bunday siyosat
tufayli xalq bilan davlat o’rtasida o’zaro hamkorlik, bir-birini qo’llab—uvvatlash
yuzaga kelgan, davlat butun choralar bilan o’z fuqarolari haqida g’amxo’rlik
qilgan. Aholiga jabr-zulm o’tkazganlarni, o’g’ri-talonchilarni, bosqinchilarni qatti-
jazolagan, xalq esa bunga javoban Amir Temur olib borgan siyosatni qo’llab-
quvvatlagan, u o’rnatgan qonun-qoidalarga rioya etgan. Uchinchisi, Amir Temur
dehqonchilik, hunarmandchilik, ichki va tashqi savdoni rivojlantirish uchun zarur
shart-sharoitlar yaratgan.7 Uning hukmronlik davrida va shundan keyin mulkchilik
munosabatlari, soliq tizimi taraqqiy etgan. To’rtinchisi, Amir Temur fan va
madaniyat ravnaqiga keng imkoniyatlar yaratgan, din peshvolari olimlar,
san`atkorlar, me`morlar, yozuvchilar, shoirlarga alohida qamxo’rlik ko’rsatib
turgan. Bunday siyosatning natijasi o’laroq sharq uyg’onish davrining ikkinchi
bosqichiga asos solingan. Beshinchisi, Amir Temur mohir va muzaffar sarkarda
sifatida mamlakatning mudofaa qudratini ta`minoti, uni qurollantirish, harbiy
intizom masalalariga alohida e`tibor bergan. Oltinchisi, Amir Temur saltanatning
barcha mintaqalaridagi haqiqiy ahvol, mahalliy amaldorlarning xalqqa munosabati,
bozorlardagi narx-navo, joylardagi tartib intizom haqida anih, to’g’ri ma`lumotga
ega bo’lishga katta e`tibor bergan. Buning uchun maxsus axborot to’plovchilardan,
aloqa xizmatchilaridan, joylarga topshiriq bilan yuboriladigan ishonchli
vakillardan foydalangan. Sohibqiron bevosita xalq bilan uchrashib turgan, xalqning
arz va shikoyatlarini bevosita ko’rib va eshitib hal qilgan.
7 Саидов А., Таджиханов У., Одилқориев Х. Давлат ва ҳуқуқ асослари. Дарслик. – Тошкент: Шарқ, 2002.
Б.31-41
17
Ettinchisi, Amir Temur mansabdor shaxslarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish,
ular faoliyatini nazorat qilish masalalariga katta e`tibor bergan. Biror kishini u yoki
bu lavozimga tayinlashdan uning nasl-nasabini, bilimini, qobiliyatini, hayotiy
tajribasini, ahloqiy hislarini, o’z kasbiga, vataniga, xalqiga sadoqatini hisobga
olgan. Mansabdorlar faoliyatiga baho berishda xalqning ular haqidagi fikri, adolat
va insof bilan ish ko’rishlari, masalalarni qonuniy hal qilishlari asosiy me`yor
bo’lib xizmat qilgan. Sakkizinchisi, Amir Temur saltanatida davlat ahamiyatiga
molik masalalar kengashlarda maslahatlashib hal etilgan. Sohibqiron va temuriylar
o’z atrofiga olimu-fuzalolarni to’plab, davlatni boshqarishda ular bilan bamaslahat
fikrlarini hisobga olib ish ko’rganlar. To’qqizinchisi, Amir Temur shariat va
«Tuzuklar» asosida jamiyat huquqiy hayotini boshqarishni yo’lga qo’ygan.
O’ninchisi, Amir Temur jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini
nazarda tutgan va ularning manfaatini hisobga olgan va ta`minlagan. O’n
birinchisi, Amir Temur o’z davri shart-sharoitlariga ko’ra tashqi siyosatda qat`iy,
faol hamda maqsadga muvofiq harakat qilib, o’z saltanatini jahon miqyosiga olib
chiqqan. O’n ikkinchisi, Amir Temur saltanatida ibratli, ijobiy jihatlar, tadbirlar
hukm surganligi bilan bir qatorda illatlar, qonunbuzarliklar, haqsizliklar, hatto
yovuzliklar ham bo’lgan. Zotan bu xalqimiz o’tmishida tarixiy va siyosiy
voqealarga, qarama-qarshiliklarga eng boy davrdir. eng asosiysi, bu davrni
yoritishda bir tomonlikka-faqat ijobiy va salbiy jihatlarni bo’rttirib ko’rsatishga
harakat qilmaslik zarur. Umuman, Amir Temur va temuriylar tarixiga har
tomonlama, ilmiy, umuminsoniy nuqtai nazardan yondoshish va baho berish kerak.
Amir Temur va temuriylar sulolasi tarixini o’rganish shuni ko’rsatadiki, har bir
mustaqil davlat o’zining milliy mafkurasiga ega bo’lishi shart. Busiz tom
ma`nodagi milliy davlatning bo’lishi mumkin emas. Shuning uchun milliy istiqlol
mafkurasini shakllantirishda amir Temur saltanati va nazariy, amaliy va tarbiyaviy
ahamiyatga egadir. Amir Temur va temuriylar davriga oid arab tilidagi yozma
manbalar sirasida arab tarixchisi ibn Arabshohning (1389-1450) «Ajoyib ul
maqdur fi tarixi Taymur» («Temur tarixida taqdir ajoyibotlari») nomli asari
alohida o’rin tutadi. Asar ko’proq «Temur tarixi» nomi bilan keng tarqalgan. Saroy
tarixchilarining ko’pgina asarlaridan farqli bu kitob qudratli, mustaqil, katta
saltanat yaratgan Amir Temurning hayotini xolis va bir qadar tanqidiy ravishda
yozilgan noyob yodgorlikdir. Afsuski ushbu tarjimalarning hammasi tegishli ilmiy
izohlarsiz bajarilgani uchun ham ularni ilmiy jihatdan mukammal deb bo’lmaydi.
Ibn Arabshohning asari U. Uvatov tomonidan, 1992 yilda Toshkentda 2 jildda
keng tarzdagi ilmiy izohlar bilan o’zbek tilida nashr etildi. Ibn Arabshohning bu
asari Amir Temurning hayoti va faoliyati haqidagi qimmatbaho ma`lumotlarni
qamrabgina qolmay, unda o’sha davr madaniy hayoti to’g’risida ham muhim
faktlar keltirilgan.
18
19
2.1 Temur davlatining tashqi siyosati
Harbiy qo’mondonga beriladigan eng xolis baho-uning janglarda erishgan
g’alabasidir. Shu nuqtai nazardan Temur tarixidagi buyuk sarkardalar orasida
alohida ajralib turadi.
Amir Temur 1371-1404 yillar orasida Mo’g’uliston, eron, Ozarbayjon, Iroq, Shom
(Suriya), Hindiston, Gurjiston, Armaniston, Kavkaz orti o’lkalari ustiga harbiy
yurishlar qildi. Biz uzoq o’tmish, eski zamon ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining
qonuniyati va o’sha zamonlardagi hukmron mafkuradan kelib chiqadigan bo’lsak,
bunday urushlarning ob`ektiv qonuniyatlari borligini ochiq anglaymiz.
Birinchidan, qadim zamonlarda va o’rta asrlarda o’tgan xonlar va podshohlar o’z
ijtimoiy tabaqasining namoyondalari. O’sha boy-badavlat tabaqalar tarafidan
taxtga o’tqazib qo’yilgan kishilar edilar. Madomiki, shunday ekan, ular o’z
tabaqasining maqsad va manfaatlarini himoya qilishlari, ya`ni katta urushlar olib
borib, ularning er-suvlarini ko’paytirishlari mo’may o’lja olib, ularning boyligiga
qo’shimcha boylik qo’shib, ularning iqtisodiy salohiyatini oshirishlari kerak edi.
Buning uddasidan chiqolmagan xon va podshohlarni ular tutib turmas va taxtdan
uloqtirib tashlab, o’zlariga keraklisini o’tqizar edilar. Tarixiy manbalarda bu haqda
ko’p misollar bor.
Ikkinchidan, o’sha zamonlardaxonlar va podshohlar orasida jahongirlik ya`ni,
jahonga hokim bo’lish, hech bo’lmaganda uning qismini bo’ysundirishga intilish
odati bor edi. Masalan, Iskandar Zulqarnayn, Yuliy TSezar, CHingizxon mana
shunday hukmdorlar jumlasidan edilar.
Amir Temurning jahongirlik faoliyatida har ikki omil ham ma`lum darajada
mavjud. Lekin masalaga haqqoniy yondoshadigan bo’lsak, Temur faoliyatida
mamlakatning tinchligi va barqarorligini ta`minlash, ya`ni uni tashqi dushmandan
himoya qilish, o’z xalqi, Vatanini jahonga mashhur etish istagi asosiy o’rinni
egallagan.
Mamlakatimizning XV asrning ikkinchi yarmidagi ahvoliga bir nazar tashlaylik,
CHingizxon xurujidan teri shaharlarimiz vayron, dehqonchilik, hunarmandchilik
va savdo-sotiq tushkun bir ahvolda qolgan edi. Nafaqat Movarounnahr, balki
qo’shni mamlakatlarda ham feodal tarqoqlik, parokandalik va o’zaro urushlar
avjiga mingan, ayrim harbiy siyosiy guruhlarning nafaqat o’zlarining yaqin
qo’shnilari erlariga, balki Movarounnahr ustiga ham qilgan talon-tarojlik hurujlari
kuchaygan edi. Xalqimizda «qo’shning tinch-sen tinch», degan naql bor. qo’shni
mamlakatlar tinch bo’lmagandan keyin, Movarounnahrda tinchlik, barqarorlik,
iqtisodiy madaniy yuksalish qayoqdan bo’lsin?! Amir Temur o’zining ichki va
tashqi siyosatida asosan mana shu omilga suyanib ish tutdi. To’g’ri. Amir Temur
ko’p yillik kurashlardan keyin o’z yurtida feodal tarqoqlik va parokandalikka
barham berishga, el-yurtni mo’g’ullar istibdodidan ozod qilishga, markazlashgan
davlat tuzib, el-yurtni o’z tug’i ostiga birlashtiridi. Lekin faqat birgina shuning o’zi
bilan tinchlik va barqarorlik qaror topmaydi. Mamlakatning ichki ahvoli
yaxshilanmaydi, uning xalqaro obro’si ortib qolmaydi. Buning ustiga CHingizxon
xurujidan beri nafaqat Movarounnahr, balki mo’g’ulning oyog’i tekkan barcha
mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli og’ir, siyosiy vaziyat yomon edi. Amir Temur
20
o’tkir siyosatchi odam bo’lgani uchun bu vaziyatni to’g’ri baholadi, unga alohida
e`tibor berdi. Ayniqsa. Mamlakatimizning tevarak-atrofidagi vaziyatni yaxshilash
chora-tadbirlarini ko’rdi.8 Faktlarga murojat qilaylik. Movarounnahrning sharqiy-
shimoliy tarafida joylashgan Mo’g’ulistonni olib ko’raylik 1369 yili Ilyosxo’jaxon
o’ldirilgandan keyin bu mamlakatda ham feodal tarqoqlik va o’zaro urushlar
kuchayib ketdi. Mamlakatning sharqiy qismida dug’lat amirlaridan Qamariddin,
Ettisuv va CHu taraflarida anqo to’ra, Issiqko’latrofidagi o’lkalarda Mir
Karimberdi, mamlakatning yana bir tarafida Mir Haqberdi o’ziga xon, o’ziga bek
bo’lib olgan edilar. Ular tez-tez Sayram va Toshkent, Turkiston va Farg’ona ustiga
bosqin uyushtirib, tinch aholini talon-taroj qilar edilar. Masalan, Qamariddin va
Mo’g’uliston beklari Temur saltanatining dastlabki yillarida Toshkentni bosib
oldilar. XIV asrning 80-yillari boshlarida ular Andijon ustiga bostirib keldilar,
uning tevarak-atrofidagi erlarni talon-taroj qildilar, shaharning o’zini esa bir hafta
mobaynida
qamal
ostida
tutdilar. Mamlakatimiz
janubida-Eronda,
iroq,
Ozarbayjonda ham vaziyat yomon edi. 1336 yildan keyin, ya`ni elxoniylar davlati
(1256-1335 yillari eron bilan Ozarbayjonni idora qilgan mo’g’ul sulolasi)
inqirozga uchragandan keyin eron, Ozarbayjon va iroq ham feodal tarqoqlik va
o’zaro urushlar girdobida qoldilar. Masalan, Xurosonni sarbadorlar (1337-1381
yillarda idora qilgan) Kartlar (G’ur bilan Xirotni XIII-XIV asrlarda idora qilgan),
Jonqurboniy (bular Obivard, saraxs va Nisoni idora qilgan g’almoq qavmidan
chiqqan sulola) qavmining amirlari bo’lishib oldilar.
Eronning janubiy qismida Muzaffariylar sulolasi, Jurjon ustidan esa yana bir
mahalliy sulola Sayyidlar, iroq bilan Kurdiston ustidan Jaloiriylar, Katta va Kichik
Luriston ustidan Xorazspiylar va inju sulolasi, Ozarbayjonda Qora quyunli
turkmanlari o’z hukmronligini o’rnatdilar. Fojea shunda ediki. Ular o’rtasidagi
munosabat ko’proq o’zaro kelishmovchiliklar va dushmanlik ruhida davom etardi:
o’zaro ziddiyatlar va urush-talashlar kuchaygan edi.
Movarounnahrning shimoliy va g’arbiy tomonlarida ham notinchlik hukmron edi.
Oq O’rdada ham, Oltin O’rdada ham vaziyat yaxshi emas edi. Mazkur davlatlarda
Temur Malik, To’xtamish, Urusxon, Po’latxon va qudratli amir Idiku (Edigey)
mang’it o’rtalarida hokimiyat uchun murosasiz kurash davom etardi. Dashti
qipchoq o’zbeklarning Movarounnahrga shimol va g’arbiy shimoliy taraflardan
tahdidi va talonchilik xurujlari kuchaygan edi.
Temurbek taxtga o’tirishi boisi o’laroq ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy hayotda sodir
bo’lgan ijlbiy o’zgarishlar o’z ifodasini harb ishida va harbiy san`atda ham
namoyon etadi. Asosiy karvon yo’llari ustidan nazorat o’rnatish ulus qudratini
yanada oshirish, xalq turmush tarzini yaxshilash singari ustivor maqsadlar yo’lida
Temurbek o’sha davrda tengi yo’q harbiy kuchlari bilan Jata, eron, afg’oniston,
Kavkaz, iroq, Shom, Misr. Dashti Qipchoq, Shimoliy Anado’li, Hindiston kabi
mintaqalarga bir necha bor qo’shin tortib bordi va olamshumul zafarlar quchdi.
8 Шукуриллаев Ю. Қўшин бошқарув тарихидан // Жамият ва бошқарув. – 2006. – №2. –Б.48.
21
Harb tarixi Temurbekni jahonning eng buyuk sarkardalaridan biri sifatida haqli
ravishda tan oladi. Uning harbiy iste`dodi asosan ikki yo’nalishda: mohir harbiy
tashkilotchi va atoqli harbiy sarkarda tarzida yorqin namoyon bo’ldi. Dunyoning
27 mamlakatini zabt etishda Amir Temurning qo’shini va uning harbiy san`ati bosh
omil bo’ldi. Uning g’olibona yurishlarida qo’llagan taktik va strategik jang qilish
uslublari bugungi kunda ham jahondagi etakchi mamlakatlarning harbiy bilim va
akademiyalarida o’rganiladi va o’qitiladi. Amir Temur qo’shinlari asosan piyoda
va otliq askarlardan iborat edi. Ular «o’nliklar»-(«ayl»), «yuzliklar»-(«Xo’shun»),
«mingliklar»-(«xazora») va «o’n mingliklar»-(«tuman»)ga bo’lingan. Ularga
o’nboshi, yuzboshi, mingboshi hamda amirlar boshchilik qilganlar. Tumanlarda
askarlar soni o’n ming, qo’shinda esa 100 mingdan bo’lgan. O’n minglik lashkarni
boshqarish uchun «tumon og’asi», minglik bo’limni «mirixazora», yuzlikni
«xo’shunboshi» va o’nlikni boshqarish uchun «aylboshi» kabi harbiy mansablar
tashkil qilingan. Bo’linma boshliqlari-amirlar Temurga tobe bo’lgan qirq aymoq
(qabila)dan o’n ikkitasi: barlos, arg’in, jaloir, tulkichi, duldoy, mo’g’ul, sulduz,
to’g’oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar orasidan tanlab olingan. eng ulug’
martaba amirlik bo’lib, Temur faoliyatining dastlabki yillaridan boshlab uni tark
etmasdan sodiqlik bilan xizmat ko’rsatgan 313 kishiga berilgan: bittasi amir ul-
umaro, to’rttasi beklar begi, yuztadan mingboshi, yuzboshi va o’nboshi bo’lgan.
Bulardan tashqari, yana o’n ikki nafar kishiga birinchidan to o’n ikkinchi darajali
amirlik unvoni berilgan. O’n ikkinchi darajali amir odatda amir ul-umaroning noibi
hisoblangan. O’n ikki amirning har biriga bittadan bayroq va bittadan nog’ora, o’n
minglik qo’shin, tug’ va chortug’, to’rt nafar beklar begining har biriga bittadan
bayroq, nog’ora, chorto’g’ va burg’u (karnay) berilgan. Sohibqiron turk-mo’g’ul
xalqlari, xususan CHingizxon lashkari tuzilishini, ularning jang olib borish
amallarini atroflicha o’rganib, tahlil qiladi va zarur o’zgartirishlar kiritadi.
Temurbek barpo etgan armiyaning tuzilishi CHingizxon tuzgan qo’shin tizimi va
tuzilishiga ma`lum darajada yaqin bo’lsa-da, biroq quyidagi muhim jihatlari bilan
farqlanar edi:
1. CHingiziylar qo’shini yalpi majburiyat asosida harbiy xizmatga chaqiriladigan
xalq lashkaridan iborat bo’lgan holda, Temurbek armiyasi umumxalq xarakteriga
ega emas edi
2. CHingizxon davrida qo’shin asosini ko’chmanchi omma tashkil qilgan edi.
Temurbek qo’shiniga oliy bosh qo’mondon ko’rsatgan aniq talabga binoan
chorvadorlar qatori kosibchilik, hunarmandchilik, dehqonchilik bilan mashg’ul
o’troq aholidan ham sezilarli miqdorda askar olingan.
3. Temurbek qo’shinida harbiy kuchlarning asosini tashkil qiluvchi otliq askarlar
bilan bir qatorda piyodalardan tuzilgan qismlar ham anchagina bo’lgan. Ma`lumki,
CHingizxon qo’shini, zabt etilgan mamlakatlar aholisidan majburiy tartibda
tuzilgan hasharni hisobga olmaganda, piyoda askarlarga ega bo’lmagan.
4. Temurbek Sharqda birinchilardan bo’lib o’z armiyasiga o’t sochar qurol, ya`ni
to’p-ra`dni olib kirdi.
5. Sohibqiron tog’li hududlarda jang harakatlari olib boruvchi piyodalardan
tuzilgan maxsus harbiy qismlarni tashkil qildi.